Научная статья на тему 'YOSHLAR ORASIDA MUTOLAANI OMMALASHTIRISH – MUAMMOLARNING MUHIM YECHIMI SIFATIDA'

YOSHLAR ORASIDA MUTOLAANI OMMALASHTIRISH – MUAMMOLARNING MUHIM YECHIMI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Raimnazarova Nasiba Xoliyarovna

Ushbu maqolada mutolaani ommalashtirish orqali ma’naviy barkamollikka erishish konseptsiyasining mohiyati, bu borada Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati, kitobxonlikni ommalashtirish yo‘lidagi yutuqlar barobarida mavjud kamchiliklar va ularning yechimlari xususida ayrim xulosalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR ORASIDA MUTOLAANI OMMALASHTIRISH – MUAMMOLARNING MUHIM YECHIMI SIFATIDA»

YOSHLAR ORASIDA MUTOLAANI OMMALASHTIRISH -MUAMMOLARNING MUHIM YECHIMI SIFATIDA

Raimnazarova Nasiba Xoliyarovna

TerDPI f.f.f.d., dotsent v.b https://doi.org/10.5281/zenodo.11213672

Annotatsiya. Ushbu maqolada mutolaani ommalashtirish orqali ma'naviy barkamollikka erishish konseptsiyasining mohiyati, bu borada Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati, kitobxonlikni ommalashtirish yo'lidagi yutuqlar barobarida mavjud kamchiliklar va ularningyechimlari xususida ayrim xulosalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: mutolaa, ma'naviyat, Yangi O 'zbekiston, Renessans, fikr tarbiyasi, "baxtsiz bolalik", integratsiya.

Аннотация. В данной статье раскрыта суть концепции достижения духовного совершенства через популяризацию чтения, значение реформ, реализуемых в Новом Узбекистане в этом плане, сделаны некоторые выводы о существующих недостатках на пути популяризации чтения и их решения.

Ключевые слова: чтение книг, духовность, Новый Узбекистан, Возрождение, интеллектуальное образование, «несчастное детство», интеграция.

Abstract. This article presents the essence of the concept of spiritual maturity through popularization of reading, the importance of the reforms implemented in New Uzbekistan in this regard, as well as some conclusions about existing shortcomings in popularizing reading and their elimination.

Key words: reading, spirituality, New Uzbekistan, Renaissance, thought education, "unhappy childhood", integration.

O'zbek xalqining dastlabki Renessanslarda ilm-fanda qilgan olamshumul kashfiyotlari negizida va undan keyingi davrlarda ham ilm-fan, adabiyot va san'at sohalarida erishgan ulkan yutuqlari asosida asrlar mobaynida milliy zehniyatimizda sayqallanib, ma'naviy ehtiyojga aylanib ulgurgan mutolaa madaniyati mavjudligi fakt o'laroq namoyon bo'ladi.

Bugungi kunda milliy masala sifatida qaralayotgan ma'naviyat sohasidagi davlat nazarda tutgan islohotlar, yangilanishlar, Yangi O'zbekistonning milliy manfaatlar bilan bog'liq muhim pozitsiyanisi ham aynan mutolaa bilan suyagi qotgan, dunyoning ilg'or fikr, g'oya va mohiyatlaridan voqif yoshlargina to'la-to'kis real hayotga tatbiq etishi mumkin.

Yurtboshimiz 2019-yil 19-mart kuni bayon etgan 5 ta muhim tashabbusning to'rtinchi yo'nalishida - yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish nazarda tutiladiki, bunda ma'naviyat va kitobxonlik istilohlari orasidagi uzviylik yaqqol ko'zga tashlanadi.

"Ommaviy madaniyat", didsizlik, savodsizlik, hayosizlik, kosmopolitizm, xudbinlik, terrorizm, eksteremizm, mutaassiblik, xiyonat, urush, dekadentlik kabi qator katastrofalarni targ'ib qilayotgan va turfa g'arazli g'oyalar bilan niqoblangan jimjimalar o'z iskanjalarini yoshlar ongiga singdirishga qasd qilayotgan internet asrida - mutolaa zohiran jo'n hodisa sifatida ko'rinsa-da, aslida, biz sanab o'tgan illatlarga qarshi kurashdagi asosiy "qurol"lardan biri sifatida ahamiyat kasb etadi.

2023-yilning 22-dekabr kuni o'tkazilgan Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining kengaytirilgan yig'ilishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning: "Tarixdan ma'lum: Vatan va

xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari - uyg'oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san'at namoyandalari, ma'naviyat va ma'rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. Mamlakatimiz o'z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g'arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur" [1] - degan hayot tasdig'idan o'tgan purma'no fikrlarining ro'yobi ham mutolaa bilan ulg'aygan avlodlarga bog'liq ekanligini e'tibordan qochirmasligimiz kerak.

Ko'hna Sharqda kitob, kitobxonlik, ilm olishdek ezgu amalning inson ma'naviy kamolotidagi beqiyos o'rni xususida ko'p va xo'p aytilgan va aytilayotir. Shunday aksioma darajasida tilga olinadigan Hazrat Alisher Navoiyning: "Yigitlikda yig' ilmning maxzani, Qarilik chog'i sarf qilg'il ani", - bayti, bizningcha, barcha zamonlar uchun ham birdek aktualdir.

Ilm qanday o'zlashtiriladi? Buning uchun qanday komponentlar zarur? Yoshlar qay holatda ommaviy ravishda kitobxon o'laroq mutolaa bilan mashg'ul bo'lishi mumkin va buning uchun nimalar qilish kerak?

Biz, quyida mazkur savollar yuzasidan sub'yektiv mulohazalarimizni bayon etamiz. Ayni jarayonda mavjud vositalar va hali o'zlashtirmaganimiz muhim jihatlarni ham qayd etishni lozim topdik.

Birinchidan, sharoit. Mutolaa uchun muayyon sharoit (sharoit o'z ichiga oluvchi xotirjamlik) bo'lishi lozim va bu Yangi O'zbekistonda a'lo darajada tashkil etib berilgan. Bir ma'ruzasida Prezidentimizning bu boradagi tashabbuslarini e'tirof etish zarur. "Kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o'rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o'rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ'ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda. Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va, ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. Ana shu vazifani hal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o'rtasidagi o'zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy to'siq bo'lmoqda. Shu munosabat bilan, Bosh vazirga alohida komissiya tuzib, bir oy muddatda darsliklar, maxsus va badiiy adabiyotga bo'lgan real ehtiyojni, ularni boshqa tillarga tarjima qilish, ular bilan o'quv yurtlari, kutubxona va axborot-resurs markazlarini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar kompleksini taqdim etish topshiriladi. Bunda yoshlar va aholining keng qatlamlari o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish masalalariga ham alohida e'tibor berish lozim bo'ladi. Kitoblarning haqiqiy narxi shakllanishini juda ham puxta o'rganish zarur. Shu o'rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan masala, ya'ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo'lgan muhabbatini, ularning ma'naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi [2].

Ikkinchidan, munosabat. Jamiyatda kitob va mutolaaga bo'lgan munosabatni jiddiylashtirish zarur. Zotan, mutolaa ruh (his-tuyg'u)ni tarbiyalash barobarida fikrni ham sayqallab, o'stirib boradikim, bu hozirgi jamiyatimizda kechayotgan shaxslashish jarayonida erkin va sog'lom fikrli yoshlar sonini oshirishda muhimdir. Ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ayni masalada: "Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko'p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur" [3.39] deya bayon etgan. Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda jamiyatning, ijroning quyi bo'g'inlarida kitobxonlik va mutolaaga, mutolaa vositasida ma'naviy yuksalish amaliyotiga bo'lgan munosabat

taassufki, qoniqarli emas. Munosabatning jiddiy bo'lishi oila, maktab, oliy ta'lim kabi bosqichlarga bog'liq jarayon. Yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir maqolaga ko'zim tushdi. Unda Janubiy Koreyadagi ta'lim jarayonlari xususida so'z boradi. Maqoladagi bir so'z birikmasi meni lol qoldirdi: "baxtsiz bolalik"! Bu urush yoki uning asoratlari tufayli yurti, oilasi, maktabi, do'stlari - bolaligi barbod bo'lgan umrning umumlashma manzarasini namoyon etuvchi ibora emas, bu bor-yo'g'i har bir koreys o'g'il-qizining o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan davrda ta'lim tizimida kechadigan muntazam mutolaa, o'z ustida ishlash, qattiq rejimdagi o'qishga asoslangan umri! Bu "baxtsiz"lik esa o'n sakkiz yoshdan so'ng qanday natijalar berayotganligi esa hech kimga sir emas: Janubiy Koreya - ana shunday yoshlarning bir necha avlodi bilan qisqa davrlda rivojlangan mamlakat qurishga erishdi.

Uchinchidan, moddiy va ma'naviy rag'bat. Ko'plab ziyolilarimiz hech qaysi mamlakatda kitob o'qigan odamga avtomashina berishmaydi, deya bot-bot so'zlashadi. Chindan ham shunday. Davlatimiz rahbariyati bu borada ham rag'batlantirib kelmoqda. Bu tahsinga sazovor chora-tadbir! Ammo, jamiyatimizda kitobxonga ma'naviy rag'bat berish masalasidagi qarichlar, o'lchovlar va qarashlarning turfa ekanligi ham bor gap. Bu yana oila institutiva umumta'lim jarayonlariga bog'liq muammodir. Bizningcha, oiladagi ma'naviy dalda, maktabdagi stimul kitob o'qishga bo'lgan ishtiyoqning yanada alangalanishini ta'minlab beradi. Aksincha, ayni davrdagi bee'tiborlik va noto'g'ri yondashuv bolaning shahdini so'ndiradi. Bundan ehtiyot bo'lish lozim.

To'rtinchidan, kitobxonlikni ommalashtirishda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish zarur. Zero, zamonaviy dunyoning ilg'or instrumentlari internet, axborot komunikatsiya texnologiyalari, sun'iy intellekt kabi qator vositalardir. Internet kitobxonlikni rivojlantirish uchun ko'p va beqiyos keng imkonlarni taqdim eta oladi. Masalan, agar adabiyot o'qituvchisi axborot texnologiyalarini yaxshi egallagan bo'lsa, aniq vaqtni belgilagan holda onlayn kitobxonlar konferensiyalari tashkil qilishi, bu anjumanga asar muallifini ham taklif etishi mumkin bo'ladi. Tabiiyki, muallif bilan asar haqida suhbatlashish, unga o'zini qiziqtirgan savollarni berish imkoni yoshlarni befarq qoldirmaydi. Shunga o'xshash, internet orqali turli o'quv muassasalari o'quvchilari orasida har xil ko'rik-tanlovlar, musobaqalar, viktorinalar tashkil qilish, ularning faol ishtirokchilarini rag'batlantirib borish kabi ishlar muntazam yo'lga qo'yilsa, kitobxonlik madaniyatining yuksalishiga g'oyat kuchli impuls berilgan bo'ladi. Bundan tashqari, internet tarmog'iga taniqli mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan konkret asarlarning talqinlari joylashtirilsa, o'quvchida ularni o'zaro qiyoslash va o'zining munosabatini bildirish ehtiyoji tug'iladiki, bu ham kitob o'qishga qiziqishni oshiradigan vosita bo'lishi mumkin. Shuningdek, onlayn tarzda - real vaqtda o'tkaziluvchi vebinarlardan ham kitobxonlikni targ'ib etish ishida samarali foydalanish mumkin [4.33]. Chindan ham ta'limning AKT bilan integratsiyalashuvi mutolaaning ommalashishiga xizmat qilishi mumkin.

Biz, avvalo, katta hayot yo'liga hozirlik ko'rayotgan o'g'il-qizlar o'ngida moddiy ehtiyojlar zarurati birobarida ma'naviy kemtiklarni to'ldirib borish ham hayot-mamot masalasi ekanligini uqtirishimiz va bu borada o'z amalimiz bilan ularga ibrat bo'lmog'imiz lozim. Ko'zimiz bilan ko'rib turgan materialistik olam faqatgina moddiyatlardan iborat emas, uning mohtiyatida ma'naviy olam ham borkim, unda istiqomat qilish baxti va farog'ati hech qanday moddiy komfortlardan qolishmasligini, aksincha, har qayday maishiy unsurlardan ustuvor ekanligini singdirib, uqditirib, hayotiy misollar yordamida ko'rsatib borishimiz lozim. Bu jarayonda mutolaadan o'zga najot yo'qligini tushunib yetgan avlod, shubhasiz, baxtli avlod sifatida mamlakatimizning taraqqiyoti yo'lida o'z hissasini qo'shaveradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. https://president.uz/uz/lists/view/6941

2. https://www.norma.uz/muhim voqealar/-

intizom va shahsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bulishi ke rak

3. Avloniy Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. /Tanlangan asarlar. Ikki jildlik. J.2. -Toshkent: Ma'naviyat, 1998.

4. Quronov D. Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishning ayrim masalalari haqida mulohazalar. "Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish: muammo va vazifalar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Navoiy: 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.