BESH TASHABBUS IZIDAN
Maftuna Mo'minova Xalqaro Islom Akademiyasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada Prezidentimiz boshlagan besh muhim tashabbusning o'zagi hisoblangan kitobxonlik va mutolaaga davlat tomonidan berilayotgan katta e'tibor, kitobsevarlik tamoyillarini shakllantirish borasida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Kitob, ilm, tafakkur, so'z, adabiyot, mutolaa, tashabbus, ijod.
FOLLOWING FIVE INITIATIVES
Maftuna Muminova International Islamic Academy
Abstract: This article deals with the formation of the book-loving tendencies, which are the core of the five important initiatives launched by the President, which are the core of the state's emphasis on reading and reading.
Keywords: Book, science, thinking, word, literature, reading, initiative, school of creation, treasure, definition.
Muhtaram yurtboshimiz ilgari surgan surgan besh tashabbusning biri - yoshlarni adabiyotga, mutolaaga, kitobga, kitobxonlikni rivojlantirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilgan. Mana salkam besh yildirki O'zbekiston kitobsevarlar mamlakatiga, mutolaa mamlakatiga aylanmoqda, kitobxonlikni targ'ib qilish, biz yoshlarni mutolaaga chorlash masalalari davlat siyosatiga aylanib ulgurdi. Bu avvalamdor Uchinchi Renessans poydevorini qurishga shaylanayotgan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida o'z aksini ko'rsatmoqda.
Davlatimiz rahbarining Prezident bo'lib ish boshlagan dastlabki kunlaridagi dastlabki qarorlari adabiyotga, xususan o'zbek adabiyoti xazinasiga munosib hissa qo'shgan ulug' shoir, taniqli davlat va jamoat arbobi, O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlashga qaratildi. Shoir tug'ilib o'sgan Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani "Beglar" mahallasida Erkin Vohidov uy-muzeyi ochildi[1].
Namanganda ulug' ma'rifatparvar Ishoqxon Ibrat, Andijonda mustaqillik kuychisi Muhammad Yusuf, Nukusda O'zbekiston Qahramoni, Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov, Farg'onada O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov, Qarshida O'zbekiston Qahramoni, Abdulla Oripov, Jizzaxda baxt va bahor
kuychisi Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim, Xorazmda Erniyozbek o'g'li Ogahiy, Sirdaryoda Halima Xudoyberdiyeva, Toshkentda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablari ochilgani ma'rifatparvar millatning farzandlariga atab yaratayotgan sharoitlariga mengzaladi.
"Agar biz O'zbekistonni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug' kelajagini ulug'lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo'lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak[2]" - deb yozgan edi Birinchi Prezidentimiz I.Karimov.
Adabiyot vatanparvarlarni voyaga yetkazadi va tarbiyalaydi, shuning uchun ham kitobga mehr, mutolaaga e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Davlatimiz rahbari biz yoshlarning dunyoqarashimiz shakllanishi, mustaqil fikrlashimiz, jahon va o'zbek adabiyoti durdonalari bilan yaqinroq tanishishimiz maqsadida kitobxonlik va mutolaaga doir qator islohotlarni amalga oshirmoqdalar. 2018-yilning 12-maydagi "Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida yoshlar o'rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to'g'risida"gi Prezident Qaroriga, Hukumat qaroriga asosan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlangani:
- 2020-2021 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo'yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- 2020-2022 yillarda oid infratuzilmani mustahkamlash;
- 2024-2025 yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o'sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun olib borilayotgan say-harakat yoshlarni bilimga, kitobga bo'lgan mehrini oshirishlariga qanot berishi shubhasiz.
Bilamizki, Amerikadagi Garvard universiteti dunyo ta'lim va fan reytingida yetakchi o'rinda turadi. Kitobni sevgani va qadrlagani uchun Garvard universiteti bitiruvchilarining 75 nafari Nobel mukofoti sohibi, dunyo milliarderlari boyligining yarmi mana shu universitetda tahsil olgan, Amerikaning 45 Prezidentidan 12 nafari shu universitetni bitirgan. Mana kitobning, bilimning kuchi! Bilimga intilmoq, yaxshi kitoblarni tanlab o'qimoq esa esa haqiqiy ilmga oshno vatanparvarlarni tarbiyalashi aniq.
Oddiygina misol. Falakiyot ilmining asoschisi, temuriy sulton Mirzo Ulug'bekning samodagi 1018 yulduzning harakat jadvalini tuzgani va butun jahon olimning astronomik kashfiyotlarini hali-hanuz olqishlayotgani ham bilimga, mutolaaga intilishning yorqin namunasi emasmi?
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 1996 yili Parijda YUNESKOning o'sha paytdagi Bosh Kotibi Federiko Mayor bilan suhbatlashayotib, janob Mayorning Ulug'bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga oid hisob-
kitoblarini bugungi kompyuter yordamida tekshirib ko'rilganda atigi bir necha daqiqaga farq qilishini aytganda, birinchi Prezidentimiz Ulug'bek xato qilishi mumkin emas, kompyuter xato qilgan bo'lishi mumkin deb javob qilgan ekanlar.
"Kitob bahori", "Ma'rifat haftaligi" deb e'tirof etilgan tashabbuslar yoshlarning yuragiga nur, surur bag'ishlash maqsadida "Besh tashabbus sen bilan" shiori ostida "Kitob karvoni" atalmish bibliobuslarning Toshkent viloyati va Toshkent shahri bo'ylab yo'l olgani kitobxonlikni targ'ib qilishning o'zgacha bir yo'nalishidir. Insonning aqlu tafakkuri so'z san'ati durdonalarini, kitobni yaratmaganida edi, olamni bunday tarzda ko'rish, anglash mumkin emas edi.Taraqqiyotning o'qtomiri, poydevori adabiyot bo'ladi, Yangi O'zbekiston taraqqiyoti esa ma'rifatga, kitobga asoslanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tgan edi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo'ladi. Ma'lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi [5].
Inson zotining eng bebaho kitob, adabiyot ekanini nazarda tutgan holda xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatimizda har yili aprelt oyining birinchi haftasida o'tkazilishi mo'ljallanayotgan "Kitobxonlik haftaligi" nafaqat kitobsevarlar safini yanada kengaytirishiga, balki nurli tashabbuslarning keng quloch yoyishiga xizmat qiladi.
To'rtinchi tashabbus - yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilishga qaratilgan. Uni amalga oshirishda tabiiyki, kutubxonalarning o'rni va vazifasi katta.
Hozirda respublikamizda 201 ta axborot-kutubxona markazi faoliyat yuritadi. Ular fondiga 17 millionga yaqin kitoblar jamlangan. 2020 yilda axborot-kutubxona markazlariga yana 150 ming 724 ta kitob yetkazib berildi. Bugungi kunda mazkur kutubxonalarga 1 million 196 ming 233 nafar kishi a'zo. Tashabbuslarni amalga oshirish natijasida ular soni yanada ortib borayotir. Bu esa yoshlarning o'z hayotini, turmush tarzini kitob va kutubxonalar bilan chambarchas bog'layotganidan darak beradi. Mazkur tashabbus doirasida belgilangan vazifalar muntazam amalga oshirilmoqda. "Ma'rifat karvoni" tadbirlari jarayonida chekka hududlarda istiqomat
qilayotgan yoshlarga badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarning yetkazib berilayotgani ham shular jumlasidan[6].
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan to'rtinchi tashabbus doirasida tashkil etilgan kitobxonlik klubiga 264 ming o'quvchilar a'zo bo'ldi. Qolaversa, respublikamizda tashkil etilgan "Book challenge" doirasida 600 mingdan ortiq kitoblar umumta'lim maktablariga sovg'a qilindi[7].
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.Mirziyoyevning 2016 yil 7 dekabrdagi "O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to'g'risida"gi qarori // "Xalq so'zi" gazetasi. 8 dekabr 2016 yil.
2. 2018 yilning 12 mayida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida yoshlar o'rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to'g'risida"gi qarori.
3. I.Karimov, "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch", Ma'naviyat, 2008,B.47
4. I.Karimov, "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch", Ma'naviyat, 2008, B.68
5. https://tma.uz/uz/5-tashabbus/
6. Qarang. Durdiyeva G. Taraqqiyotga tayanch tashabbus. https://yuz.uz/news/taraqqiyotga--tayanch-tashabbus
7. https://www.uzedu.uz