Научная статья на тему 'Pedagogning maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning amaliy axamiyati va ijtimoiy zaruriyati'

Pedagogning maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning amaliy axamiyati va ijtimoiy zaruriyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
159
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
axloqiy sifatlar / ijtimoiy siyosaiy jarayonlar / ta’lim-tarbiya jarayonlari / individual xususiytlar / o’yin / xissiy irodaviy sifatlar / pedagogic maxorat / salomatlik / barkamol avlod

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Soxiba Xamidovna Achilova

Hozirgi davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun tarbiyachilar o‘z faoliyati davomida quyudagi tamoyillarga asoslanishi zarur: bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash maqsadiga qaratilganligi, jismoniy sifatlarni ttarbiyalash jarayoniga yaxlit, majmuaviy va texnologik yondashuv, bolalarni jismoniy sifatlarni tarbiyalashda integratsion yondashuvning muntazamliligi davomiyligi va tasirchanligiga erisha olishi lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Pedagogning maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning amaliy axamiyati va ijtimoiy zaruriyati»

Pedagogning maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning amaliy axamiyati va ijtimoiy

zaruriyati

Soxiba Xamidovna Achilova Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Hozirgi davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun tarbiyachilar o'z faoliyati davomida quyudagi tamoyillarga asoslanishi zarur: bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash maqsadiga qaratilganligi, jismoniy sifatlarni ttarbiyalash jarayoniga yaxlit, majmuaviy va texnologik yondashuv, bolalarni jismoniy sifatlarni tarbiyalashda integratsion yondashuvning muntazamliligi davomiyligi va tasirchanligiga erisha olishi lozim.

Kalit so'zlar: axloqiy sifatlar, ijtimoiy siyosaiy jarayonlar, ta'lim-tarbiya jarayonlari, individual xususiytlar, o'yin, xissiy irodaviy sifatlar, pedagogic maxorat, salomatlik, barkamol avlod

The practical significance and social necessity of education of physical qualities in pre-school children

Sokhiba Khamidovna Achilova Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: In order to educate preschool children in physical qualities, educators should be based on the following principles during their activities: focus on the goal of spiritual and moral education of children, a holistic, complex and technological approach to the process of educating physical qualities, regularity of an integrated approach in educating children's physical qualities should be able to achieve duration and effectiveness.

Keywords: moral qualities, socio-political processes, educational processes, individual characteristics, play, emotional volitional qualities, pedagogical skills, health, mature generation

Kirish

O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan barcha sohalarda har tomonlama yuksalish yuz berayotgani, tub ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy o'zgarishlar, umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy ehtiyojlari, talablari va manfaatlari birinchi o'ringa ko'tarilayotgani, ayniqsa o'sib kelayotgan

yosh avlodning ma'naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas. Bu esa yoshlarning rivojlamngan davlatlar ta'lim tizimida erishgan yutuqlaridan foydalangan xolda o'z ta'lim tizimimizda o'zgarishlar qilishga undamoqda. Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko'p qirrali muammosining muhim yo'nalishi har bir kishida o'z sog'lig'i to'g'risida o'zi qayg'urish madaniyatini singdirishdir Yosh avlod tarbiyasidagi muammolarga bo'lgan e'tibor Buyuk Britaniya - The Early Years Foundation Stage - EYFS dasturi, Germaniya - Hans-Diyeter Schmidt, Sabine Naumann, Heidi Colberg - Schrader dasturi ni alohida qayd etish lozim. Mazkur tadqiqotlar orqali bolalarnin jismoniy sifatlarini rivojlantirish va zamonaviy yondashuvlar orqali yuqori natijalarga erishish maqsad qilinmoqda. Bu kabi joxonning ilmiy asoslangan o'quv dasturlaridan foydalanish va bolaning xar bir yosh davridagi rivojlanishiga aloxida etibor qaratish lozim.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida ham bolalar faoliyatida kuzatiladigan turli ijobiy va salbiy o'zgarishlarni diagnostika qilish, korreksion ishlarni amalga oshirish "Ilk qadam" dasturi asosida bosqichma-bosqich olib borish [4], ijtimoiy institutlar hamkorligini mustahkamlash va bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish,saqlab qolish va mustahkamlashning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish maqsadida amaliy faoliyatlar ham amalga oshirilmoqda.

ADABIYOTLAR TAXLILI

Amalga oshiradigan faoliyatlarimizni olimlarning pdagogik qarashlari va tavsiyalari asosida amalga oshirishimiz natijalarni ishonchli va samarali bo'lishiga asos boladi. SH.A.Amonashvilining qarashlarida "Pedagogning shaxsiy sifatlari, ya'ni bolalarga muhabbat, ularni tushuna olish qobiliyati, optimist bo'lish va tarbiyaning ta'sir kuchiga ega ekanligiga ishonishdan iborat bo'ladi. Pedagogdagi mavjud sifatlar, tabassum qilish, qat'iyatli bo'lish, jiddiylik, aqllilik, muloqotchanlik, samimiylik va hayotni sevishi hammaga yoqish" kabi tushunchalar orqali pedagog ta'lim-tarbiya samarasiga erisha olishi bilan izohlanadi [33; 3]. Bundan tashqari "Inson salomatligi haqida g'amxo'rlik, ayniqsa bola salo- matligi haqida g'amxo'rlik, - deb yozgan edi V.A. Suxomlinskiy, - bu faqatgina sanitariya-gigiyena me'yor va qoidalari kompleksi, tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olishga qo'yiladigan talablar yig'indisigina emas. Bu avvalo, barcha jismoniy va ma'naviy kuchlarning garmonik to'kisligi haqidagi g'amxo'rlikdir va garmoniyaning gulchambari - ijod zavqi, quvonchi hisoblanadi" kabi qarashlarni ham uchratamiz. Demoak xar bir darvrning o'ziga xos ta'lim tizimi joriy etilganligiga qaramay birinchi navbatda sog'lom turmush tarsi salomatlik va bolaning jirmoniy mashgulotlarga bo'lgan talabi turadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki bolani xar bir davrdagi rivojlanishi unga tasir euvchi turli tasirlar masalan jismoniy mashg'ulotlar didaktik vositalar va pedagoglar

tomonidan bolalarni jismoiy rivojlanishlari uchun tashkil etilayotgan interaktiv texnologiylar ham ahamiyatli xisoblanadi. Fiziolog olim N.I.Krosnagorskiy fikricha: "Kattalarning namuna bo'lishi, atrof-muhit va butun sharoit oliy asab tizimining rivojlanishida muhim omillar sanaladi. Norozilik, hayajonli, janjalli vaziyatda bolalar injiqliklarining turli shakllari kelib chiqadi, bolaga har tomonlama vazmin muomala qilish esa qat'iy, tugallangan xarakter shakllanishining yaxshigina vositasidir". Biz bolaga tasir etayotgan kichik detallarni ham unutmagan holda yondashuvlanrni amalga oshira olishimiz lozim. Bolada shakilanishi kerak bo'lgan xususiyatlarni turli usullar va vositalar orqali yetkiza olishimiz lozim. Mashg'ulotlar davomida bola jismoniy tarbiya bilan shug'ullanibgina qolmay o'zida rejimga rioya qilish, jismoniy tarbiya mashqlari bilan har kuni shug'ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan ta'lim muassasalarida va oilada mustaqil shug'ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o'z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o'tkazish ko'nikmalarini ham shakilantiradi. Bolalarda sport mashg'ulotlariga muhabbat, ularning natijalariga, sportchilar ning yutuqlariga qiziqish tuyg'ularini shakilanishiga yordam beradi. Mashqlarni bajarish jarayonida bolalar o'z xarakterlarining ijobiy xususiyatlarini, uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko'ngil- chanlik va axloqiy fazilatlarini, halollik, haqqoniylik, o'rtoqlik hissi, o'zaro yordam, jamoada shug'ullanish malakasi, jismoniy inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni mas'uliyat bilan bajarish ko'nikmalariga ham ega bo'ladilar.

TAXLILLAR VA NATIJALAR

Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari jarayonida bolalarning tipologik xususiyatlariga individual tartibda yondashish pedaagogdan maxoratni talab qiladi. Pedagog kutulgan natijani olish uchun esa optimal sharoit, chiniqish, faol harakat faoliyati, bolaning emotsional ijobiy holatini va amalga oshirish jarayonidagi aniq maqsad hisobga olinishi lozim.

O'yin jarayonida bolalarda asta-sekin xayol rivojlanadi, o'zlarini quyoncha va qushchalar deb his qiladigan bolalarning o'yin harakatlari bilan mustahkamlanadigan tasavvuri aniqlashadi va bu quvonchli emotsiyalar bilan kechadi. Bularning barchasi keyingi kichik guruhlarida ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. "Maktabgacha yoshdagi bola emotsiyalarining rivojlanishi uning ehtiyojlariga muvofiq faoliyatni tashkil etish bilan bog'liqdir. Bola uchun muhim hisoblangan faoliyat faqat uni o'zlashtirishnigina emas, balki unga nisbatan emotsional kechinmalarda namoyon bo'ladigan munosabatni shakllantirishni ham shart qilib qo'yadi. Metodlarni tanlash tarbiyachi oldidagi vazifalar, o'quv tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shuningdek, bolalarning yosh va individual xususiyatlariga bog'liqdir. Shunday qilib, tarbiyachi hissiy idrok va harakat sezgilarining yorqinligini ta'minlovchi ko'rgazmali metodlardan foydalanadi.

Maslan:

- olti yoshli bolalarning fiziologik, psixologik jixatdan o'qishga, maktabga tayyorgarligi, asosan, nimalarda namoyon buladi?

6 yoshli bola yoshligidan harakatlarga o'rgangan, shuning uchun xam u uncha katta bo'lmagan xarakat tajribasiga ega bo'ladi. Yana shu narsa ma'lumki, 6-7 yoshli bolalarning umumiy jismoniy rivojlanishi garmonik ravishda ro'y bera boshlaydi. Ularda tayanch harakat, yurakqon tomir, nafas olish, ichki sekretsiya bezlari jadal rivojlanadi. Shuning uchun maktabga tayyorlov guruxiga quyidagi vazifalar qo'yi-ladi: yil davomida bolalarning yurish va yugurish ko'nikmalarini takomillashtiruvchi mashg'ulotlar asosiy mshg'ulot turiga aylanadi.

Yuqoridagi kabi xar bir yosh davrining eng muhum tomonlarini ajratib olgan xolda pedagog maktabgacha talim muassasalarida tarbiyalanayotgan bollarga o'quv va jismoniy mashg'ulotlarni tuzub chiqishi va aniq maqsadni belgilab olishi lozim. Bu esa uning kelajakdagi amaliy faoliyatiga qulayliklarni taqdim etadi.

Xulasa

Xulosa o'rnida shuni malum qilamizki maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o'rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo'lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta'lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o'rganadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy sifatlarini tarbiyalash jarayonida "Guruhlar ishi", "Kimning xarakati top", "Rolli o'yin", "Ishchanlik o'yinlari", "Boira bo'ylab", "Juftliklar ishi", Suhbat", "Olti o'yinchi", "Galereya bo'ylab sayohat", "Samolyotlar", „Juftingni top" kabi interfaol metodlardan foydalanish va qo'llash muammolariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Interfaol metodlar asosida jismoniy mashg'ulotlarni najarish orqali biz bollarda turli faoliayt ko'nikmalarni tarbiyalashimiz va xarakter xususiyatlarda shakillanishi erishishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. ^hcmohhh TapSua Ba cnopTHH aHaga pHBO^naHTupum Hopa-Tag6up.rapH TyFpucuga. Y36eKHCTOH Pecnyó^HKacu npe3ugeHTHHHHr HK,-3031- cohhh ^apopu, 2017 hhh, 3 hwh.

2. Y36eKHCTOH Pecnyó^HKacu npe3ugeHTHHHHr 2002 hhh 24 OKTaSpgarH «Y36eKHCTOH Eo^anap cnopTHHH puBO^narnupum ^aMFapMacuHH Ty3um TyFpHCHga»ru nO-3154- cohhh OapMOHH. // Y36eKHCTOH Pecnyó^HKacu ohhh Ma^HHCHHHHr AxSopoTHOMacu, 2002 h; 10-11-coh, 197-Mogga

3. Ee^opycoBa B.B. Ba Som^anap. negaroruKa gapc—nuK ^hcmohhh TapSua HHCTHTyraapu ynyH gaponuK. - TomKeHT: YKUTyBHH, 1990.

4. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

5. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

6. кизи Ахмедова, Д. С., & кизи Камолова, А. О. (2022). УСМИРЛАРДА МЕЪЁРДАН ХУЛКИЙ ОГИШ ХОЛАТЛАРИНИ КОРРЕКЦИЯЛАШ ЖАРАЁНЛАРИДА ХУЦУЦИЙ САВОДХОНЛИКНИНГ АХАМИЯТИ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 413-416.

7. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). USING CASE STADE TECHNOLOGY IN LEGAL EDUCATION FOR TEENAGERS. Экономика и социум, (8), 42-45.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.