Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATIDA O‘YINNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATIDA O‘YINNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

23334
1227
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o„yin / aqliy tarbiya / axloqiy tarbiya / estetik tarbiya / rolli o„yin / syujetlirolli o„yin / play / mental education / moral education / aesthetic education / role play / plot role play

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Lobar Djambulovna Muxamedova

Ushbu maqolada maktabgacha ta`lim muassasalarida o„yinlardan foydalanish, o„yinning bola hayotidagi o„rni masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF GAME IN THE ACTIVITIES OF PRESCHOOL CHILDREN

This article examines the use of games in preschool, the role of play in the lives of children.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATIDA O‘YINNING AHAMIYATI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-493-497

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATIDA O'YINNING

AHAMIYATI

Lobar Djambulovna Muxamedova

ROYAL KID maktabgacha ta'lim muassasasi direktori

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha talim muassasalarida o'yinlardan foydalanish, o'yinning bola hayotidagi o'rni masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: o'yin, aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, rolli o'yin, syujetlirolli o'yin

THE IMPORTANCE OF GAME IN THE ACTIVITIES OF PRESCHOOL

CHILDREN

ABSTRACT

This article examines the use of games in preschool, the role of play in the lives of children.

Keywords: play, mental education, moral education, aesthetic education, role play, plot role play

KIRISH

Maktabgacha ta'lim uyg'un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan muassasadir. O'yin maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo'lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O'yin bolaning o'quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanganligimi belgilab beradi. O'yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy,axloqiy, mehnat va estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Jamiyatning ma'naviy takomillashuvi unda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog'liqdir. Shu boisdan ham ta'limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ta'lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keladi. Haqiqatdan ham o'yin, har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-493-497

kishilar o'rtasidagi turli munosabatlami har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o'yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o'zgarib turadi. O'yin doimo o'zgarib turganligi tufayli bola o'ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga, kishilarga, narsalarga va o'ziga bo'lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o'zgarib turadigan o'yin jarayonida namoyon bo'ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o'yin jarayonida bevosita rivojlanadi. O'yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o'yin jarayonida faqat namoyon bo'libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o'zlashtiriladi. Shuning uchun psixologik nuqtai nazardan oqilona, ya'ni, to'g'ri tashkil qilingan o'yin bola shaxsini har tomonlama o'stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida - sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, hayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi. O'yin o'z mohiyati jihatidan katta kishilarning xatti-harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo'lishi tufayli bolalarda ma'naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob-axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o'yin jarayonida shifokorlik yoki o'qituvchilik rolini bajarayotgan bo'lsa, shu kasbga tegishli barcha sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o'yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo'ladi. Bolalar uchun o'yin mazmunining hech bir chegarasi yo'q. Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o'z o'yinlarida aks ettira oladilar. O'yinning ahamiyati bola shaxsining o'sib kamolotga yetishiga ta'sir ko'rsatishdin iboratdir. O'yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o'rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga, o'z-o'ziga munosabati o'zgarayotgan o'yinda namoyon bo'ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (havas)lari bevosita o'yinda ifodalanadi. O'yin bolalarning xayolparastligi tufayli narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma'qul tomonga "o'zgartirish" imkoniyatini beradigan faoliyatdir. Ma'lumki, bolalarning asosiy vaqti o'yin bilan o'tadi. O'yin maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo'lib hisoblanadi. O'yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub'ekti sifatid a shakllana boshlaydi. O'yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o'ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muammolardan biridir. Bola psixikasining taraqqiy

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-493-497

etishida o'yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning psixik taraqqiyotini o'yin faoliyatisiz tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki, o'yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O'yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o'rganibgina qolmay, balki nutq so'zlashga, mustaqil fikrlashga, xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o'rganadi. Ko'pchilik psixologlar hamda pedagoglar o'yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug'ullanib, o'yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tganlar. Ma'lumki, o'yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir.

NATIJALAR

Psixologlar adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritadilar:

1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o'zaro muomalasiga qiziqadi;

2) bola rolli o'yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi, ifodali, jo'shqin xistuyg'uli jihatlarini aks ettiradi;

3) rolli o'yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o'z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;

4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo'lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o'chmas iz qoldiradi.

O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol ustida o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan maqul.

Sayr davomida harakatli o'yinlarni, qurish-yasash o'yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o'yin uchun maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil faoliyat sifatida mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'llanilishining eng muhim pedagogik shartidir. Bolalar o'yinining o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-493-497

faoliyati, ishlari, harakatlarini, ulaming ish jarayonidagi o'zaro munosabatlarini aks ettiradi.

MUHOKAMA

O'yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon, metro, temir yo'l vagoni bo'lishi mumkin. Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o'rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-hammaning o'rniga o'zi gapiraveradi. So'z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-tuyg'u, kechilmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo'lishga yordam beradi.Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir. O'yin jarayonida bolalarning b ilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O'yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini o'yinga qaratishi lozim. Bola o'ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to'g'risidagi tasavvuri etarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-vatanga, o'z xalqiga boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to'g'rilik, o'zini tuta bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo'lgan munosabatini shakllantiruvchi o'ziga xos maktabdir. O'yinda bola kishilarning axloqodob me'yorlarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi.Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalar o'yin faoliyati bilan birga ta'limiy mashg'ulotlarda ham ishtirok etadilar. Maktabgacha tarb iya yoshi davridagi ta'limiy mashg'ulotning asosiy mazmuni bolani atrof muhitdagi narsa va hodisalarning asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish, og'zaki nutqni lug'at boyligi,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-493-497

tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish, grammatik tomondan to'g'ri so'zlashlikka o'rgatish, bog'lanishli nutqni shakllantirishdan iborat, elementar mavhum tushunchalarga ega bo'lish, jismoniy tarbiya, tasviriy san'at, qirqib yopishtirish, rasm, loy yoki plastilindan turli buyumlar yasash, qurilish materiallar bilan ishlash, musiqa va boshqa mazmundagi mashg'ulotlarga qaratilgan bo'ladi, bu esa bolani aqliy jihatdan maktab ta'limini egallashga tayyorlash imkonini beradi.

REFERENCES

1. Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. - T.,"Tafakkur bo'stoni", 1992.

2. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.