Научная статья на тему 'OʻZEKISTONDA UCHINCHI RENESANS KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH'

OʻZEKISTONDA UCHINCHI RENESANS KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
195
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kitob / ong / tafakkur / mutolaa / kitobxon / madaniyat / taraqqiyot.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nasiba Madreymova

Ushbu maqolada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunda kitob mutola qilish va yosh avlodni kitobxonlik madaniyatini oshirish milliy dasturi va yosh avlodning kelajakdagi oʻrni haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZEKISTONDA UCHINCHI RENESANS KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH»

O'ZEKISTONDA UCHINCHI RENESANS KITOBXONLIKNI

RIVOJLANTIRISH

Nasiba Madreymova O'zbekiston san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunda kitob mutola qilish va yosh avlodni kitobxonlik madaniyatini oshirish milliy dasturi va yosh avlodning kelajakdagi o'rni haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: kitob, ong, tafakkur, mutolaa, kitobxon, madaniyat, taraqqiyot.

DEVELOPMENT OF THE THIRD RENAISSANCE LIBRARY IN

UZEKISTAN

Nasiba Madreimova Nukus branch of Uzbekistan Institute of Arts and Culture

Abstract: This article provides information on the development of a reading culture, the national program for reading books today and improving the reading culture of the younger generation, the role of the younger generation in the future.

Keywords: book, mind, thinking, reading speed reading reader development

Kitob insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e'tiborga loyiq ko'rinishidir. Kitoblarda kechmish zamonlarning aql idroki yashaydi; tuproqlari allaqachonlar to'zg'ib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi. Insoniyat yaratgan qayta-qayta o'ylab ko'rgan va u erishgan narsalarning bari xuddi sehrli sandiqday kitoblar sahifasida saqlanib qolgan. Shunday ekan biz ko'proq kitoblar o'qishimiz, bilmagan narsalarimizni o'rganishimiz va o'z ustimizda tinimsiz va qattiq mehnat qilishimiz kerak.

Kitoblar insonlar hayotining ajralmas qismi bo'lsagina ular o'z maqsadlariga erisha oladilar. Kitob o'qish inson dunyoqarashini o'zgartiradi, shuningdek biz kitob o'qish orqali atrofimizdagi olamni va undagi barcha muammo va dilxiraliklarni esdan chiqarib huzur topamiz. Darhaqiqat, kitob inson umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st hisoblanadi. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q.

Shu boisdan azal-azaldan ma'rifat peshvolari ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilm-u odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan. Kitob mutolaasi esa kishida chin insoniy fazilatlar shakllanishida, hayotda o'z o'rnini

I icclT^^^^H 465 http://oac.dsmi-qf.uz

topishida yordam beruvchi vositadir. Kitob bizdan o'rgatgan narsalari uchun hech narsa so'ramaydigan, qachon muhtoj bo'lsak bizga to'g'ri yo'l ko'rsatadigan, biz qanday ahvolda bo'lsak ham bizga yordam beradigan be'minnat do'stdir.

Faqat kitobgina bizga o'zida bor barcha narsalarni beradi evaziga esa hech narsa talab qilmaydi. Afsuski, shunday bo'lsada bugungi kunga kelib kitob o'quvchilar soni biroz pasayganday go'yo ko'pchilik internet olamiga sho'ng'ib ketgan, kitoblar qarovsiz qolayotganday. Yoshlarimizni mana shundan o'rgimchak to'ridan qutqarishning yagona yo'li bu badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishni kuchaytirishdir.

Sharq Uyg'onish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning o'rni beqiyos bo'lgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yo'naltirib va qo'llab-quvvatlab turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari yo'lida erkin ijtimoiylashuvi va o'zini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi.

Shu bois, mamlakatimizda eng katta e'tibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan bo'lib, bu vazifa O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son, 2017-yil 5-iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi PF-5106-son, 2018-yil 25-yanvardagi "Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb- hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5313-son farmonlari, shuningdek, ko'plab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan.

Ayniqsa, bu borada "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.Ma'lumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat bo'lib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda belgilangan normalar yoshlar huquq va erkinliklarini ta'minlangan.

Xususan; ushbu qonunning 5 moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilangan. Ushbu yo'nalishlardan davlat tomonidan yoshlarni qo'llab- quvvatlash borasida qanchalik ulkan vazifalar qamrab olinganligini, endilikda mazkur qonun yoshlarga qanday imkoniyatlarni kafolatlayotganligini ko'rish mumkin.

I icOE^^^^HI 466 http://oac.dsmi-qf.uz

Kitobxonlikni yuksaltirish maqsadida muhtaram prezidentimiz Shavkat Miramonivich Mirziyoyev tomonidan besh tashabbus loyihasi ilgari surilgan.Ushbu besh tashabbusning to'rtinchisi yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgandir.1

O'zbekiston "Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari" tamoyili asos taraqqiyotning yuqori bosqichiga qadam qo'ydi.Yangi davr shiddati jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an'analarni qaror topishga,xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy intelektual salohiyati,ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda,ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda kitobxonlik madaniyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Kitob-barcha zamon va davrlarda taraqqiyot va o'zgarishlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lib kelgan.Yoshlarda kitob o'qish ko'nikmasi shakllansa, o'z kamoloti yo'lida qolgan barcha amallarni kitobning o'zi o'rgatadi.

Kitob insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot bo'lganligi bois har qanday davr va zamonda kitob o'qish, kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.Ayniqsa, bugungi kunda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan maskur masalalarga davlat siyosati darajasida qarab, samarali ishlar yo'lga qo'yildi.

O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 13-sentabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli qarorida "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi" to'g'risidagi qarori ijrosi yuzasidan joylarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ'ib qilishga qaratilgan bir necha chora tadbirlar bo'lib o'tdi. Shundan ham ko'rishimiz mumkinki, yoshlarni kitobxonlikka qiziqishini orttirish uchun yurtimizda ko'plab sa'y-harakatlar qilinmoqda.

Ushbu islohatlardan meni e'tiborimni tortgani 2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturi bo'lib,u: 2020-2025-yillarga mo'ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi "Yoshlarga oid davlat yosati to'g'risida", Axborot kutubxona faolyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va Hukumat qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari, xalqaro huquqning umum e'tirof normalariga muvofiq tayyorlangan Dasturda kitobxonlik sohasidagi milliy va ilg'or xorijiy tajriba tahlili asosida

1 Abdusalom Umarov "Mutolaa madaniyati:shaxsjamiyat,taraqqiyot"

467

http://oac.dsmi-qf.uz

O'zbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqish, kitob mahsulotlarini yaratish, chop etish, yetkazib berish, kitobxonlikni ommalashtirish, ilmiy-metodik ta'minlash, kadrlar tayyorlash, kitobxonlik infratuzilmasini boqarish bilan bog'liq masalalar qamrab olingan. Dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, aholi ayniqsa o'sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim-tarbiyasi, dunyoqarashi, kitobxolik madaniyati shakllanishida katta ahamiyat kasb etib, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, rivojlanishining muhum omili sifatida xizmat qiladi.2

Lekin men ushbu dasturga yuqoridagilardan tashqari "O'qish tezligining milliy meyorlari"ning ham kiritilishi kerak edi deb o'ylayman. Chunki biz hozirgi kunda glaballashgan axborot texnalogiyalari asrida yashayapmiz. Kundan kunga yangi kitoblar axborotlar gazeta va jurnallar soni ham tobora ortib bormoqda. Bu esa o'z navbatida kitobxonlarning soninig ko'payishi va mutola uchun vaqtning ham ko'p sarflanishiga olib keladi. Chiqayotgan barcha axborotlarni va asosiy kitoblarni o'z vaqtida o'qib, ularni hayotga tadbiq eta olmasak zamon bilan hamnafaslik yo'qolib boraveradi.

Mutolaa jarayonida shaxsning operativ xotirasi hamda diqqatning muhimligi shakillanadi. Bu ikkalasi esa o'z navbatida shaxsning aqliy komolotini ta'minlaydi. Jamiyatning har bir a'zosini aqlan rivojlantirish esa mamlakatimizda amal qilinayotgan komil inson konsepsiyasining hamda har tomonlama sog'lom avlodni shakllantirish borasidagi say-harakatlarimizning asosiy maqsadidir.

Kitobni faqatgina tez o'qishgina emas balki, uni tushunib, idrok etib o'qish lozib bo'ladi. Rus olimlarining fikriga ko'ra, kitobxon tomonidan matni qanchlik sifatli o'zlashtirilganligini uning matn mazmunini qanchalik darajada anglaganligi hamda anglangan tushunchalarni hayotga qanchalik tadbiq qila olishi bilan belgilanadi.3

Biz ijtimoiy tarmoqlarda qisqa, ozgina ma'lumotlarni o'qiymiz. Shuning uchun ham katta kitoblarga qunt qilish oson bo'lmasligi mumkin. Kuniga ma'lum bir vaqtni belgilang yoki har kuni nechadir bet o'qiyman deb o'zingizga maqsad qo'ying. So'ng o'zingizni shu rejimga o'rgatishni boshlang. Boshida oson bo'lmasligi, kitob zerikarliday tuyulishi mumkin. Ammo bu ko'pincha o'rganib olguningizgacha davom etadi.

Bir so'z bilan aytganda bugungi kunda to'rtinchi tashabbus yoshlarni kitob atrofida birlashtira oldi. Kitoblar bilan birlashgan xalqning maqsadi aniq, borar manzili oydin bo'ladi. Mamlakatning ma'naviy darajasini ko'rsatadigan muhim ko'rsatkichlardan biri o'sha xalqning kitobxonligi, bugun qanday kitoblarni mutolaa qilayotganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun hozirgi kunda xalqimiz orasida

2 Islom Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" Toshkent: "Ma'naviyat", 2008.

3 Mirdjalilova S., R.To'laganova "Ta'limda innovatsiya", "Ta'lim jarayonida pedagog ilk texnologiyalar" metodiktavsiyanoma,2008yil 26. Qodirova F.R., M.Fayzullayeva.

I fccIT^^^^HI 468 http://oac.dsmi-qf.uz

kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni ommaviy kitobxonlikka jalb etish borasida davlat siyosati darajasida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda.

Chunki Prezidentimiz ham o'z nutqida ta'kidlaganidek, bugun kitob o'qiyotgan bola ertaga o'nta televizor ko'rayotgan bolalarni boshqarishi aniq. Buni O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan uch yildan buyon o'tkazib kelinayotgan "Yosh kitobxon" tanlovi orqali sezish qiyin emas. Bu tanlov yangi davrning "kitobxonlar avlodini" shakllantira oldi. Albatta, insonning eng sof va eng pokiza tuyg'ular oila bag'rida shakllanadi. Axir o'sayotgan farzand tarbiyani qo'lida kitob ko'targan ota-onasidan o'rganadi.

U ham ertaga televizor qarshisida emas, kitoblar qarshisida ilm olishga chog'lanadi. Kitob o'qigan oilaning ma'naviy havosi toza bo'ladi. Buyuklar, donolar ulg'ayadi bu xonadonda. Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to'plab avlodlarga yetkazadi. Haqiqatdan ham, hech bir manba kitob kabi inson kamolotini yuksaltira olmaydi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak bugungi kungi kuni zamon talabi shuki yoshlarimiz o'rtasida kitobxonlik ya'ni kitob mutolaa madaniyatni yanada oshirish va kelajak alvodning bosh vaqtini koproq kitob mutolaasi bilan bog'lashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirdjalilova S., R.To'laganova "Ta'limda innovatsiya", "Ta'lim jarayonida pedagog ilk texnologiyalar" metodik tavsiyanoma, 2008 yil 26. Qodirova F.R., M.Fayzullayeva.

2. Islom Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" Toshkent: "Ma'naviyat", 2008.

3. Abdulla Qodiriy "O'tkan kunlar" romani Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2013.

4. Pirimqul Qodirov "Ona lochin vidosi" Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2001.

5. Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig" Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2019.

6. Abdusalom Umarov "Mutolaa madaniyati: shaxs, jamiyat, taraqqiyot"

469

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.