Научная статья на тему 'O‘SIB KELAYOTGAN YOSH AVLODNI HAYOTGA TAYYORLASHDA HARAKATLI O‘YINLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI'

O‘SIB KELAYOTGAN YOSH AVLODNI HAYOTGA TAYYORLASHDA HARAKATLI O‘YINLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
818
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy tarbiya / o‘yin / bolalar / quvnoq / madaniyat / harakatli o‘yinlar / o‘yin qoidasi / jamoa / musobaqalar / xususiyati / shakli mazmuni / faoliyati / metodi / rahbarlik / jismoniy tarbiya dasturi / sog’lom avlod. / Physical education / game / children / fun / culture / outdoor games / rules of the game / team / competitions / characteristics / form / content / activity / method / pedagogy / leadership / physical education program / improvement of the younger generation / tool / healthy generation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ibragimov, Xasanboy Abdusalomovich, Nazarov, Javoxirbek Shokirjon O‘g‘li

Ushbu maqolada shaxs faoliyatining tarkibi hisoblanmish o‘yin tasnifi, Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiya manbayi bo‘mish harakatli o‘yinlarning mazmuni o‘ziga xos xususiyatlari, harakatli o‘yinlarni ma’lum bir turlari va tashkil etish usullari, yosh avlodni hayotga tayyorlashda uning ta’limiy –ta’biyaviy ahamiyati va ёш авлодни хаётга таёрлашда харакатли ўйинларнинг o‘ziga xos axamiyat ilari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS AND PEDAGOGICAL IMPORTANCE OF MOVEMENT GAMES IN PREPARING THE YOUNG GENERATION FOR LIFE

This article presents the classification of games according to the content of personality activity, outlines the content, specifics of outdoor games, which are physical education classes for preschool and primary school age children, certain types and methods of organizing outdoor games, its educational significance in preparing the younger generation for life, the specifics of outdoor games in preparing the younger generation for life.

Текст научной работы на тему «O‘SIB KELAYOTGAN YOSH AVLODNI HAYOTGA TAYYORLASHDA HARAKATLI O‘YINLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'SIB KELAYOTGAN YOSH AVLODNI HAYOTGA TAYYORLASHDA HARAKATLI O'YINLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATI VA

PEDAGOGIK AHAMIYATI

Ushbu maqolada shaxs faoliyatining tarkibi hisoblanmish o 'yin tasnifi, Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiya manbayi bo 'mish harakatli o 'yinlarning mazmuni o 'ziga xos xususiyatlari, harakatli o 'yinlarni ma 'lum bir turlari va tashkil etish usullari, yosh avlodni hayotga tayyorlashda uning ta 'limiy —ta 'biyaviy ahamiyati va ёш авлодни хаётга таёрлашда харакатли уйинларнинг o 'ziga xos axamiyat ilari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, o'yin, bolalar, quvnoq, madaniyat, harakatli o 'yinlar, o 'yin qoidasi, jamoa, musobaqalar, xususiyati, shakli mazmuni, faoliyati, metodi, rahbarlik, jismoniy tarbiya dasturi, sog'lom avlod.

В данной статье представлена классификация игр по содержанию деятельности личности, очерчено содержание, специфика подвижных игр, которыми являются занятия по физкультуре для детей дошкольного и младшего школьного возраста, отдельные виды и методы организации подвижных игр, их воспитательное значение в подготовке подрастающего поколения к жизни, специфика подвижных игр в подготовке подрастающего поколения к жизни.

Ключевые слова: Физическое воспитание, игра, дети, развлечения, культура, подвижные игры, правила игры, команда, соревнования, характеристики, форма, содержание, деятельность, метод, педагогика, лидерство, программа физического воспитания, совершенствование подрастающего поколения, инструмент, здоровое поколение.

Ibragimov Xasanboy Abdusalomovich

Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi Nazarov Javoxirbek Shokirjon o'g'li Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

AННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABSTRACT

This article presents the classification of games according to the content of personality activity, outlines the content, specifics of outdoor games, which are physical education classes for preschool and primary school age children, certain types and methods of organizing outdoor games, its educational significance in preparing the younger generation for life, the specifics of outdoor games in preparing the younger generation for life.

Keywords: Physical education, game, children, fun, culture, outdoor games, rules of the game, team, competitions, characteristics, form, content, activity, method, pedagogy, leadership, physical education program, improvement of the younger generation, tool, healthy generation.

O'yin — tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat turi, insonga xosdir. O'yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan bolalar o'yinlari, stol o'yini, doira bo'lib o'ynaladigan o'yin, harakatli o'yinlar, sport o'yinlari. O'yin o'z-o'zini bilish vositasi, o'yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo'lishi mumkin. O'yin madaniyati elementi sifatida jamiyatning barcha madaniyati turlariva kishilarning har xil ehtiyojlari bilan rivojlanadi: o'yin-kulgi, dam olishda, ma'naviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta o'rin egallaydi. O'yin faoliyati — nafaqat madaniyatning bir elementi, balki bolalar va o'smirlarni tarbiyalashda ham foydali vosita hisoblanadi. U har doim maqsadga yo'naltirilgan va turli-tuman maqsadli yo'l- yo'riq hamda asoslangan harakat bilan o'ziga xos xususiyatni ko'r- satib turadi. O'yin faoliyati ayniqsa bolalik davrida ko'proq mehnat bilan umumiylikka ega bo'ladi. Biroq o'yin jarayonida hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun kishi moddiy boylikni yarata olmaydi. O'yin — juda ham quvnoq jo'shqin faoliyatdir, shuning uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda katta boylik kasb etadi. O'yinning turli-tumanligi katta-kichiklar orasida, ayniqsa o'smirlar va bolalar o'rtasida eng keng tarqalgani bu harakatli o'yin- lardir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Harakatli o'yinlarning o'ziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to'pni uzat ish va ilib olish, qarshilik ko'rsatish va boshqalar). Bu o'yinlar harakatlanish va uning mazmunini asoslab beradi. U o'yinda qo'yilgan maqsadga erishish yo'lida, turli-

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tuman qiyinchiliklarni, to'siqlami yengib o'tishiga yo'naltiriladi. Harakatli o'yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport o'yinlaridan farqli o'laroq, harakatli o'yinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda o'zgartirish kiritish mumkin. O'yin qoidasi maqsadga erishish yo'lida o'yindagi qiyinchiliklarni va to'siqlarning xarakterini aniqlaydi.

Harakatli o'yinlar o'yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o'yin qoidasi o'yin qatnashchilari va rahbarlarning (o'qituvchilar) o'zlari o'tkazilayotgan o'yinning sharoitiga qarab uni o'zgartirib boradilar. Chunki unda o'ynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta-kichikligi belgilanmagan bo'ladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham o'zgartirib turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy to'p, kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo). Harakatli o'yinlardan yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek, sport o'yinla- riga va boshqa sport turlariga hamda «Alpomish» va «Barchinoy» test me'yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi ham hisoblanadi Jamoa bo'lib o'ynaladigan (guruh) harakatli o'yinlar alohida pedagogik ahamiyatga ega bo'ladi, chunki ularda o'ynovchi guruhlar, sinflar, zvenolar, bo'limlar va sport seksiyasida shug'ullanuvchilar qatnashadilar.

Jamoa bo'lib o'ynaladigan harakatli o'yinlarda har doim musobaqalashish elementi o'ziga xos bo'lib (har bir kishi o'zi uchun yoki har bir kishi o'z jamoasi uchun), shuningdek, belgilangan maqsadga erishishida, qiziqishni uyg'otishda bir-biriga yordam berish va o'zaro yordamdan iborat bo'ladi. Jamoa o'yinlarining o'ziga xosligi shundan iboratki, o'yinda hamma — vaqt holatni o'zgarib turishi, o'yinchilardan tezlik reaksiyasi talab qilinadigan bo'ladi. Shuning uchun o'yin jarayonida o'zaro munosabat har doim o'zgarib turadi: har bir kishi o'zi uchun yoki o'zining jamoasi uchun «raqib- lari»ga nisbatan eng qulay holatni yaratishga intiladi. Harakatli o'yinlar bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi. Ular alohida o'yinlar bo'yicha o'tkazilishi mumkin, o'yinga qo'yilgan vazifa taxminan bir xil sinflar bir xil yoshdagi o'quvchilarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Biroq harakatli o'yinlar majmuasi bo'yicha musobaqa o'tkazishning pedagogik ahamiyati shundaki, bunga har xil jismoniy sifat va malakalarni tarbiyalashga yordam beradigan turli-tuman o'yinlar kiritiladi. Harakatli o'yin majmuasi bo'yicha o'tkaziladigan musobaqada har xil yoshdagi bolalar, o'smir- lar, yoshlar va kattalar qatnashishlari mumkin, biroq o'yindagi vazifa har xil bo'lishi mumkin.

Harakatli o'yin bo'yicha o'tkaziladigan musobaqadagi bu juz'iy o'zgarish sport o'yinlari bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalarga nis- batan bir oz farq qiladi, chunki

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sport o'yinlari qat'iy belgilangan sharoitda va qoida bo'yicha o'tkazilishi talab qilinadi Har bir harakatli o'yin o'zining mazmuni shakli (tuzilishi) va metodik xususiyatiga egadir. Harakatli o'yinlarning mazmuni quyida- gilardan iborat: mavzu yoki mazmun (ifodali yoki shartli o'ylab qo'yilgan ish, o'yin rejasi) maqsadga erishish uchun o'yinga kiradigan harakat va qoidalar. Harakatli o'yinlarning shakli qo'yilgan maqsadga erishish usullarini keng tanlash imkoniyatiga ega bo'lishi, o'yin qatnashchilarining harakatini tashkil qilishdan iborat. O'yin shakli mazmuni bilan bog'liq ravishda kelib chiqadi. O'yinning metodik jihatdan o'ziga xos xususiyati uning mazmuni va shakliga bog'liqdir.

Harakatli o'yinlar metodik jihatdan o'ziga xos bo'ladi: jonliligi; chegaralangan qoida bo'yicha maqsadga erishishda mustaqil harakat qilish; qoidaga mos ravishda ijodiy tashabbuskorlik bilan harakat qilish;o'yindagi alohida rollarni bajarish, uning mazmunia muvofiqligi, o'yin qatnashchilarini jamoadagi ma'lum darajadagi o'zaro munosabati o'rnatiladi;to'satdan o'yinda o'zgarib qolish holati, bu esa o'yinchi-lardan tashabbuskorlikni, tez reaksiyani talab qiladi; o'yindagi musobaqa elementlari o'yinda jo'shqinlikni (emotsio- nallik) oshiradi va kuchni to'liq sarf qilishni talab qiladi; o'yinda kelib chiqadigan «kelishmovchiliklar»ni hal etishda qarama-qarshi tomonlarning manfaatlarini bir-biriga zid qo'ymoq esa yuqori darajadagi jo'shqinlik tonusini yaratadi.Harakatli o'yinlar nafaqat vosita, balki bolani jismoniy tarbiya metodi bo'lib ham hisoblanadi.

Tarbiyada o'yin metodining tushunchasi o'yin metodikasining o'ziga xos xususiyatini inkor qiladi, ya'ni bu boshqa tarbiya jihozlaridan uning metodi munosabatda bo'lishida farqlanadi (musobaqa elementi, syujetning mavjudligi, maqsadga erishishning turli-tuman usullari, nisbatan mustaqil harakati).O'yin metodi ayniqsa murakkablashgan va o'zgartirilgan sharoitda harakatni kompleks takomillashtirish uchun foydalaniladi.Harakatli o'yinlar jismoniy tarbiya va o'yin metodi vositasi sifatida jismoniy sifatlarni takomillashtirishga hamda tarbiyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, harakatli o'yinlarda gimnastika, yengil atletika va boshqa sport turlari mashg'ulotlarida alohida malaka, ko'nikma hamda tabiiy harakatlarni mustahkamlaydi va takomillashtiradi.Pedagogik amaliyotida harakatli o'yinlarning ikkita asosiy turidan foydalaniladi:1. Erkin, ijodiy yoki erkin o'yinlar, bunda o'yin qatnashchilari- ning o'zlari o'yin rejasini belgilashadi va belgilangan maqsadni o'zlari amalga oshirishadi. Bu bolalarda go'daklik, maktabgacha yoshda va kichik maktab yoshida ular hammadan ko'ra tez-tez mazmunli bo'ladi, chunki o'yinning mazmuniga qarab rol taqsimlanadi, shu- ning uchun ularni psixologiyada g'o'la shaklida o'ralgan, deb ataladi. Ular alohida yoki bir kishilik va guruh shaklida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'lishi mumkin. Belgilangan qoidaga asosan tashkil qilingan harakatli o'yinlar unga katta yoshdagi bolalar-yetakchilarning o'zlari rahbarlik qilishlari talab qilinadiO'yin mazmuni va murakkabligi bo'yicha juda ham turli tumandir: Oddiy jamoasiz harakatli o'yinlar, bunda har bir o'yin qatnashchisi, o'yin qoidalariga rioya qilgan holda, bitta o'zi uchun kurashadi.

O'quv chilardagi barcha o'yin faoliyati shaxsiy tako- millashtirishga, boshqalar ustidan epchillik, aniq nishonga tekkizishda, kuchda, tezkorlikda va boshqa sifatlar bo'yicha shaxsan ustunlikka erishishga yo'naltirilgan. Bu o'yinlarda eng asosiy ahamiyat shaxsiy tashabbuskorlikni va harakat imkoniyatini, o'zining shaxsiy sifatlaridan foydalanishini bilish maqsadga muvofiqdir. Ayrim o'yinlarda bunday hamkorlik qilish qoida bo'yicha nazarda tutilgan («Oq ayiqlar» va «Tovonbaliq va cho'rtanbaliq»).

Jamoali harakatli o'yinlar — bunda o'ynovchilar alohida-alohida jamoalarni tashkil etadilar. Ular o'zlarining shaxsiy qiziqishlarining jamoani qiziqishiga bo'ysinish, umumiy maqsadga erishishga yo'naltirganligi, jamoaning birgalikdagi foliyati bilan ta'riflanadi. Har bir o'yinchining harakatidan jamoaning barcha muvaffaqiyati har bir o'yinchining harakatiga bog'liq bo'ladi. Jamoa o'yinlarida tez-tez harakatning o'zaro mosligi va o'yinga umumiy rahbarlik qilish uchun o'ynovchilar orasidan jamoaning sardorlarini ajratishga imkoniyat paydo bo'ladi, barcha o'yinchilarning sardorga bo'ysinishlari majburiy hisoblanadi. Jamoali o'yinlardan ayrimlari yarim sport xarakteriga ega bo'ladi: ular ko'proq o'yining texnikasi, harakat texnikasi bo'yicha murakkab bo'lib, ma'lum qoida bo'yicha o'tkaziladi. Ba'zi bir o'yinlarda maxsus rollar talab qilinadi. Ayrim to'plamlarda bunday o'yinlar yarim sport o'yinlari, deb ataladi. Pedagog harakatli o'yinlarning keng qo'llanilishini ish sharoitini hisobga olish bilan har xil pedagogik vazifalarni hal etish uchun o'yinni maxsus tanlab olishi talab qilinadi.Buning uchun ma'lum belgilar bo'yicha o'xshash bo'lgan o'yinning ishchi guruhi tashkil etiladi. O'yinlar quyidagicha taqsimlanadi:

Ularni mazmuniga ko'ra murakkablik darajasi bo'yicha. Oddiy o'yinlardan to murakkab o'yinlargacha (yarim sportga).Bolalarning yoshi bo'yicha o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish (7-9, 10-12,13-15 yoshli bolalar uchun o'yinlar). Bu belgilar umumiy ta'lim maktablari uchun jismoniy tarbiya dasturida foydalanilgan (14, 5-9-sinflar uchun).O'yinlarda ko'proq keladigan harakat turlari bo'yicha (umum-rivojlantiruvchi mashq elementlari bilan o'ynaladigan o'yinlar, yugurish, balandlikka sakrash bilan o'ynash, turgan joyda yugurib o'ynash, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan nishonga uloqtirish bilan o'ynash, koptokni oshirish va ilib olish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bilan o'ynash). O'yinda ko'proq namoyon qilinadigan jismoniy sifatlar (kuch, chidamlilik, epchillik, tezlik, egiluvchanlikni ko'proq tarbiyalashga yordam beradigan o'yinlar). O'yinni harakat turlari va jismoniy sifatlari bo'yicha taqsimlashni asosan jismoniy tarbiya bo'yicha mashg'ulotlarning barcha shakllarida foydalaniladi Alohida sport turlariga tayyorlaydigan o'inlar u yoki bu sport turlariga zarur bo'lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashda, ayrim texnika va taktika elementlarini mustahkamlash va takomillashtirishda foydalaniladigan harakatli o'yinlar. Professor V.G. Yakovlev o'yinlarning alohida guruhlarini birlashtirib, o'yin qatnashchilarining o'zaro harakati va o'zaro munosabati prinsiplaridan kelib chiqib, jamoa bo'lib o'ynaladigan harakatli o'yinlarning pedagogik tasnifini taklif qildi. Ushbu tasnif pedagogni bolalarda jamoaning qiziqishini tarbiyalashga yo'naltiradi. Bunday o'yin materiallarini taqsimlanishi metodik ketma-ketlikni yoki izchillik o'rnatishni yengilashtiradi va o'yinni mazmuni va shakli bo'yicha murakkablik darajasini aniqlashga yordam beradi. Bizning mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash amaliyoti shunga guvohlik beradiki, bolalarda va o'smirlarda yuqori axloqiy hamda jismoniy sifatlarni shakllantirishning eng muhim vositalardan biri bo'lib hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasida juda katta o'rin egallaydi, chunki ular salomatlikni saqlash va mustahkamlashda, jismoniy rivojlanishni normal bo'lishiga, harakat malakalarini kompleks takomillashtirishga qulaylik tug'diradi

Birinchi faoliyatda o'yin mavjud, u shaxsni shakllantirishda katta rol o'ynaydi. Bolalar o'yinlarida to'plangan tajribalarda o'z aksini topgan bo'lib, hayot to'g'risidagi voqealarni ifoda etilganligi haqidagi o'zlarining tasavvurlarini mustahkamlaydi, chuqurlashtiradi. Mamlakatimiz pedagoglari o'sib kelayotgan yosh avlodni hayotga tayyorlashda harakatli o'yinlarni ta'limiy ahamiyati kattaligini qayd qiladilar, chunki bola o'yinda rivojlanadi.O'yin bilan shug'ullanish o'yin qatnashchilarini yangidan yangi, his-tuyg'uni, tasavvur etishini, tushunchalarini boyitib boradi. O'yin bolani har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Ular uni tasavvur etish tushunchalarini kengaytiradi, kuzatuvchanligini, ziyrakligini, zehn o'tkirligini, tahlil qilishni, ko'rganlarini taqsimlashni va ommalashtirishni rivojlantiradi, shu asosida uni atrofini o'rab turganlar orasida kuzatiladigan hodisalardan xulosa chiqaradilar. Harakatli o'yinlar bola harakatlarini o'stirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega bo'lgan yurish, yugurish, sakrash, biror narsani irg'itish yoki uloqtirish, biror narsaga tirmashib chiqish kabi mashqlarni o'z ichiga oladi. Harakatlarning takomillashishi bilan birga, jismoniy qobiliyat ham taraqqiy etadi, yurak va nafas olish sistemasining faoliyati yaxshilanadi. Bundan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tashqari harakatli o'yinlar bolalarni jismoniy jihatdan o'stirish uchungina emas, balki aqliy va ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Jamoa bo'lib o'ynaladigan o'yinlarda bolalarda maqsadga erishish uchun farosatlilik va qat'iyatlilik ko'rsatish, jamoa oldida, o'z xatti-harakatlari uchungina emas, balki o'rtoqlarining xatti-harakalari uchun ham mas'uliyatni sezish xislatlari tarbiyalanadi. O'yinlar - xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng ko'hna shakllari, ko'pgina ma'naviy sohalar chashmasi, sog'lom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir. Kuzatuvlar va tadqiqotlar asosida isbotlanganki, jismoniy tarbiya darslarida yoki bo'sh vaqtlarda harakatli o'yinlardan foydalanish inson organizmining funksional organlar faoliyatini boshqaruvchi markaziy nerv tizimiga har tomonlama ijobiy ta'sir etar ekan. Harakatli o'yinlar davomida bolalarni muayyan rollaiga, obrazlarga (ovchi, mergan, topqir, ayiq polvon, tulkivoy va boshqa taqlidlar) kirib ketishi ularda izlash, ijodkorlik, topqirlik, zukkolik va boshqa shu kabi xislatlarga erishishga undovchi motivatsiyani yuzaga keltirib, nafaqat ushbu taqlid, balki harakatga bo'lgan extiyojni qondirish yo'llarini topishga chorlar ekan. Darhaqiqat, xalq harakatli o'yinlarning turlari va mazmuniy shakllari xilma-xil bo'lib, ular xotira, diqqat, idrok, ong, tafakkur, iroda kabi qobiliyatlar, talaffuz, nutq, intonatsiya kabi hislar, hamjihatlik, haqgo'ylik, vatanparvarlik, o'zaro yordam berish, odob-axloq, mardlik, botirlik, jasurlik kabi fazilatlami shakllantiradi,Ba tarbiyalaydi. Shuning uchun ham umumbashariy va milliy xalq harakatli o'yinlari inson salomatligi, uning dunyoqarashi, yosh avlodni jismonan va ma'nan barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ustuvor vosita ekanligi isbot talab qilmaydi harakatli o'yinlari — bolaning hamma jismoniy xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirish, sog'lom hayot kechirishning afzalliklari, shart-sharoitlari, tashabbuskorligini oshirish, harakat faoliyatiga bo'lgan tabiiy intilishlarini shakllantirish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishiga, harakat ko'nikmalari va jismoniy sifatlaming shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirishga va hissiy quvnoqlik tuyg'ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta'sir etadi. Harakatli o'yinlar bolalami "Hayotga tayyorlanish maktabi" bo'lib, ulami jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishiga xizmat qiladi. O'yin bola ongi, tafakkurini o'stirib, xotira, diqqat, irodasini mustahkamlaydi, jismoniy, ruhiy, hissiy (emotsional) taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o'yin bolani

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

katta hayotga tayyorlashda mashq vazifasini bajarib, kelajakda hayotda duch .kelinadigan turli holatlarga ma'naviy tayyorlaydi. "Agar bola o'yinda halol o'ynasa, keyinchalik hayotda ham halol bo'ladi" yoki "Bolaning o'yindagi harakatiga qarab, uni qanday odam bo'lishini aytish mumkin", degan naqllar bekorga aytilmagan. Qisqa qilib aytganda, o'yin bolalarda ijodiy faollik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik va boshqa ko'nikmalami rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. O'yinlar tufayli bolalarda ularni o'rab turgan dunyoni tushunish va unga ta'sir qilish ehtiyoji shakllanadi, aqliy, axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlari shakllanadi, bir so'z bilan aytganda, o'yin yordamida inson tarbiyalanadi, shaxs sifatida shakllanadi. Harakatli o'yinlar nafaqat bolalar, balki katta yoshdagi kishilar hayotida ham muhim o'rin tutadi. Agar o'yinlar bolalarning ruhiy va jismoniy rivojlanishi, hayotga tayyorlanishi uchun kerak bo'ladigan bo'lsa, katta yoshdagilar uchun ular bo'sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o'tkazish, hordiq chiqarish, sog'liqlarini mustahkamlash, chiniqishlari uchun hissa qo'shadi. Harakatli o'yinlarning ustuvorligi va hammabopligi shundaki, ulardan yil davomida, turli shart-sharoitlarda va shtirokchilar yoshiga qarab mazmunan o'zgartirilgan hamda tabaqalashtirilgan holda foydalanish mumkin. Ana shu xususiyatlarni e'tiborga olgan holda harakatli o'yinlarni tarixiy-ijtimoiy nuqtai nazaridan quyidagicha tasniflash mantiqiy to'g'ri bo'lishi mumkin deb belgilandi. Ushbu tasniflanishi muvofiq moslashtirilgan mazkur harakatli o'yinlar, bir tomondan, bolalarni yil davomida sog'lomlashtirish imkoniyatini kengaytiradi, ikkinchi tomondan, ularda shu o'yinlar orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish ehtiyojini hamda motivatsiyasini kuchaytiradi.Insoniyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayotining turli davrlarida harakatli o'yinlar muhim o'rin tutgan. Harakatli o'yinlar yordamida insoniyat o'sgan, ulg'aygan, chiniqqan, jismonan baquvvat bo'lgan, aqlan, ruhan rivojlangan, ma'naviy kamol topgan.

Xullas, harakatli o'yinlar odamzod taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etgan. Buning sabablari quyidagicha:

Birinchidan, insonda harakatli o'yinga nisbatan tabiiy ehtiyoj bo'lib, u hayotdagi bo'shliqni to'ldirgan, inson tanidagi ortiqcha kuchni sarflashga, yetishmagan kuchni to'plashga yordam bergan.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ikkinchidan, o'yinlar xalq tarixining ajralmas qismidir. Harakatli o'yinlarda insonning turmushi, mehnati, tajribasi, tashvishi, kurashi, yutuqlari o'z aksini topadi. O'yinlar orqali biz insoniyat tarixi, orzu-niyatlarini o'rgansak bo'ladi.

Uchinchidan, harakatli o'yin inson madaniyatining eng qadimgij ko'rinishi, ko'pgina ma'naviy soha (raqs, tomosha-teatr, musiqa, sport, marosim kabi)laming chashmasi sifatida xizmat qilgan.

To'rtinchidan, harakatli o'yinlar avlod-ajdodlarimizning sog'lomlashtiruvchi vositasi hisoblangan. Ota-bobolarimiz xalq harakatli o'yinlari va musobaqalari yordamida aqlan paso, ruhan tetik, jismonan baquvvat bo'lib kelgan. Sog'lom avlodlami shakllantirishda harakatli o'yinlar asosiy omilga aylangan.

Beshinchidan, harakatli uyinlar eng samarali tarbiya vositasi. Bolalar harakatli va boshqa o'yinlar orqali hayotga tayyorgarlik ko'radi, turmushdagi qiyinchiliklami yengishni mashq qiladi, ish va kurasda g'alaba qilishni o'rganadi.

Oltinchidan, harakatli o'yinlar ajdodlarimizning tajribasini o'zida uyg'unlashtiruvchi madaniy meros va zamondoshlarimizni, ayniqsa, yosh avlodni aqliy, ruhiy va jismoniy barkamol bo'lishga xizmat qiluvchi bebaho manbadir. Demak, harakatli o'yinlar — xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji sifatida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng ko'hna shakllari, ko'pgina ma'naviy sohalar chashmasi, sog'lom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir. Madaniy merosimizning uzviy va ajralmas qismi bo'lgan, avlod-ajdodlarimizga asrlar mobaynida ruh, jon va sog'liq ato etib kelgan xalq harakatli o'yinlarini tiklash va ulardan samarali foydalanish — milliy qiyofamiz, ma'naviyatimiz va qadriyatimizni yuksaltirish demakdir. Xalq harakatli o'yinlari yangi sog'lom avlodni shakllantirishda ham o'ta muhim o'rin tutgani uchun ulami biz ko'z qorachig'idek asrashimiz, e'zozlashimiz va ulardan oqilona foydalanishimiz zarur.

REFERENCES

1. Ayrapyans L.P. "Milliy sport turlari va o'yinlarning rivojlantirishning muommolari. Toshkent-1998 yil

2. YU. Portnex "Sport va harakatli o'yinlar". Moskva-1997 yil.

3. Kurbanova M.A. 500 mashq va harakatli o'yinlar. II qism. T.:

4. 1999. yil.

5. Nasriddinov F.N. O'zbek xalq milliy o'yinlari. T.: 1993. yil.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6. Rasulev A.T. Narodntie podvijntie igrti. T.: 1994 yil..

7. Rasulev A.T., Pulatov A.A., Qosimova M.U. O'zbek xalq o'yinlari, ularning tasnifi va tavsifi. //O'quv qo'llanma. T.: 1996. yil.

8. Usmonxo'jaev T.S., Xo'jaev F. 1001 o'yin. T.: Ibn-Sino, 1990. yil.

9. Usmonxo'jaev T.S., Xo'jaev F. Harakatli o'yinlar. T.: O'qituvchi, 1992. yil.

10. Usmonxo'jaev T.S., Qosimova M.U. 500 mashq va harakatli o'yinlar. T.: 1999. yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.