Научная статья на тему 'AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATIDA INNOVATSION USULLARNI QOʻLLASHNING AHAMIYATI'

AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATIDA INNOVATSION USULLARNI QOʻLLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3558
598
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot-kutubxona / innovatsiya / faoliyat / usul / kitob / rivojlanish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Aximbetova Tolgʻanay Oraqbaevna

Mazkur maqolada axborot-kutubxona faoliyatida zamonaviy innovatsion usullarni amaliyotga tadbiq etishning ahamiyati haqida fikr-mulohaza yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATIDA INNOVATSION USULLARNI QOʻLLASHNING AHAMIYATI»

AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATIDA INNOVATSION USULLARNI

QO'LLASHNING AHAMIYATI

Aximbetova Tolg'anay Oraqbaevna O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada axborot-kutubxona faoliyatida zamonaviy innovatsion usullarni amaliyotga tadbiq etishning ahamiyati haqida fikr-mulohaza yuritilgan.

Kalit so'zlar: axborot-kutubxona, innovatsiya, faoliyat, usul, kitob, rivojlanish.

THE IMPORTANCE OF APPLICATION OF INNOVATIVE METHODS IN INFORMATION AND LIBRARY ACTIVITIES

Aximbetova Tolganay Orakbaevna Nukus branch of the Uzbek State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the importance of the implementation of modern innovative methods in information and library activities.

Keywords: information-library, innovation, activity, method, book, development.

Kitob - bilim, ma'naviyat va ma'rifat manbayi, insonni ulug'lab, ma'naviyat va ma'rifat asoslarini shakllantiradigan, komil qilib tarbiyalaydigan kuch hisoblanadi. Kitobning sehri, so'zning sehri bashariyatni o'z o'qi atrofida adashmay aylanib turishiga katta xizmat qiladi. Kitob asrlar davomida insoniyatni yaxshilikka va ezgulikka shorlab kelgan. Albatta, bu soha zamonlar o'tishi bilan rivojlanib, yangilanib borgan. Kutubxonashunoslik davlat va jamiyat taraqqiyotida kata rol o'ynagan, javhalardan biridir.

Hozirgi zamon kutubxonashunosligining umumiy yo'nalishi jamiyatning har tomonlama axborotlashuvchi, milliy axborot infratuzilmalarini yaratish, yuksak axborot texnologiyalari yutuqlarini amaliyotga joriy qilish singari ijtimoiy va texnik hodisalarning g'oyaviy-nazariy mazmunini aks ettirishdan iboratdir[332].

Yangi O'zbekiston strategiyasi - Uchunchi Rennesans poydevorini barpo etish borasidagi ulug'bor ishlarimizning davomi sifatida xizmat qiluvchi azmu - shijoatiga aylanib ulgurdi. Uning zamirida kitobxon jamiyatini taraqqiy ettirish, man'aviy yangilanish, man'aviy taraqqiyotdan marifatli jamiyat sari harakatga kelgan qudratli kuch bo'lib, bugungi kunda xalqning ayniqsa yoshlarning yo'lchi yulduzi bo'lib

xizmat qilmoqda. Biz bu yo'lda insoniyatning qadim qadriyati hisoblangan, axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz kerak.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlagani kabi, "Jahon tarixi shundan dalolat beradiki, har qanday yangi sivilizatsiya, yangi Uyg'onish davri kitob va kutubxonalardan boshlanadi". Haqiqatan ham Yangi O'zbekiston o'z uyg'onish davri rivojini kutubxonalar faoliyatini tubdan yangilash va innovatsion g'oyalarni amaliyotga tadbiq etishdan boshladi. Bu to'g'ri yo'l edi, aslida. Chunki, hamma ilmiy-tadqiqot ishlarning asosi kutubxonalarda olib boriladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari esa, davlatning taraqqiyotiga xizmat qiladi. Yangi O'zbekistonda xalqning ma'naviy tarbiyasini oshirishda bir qancha islohatlar olib borildi.

Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2018-yilning 12-maydagi "Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida yoshlar o'rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to'g'risida"gi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi "2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi, 2020-yil 26-dekabrdagi "Yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan "Yosh kitobxon" tanlovini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida"gi qarori natijasida yoshlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ'ib qilish va ommalashtirish, sohaga innovatsion ishlanmalarni yaratish imkoniyatini vujudga keltirdi.

Bizning buyuk mutaffakkir bobolarimiz o'zlarining ulkan ilmiy salohiyati bilan olamshumul kashfiyotlari orqasida katta yutuqlarga erishib, dunyo sivilizatsiyasiga mislsiz hissa qo'shganlar. Bizning dunyo ilm-u zakosiga tamal toshini qo'ygan mutafakkirlar va ma'rifatli ajdodlarimiz hamma zamonlarda ham millat yo'lining yo'lchiroqlari hisoblangan. Ular bu darajaga erishishida kitob mutolaasining o'rni beqiyosligini alohida ta'kidlab, kitob o'qishga da'vat etgan. Tarixdan ma'lumki, axborot-kutubxona faoliyati doimo ilmiy izlanish va yangi tadqiqotlarni talab qiladi. Bugungi kunda ham bu ishlar tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Yangi O'zbekistonda axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish zaruriyatining paydo bo'lishi haqida tadqiqotshilarimizning ishlarida quyidagicha fikrlar bildirilgan.

Bugungi kunda kutubxona va kitobxonlikka alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ichida aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani fikrimizning yaqqol misolidir. Ma'lumki, 2006-yil 20-iyundagi "Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida" PQ-381-son qarorga asosan Madaniyat ishlari vazirligi kutubxonalarini Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, OO'MTBning O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi ixtiyoriga o'tkazish yo'li bilan axborot-resurs markazlari tashkil etilgan. 2006-yilga qadar Madaniyat ishlari vazirligi tizimidagi

ommaviy kutubxonalar soni 5745 tani (2005-yil 1-yanvar ma'lumoti bo'yicha), shundan; respublika miqyosida Markaziy kutubxonalar tizimi (MKT) soni 207 ta, qishloq kutubxonalari soni esa 4735 tani tashkil etgan. Axborot-resurs markazlari ta'lim muassasalarida joylashtirildi, ammo aholiga xizmat ko'rsatish uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratilmadi[4].

Chunonchi, axborot-kutubxona faoliyati tizimida boshlagan katta islohatlar sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Biz kitob va kitob mutolaasi haqida gapirar ekanmiz, eng asosiysi mazkur sohaning asosiy yo'nalishi bo'lgan kutubxona faoliyatining asosiy vazifalariga to'xtalib o'tamiz.

Kutubxona faoliyati axborot xizmatining (bibliografik, hujjatlar, faktografik va boshq.) barcha turlarini qamrab oladi. Shunga ko'ra kutubxona - axborot xizmati ijtimoiylashtiruvchi institut bo'lgan kutubxonaning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy subyektlarning ehtiyojlarini qondirish va rivojlantirish maqsadida jahon axborot resurslari asosida kutubxona - bibliografik va axborot faoliyati vositalari yordamida turli usullar va shakllarda kutubxona - bibliografik va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini taqdim etishdan iboratdir. Xizmat ko'rsatish zamonaviy kutubxonalarning yetakchi funksiyalaridan bo'lib, tizimga kiruvchi barcha bo'limlarning faoliyatini hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni uyg'unlashtirilgan tarzda maqsadga yo'naltirishdir[3].

Mazkur yo'nalishni rivojlantirish maqsadida sohada faoliyat olib borayotgan olim va mutaxassislarimiz hozirga qadar xorij kutubxona faoliyatlari bilan tanishib o'z taklif va tavsiyalarini berganlar. Ayniqsa, G.Ismoilovaning bildirgan dolzarblikga ega takliflarni e'tiboringizga havola etmoqchimiz. Yurtimizdagi axborot-kutubxona yo'nalishidagi ishlarda tatbiq qilishda yanada ijobiy natijalarga erishish uchun biz quyidagilarga e'tibor qaratishimiz lozim deb bilamiz:

- barcha tizim kutubxonalarini mukammal ishlangan yagona dasturiy ta'minot bilan ta'minlash;

- fondlarni kitobxonlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olib maqsadli ravishda shakllantirish;

- kirill va lotin alifbosidagi fan sohalariga oid va badiiy adabiyotlarni yetarli sotib olish uchun respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar mikdorini ko'paytirish;

- nashrlar sifatini oshirish;

- kutubxonashunoslik, bibliografiya, axborot xavfsizligi, raqamlashtirish, konservatsiya va restavratsiya bo'yicha oliy ta'lim bazasida kadrlarni tayyorlash;

- kutubxona fondlarini saqlashning me'yoriy sharoitlarini yaratish;

- raqamlashtirish, restavratsiya va audio kitoblarni yaratish uchun kerakli qurilma hamda jihozlar bilan ta'minlash.

Xalqimizning ma'naviy kamolatini yuksaltirish, kutubxona-axborot sohasida sifatli xizmat ko'rsatishning imkoniyatlarini oshiradigan zamonaviy infratuzilmalar

yaratish va davlat dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha yurtimizda keng ko'lamli ijobiy ishlar amalga oshirish vaqti keldi. Davlatimiz tomonidan ham uzoq kelajagimizni inobatga olgan holda ma'naviy-ma'rifiy sohaga katta moliyaviy qarajatlar sarflanmoqda. Bu o'z natijasini berari aniq. Chunki, faqat ma'naviy qo'llab-quvvatlash bilan cheklanish, hozirgi davr sharoitiga to'g'ri kelmaydi. Axborot-kutubxona faoliyatiga innovasion yondashuvlar va g'oyalar olib kelish orqali ham sohani rivojlantirish mumkin. Sohadagi innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishda esa, axborot-kutubxonalar faoliyatini moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash zarur.

Ya'ni, o'z iqtisodiyotini mavjud tabiiy resurslarni sarflash evaziga emas, innovatsion mahsulotlar yaratish, o'zlashtirish va ilg'or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy orqali rivojlantirish taraqqiyotning asosiy omiliga aylanmoqda. Mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va mexanizmlari, eng avvalo, shu davlatda yaratilgan intellektual ilmiy-texnikaviy salohiyatdan qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bog'liq [237].

Yangi O'zbekistonda axborot-kutubxona faoliyatida qo'llanib kelayotgan va amalda tadbiq etilgan innovasion g'oyalar yaxshi natija bermoqda. Ammo, jahon bozorida texnologiyaning shiddat bilan rivojlanishining oqibatida hozirgi innovatsiya ertasi kuni ma'lum darajada o'z yangiligin asrab qola olmayapti. Biz kitoblarni har xil yangi innovatsion usullar yordamida qayta tiklash, ishlash va asrab qolishimiz kerak.

Kitob bu tarix haqidagi ma'lumotlarni avloddan-avlodga yetkazuvchi, moziy haqiqatlarini kelajakka eltuvchi, jamiyatdagi voqeliklar, ilm-fandagi yangilik va kashfiyotlarni o'zida qayd etib boruvchi, makon va zamon bilmaydigan inson zakosining buyuk mahsullaridan biridir. Xalqimiz azal-azaldan kitob o'qishga, u bilan oshno bo'lishga intilib yashab kelgan. Xalqimiz shuuridagi bu qadimiy an'ana bugun ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.

Mustaqillik yillarida yurtimizda qadriyatlarni qayta tiklash, ma'naviyatni yuksaltirish, milliy g'ururni poydo qilish, adabiyot va san'atni ma'anaviyatning negizi sifatida rivoj toptirish, erkin fikr, ezgu so'z va xayrli amallarga bosh bo'lish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan birini tashkil qilib kelmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev adabiyotimizning bugungi kuni va ertangi istiqboli, yozuvchilar oldida turgan muhim va dolzarb muammolar: ijodkorning fuqarolik pozitsiyasi, ijtimoiy burchi, ijodiy uyushmalar faoliyatining samaradorligini oshirish, adabiyotimiz rivoji uchun nafaqat yozuvchi va shoirlar, balki butun jamiyat mas'ul ekaniga e'tiborimizni qaratmoqdalar [3].

Shunday ekan, axborot-kutubxona faoliyatida innovatsion usullarni qo'llashda birinchi navbatda soha vakillarining zimmasidagi masuliyatli ish faoliyati hisoblanadi. Albatta, axborot-kutubxona faoliyatiga innovatsion usullarni qo'llashda biz ko'proq xorij tajribalarini o'rganishimiz va tahlil qilishimiz kerak.

Ayrim rivojlangan mamlakatlar kutubxonalarini ish tajribalarini o'rgansak ular kitobxonlarni 15% - 20% ga yaqinini kutubxonalardan tashqarida adabiyotlar bilan ta'minlash usullaridan foydalanmoqdalar. Shuni hisobga olib iste'molchilarni kutubxonalardan tashqari xizmat ko'rsatish usullarini yangi usullarini shakllantirib texnika vositalaridan samarali foydalanmoqdalar. Xatto bu usullarini ayrimlarini 2 smenada ishlashni taklif qilmoqdalar. Bunga ko'chma kutubxonalar misol bo'la oladi. Kitobxonlarni kutubxonaga ko'proq jalb qilish, aholi o'rtasida kitob o'qishni keng targ'ib qilish maqsadida axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishning kutubxonadan tashqaridagi xizmat ko'rsatish shakllaridan foydalaniladi. Bu ishlar kutubxonalar tomonidan turli ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda, dala shiyponlari va fermalarda, yotoqxonalarda, ish joylarida tashkil qilinadi. Maqsad: kitob va axborotni har bir iste'molchigaga yetkazish, statsionar kutubxonadan uzoq joyda yashayotgan yoki ishlayotgan iste'molchini kitob va axborotdan foydalanishi uchun imkon yaratishdan iborat [47].

Bugingi kunda axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishda asosiy e'tibor iste'molchilarga yakka va ommaviy xizmat ko'rsatishning xorijiy va innovatsion shakllari va usullarini o'zlashtirish va soha xodimlarini xalqaro talab darajasida malakasini oshirish zaruriyatini taqoza etmoqda.

Axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishning samaradorligini oshirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo, aholiga xizmat ko'rsatishning yangicha innovatsion yo'llarini amaliyotga tadbiq etish zarur. Buning uchun axborot -kutubxona xizmatini amalga oshiruvchi xodimlar kasbiy mahorati bo'yicha zamonaviy nazariy va amaliy bilimlarni, ish uslublarini egallash va doimiy tarizda ko'nikmasini oshirib borishi zarur.

Kutubxona-axborot faoliyatini boshqarishni takomillashtirishda muhim rolni kutubxona-axborot sohasini axborotlashtirish, kutubxona va axborot muassasalarida yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va takomillashtirish, elektron manbalar bazasini yaratish va undan foydalanish, Respublika miqyosida axborot-kutubxona tarmoqlarini yagona dasturini yaratishni o'ylashi lozim. Respublika miqyosida ahborot - kutubxona tarmoqlarini yaratish dasturi bizningcha quyidagi vazifalarni xal etishi kerak:

- turli darajadagi va idoraviy mansublikdagi kutubxona va axborot muassasalarning axborot resurs bazalariga kirish va ularda foydalanishni ta'minlash;

- nashrlarni, turli axborotlarni kataloglashtirish va qayta ishlov berish jarayonida kutubxona-axborot faoliyatini koordinatsiyalash va kooperatsiyalashni ta'minlash;

- iste'molchilarni respublika va jahon ahborot resurslariga kirishi va ulardan foydalanishni ta'minlash;

- Respublika axborot resurslarini yaratish jarayonini faollashtirish;

— Ishlayotgan va yaratilayotgan elektron kataloglardan iste'molchilarni foydalanishlarini takomillashtirish;

— Respublikamizning kutubxonachilik standarlarini, kompyuter tehnologiyalari bilan bog'liq bo'lgan huquqiy normativ aktlarini takomillashtirish;

— Kutubona va axborot muassasalari uchun mutaxassislar tayyorlash, ularni malakasini oshirish va xalqaro kutubxonachilik hamkorligini rivojlantirish[202].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Davlatov s. X, Nosirov O', Berdiyeva Z., O'rozov A., Kutubxonashunoslik. Toshkent - 2020. 432 b.

2. Sh.Mirziyoev. yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik. Toshkent-2021: Toshkent nashriyot uyi. 42-bet

3. Teshaboeva U. Yangi tizm yoshlarda mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. // jur. Kutubxona.uz №2 (49), 2019.

4. Yuldashev I., O'. Nosirov. Kutubxona - axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti. - Toshkent, 2020. 360

5. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: "O'zbekiston". 2021, 464 b.

6. Yo'ldoshev I. O'zbek kitobat san'ati va terminologiyasi. Toshkent - 2018

7. Maxmudov M., Shokirov T., Niyozova E., Axborot-kutubxona xizmati: Nazariyasi va metodikasi. - Toshkent,2007. 152 b.

8. Maxmudov M. Kutubxona - axborot faoliyatini boshqarish. - Toshkent 2019.

505

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.