Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLLARNI JISMONIY TARBIYALASH MAZMUNI VA VAZIFALARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLLARNI JISMONIY TARBIYALASH MAZMUNI VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
jismoniy tarbiya / jismoniy mashq / xarakatli o’yin / jismoniy rivojlanish / musiqali gimnastika / top / arqon.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ibragimov Abduqaxxor Abdulaziz O’g’li, Ibragimova Nazokatxon Qaxramonjon Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bollarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari yoritilgan bo’lib ,jismoniy mashqlarning organizimga tasiri va pedagogik jarayonning o’zaro uyg’unligi, maktabgacha ta’1im yoshidagi bolalarga mashg‘u1otlarning foydasi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi va harakatli o‘yinlar haqidagi tushuncha va bilimlarni berish bizning oldimizga qo’yilgan tajribada batafsil yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLLARNI JISMONIY TARBIYALASH MAZMUNI VA VAZIFALARI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLLARNI JISMONIY TARBIYALASH MAZMUNI VA VAZIFALARI

1Ibragimov Abduqaxxor Abdulaziz o'g'li, 2Ibragimova Nazokatxon Qaxramonjon qizi

1Andijon davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti o'qituvchisi, 2Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11210092

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bollarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari yoritilgan bo'lib jismoniy mashqlarning organizimga tasiri va pedagogik jarayonning o'zaro uyg'unligi, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga mashg'ulotlarning foydasi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o'tkazish metodikasi va harakatli o'yinlar haqidagi tushuncha va bilimlarni berish bizning oldimizga qo'yilgan tajribada batafsil yoritilgan.

Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, jismoniy mashq, xarakatli o'yin, jismoniy rivojlanish, musiqali gimnastika, top, arqon.

Abstract. The content and means of physical education of preschool children in Ushba are highlighted, the organization of educational activities and the harmony of the pedagogical process. One of our experiences is to teach children of preschool age the benefits of training, the importance and techniques of physical exercises, the methods of conducting them, and the knowledge of movement games.

Аннотация. Освещены содержание и средства физического воспитания дошкольников в Ушбе, организация учебной деятельности и гармоничность педагогического процесса. Обучение дошкольников преимуществам тренировок, значению и способам физических упражнений, их методам, двигательным играм - один из наших опытов.

Kirish

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va o'sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda bolalarning jismoniy tarbiyasini to'g'ri tashkil etish, rivojlantirish, shakillantirish, ilk yoshdan boshlab jismoniy ko'nikma va malakalarini takomillashtirish va har tomonlama uyg'un rivojlantirish, maktabgacha ta'limda jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining asosiy talablaridan hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5- martdagi 5368-sonli "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi" Farmonida ommaviy sportni rivojlantirish va iste'dodli yoshlarni saralash sohasida ta'lim muassasalarining ustuvor yo'nalishlari belgilangan bo'lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida boshlang'ich gimnastika va harakatli o'yinlar bo'yicha mashg'ulotlar olib borish orqali jismoniy rivojlantirish hamda salomatlikni mustahkamlash uchun tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlariga qiziqishni uyg'otish belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qarori, maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk ,jismoniy rivojlantirish ,shu bilan birga maktabga tayyor holda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi.

Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: «Inson uchun birinchi baxt uning sog'lig'i, ikkinchisi - go'zallikdir» degan ekan. Darhaqiqat, salomatlik barcha boyliklar manbayidir. Nasl-nasabi sog'lom va ma'naviyati yuksak xalqning avlodlari ham sog'lom, baquvvat, iymon-e'tiqodli va sadoqatli bo'ladiki, bu baxt ona-Vatanning shuhrati va qudratining

zo'r omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt saodati uchun sog'lom avlod kerak. Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino «Badan tarbiya - sog'liqni saqlashda ulug'vor usuldir» deydiki, bu fikr «Kimki qilsa harakat - sog'lig'ida barakat» degan naqlni eslatadi. Qadimda xalqimiz badan tarbiyani riyozat deb atashgan. Ibn Sino «Tibbiy doston» asarida riyozat badan tarbiyasi haqida to'xtalib, uning bir necha xillari bo'lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o'rtacha shug'ullanish sog'liqqa foydali ekanligini, jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xulqlarning yig'ilishiga sabab bo'lishini alohida uqtirib o'tadi. Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksizligini D.Adisson shunday ta'riflaydi: «Mutolaa aql uchun qancha zarur bo'lsa, jismoniy mashqlar ham shuncha zarur». Suqrot hakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila men badanimning muvozanatini to'g'rilab olaman». Jismoniy tarbiya to'g'risidagi ta'limot pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur sohasiga qarashli turli liodisalarga ta'rif berilganda, «Badan tarbiya», «jismoniy madaniyat», «jismoniy kamolot», «jismoniy rivojlanish» degan asosiy tushunchalardan foydalaniladi. TADQIQOT METODOLOGIYASI

Yurtimizda sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, millat genofondini asrash, oilada, jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish bu bizning oldimizga qo'ygan asosiy maqsadlarimizdan biri hisoblanadi. Bolaning biologik rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar majmui o'rganadi. Ularning asosini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov va ular izdoshlarining organizm va muhit birligi, organizmning yaxlitligi va uning hayotiy faoliyatida markaziy asab sistemasining tartibga soluvchi roli haqidagi ta'limoti tashkil etadi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar organizmining o'ziga xos tomoni shundaki, u juda tez o'sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo'ladi, shunga ko'ra u tez jarohatlanadi. Bog'chada har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari bolalarning erkin harakat qila olishi va sof havo bilan nafas olish imkonini beradigan darajada katta, yorug', quruq va issiq, derazalari janubi - sharqqa qaragan bo'lishi kerak. Guruh xonasining balandligi 3 — 3,5 m bo'lib, har bir bolaga bino sathidan 2,5 kv. m joy, taxminan 8 kub m havo to'g'ri kelishi; xona bezagi gigiyenaga xos, tez toza bo'ladigan, yoqimli, yumshoq rangda bo'lishi kerak. Guruhda tartib bo'lishiga rioya qilish zarur. Xonada yorug'likni to'sadigan og'ir va qalin pardalar, gilamlar, yumshoq mebellar, umuman ortiqcha narsalar bo'lmasligi kerak. Hamma jihozlar ta'lim — tarbiya talabiga, bolalarning bo'yi va gavda tuzilishiga mos bo'lishi va maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qo'yilgan maxsus normaga javob berishi lozim. Bolalarning stol-stullari ancha mustahkam va yengil tuzilishi, sodda hamda oson yuviladigan bo'lishi kerak. Stollarga yorug'lik chap tomondan tushadigan qilib joylashtirilishi lozim. O'yinchoq va ko'rgazmali qurollar ham gigiyenik talablarga javob beradigan, pishiq, zararsiz rangda, tashqi ko'rinishi silliq bo'lishi talab qilinadi. Tarbiyachi o'z giiruhining gigiyenik sharoiti uchun javobgar sanaladi. Har bir yosh guruhi uchun butalar bilan ajratilgan alohida maydoncha bo'lishi kerak. Maydonchada bolalarning harakatlarini rivojlantirish uchun joy, qum, suv, qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar uchun joy, ijodiy o'yinlar va turli o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar uchun joy ajratiladi. Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar: tirmashib chiqish uchun devorchalar uch, to'rt va olti burchakli, muvozanat saqlash mashqlari uchun xoda, tepalik, sakrash, uloqtirish mashqlari uchun kerakli jihozlar bo'lishi kerak. Bularning hammasi bolalarning yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam, chiroyli bo'lishi zarur. Bog'cha maydonchasida bolalarning velosipedda yurishlari uchun yo'laklar bo'lishi kerak. Yomg'ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar bo'ladi. Maydoncha har doim ozoda, tartibli bo'lishi zarur. Bog'cha maydonchasi skameykalar, o'ynash

uchun zarur bo'lgan o'yinchoqlar, qum yashiklari, har xil kema, samolyot maketlari, narvonchalar bilan jihozlangan bo'ladi. Qishki vaqtlarda qor tepalikcha, yaxlatilgan yo'lchalar, qor inshootlari qurish lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarda bolalar uchun jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini o'tkazishda quydagilar birinchi darajali vazifalar sanaladi

Sog'lomlashtiruvchi vazifalar. bolalar sog'lig'ini mustahkamlash, organizmning shakl va funksiyalarini uyg'un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta'sirlarga chidamliligini kuchaytirish, uzoq umr ko'rishini ta'minlash.

Ta'limiy vazifalar. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga xos bo'lgan o'ta qabul qiluvchanlikni, sharoitning o'zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir qator ta'limiy vazifalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi, chuiionchi: kerakli ko'nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko'z bilan chamalashni o'stirish, to'g'ri qaddi - qomat, gigiyena ko'niknialarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o'zlashtirish. va bollalarni tartib intizomga ozodalikka vaqti kelganda mustaqil qaror qabul qilishga o'rgatadi.

Boladagi harakat ko'nikinalari emaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish nisbatan yengil shakllanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor, sliamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. Jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarini egallash bilan bog'liq bo'lgan dastlabki bilimni shakllantiradi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga mashg'ulotlarning foydasi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o'tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o'yinlar, gimnastika mashqlari, jamoa bo'lib o'ynaladigon estafetali harakatli o'yinlar haqidagi tushuncha va bilimlarni berish muhim hisoblanadi.

Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo'nalishini yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o'ngga, chapga, to'la aylanish, jismoniy tarbiya jihozlarini nomi va nima maqsadda ishlatilishi, ularni asrash va tutish, kiyim - kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari kerak. Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish jarayonida bolada tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur.

Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg'ulotlariga muhabbatni, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko'ngilchanlilik va axloqiy fazilatlar, halollik, haqqoniylik, o'rtoqlik hissi, o'zaro yordam, jamoada shug'ullanish malakasi, jismoniy tarbiya jihozlarini ehtiyot qilish, topshiriqni mas'uliyat bilan bajarishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar,botirlik, qat'iylik, o'z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sahvatotlilik, chidamlilikni namoyish qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.

Maktabgacha ta'lim muassalarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini muntazam ravishda tashkil qilish, bolalarning taog'ri rivojlanishi uchun asosiy omillardan biridur.Bog'cha yoshdagi bollarni jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga qiziqtirishning o'ziga xos xususiyatlari, turli xil harakatli o'yinlar ko'rinishida tashkil qilish maqsadga muofiq .Xarakatli o'yinlar orqali yosh avlodni jamoa bo'lib ishlashga, hamjihatlilkka vaqti kelganda mustaqil qaror qabul qilishga vatanga muhabbat ruhida tarbilashga o'rgatadi.Xarakatli o'yinlar bolalar sog'ligini mustahkamlash, organizimning shakl va funksiyalarini uyg'un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta'sirlarga chidamlilikini kuchaytirish, uzoq umr ko'rishni ta'minlaydi.

Yugurib keling oldimga xarakatli o'yni . Bolalar maydonchaning bir tomonida terib qo'yilgan stullarda o'tiradilar. Jismoniy tarbiya yo'riqchisi qarama-qarshi tomonda turadi. U

"Yugurib keling oldimga, hammangiz - hammangiz, yugurib keling oldimga!" - deydi. Bolalar jismoniy tarbiya yo'riqchisiga qarab yugurishadi. Bolalar jismoniy tarbiya yo'riqchisining yonida to'plangach, u maydonchaning narigi tomoniga ketadi. U tomondan turib, yana: "Yugurib keling oldimga!" - deb, bolalarni chaqiradi. O'yin to'rt-besh marta takrorlanadi. Keyin, jismoniy tarbiya yo'riqchisi: "O'yingizga yuguring - deb, murojaat etadi. Bolalar shu zahotiyoq o'z stullariga qarab yugurishadi. Jismoniy tarbiya yo'riqchisi: "Yugurib keling oldimga!" - deb chaqiradi. Bolalar yana uning yoniga yugurib borishadi. Yugurganda bir-birlarini turtmasligi, itarishmasligi, halaqit bermasligi talab qilinadi. Bu ko'zlangan maqsan maqsad bolalarda jismoniy sifatlardan tezkorlik chaqqonlilik ham chidamlilik sifatlari rivojlantirish va g'oliblik sari intilishga o'rgatish .

Uysiz quyon xarakatli o'yni. Ikki boshqaruvchidan boshqa o'yinchilar 3-5 kishilik guruhlarga bo'linadilar. Har qaysi guruh qo'l ushlashib aylana hosil qiladi. Aylanalar maydonchaning har har yerida bir-biridan 3-6, qadam narida bo'ladi. Har qaysi aylana uy hisoblanib, uning o'rtasiga birinchi raqamli o'yinchilar turib, quyon nomini oladilar. Boshqaruvchilardan biri ovchi, ikkinchisi esa uysiz quyon bo'ladi. Jismoniy tarbiya yo'riqchisining signali bilan uysiz quyon ovchidan qochib ketadi va u o'zi yashagan uyaga kirib olishi mumkin, ammo u yerdagi quyon tezda qochib chiqishi lozim, ovchi bo'lsa, undan chiqqan quyonni ta'qib qilishda davom etadi. Ovchi quyonni tutib olsa, u holda ular o'rin almashdilar. Uysiz quyon xarakatli o'ynida bolalarda tez anglashlilik qobilyati shakillanadi, mustaqil qaror qabul qilishga o'rgatadi, o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi.

Kul rang quyon yuvinyapti xarakatli o'ynida, Barcha o'ynayotgan bolalar davra qurib turadilar. Quyon qilib tayinlangan bola davra o'rtasida turadi. Bolalar bunday deydilar: Quyonjon yuzini yuvar, Balki mehmonga borar. Avval burnin, Keyin og'zin, - Chaydi u rosa. Quloqlarini ham yuvib, Artindi toza! Quyon matnga yarasha harakatlar qiladi. Keyin u bolalardan birortasining oldiga ikki oyoqlab sakrab-sakrab keladi. Quyon kimning oldiga kelib to'xtagan bo'lsa, o'sha bola doiraning o'rtasiga kelib turadi. O'yin 5-6 marta takrorlanadi.

Bu turdagi xarakatli o'yinlar bollarga nafaqat jismoniy holatini yaxshilashga balki aqliy rivojlanishga ham yaxshi ta'sir ko'rsatadi.Bolalarda jismoniy va aqliy rivojlanish qanchalik yuksak darajada bo'lsa, biz tarbiyalayotgan yosh avlod yurtimizga kerakli kadr bo'lib yetishadi. Xarakatli o'yin inson o'zligining namoyon bo'lishi, uning takomillashuv usulidir. Xarakatli o'yin kattalar hayotida muayyan o'rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atasak mubolag'a bo'lmaydi. Xarakatli o'yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta'lim bilan uzviy aloqada bo'lgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo'Iadi. Bola shug'ullanadigan ko'pchilik jiddiy ishlar xarakatli o'yin shaklida bo'ladi. O'yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o'ylaydi. Xarakatli o'yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo'ladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, bola tarbiyasi oila, maktab, mahalla, jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilmas ekan, tarbiyada ko'zlangan orzu-maqsadlarga erishish qiyin bo'ladi. Oilada maqsadga muvofiq tarbiya olgan bola maktabda barkamollashadi, ta'lim olib o'z ma'naviyati va madaniyatini yuksaltiradi. Sog'lom turmush tarzini tashkil etishning yetakchi printsipi yoshlarda maktabgacha ta'lim muassalarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini muntazam ravishda olib bo'rish, bollarni yoshlik cho'g'idan boshlab qiziqishlari qobilyatidan kelib chiqib ma'lum bir sport turiga y'naltirish.

REFERENCES

1. Atoev A.H. Frazandlarimiz barkamol bo'lsin. T.: 1990.

2. Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan. T.: "O'qituvchi", 2011.

3. Bolajon Davlat dasturi. T.: 2010.

4. Barkamol avlod orzusi. T.: "O'zbekiston" 1998.

5. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. T.: "G'.G'ulom", 2010.

6. Keneman A.V., Xuxlaeva D.V. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va metodikasi. -T.: O'qituvchi, 1988.

7. Maxkamjonov K.M. "Xarakat go'zallik va salomatlik garovi". -T.: 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.