Научная статья на тему 'MAKTABGACHA BO’LGAN YOSH DAVRLARIDA BOLALAR BILAN MULOQOT SHAKLLARI'

MAKTABGACHA BO’LGAN YOSH DAVRLARIDA BOLALAR BILAN MULOQOT SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9523
496
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha yosh / muloqot / verbal / noverbal muloqot / ijtimoiylashuv. / preschool age / communication / verbal / nonverbal communication / socialization.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulbahor Zafarboyevna Eshbekova

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir xususiyatlari va ular bilan muloqotni tashkil etish shakllari haqida bayon etilgan.Maqola MTT pedagoglari va talabalar va ota-onalar uchun mo’ljallangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMS OF COMMUNICATION WITH CHILDREN IN PRESCHOOL

This article describes the age characteristics of preschool children and forms of communication with them. The article is intended for teachers of MTT and students and parents.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA BO’LGAN YOSH DAVRLARIDA BOLALAR BILAN MULOQOT SHAKLLARI»

MAKTABGACHA BO'LGAN YOSH DAVRLARIDA BOLALAR BILAN

MULOQOT SHAKLLARI

Gulbahor Zafarboyevna Eshbekova

Jizzax davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir xususiyatlari va ular bilan muloqotni tashkil etish shakllari haqida bayon etilgan.Maqola MTT pedagoglari va talabalar va ota-onalar uchun mo'ljallangan.

Kalit so'zlar: maktabgacha yosh, muloqot, verbal, noverbal muloqot, ijtimoiylashuv.

FORMS OF COMMUNICATION WITH CHILDREN IN PRESCHOOL

Gulbahor Zafarboevna Eshbekova

Jizzakh State Pedagogical Institute

ABSTRACT

This article describes the age characteristics of preschool children and forms of communication with them. The article is intended for teachers of MTT and students and parents.

Keywords: preschool age, communication, verbal, nonverbal communication, socialization.

"Biz ta'lim-tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb

bilamiz"1

Tabiatda inson bolasigina ojiz va kattalarning g'amxo'rligiga muhtoj bo'lib tug'iladi. Lekin inson farzandiga berilgan eng katta imkoniyat bu uning o'rganishga bo'lgan ehtiyojidir [1-4]. Aytish mumkinki, odam bolasi o'rganishga "dasturlangan" holda tug'iladi. Shu tufayli qisqa vaqt ichida u juda ko'p bilimlarni o'zlashtiradi. Hozirgi kunga kelib aksariyat tugilgan bolalarda quyidagi kabi xususiyatlar ko'plab kuzatilmoqda; ananaviy tarbiya vositalarini qabul qilmaslik; intuitsiyaning, xavf hissining rivojlanganligi; raqamli texnologiyalarni tez o'zlashtirishga bo'lgan qobiliyat. Chaqaloqlik davrida kattalar bilan muloqot bevosita bolani qo'lga olish orqali amalga

1 Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: "O'zbekiston". 2017 y.

2 BHKHnegna. ru.wikipedia.org...

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 622

oshiriladi. Bola qo'lga olinganda aloqa bog'lanadi, qayta qo'yilganda esa aloqa uziladi, u yig'lay boshlaydi [5]. Olimlarning ta'kidlashlaricha bola psixologik jihatdan me'yorida rivojlanishi uchun ona uni kun davomida kamida 30-35 marotaba qo'lga olishi kerak ekan. Shuni aytish joizki, aynan onaning bolaga qo'l tekkizib turishiga bo'lgan ehtiyoj butun umr davomida saqlanib qoladi va tarbiya vositalaridan biri sifatida ehtirof etiladi. Mutaxassislar vaqti - vaqti bilan bolaning boshini silash yoki yelkasidan qoqib qo'yish u bilan bo'ladigan ishonchli muloqotni ta'minlab turuvchi vosita ekanligini ehtirof etishadi. Millatimizda bu tajriba azaldan ma'lum bo'lgan, keksa avlod vakillari bo'lgan otaxonlarimiz, ayniqsa buvijonlarimiz farzand bilan muloqotda albatta bu qoidaga amal qilishgan [6-10]. Bola predmetlarga bo'lgan qiziqishini avvalo kattalarga murojaati orqali bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qo'llash orqali oladi. Bu yerda kattalar bolaga qanday talablar qo'yishlari muhim o'rin tutadi. Kattalar agar bola bilan kam muloqotda bo'lsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj bolada o'z-o'zidan rivojlanmaydi, balki predmet faoliyati bo'yicha kattalarning muloqoti orqali o'sadi.Kattalar tomonidan bo'ladigan to'g'ri muloqot chaqaloqda muloqotga bo'lgan ehtiyojni shakllantiradi. Bolaning muloqoti reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda bo'ladi [11]. Bolaning kattalar bilan qiladigan muloqoti dastlab kattalarning yuziga va ko'zlariga qarashdan boshlanadi. Bir yarim-ikki oylikda bola kattalarning jilmayishiga o'zining kulgusi bilan javob qaytaradi. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yo'l orqali amalga oshiriladi: kattalar nutqini tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. Bola bilan onaning muloqoti faqatgina so'zlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga signal bo'lib xizmat qiladi. Bola 3 yoshgacha atrofidagi narsalarni ushlab ko'rib, og'ziga solib, ochib o'rgansa, unda nutq paydo bo'lgandan keyin bilimlarni egallash jarayoni yanada tezroq, samaraliroq kecha boshlaydi. Dunyoda qo'l bilan ushlab bo'lmaydigan, ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan so'z va iboralar borki uni faqat "ikkinchi signallar tizimi" hisoblangan nutq orqaligina tushunish mumkin. (Rus psixolog olimi A. Pavlovning "ikkinchi signallar tizimi" bo'yicha tadqiqotlarining asosiy mohiyati shundaki, predmetdan kelayotgan signal "birinchi signal" bo'lsa, so'z orqali o'sha predmetning obrazini tasavvur qilish orqali "ikkinchi signal" yaratiladi. Masalan, olmani ko'rganda u haqidagi tasavvur ongimizda namoyon bo'lgani kabi, "qipqizil olma" degan so'zlar ham ongimizda xuddi shu tasavvurni paydo qiladi).Olimlar bu davrni "savollar davri" deb atashadi. Har tomonlama sog'lom rivojlanayotgan bola albatta savol berishi lozim. Xo'sh, savol tug'iladi: moboda bola savol bermasa-chi? Mutaxassislar fíkricha, agar bola savol bermasa, tarbiyachilarning o'zi savol bera boshlashi zarur ekan. Bola qachon savol beradi? Agar u muammoga, jumboqqa duch kelsa. Faylasuflardan biri: "bolaning aqliy rivojlanishi savol berish va hayratlanishdan boshlanadi", - degan ekan [12-15].Lekin aynan shu joyda tarbiyadagi ikkinchi muammo boshlanadi, ya'ni savolga

javob beruvchi tarbiyachilarning bilim darajasi, saviyasi. Bola savolga qanchalik aniq, mukammal javob olsa, uning dunyoqarashi shunchalik keng rivojlanadi. Shuning uchun, ota-ona hamda tarbiyachilar barcha fanlar yuzasidan to'laqonli bilimlarga ega bo'lishlari lozim. 3 yoshga to'lganda bola kattalar bilan munosabatlarga bemalol nutq orqali kirisha oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma kiyimini o'zi kiyishga harakat qiladi. O'z ehtiyojlarini so'zlar orqali bayon qila oladi. Chunki nutqni to'la egallaydi. Bola kattalarning ko'rsatmasiga binoan hatti - harakatlarini to'g'ri yo'naltirishga o'rganadi. U kattalarning o'zaro muloqotini jon qulog'i bilan eshitadi, tushunishga harakat qiladi. Bu davrda bolalar ertak, hikoya, shehrlarni eshitishni juda yaxshi ko'radi [16]. Bu bolaning tashqi olamni bilishiga katta tahsir ko'rsatadi. Bola ijtimoiylashuv jarayonida turli tahsirlarni (shu jumladan tarbiyaviy tahsirni) passiv holda holda qabul qilmaydi, balki, sekin-asta ijtimoiy tahsirning obhektidan uning faol subhektiga aylanib boradi. Bolalik davrida insonning o'zligi shakllanadi, o'zi haqidagi tasavvuriga poydevor qo'yiladi. Bola o'zida ehtiyojlar mavjudligi tufayli faollik ko'rsatadi, tarbiyaviy jarayonda ushbu ehtiyojlarni hisobga olinishi bolada faollikni rivojlanishiga yordam beradi.Bordi-yu tarbiyachilar o'z «tarbiyaviy faoliyatlarini» amalga oshirishlari uchun bola faolligini cheklashga harakat qilib, uni doimo «tinch o'tirish»ga majbur qilsalar, bu bilan ular har tomonlama yetuk, uyg'un tarzda rivojlangan shaxsni emas, balki ijtimoiy moslashuvga qobiliyatsiz, nochor va passiv shaxsni shakllantirishga muvoffaq bo'ladilar. Bola faolligining doimiy bo'g'ilishi natijasida u ijtimoiy munosabatlarga moslasha olmaydigan, asabiy bo'lib shakllanadi yoki (mahlum individual xususiyatlarga, masalan, kuchli asab tizimi tipiga ega bo'lganda) faollik turli muqobil yo'llar orqali yuzaga chiqadi(masalan, nima man etilgan bo'lsa, shuni yashirin amalga oshirishga harakat qiladi). Bola ulg'ayar ekan, maktabda unga singdirilayotgan baho mehzonlari (jamiyatda qabul qilingan normalar, qoidalar) ko'chada o'rtoqlari bilan muomalada qabul qilingan baho me'zonlaridan keskin farq qilsa, bu uning shaxsiyatida ichki ziddiyatlar paydo bo'lishiga olib keladi [17]. Ota-ona va bolalar munosabati o'zaro muloqot asosida quriladi.Kichik yoshdagi bolalar bilan bo'lgan muloqotda uchraydigan kamchiliklardan yana biri, bolaning kattalar tiliga emas, balki kattalarning bola tiliga taqlid qilishidir. Ayrim ota - onalar ataylab tillarini chuchitib, bola nutqiga moslashadi. Bu narsa bolalar nutqida turli defektlar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. 3 yoshli bolalarda birinchi "inqiroz" davri boshlanadi. Bunda bola o'z "men"ligini oilada tasdiqlashi zarur. Bu davrda bolalarda «hamma ishni o'zim qilaman», "men o'zim", - degan tushunchalar shakllanadi. Ular qaysar, injiq bo'lib qoladilar. Ota-onalar bu yoshdagi bolalarga tarbiya berishda undagi bu xususiyatlarni hisobga olishlari lozim [18]. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda o'yin bo'lib hisoblanadi. Kattalar o'yinchoqlar tilidan bola bilan muloqotda bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. 9 oylik bolalarga endi o'yinchoqdan tashqari qog'oz, qalam ham berish kerak. Shunda bola yozma nutqning rasmlar chizish elementlarini shakllantirish

mumkin bo'ladi. O'yin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya kabi ruhiy jarayonlar, shuningdek, harakter hislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz) tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim ro'l o'ynaydilar. Bu davrdagi bolalar o'yini ham o'ziga xos bo'ladi. Bolalar o'yinda turli rollarni o'ynaydilar. O'yin qoidalariga rioya qila boshlaydilar [19]. Muloqot shakllari bola hali guruh bo'lib o'ynamasidan avval, ya'ni o'z- o'zi bilan o'ynaganidayoq shakllanadi. Bu davrda bola o'yin o'ynaganida ko'proq o'zining hatti-harakatlariga ehtibor beradi. O'zaro munosabatlar orqali bola boshqa bola bilan muloqotga kirisha boshlaydi. 4 yoshli bolalar esa ko'proq boshqa bolalar bilan muloqotda bo'lishga harakat qiladilar. Bu bosqichda bolalar bir-birlari bilan o'yinchoqlarini almashtiradilar, bir-birlariga yordam bera boshlaydilar. Hamkorlikda o'ynaladigan o'yinda bolalar bir-birlarini tushunishga, bir-birlariga yordam berishga o'rganadilar. Endi bola o'zi o'ynamasdan boshqa bolalar bilan o'ynashga harakat qiladi. O'yin o'ynaganda bolalar ko'pincha boshliq bo'lishga harakat qiladilar. Kim o'yinni tashkil qilsa u doimo boshliq bo'lgisi keladi. Shunda konflikt (nizolar) kelib chiqadi [20]. O'yindan qoniqmagan bola "men o'ynamayman, sen bilan,"- deb noroziligini bildiradi. Kichik va o'rta maktabgacha yoshdagi bolalarda so'z boyliklari o'yin faoliyati orqali ortib boradi. Mashg'ulotlar orqali bolalarda nutq rivojlanib boradi. Chunki mashg'ulotlarda bolalar she'r yodlaydilar, ertaklar eshitadilar. O'yin vaziyati bolalarda nutq munosabatlarini rivojlantiradi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar muloqoti: Bola endi maktab yoshiga yetganda ularning bir-birlariga nisbatan munosabatlari yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota-onasi, guruhdagi tengdoshlari, tarbiyachi bilan muloqotda bo'lgan bo'lsa, endi maktab o'qituvchisi, sinf rahbari bilan ham muloqotda bo'ladi.

Bolalarda bu davrda mashuliyat hissi shakllanadi. Shu o'rinda, bolalarning maktabga tayyorgarligi masalasiga alohida to'xtalib o'tish joiz deb hisoblaymiz. Psixologiyada «7 yosh inqirozi» - deb yuritiladigan inqiroz davri mavjuddir. Bu davr bolaning o'z «men»ligini tengdoshlari orasida tasdiqlashi bilan bog'liq. Bundan tashqari, 7 yoshda bolaning bilish jarayonlarida (sezgi, idrok, xotira, xayol, diqqat) sifat o'zgarishlari sodir bo'ladi. Boladagi bo'linuvchan beqaror diqqat o'rniga barqaror diqqat shakllana boshlaydi, xotirasi mustahkamlanadi, tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Gohida 6 yoshli bolada mana shu sifat o'zgarishlari yuz bermaganligi tufayli ularni maktabga qabul qilish jarayonida « maktabga tayyor emas», degan xulosa chiqarish mumkin bo'ladi [21-24]. Shu tufayli ota-onalar bolani maktabga berish chog'ida albatta, mutaxassis maslahatini olishlari maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha yoshning yettinchi yilida bilan muomala uslubini pedagog bolalar xulq atvoridagi o'ziga xos jihatlar, uning o'z tengdoshlari va kattalar bilan o'zaro muloqotga kirisha olish malakalariga qarab tanlaydi ,tengdoshlari orasida jamoa bilan muloqot qilish jarayonida turli darajadagi qiyinchiliklarni his qiladigan o'quvchilar bor: gipermuloqotchan (sergap) bolalar; sinf-

dars holatidan qo'rqadigan bolalar; javob berishga uyaladigan, shuning uchun hech narsani bilmaydigan yoki quloq solmayotgan o'quvchi bo'lib ko'rinadigan bolalar. Ularning har biriga nisbatan o'qituvchi sabr-toqat va xayrixohlik bilan turli xilda yondashishi kerak bo'ladi.Tarbiyachi pedagogning tarbiyalanuvchilari bilan avtoritar uslubda ish olib borishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi, unga nisbatan mehribonlik bilan ijobiy munosabatda bo'lishi o'ta muhimdir.Tarbiyachining bolaga munosabati faqat uning aniq muvaffaqiyati evaziga bo'lmasligi kerak [25]. Bolalar nutqining o'sishida ularning maktabda o'qishi katta rol o'ynaydi. Bola maktabgacha yoshda o'ylamasdan gapiradi, maktabda esa bola gaplashayotgan til o'qitiladigan va o'rganiladigan ilm bo'lib qoladi. Grammatikani o'qib o'rganish jarayonida bola nutqining fonetik jihati to'g'ri bo'lib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi takomillashadi. Maktabda o'qitilayotgan hamma fanlarni o'rganish jarayonida o'quvchi nutqining lug'ati boyiydi, so'zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi [26]. Bolalarning yozma nutqni egallashlari ular nutqining o'sishida muhim bosqich bo'ladi. Bola o'z fikrlarini yozma nutqda bayon qilishga harakat qiladi. O'quvchi o'qituvchining topshirig'iga binoan yozma ishlar bajarayotganda o'zining shu ishiga baho berilishini, o'z fikrining qanday til bilan bayon qilinganiga qarab baho berilishini oldindan bilib turadi. O'quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni o'ziga - o'zi gapirib berishni mashq qilib turishi o'quvchi nutqining o'sishiga katta tahsir qiladi. Bolalar nutqining o'sishida tarbiyachining nutqi katta ro'l o'ynaydi, chunki uning nutqi bolalar uchun namunali nutq hisoblanadi [27-30].

Xulosa qilib aytganda pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab turli muloqot shakllarini qo'llagan holda og'zaki va yozma nutqni o'stirish bilan birga nutq madaniyatini va muloqotga kirishishni ham o'rgatib borishlari zarur hisoblanadi .

REFERENCES

[1] Sh.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: —O'zbekistonll. 2017 y.

[2]G'oziev E. Psixologiya: (Yosh davrlari psixologiyasi). Pedagogik institutlar va universitetlarning talabalari uchun o'quv qo'llanma. - T.: O'qituvchi, 1994.- 224 b.

[3] Maslow A.H. Synergy in the society and in the individual, J. Individ// 'sychol., 1964, 20, 153-164.

[4] Reklen M. Les 'roblemes de 'sychologies. - 'aris, 1994.

[5] Хатамова, Д. А. (2010). Проблемы идентификации и эквивалентности литературоведческих терминов (на материале русско-узбекской терминологии): Автореф. дисс. канд. филол. наук.

[6] Khatamova, D. A. (2019). Sphere of reception of the term "artistic image". A young scientist. Kazan, 45, 283.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

[7] Khatamova, D. A. Historical and cultural background od typological study russian and uzbek literature. Journal of critical reviews/ISSN-2394-5125 VOL, 7, 130-138.

[8] Хатамова, Д., & Мохигул, А. (2021). Тил ва сузнинг фарки. Общество и инновации, 2(5/S), 246-249.

[9] Хатамова, Д. А., & Алтундаг, М. (2021). К вопросу о термине «художественный образ». Интернет-пространство как вызов научному сообществу XXI века, (1), 43-46.

[10] Хатамова, Д. А. (2019). Сфера рецепции термина" художественный образ". Молодой ученый, (45), 386-389.

[11] Хатамова, Д. А. (2016). К вопросу об идентификации некоторых литературоведческих категорий. Молодой учёный, 7, 1185.

[12] Журчева, Т. В. (2011). Герой и среда в современной драматургии: от" Утиной охоты" до" Кислорода" и" Пластилина". In Современная драматургия (конец XX-начало XXI вв.) в контексте театральных традиций и новаций (pp. 39-48).

[13] Хатамова, Д. А. К ПРОБЛЕМЕ АДЕКВАТНОСТИ ПЕРЕВОДА ЛИТЕРАТУРОВЕДЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ. In Стратеги м1жкулътурног комушкацП в мовнт освiтi сучасного ВНЗ [Електронний ресурс]: зб. матерiалiв Мiжнар. наук.-практ. конф., м. КиХв (5 березня 2016р.).—К.: КНЕУ, 2016.—233 с. ISBN 978-966-956-090-1 (p. 213).

[14] Ахмедова, М. (2020). ИЗУЧЕНИЕ ПРОБЛЕМ СРАВНИТЕЛЬНОГО ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЯ В УСЛОВИЯХ ДИСТАНЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ. Review of law sciences, (2).

[15] Ахмедова, М. М. (2020). РАССКАЗЧИК-ГЕРОЙ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ А. ЮЛДАШЕВА (ЙУЛДАШЕВА)(РАССКАЗЫ «ПУАНКАРЕ» И «БЛИЗНИЦЫ»). Oriental Art and Culture, (IV).

[16] угли Исмоилов, Ш. О., & Ахмедова, М. М. (2020). ИЗУЧЕНИЕ ОСНОВНЫХ АСПЕКТОВ СОВРЕМЕННОЙ ПРОЗЫ ВО ВРЕМЯ ДИСТАНЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ. Science and Education, 1(4), 268-274.

[17] Akhmedova, M. M. (2021). The transformation of Russian prose of the XXI century. Science and Education, 2(4), 527-532.

[18] Ахмедова, М. М. (2019). О ПРОЦЕССЕ ТРАНСФОРМАЦИИ ГЕРОЯ (на примере рассказа З. Прилепина «Какой случится день недели»). In Проблемы методологии и опыт практического применения синергетического подхода в науке (pp. 39-40).

[19] Аделя, И. Н., Исломбек, С. К., & Ахмедова, М. М. (2020). РОЛЬ ЛИТЕРАТУРЫ В ФОРМИРОВАНИИ ГРАЖДАНСКОГО ПРАВА. Science and Education, 1(4).

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

[20] Pulatova, U. R., & Ahmedova, M. M. The originality of the heroes in russian literature of the XXI century. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) SJIFImpact Factor, 6, 264-268.

[21] Исмоилов, Ш. О. У., & Ахмедова, М. М. (2020). ИЗУЧЕНИЕ ОСНОВНЫХ АСПЕКТОВ СОВРЕМЕННОЙ ПРОЗЫ ВО ВРЕМЯ ДИСТАНЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ. Science and Education, 1(4).

[22] AHMEDOVA, M. M. (2019). The role of Zakhar Prilepin in modern Russian literature. Иностранные языки в Узбекистане, (4), 230-240.

[23] Ниязова, Н. (2020). Дискуссия и дебаты как средства совершенствования культуры речи у студентов юридических факультетов. Review of law sciences, З(Спецвыпуск).

[24] Nasiba, N., & Madinabonu, A. (2020). The Role of Literary Texts in Teaching (On the Example of Modern Literature-Z. Prilepin). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 5, 4120-4126.

[25] Ahmedova, M. M. (2019). THE ROLE OF ARTISTIC DETAILS IN MODERN UZBEK LITERATURE (ON THE EXAMPLE OF A. YULDASHEV'S WORK).

In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 39-43).

[26] Ахмедова, М. М., & Сабурязов, И. К. (2019). Роль современной литературы в деятельности юриста (на примере рассказа «Карлсон» Захара Прилепина). Вестник науки и образования, (24-2 (78)).

[27] Gulomjonovna, N. N., & Sobirjonovna, M. M. (2019). Peculiarities of using shrines in Fergana Valley for the Purpose of Tourism. International Journal on Integrated Education, 2(6), 1-4.

[28] Nazarova, N. G. (2021). Tourism terminology pragmatics. Middle European Scientific Bulletin, 12, 315-318.

[29] Gulomjonovna, N. N. Features Of Training Guide-translators. JournalNX, 152-155.

[30] Nazarova, N. G. (2020). PROBLEMS AND PROSPECTS IN THE TRAINING SYSTEM OF GUIDE TRANSLATORS IN UZBEKISTAN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 253-256.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.