Научная статья на тему 'O‘QUVCHI-YOSHLARGA JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA TABAQALI YONDASHISHNING DOLZARB MUAMMOLARI'

O‘QUVCHI-YOSHLARGA JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA TABAQALI YONDASHISHNING DOLZARB MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
2025
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy tarbiya / uzluksiz ta‟lim / jismoniy rivojlanish / jismoniy imkoniyatlar / jismoniy tarbiya ahamiyati.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Y. Y. Aripov, Z. Y. Aripov

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo„lgan ta‟lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda taraqqiyot yo„lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta‟lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg„or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta‟lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko„tarildi. “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonunni qabul qilinishi bilan uzluksiz ta‟lim tizimining asosi yaratildi. Uzluksiz ta‟lim-chuqur, har taraflama asosli ta‟lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va yo„nalishlarining mukammal uyg„unligidan iboratdir. Uning turli komponentlarining o„rtasidagi o„zaro aloqadorlik, muayyan usul va uslublarning ta‟lim sharoitiga oqilona sharoitiga tadbiq etilishi uzluksiz ta‟lim sifatini ta‟minlaydi. Shuningdek, uzluksiz ta‟lim tizimi uzluksizlik va uzviylik tamoyiliga asoslangan bo„lib, ta‟lim turlari, bosqichlari o„rtasidagi aloqadorlikni ta‟minlashni nazarda tutadi. Shunday ekan, ta‟limda uzviylikni ta‟minlash muammosi xech qachon o„z dolzarbligini yo„qotmaydi. Ayniqsa, bu muammoning yechimi umumiy o„rta ta‟lim va o„rta maxsus, kasb-xunar ta‟limlari bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHI-YOSHLARGA JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA TABAQALI YONDASHISHNING DOLZARB MUAMMOLARI»

O'QUVCHI-YOSHLARGA JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA TABAQALI YONDASHISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Y. Y. Aripov

O'ZDJTSU, Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi professori v.b.

Z. Y. Aripov

Navoiy viloyati Konimex tumani 9-sonli maktab jismoniy tarbiya o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunni qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimining asosi yaratildi.

Uzluksiz ta'lim-chuqur, har taraflama asosli ta'lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va yo'nalishlarining mukammal uyg'unligidan iboratdir. Uning turli komponentlarining o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik, muayyan usul va uslublarning ta'lim sharoitiga oqilona sharoitiga tadbiq etilishi uzluksiz ta'lim sifatini ta'minlaydi.

Shuningdek, uzluksiz ta'lim tizimi uzluksizlik va uzviylik tamoyiliga asoslangan bo'lib, ta'lim turlari, bosqichlari o'rtasidagi aloqadorlikni ta'minlashni nazarda tutadi.

Shunday ekan, ta'limda uzviylikni ta'minlash muammosi xech qachon o'z dolzarbligini yo'qotmaydi. Ayniqsa, bu muammoning yechimi umumiy o'rta ta'lim va o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limlari bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, uzluksiz ta'lim, jismoniy rivojlanish, jismoniy imkoniyatlar, jismoniy tarbiya ahamiyati.

KIRISH

Ta'lim tizimida jismoniy tarbiya fanining mazmuni qayta tahlildan o'tkazish, ta'lim bosqichlarini tubdan isloh qilish va hayot bilan bog'lash bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.

Shu maqsadda, mazkur maqolada bizlar quyidagi ana shu muammo yechimini jismoniy tarbiya fanini o'qitishdagi uzviylik mauammosini qisman bo'lsada hal etish maqsadida, kasb-hunar kollejlarida o'qitiladigan jismoniy tarbiya fanining barcha bo'limlarida sport turlarariaro, nazariya va amaliyot uzviyligini ta'minlash modelini, uslubiyotini ishlab chiqish hamda ularni pedagogik asoslash zarur deb bilamiz hamda mazkur muammoga alohida e'tibor qaratdik.

Buning asosiy sabablaridan biri shuki, kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiyani o'qitishdagi uzviylik borasida chuqur muammolar borligini bevosita tasdiqlaydi. Ulardan biri davlat ta'lim standartlari va namunaviy o'quv dasturlaridagi

uzviylikni bevosita amaliyotga, ya'ni o'quv jarayoniga tatbiq etish muammosidir. Uni hal etish uchun o'qitishning metodik tizimini takomillashtirish, xususan yangi shakl, usul va vositalarni yaratish va ulardan foydalanish lozim.

Shuning uchun umumiy o'rta ta'lim maktablari va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchi-yoshlariga jismoniy tarbiya darslarida tabaqali yondashish muammolarini ilmiy ishlar ishlab chiqish, ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini va jismoniy rivojlanishini yaxshilash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

O'quvchilaming jismoniy tarbiya darslari jarayonidagi jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasi o'ziga xos bo'lib, farqli ravishda individual o'zgarishlarga ega.

Bir xil yoshdagi va bir jismoniy rivojlanishga ega bo'lgan o'quvchi-yoshlarda jismoniy sifatlarning rivojlanishi har xil ekanligi ta'kidlangan. Shu sababli, jismoniy rivojlanishi har xil bo'lgan o'g'il va qizlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash, jismoniy rivojlanishini ta'minlash, jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun individual dasturlar tuzish, mashqlar majmuasini ishlab chiqish, dars jarayonida har bir gurux uchun tabaqali yondashgan holda o'rgatishni tashkil qilish jismoniy tarbiya jarayonida dolzarb masalalardan biridir.

Bu masalani hal qilishning asosiy yo'llaridan biri tabaqalashtirish asosida jismoniy tarbiya jarayonida sport turlarini o'rgatishda uzviylikni ta'minlash ham izlanishlarning tashkil etilayotganligi alohida e'tiborga molikdir.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi bola shaxsining shakllanish va jismoniy tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini o'rganadi. Bu fan umumiy jismoniy tarbiya nazariyasining g'oyaviy va metodologik asoslaridan kelib chiqadi va uning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi o'quvchilarda jismoniy barkamollikni, har tomonlama taraqqiy etgan yuksak madaniyat va axloqni tarbiyalash bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda qurishni belgilaydi. Bu amaliy fan o'qituvchisini boshlang'ich sinf o'quvchilari jismoniy barkamolligining vositalari, shakllari va usullari to'g'risidagi bilimlar bilan qurollantiradi, unda maxsus va tegishli harakat ko'nikmasi hamda malakalarini shakllantiradi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga ega bo'lib, jismoniy tarbiyalash qonuniyatlarini hamda shunga muvofiq bolaning ta'lim va tarbiya jarayonida rivojlantirishni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o'rganadi.

Shuningdek, umumiy ma'lumotlar, amaliy va ilg'or tajribalarni umumlashtiradi, tegishli jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, jismoniy tarbiya jarayonini uyushtirishning samarali vositalari va uslublarining maqsadga muvofiq shakllarini majmuali ravishda ochib beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi doimo jismoniy tarbiya amaliyotiga tayangan holda taraqqiy qiladi va takomillashadi. Uning metodologik asosi ana shu amaliy ilmiy tadqiqot natijalarini o'zlashtirish orqali hamisha boyib boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya predmeti qotib qolishi

mumkin emas, u rivojlanib va mukammallashib boradi. Yosh avlodni ongli, milliy g'ururli, yuksak madaniyatli qilib, ya'ni sog'lom, baquvvat, chiniqqan, tadbirkor, o'z xarakatlarini yaxshi boshqara oladigan, badantarbiya va sport mashg'ulotlarini sevadigan, har qanday vaziyatda ham o'zini tuta biladigan va mustaqil xarakat qila oladigan, xayotda faol, ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli qilib tarbiyalash jismoniy tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi boshlang'ich sinflarda har bir yosh bosqichidagi bolaning yashirin imkoniyatlari qonuniyatlarini o'rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta'lim-tarbiya majmuasi, ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko'nikma va malakalar, jismoniy sifatlar, ba'zi sodda bilimlarni) ko'zda tutadi. Ularni o'zlashtirish bolalarning kelajakdagi zaruriy harakat faoliyatlarini tez egallash imkoniyatlarini ta'minlaydi. Shu bilan birga, dasturning bolalar tomonidan o'zlashtirilishida qatiy izchillikka rioya qilinadi. Bunda bolaning yoshiga nisbatan rivojlanish xususiyatlari va hayotining har bir bosqichidagi imkoniyatlari, organizmning butun tizimlari (suyak-muskul, yuraktomir, nafas olish va boshqalar) va organlari (boshqarish, eshitish, ko'rish, nutq va boshqalar) hisobga olinadi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalashda muxim komponent hisoblanadi, ayni paytda u shu jarayonda aqliy va axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. O'quvchilar jismoniy tarbiyasini uyushtirishning turli shakllari mavjud:

1. darslar

2. sinfdan va maktabdan tashqari ishlar;

3. sog'lomlashtirish va badantarbiya tadbirlari;

4. mustaqil xarakat faoliyati va boshqalar;

O'qituvchining e'tibori ana shu shakllar orqali, o'z yosh imkoniyatlariga ko'ra ongli va faol harakat qiluvchi, o'zini erkin tuta oladigan, o'ziga bo'lgan ishonchni namoyon etuvchi, harakat ko'nikmalarini muvaffaqiyat bilan o'zlashtiradigan, hayotda uchraydigan qiyinchiliklardan cho'chimay, ularni bartaraf qila oladigan, doimo ijodiy izlanishdagi bolani tarbiyalashga yo'naltirilgandir. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifalari va prinsiplarini o'rganadi hamda tarbiyaning boshqa turlari (aqliy, axloqiy, estetik va mehnat) bilan jismoniy tarbiyaning qonuniy aloqasini ochib boradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya vositalari va ulardan foydalanish shakllarini o'rganishga alohida e'tibor beradi. Binobarin, har bir harakatni o'rganish va bolaning asosiy harakat sifatlarini tarbiyalash printsiplari hamda uslublarini o'rganishga jiddiy e'tibor jismoniy tarbiya nazariyasining muhim qismini tashkil etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Respublikamizda jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari O'zbekiston Respublikasi qabul qilgan "Jismoniy tarbiya va sport haqida"gi Qonun talablaridan kelib chiqadi. Mazkur hujjatda insonni har tomonlama kamol toptirish o'zining aniq ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya inson jismoniy va ma'naviy kamolotining muhim vositasidir, deb belgilab qo'yilgan. Jismoniy tarbiya tizimining asosiy maqsadi ta'limtarbiya jarayonini mukammallash-tirish orqali yosh avlodni jismoniy barkamol,

e'tiqodli, ma'naviy go'zal, o'z sog'ligi haqida g'amxo'rlik qilishni ijtimoiy burch deb biladigan kishi qilib tarbiyalashdan iborat. Jismoniy tarbiya jarayonida quyidagi muhim vazifalar hal etiladi:

1. Sog'lomlashtirish;

2. Ta'lim vazifalari;

3. Tarbiyaviy vazifalar;

Jismoniy tarbiyaning sog'lomlashtirishga yo'naltirilganlik printsipi, shaxsni har tomonlama rivojlantirish printsipi, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan aloqadorligi printsipi. Printsip- lotincha atama bo'lib, boshlanish ma'nosini anglatadi. Nazariya, ta'limot va h.k.ning asosiy poydevori, qonun-qoidasi, ya'ni jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining ham qonun-qoidalarini ifodalaydi. Jismoniy tarbiyaning so'g'lomlashtirishga yo'naltirilganlik prinsipi Jismoniy tarbiya mutaxassislarining bolalar sog'ligini saqlash va mustahkamlash ishlaridagi mas'uliyati hamda burchlari sog'lomlashtirishga yo'naltirilganlik prinsipidan kelib chiqadi. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari uchun mashqlarni to'g'ri tanlash, milliy va zamonaviy o'yinlar hamda mashqlardan samarali foydalana bilish bolalarning salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Sog'lomlashtirishga yo'naltirilganlik prinsipi doimiy tibbiy pedagogik nazoratni, shug'ullanuvchilarning o'z-o'zini nazorat qilishini ko'zda tutadi.

Umumiy o'rta ta'lim uchun jismoniy tarbiya bo'yicha davlat ta'lim standarti (UO'TJTDTS) ta'lim jarayonining sifatiga, ta'lim mazmuniga doir talablarni: o'quvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi hamda bitiruvchilarga qo'yiladigan talablarni, ta'lim muassasalari faoliyati va jismoniy ta'lim hamda tarbiya sifatiga baho berish tartibi va mexanizmlarini belgilab beradi. Jismoniy tarbiya va ta'lim" kursi umumiy o'rta ta'limda quyidagilardan tarkib topadi.

1. Jismoniy tarbiya darslari- maktabda jismoniy tarbiya va ta'limning asosiy shakli. Ularning miqdori Tayanch o'quv rejasida haftasiga 2 o'quv soati hisobidan belgilangan;

2. Harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari darsdan oldin o'tkaziladigan gimnastika, umumiy o'rta ta'lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari va pauzalari, uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar, ko'ngil ochar o'yinlar;

3. Jismoniy mashq mashg'ulotlarning sinfdan tashqari shakllari: sport sektsiyalari, fakultativlar, o'quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to'garaklar va boshqalar;

4. Umum maktab tadbirlari: bayramlar, sport turlari bo'yicha musobaqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar;

5. Mustaqillik mashg'ulotlari: ko'pincha uy vazifalarini bajarish tarzida, BO'SM sho'balaridagi mashg'ulotlar, safarlar, o'yinlar va boshqalar;

6. Mashg'ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun 8-10 soat;

7. 5-9 sinf o'quvchilari uchun 10-12 soat harakat rejimini ta'minlab berishi

kerak;

8. Belgilangan hajm o'quvchilarning ko'rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir;

9. Nosog'lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o'quvchilar uchun maxsus (individual-differentsial) rejim o'rnatiladi;

10. Jismoniy tarbiyaning barcha vazifalarini muvaffaqiyatli etish uchun maktab o'qituvchilar jamoasini, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari va ota-onalar kuchlarini birlashtirish talab qilinadi;

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar jismoniy tarbiyasining tashkiliy tizimi bo'g'inlari quyidagilar hisoblanadi:

- haftasiga har bir sinfda 3 marta badantarbiya darsi sifatida o'tkaziladigan mashg'ulot;

- dars tizimi;

- o'quv kun tartibidagi sog'lomlashtirish-badantarbiya tadbirlari;

- kuni uzaytirilgan guruhlardagi har kunlik jismoniy mashq mashg'ulotlari;

- o'quv mashg'ulotlarigacha o'tkaziladigan badantarbiya;

- badantarbiya daqiqalari;

- uzaytirilgan tanaffuslardagi jismoniy mashqlar;

- sinfdan tashqari ishlar: badantarbiya to'garaklaridagi mashg'ulotlar, UJT guruhlari, sport turlari bo'yicha sho''balar, sport musobaqalari, ommaviy o'yinlar, safar va sayohatlar;

- bolalar va o'smirlar sport maktablari (BO'MS o'quvchilar uylari va saroylari maktablardan tashqari muassasalarda badantarbiyani tashkil qilish shakllari;

- ko'ngilli jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari (KSJ) sport sho'balarida o'tkaziladigan muntazam o'quv-trenirovka mashg'ulotlari va sport musobaqalari;

- yashash joylarida, har xil tipdagi yozgi dam olish oromgohlari;

- ommaviy sog'lomlashtirish- badantarbiya tadbirlari, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari kun tartibida ko'zda tut ilgan tadbirlar (ertalabki badantarbiya, har kunlik cho'milish, joylardagi o'yinlar, safarlar va boshqalar);

- istirohat va dam olish bog'lari bolalar sektori, sport va turistik bazalarda tashkil qilinadigan ommaviy o'yinlar, tanlovlar, sport-ko'ngil ochishlar, sayr va safarlar;

Bolalarni oilada jismoniy tarbiyalashning tashkiliy shakllari quyidagilar bo'lishi mumkin:

- kun tartibidagi sog'lomlashtirish badantarbiya muolajalari (aerobik badantarbiya, badantarbiya daqiqalari, chiniqish protseduralari);

- mustaqil jismoniy mashq mashg'ulotlari, jismoniy tarbiya bo'yicha uy topshiriqlarini bajarish;

- o'z xohishiga ko'ra o'yinlar, sayrlar, safarlar, sport ko'ngil ochishlari, shuningdek, kattalar ishtirokida dam olish va ta'til kunlari;

- yashash joylarida o'tkaziladigan musobaqalarda oilaviy qatnashish. Bu barcha shakllar, belgilariga ko'ra ko'ngilli va majburiyga ajratiladi. Majburiysiga faqat jismoniy tarbiya darslari kiradi (mashg'ulotning sinf-dars tizimi). Ta'limiy va tarbiyaviy tashkil qilish belgilari bo'yicha qayd qilingan shakllar dars yoki darsdan

tashqari bo'lishi mumkin. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni jismoniy tarbiyalash vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda mazkur ishni to'g'ri rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. To'g'ri va oqilona reja barcha o'quv ishlarini, maktabning ommaviy, jismoniy tarbiya va sport ishlarini aniq tashkil etishga yordam beradi. Maktabda quyidagi rejalar tuziladi:

• maktabning bir o'quv yiliga mo'ljallangan jismoniy tarbiya va sport ishlari umumiy rejasi;

• har bir sinf uchun jismoniy tarbiya bo'yicha o'quv ishi rejasi.

Bir yilga mo'ljallangan umumiy reja jismoniy tarbiya o'qituvchilari tomonidan tuziladi. Reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Umumiy yillik reja maktabdagi jismoniy tarbiya va sport ishlari bilan bog'liq bo'lgan barcha masalalarni qamrab oladi: o'quv ishlari, klub kun rejimidagi sog'lomlashtirish badantarbiya tadbirlari, sinfdan tashqari ishlar, ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, tibbiy nazorat, moddiy-o'quv bazani ta'minlash, jismoniy tarbiya va sportni targ'ib qilish. Umumiy yillik rejada o'quv ishlari masalalari faqat umumiy tarzda aks etadi: joy va jihozlardan foydalanish jadvali, mashg'ulotlarni tashkil etish tartibi, mashg'ulotlar uchun kiyim-boshlar va boshqalar. O'quv ishi dars olib boruvchi o'qituvchi tomonidan har bir sinf uchun alohida tuzilganda batafsil rejalashtiriladi. Maktabning umumiy yillik rejasida o'quv kuni rejimidagi sog'lomlashtirish-badantarbiya tadbirlari aks ettiriladi. Masalan, mashg'ulotgacha o'tkaziladigan badantarbiya bo'lsa, uning o'tkazilish joyi, davom etish vaqti, o'tkazish tartibi, mashg'ulotni boshqarish, majmua tuzuvchi shaxs, bu tadbirda maktab pedagogika jamoasining ishtiroki ko'zda tutiladi. Tanaffuslarni tashkil etishda dam olish, bolalarning ovqatlanish tartibi, ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari belgilanadi, tanaffuslarni tashkil etish va o'tkazishga javobgar shaxslar tayinlanadi. Rejada, shuningdek, darslarda badantarbiya daqiqalarini tashkil etish va o'tkazish tartibi ko'zda tutiladi hamda namunali mashqlar majmuasini kim tayyorlashi ko'rsatiladi. Sinfdan tashqari ish bo'iicha rejada avvalo to'garak yoki jismoniy tarbiya jamoasiga aloqador bo'lgan barcha narsa: sinflarda badantarbiya tashkilotchisi va maktab kengashi qachon saylanishi, badantarbiya to'garagini kim boshqarishi, qanday sport sho''balari tashkil etilishi, sho''ba mashg'ulotlari qaerda va qachon bo'lishi aks etadi. Rejada sport musobaqalari, sayrlar, safarlar, o'yinlar ko'zda tutiladi. Ularni o'tkazish muddati va bu tadbirlarni o'tkazishga javobgar shaxslar ko'rsatiladi. Rejada sayyohlik yurishlarining marshrutlari va muddati, ularga tayyorgarlik ishlari ham ifodalangan bo'ladi.

XULOSA

Maktabning jismoniy tarbiyaga oid yillik ish rejasida o'quvchilarni tibbiy ko'riqdan o'tkazish muddati va tartibi belgilab qo'yiladi. Ko'rikdan dastlab birinchi sinf o'quvchilari, so'ng esa o'tgan o'quv yilida jismoniy zaif deb topilgan bolalar (hamma sinflardan) o'tadilar. Keyin ikkinchi va uchinchi sinf o'quvchilari tekshiriladi. Mazkur rejada sog'lig'ining yomonligi tufayli maxsus tibbiy guruhga o'tkazilgan bolalarni qayta ko'rikdan o'tkazish muddatlari belgilangan bo'lishi kerak.

Maktab vrachi tibbiy ko'rik natijalari haqida maktab pedagogika kengashi va ota -onalar yig'ilishida ma'ruza qiladi. Maktabdagi to'laqonli jismoniy tarbiya ishi mashg'ulot o'rnining yaxshi jihozlanishini, zarur asbob va jihozlarni sotib olish hamda tayyorlashini talab qiladi. SHuning uchun ish rejasida byudjet mablag'i hisobiga sport asboblari va jihozlari sotib olish, ularni o'quvchilar, ota-onalar va otaliqqa oluvchilar kuchi bilan tayyorlash ko'zda tutiladi. Maktabning yillik umumiy rejasida jismoniy tarbiya va sportni targ'ibtashviq qilish ham aks etadi. Maktabning yangi o'quv yili uchun jismoniy tarbiya va sport bo'yicha umumiy ish rejasi o'quv yili tugashi arafasida ishlab chinqiladi. Yozgi ta'til paytida maktabning ishlab chiqilgan rejasiga muvofiq, yangi o'quv yiliga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

Ta'lim jarayonining har bir bosqichida o'quvchi-yoshlarning yosh xususiyatlarini e'tiborga olib, dastur doirasidagi uzviylikni ta'minlash uchun har bir bosqichda ayni bir mavzuni qanday qilib, qaysi talablar asosida o'qitish lozimligini ta'lim standartlarida keltirilgan bilim, ko'nikma va malakalarning minmal talablaridan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim. Zaruriyat tug'ilgan taqdirda, DTSlarni amaliy tajribalardan kelib chiqqan holda takomillashtirish zarur.

O'qitishga bunday yondashuv umumiy o'rta ta'lim maktablari, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchi yoshlarning bilimlaridagi bo'shliqlarini to'ldirishga va amalga uzviylikni ta'lim jarayoni markaziga o'quvchi shaxsi qo'yilgan tabaqalashtirilgan va tom ma'noda shaxsga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirishga imkon beradi.

REFERENCES

1. Abdukhamidov, R. N. (2021). IMPROVING PSYCHOPHYSIOLOGICAL TRAINING OF TEENAGE BOXERS WITH THE HELP OF IMPROVISED MEANS OF GAMES. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 7(1.5 Pedagogical sciences).

2. Абдухамидов, Р. Н. (2021). САМАРАЛИ ВОСИТА ВА УСУЛЛАР ЁРДАМИДА УСМИР БОКСЧИЛАРНИНГ ПСИХОФИЗИОЛОГИК ТАЙЁРГАРЛИГИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

3. Халмухамедов, Р. Д., Абдухамидов, Р. Н., Каримов, Ш. К,., & Усмонхужаев, С. Т. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ СУДЕЙСТВА В БОКСЕ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

4. Ражабов, Г. К. (2021). ПОКАЗАТЕЛИ ТАКТИКО-ТЕХНИЧЕСКИХ ДЕЙСТВИЙ ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ БОКСЕРОВ В СОРЕВНОВАТЕЛЬНЫХ БОЯХ В УСЛОВИЯХ ОТСУТСТВИЯ И ВОЗНИКНОВЕНИЯ СТРЕССОВЫХ ФАКТОРОВ (ПОМЕХ). Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

5. Ражабов, F. К (2021). МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ТУРЛИ ЭКСТРЕМАЛ ШАРОИТЛАРИДА МУСОБА^А ФАОЛИЯТИ НАТИЖАДОРЛИГИ. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(1), 161-169.

6. Халмухамедов, Р. Д., Каландаров, Д. Ш., Умаров, К. А., & Маткаримов, F. Р. (2021). ТАЙЁРЛОВ МАШКЛАР ЁРДАМИДА МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК-ТАКТИК МАХ,ОРАТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

7. Халмухамедов, Р. Д., Махмудова, М. М., Рахматов, Б. Ш., Маъмурова, Л. К., & Эркинова, Н. М. (2021). Методика физической подготовки студенток высших образовательных учреждений на основе использования комплексов «Узбек жанг санъати». Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

8. Тажибаев, С., & Махкамов, И. (2021). МАКТАБ УКУВЧИЛАРИНИНГ СПОРТ УЙИНЛАРИ ТЕХНИКАСИНИ УЗЛАШТИРИШ КУРСАТКИЧЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

9. СЕРЕБРЯКОВ, Ю. (2020). ОFИР ВАЗН ТОИФАСИДАГИ БОКСЧИЛАРНИ ТАЙЁРЛАШНИНГ АЙРИМ ХУСУСИЯТЛАРИ. Фан^портга, (6), 36-39.

10. Зиядуллаев, К. Ш., Абдиев, Н. А., & Курбанбаев, И. Р. (2017). Обеспечение адекватности финансового механизма в управлении физической культурой и спортом. Актуальные проблемы гуманитарных и социально-экономических наук, 77(5), 82-84.

11. Ulugbekovich, R. A. Formation of Styles of Managerial Thinking as a Factor in the Preparation of a Future Specialist for Managerial Activities in the Field of Physical Culture and Sports. JournalNX, 7(03), 172-176.

12. Болтабаев, М. Р., Султонов, Ш. Ф., & Зиядуллаев, К. Ш. (2020). Узбекистонда жисмоний тарбия ва спорт сохдси бош^аруви тизимини такомиллаштиришда спорт менежментини ривожлантириш моделини яратиш. Фан^портга, (5), 2-6.

13. МАХМУДОВ, Б., ЗИЯДУЛЛАЕВ, К., НАРЗИЕВ, Ж., ИБРАГИМОВ, А., & НАРИМОНОВ, Н. (2020). ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ РЫНКА СПОРТИВНЫХ УСЛУГ ПРИ СТАНОВЛЕНИИ СПОРТИВНОЙ ИНДУСТРИИ В УЗБЕКИСТАНЕ. Фан^портга, (1), 69-74.

14. Тилляходжаев, А. А. (2020). Узбекистонда спорт турларини ривожлантиришда маркетинг коммуникацияларининг ахдмияти. Фан^портга, (5), 8-10.

15. БАБАЖАНОВ, Р. (2020). ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ СОХАСИ КАДРЛАРИНИНГ ИНСОН КАПИТАЛИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМНИНГ АХДМИЯТИ. Фан-Спортга, (1), 25-30.

16. ЯРАШЕВ, К., & РАШИДОВ, А. (2020). ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ ОБОСНОВАНИЕ ПРОБЛЕМЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ СПЕЦИАЛИСТОВ К УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В СФЕРЕ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА. Фан-Спортга, (6), 61-62.

17. МАТКАРИМОВА, Н. (2020). ОЦЕНКА ФАКТОРОВ И РИСКА РАЗВИТИЯ СПОРТИВНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ КАК ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКИХ СТРУКТУР. Фан-Спортга, (2), 78-80.

18. Ahmedov, I. (2020). The Impact Of Digital Economy On International Trade. European Journal of Business and Management Research, 5(4).

19. Tillyaxodjayev, A. A. (2020). The importance of marketing communications in the development of kind of sports in Uzbekistan. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(12), 18-29.

20. БОЛТАБАЕВ, М., & ДЖУМАКУЛОВ, Ш. (2020). УЗБЕКИСТОНДА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ СОХДСИДАГИ ИСЛОХОТЛАРНИНГ ТАШКИЛИЙ-ХУКУ^ИЙ АСОСЛАРИ. Фан-Спортга, (2), 2-5.

21. БОЛТАБАЕВ, М., АХМАТОВ, М., & СУЛТОНОВ, Ш. (2020). МНОГОУРОВНЕВЫЙ СИСТЕМНЫЙ ПОДХОД К ОРГАНИЗАЦИИ МАССОВОЙ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ. Фан-Спортга, (4), 2-6.

22. АТАМУРАТОВ, Х. (2020). УМУМТАЪЛИМ МАКТАБЛАРИДА ЮКОРИ СИНФ УКУВЧИЛАРИНИНГ ЖИСМОНИЙ СИФАТЛАРИНИ ТАРБИЯЛАШ ХУСУСИЯТЛАРИ. Фан-Спортга, (5), 78-80.

23. Rakhmatovich, M. F. (2021). Ways to Increase The Efficiency of Motor Vehicle Services. Asian Journal of Technology & Management Research (AJTMR) ISSN, 2249(0892).

24. Tukhtabaev, J. S., Tillaeva, B. R., Razakova, B. S., Ismagulova, G. N., & Achilov, I. A. (2020). Econometric evaluation of influential factors to increasing labor efficiency in textile enterprises. Advances in Mathematics: Scientific Journal.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

25. Muminov, N., Olimjanova, S., Salimov, A., & Kim, T. (2020). Digitalization AS An Important Factor Of Legalization Of The Shadow Economy. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(2), 16-19.

26. Ulugbekovich, R. A. Formation of Styles of Managerial Thinking as a Factor in the Preparation of a Future Specialist for Managerial Activities in the Field of Physical Culture and Sports. JournalNX, 7(03), 172-176.

27. Каримов, И. И. (2021). ВЕЛОСИПЕД СПОРТИДАГИ АЙРИМ МУАММОЛАР ХДКИДА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 341-347.

28. Холмуродов, О., & Хамраев, С. (2021). ВЕЛОСПОРТДАГИ ЯККАЛИК ТАКИБ ПОЙГАСИНИНГ ТЕХНИКАСИ. CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS), 1(3), 356-362.

29. Черникова, Е., & Каримов, И. (2021). УЗБЕКИСТОНДА УК ОТИШ СПОРТИНИ ОММАВИЙЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 291-297.

30. Niyazova, R. R., & Raximova, Z. D. (2021). ANALYSIS OF PHYSICAL FITNESS OF TRIATHLETES AT THE STAGE OF IMPROVING SPORTS SKILLS. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 148-154.

31. Karimov, I. I., & Memetov, R. U. (2021). QUVVATNI TAYYORLASHNING ASOSIY USULLARI BIATLONCHILARNING CHIDAMLILIGI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 286-290.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.