MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTABGA AXLOQIY-IRODAVIY TAYYORLIGINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Dilnoza Baxodirovna Xalkuzieva Xadichaxon Muxammadjonova
Qo'qon davlat pedagogika instituti Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlashning psixologik jihatlari, ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik, uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar yoritilgan.
Kalit so'zlar: maktabgacha yosh, maktab, tayyorgarlik, axloq, irodaviy sifat, mustaqillik, uyushganlik, intizomlilik.
PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF PRIVATE PREPARATION OF PRESCHOOL CHILDREN FOR SCHOOL
Dilnoza Bakhodirovna Khalkuzieva Khadichaxon Mukhammadjonova
Teacher of Kokand State Pedagogical Student of Kokand State Pedagogical
Institute Institute
ABSTRACT
The article provides a theoretical basis for the psychological aspects and importance of moral and voluntary preparation of children of preschool age for school. Features such as independence, organization and discipline in the personal behavior of preschool children are also highlighted.
Keywords: preschool age, school, preparation, morality, willpower, independence, organization, discipline.
KIRISH
MTTdagi pedagogik jarayon maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalash va rivojlantirish ularni jismoniy, aqliy, ma'naviy va estetik rivojlantirish masalalarini amalga oshirishga yo'llangan. Bu vazifalarni ro'yobga chiqarish pedagogik jarayonda bolalar faoliyatining xilma - xil turlari - o'yin, turmush, mehnat, o'quv, oddiy badiiy va hokazo faoliyatlari orqali ta'minlanadi. Ular maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini shakllantiruvchi vosita xizmatini o'taydi va ayni bir vaqtda bolalar egallaydigan mazmun ham hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bolalarni maktabda o'qitishning samaradorligi ko'p jihatdan ulaming tayyorgarlik darajalariga bog'liq bo'ladi. Maktabda o'qishga aqliy tayyorlik - bolalar bog'chasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga berilgan ta'lim va tarbiyaning muhim yakunidir. U maktabning bolaga qo'yadigan talablar majmui orqali aniqlanadi. Bu talablarning o'ziga xos tomoni o'quvchining yangi ijtimoiy- psixologik o'rni, u bajarishga tayyorlangan bo'lishi lozim bo'lgan yangi vazifa va burchlardan kelib chiqadi.
Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabatining o'zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bola hayotida birinchi bor markaziy o'rnini ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan o'quv faoliyati egallaydi.
Shunga ko'ra zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotlarda (A.V. Zaparojets, L.A. Venger, G.M. Lyamina, G.G. Petrochenko, T.V. Taruntaeva va boshqalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsini rivojlantirish sifatida aniqlanadi. Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga, kishilar bilan o'zaro munosabatning yangi sistemasiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo'lishi kerak. U yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo'lishi kerak.
Bolaning maktabda o'qishga umumiy tayyorgarligi mazmunida bir necha o'zaro bog'langan jihatlar mavjud bo'lib, ulardan muhimlari ma'naviy, irodaviy, aqliy, jismoniy tayyorgarlikdir.
Maktabda o'qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik oxiriga kelib axloqiy hatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashiga hamda o'zining o'qituvchi va sinfdoshlar bilan o'zaro munosabatlarni axloqiy asosda qorishiga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi. Maktabni axloqiy-irodaviy tayyorlik mazmuni o'quvchi tutgan o'rindan kelib chiquvchi bola shaxsi hamda xulqiga qo'yiladigan talablarga ko'ra aniqlanadi. Bu talablar maktabga o'qishning dastlabki kunlaridanoq o'quvchi oldiga o'quv majburiyatlarini mustaqil va ma'suliyatni his etgan holda bajarish tartibli va intizomli bo'lish, o'z xatti-harakati va faoliyatini boshqarish, o'qituvchi va o'quvchilar bilan o'zaro munosabatlarda madaniy xulq qoidalariga rioya qilish, maktab anjomlariga tartibli va ehtiyotlik bilan munosabatda bo'lishni ko'ngdalang qo'yadi. Bu yuksak talablarni bajarishga tayyorlash oldindan bolalar bog'chasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan davomli, maqsadga yo'llangan tarbiyaviy ish jarayonida amalga oshiriladi.
Axloqiy-irodaviy tayyorlik katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo'ladi. Bu munosabatda bolaning maktabgacha tarbiya yoshi davomida, rivojlanadigan o'z xulq-atvorini boshqarish
qobiliyati: qoidani yoki tarbiyachi talablarini ongli bajarish, dafatan asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo'yilgan maqsadga erishishda qat'iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o'ziga tortadigan, ammo maqsaddan chalg'itadiganiga qarshi o'laroq oxirigacha bajarish ko'nikmasi va shu kabilar e'tiborga loyiqdir.
Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning qaror topishida, shuningdek, katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik, uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir.
MUHOKAMA
Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada mustaqillikni muvaffaqiyatli shakllanishining dalolati tarbiyachining eslatish va ko'magisiz xulq-atvor qoidalarni bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to'g'ri odatiy usullaridan foydalanish, yordam berishga tayyorlik qobiliyatidir. Mustaqillik bilan uzviy bog'langan xulq-atvordagi uyushganlik va intizomlilik bola xulq-atvordagi maqsadga yo'llanganlikda, o'z faoliyatini bolalar bog'chasida qabul qilingan qoidalarga muvofiq ongli tashkil eta bilishda, faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o'z xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish, o'z xatti-harkatlari uchun shaxsiy ma'suliyatni his qilishda o'z ifodasini topadi. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar xulq-atvoridagi mazkur xususiyatlarning mavjudligi maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikni shakllantirishning isboti xizmatini o'taydi.
Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning boshqa bir muhim tarkibiy qismi bolaning katta yoshlilar va tengqurlari bilan o'zaro munosabatlarini qoidalarga muvofiq tashkil eta bilishidir. Tajribaning ko'rsatishicha, maktabdagi o'qish sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda "jamoachilik" sifatlari: do'stlarga nisbatan xayrixoh, hurmat bilan munosabatda bo'lish, tashkilotchilik ko'nikmalari, xushmuomalalik, g'amxo'rlik bildirish, o'zaro yordamga hozirlikning qanchalik muvaffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita bog'liqligini ko'rsatdi. Bola xulq-atvorida jamoachilik xislatlarini bunday majmuining mavjudligi uni maktabga axloqiy-irodaviy tayyorligining ko'rsatkichi bo'la oladi va yangi jamoada tengqurlari bilan muomalada ko'tarinki ijobiy ruhni yuzaga keltiradi.
NATIJA
Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlik, shuningdek, axloqiy hissiyot bola ongi rivojining muayyan darajasi bilan ham ifodalanadi. Bu o'rinda eng ibratlisi bolalarning axloqiy xulq-atvorining ijtimoiy ahamiyatini tushunishlari, ularda o'z xatti-harakatlarini mustaqil baholash qobiliyatini rivojlantirish, ma'suliyat, haqgo'ylik, insoniylik va fuqarolik hissiyotlari elementlarini shakllantirishdir. Bular o'quvchilarda keyinchalik o'z o'quv mehnatlari uchun o'z yaqinlari va butun mamlakat oldida shaxsiy ma'suliyat
hissiyotini uyg'otishda asos bo'ladi.
Axloqiy-irodaviy tayyorlik tarkibiga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning mehnatga munosabatini ifodalovchi sifatlar majmui ham kiradi. Bu mehnat qilish ishtiyoqi, yaxshi va tartibli bajarilgan ishdan qoniqish hissiyoti, atrofdagilar mehnatiga hurmat, zarur mehnat malakalarini egallashdir. Bo'lajak o'quvchi uchun o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish mehnati malakalari tartibli mustaqil kiyinish, o'z narsalari, o'quv anjomlari holatini kuzatib borish, kiyim, poyabzaldagi ayrim nosozlikni chetdan ogohlantirishsiz bartaraf qilish ko'nikmasi (tugmachani tikish, dastro'molni yuvish, oyoq kiyimni tozalash va shu kabilar) alohida ahamiyat kasb etadi. O'quvchini o'qitishda u bolalar bog'chasida egallagan birgalikdagi mehnat malakalari (ishni rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash, o'z harkatlarini o'rtoqlari bilan kelishish, ishni oxiriga etkazish) katta o'rin egallaydi. Maktabgacha tarbiya yoshida tarbiyalangan mehnatga hurmatni, o'quv ishi va tengqurlari ishiga hurmatni, ularga yordam ko'rsatish hamda ularni qo'llab-quvatlashga intilishni shaklantirish uchun asos bo'ladi.
XULOSA
Shunday qilib, bolaning maktabga o'qishga axloqiy-irodaviy tayyorligi uni maktabgacha yillarda axloqiy-irodaviy rivojlantirishning muayyan yakuni sifatida namoyon bo'ladi. U maktab ta'limi nuqtai nazaridan bola shaxsi va xulq- atvorining o'z majmuiga ko'ra bolaning maktab sharoitlariga moslashishi o'z majburiyatlarini ma'suliyatli bajarish, o'qituvchi va o'quvchilarga nisbatan axloqiy munosabatni shakllantirish uchun zarur zaminni tashkil qiluvchi eng muhim xislatlari qamrab oladi. Axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabda o'qishda aqliy va jismoniy tayyorligi bilan uzviy aloqadordir.
REFERENCES
1. Бaротов Ш.Р. Тaълимдa психологик xroMar acoorap^ . 1999. 96 б.
2. Э^озиев "Инсон психи^^ни^ ривожтаниши" Тошкент: Университет1998
3. М.Г. Дaвлетшин "Тaълимнинг психологик a^o^pH"
4. Ш.Р.Бapoтoв "Укувчи шaxcини урганиш ycyллapи" Тошкент: У- 1995
5. М.Вохидов "Бoлaлap психологияси" Тошкент: У- 1982
6. М.Вохддов "Мaктaбгaчa тapбия ёшидaги бoлaлap психологияси" Тошкент: 1970.