Научная статья на тему 'OILADA BOLANI KITOBGA QIZIQTIRISHNING YO‘LIARI VA VOSITALARI'

OILADA BOLANI KITOBGA QIZIQTIRISHNING YO‘LIARI VA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1225
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar / farzand / kitob / oila / bola

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shoiraxon No‘monovna To‘ychiyeva

Ushbu maqolada mamlakatimizda yosh avlodni ma’naviyintelektual salohiyatli qilib tarbiyasida kitobning o‘rni beqiyosligi, ularga qaratilayotgan e’tibor hamda oilada bolani kitobga qiziqtirishning yo‘llari va vositalarini targ‘ib qilish orqali oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish masalalari ko‘tarilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILADA BOLANI KITOBGA QIZIQTIRISHNING YO‘LIARI VA VOSITALARI»

OILADA BOLANI KITOBGA QIZIQTIRISHNING YO'LIARI VA

VOSITALARI

Shoiraxon No'monovna To'ychiyeva O'zbekiston davlat sa'nat va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimizda yosh avlodni ma'naviy-intelektual salohiyatli qilib tarbiyasida kitobning o'rni beqiyosligi, ularga qaratilayotgan e'tibor hamda oilada bolani kitobga qiziqtirishning yo'llari va vositalarini targ'ib qilish orqali oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish masalalari ko'tarilgan.

Kalit so'zlar: Yoshlar, farzand, kitob, oila, bola.

WAYS AND MEANS OF INCLUDING A CHILD IN A FAMILY

Shoirahon Numanovna Toychiyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article raises the issues of the unique role of books in educating the younger generation in our country, their attention and the development of family reading by promoting ways and means of attracting children to books in the family.

Keywords: Youth, child, book, family, child.

"Biz o'z oldimizga uchinchi renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadlarni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak". Sh. Mirziyoyev

Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodning ma'naviy-intelektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatda ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini shakillantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

XX asrning ikkinchi yarmida tezkor, keng ko'lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish davri sifatida, ular hayotning deyarli barcha jabhalariga va inson faoliyatiga kirib borishi, shuningdek, axborot makonining globallashuvi, butun jahon rivojiga ta'sir ko'rsatgan va ko'rsatayotgan omil sifatida e'tirof etildi. E'tiborli jihati shundaki, mamlakat ichidagi va tashqi dunyodagi faol axborot almashinuviga odamlarning ehtiyoji juda ortib bormoqda.

Achinarlisi shundaki, bu axborotlar oqimi tobora kuchayib borib, yoshlarimiz ongiga va ruhiga turlicha ta'sir ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda yoshlarni ana shunday keraksiz va ularning ongi hamda ruhiga ta'sir qiladigan axborotlardan himoya qilish maqsadida yurtimizda barkamol avlod tarbiyasi, ularni har tomonlama milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga juda katta e'tibor qaratilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyyoevning 2017-yil 12-yanvardagi Farmoyishi hamda 13- sentabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi Qarori yurtimizda kitob, kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma'naviy hayotidagi o'rnini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko'tardi. Yurtimizning barcha sohalarida, ta'limning barcha bo'g'inlarida badiiy adabiyotga, kitob o'qishga bo'lgan munosabatlarni yuksaltirdi.

Yoshlar tarbiyasida kitobning o'rni beqiyosdir. Kitob o'qigan odam dunyoni boshqalardan ko'ra te'ranroq anglaydi, o'tkinchi lazzatlarga ko'ngil bermay, inson va uning tuyg'ularini hamma narsadan yuqori qo'yadi.

Mutolaa madaniyatini shakllantirishda kutubxona-axborot xizmati bilan birga oila, mahalla, ta'lim tizimi, mehnat jamoalari, davlat hokimiyati, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari muhim omillar hisoblanadi.

"Qush uyasida ko'rganini qiladi" degan naql bor, bola oilaning ta'siri va bevosita oila a'zolarining ishtirokida shakllanadi. Chunki bola asosiy vaqtini oilada o'tkazadi. Oila - tarbiya va ma'naviyat o'chog'i. Oila - ma'rifatparvar bo'lsa, unda kamol topayotgan farzand ham shundan ibrat oladi.

Farzandlarni milliy qadriyatlarimiz, boy madaniyatimiz bilan tanishtirish, ularda estetik tarbiyani shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan, boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. Bunday yuksak tuyg'ular yoshlarimizning qalbida kitoblarga bo'lgan muhabbati orqali shakillanadi.

Farzand ulug' ne'mat. Inson umrining fayzi, orzu-kamoli, uning porloq kelajagi. Farzandsiz hayot hech kimga tatimas. Har bir ota-ona uchun farzand odob-ahloqi, tartib intizomi, ma'naviy kamoloti bilan yanada aziz va faxrlidir.

Farzand tug'ilibdiki, atrofga teran nazar, his-tuyg'u bilan boqadi. Atrofdagilarga qarab jilmayishni, kulishni, har xil tovushlar orqali ovoz chiqarishni va gaplashishni o'rganadi. Bola katta bo'lgani sari o'qishni, tarbiya olishni, ulg'ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Ota-ona uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday oilaviy muhitda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga, bola ulg'aygani sari o'zini tashqi olam ta'sirida o'zgartirishga harakat qilishini ham unutmasligi lozim.

I [ccñ^^BI 368 http://oac.dsmi-qf.uz

Chunki, bugungi kunda ba'zi yosharda taxliliy tafakkurning yetishmasligi, hayotiy voqealarni te'ran anglamayotganligi tufayli, yoshlar internetda axborotlar "ummoni"da "suzmoqdalar" Internet orqali yoshlar ongida foydali axborotlar bilan birga zararlilari ham kirib kelmoqda. Chunki internet tarmog'idagi axborotlar oqimi iste'molchi uchun shaxsiy yoki jamoaviy, madaniy ahamiyatga ega bo'ladi. Axborotlarning foydalilik darajasi, idrok etuvchi subektga ta'sir qilish darajasi bilan belgilanadi. Agarda axborotni qabul qilgan yoshlar, axborotning tarkibidagi habardan kerakli taassurot va bilimlarni olgan bo'lsa, o'z maqsadini to'g'ri shakillantirib, maqbul xulq namunasini yuzaga chiqara oladi. Aksi bo'lsa...

Bu borada oila - bola tarbiyasida, ularning hayotiy voqealarni te'ran anglatuvchi, hayotdagi yo'lini to'g'ri tanlashga, bo'sh vaqtni to'g'ri tashkil etib, undan to'g'ri va unumli foydalanishini tartibga solib turuvchi maskan.

Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatning o'rni uning tarbiyadagi uzviyligi, uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir. Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal bajarishiga xizmat qiladi, ta'lim-tarbiyaga doir bilimlarni mushtarak holda jamlab, farzand tarbiyasiga doir tartib- qoidalarni sinovdan o'tkazuvchi va amalda tatbiq qiluvchi ota - onaning faoliyatidir. Oilada ota-ona aniq maqsad qo'yib, o'z ustida ishlash, izlanish, tanlangan vosita va usullarni qo'llash natijasini ko'ra bilishi, tarbiyachilik san'atiga ega bo'lishi lozim1. Farzandlarni kitob o'qishga qiziqtirish ham tarbiyaning bit vositasidar.

Chunki, kitob - insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbai. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbaidir.

Oilada farzand tarbiyasi va mutolaaga bo'lgan munosabatini qiziqtirish jarayoni murakkab bo'lib, u bolalaikdan shakllana boshlaydi va unga oila muhiti, shaxsiy kutubxonaning mavjudligi juda katta ta'sir o'tkazadi.

Olimlarning fikricha, kitobxonlik tug'ma iste'dod emas, balki tarbiya vositasida kamol topadigan fazilatdir. 2

Oilada bolani kitobga qiziqtirish uchun ota-onalar avvalo o'zlari kitobxon bo'lishi, vaqtlarini faqat sarmoyalar to'plashga emas, balki, badiiy kitoblar to'plashga, bo'sh vaqtlarini kitob o'qishga ham qaratsa farzandlarning ko'zi ma'rifatni ko'radi. Bayramlar, tug'ulgan kunlar bir-birlariga kitob sovg'a qilish an'anasi yo'lga qo'yilsa ham bolani kitobga bo'lgan qiziqishini oshirishda katta natija beradi. Tantanali ravishda kitob taqdim qilish bu bolaga quvonch berish bilan birga mas'uliyat ham yuklaydi. Ota-ona kitobni o'qishni tavsiya qilgandan keyin vaqti-vaqti bilan oila davrasida suhbat olib borilishi lozim.

1 OILA PEDAGOGIKASI (o'quv qo'llanma) Andijon-2019 6-bet.

2 B.I.G'aniyeva Axborotlashgan jamiyatda o'qish va madaniyatni shakllantirish masalalari.Elektron kutubxona tarmoqlarida ilmiy-ta'limiy axborotlar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyalari.T. : 2017.-66 b.

Kitob-bolalarga badiiy asarlarni to'g'ri tushunishni, undan estetik zavq olishni o'rgatadi natijada bolada mutolaa madaniyati shakllanadi. O'qilgan kitob bolada kitob o'qishga bo'lgan ishtiyoqini, fikrlash qobilyatini shakllantiradi, bolaning zehni va uquvini tarbiyalaydi. Axborot olishga bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Bundan tashqari bolalar uchun kitob javoni ya'ni uy kutubxonasi tashkil etishning ham ahamiyati kattadir. Bolaga sovg'a qilingan kitoblar, o'qib taxlil qilingan kitoblar sonining ko'paygani sari bolada kitobxonlik kayfiyati, ya'ni kitobxonlik madaniyati shakllanadi. Kitoblar ham boladagi ijobiy fazilatlarni rivojlanishida, nutqini ravon bo'lishida samarali omil bo'lib xizmat qiladi. Bolalarda "yaxshi", "yomon" degan tushunchalar borki, bola albatta o'zini yaxshilar qatorida bo'lishni hohlaydi. Masalan, "Zumrad va Qimmat" ertagini o'qigan bolani Qimmatga o'xshatsangiz, hafa b'ladi. U albatta Zumradga o'xlashni hohlaydi.

Bundan ko'rinadiki, hayotga, odamlarga, kitoblarga, adabiyotga muhabbat aynan o'sha beg'ubor bolalikdan boshlanadi. Hamid Olimjonning buyuk shoir bo'lib etishishida, Xudoyberdi To'xtaboevning atoqli yozuvchi bo'lib etishishida ularning o'zlari e'tirof etganlaridek, buvilar aytgan ertaklar turtki bo'lgan. Oybekning "Bolalik" povestida yozilganidek, uning hayotida ham kitob ulkan rol o'ynagan. SHuning uchun ham oilada bolalarga ko'p kitob o'qish kerakligini ta'kidlash bilan cheklanib qolmasdan ularning yoshiga mos kitoblarni topa bilish, eng yaxshi kitoblarni mutolaa qilish imkoniyatini yaratish zarur. 3

Haqiqatdan ham bolani yoshiga mos kitob tanlash ham juda muhimdir, maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga asosan rasmli, rangli ertak kitoblar yoqsa, maktab yoshidagi bolalar qiziqarli, beg'ubor tuyg'ularni tarannum etuvchi, odob-axloq, ilm-ma'rifat, kasb-hunarni targ'ib qiluvchi ertak kitoblarni o'qishni yoqtiradilar. Bolalar ulg'aygan sari qanday kitob o'qishni o'zlari tanlashga odatlanib boradi, shunda ota-onalarning e'tibori juda muhimdir. Chunki bolaga yoshiga mos kitob tanlashda to'g'ri yo'naltirish zarur.

Bizga tarixdan ma'lumki, qadimda buyuk shoir va yozuvchilarimiz, olimlarimiz kitobga shu qadar mehr qo'ygan edilarki, hatto tunlari sham yorug'ida kitob mutolaa qilganlar. G'azal mulkining sultoni xazrat Navoiy 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yoddan bilgan, buyuk muhaddisimiz xazrat Imom al-Buxoriy esa olti mingdan ziyod hadisni yoddan bilgan ekanlar.

Buni qarangki, Janubiy Koreyada shanba-yakshanba kunlari ota-onalar uchun kutubxonachilik kunlari hisoblanar ekan. Ya'ni, har bir farzandi bor ota-ona 2 yoshdan boshlab bolalari bilan kutubxonada o'tiradi. Ular kutubxonada farzandini kitob tokchalaridan mustaqil kitob qidirib tanlashga o'rgatar, tanlangan kitobni

3 I.J.Yuldashev,O\Nosirov.Kutubxona-axborot xizmati: nazariya va amaliyoti. Toshkent,2020.-397 b. I icclT^^^^H 370 http://oac.dsmi-qf.uz

farzandiga o'qib berar, kutubxona tadbirlarida birgalikda ishtirok etar ekanlar4. Bu yuksak ma'naviyatdan dalolatdir.

Asrab - avaylangan kitob bolaning kitoblarga bo'lgan hurmatini tarbiyalaydi. Agar yodingizga bo'lsa burungi momolarimiz bolalarimiz, nabiralarimiz olim bo'lsin, domla bo'lsin, elga nafi tegadigan inson bo'lsin deb yangi chaqaloqning tirnog'ini olishdan oldin kitobga barmoqlarini, kaftiga tekkazishganlar. Bu odat bizning ajdodrimizning naqadar yuksak ma'rifatli insonlar bo'lganidan dalolatdir. Biz bilamizki, azal-azaldan ota-bobolarimiz tomonidan bebaho kitoblar qadrlanib, ular ma'naviy boylik sifatida avloddan-avlodga o'tib kelgan. Kitobning qadrlanishi tufayli bugungi kunda insonlarning "mudrab" qolgan qalblarini uyg'onib, farzand tarbiyasida oilaviy kitobxonlikning roli katta ekanligiga ota-onalar yana bir karra amin bo'lmoqdalar.

Bolalarga go'zal orzular yashayotgan ertaklar aytib berib, onalar quchog'ida erkalanib, mehriga qonib uhlab, qizlarimiz o'zlarini ertakdagi malikalardek his qilib, o'g'il bolalar o'zlarini jasur shahzodadek xis qilib uyg'onsalar, ota-onani mehrini tuysalar bunday farzandlar haqiqiy insoniy tuyg'ular ta'sirida ulg'ayadilar

Xulosa qilib aytganda, oilada xalqimiz yaratgan madaniy boyliklarni ayniqsa, yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalovchi Qur'oni Karim, Hadisi Shariflarni o'rgatish yoshlar tarbiyasida, ularning yetuk shaxs bo'li yetishishida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Bunday oilalarda tarbiya topgan bolalar kelgusida vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan, buyuk bobolarimiz - Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni izdoshlari bo'lib yetishishiga hech shubha yo'q.

Bizning yurtimizda ilm olish, kitob o'qish, ijod qilish har tomonlama bilim olish uchun keng imkoniyatlar yetarli. Bu yurtda yoshlar kamoloti, ularning yuksak ma'naviyatli bo'lishi yurtimiz istiqbolining kalitidir, chunki kelajak shu yoshlat qo'lidadir. Bugungi kun yoshlari Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Jaloliddin Rumiy, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Sohibqiron Amir Temurlarning avlodlaridir. Bugungi kun yoshlari yuzlab, minglab mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi, zamonlar oshsada, ahamiyati yo'qolmaydigan tadqiqotu kashfiyotlarini kitoblar orqali o'qib o'rganmoqdalar. Ularning bugungi avlod tomonidan chuqur o'rganilishi, ular qalbida o'z vatani, o'z millatiga bo'lgan g'ururini va hurmatini shakillantiradi.

Farzandlarimizni ilk bolalik chog'laridanoq mana shunday kitoblar o'qishga odatlantirsak, Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: "Biz o'z oldimizga uchinchi renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadlarni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va

4Berdieva Zuhra Shukurovna- O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori maqolasidan.

I icclT^^^^H 371 http://oac.dsmi-qf.uz

Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz uchun zamin bo'ladi"

Bunday avlodning fikr doirsi keng, nutqi ravon, aqli te'ran bo'lib yetishadi. Muhtaram Prezidentimizning ta'biri bilan aytganda- bitta kitob o'qigan bola o'nta televizor ko'radigan bolalarni boshqaradi. Kelajakda o'z hayot yo'lini to'g'ri tanlay biladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-y. 13-sentabr 3271-sonli Qarori// Ma'rifat-2017y. -16-sentabr.

2. "O'zbekiston Respublikasiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-sonli Qarori.

3. OILA PEDAGOGIKASI (o'quv qo'llanma) Andijon-2019 6-bet.

4. B. I. G'aniyeva Axborotlashgan jamiyatda o'qish va madaniyatni shakllantirish masalalari. Elektron kutubxona tarmoqlarida ilmiy-ta'limiy axborotlar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyalari. T. : 2017. -66 b.

5. I. J. Yuldashev, O'. Nosirov. Kutubxona-axborot xizmati: nazariya va amaliyoti. Toshkent, 2020. -397 b.

6. Mirvaliyeva D. Bolalarda "ommaviy madaniyatga" ga kurashchanlik ko'nikmasini shakllantirish bugungi kunning dolzarb muammosidir. //Xalq ta'limi. -2021, 1-son.

7. Davlatov. O'. Talabalarda axborot xavfsizligini ta'minlash kompetentligini rivojlantirishning huquqiy asoslari /O'. Davlatov// O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti habarlari. - 2019. -4-son.

8. Maqsudov X. Tafakkurga berilgan rag'bat. //Yoshlik. -2018, 2-son.

372

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.