Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7631
343
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha taʼlim tashkiloti / nutq / maktabga tayyorlov / jismoniy / shaxsiy (ruhiy) / aqliy / maxsus tayyorgarlik / didaktik tamoyillar / hissiy sezgirlik / idrok qilish. / organization of preschool education / speech / preparation for school / physical / personal (mental) / mental / special training / didactic principles / emotional sensitivity / cognition.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon Qizi

Maqolada bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash muammolari, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashning jismoniy, shaxsiy (ruhiy), aqliy, maxsus tayyorgarlik bosqichlari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL BASES OF PREPARATION OF CHILDREN FOR SCHOOL EDUCATION IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

The article discusses the problems of preparing children for school, the stages of physical, personal (mental), mental, special preparation of children for school.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI»

2022 № 2

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi

Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti, Farg'ona davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6578549

Annotatsiya. Maqolada bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash muammolari, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashningjismoniy, shaxsiy (ruhiy), aqliy, maxsus tayyorgarlik bosqichlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim tashkiloti, nutq, maktabga tayyorlov, jismoniy, shaxsiy (ruhiy), aqliy, maxsus tayyorgarlik, didaktik tamoyillar, hissiy sezgirlik, idrok qilish.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ К ШКОЛЬНОМУ ОБУЧЕНИЮ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ

Аннотация. В статье рассматриваются проблемы подготовки детей к школе, этапы физической, личностной (умственной), умственной, специальной подготовки детей к школе.

Ключевые слова: организация дошкольного воспитания, речь, подготовка к школе, физическая, личностная (умственная), умственная, специальная подготовка, дидактические принципы, эмоциональная чувствительность, познание.

PEDAGOGICAL BASES OF PREPARATION OF CHILDREN FOR SCHOOL EDUCATION IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Abstract. The article discusses the problems of preparing children for school, the stages of physical, personal (mental), mental, special preparation of children for school.

Keywords: organization of preschool education, speech, preparation for school, physical, personal (mental), mental, special training, didactic principles, emotional sensitivity, cognition.

KIRISH

Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Mak-tab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o'zgaradi. 6-7 yoshli bolaning maktab ta'limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish - bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko'prik vazifasini o'tashini, oila yoki maktabgacha ta'lim muassasadagi ta'lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta'limiga ozorsiz o'tkazishni ta'minlash zarurligini hisobga olishlari lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta'limiga o'tishi hamisha uning hayoti, axloki, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o'zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayok maktab ta'limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo'lmagan bilim, tushuncha, ko'nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo'ladi.

Yetakchi mutaxassislarning fikriga ko'ra «Maktabga tayyorgarlik" tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yunalishlarini o'z ichiga oladi:

• jismoniy,

• shaxsiy (ruxiy),

• aqliy

• maxsus tayyorgarlik.

2022 № 2

Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog'lomligi, harakat ko'nikmalari va sifati, qo'l mushaklari va ko'rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izoxlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o'simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bola obrazli va mantikiy fikrlashi, tasavvo'rning, odamiylikning, bilimga qiziqishning, mustaqilligining, o'zini-o'zi nazorat qilishga, hamda o'quv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab kolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni o'z ichiga oladi.

Bolaning maktabda ta'lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqni qanchalik rivojlanganligiga ko'proq bog'liq bo'ladi. Chunki butun o'quv faoliyati shularga, ya'ni nutkiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuqlarida erkin foydalana olishi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o'z tasavvurini izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga quriladi. Shuningdek, bolaning maktabda ta'lim olishi uchun amaliy intellekt rivoji ya'ni, uning namunani chizish, aytib turiladigan bayoniy topshiriqni bajarishi ham muhim sanaladi. Va nihoyat, maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka urgatish va uning maktabning 1 sinf o'quv dastur materialini yetarli darajada egallash haqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi.

Bolalarni maktabda o'qishning samaradorligini ko'p jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog'liq bo'ladi. Maktabda o'qishga tayyorgarlik - maktabgacha ta'lim muassasasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga qo'yadigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talabalarning o'ziga xos tomoni o'quvchining yangi sotsial psixologik o'rni, u bajarishga tayyorlangan bulishi lozim. Yangi vazifa va burchlardan kelib chiqadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabat sistemasining o'zgarishiga aloqador muhim davrdir.

Bola hayotida birinchi bor markaziy o'rinni ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan o'quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo'lgan erkin o'yin faoliyatidan farqli o'laroq, endi ta'lim majburiy buladi va birinchi sinf o'quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat talab qilinadi Ta'lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot jarayonini qayta ko'radi: kun tartibi o'zgaradi, erkin o'yinlar vaqti qisqaradi. Bolaning mustakilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va intizomlilikka talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka nisbatan o'quvchining o'z xatti-harakati, majburiyatlarini bajarishga shaxsiy ma'suliyati ancha-muncha ortadi.

Bolalarni maktabga tayyorlash, birinchidan bolalar bog'chasida tarbiyaviy ishni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni umumiy, har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini ta'minlaydigan, ikkinchidan bolalarni maktabning boshlang'ich sinflarida o'zlashtirishlari lozim bo'lgan o'quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta'minlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi. Shunga ko'ra zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotda (A.V.Zaparojets, A.A.Venger, G.M.Lyamina, G.G.Petrogenko, J.V.Taruntayeva va boshkalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsining rivojlantirish sifatida aniqlanadi va ikkita o'zaro bog'langan jihatlarda: «Maktabga o'qishga umumiy psixologik tayyorgarlik" va «Maxsus tayyorgarlik" tarzida ko'rib chikiladi.

Maktabga umumiy tayyorgarlik MTTining maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maksadga muvofiq ta'lim-tarbiyaviy ishning muhim

yakuni sifatida namoyon buladi. Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaktiga kelib akliy, ma'naviy, estetik va jismoniy rivolanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta'limining yangi sharoitlariga va o'quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta'limiga o'tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayan darajasi bilan ifodalanadi.

Psixologik tayyorgarlik tushunchasi maktab ta'limi nuqtai-nazaridan 1 sinfga borayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko'rsatkichlarini muvaffaqiyatli jamlaydi.

Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o'qishga intilishi o'quvchi bo'lish ishtiyokida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o'quv faoliyati elementlarini egallashi iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayan darajasida namoyon bulishda asoslangan tayyorlikni o'z ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish maktabda o'quv materialini ongni faol egallash keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi.

Bolani maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o'qishga umumiy psixologik tayyorligiga qo'shimchadir. U bolada matematika va ona tili kabi o'quv fanlarini urganish uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va malakalarning mavjudligiga kura aniklanadi. Maktabgacha ta'lim muassasada bolalarda eng oddiy matematika tasavvurlarini tarkib toptirish, nutkni o'stirish hamda savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o'tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda o'qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta'minlaydi.

Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o'zaro munosabatning yangi sistemasiga, faol akliy faoliyatga tayyorlangan bulishi darkor. U yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayan darajaga erishgan bo'lishi kerak.

Bolaning maktabda (o'qishga axloqiy-irodaviy tayyorgarlik) umumiy tayyorligi mazmunida bir necha o'z aro boglangan jixhtlar mavjud bo'lib, ulardan muhimlari ma'naviy, irodaviy, akliy, jismoniy tayyorgarlikdir.

Maktabning bola shaxsiga qo'yadigan asosiy talablaridan biri psixologik tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavkeini o'zgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar o'quv faoliyatining o'ziga xosligi bilan uzviy bog'liq .

Shuni ta'kidlab o'tish joizki, maktabga psixologik tayyorgarlik doimiy xisoblanmaydi, balki u doimo o'zgarib boyib boradi. Psixologik tayyorlikning tarkibiy jixatlari: intellektual (aqliy), ma'naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir. Aksariyat xollarda bolaning aqliy rivojlanganlik darajasi hakida gapirilganda uning so'z boyligi zaxirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari mikdoriga ko'proq e'tibor beriladi. Ota-ona, hatto ayrim o'qituvchilar ham bola qanchalik ko'p bilsa, u shunchalik rivojlangan bo'ladi, deb o'ylaydilar. Aslida esa unday emas, fan-texnika, ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi tufayli bugungi kun bolalari go'yo ma'lumotlar ummonida suzib yurgandek bo'lmoqdalar. Bu esa ulardagi so'z boyliklarning keskin o'sishiga asos bulmokda, lekin bu ularning tafakkuri ham shunday jadallikda rivojlanayapti, degan gap emas.

NATIJALAR

Maktabda amal qilinayotgan o'quv dasturlarini o'zlashtirish boladan narsalarni takkoslay

bilish, tahlil kilish, umumlashtirish, mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining yetarlicha rivojlangan bulishini takozo etadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda maktab amaliyotchi psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga qabul kilish jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, testlar, so'rovnomalar, asosan bolada yuqorida keltirib o'tilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini aniklashga mo'ljallangan metodikalardan iboratdir.

5-7 yosh bolaning maktabga intellektual (aqliy) tayyorligining yana muhim ko'rsatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakkurning oliy darajada rvojlanganligidir. Bularga tayangan holda bola atrof-muhitdagi narsa-xodisalar o'rtasidagi eng muhim xususiyatlarni, munosabatlarni farklay olish imkoniyatiga ega buladi. Bu o'rinda bolalar chizmali tasvirlarni shunchaki tushunibgina kolmay, balki ulardan muvaffakiyatli foydalana oladigan bo'ladilar. Biroq ularning tafakkuri umumlashtirish xislatlariga ega bula borsada, predmetlar va ularning (tafakkuri) o'rnini bosuvchilar bilan aniq hatti-harakati obrazliligicha qolaveradi.

Maktabgacha yosh davridayok bola kichik maktab yosh davrida yetakchi faoliyat turi bo'ladigan - o'quv faoliyatiga tayyorlangan bo'lishi lozim. Bunda bolada ma'lum bir tegishli masalalarning shakllangan bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri bolaning o'quv topshirig'ini ajratib olishi va faoliyatni mustaqil maksadga aylantira olishidir.

Bunday jarayonlar birinchi sinf o'quvchilaridan topshiriqda o'zi belgilagan o'zgarish, yangilik alomatlarini qidirib topa bilish va ulardan hayratlanishni, qiziqishni talab kiladi. Bunday topshiriqlar amaliy ishlarga aylantirilsa yoki uyin tarzida bajarilsa, osonrok kechadi va bola o' zlashtiradi.

Yuqorida to'xtalib o'tganimiz intellektual tayyorlik bolaning maktabda muvafaqqiyatli o'qib ketishi uchun yagona zamin emas. Agar bola zarur malaka va ko'nikmalar zahirasiga ega bo'lsa, unda intellektual rvojlanganlik darajasi ham yuqori bo'lsa-yu o'quvchilikning ijtimoiy holatiga shaxsan tayyor bo'lmasa, maktabda o'qib ketishi qiyin kechadi. Agar o'qituvchi yoki ota-ona uni o'qishga qiziqtira olmasalar, o'quv vazifalarini zo'rma-zo'raki, sifatsiz, qo'l uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur natijalarga erishish qiyin bo'ladi.

Eng yomoni, bu yoshda maktabga borishni hohlamaydigan bolalar ham uchrab turadi. 5-7 yoshli bolaning maktabga borishdan bosh tortishi asosan uni tarbiyalashda ota-onalar tomonidan yul quyilgan xatoning oqibati hisoblanadi. Ayrim ota-onalarda maktabgacha yosh davridagi bolani maktab bilan qo'rqitish hollari ham kuzatiladi.

• Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda qanday o'qiysan?

• Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan?

• Maktabga borsang, o'rtoklaring bu qiligingdan kulishadi!

• Hech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan!

Kabi ta'na-dashnomlar, bolada maktabdan qo'rqish, undan xavfsirashning shakllanishiga asos bo'lishi mumkin. Shunday qo'rquv bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo'lgan munosabatini o'zgartirish, ularda o'ziga nisbatan ishonch uyg'otish uchun haddan ziyod kuch, vaqt, mehnat, sabr-toqat, chidam, e'tibor zarur bo'ladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga qaraganda shubhasiz, murakkab jarayondir.

Bolani birinchi sinfda o'qitishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarning sababi kattalarning bola bilan bo'ladigan muloqotlari shakli u yoki bu vaziyatga bog'liq bo'lmagan holda, shaxsiy

ahamiyatga ega bulishi muhim ahamiyatga ega. Bunday muloqot bolaning kattalar e'tiboriga va hamdardligiga bo'lgan ehtiyoj va ehtiyojlarni kattalar tomonidan qondirilishi bilan xarakterlanadi. Muloqotning bu shakliga erishgan bolalar uchun kattalarga e'tibor, ular murojatini tinglash va tushunishga intilish va kattalar tomonidan ham ularga nisbatan shunday e'tibor kursatilishiga bo'lgan ishonch xosdir. Bunday bolalar kattalarning turli vaziyatlarda (ko'chada, uyda, mehmonda, ishxonada) o'zlarini kanday tutishlarini farklay oladilar. Kattalarning bunday xulkni anglash evaziga bolalar ham kattalarga, o'qituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda munosabatlarni namoyon kiladi. Agar bolada kattalarga nisbatan bunday munosabatlar shakllanmagan bulsa, unga mos ravishda kattalarga nisbatan ham tegishli munosabat yuzaga kelmaydi, bu esa albatta bola bilan olib boriladigan ta'lim jarayonini murakkablashtiradi.

Ota-onalar har bir bola ruxiy rivojlanishida o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va bu xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon bulishini yodda tutishlari lozim. Ba'zi bolalar endigina birinchi so'zlarni o'zlashtirganlarida ularning tengkurlari allakachon ma'lum bir iboralar bilan gaplasha oladigan bo'ladilar.

Ta'lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo'lishi ma'lum darajada nasliy omillar bilan ham bog'liqdir. Bolalar o'z temperament xususiyatlariga ko'ra ham bir-birlaridan ajralib turadilar:

• Xushchaqchaq, sergap, quvnoq, hayotning o'zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar - sangvinnik temperamentga mansub bo'ladilar.

• Ko'pincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta'sirchan, kamgap, sust bolalar -melanxolik temperamentga kiradilar.

• Xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar - flegmatiklardir.

• Jahldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar - xolerik hisoblanadilar.

Bolalar kattalarning yordamiga muxtoj bo'lishiga qarab ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ba'zi bolalar biror hatti-harakatni bajarishni bir necha marta ko'rsatish, tushuntirish, ketidan ergashtirish kerak. Boshqa bolalarga esa bajariladigan ish bir marotaba ko'rsatilsa yetarli buladi. Shunday bolalar ham borki, ular berilgan vazifani mustaqil bajaradilar. Bolalar o'zlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir-birlaridan ajralib turadilar. Ba'zi bolalar ko'p savol beradilar va harakatchan bo'ladilar, ba'zi bolalarni esa hech narsa qiziqtirmaydi. Ota-onalar bolalaridagi o'ziga xosliklarni kanchalik chuqur bilsalar, ularga o'rgatishni muvaffaqiyatli tashkil qila oladilar.

MTTda bolalarning jismoniy jihatdan o'sishlariga qanchalik e'tibor berilsa, ularning aqliy va axloqiy o'sishlariga ham shunchalik e'tibor beriladi. Ularning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib, o'tkaziladigan turli didaktik mashh-lotlarda bolalarning idroklari, tasavvur va xotiralari, xayol hamda tafakkurlari, irodalari sistemali tarzda taraqqiy ettirib boriladi.

Bolalarni maktabdagi o'qish jarayoniga tayyorlashda ularning nutqini o'stirish, juda zarur shartlardan biridir. Shuning uchun tayyorlov guruhidagi bolalarni maktabdagi o'qishga tayyorlashda o'z ona tillarini yaxshi o'rganishlariga, ya'ni so'z boyligini orttirish-ga, to'g'ri talaffuz va to'la hamda to'g'ri jumla tuza olishlariga aha-miyat berish kerak. Bolalarning tashqi olam haqida tasavvurlarini kengaytirish, boyitish ishlari ular nutqini o'stirish asosida olib borilishi kerak.

XULOSA VA MUNOZARA

Bolalarni maktabga tayyorlash maqsadida amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya jarayonining mazmuni bolalar tomonidan anglanishi lozim bo'lgan narsa va buyumlarning nomlari, hodisalarning xususiyatlari va sifatlarini o'z ichiga oladi. Ular o'z xususiyatlari va faoliyat turlariga ko'ra atrof-muhitning rang-barangligi, o'ziga xosligi bilan belgilanadi. Buyumlarni ko'rish, ushlash orqali yoki ularning tovushiga qarab shakllarini ko'zi bilan ko'rib, harakatlarini mo'ljallashi muhim ahamiyatga ega. Bu esa o'z navbatida bolalardan mustaqil fikrlash, o'z faoliyatiga sinchkovlik bilan munosabatda bo'lish, kuzatuvchanlikni talab qiladi. Buning natijasida bolada axloqiy fazilatlar tarkib topadi. Tevarak-atrofda bo'layotgan hodisalar, masalan, narsa-buyumlarning nomlari, shakllari, katta-kichikligi, tuzilishi, ranglarni ajrata olishi bilan bolalarda bilish faoliyati shakllanadi. Bola narsa-buyumlar, tabiat hodisalari, hayvonot va o'simliklar olami bilan tanishish jarayonida ularning nomlarini bilib oladi. Bular bolaning nutqi rivojlanishida alohida ahamiyatga ega. Bolalar narsalarning nomlari, hajmlari, ranglari, shakllari va fazoviy holatlarini ko'rib, idrok etadilar.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bolalarni maktabga, psixologik jihatdan tayyorligi shaxs ta'lim-tarbiyasi va kamoloti uchun muhim poydevor hisoblanadi. Pedagog-psixologlarimiz bolalarni maktabga aqliy tayyorlashga psixologik, fiziologik, jismoniy tomondan har tomonlama rivojlantirsagina ta'lim jarayoniga qo'yilgan maqsadga erishiladi.

ADABIYOTLAR

1. Boboyorova G. Bolalarni maktabga tayyorlashda interfaol usullardan foydalanish. Maktabgacha ta'lim j., 2007. 6-son. -14 b.

2. M.Rasulova, D.Abdullayeva, S.Oxunjonova, «Bolalarni maktabga psixologik tayyorgarligi" T.., 2004 yil.

3. Bolalarni maktabga tayyorlash daftari. Rasulova.M.Sh., Jalolova.G.Q.tarjimasi. T.., O'z PFITI, 1995.Uljaevna, U. F. (2020). Didactic games in preschool educational system. Проблемы современной науки и образования, (4-2 (149)), 27-29.

4. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. (2021). Development and education of preschool children. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 326-329.

5. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. DOI: 10.5958/2249-7137.2021. 00358. X "Development and education of preschool children" ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal.(Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal). ISSN, 2249-7137.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.