Научная статья на тему 'JISMONIY MASHQLAR YORDAMIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH'

JISMONIY MASHQLAR YORDAMIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
3097
190
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta'lim / jismoniy rivojlanish / jismoniy tayyorgarlik / jismoniy sifatlar / jismoniy faollik / ta'lim

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — D. X. Umarov, L. Z. Xolmurodov, M. A. Tojiyev, A. E. Bobomurodov

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish, yoshga nisbatan bolaning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajalarini rivojlantirishda maxsus jismoniy mashqlar majmuasi amaliyotga tadbiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JISMONIY MASHQLAR YORDAMIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH»

JISMONIY MASHQLAR YORDAMIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH

D. X. Umarov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, p.f.n., professor

L. Z. Xolmurodov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti,p.f.b.f.d., (PhD), dotsent

M. A. Tojiyev

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, p.f.b.f.d., (PhD)

A. E. Bobomurodov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, katta o'qituvchi E-mail: lazizbekxol [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish, yoshga nisbatan bolaning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajalarini rivojlantirishda maxsus jismoniy mashqlar majmuasi amaliyotga tadbiq qilingan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, jismoniy faollik, ta'lim

KIRISH

Hozirda Respublikamizda jadal suratlarda har bir sohani rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor siyosiy darajaga chiqdi. Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish, ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash va ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan pedagogik jarayonga e'tibor yanada kuchaytirildi. 2020 yilning yakuniy statistik taxlillariga ko'ra, Respublikamizda jami 6570 ta DMTM (2108 ta NMTM) faoliyat olib boriyotgan bo'lib, ularda 976 443 (56435 NMTMda) nafar o'g'il va qiz bolalar tarbiya olmoqdalar. Mazkur ma'lumotlarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini har tomonlama hayotiy va sog'lig'ini muhofaza qilish, hamda ta'lim-tarbiya sog'lomlashtirish jarayonining samarali tashkil etilishi muhimligini ta'kidlash joyizdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi "2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to'g'risida"gi PQ-2707-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3305-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari" 1-MH-son buyrug'i va boshqa mazkur sohaga tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi

ADABIYOT TAXLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha yoshdagi bolalarda hayot uchun zarur bo'lgan dastlabki asosiy harakat ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirish masalalari bo'yicha T.S.Usmanxodjaev, A.N.Livitskiy, R.S.Salomov, K.M.Maxkamjonov; maktabgacha yoshdagi bolalarni sog'lomlashtirish va jismoniy mashqlarni bajarishga moslashish nazariyasi bo'yicha F.X.Xodjaev, G.Q.Jalolova, F.A. Raimbekova olimlar va mutaxassislar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarida MTMning katta guruh bolalarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish yo'llarini ishlab chiqish bugungi kunda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda.

Tadqiqotning maqsadi: jismoniy mashqlar yordamida 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishdan iborat.

Tadqiqot ishining vazifalari:

S mavzuga doir ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish;

S maktabgacha ta'lim muassasalaridagi 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlarini aniqlash;

S jismoniy mashqlardan foydalangan holda 5-7 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini tajribada asoslash.

Tajriba Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi "Kichkintoy" hamda M.Ulug'bek tumanidagi "Yulduzcha" va "Qaldirg'och" nomli maktabgacha ta'lim muassasalari (100 nafar) tarbiyalanuvchilarida olib borildi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarnining jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarligini aniqlashda L.P.Matveev, L.I.Penzulaeva, V.I.Lyax V.M.SHebeko, T.S.Usmanxodjaev, A.N.Livitskiy, R.S.Salomov, K.M.Maxkamjonov kabi olimlar o'zlarining ilmiy-tadqiqotlarida ushbu masalada izlanishlar olib borganlar. Lekin, xozirgi zamon nazariyasi va amaliyotining jadal suratlarda rivojlanishi hamda ta'limga qo'yilayotgan talablarning oshib borishi natajasida 5-7 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun zamonaviy metodikalardan foydalanishni talab qiladi [8,9].

Jismoniy harakat inson uchun, ayniqsa, bolalik va o'smirlik bosqichlarida hayotiy zarur ko'nikma va malakalarni shakllantirish davri hisoblanadi. Jismoniy harakatlarsiz bolalarning ijodiy faolligiga va jismoniy qobiliyatlarini yetarli darajada rivojlanmasligiga olib keladi. Harakatni cheklash yoki uni buzish hayotning har bir bosqichida o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi.

Shu narsa ma'lum bo'ldiki, bolalalik davrida o'sib kelayotgan organizm uchun juda ko'p harakat zarurdir. Jismoniy harakatsizlik esa bolalarni tez charchashga, o'sishini sekinlashishiga, aqliy rivojlanishni susayishiga va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish imkoniyatlarini kamaytiradi. Ko'p harakat qilgan bolalarda jismoniy va psixik takomillashuvga tabiiy intilish vujudga keladi.

Bolalarning to'laqonli rivojlanishi uchun aqliy va jismoniy yuklamalardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega.

Kun tartibida olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirishda ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.

MUXOKAMA VA NATIJALAR

Shulardan biri yoshlik chog'idan boshlab bolaning jismoniy rivojlanishiga e'tibor berish lozim. Toshkent shahridagi maktabgacha yoshdagi 5-7 yoshli o'g'il va qiz bolalarning jismoniy rivojlanishi ko'rsatkichlari natijalari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishining ko'rsatkichlari taxlil

№ Yoshi 5 yosh 6 yosh 7 yosh

Testlar x±o x±o x±o

O'g'il bolalar

1 Bo'yi (sm) 104,3±0,43 110,3±0,48 116,5±0,61

2 Og'irligi (kg) 17,4±0,23 18,0±0,14 20,3±0,23

3 Panja kuchi:

o'ng qo'l (kg) 5,0±0,18 7,0±0,22 8,0±0,23

chap qo'l (kg) 4,9±0.,16 6,6±0,26 6,9±0,23

4 Ko'krak qafasining

kengligi 55,0±0,34 61,8±0,43 60,7±0,44

Tinch holatda 56,6±0,29 64,0±0,36 62,2±0,39

Nafas olganda 53,7±0,32 59,7±0,31 57,5±0,41

Nafas chiqarganda (sm)

Qiz bolalar

1 Bo'yi (sm) 100,2±0,49 109,7±0,45 113,0±0,47

2 Og'irligi (kg) 15,3±0,18 18,7±0,2 19,6±0,21

3 Panja kuchi:

o'ng qo'l (kg) 3,1±0,15 4,8±0,21 6,9±0,15

chap (kg) 3,7±0,13 6,1±0,23 7,3±0,19

4 Ko'krak qafasining

kengligi 53,8±0,2 55,0±0,25 56,0±0,28

Tinch holatda 55,4±0,24 57,9±0,25 59,0±0,3

Nafas olganda 52,6±0,2 54,0±0,27 54,7±0,26

Nafas chiqarganda (sm)

Tezkor-kuch sifati ko'rsatkichlari (turgan joydan uzunlikka sakrash nazorat mashqi) quyidagicha o'zgargan: 5-6 yoshli o'g'il bolalarda 16,7 sm, qiz bolalarda esa 26,6 sm ga o'sgan bo'lsa, 6-7 yoshli o'g'il bolalar o'rtasida 12,1 sm ga qiz bolalarda esa 12,2 sm ga ortgan. Shu bilan birga 7 yoshli qiz va o'g'il bolalar o'rtasida ko'rsatilgan natijalar past bo'lishiga qaramasdan, qiz bolalar natijalari o'g'il bolalar natijalari bilan tenglashgan. Bu esa shu yoshdagi jismoniy tarbiya jarayonlarida vositalarning noto'g'ri tanlanganligi va tezkor - kuch sifatini rivojlantirish mashqlariga kam e'tibor berilmaganligidan dalolat beradi.

Ma'lumki, bolalar jismoniy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligini uslubiy va pedagogik nuqtai nazardan to'g'ri tashkillashtirish uchun bolalar fiziologiyasi va psixologiyasini yaxshi bilish shart, shularga suyangan holda har bir mashg'ulot oldidan aniq vazifalar qo'yilishi lozim. Vazifalar soni 2-3 tadan iborat bo'lib, vazifalarga binoan asosiy harakatlar, mashqlar va harakatli o'yinlar tanlanadi. Tanlangan mashqlar, birinchidan, asosiy harakatlar bilan bog'liq bo'lishi lozim, ikkinchidan, mashqlar yoshiga, tayyorgarligiga, jinsiga mos bo'lishi ham talab etiladi. Qolaversa, bu mashqlar bolalarga oddiy, tushunarli, tanish, bajara oladigan bo 'lishi shart. Shundagina bolalarda harakat ko'nikmasi hosil bo'lishi va malakaga aylanishiga erishish mumkin.

Bolalarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishi salomatlikning asosiy tarkibi hisoblanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik sifati zamonaviy usul va shakllarni qo'llagan holda jismoniy tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan to'g'ri qo'yilganligiga bog'liqdir.

i

7

3

5

5

1-diagramma. 5-7 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlarini

o'zaro korrelyatsion bog'liqlik tahlili.

1. 30 m ga yugurish (soniya)

2. Moksimon yugurish 4x10 m. (soniya)

3. Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm)

4. To'ldirma to'pni otish (sm)

5. Oldinga egilish (sm)

6. Gavdani bukish va yozish (son)

7. Qumli xaltachani irg'itish (m)

8. O'ng va chap

Tadqiqotda olingan ma'lumotlarga ko'ra, katta guruh bolalarining tezkorlik mashqlarini bajarishga bo'lgan imkoniyatlari yildan-yilga (10,0 soniyadan 6,9 soniyagacha) oshib bordi.

O'g'il bolalarda tezkorlik sifatlari, ya'ni 30m. ga yugurishda ko'rsatilgan natijalar 5-6 yoshlilarda 0,5 soniyaga teng bo'lsa, 6-7 yoshlilar o'rtasidagi farq 0,9 soniyaga o'sgan.

Qiz bolalarda esa 0,7; 1,9 soniyaga teng. Bu ko'rsatkichlar bog'cha yoshdagi bolalar orasida tezkorlik mashqlarini bajarishda o'g'il va qiz bolalarning ko'rsatgan natijalari bir-biridan unchalik katta farq qilmasligini kuzatildi.

Professor A. N. Livitskiy bergan ma'lumotlarga qaraganda, 5-7 yoshli bolalarda 30 metrga yugurishning o'rtacha ko'rsatkichi o'g'il bolalarda 5-6 yoshlilarda muvofiq ravishda 8,7-7,9-7,6 soniyani tashkil etsa, qiz bolalarda 5-6-7 yoshlilarda 9,3-9,0-8,3 soniyaga teng, bizning olgan ma'lumotlarimizda esa, 10,010,5; 9,5-9,8; 8,6-8,9 soniyani tashkil etadi. Yuqorida keltirilgan natijalar statistik jihatdan farq qilmasa-da, tajriba o'tkazishga tayyorlangan 5-7 yoshli bolalarning tezkorlik sifati natijalari nisbatan pastligini ko'rishimiz mumkin (2-jadvalga qarang).

2-jadval.

5-7 yoshli tajriba guruh bolalarning jismoniy tayyorgarligi bo'yicha ko'rsatgan

dastlabki va yakuniy natijalari (n=Q'-40, Q-40)

№ Mashqlar 5-7 yosh

is S3 Dastlabki Yakuniy t P

j x ±G x ±G

1 30 metr (soniya) O' 10,0±0,55 8,2±0,45 2,53 < 0,05

Q 10,5±0,34 8,1±0,32 5,15 <

0,001

2 4x10 m (soniya) O' 17,2±1,05 13,9±0,77 4,27 < 0,05

Q 17,7±0,68 14,7±0,33 3,97 < 0,05

3 Turgan joydan uzunlikka O' 79,0±5,10 97,0±1,95 3,33 < 0,05

sakrash (sm) Q 75,0±7,0 94,0±5,72 2,11 < 0,05

4 Erda o'tirib oldinga O' 59,0±5,5 98,0±4,8 5,30 < 0,05

to'ldirilgan to'pni Q 55,0±8,2 95,0±8,27 3,43 < 0,05

uloqtirish (sm)

5 Oyoqlarni 30sm O' 3,9±1,92 8,9±1,41 2,17 < 0,05

oralig'ida ochib, erda Q 4,9±1,29 8,8±1,34 2,16 < 0,05

o'tirib oldinga engashish

(sm)

Tajriba va nazorat guruh bolalarining ko'rsatkichlarini taqqoslash tahlili shuni ko'rsatadiki, o'g'il va qiz bolalarning ko'rsatgan natijalari pedagogik tajribadan so'ng statistik farqli ravishda (2-jadval) (t=2,12,2,31; P<0,05) o'sdi. Bu esa tajriba guruhidagi o'g'il bolalarning natijasi nazorat guruhiga qaraganda 1,1 soniyaga yaxshilanganligini ko'rsatdi va 11,8 %ni tashkil qildi, qiz bolalarda esa 1,2 soniyaga hamda yil davomida 12,9 %ga yaxshilanganligi aniqlandi.

6 yoshli tajriba guruhi o'g'il bolalarining ko'rsatgan natijalari 2,1 soniyaga yaxshilangan bo'lsa, bu 29,1 %ni tashkil etdi. Qiz bolalarning ko'rsatkichlari ham 2,1 soniyaga o'sdi, ya'ni yil boshida olingan natijalarga qaraganda 21,4 %ga ustunligi ko'rindi (2-jadvalga qarang).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Izoh: 5-7 yoshli ocgcil va qiz bolalarning jismoniy tayyorgarlik natijalari gistogrammasi. 4x10 m. mokisimon yugurish (soniya).

XULOSA

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ilmiy - uslubiy adabiyotlar tahlili davomida ma'lum bo'ldiki, 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi bo'yicha yetarlicha ma'lumotlar juda kam.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida mashg'ulotlarni tashkil etish masalalari ishlab chiqilmagan, pedagogik jarayon yo'nalishlari bo'yicha ilmiy tasdiqlangan ma'lumotlar yetarli emas.

Tajribadan shu narsa aniqlandiki, 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajalari dastur talablariga muvofiq emas. Tezkorlik sifati 18,2-51,8%; 24,3-27,2%; 29,0-26,7% ga, koordinatsion qobiliyatlar 40,3-38,7%; 32,8-29,7%; 17,3-17,9% ga, tezkor-kuch sifati (joyidan turib uzunlikka sakrash) 28,961,7% ga, 6-18,1%, 15,0-13,5% ga kam.

Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari o'rtasida koorelyatstsion bog'liqlik (o'rta va yuqori) darajasi borligi aniqlandi. (r=0,35 dan r=0,95 gacha). Shu bilan birga 5 yoshdagi o'g'il bolalar va 7 yoshdagi qiz bolalarda harakat tezligi hamda chaqqonlik, tezkor-kuch sifatlari ko'rsatkichlari o'rtasida nisbatan past darajada o'zaro bog'liqlik kuzatilganligini belgilab o'tish joiz.

5-7 yoshdagi o'g'il va qiz bolalarning jismoniy rivojlanishi hamda jismoniy tayyorgarligini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Har tomonlama jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari mezonlari shartli ravishda Maktabgacha ta'lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-sonli "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari" me'yoriy xujjatda belgilab qo'yilgan.

"Salomatlik pasporti" ishlab chiqilgan. U bolani maktabgacha ta'lim muassasasiga kelgan vaqtdan boshlab to bitirgunga qadar olib boriladi. Shu orqali

maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy tayyorgarligini yakka tartibda baholash imkoni yaratiladi.

Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy tarbiya jarayoniga milliy o'yinlar (10-30%) va musobaqa tarzidagi o'yin uslublarini kiritish bolalarda mashg'ulotlarga bo'lgan qiziqishini uyg'otishga, ularning umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirishga hamda dastur materiallarini yanada mustahkam egallashga yordam berdi.

REFERENCES

1. Abdikadirova, N. S., Nurillaeva, D. S., Ganijanovna, M., Azamova, S. R. J., Bobomuradov, B. K., & Kutlimuratov, I. K. (2021). Football in Uzbekistan: Law, Leisure and Sociology. PSYCHOLOGY AND EDUCATION,, 58(1), 1995-2002.

2. Тангриев, А. Т., & Дачев, О. В. (2019). Национальный спорт в вузе. Наука, техника и образование, (11 (64)), 69-71.

3. Игамбердиев, О. Р. (2021). Футбол тугаракларида шугулланувчи 4-5 синф укувчиларини жисмоний тайёргарлигини ошириш. Фан-спортга, 54-56.

4. Дачев, О. В., & Ирисбоев, М. Т. (2021). Уровень подготовки специалистов по футболу в узбекистане. Проблемы педагогики, (1 (52)), 85-87.

5. Нурматов, М. Х. (2021). Эффективность и надежность тактической деятелности квалифицированных футболистов. Фан-спортга, 16-17.

6. ШУКУРОВА, Ш. (2019). Мини-футбол буйича аёллар жамоаларида амалга оширилган стандарт вазиятлар тахлили. Фан^портга, (2), 44-47.

7. Хамдамов, Р. М., & Курязов, Р. (2022). Особенности совершенствования технических элементов у футбольных вратарей. POLISH SCIENCE JOURNAL, 7(46), 152-155.

8. Моргунова, И. И. (2020). Определение спортивной пригодности детей для занятий спортивной гимнастикой. Фан^портга, (5), 75-78.

9. Пахрудинова, Н. Ю., & Хасанова, Г. М. (2020). Модификация занятий физической культурой в вузе посредством использования оздоровительно-развивающих видов гимнастики. Вестник науки, 3(4), 25-30.

10. Musaev, B. В., & Umarov, M. N. (2022). Correlation analysis of the integral preparedness of 12-17 years-old gymnasts. Eurasian Journal of Sport Science., 2(1), 20-26.

11. Хайтметов, И. С. (2021). Ёш гимнастикачи кизларнинг хореогрифия машклари оркали махсус харакат тайёргарлигини ривожлантириш. Fan-Jamiyat, 13-15.

12. Xasanovich, U. X. About prognostic value of indicators of motor abilities in young gymnastes.

13. Улезко, И. В. (2021). Бадиий гимнастикада спортчи кизларнинг предметлар билан узаро хдракатининг индивидуал биомеханик хусусиятлари (сифатлари, имкониятлари). Academic research in educational sciences, 2(1).

14. Abdikadirova, N. S. (2020). Mechanisms of forming youth leisure organization. modern education systems in the usa, the eu and the post-soviet countries.

15. Sabirdjanovna, A. N. (2020). Mechanisms of forming a system for organization of leisure of youth of modern Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 469-476.

16. МАХАМАДЖОНОВ, Ф. (2019). Оценка структуры соревнователъной деятельности юных футболистов 13-17 лет. Фан^портга, (1), 6-11.

17. Тулаганов, А. А. (2021). Ёш футболчиларнинг уйин давомидаги чап ва оёкда бажариладиган техник-тактик харакатларини тахлил килиш. Фан-спортга, 5758.

18. Khojaniyozov, B. I. (2021). Teaching wrestling as anational sport in higher educational universities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(7), 259-266.

19. ХОЛИКрВ, Б. (2020). Малакали курашчиларни тайёрлашда техник усулларни бажариш сифатининг урни. Фан^портга, (5), 41-43.

20. Шукуров, М. Н. (2021). Курашшиларнинг организмига кластерланган махсус тайерлов техник машкларининг таъсири. Наманган Давлат Илмий Ахборотномаси, 366-369.

21. Tajibayev, S. (2020). Improvement Of Technical And Tactical Movements Of Wrestlers On The Basis Of Differential Approach, Taking Into Account The Morphological Characteristics. Scienceweb academic papers collection.

22. Kholikov, B. K. (2021). Optimization of the ratio of physical and technical-tactical training of qualified kurash wrestlers. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 185-190.

23. Umarov, D. H. (2018). Technique of development of special endurance. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 6(5).

24. Умаров, Д. Х. (2017). Влияние занятий бадминтоном на организм. In Актуальные проблемы физической культуры и спорта (pp. 76-77).

25. Вафоев, Б. Р., Частоедова, А. Ю., & Яхшиева, М. Ш. (2018). Использование мультимедийных средств в спортивной тренировке. Образование и воспитание, (4), 75-77.

26. Частоедова, А. Ю. (2021). Совершенствование навыков выполнения сложнокоординационных движений у юных гимнасток с использованием мультимедийных технологий.

27. Bobomurodov, A. E. (2021). The specific features of agility in preschool children. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2021(06), 101111.

28. Muradov, F. M. (2021). Development of coordination skills in children aged 6-7 years with disabilities through action games. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 92-97.

29. Mukhsinov, S. N. (2021). Improvement to the means and methods of developing special physical preparation of young handball players as well as controling the level of preparation. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2021(06), 143-152.

30. ХОЛМУРОДОВ, Л. (2021). Мактабгача ёшдаги болаларнинг жисмоний сифатларини ривожлантириш. Фан^портга, (1), 46-49.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.