Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI'

O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1183
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kutubxonachilik / didaktik materiallar / pedagogik maqsad / pedagogik tajriba

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Sohibaxon Yuldasheva

Talabalar bilan yangi mavzuni o’rganishga kirishar ekan, oliy o’quv yurti o’qituvchisi oldida har doim savol tug’iladi: metod qanday tanlanadi, qaysi didaktik materiallardan foydalanish kerak, o’quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali yechish mumkin? Shu kabi muammolarga javob topish va talabalarga sifatli ta’lim berishni turli xil interfaol usullar orqali amalga oshirish, har bir mashg’ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish uchun o’qituvchi o’zining intellektual salohiyatini safarbar etish, ilg’or pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat,metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi lozimligi ushbu bitiruv malakaviy ishda yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI»

O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI

Sohibaxon Yuldasheva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Talabalar bilan yangi mavzuni o'rganishga kirishar ekan, oliy o'quv yurti o'qituvchisi oldida har doim savol tug'iladi: metod qanday tanlanadi, qaysi didaktik materiallardan foydalanish kerak, o'quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali yechish mumkin? Shu kabi muammolarga javob topish va talabalarga sifatli ta'lim berishni turli xil interfaol usullar orqali amalga oshirish, har bir mashg'ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish uchun o'qituvchi o'zining intellektual salohiyatini safarbar etish, ilg'or pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat,metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi lozimligi ushbu bitiruv malakaviy ishda yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kutubxonachilik, didaktik materiallar, pedagogik maqsad, pedagogik tajriba

DEVELOPMENT OF LIBRARY IN UZBEKISTAN

Sohibaxon Yuldasheva

Fergana regional branch of the Uzbek State Institute of Arts and Culture

Abstract: As students begin to explore a new topic, the university teacher is always faced with the question: how to choose a method, what didactic materials should be used, and how to effectively solve learning tasks? To find answers to such problems and to provide quality education to students through various interactive methods, the teacher must mobilize his intellectual potential to achieve the pedagogical goals of each type of training, use advanced pedagogical experience and finally, the fact that the choice of method should become a real creative act is highlighted in this dissertation.

Keywords: librarianship, didactic materials, pedagogical purpose, pedagogical experience

Kitob bilan tanishish, mutolaa qilish, insonga o'zgacha zavq beradi. Kitobxon mutolaa qilar ekan kitob bilan yaqinroq tanishadi, uning ilmiy-badiiy qimmati haqida tasavvur hosil qila boshlaydi, fikrlaydi, mutolaa madaniyati yuksaladi.

Yurtboshimizning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e'tibori tufayli umumta'lim maktablarida, oliy o'quv yurtlarida, barcha ta'lim maskanlaridagi o'tkazilayotgan "Yosh kitobxon", "Kirobxonlar bayrami", ko'rik

tanlovlari, dam olish maskanlarida ochilayotgan zamonaviy kitob do'konlari va chekka qishloqlarda ochilayotgan kutubxonalar yosh avlodni ma'naviy va intellektual ehtiyojini qondirishda, kitobga oshno bo'lishda muhim o'rin tutmoqda. Kitobning mohiyati mangudir... Bu mohiyat - tafakkurni abadiylashtiradi. Bu borada mamlakatimizda keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda.

Bu nashr respublikada kutubxonachilik ishi tarixi, nazariyasi, amaliyoti va istiqboli masalalarini yoritadigan, ishlab chiqadigan, barcha kutubxona tarmoqlari o'rtasida ilg'or tajribalarni ommalashtiradigan, mamlakatimizda va hududlarda kutubxonachilik ishi qurilishi xususiyatlarini o'rganadigan, kutubxona xodimlari malakasini oshiradigan, kitobxonlarda o'qish madaniyatini tarbiyalaydigan, kutubxonachilik kasbining nufuzini, obro'-e'tiborini ko'taradigan nashrga aylandi.

1974-yilda sobiq Ittifoq hukumatining kutubxonachilik ishiga oid qabul qilgan qarori asosida mamlakatda markazlashtirilgan kutubxonalar tizimi tashkil topdi. Bu tizimning xususiyati shundan iborat ediki, hududlar xususiyatidan kelib chiqqan holda alohida tizimlar shakllandi, ulaming tarkibida markaziy kutubxona va uning atrofida filiallar birlashib, tizimni boshqarish, mablag' bilan ta'minlash, rejalashtirish va hisobot ishlari, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hisob-kitob ishlari, fondni to'ldirish, unga qayta ishlov berish, texnik va ilmiy ishlov berish Markaziy kutubxona zimmasiga, aholiga kutubxona xizmati ko'rsatish filiallarga biriktirildi. Kutubxonalarda ilg'or ish usullarini o'rganish, o'zaro hamkorlik qilish, ichki va tashqi kitob ayirboshlash, kutubxonalararo abonement, sirtqi abonement, Xalqaro abonement ishlari shu davrda rivojlantirildi. Markaziy kutubxona butun bir tizim uchun ilmiy-uslubiy, bibliografik ish markaziga aylandi.

1975-1990-yillarda "Kutubxonashunoslik" fanining rivojlanishida asosiy e'tibor respublikada maktab o'quvchilari va bolalarga kutubxona xizmati ko'rsatish sifatini oshirish masalalariga qaratildi. Kitobxonlar o'qish madaniyatini tarbiyalash, o'qishiga rahbarlik qilish masalalari har tomonlama ishlab chiqila boshlandi. Shu davrda Toshkent davlat madaniyat institutining "Bolalar adabiyoti va kutubxonalarda bolalar o'qishiga rahbarlik qilish" kafedrasi tashkil topib, uning faoliyati ko'lami va sifati jihatidan ko'zga tashlandi. Bu kafedraga avval filologiya fanlari doktori, folklorist olim Malik Murodov, keyinchalik pedagogika fanlari nomzodi, professor E.Yo'ldoshev rahbarlik qildi. 1982-1990-yillarda M.Murodovning bolalar kitobxonligi, ularning o'qishiga rahbarlik qilish, kitobxonlikning ildizlari, oilada kitobxonlik, uning ildizlari, an'analari, shaxsiy kutubxonalar va ularda aholiga xizmat ko'rsatish, bolalar ma'naviy dunyosini shakllantirishda kitobning o'rni, E.Yo'ldoshevning "Bolalar o'qishiga rahbarlik qilish", "O'qish madaniyatini tarbiyalash" kabi risolalari nashr etildi. Maktab va litsey kutubxonalari ishini tashkil etish, kutubxonalarda kataloglarni tashkil etish, kitob fondini tashkil etish va u bilan ishlash, turli sinf o'quvchilari bilan ishlash, ular o'rtasida kutubxonachilik va bibliografik bilimlarni targ'ib etish bo'yicha kitoblar va

risolalar, turli ommaviy tadbirlarni tashkil etish metodikasiga oid qo'llanmalar respublika "Kitobxon" jamiyati bilan hamkorlikda nashr etildi. Ulardan "Badiiy adabiyotlarni targ'ib etishning ommaviy usullari", "Adabiy o'qishlarni tayyorlash va o'tkazish metodikasi", "Adabiy viktorinalar" kabi yangi ish usullarining metodikasini o'rgatuvchi, ommalashtiruvchi metodik risolalar nashr etildi. Chunki, bu davrga kelib, ommaviy ishlarni tayyorlash va o'tkazishda yagona metodikaga ehtiyoj paydo bo'ldi. Turli kutubxonalarda ommaviy ishlarning o'zibo'larchilik bilan, har kim o'zi istagancha o'tkazishi ommaviy tadbirlarning ta'sirini, sifatini, nufuzini tushirib yubordi.

1975-1990-yillarda kutubxonachilik ishi sohasidagi tadqiqotlar kutubxonalarning ijtimoiy rolini oshirishga qaratildi. Bu sohaga adabiyotshunoslarning kirib kelishi ko'zga tashlandi. Ammo, kutubxonachilik ishi masalalarining hal etilishida jamiyatshunoslar, faylasuflar, pedagoglar, psixologlar yetarli darajada ishtirok etishmadi.

Bu davrda asosiy e'tibor sohaga oid ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, bolalar va o'smirlar bilan ishlash, o'qish madaniyatini tarbiyalash, o'qishiga rahbarlik qilish, yetakchi kutubxonashunos-bibliograf olimlarning faoliyatini o'rganish, tadqiq qilish, targ'ib qilish, kutubxonashunoslik fanining boshqa sohalar bilan hamkorligini yo'lga qo'yish, ular yordamida ilg'or tajribalarni ommalashtirish, aholiga kutubxonachilik xizmati ko'rsatishni takomillashtirish, kutubxona tarmoqlarini markazlashtirish, madaniy-ma'rifiy muassasalar tizimida kutubxonalarning o'rni masalasini o'rganish, tadqiq qilish, kutubxonachilik hududiy birlashmalari faoliyatini o'rganish masalalari uchinchi bosqichga xos edi.

1991-yil O'zbekiston mustaqilligi qo'lga kiritilganidan so'ng jamiyatning barcha qatlamlarida o'zgarishlar yuz berdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o'tish davri boshlandi. Hamma sohada iqtisodiyotni, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyma'rifiy sohalarda bo'lgani kabi madaniyat va san'at sohasida ham milliylikka e'tibor oshdi. Milliy urf-odatlarimizni takomillashtirish, milliy qadriyatlarimizni qaytadan o'rganish, tahlil qilish, ayniqsa, o'zbek millati tarixini yangi nuqtayi nazardan o'rganish masalasi, ma'naviyatni shakllantirish, rivojlantirish oldingi o'ringa chiqdi. Diniy qadriyatlar qaytadan tiklandi. Xorijiy mamlakatlar bilan barcha sohada hamkorlik kuchaydi. Xorijiy sarmoyalar mamlakatimiz rivojiga ta'sir eta boshladi. Kutubxonachilik ishi sohasida ham xorijiy grantlar, hamkorlik yordamlari paydo bo'ldi. Ulaming ta'sirida va ko'magida kutubxonachilik ishi sohasida avtomatlashtirish tushunchalari shakllanib, amaliyotga joriy etila boshlandi. Shulardan eng asosiysi elektron kataloglarning tashkil etilishi bo'ldi. Mamlakatimizda dastlab Toshkent viloyati "Turon" ilmiy-universal kutubxonasi, O'zbekiston FA asosiy kutubxonasining faoliyatida yangi texnologiya paydo bo'ldi, Rossiyaning "IRBIS" dasturi asosida elektron kataloglar yaratila

boshlandi. "Turon" kutubxonasi tomonidan bir necha xorijiy grantlar yordamida respublika kutubxonalari uchun o'quv seminarlari tashkil etilib, elektron katalog tuzish qoidalari, nusxa ko'chirish apparatlari yordamida adabiyotlardan nusxa olish, bibliografik yozuvlarni dasturga kiritish, kompyuter savodxonligini oshirish masalalari bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazildi.

XX asrning so'nggi yillariga kelib, mamlakatimiz kutubxonalari faoliyatiga kompyuterlar kirib keldi. Ular yordamida kutubxonachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan kutubxonachilar mehnatini yengillashtirish, ularning ish samarasini va sifatini oshirish masalalari kun tartibiga chiqdi. Shu sababli, 1994-yildan boshlab AK respublikada birinchilardan bo'lib, Rossiyaning "IRBIS" dasturi asosida elektron katalog yaratishga kirishdi.

1998-yili kutubxona ish jarayonlari shu dastur asosida avtomatlashtirishga o'tkazila boshlandi, kitobxonlarda Internet tarmog'ida ishlash imkoniyati yaratildi hamda elektron pochta aloqasi ishga tushdi.

2001-yili FAAK Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo'lib "Avtomatlashtirilgan kutubxona modeli" loyihasi doirasida respublika kutubxona xodimlarini axborot texnologiyalari savodxonligiga o'qitishga mo'ljallangan o'quv markazi ish boshladi va 150 dan ortiq kutubxona xodimi o'qitildi. 1994-yildan boshlab, AK fondiga olingan hujjatlarning elektron katalogi, 9 mingga yaqin dissertatsiyalarning bibliografik yozuvlari kiritildi. Ammo bu ishlar dastlabki davrda bajarilgani va hali kutubxona xodimlarida elektron katalog tuzish madaniyati yetarli bo'lmaganligi sababli bibliografik yozuvlarni kiritishda ko'pgina xatolar mavjud edi.

2000-2004-yillarda Toshkent viloyati "Turon" ilmiy-universal kutubxonasi (2006-yildan axborot-kutubxona markazi) nafaqat Toshkent viloyati kutubxonalari, balki respublika kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida xorijiy grantlardan foydalanib, 5 ta viloyat kutubxonasida "Huquqiy axborot markazi"ni tashkil etdi, ularni kompyuter, printer, skaner bilan ta'minladi va elektron katalog tashkil etish ishlarida yordam berdi, kutubxonalar faoliyatiga fandrayzing usulini olib kirish bo'yicha bir yil davomida o'quv seminarlari tashkil etdi.

1999-yildan boshlab mutaxassislar sa'y-harakati bilan xorijiy tashkilotlar ko'magida "Fan, texnika, ta'lim va biznes sohalarida kutubxona, Internet resurslaridan foydalanish - "Central Asia" nomi bilan ikki yilda bir marta O'zbekistonning yirik shaharlari va kutubxonalari bazasida Xalqaro anjuman o'tkazila boshlandi. Bu anjumanda dunyo mamlakatlarining ilg'or kutubxonashunos va bibliograf olimlari, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha mutaxassislar ishtirok etadilar. Anjumanda kutubxonachilik ishini takomillashtirish, sifatli va samarali axborot xizmati ko'rsatish, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, elektron kataloglar yaratish, mamlakatlarning yig'ma elektron kataloglari, ilg'or ish tajribalari, virtual kutubxonalar, elektron

kutubxonalar, ularning ishini tashkil etish, Internet xizmati, Internet resurslarini yaratish, xususiy elektron resurslar va ularni yaratish, masofadan turib xizmat ko'rsatish, elektron resurslar tashkil etish, o'zaro almashish, hamkorlik ishlari, elektron bibliografik resurslar yaratish va fondini tashkil etish kabi ko'plab masalalar muhokama qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Z.Berdiyeva, H.Mamatraimova, T.Zokirova Bibliografiya T.: -2017

2. U.F.Karimov, M.A.Rahmatullayev, H.E.Ismailova Korparativ electron kutubxona yaratish texnalogiyasi va ma'lumotlar ba'zasini shakllantirish . T.:-2011

3. I.J.Yuldashev, O'.Nosirov Kutubxona - axborot xizmati: nazariyasi va uslubiyoti T.: -2019

4. S.H.Davlatov Kutubxonashunoslik T.: -2019

5. I.Yo'doshev O'zbek kitobat san'ati va teminologiyasi T.: -2018

6. To'xliyev B.Adabiyot o'qitish metodikasi.T., 2006.

7. Yo'doshev Q. Yoniq so'z. T.: "Yangi asr avlodi", 2006.

8. Ohunjonov; Ma'sul muharrir A.O.Umarov; .-Toshkent, A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2006.

9. Yesimov.T.B Ozbekistonda kutubxonachilik ishining shakllanishi va rivojlanishi.-T.:1994

10. Qosimova O, Yesimov T. Umumiy kutubxonashunoslik.-T.:O'qituvchi, 1994

11. Yu.O.Mannonov, K.G.Mavliyanov Axborot-kutubxona texnalogiyasi T.:

2013

12. I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.: "O'zbekiston", 2000

13. U. Saidov, Z. Nig'matova, SH. Shamsiyev Kutubxonashunoslik va bibliografiya atamalarining izohli lug'ati T.: - 2006

14. Erkin Axunjanov Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik: nazariyasi va tarixi. T.: "Tafakkur bo'stoni"-2011

15. M.A.Rahmatullayeva, A.O.Umarov, U.F.Karimov, A.SH.Muhammedov Avtomatlashtirilgan kutubxona T.:-2003

16. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari.T.: "0'zbekiston",2008

17. Zunnunov A. Hotamov N. Adabiyot o'qitish metodikasi. T., 1992

18. Yo'ldoshev Q. Adabiyot o'qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T., 1996

19. Barkamol avlod orzusiT.,2000.

20. M.A.Rahmatullayev, U Karimov, A.SH. Muhammadiyev, J. Atajonov Korporativ Axborot -resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi T.: -2008

21. Mutolaa madaniyati va intellectual salohiyat . "Xalq so'zi''gazetasi. 2021 yil 18.05

22. G.Soliyeva. Intellektual yoshlarning shakllanishida kitob savdosining o'mi. Namangan. 2017 y.

23. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

24. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

25. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

26. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

27. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

28. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

29. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V).

30. Мирзаева, Н., & Аскарова, М. (2020). ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ХАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V).

31. Аскарова, М. (2021). Адабий жараённинг зукко тадкикотчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

32. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

33. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

34. Nurxon, I., & Habibjonov, I. (2021). KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI. Oriental Art and Culture, (6).

35. угли Хабибжонов, И. Т. (2020). УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 200206.

36. Хабибжонов, И. Т. У. (2021). СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА ДУБЛЕТЛИК ВА УНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 842-846.

37. Ismoilova, N., & Habibjonov, I. (2021). Kitob va kitobxonlik-inson manaviyatining kozgusi. Oriental art and culture, 2(1), 159-166.

38. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915.

39. Oglu, H. I. T. (2020). Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1308-1313.

40. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

41. Рузиева, Г., & ^абибжонов, И. (2021). САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ. Oriental Art and Culture, (6).

42. Normatova, M., & Ikromjon, X. (2021). "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L. Oriental Art and Culture, (6).

43. Угли, X. И. Т. (2020). ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЖИКИ. Oriental Art and Culture, (V).

44. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON'S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.

45. Солиева, X. О. (2018). ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНО НА МЕДИЦИНСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЁЖИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 56-60.

46. Омоновна, С. X. (2018). «Бебош бола» синдроми ёхуд нега болалар асабийлашади?. Современное образование (Узбекистан), (11).

47. Омоновна, С. X. (2018). Укувчилар тарбиясини шакллантиришда ота-оналарга педагогик билим бериш тизимининг ахдмияти. Современное образование (Узбекистан), (5).

48. Омоновна, С. X. (2019). Агар бола сизни «Эшитмаса»... Современное образование (Узбекистан), (4 (77)), 58-63.

49. Омоновна, X. С. (2020). ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА. Oriental Art and Culture, (V).

50. Омоновна, С. X. (2021). Глобаллашув жараёнида ахборот окдмининг ёшлар маънавиятига таъсири хусусида. Oriental Art and Culture, (7), 217-224.

51. Омоновна, С. X. (2021). Маданият ва маънавият масалаларида тарихий илдизлар излари. Oriental Art and Culture, (7), 244-253.

52. napnneB, A. (2021). ^A^HA^H OEH^OH MAXMY^OBHHHT OAO^H^TH^ArH ^HrH ^HPPA^AP. Oriental Art and Culture, (6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.