Научная статья на тему 'BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA MULOQOT MASALALARI “ILM YO’LI” DASTURI MISOLIDA'

BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA MULOQOT MASALALARI “ILM YO’LI” DASTURI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4752
370
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilm yo’li dasturi / kompetentlik / muloqot / ijtimoiylashuv / rivojlantiruvchi markaz / til va nutq. / Science Path Program / Competence / Communication / Socialization / Development Center / Language and Speech.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulbahor Zafarboyevna Eshbekova

Ushbu maqola pedagog tarbiyachilar uchun bo’lib unda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6-7 yosh bolalarni maktabtabga tayyorlashda muloqot masalalarini xal etish yo’llari ‘Ilm yo’li variativ dasturi orqali bayon etilganligi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMMUNICATION ISSUES IN PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL ON THE EXAMPLE OF THE PROGRAM "ILM YO’LI"

This article is for educators and describes how to solve communication problems in preparing 6-7 year old children for school in preschools through the ‘Science Path Variety Program’.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA MULOQOT MASALALARI “ILM YO’LI” DASTURI MISOLIDA»

BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA MULOQOT MASALALARI

"ILM YO'LI" DASTURI MISOLIDA

Gulbahor Zafarboyevna Eshbekova

Jizzax davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola pedagog tarbiyachilar uchun bo'lib unda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 6-7 yosh bolalami maktabtabga tayyorlashda muloqot masalalarini xal etish yo'llari 'Ilm yo'li variativ dasturi orqali bayon etilganligi keltirilgan.

Kalit so'zlar: Ilm yo'li dasturi, kompetentlik, muloqot, ijtimoiylashuv, rivojlantiruvchi markaz, til va nutq.

COMMUNICATION ISSUES IN PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL ON THE EXAMPLE OF THE PROGRAM "ILM YO'LI"

Gulbahor Zafarboevna Eshbekova

Jizzakh State Pedagogical Institute

ABSTRACT

This article is for educators and describes how to solve communication problems in preparing 6-7 year old children for school in preschools through the 'Science Path Variety Program'.

Keywords: Science Path Program, Competence, Communication, Socialization, Development Center, Language and Speech.

O'zbekistonimizda yangilanish jarayoni kechayotgan xozirgi davrda kelajagimiz egalari bo'lmish bolalarni ma'naviy boy, axloqan yetuk, intelektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baqquvvat qilib tarbiyalashga, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga alohida ahamiyat berilmoqda . Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tendensiyalari kengayib bormoqda [1-4]. Respublikasining 2020 yil 23 -sentyabrdagi 'Talim -to'g'risidagi O'RQ-637- son qonun'. 2019 yil 16 -dekabrdagi Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi qonunlari, 2020 yil l9 -martdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 'Bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risidagi 132 -son qarori tizimdagi islohatalarning jadallashuviga muhim burilish yasadi Qaror ilovasida 2020-2025 yillarda bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'rsatkichlarida viloyatimiz bo'yicha 30 810 nafar bolani maqsadli qamrab olish belgilab qo'yilgan. Bolalarni maktabga tayyorlashda muloqot masalalari bolaning keying ta'lim bosqichida qiyinchiliklarga duch kelmasligi hamda

ijtimoiylashuvidagi o'rninini belgilashda muhim hisoblanadi. Maktab ostonasiga qadam qo'ygandan so'ng bolalar yangi jamoada , yangi muhitda xar bir dars mashg'ulotlarida muloqotga kirashadilar .Bolalarni bir yillik majburiy tayyorlashda 'Ilm yo'li '1 variativ dasturi bolalarning to'laqonli riuvojlanishi , tarbiyalanishi va o'qishini, uning maktabda samarali tayyorlanishiga qaratilgan bo'lib, unda halqaro tajribalar hisobga olingan Dasturning asosiy sohalaridan ;nutq muloqot , o'qish va yozish malakalari sohasi kompetensiyalari bolalarning muloqot malakasini egallashlari uchun kompetentlik yondashuv hisoblanadi [5-9]. Maktabgacha yoshdagi bolalrning ta'limida kompetentlik yondashuvi bolaning o'suvchi shaxsini hayotga , shu jumladan maktabda o'qishga tayyorlashni, unda ma'naviy qadriyatlar va me'yorlarni o'zlashtirish , boshqa kishilar bilan muloqot qilish , o'z menini shakllantiriush bilan bog'iq bo'lgan hayotiy muhim masalalarni hal qilisjh uchun zarur bo'ladigan faoliyat usullarini ko'zda tutadi. 6-7 yoshli bolaning muloqoti vaziyatli shaxsiy, y'ani belgilangan aniq vaqtdagi vaziyatni emas , balki 'nima bo'ladi' yoki 'endi nima bo'ladi 'tarzidagi vaziyatni aks ettiruvchi sifatida bo'ladi bolalarning aksariyat muloqot mazmuni kattalar olami , hulq -atvor qoidalari ' ma'lum bir tabiat hodisalaridan iborat bo'ladi [10]. Bu yoshda bolalr kishilar tabiatini ochuvchi muloqopt me'yorlar va odamlar orasidagi qoidalarning tashuvchisi bo'lib hisoblanadi.Ularning muloqot jarayonidagi etakchi ehtiyoj - o'zoro tushinish va xis tuyg'ularni xis qilish ehtiyojidir. O'zlarining ijobiy va salbiy yorqin kechinmalari bilan o'rtoqlashadilar. Bu vaziyatlarda pedagoglar yok iota- onalar bolaning xis tuyg'ularini, bola hayoti uchun ahamiyatli ekanligini unutishmagan holda qabul qilishlari lozim. Bolalarning muloqotning birinchi shakli atrofidagilarga nisbatan qiziqishi uning his-tuyg'ularga boy munosabati orqali tavsiflanadi [11-15]. 6-7 yoshda bolaning qiziqishlari atrof-muhitga yo'naltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo'ladi. Bu yoshda nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

- bolada kattalarga nisbatan emotsional bog'liqlik va ishonch hissini tarbiyalash;

- uning o'ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e'tibor talab qilishini qondirish;

Maktab yoshiga kelib bolaalrda asosiy muloqot ko'nikmalari shakllanadi va ular quyidagilar

-bola tomonidan odam turmush madaniyati predmetlari va narsalar dunyosining o'zlashtirilishi

-boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qila olish qobilyati ,

-maktab o'quvchisining ichki xissiyoti 'ning shakllanishi , ya'ni ongli ravishda , u nima qilish kerakligi va katta kishilar undan nima kutayotganligini to'la tushinishi

va bolada maktabga borishn istagining paydo bo'lishi 'Ilm yo'li ' dasturining pedagog tomonidan qanchalik bajarilganligi bilan tavfsiflanadi [16]. Dastur bo'yicha

1 'Bolalarni boshlang'ich ta'limga bepul bir yillik tayyorlash bo'yicha 'Ilm yo'li ' variativ dasturi

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 244

rivojlantiruvchi muhitning tashkil etililishi va rivojlantiruvchi markazlarning tashkillashtirilishi va markazlarning transformatsiyalanishi muhimligi va natijada bolalrning muloqotlari masalalri echimining paydo bo'lishi orqali xar bir inson muloqot yuritishga va uning fikrlari e'tirof etilishiga xaqlidir tamoyiliga tayanganligining yaqqol namunasidir. 6-7 yoshli bolalrning nutqini rivojlantirish jarayoni bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog'liqdir [17-20].

Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya'ni hissiyvositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro'y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. 6-7 yoshda bolaning qiziqishlari atrof-muhitga yo'naltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo'ladi. Bu yoshda nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

-bolada kattalarga nisbatan emotsional bog'liqlik va ishonch his-sini tarbiyalash;

-uning o'ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e'tibor talab qilishini qondirish;Maktabgacha yoshdagi bolalrning ta'lim olishiga faol yondashuvlar ularning erkin muloqoti kabi ko'rinishlari tashkil etishni talab etadi.

Dastur rejasi bo'yich tashkil etilgan faoliyatlar da rivojlanish sohalari bo'yicha maqsadlar ifoda etilib unga ko'ra xar bir bola nutq qismlaridan to'g'ri foydalanishga o'rgatish, xar -xil turdagi jumlalarniu tuzish va ijobiy munosabat ,faol muloqot tashkil etiladi .Kun davomida o'tkazilgan ta'limiy faoliyatlar so'ngida xulosalovchi suhbatlar tashkil etilishi bolalrning maktabda o'qishlarida muloqotga kirishishda qiyinchiliklar kuzatilmasligiga sabab bo'ladi.Nutq va til markazida bolalar faoliyatlar davomida axloqiy va anglashga doir suhbatlar ,lug'at zaxirasini boyitish ,mantiqiy fikrlash va nutqni rivojhlantirish maqsadlarida didaktik o'yinlar tashkil etiladi,Jumladan ;'Yerda va koinotda ', 'Dunyo shaxarlari' , Atrofimizdagi tabiat ''Kim qaerda yasheydi''qani topchi kim chaqirdi ,'Qaxramonlar qaysi ertakdan',To'rtinchisi ortiqcha', Didaktik o'yinlar yordamida bolalarda atrof olam haqidagi bilimlar mustahkamlanadi, lug'at mustahkamlanadi, aniqlashtiriladi va faollashtiriladi [21]. Didaktik o'yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning tilga oid o'yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini rag'batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so'z birikmasini o'ylab ko'rish, so'ngra gapda so'zlarni bir-biri bilan to'g'ri bog'lash qobiliyatini o'rgatishi Didaktik o'yinlar nutqiy mahorat va ko'nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so'zni o'zgartirish, hikoya to'qish va h.q.) qo'llaniladi Bolalarni maktabda qiynalmasdan o'qishlari uchun muloqot va til masalalriga e'tibor berish talab etiladi'Til qanchalik oldin egallab olinsa, bilimlar ham shunchalik oson va to'liqroq o'zlashtiriladi» (N.I.Jinkin) . Pedagog bolalar bilan kun davomida turli faoliyt

2

Жинкин Н.И. Механизмы речи. - М. АПН, 1958. - С.

turlarini tashkil etadi.Mashg'ulotlardan tashqari sayr va kuzatish , ovqatlanish davomida mulqoqotga kirishadi.Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi bo'lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To'g'ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya'ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo'llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug'atdan foydalanishni o'rgatsa bolalarning lug'ati boyiydi [22]. Agarda pedagog o'z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og'zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she'rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo'ladi [23].

Pedagog kun davomida olib borilgan ta'limiy faoliyatlarni xulosalash bo'yicha kun yakunida kun natijalari bo'yicha qisqacha suhbat o'tkazishi bolalarni xotirasini mustahkamlash va muloqot faolligiga erishishga sabab bo'ladi [24]. Muloqot faolligiga erishish uchun "Ilm yo'li ' dasturida pedagogning ta'lim tarbiyaviy faoliyati va ertalabki doira suhbatlari ,rivojlanish sohalari bo'yicha maqsadlarning to'g'ri qo'yilishi bolalarni maktabga tayyorlashda muloqotni shakllantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi [25]. Ta'lim va tarbiya faoliyatida didaktik o'yinlar orqali bolalarning lug'ati faollashtiriladi ,to'gri va chiroyli tilda o'z fikrlarini ifoda etishga o'rgatiladi.xulosa qilib aytganda "Ilm yo'li 'variativ dasturi orqali inklyuzif tamoyillarga tayanilib ta'lim tarbiya jarayonlari tashkil etiladi Muloqotda tashabbuskorlik , sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik va emotsiyalar shakllanib boradi.

REFERENCES

[1] Farsakhanova, D., & Turakulov, X. (2020). Ideological and moral education in the preparation of future teachers for professional activity. Архив Научных Публикаций JSPI.

[2] Norbosheva, M. RIVOJLANTIRUVCHI ERKIN FAOLIYAT MARKAZLARINI TASHKIL ETISH VA UNING AHAMIYATI. O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O 'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLATPEDAGOGIKA UNIVERSITETI, 219.

[3] Aripova, A. K. (2020). STUDY OF THE SCIENTIFIC AND LITERARY HERITAGE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(8), 194-201.

[4] Абдужалилов, Д., & Арипова, А. (2021). КУЛЬТУРА ОБЩЕНИЯ СОТРУДНИКОВ ОВД. Scientific progress, 2(1), 328-332.

[5] Арипова, А. Х. (2021). ШАР^НИНГ БУЮК НОТЩЛАРИ. Scientific progress, 2(1), 738-748.

[6] Kadirov, B., & Aripova, A. X. (2021). ZAMONAVIY TA'LIMDAGI MUAMMOLAR. Scientific progress, 2(1), 699-704.

[7] Арипова, А. Х. (2021). ЛИНГВО-КУЛЬТУРОЛОГИЧЕКИЕ И ЭТНО ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИСТОРИИ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА. Scientific progress, 7(6), 379-390.

[8] Арипова, А., Убайдуллаев, С., Махмудхужаев, Ж., & Бобохонов, Ш. (2021). Идея совершенной и всесторонне развитой личности как социокультурный феномен в развитии человека. Science and Education, 2(4), 522-526.

[9] Убайдуллаев, С., Арипова, А., & Истамов, Н. (2021). Туризм в Узбекистане. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(4), 6-10.

[10] Истамов, Н., Убайдуллаев, С., Махмудхужаев, Ж., & Бобохонов, Ш. (2021). ТУРИЗМ-КАК ВЕДУЩИЙ СЕКТОР МИРОВОЙ ЭКОНОМИКИ. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(4), 1-5.

[11] Aripova, A. K., & Khodjaeva, K. S. (2021). HAZRAT ALISHER NAVOI A GREAT REPRESENTATIVE OF THE ART OF SPEECH. Scientific progress, 1(6).

[12] Арипова, А. Х., & Ходжаева, Х. Ш. (2021). БУЮК СУЗ САНЪАТКОРИ АЛИШЕР НАВОИЙНИНГ СЕР^ИРРА ИЖОДИЙ МЕРОСИ. Scientific progress, 1(6).

[13] Арипова, А. Х. (2021). НУЩ МОХДЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТУВЧИ МУХДМ ВОСИТА. Scientific progress, 1(6).

[14] Aripova, A. K., & Khodjayeva, K. S. (2020). The ideal appearance of a modern teacher. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 1816-1821.

[15] Aripova, A., Khodjayeva, K., & Yuldasheva, N. (2020). Methods, aspects and components of teaching the Uzbek (Russian) language as a foreign language on the experience of foreign students. Journal of Critical Reviews, 7(4), 393-398.

[16] Khasanovna, A. A. (2021). The Live Word Is An Important Tool That Constitutes The Content-Essence Of The Oratory Art. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(02), 417-434.

[17] Арипова, А. (2007). Нотиклик ва унинг лисоний-услубий воситалари. Тошкент, Жахрн иктисодиёти ва дипломатия университети.

[18] Aripova, A. K. (2020). Ancient Uzbek Tribes And Clans Inhabiting In Central Asia. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09), 384394.

[19] Aripova, A. (2018). Sociocultural realities in the development of personality. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 247

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

[20] Арипова, А. (2019). Межкультурная коммуникация-как необходимый процесс глоболизации.

[21] Aripova, A. K., & Khodjaeva, K. S. (2021). HAZRAT ALISHER NAVOI A GREAT REPRESENTATIVE OF THE ART OF SPEECH. Scientific progress, 7(6).

[22] Aripova, A., Khodjayeva, K., & Yuldasheva, N. (2020). Methods, aspects and components of teaching the Uzbek (Russian) language as a foreign language on the experience of foreign students. Journal of Critical Reviews, 7(4), 393-398. [23] Xamidova, G. (2020). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNIING AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLL ANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING O" RNI. Архив Научных Публикаций JSPI.

[24] Ahmedova, M. M. (2019). THE ROLE OF ARTISTIC DETAILS IN MODERN UZBEK LITERATURE (ON THE EXAMPLE OF A. YULDASHEV'S WORK).

In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 39-43).

[25] Akhmedova, M. M. (2021). The transformation of Russian prose of the XXI century. Science and Education, 2(4), 527-532.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.