Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI JISMONIY VA SHAXSIY SIFATLARINI HARAKATLI O’YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI JISMONIY VA SHAXSIY SIFATLARINI HARAKATLI O’YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

4920
351
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jismoniy tarbiya / insoniyat rivoji / milliy qadriyatlar / smirlarning shakllanishi / jismoniy mashg‘ulotlar tizimi / xalq milliy harakatli o‘yinlari / jismoniy sifat. / Physical education / human development / national values / formation of smiles / system of physical training / national movement games / physical quality

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Jamshid Zikrillayevich Isoqov

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy va shaxsiy sifatlarini harakatli o’yinlar orqali rivojlantirish mazmuni va usullari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the content and methods of developing the physical and personal qualities of primary school students through movement games

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI JISMONIY VA SHAXSIY SIFATLARINI HARAKATLI O’YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI JISMONIY VA SHAXSIY SIFATLARINI HARAKATLI O'YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini jismoniy va shaxsiy sifatlarini harakatli o'yinlar orqali rivojlantirish mazmuni va usullari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Jismoniy tarbiya, insoniyat rivoji, milliy qadriyatlar, smirlarning shakllanishi, jismoniy mashg'ulotlar tizimi, xalq milliy harakatli o'yinlari, jismoniy sifat.

This article discusses the content and methods of developing the physical and personal qualities of primary school students through movement games.

Keywords: Physical education, human development, national values, formation of smiles, system of physical training, national movement games, physical quality.

Inson o'zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy tarbiya va sportning zarurligini tushunib yetishi va qunt bilan o'ziga yoqqan ma'lum bir jismoniy mashg'ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. Yosh avlodning jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo'lgan jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi jamiyatning sog'lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismoniy rivojlangan, mehnat va Vatan himoyasiga tayyor turgan quruvchilarini tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli, uyushtirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya oldida turgan vazifalarni hal etishda xalq milliy harakatli o'yinlarini to'plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish zarurligi bugungi kunda yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Jamshid Zikrillayevich Isoqov

Jizzax davlat pedagogika instuti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

February, 2022

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Boshlang'ich sinf o'quvchisining jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun harakatli o'yinga asoslangan dars, mashqlarni to'g'ri tashkil etish va o'tkazish eng muhim masaladir. K.Balsevich tadqiqoti bo'yicha, bolalarning jismoniy faolligini quyidagicha ta'riflab beradi: 1-4 sinf bolalar jismoniy sifati ko'rsatkichining barchasi o'sishning yuqori tempda borayotganligini namoyon etadi. Faqat egiluvchanlik ko'rsatkichining tempi bu davrda pasayib boradi. Bu yoshdagi bolalarda biodinamik harakatning va eng avvalo, koordinatsion qismlarning shiddatli rivojlanishi ro'y beradi. 1-4 sinf orasida jismoniy sifatlarning va koordinatsion qobiliyatning, inson harakat faolligining namoyon bo'lishi uchun amaliy jihatdan juda yaxshi zamin tayyorlanadi. F.N.Nasriddinov, A.Sh.Qosimovlar ko'rsatkichlari bo'yicha jismoniy tayyorgarlik natijalari yoshdan yoshga o'tish bilan hamma ko'rsatkichlar ma'lum miqdorda ortib borishini ko'rsatadi. A.N.Liviskiy ilmiy tadqiqot ishlarining ko'rsatishicha, qo'l panjalari mushaklarining kuchi 7 yoshda 13-14 kg.ga yetadi. Shu yoshdan boshlab, harakatli o'yinlar vositasida, bu sifatlarni yanada rivojlantirish ehtimoli kuchli. Yosh o'zgarishi dinamikasida ayrim keskin bosqichlar belgilanganki, ular morfologik va funksional xususiyatlar majmui bilan tavsiflanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning sog'lomlashtirish-tarbiyaviy ishlarini harakatli o'yinlar vositasida yanada jonlantirish uchun ularning jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik ko'rsatkichi o'rtasidagi o'zaro bog'liqligini aniqlash lozim. Bu samarali vositalarni tanlashga, keyin pedagogik sinov-tajriba o'tkazishga imkoniyat yaratadi.

Maktab o'quvchisining shaxs, komil inson bo'lib shakllanishida, rivojlanishida jismoniy tarbiya alohida ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Xalq jismoniy tarbiyasi esa insoniyat rivojining ilk bosqichlaridayoq bola va o'smirlarning shakllanishida asosiy vositalaridan biri bo'lgan. Shu bois bugungi o'zligimizga qaytgan davrimizda xalqning milliy qadriyatlariga asoslangan jismoniy tarbiya alohida ahamiyat kasb etmoqda.

NATIJALAR

Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'yinlarining ruhi, tabiati, xarakteri, ishtirokchilarning xatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e'tibor berish zarur. Boshlang'ich sinf o'quvchilari jismoniy tarbiyasini qiziqarli va foydali o'tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba'zi milliy o'yinlardan foydalanishda ham xuddi shu xususiyatlarga e'tibor berish kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida jismoniy tarbiya darslarida qadriyatlarga muhabbat uyg'otish, xalq an'analarini avaylab-asrashga o'rgatish ko'p

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

785

jihatdan xalq milliy harakatli o'yinlaridan unumli foydalana bilishga bog'liq bo'ladi. Sababi, milliy harakatli o'yinlar orqali bola bir tomondan jismoniy bilimlarni

shu orqali qadriyatlarga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 1-4 sinf bolalar yoshiga mos o'yinlarni jismoniy sifatlarni rivojlantirishiga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1. Bolalarda tezkorlikni va egiluvchanlikni tarbiyalovchi o'yinlar;

2. Bolalarda kuchni oshirib beruvchi o'yinlar.

3. Bolalarda chidamlilikni va chaqqonliknirivojlantiruvchi o'yinlar.

Ayrim o'yin turlari bolalarning barcha bo'g'inlariga mos kelishi mumkin, ya'ni jismoniy sifatlarni yaxlit holda tarbiyalashga qaratilgan o'yinlar ko'pchilikni ta shkil etadi, ularda turli jismoniy sifatlar ketma-ket rivojlanishi mumkin. Milliy harakatli o'yinlardan foydalanish jarayonida boshlang'ich maktab o'quvchilarining quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:

1. Boshlang'ich sinf o'quvchisining kattalar faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o'zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqishining ortishi.

2. Bolalar xalq harakatli o'yinlari atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo'shqin his-tuyg'uli jihatlarini aks ettirishini.

3. Xarakatli o'yinlarda boshlang'ich sinf o'quvchisining kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o'z istagini amaliyotga tadbiq qila olishi.

MUHOKAMA

Yosh avlodning jismoniy jihatdan to'kis, sog'lom, Vatan himoyasiga tayyor, baquvvat tarzda o'sib-ulg'ayishidan xalq ham, jamiyat ham manfaatdor, Buning uchun o'quvchilar jismoniy tarbiya bilan chuqur shug'ullanishlari, turli milliy harakatli o'yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari zarur. Bu esa yosh avlod tarbiyasiga e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni o'z xalqi, mustaqil davlati va jamiyat oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g'oyat muhim vazifalar bilan bog'liq tarzda maktabda o'qiy boshlagan birinchi kundanoq mehnatga muhabbat, ishchanlik, boshlangan ishini oxiriga yetkazish, sabotlilik xususiyatlarini shakllantirish imkoni yaratiladi. Bunda jismoniy tarbiyaning barcha zamonaviy vositalari bilan birga o'zbek xalq milliy harakatli o'yinlari juda qo'l keladi, chunki bu o'yinlar bolalarni ruhiy, jismoniy, ma'naviy jihatdan tarbiyalashning barcha jihatlarini o'z ichiga ola biladi. Zero, millatning kelajagi bo'lgan yoshlarni sog'lom, yetuk va komil inson qilib tarbiyalash mustaqil yurtimiz kelajagining

egallasa, ikkinchi tomondan,

uni

jismoniy tarbiyaga,

February, 2022

zamini mustahkam bo'lishiga xizmat etadi. Xarakatli o'yinlari va milliy sport turlari tarixiy taraqqiyot jarayonida jiddiy o'zgargani, har bir iqtisodiy tuzum ularning mazmuni, qoidalarida o'zining muayyan izini qoldirgani haqida yuqorida to'xtalgan edik. Ba'zi o'yinlarning nomi va qoidalari hozircha saqlanib qolgan. Ana shunday o'yinlardan foydalanishda bolalarga jismoniy ta'siridan tashqari tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishini ham nazardan soqit qilmaslik, ularni ijodiy qo'llashni maqsadga muvofiqlashtirish kerak. Masalan, Uloq» o'yini deganda odatda ot bilan o'ynaladigan, chavandozlar haqiqiy uloq uchun kurashadigan qadimiy ko'pkari o'yini tushuniladi.

Ma'lumki, bolalar jismoniy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini usuliy, pedagogik nuqtai nazardan to'g'ri aniqlash uchun bolalar fiziologiyasi hamda ruhiyatini yaxshi bilish shart, shularga suyangan holda har bir mashg'ulot oldidan ma'lum vazifalar qo'yilishi lozim. Vazifalar soni ikki-uchtadan iborat bo'lib, ularni bir necha guruhlarga bo'lib o'tish, asosiy harakatlar va mashqlar, milliy harakatli o'yinlar tanlanadi. Tanlangan mashqlar, birinchidan, asosiy harakatlar bilan bog'liq bo'lishi lozim. Ikkinchidan, mashqlar o'quvchilarning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga, jinsiga mos bo'lishi ham kerak. Bundan tashqari bu mashqlar bolaga oddiy, tushunarli, tanish va ular bajara oladigan bo'lishi lozim.

REFERENCES

1. Abdullaeva M. Bolalar o'yinlarida o'zaro munosabatlar. //Boshlang'ich ta'lim.- Toshkent,2000y

2. Ishmuxamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari o'qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar).-T.: Iste'dod, 2010.-140 bet

3. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.-T.: "Nihol nashryoti, 2013 yil 278 bet.

4. Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. -T.: "O'qituvchi", 2004. -102 b.

5. M.E.Jumaev, M.Yu.Yuldasheva, B.U.Mingbaeva, G.A.Mamatova "Boshlang'ich ta'limni o'qitishda zamonaviy yondashuvlar va

XULOSA

innavatsiyalar" metodik uslubiy qo'llanma - T.: 2017y.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.