Научная статья на тему 'JISMONIY HARAKATLAR TEATRI VOSITASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MOTORIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TIZIMI'

JISMONIY HARAKATLAR TEATRI VOSITASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MOTORIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
705
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Botirlik / chaqqonlik / harakatli o‘yinlar / jismoniy chiniqtirish / qo‘zg‘alish va tormozlanish / kuzatuvchanlik / topqirlik / atrof-muxitda mo‘ljal olish qobiliyati. / Courage / agility / movement games / physical fitness / agitation and braking / observation / ingenuity / ability to target in the environment

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axunov, Umidjon Ruziboyevich

Maqolada jismoniy harakatlar bolaning jismoniy faolligini oshirishi, harakat ko‘nikma va malakasini shakllanishidagi muxim axamiyati. Jismoniy xarakatlar teatri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalar motorik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik tizimi taxlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL SYSTEM OF DEVELOPMENT OF MOTORCULAR ACTIVITIES OF PRESChOOL ChILDREN THROUGH THE THEATER OF PHYSICAL ACTIVITIES

In the article, physical activity plays an important role in increasing the child's physical activity, the formation of motor skills and abilities. The pedagogical system of development of motor activity of preschool children by means of the theater of physical movements is analyzed.

Текст научной работы на тему «JISMONIY HARAKATLAR TEATRI VOSITASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MOTORIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TIZIMI»

JISMONIY HARAKATLAR TEATRI VOSITASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MOTORIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TIZIMI

Axunov Umidjon Ruziboyevich

Andijon davlat universiteti, Pedagogika instituti boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Maqolada jismoniy harakatlar bolaning jismoniy faolligini oshirishi, harakat ko'nikma va malakasini shakllanishidagi muxim axamiyati. Jismoniy xarakatlar teatri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalar motorik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik tizimi taxlil qilindi.

Kalit so'zlari: Botirlik, chaqqonlik, harakatli o'yinlar, jismoniy chiniqtirish, qo'zg'alish va tormozlanish, kuzatuvchanlik, topqirlik, atrof-muxitda mo'ljal olish qobiliyati.

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СИСТЕМА РАЗВИТИЯ ДВИГАТЕЛЬНОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ПОСРЕДСТВОМ ТЕАТРА ФИЗИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Ахунов Умиджон Рузибоевич

Андижанский Государственный Университет Доцент кафедры методики начального и дошкольного образования педагогического института

АННОТАЦИЯ

В статье физическая активность играет важную роль в повышении двигательной активности ребенка, формировании моторики и компетенций. Проанализирована педагогическая система развития двигательной активности дошкольников средствами театра физических движений.

Ключевые слова: смелость, ловкость, двигательные игры, физическая подготовка, возбуждение и торможение, наблюдательность, изобретательность, способность нацеливаться в окружающей среде.

PEDAGOGICAL SYSTEM OF DEVELOPMENT OF MOTORCULAR ACTIVITIES OF PRESChOOL ChILDREN THROUGH THE THEATER OF

PHYSICAL ACTIVITIES

Akhunov Umidjon Ruziboevich

Andijan State University Associate Professor of the Department of Methods of Primary and Preschool Education of the Pedagogical Institute

ABSTRACT

In the article, physical activity plays an important role in increasing the child's physical activity, the formation of motor skills and abilities. The pedagogical system of development of motor activity of preschool children by means of the theater of physical movements is analyzed.

Keywords: Courage, agility, movement games, physical fitness, agitation and braking, observation, ingenuity, ability to target in the environment

KIRISH

Yosh avlodni ta'lim-tarbiya jarayoni har bir jamiyat uchun dolzarb, ahamiyatli bo'lgan va shunday bo'lib qoladi. Chunki, jamiyat taraqqiyoti ko'p jihatdan shu jamiyat a'zolarining qanchalik bilimli, ongli, ma'naviy, axloqiy jihatdan yetuk tarbiyalanganlik darajasiga bog'liq.

Yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda ma'naviy merosdan keng foydalanish milliy madaniyatimiz rivojiga muhim o'rin tutadi. Xozirgi zamon pedagog- tarbiyachilaridan kuchli bilim va yuksak mahorat bilan bir qatorda fidoyilik hamda ulkan sabr-toqat talab etiladi. Chunki, Xazrat Alisher Navoiy o'zining "Mahbub ul-qulub" (Ko'ngillarning sevgani) asaridagi "Dabiriston ahli zikrida" (Maktab ahli to'g'risida) deb nomlangan faslida ta'kidlaganidek, "Insof bilan aytganda, har qanday irodali odamni ham birgina bola tarbiyasi charchatadi"

Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e'tibor beradi. O'qish ham, o'qitish ham og'ir va mas'uliyatli ish, u qunt, havas va mehnat talab qiladi deb uqtiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari, bolalarni jismoniy, aqliy va ma'naviy jixatdan rivojlantirishdan, ularning tug'ma layoqati, qiziqishi, extiyoji va imkoniyatlarini xisobga olgan xolda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta'lim olishdan iboratdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi, bolalar ta'lim-tarbiyasiga ko'yiladigan davlat talablari

1064

Scientific Journal Impact Factor

orqali nazorat qilinadi. Davlat talablarida bolalarga beriladigan ta'lim-tarbiya mazmunining asosiy yo'nalishlari xamda ularni tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo'lib, u davlat xujjati sifatida e'tirof etiladi.

Davlat talabi ko'rsatkichlarini belgilashda, davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgacha talim tashkilotidagi bolalarning jismoniy sog'ligi, qobiliyati, extiyoji va imkoniyatlari, ya'ni bola shaxsining ustivorligidan kelib chiqilgan. Ta'lim-tarbiya mazmunining asosiy yo'nalishlarida bolalarni jismoniy rivojlantirishga katta axamiyat berilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, maktabga boradigan bolalarning 30-50% da, surunkali kasalliklar mavjuddir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qancha erta jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlariga jalb qila olsak, ularning organizmini kasalliklarga qarshi kurashida, immunitetini oshirish bilan birga sog'ligini mustahkamlagan bo'lar edik.

Rivojlanayotgan organizmga, bolalar sog'ligiga, ish qobiliyatini oshirishga tasir qiladigan omillardan biri, bu jismoniy faollikdir. Jismoniy faollik , bu jismoniy xarakatlanishga tabiiy extiyoj xisoblanib, ushbu faollik orqali bolalarni garmonik rivojlanishi va axloqiy tarbiyalash shartidir. Maktabgacha talim tashkilotlarida tashkil qilinadigan jismoniy tarbiya mashg'ulotlari, ommaviy sport tadbirlari (harakatli o'yinlar, estafetalar, sport o'yinlari, musobaqalar) bolalarning sog'ligini mustaxkamlashi, ularda sog'lom turmush tarzini shakllantirishi, shaxsiy gigiena bilimlari va ko'nikmalarini shakllantiradi.

Mamlakatimizda maktabgacha talim tashkilotlarida teatr vositasida bolalarni motorik faoliyatini rivojlantirishga aloxida etibor berilib kelinmoqda.

Teatr bolalarning tabiatiga juda yaqin xisoblanib, uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iboratdir.

1. Obrazli

2. Hissiyot-hayajonli (emotsiya)

3. Yoshiga mosligi

4. Qiziqarligi

5. O'yinlardan iboratligi

6. Jamoaviyligi

Shuning uchun, maktabgacha talim tashkilotlarida bolalarni motorik faoliyatini rivojlantirishda teatr vositasidan foydalanib kelinmoqda.

N.N. Yefimenko muallifligidagi " Maktabgacha va boshlang'ich sinflardagi bolalarni sog'lomlashtirish va jismoniy tarbiya teatri" texnologiyasida

Scientific Journal Impact Factor

qo'llaniladigan metodikasi, jismoniy mashqlardan iborat; ertaklar , qiziqarli obrazlar, mimika, imo-ishoralar, nutq, (ovoz) va (monolog va dialog) syujetlarga boy bo'lgan teatrlashtirilgan jismoniy tarbiya mashg'ulotlari, talimiy va sog'lomlashtirish vazifalarni xal qilishda samarali xisoblanadi.

Texnologiyaning zaminida adabiy asarlardan yani, og'zaki xalq ijodi, ertaklar, milliy xalq o'yinlari, chet el xalqlarning harakatli o'yinlaridan xamda atrof muxit, xayvonot dunyosi, tabiat xodisalaridan unumli foydalaniladi.

Ushbu metodika bolalarda quyidagi manaviy- tarbiyaviy, ruhiy va jismoniy fazilatlarni tarbiyalaydi:

1. Sog'lomlashtirish;

2. Botirlik;

3. Chaqqonlik;

4. Sabr-toqat;

5. Kuzatuvchanlik;

6. Topqirlik;

7. Atrof-muxitda mo'ljal olish qobiliyati;

8. Kirishimlik (kommunikabelnost);

9. Jamoada o'zini tuta bilish;

10. Jamoadoshiga yordam berish;

11. Mantiqiy fikrlash;

12. Jismoniy faollik;

13. Tezkor qaror chiqarish;

14. Diqqatni jamlash;

15. Xotira mustaxkamlanadi;

16. Moslashuvchanlik

Maktabgacha yoshdagi bolalar motorik faoliyatini rivojlantirishda pedagogik tizimni uzluksizligini taminlash, Davlat talim standartlari, o'quv rejalari, yangi innovasion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish orqali talim sifati va mazmunini oshishiga ijobiy tasir ko'rsatadi.

Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari jarayonlarida bolalar qomatini to'g'ri shakllantirish, o'zini o'zi boshqarish, kun tartibiga rioya qilish va gigienik talablarga to'g'ri amal qilish malakalari bilan bir qatorda bola organizmini sog'lomlashtirish xamda jismoniy rivojlantirish aqliy, axloqiy, ma'naviy, estetik, iroda xislatlarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratilishi zarur.

XULOSA

Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida bolalar tomonidan bajariladigan jismoniy harakatlar va jismoniy mashqlarning bola organizmini rivojlanishiga ijobiy ta'siri yuqori bo'lishida xamda ularni samarali amalga oshirilishida ko'p jixatdan pedagogning amaliy bilim malaka va kasbiy maxoratiga bog'liqdir.

Bolalar bilan jismoniy tarbiya mashg'ulotlar jarayonida safda to'g'ri turish va harakatlanish, umumrivojlantirish mashqlarini bajarish, to'g'ri nafas olish xamda mashqlarni uslubiy to'g'ri tashkil etilishi va mashqlarni me'yorlash muxim axamiyatga egadir. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'tkazilayotgan joyning sanitariya-gigienik talablarga mos bo'lishi, bolalar sport kiyim va poyabzallarni mashg'ulotlar maqsadiga mosligi, bolalar jismoniy rivojlanishidagi tibbiy, jismoniy nuqson va kamchiliklarni bartaraf etishning xamda jismoniy rivojlantirishning muxim vositasi xisoblanadi. O'qituvchi tomonidan mashg'ulotlar joyining va bolalarga qo'yiladigan gigienik talablarga mos bo'lishini ta'minlanmasa bolalarning tayanch harakat a'zolari va qomatlarini to'g'ri shakllanishiga, jismoniy rivojlanishlari uchun salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Bolalar o'z yoshlariga mos bo'lgan xarakatli, shu jumladan milliy o'yinlar nomlarini, koidalarini bilishi va ularda faol ishtirok eta olishi, yugurish va sakrash, yoshiga mos xolda belgilangan me'yorlarni bajarishi, saflanishi, chaqqon xarakat qilish, chiniqtirish mashqlarini bajarish kabilarga o'rgatish bolalarning jismoniy rivojlanishini ta'minlovchi ta'lim-tarbiya mazmunining asosini tashkil etadi.

Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etishda bolalarning yoshi, jinsi, shaxsiy-ruxiy va fiziologik xususiyatlari xisobga olinishi zarur. o'qituvchi tomonidan bolalarning muntazam ravishda kun tartibi va gigienik talablarga to'g'ri rioya qilish, o'z vaqtida to'g'ri ovqatlanish, ertalabki badan tarbiya mashg'ulotlarini to'g'ri tashkil etilishini doimiy nazorat qilib borilishi kerak. Harakatli o'yinlarni o'tkazishda erishiladigan sog'lomlashtirish samarasi bolalarning o'yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola ruhiyatiga yaxshi ta'sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog'liqdir. Emotsional ko'tarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bo'lgan maqsadga erishishga intilish uyg'otadi va u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning o'zaro mosligida, fazoda va o'yin sharoitlarida aniq mo'ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan sur'atda bajarilishi lozim.

Bolalarning maqsadga erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asosida turli to'siqlarni yengib o'tishga yordam beruvchi irodaning roli oshadi. Harakatli o'yinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat ko'nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bo'lib xizmat qiladi.

Scientific Journal Impact Factor

O'yin jarayonida bola o'z e'tiborini harakatni bajarish usuliga emas, balki maqsadga erishishga qaratadi. U o'yin shartlariga muvofiq harakat qiladi, bunda chaqkonlik ko'rsatadi va shu asnoda harakatlarni takomillashtiradi. Harakat faoliyati sifatida harakatli o'yin muayyan o'ziga xos xususiyatlarga ega: u boladan signal va o'yinda to'satdan bo'ladigan o'zgarishlarga tezda javob berishni talab qiladi. Deyarli har bir harakatli o'yinda harakatlar va bolalar harakatiga oid signallar mavjud. Masalan «chumchuqlar va avtomobil», «samolyotlar».

O'yindagi faol harakat faoliyati bola qo'zg'alish va tormozlanish jarayonl arini takomillashtirgan holda nerv tizimini mashq qildiradi, kuzatuvchanlik, topqirlik, atrof-muxitda mo'ljal olish qobiliyatini, botirlik, chaqqonlik tashabbus ko'rsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi.

REFERENCES

1. Ефименко Н.Н. «Театр физического воспитания и оздоровления детей дошкольного и младшего школьного возраста» - Таганрог: 2000.

2. Yo'ldoshev R., Xusainova R., Bobojonova U. Ta'limning interfaol metodlari(metodik qo'llanma). Urganch-2011.

3. Yo'ldoshev G'., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. Toshkent-2004.

4. «Воспитатель по физической культуре в дошкольных образовательных учреждениях» под ред. С.А.Козловой - М.: Издательский Центр «Академия»,2002.

5. Кожухова Н.Н., Рыжова Л.А., Борисова М.М. « Теория и методика физического воспитания детей дошкольного возраста» - М.: Гуманитарный издательский центр «ВЛАДОС», 2003.

6. «Нормативно - правовые основы физического воспитания детей дошкольного возраста»/ Р.И. Амарян, В.А.Муравьев-М:Айрис-пресс,2004.

7. Рунова М.А. «Двигательная активность ребенка в детском саду» - М.: Издательство «Мозаика - Синтез»,2000.

8. «Театр физического развития и оздоровления детей дошкольного и младшего школьного возраста»(рабочие материалы к оригинальной авторской программе) Ефименко Н.Н. - М.: ЛИНКА-ПРЕСС, 1999.

9. Усмонхужаев Г.С. "Хдракатли уйинлар" Т.Медицина 1999 й.

10. ^орабоев У. "Узбек халк уйинлари" Тошкент 2001й

11. Азизходжаева Н.Н.Педагогогические технологии педагогическое мастерство-T. Фан ва ахборот технологиялари, 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.