INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"
15 MAY, 2024
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODLARI VA
TEXNOLOGIYASI
1Achilova Soxiba Xamidovna, 2Ne'matullayeva Dilfuza
1Qo'qon davlat pedagogika instituti maktabgacha ta'lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11199983
Annotatsiya. Mazkur maqola maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning jismoniy rivojlantirish ta'lim metodlari, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda chaqqonlik, kuchlilik, epchillik, matonat, egiluvchanlik, irodalilik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarini ma'naiy-axloqiy sifatlar bilan rivojlantirib borishning didaktik masalalari, o'qitishni real vosita va shartlarini hisobga olish, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirishda o'yin metodidan va o'yinli texnologiyalardan keng foydalanish, ta'limiy faoliyatlarni integratsiyash haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: jismoniy sifat, mashg'ulot, ta'lim-tarbiya, zamonaviy texnologiya, interfaol mashqlar, ijodiy tasavvur, pedagogik kuzatuv, bolalarni harakatlarga o'rgatish.
Dunyoda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish va bu borada ta'lim va tarbiyaviy jarayonlariga kompleks yondashish, bolalarni ilk yoshidan boshlab sog'ligini mustahkamlash, o'z-o'ziga xizmat qilishga o'rgatish, tarbiyalanuvchilarda jismoniy kompetentsiyalarni tarkib toptirishning innovatsion-pedagogik modellarini ishlab chiqish, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sport, xalq pedagogikasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligini ta'minlashning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tarilmoqda.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash ham muhim didaktik talablardan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida asosan jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida, ertalabki sog'lomlashtirish ishlarida, sayr va ekskurtsiyalarda bolalarda chaqqonlik, kuchlilik, epchillik, matonat, egiluvchanlik, irodalilik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlar ma'naiy-axloqiy sifatlar bilan rivojlantirib boriladi.
Ta'lim metodlari bir qancha usullar tizimini o'quv masalalariga qarab bir-biriga qo'shib olib borishni, bunda aniq didaktik masalalari, o'qitishni real vosita va shartlarni hisobga olishni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya berish jarayonida bunday metodlar ichida eng asosiysi "Jismoniy zo'riqishni muvofiqlashtirish usuli hamda bu zo'riqishlarni dam olish bilan qo'shib olib borish tartibi" hisoblanadi.
Bolaning asab tizimi butun organizmi favqulodda egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo'lib, tashqi ta' sirlarga juda beriluvchandir. Shuning uchun ham harakatlarni dam olish bilan almashtirib turilishi bilan organizm dinamikasining optimalligini belgilaydi, tiklanish jarayonini o'z vaqtida
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"
15 MAY, 2024
kechishini ta'minlaydi va ish qobiliyatini oshiradi. Zo'riqish bir tomondan mashqlarning organizmga ko'rsatadigan ta'sirida va bu mashqlar faolligida ifoda etilsa, ikkinchi tomondan bola aqliy faoliyatining psixik funksiyasi dinamikasiga ko'rsatadigan ta'sirida o'z ifodasini topadi. Bunda bolaning tushuntirilayotgan fanning qunt bilan idrok etishi, ko'rsatib berilgan mashqlarni o'rganib olishi, topshiriqni ilg'ab olishi, undagi javob reaktsiyasining aniqligida va boshqa shu kabilarda ifoda etadi.
Mashqlar o'z harakatiga oid xususiyati, murakkabligi, bajarilish vaqti bo'yicha hamda emottsional ta'siriga ko'ra bir-biriga muvofiq kelishi muhim ahamiyatga egadir.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashning ko'rgazmali bo'lishi jismoniy mashqlarni to'g'ri va aniq ko'rsatib berilishi orqali, imo-ishorani keng qo'llash orqali, joylardagi mo'ljal hamda ko'rgazmali qurollar: harakat qiluvchi qo'g'irchoqlar, diafilimlar va boshqalardan foydalanish orqali ta'minlanadi
Teri-muskul sezgilarining to'g'ri shakllanishiga harakatlarning keng yoki davomli, jadal bo'lishini ta'minlaydigan asboblarning qo'llanishi yaxshi yordam beradi.
Harakatlarni tovush orqali (musiqa, qo'shiq, sanoq va boshqalar orqali) tartibga solinishi mashq xususiyatini, uning sur'ati va maromini ifoda etib, bolalarda ko'tarinki kayfiyat uyg'otadi. Bir-biriga qo'shib olib borilgan ko'rgazmalilikning har xil shakllari harakatlar to'g'risida ancha to'liq tasavvur paydo qilishga ko'maklashib, u harakatlarni yaxshiroq o'zlashtirib olishga yordam beradi.
Jismoniy mashqlarga o'rgatish metodlari. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda so'zlab berish (mashqni tushuntirish, ko'rsatma, buyruq berish, hikoya, suhbat), ko'rgazmali mashg'ulot (ko'rsatib berish, imo-ishora — taqlid qilish, tovush va ko'rish mo'ljallari, ko'rgazmali qurollardan foydalanish), amaliy metod (mashqlar, aniq topshiriqlar, o'yin usullari, madad va yordam berish) kabi metodlar ham ijobiy samara beradi.
Ertak va hikoyalardagi ijobiy qahramonlardagi jismoniy sifatlar (kuchlilik, epchillik, chaqqonlik, matonat, irodalilik va h.k) to'g'risida hikoya qilib berish va suhbat jarayonini uyushtirilishi bolalarda egallashi lozim bo'lgan sifatlarga ongli munosabatni shakllanshiga yordam beradi. Bu borada tushuntirish va ko'rsatib berish bolalarni harakatlarga o'rgatishning asosiy yo'li hisoblanadi. Bolalarning yoshiga, tayyorligiga, shuningdek, o'quv materialining murakkabligiga qarab tushuntirish va ko'rsatib berish miqyosi ta'lim jarayonida turlicha bo'lishi mumkin.
Kichik guruhlarda ko'rsatib berish metodi ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Kichkintoylar o'zlari ko'rib turgan harakatlarni juda yaxshi qabul qiladilar. Shuning uchun harakatning murakkabligi yoki yengilligidan qat'i nazar mashqni bajarib ko'rsatadi. Ko'rsatish davomida ularni oddiy va tushunarli holda izohlab beradi (ikki oyoqlab qanday sakrash kerakligini ko'rsatib beradida, shu zahoti balandroq, yengilroq, oyoq uchlarida sakrash zarurligini tushuntiradi). Katta guruhlarda esa bolalar uncha murakkab bo'lmagan va o'zlariga yaxshi tanish bo'lgan mashqlarni tarbiyachi tushuntirib berganidan keyin, u garchi u mashqni ko'rsatib bermasa ham bemalol bajarishlari mumkin. Yangi mashqlarni barcha yosh guruhlarda ham ko'rsatib berish maqsadga muvofiqdir.Bolalar harakatlar to'g'risida aniq va to'g'ri tasavvur hosil qilishlari uchun mashqni qisqa, puxta va ifodali ravishda izohlab berish kerak. Izoh bolalarning kamolot darajasiga muvofiq kelishi, tasvirli bo'lishi lozim. Tasvirlarning mashqlar mohiyatini aks ettirishi va ularni yaxshiroq bajarishga yordam berishi muhimdir.
Mashqlarni to'g'ri, badiiy tilda izohlash, ovozning xilma-xil ohanglaridan ustalik bilan foydalanish lozim.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"
15 MAY, 2024
Maktabgacha yoshdagi bolalarni harakatlarga o'rgatishda o'yin metodidan va o'yinli texnologiyalardan keng foydalaniladi.
Kichik guruhlarda harakatlarga o'rgatish vaqtida o'yin usullaridan foydalaniladi. Bunda bolalarning turli hayvonlar harakatiga, insonga xos xatti-harakatlarga taqlid qilishiga asoslangan o'yinlar o'ynaladi: bolalar qushcha bo'lib uchadilar, eshkakchi singari eshkak eshadilar va hokazo. Bunday taqlidiy harakatlar mashg'ulotlarga ko'tarinki ruh bag'ishlaydi. Kichkintoylar umumiy bir mazmunga birlashtirilgan harakatlarni qunt bilan bajaradilar: faraz qilinayotgan samolyotda uchadilar, poezdda sayohatga jo'nab ketadilar va boshqa shu singari o'yinlarni bajaradilar. Ularni bunday o'yinlar bilan bogliq bo'lgan mashqlarning ko'tarinki ruhda bo'lishi o'ziga tortadi. Bolalar bunday mashqlarda harakatlarni o'zlaricha shaxsiy sur'atda bajarish imkoniyatiga ega ekanliklari ham ularni qiziqtiradi. Taqlid qilinadigan tasvirlar bolalar hayotig'a yaqin, ularga tushunarli bo'lishi kerak, chunki bolalar mazkur o'yindagi o'ziga xos xususiyatlarni o'z harakatlarida oson ifoda eta olishlari kerak. Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarni tasvir bilan yaqqol va emotsional ruhda tanishtirar ekan, o'z oldiga qo'yilgan maqsadga javob beradigan eng asosiy harakatlarnigina ta'kidlab o'tadi.
Obrazli syujetli hikoya og'zaki usullarga mansub. U harakatlardagi ifodalilikni rivojlantirish va o'yin obraziga yaxshiroq kirish maqsadida qo'llaniladi. Syujetli hikoya amalda ertakni qisqa hikoya (1,5-2 minut) qilishga o'xshashdir. U bolalarda o'yin holati va harakatlarning barchasini xuddi ko'rib turgandek qayta tasavvur qilishga imkon beradi, emotsional holatni tiklaydi. Tarbiyachi o'yinni odatdagicha bir xilda tushuntirish, rollarni taqsimlash va harakat o'rnini ko'rsatish (syujetsiz o'yinda bo'lganidek) o'rniga o'yin syujeti va qoidalarini qisqa obrazli hikoyada ochib beradi. Masalan, "Echki, echkichalar va bo'ri" ertagini shunday boshlaydi: "Bor ekanda yo'q ekan, chiroyli qayrilma shoxli va beozor kulrang oq ona echki bor ekan. Uning kichik bolalari bor ekan.." va hokazo. Bu usul bolalarda his- hayajon uyg'otadi, xayolga chorlaydi, tasavvurni oydinlashtiradi. Butun vaziyatni ijodiy tarzda bajarishga undaydi, harakatlarning obrazliligini ta'minlaydi.
Harakatli o'yinlarda o'yin mazmunini shakllanishiga yordam beruvchi matnlar, sherlardan foydalanish mumkin. Ular orqali bolalar tegishli harakatlarni bajaradilar.
Og'zaki ko'rsatma. Ruhshunos va pedagoglarning tadqiqotlari 4,5 va ayniqsa 6 yoshli bolalar o'ziga mos turli harakat faoliyatining vazifa va shartlarini tushunib olishda yetarli tayyorgarlikka ega ekanliklarini ko'rsatmoqda. Bu harakat ko'nikmalarini shakllantirishda og'zaki ta'sir etish usullaridan keng foydalanish imkonini beradi. Ular faqat ko'nikmalarni egallash sur'atini emas, balki sifatini ham oshiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda gigienik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari va jismoniy mashqlar va boshqalardan foydalaniladi.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talabalarida belgilangan rivojlanish sohalari kompetentsiyalariga integratsion yondashuvni amalga oshirish , maktabgacha talim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish tizimi va texnologiyasini ishlab chiqish va ta'lim jarayoniga tatbiq etish, maktabgacha talim yoshidagi bolalarni jismonan soglom barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muxim rol o'ynaydi .
Maktabgacha talim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish natijasida:
- bolalarni ilk yoshidan boshlab sog'ligini mustahkamlash, o'z-o'ziga hizmat qilishga o'rgatish, tarbiyalanuvchilarda jismoniy kompetentsiyalarni tarkib toptirish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish texnologik usullari orqali maktabgacha talim yoshidagi bolalarda jismoniy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION
15 MAY, 2024
sifatlarni rivojlantirish jarayonini hozirgi zamon didaktikasi aosisida tashkil qilinishi maqsadga muvofikdir.Maktabgacha talim yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonini ta'lim-tarbiya uyg'unligida bosqichma-bosqich tarkib toptirish maqsadida noan'anaiy mashg'ulotlar va faoliyatlar ketma-ketligi, ta'lim-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishga tizimli yondashuv o'quv-tarbiyaviy maqsadlar ketma-ketligini aniqlashtirish, pedagogik jarayonni loyihalash bosqichlariga e'tibor qaratish lozim.
REFERENCES
1. Abdullayev A, Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati.-Toshkent: O'z DJTI nashiryot-matbaa uyi. 2005. 168 b
2. Usmonxo'jayev T.S. Xo'jayev F. "Harakatli o'yinlar" Toshkent .O'qituvchi 1992 y.
3. Achilova S. Physiological qualities of preschool children // International Conference On Higher Education Teaching Published. Volume 1, No. 8. Date of publication:5.08. 2023.- P. 25-27.