Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
242
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy rivojlanish / jismoniy tayyorgarlik / jismoniy tarbiya / moslashuvchanlik / o’yinlar / harakatchanlik / jismoniy sifatlar. / physical development / physical training / physical education / flexibility / games / mobility.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — D. Abdullayev

Ushbu maqolada kichik maktab yoshdagi bolalarning jismoniy harakatini rivojlantirish uslubiyati ustida ish olib borilgan,olimlarning adabiyotlari o’rganilib, yangi metodika ishlab chiqildi,va kichik maktab yoshidagi bolalarning jismoniy harakatini rivojlantirishga erishildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF DEVELOPING PHYSICAL EDUCATION OF PRIMARY SCHOOL CHILDREN

This article examines the literature of scientists who have worked on the methodology of developing physical activity in primary school children, develops a new methodology and achieves the development of physical activity in primary school children

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASINI

RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI Abdullayev Dilshod Xamudullo o'g'li

Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7264553

Annotatsiya Ushbu maqolada kichik maktab yoshdagi bolalarning jismoniy harakatini rivojlantirish uslubiyati ustida ish olib borilgan,olimlarning adabiyotlari o'rganilib, yangi metodika ishlab chiqildi,va kichik maktab yoshidagi bolalarning jismoniy harakatini rivojlantirishga erishildi.

Kalit so'zlar: jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, moslashuvchanlik, o'yinlar, harakatchanlik jismoniy sifatlar.

МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ МЛАДШИХ

ШКОЛЬНИКОВ

Аннотация В данной статье проведена работа над методикой развития двигательных способностей детей младшего школьного возраста, изучена литература ученых, разработана новая методика, достигнуто развитие двигательных способностей детей младшего школьного возраста. .

Ключевые слова: физическое развитие, физическая подготовка, физическая подготовка, гибкость, игры, подвижность, физические качества.

METHODS OF DEVELOPING PHYSICAL EDUCATION OF PRIMARY SCHOOL

CHILDREN

Abstract. This article examines the literature of scientists who have worked on the methodology of developing physical activity in primary school children, develops a new methodology and achieves the development of physical activity in primary school children

Keywords: physical development, physical training, physical education, flexibility, games, mobility

KIRISH

Kichik maktab yoshdagi bolalarning jismoniy harakati deganda asosan yosh bolalik davridagi jismoniy o'zgarishlar, o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama jismoniy tarbiyalash ta'lim-tarbiya muassasalari, oila, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi kuch-g„ayratlari bilan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya sog„liqni yaxshilashga, jismoniy sifatlami rivojlantirishga,Organizmni funksional xolatini yaxshilash,yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlashga qaratilgandir. Bolalarni o'rab turgan muhit o'zgarib bormoqda. Oddiy, sodda o'yinlar o'rniga telifon o'yinlari kirib keldi. Bolani aqliy, estetik,mehnat jismoniy tarbiyasni rivojlantirish ustuvorlik kasb etmoqda. Ularni ahamiyatini inkor etmagan holda aytish kerakki, harakatli o'yinlar, sayrlar, tengdoshlari va atrovdagi odamlar bilan muloqot qilishga bolaning vaqti tobora kamayib ketyapti. O'yin bilan bola faoliyatining boshqa turlari, o'yinlarning har xil turlari orasidagi muvozanatning buzilishi (harakatli va harakatsiz o'ynaladigan, alohida va birgalikdagi) kichik maktab yoshdagi bolalar salomatligida ham, harakat sifatlari tashkilotchilik qobiliyatlarining rivojlanish darajasida ham o'z salbiy aksini topmoqda.

MAVZUNING DOLZARBLIGI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Kichik maktab yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual talanti, ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy me'yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko'zda tutgan bolalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Kichik maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasni rivojlantirish, muammolarini hal etishning yangi yo'llarini izlash, birinchidan, ko'rsatilgan ziddiyatlarni hal etish zarurati bilan, ikkinchidan, o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy tayyorgarligi hamda psixik rivoji jarayonini takomillashtirish qonuniyatlarini, metodologik va usubiy sharoitlarini o'rganish zarurati bilan bog'liq holda amalga oshiriladi

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kichik Maktab yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasini rivojlantirish bo'yicha turli adabiyotlarda bolalarning jismoniy va irodavi harakat tayyorgarligi jarayoni mazmuni bir xil talqin etilmaydi. Masalan, Levi Gorinevskayanining fikricha,maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish uchun murakkabroq umumjismoniy mashqlar,1-sinif dasturiga yaqin bo'lgan va unga tayyorlaydigan mashqlar tanlab olinadi. Ayni vaqtda kichik maktab ta'lim muassasasidagi jismoniy tarbiya vazifalarida kichik yoshlardan boshlab jismoniy sifatlarni maqsadli yo'naltirish zarurati to'g'risidagi mulohazalarning yo'qligi e'tiborni tortadi. Faqat tayyorlov guruhi uchun dasturda chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik va kuchni takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi haqidagi muayan eslatma paydo bo'ladi.Kichik maktab yoshidagi bolalar organizmi ikkita muhum xususiyatga ega, ularni bilish maktab o'qtuvchisiga jismoniy sifatlarni tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli yechish imkonini yaratadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda yurush,yugurish,sakrash,uloqtirish, konkida yurush yugurush,suzush hayot uchun kerak bo'ladigan eng oddiy harakat malakalarni rivojlantirishdir.Bu harakatlarni bolalar tez o'zlashtiradi,sababi-ularning asab tizimi yuqori darajada egiluvchandir. Kichik maktab yoshidagi bolalarga mashq berishdan oldin ularga o'sha mashqlarni ahamiyati,bajarish tehnikasi ,harakatli o'yin qoidalari tanani tarbiyalashni ayrim elementlari haqida tushuncha berib borish lozim. Mazkur maqsadni ro'yobga chiqarish uchun ularda, odatda, jismoniy mashqlar va harakatli o'yinlardan iborat bo'lgan keng o'quv materiali taqdim etilgan

NATIJA

Pedagogik tajribani rejalashtirish va uning mazmuni kichik maktab yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasini rivojlantirish ustidagi tajribalarni rejalashtirish 2- ilovada takdim etilgan bolib sxema asosida amalga oshirildi.Va to'rt hafta mobaynida kichik maktab yoshdagi bolalar shu maqsadda maxsus harakatli o'yinlarni izchillik bilan bajardilar,va ular jismoniy harakat orqali jismoniy tayyorgarligini uyg'unlashtirishgan edi. Masalan tezkorlik qisqa masofaga yugurish davomidagi harakat suratining tempi o'stirildi. To'rt hafta mobaynida bolalar jismoniy tarbiya orqali jismoniy harakatining rivojlantirishga qaratilgan harakatli o'yinlarni kamida 12 marta bajardilar Statistik ishlov berish natijasida 7-8 yoshli bolalar tomonidan nazorat mashqlarining bajarilish ko'rsatkichlarini testlash nazariyasi talablariga muvofiq, ravishda ularning jismoniy tayyorgarlig holatni baholash uchun qizlar va o'g'il bolalardan iborat ikkita yosh guruhlarining har biri uchun 4 ta test tanlab olindi. Har bir yosh - jins guruhida testlar mazmuni alohida xususiyatlarga ega edi. Masalan, 7 yoshli qizchalarning egiluvchanligini tavsiflash uchun quyidagi testlardan foydalanildi:chalqancha yotgan holda gavdani ko'tarish ; 7 yoshlilar uchun oldinga orqaga umbaloq oshish; 8 yoshlilar uchun 30m ga yugurish; 8 yoshlilar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uchun ko'prik hosil qilish. Demak, barcha yosh guruhlari uchun berilgan testlar egiluvchanlik va tezkorlikni rivojlantirish uchun. U yoki bu testlarning qo'llanilishi to'g'risida quyida batafsilroq ma'lumot beriladi. Mazkur bobda 41-sonli umumiy o'rta ta'lim muassasasida o'tkazilgan pedagogik tajriba materiallari keltirilgan bolib. Nazorat guruhi Jizzax shahridagi 19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab muassasasida tarbiyalanuvchi tengdosh bolalardan iborat edi. XULOSA

Ushbu makolada kichik maktab yoshdagi bolalarning egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishiga ko'ra rejalshatirilgan harakatli o'yinlardan foydalanishning samaradorlik darajasini aniqlashga yo'naltirilgan pedagogik tajriba materiallari takdim etilgan. 7-8 yoshli bolalarning turli yosh - jinis guruhlarida o'tkazilgan pedagogik tadqiqotlar turli jismoniy sifatlarning takomillashuvi jarayoniga pedagogik tajribaning ta'sir ko'rsatishi xususiyatlarinigina emas, balki ulardagi o'zgarishlarning yosh xususiyatlari jismoniy holati, sog'lig darajasni ham aniqlash uchun imkoniyat yaratib berdi. Agar harakatli o'yinlarni maxsus tanlash asosida jismoniy sifatlarni rivojlantirish ko'rsatkichlari samaradorligi davomiy tahlil qilib ko'rilsa, shunday xulosa qilish mumkin: bunday mashg'ulotlar barcha jismoniy sifatlarning rivojlanishini samarodarligi yaxshilandi. Pedagogik tajriba barcha jismoniy sifatlarning o'zgarishlariga xos tabiiy yosh xususiyatlarini saqlab qolishgina emas, balki ayrim hollarda xatto bu jarayonlarni tezlashtirish ham mumkin bo'lganligini ko'rsatdi. Bu ko'proq chaqqonlik va egiluvchanlikka, eng kam darajada chidamlilik, kuch va tezkorlikka taalluqli bolib. Harakat apparatining alohida jismoniy mashqlar ta'siriga bo'lgan yaqqol ifodalangan geteroxron reaksiyasidan dalolat beruvchi ma'lumotlar olindi. Bu shunda namoyon bo'ladiki, hatto turli test topshiriqlari asosida u yoki bu jismoniy sifatning o'zgarishlarini tahlil etishda ham ishonchlilik darajasi juda farqli bo'ldi, alohida hollarda variantlilik koeffitsienti 85% gacha yetdi: bu kichik maktab yoshdagi bolalar organizmining ko'pincha tezlashuv jarayoni, hususan asab-mushak apparati rivojlanishining jadallashuvi vaqtida jismoniy mashqlar ahamiyatini chegaralovchi funksional tizimlaridagi qator mexanizmlarning kuchli ta'siri ustida so'z yuritishga imkon beradi. Shunisi aniqki, 7- 8 yoshli bolalarning asab-mushak apparati hali yetilmagan bo'lib, u tezkor shakllanish bosqichida. Bundan tashkari, shu hodisaga ham diqqat qilish kerak: bu yoshdagi bolalar yaqol ifodalangan alohida yosh-jins xussiyatlariga ega bo'ladilar.Bu yoshda bir sifatning rivojlanish diapozoni boshqalarning rivojlanishiga komaklshdi.Oyinlar jismoniy mashqlar, jismoniy sifatlar,axloqiy tarbiya vazifalarni yechish uchun samarali sharoit yaratib berdi.Bolalarda jismoniy sifatlar bilan harakat konikma malakalari ham bir vaqtda rivojlanishiga erishildi. Jismoniy sifatlarning o'zaro ta'sirini bog'liqlikda tahlil etish pedagogik tajriba natijasida yuz bergan o'zgarishlar mohiyatini chuqurroq anglashga imkon yaratdi. Agar mazkur tadqiqotlar ostiga to'g'ri chiziq tortsak, pedagogik tajriba tufayli kichik maktab yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanish sifatlari orasidagi ishonchli bog'liqliklar miqdorini jiddiy oshirish mumkin bo'lgani haqida yuksak ishonch bilan gapira olamiz. Masalan, tajriba guruhining 7-8 yoshli o'g'il bolalarida bunday bog'liqliklar nazorat guruhlaridagidan bunday bog'liqliklar nazorat guruhlaridagidan etildi 2,9 barobar, qizlarda esa 2,2 barobar, barcha bolalar guruhlari bo'yicha esa 2,5 barobar kop qayt etildi.

REFERENCES

1. Kerimov.F, Umarov.M. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish. Darslik. T. 2005

yil.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2. B.B.Ma'murov. Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi. Toshkent "Turon zamin ziyo" 2014.

3. Abdumannotov. A. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida axloqiy xislatlarni shakillantirishda Alisher Navoiy merosidan foydalanish. Samarqand 1998.

4. Abdullayev A, Xonkeldiyev Sh. Jismoniy madaniyat nazaryasi va metodikasi. Darslik.Toshkent O'zDJTI, 2005 yil, 300 bet.

5. Salomov R.S jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati Toshkent 2014 1jild

6. Salomov R.S jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati Toshkent 2015 2 jild

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.