Научная статья на тему 'MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARIINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TALABLARI'

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARIINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TALABLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

6546
233
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
―Maktab yoshi‖ / ―maktabga tayyorgarlik‖ / ―maktabga psixolgik tayyorgarlik‖ / ―Maktab yoshiga yetgan‖ differensial / Nazorat funksiyasi

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulnora Ulashovna Xolboyeva

Maktabgacha ta‘lim tashkilotining eng muhum vazifalaridan biri bu bolalarni maktab ta‘limiga sifatli tayyorlab erish hisoblanadi. Maktabga tayyor bola bilim olishni istaydi, chunki bolada odamlar jamoasida aniq o‗rin egalash istagi tuziladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARIINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TALABLARI»

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARIINI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TALABLARI

Maktabgacha ta'lim tashkilotining eng muhum vazifalaridan biri bu bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlab erish hisoblanadi. Maktabga tayyor bola bilim olishni istaydi, chunki bolada odamlar jamoasida aniq o'rin egalash istagi tuziladi.

Kalit so'zlar: "Maktab yoshi", "maktabga tayyorgarlik" ,"maktabga psixolgik tayyorgarlik" , "Maktab yoshiga yetgan" differensial, Nazorat funksiyasi

Bugungi kunda Mamlakatimizda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga juda katta e'tibor qaratilmoqa.Maktabgacha ta'lim tashkilotining eng muhum vazifalaridan biri bu bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlab erish hisoblanadi. "Maktab yoshi", "maktabga tayyorgarlik" va "maktabga psixolgik tayyorgarlik" - bu tushunchalar psixologiyada bolaning psixik rivojlanish darajasini belgilashda qo'llaniladi. Shunda bola maktabda o'qishi, bilim olish mumkin. Bunday farqlash quyidagi tahlillarda namoyon bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Maktab yoshiga yetgan" tushuncha psixologlarda ishlatiladi, chunki bolaning psixik rivojlanishi ta'lim olishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun maktab yoshiga yetibdi, deb gapirilganda asosan bolaning psixologik yetuklik darajasi nazarda tutadi. Shunday qilib, psixik funksional o'sishi maktabda bilim olishni ta'minlaydi.

Gulnora Ulashovna Xolboyeva

TerDUPI Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

KIRISH

March, 2022

Ko'pgina adabiyotlarda maktabga yetukligining uch pog'onasi mavjud: intellektual, emotsional, va ijtimoiy .Intellektual yetuklikni quyidagi ko'rinishlarda ko'rish mumkin:

- differensial qabul qilish, bunda umum ko'rinishdan shakl ko'rinishning kirishi;

- e'tiborni jamlash;

-hodisalar oralig'idagi asosiy bog'liqlikni ko'rsata bilish;

-ko'rish orqali eslab qolish;

-namunani qayta tiklash qobiliyati;

-qo'lning yengil harakatlanishini rivojlantirish.

Shuni aytish mumkinki, intellektual yetuklik bosh miya tuzilishining rivojlanishi funksional ko'rinishning me'yorini kuzatish mumkin.

Emotsional yetuklik shuni nazarda tutadi.

- impulsiv reaksiyalarning kamayishi;

- hohlamagan ish bilan uzoq vaqt shug'ullanish.

Ijtimoiy yetuklik haqida:

-bolaning o'z tengdoshlari bilan muloqot va o'zining xulq - atvorini bolalar guruh qonun qoidalariga bo'ysundirishni bila olish;

-maktabda ta'lim olishda o'zini o'quvchi sifatida tuta bilishi:

"maktabga tayyor" degan tushunchaning ma'nosi bir hil emas. Bu borada ishlab chiqilgan ilmiy ishlar bir talay. (ularning ko'p qismini Amerikalik psixologlardir), ularning barchasida bolaning maktabga tayyorligi "kirish bilimlari", ya'ni bolaning bilim olishiga tayyorligi. Oxirgi muallif, o'zida maktab dasturini yaxshi darajada o'zlashtirish, bilan, mahorat.

"Maktabga tayyor" tushunchaning boshqa turi xaqida psixologlar ta'kidlagan, ya'ni L.S.Vigotskiydan so'ng izdoshlari bilim berish rivojlanishini o'z ilmiy izlanishlarida aks ettiradi. Bu izlanish quyidagilarni ta'kidlashga olib keladi. Bilim berishni boshlashni amalga oshirish qachonki psixologik funksiyalarning bilim berilishida yetuklik darajasi hali yetmagan shuning uchun psixologik, ruxiy yetuklikni bilib berilishda funksional o'rinda ko'rilishi lozim emas. Bundan tashqari, bu izlanishlarni ishlab chiqilishi borasidagi mualliflar shuni ta'kidlashadi-ki, bolaga maktabda bilim berishning muvaffaqiyati faqatgina bolaning bilimi, mahorati va uning qobiliyati muhim o'rin egallamaydi, balki bolaning shaxsiy va intelektual rivojlanishi darajasini aniqlash va u psixologik holatning maktab darajasida bilim berilishiga omil bo'ladi. Mana shu holatni biz

March, 2022

oldingi holat bilan chalkashtirmaslik uchun ikkinchi holatni " maktabga ruxan tayyor" deb ajratib olamiz.

Bojovich M.I. (1968 y) bolaning maktabga ruhan tayyorligining ikki yo'nalishini ko'rib, ajratib chiqqan. Bular: shaxsiy va intelektual tayyorlik.

Maktabga intelektual tayyorgarlikni tavsiya berishda asosiy urg'uni bolaning jixatlarining sanog'iga emas, balki uning rivojlanish jarayonining intelektual darajasiga qaratish lozim. Vigotskiy L.S. va L.I.Bojovichlarning nuqtai nazaridan bola maktabga intelektual tayyorligi, uning qamrab olgan tashqi dunyodagi hodisalar va predmetlarga umumlashtiruvchi tushunchalarini yetkazib berish.

Barcha ko'rinishlarni taxlil qilishda o'quv faoliyatini o'zlashtirish borasida Elkonin D.B. (1981-1989) va uning safdoshlari quyidagilarni birinchi o'ringa qo'yadi:

- bolaning o'zi bilgan holda qonuniy xatti xarakat qilishga bo'ysundirish, bunda xarakat turlarini umumlashtirish;

- berilgan talablar tizimiga qanoat qilish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maktabda berilgan bilimlar yo'sinida shu narsani ko'zdan qochirish kerak emas, bu bolaning nutq rivojlanish sifatini. Nutq rivojlanishi intellekt rivojlanishi bir biri bilan uzviy bog'liqdir. Bu esa bolaning umumiy rivojlanishini ko'rsatadi. Shu yo'sinda o'ylash qobiliyat darajasini yaqqol namoyon etadi. Bundan tashqari, hozirgi kunda qo'llaniladigan bilim berish va o'qish uslubi, so'zlashuvning va nutqning ovoz chiqarilishi tahlili bilan asoslanadi, bunda fonetik tinglash rivojlanadi.

Maktabga shaxsiy jixatdan tayyorgarlik bo'yicha bilim berishni tavsif etishda avvalom bor bolaning motivatsion va erkin muhit rivojlanishini ko'zda tutish lozim.

Bilim berish uslubining aniqliligi o'qitish faoliyati bilan uzviy bog'liqdir. Bularga "bolalarning bilim, qiziqishlari, intelektual faolikka talabchanlik, va yangi bilimlar chanqoqligi" (L.I. Bojovich 1972. 23 bet).

Bilim berishning ijtimoiy motivlari, keng ko'lamdagi ijtimoiy qirralarni, "bolaning boshqa odamlar bilan muloqot qilish talabi, ularni baxolash qo'llab -quvvatlash, umumiy jamoa tizimidagi aloxidagi o'rin egallashga imkon berish xoxishini" birlashtirish.

Maktabga tayyor bola bilim olishni istaydi, chunki bolada odamlar jamoasida aniq o'rin egalash istagi tuziladi. Aniqrog'i kattalar hayotiga yo'l ochilishdir. Shuning uchun unda bilim talabi mavjuddir. Bu

talablarga bola uyda qoniqish topa olmaydi. Bu ikki talabning

March, 2022

qo'shilishi bolada tashqi muhitga bo'lgan munosabatning yangi qirralarini namoyon etadi. L.I. Bojovich tomonidan "O'quvchining ichki dunyosining ko'rinishi" deb nomlanadi. Bu yangi bilim berishga u juda katta e'tibor ajratgan, chunki bunga katta baho bergan, chunki u maktab o'quvchisining ichki kechinmalari uning maktab dargohida bilim olishga tayyorligini aniqlab beradi.

Maktab o'quvchisining ichki kechinmasi maktab yoshgacha va kichik maktab yoshi davrida paydo bo'ladi, shunda bolaga o'quv jarayoniga sube'kt faoliyati sifatida kirishga imkon beradi. Bu maqsad va ko'zlangan ishlarni bajarilishining tuzilishini aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, o'quvchining erkin xarakati.

Maktab bilimini olish chanqoqoligi bolada asosan maktab yoshiga yetganda (7 yoshlarga yaqin) paydo bo'ladi. Shunda bola o'zida xulq-atvor va faoliyatini birlamchi olib borish g'islati paydo bo'ladi. (L.I.Bojovich. 1968.)

Bolada erkin harakat holati jamoatchilik o'yinlar o'tkazilishi mobaynida paydo bo'ladi. Bu esa bolaning rivojlanish pog'onasi asta ko'tariladi, yolg'iz o'yin o'tkazishda bunday natijaga erishilmaydi. Jamoatchilik namuna sifatida ko'rsatilgan narsaga tahlid qilishini bartaraf etadi, chunki bolaga yolg'iz nazorat o'tkazish juda qiyindir. Nazorat funksiyasi hali juda kuchsiz, va xodisalarga tashqi tomondan qo'llab-quvatlash talab etiladi. O'yin qatnashchilari bundan mustasno emas. Mana shu tomonlar juda nozikdir, lekin o'yinlarni erkin harakat maktabi deb xisoblash mumkin. Maktabga chiqish vaqtiga kelganda bolaning barcha qobiliyatlari rivojlangan bo'lishi lozim, shundagina bola oldiga qo'yilgan vazifalarni mustaqil ravishda qabul qilishi va bajarish yotadi. Boshqacha qilib aytganda birinchi sinf o'quvchisi maktabda bilim olishga tayyor bo'lishi, keng qamrovdagi o'quv jarayonini qabul qila olishi lozim. O'quv qirralarini yangi bilim berish deb ko'rish mumkin u maktab yoshigacha bo'lgan davr oxirida paydo bo'ladi. U asosan bola uchun yengilik bo'lib, yetakchi faoliyat turi-o'quv jarayon, bu xolat oldingi faoliyat tugashi bilan, ya'ni o'yinlar o'rniga o'qish faoliyati boshlanadi. Buning ichida bolaning psixologik holati shakllanadi. Maktab yoshigacha bo'lgan davrning yakunida bolalik o'yinlari asta-sekinlik bilan orqaga tisarilib, uning o'rniga bilim olish tuyg'usi paydo bo'ladi. (bu esa rivojlanishning psixologik mexanizmi deb qaraladi) shu shart zaylida bola barcha bolalik o'yinlari rivojlanishining pog'onalaridan oshib o'tgan bo'ladi. Vigotskiy A.S. ta'kidlaganday, o'yining rivojlanish jarayoni asta-sekinlik bilan

XULOSA

uning o'rni kamayadi va qoidalar o'rni asta ko'tarila boshlaydi.

March, 2022

Katta bog'cha yoshidagi, ayniksa, 6 yoshdan to 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda qoidali o'yinlar ko'proq o'ziga jalb etadi, xarakatni koida asosida bajarish o'yining asosiy mavzusiga aylanadi. Shunday qilib o'yin turlari o'rnini bilim olishga yo'naltirishga asos solinadi. Bu esa bolani o'quvchi o'rnida his etishi va turli qoidalarga bo'ysinib, harakatlar bajarilishiga olib keladi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori.

2. X.Axmedova va boshqalar.Bolangiz maktabga tayyormi? — Toshknt, 2000 y.

3. F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, N.M.Kayumova, M.N.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika". Darslik-T "Tafakkur" 2019.

4. SH.A.Sodiqova "Maktabgacha Pedagogika" darslik "Tafakkur Sarchashmalari" T-.2013 y

5. N.M.Kayumova "Maktabgacha pedagogika""TDPU" nashriyoti T:. 2013y

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.