Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI'

O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
3613
812
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kutubxonachilik / kitobxon / didaktik materiallar / librarianship / reading / didactic materials

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Yuldasheva Sohibaxon

Talabalar bilan yangi mavzuni o’rganishga kirishar ekan, oliy o’quv yurti o’qituvchisi oldida har doim savol tug’iladi: metod qanday tanlanadi, qaysi didaktik materiallardan foydalanish kerak, o’quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali yechish mumkin? Shu kabi muammolarga javob topish va talabalarga sifatli ta’lim berishni turli xil interfaol usullar orqali amalga oshirish, har bir mashg’ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish uchun o’qituvchi o’zining intellektual salohiyatini safarbar etish, ilg’or pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat, metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi lozimligi ushbu bitiruv malakaviy ishda yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF LIBRARY IN UZBEKISTAN

As students begin to explore a new topic, the university teacher is always faced with the question: how to choose a method, what didactic materials should be used, and how to effectively solve learning tasks? To find answers to such problems and to provide quality education to students through various interactive methods, the teacher must mobilize his intellectual potential to achieve the pedagogical goals of each type of training, use advanced pedagogical experience and finally, the fact that the choice of method should become a real creative act is highlighted in this dissertation.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI»

O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI

Yuldasheva Sohibaxon

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Talabalar bilan yangi mavzuni o'rganishga kirishar ekan, oliy o'quv yurti o'qituvchisi oldida har doim savol tug'iladi: metod qanday tanlanadi, qaysi didaktik materiallardan foydalanish kerak, o'quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali yechish mumkin? Shu kabi muammolarga javob topish va talabalarga sifatli ta'lim berishni turli xil interfaol usullar orqali amalga oshirish, har bir mashg'ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish uchun o'qituvchi o'zining intellektual salohiyatini safarbar etish, ilg'or pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat, metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi lozimligi ushbu bitiruv malakaviy ishda yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kutubxonachilik, kitobxon, didaktik materiallar

DEVELOPMENT OF LIBRARY IN UZBEKISTAN

Yuldasheva Sohibaxon

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: As students begin to explore a new topic, the university teacher is always faced with the question: how to choose a method, what didactic materials should be used, and how to effectively solve learning tasks? To find answers to such problems and to provide quality education to students through various interactive methods, the teacher must mobilize his intellectual potential to achieve the pedagogical goals of each type of training, use advanced pedagogical experience and finally, the fact that the choice of method should become a real creative act is highlighted in this dissertation.

Keywords: librarianship, reading, didactic materials

Kitob bilan tanishish, mutolaa qilish, insonga o'zgacha zavq beradi. Kitobxon mutolaa qilar ekan kitob bilan yaqinroq tanishadi, uning ilmiy- badiiy qimmati haqida tasavvur hosil qila boshlaydi, fikrlaydi, mutolaa madaniyati yuksaladi.

Yurtboshimizni kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e'tibori tufayli umumta'lim maktablarida, oliy o'quv yurtlarida, barcha ta'lim maskanlaridagi o'tkazilayotgan "Yosh kitobxon", "Kirobxonlar bayrami", ko'rik tanlovlari, dam olish maskanlarida ochilayotgan zamonaviy kitob do'konlari va chekka qishloqlarda ochilayotgan kutubxonalar yosh avlodni ma'naviy va intellektual

ehtiyojini qondirishda, kitobga oshno bo'lishda muhim o'rin tutmoqda. Kitobning mohiyati mangudir... Bu mohiyat - tafakkurni abadiylashtiradi. Bu borada mamlakatimizda keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda.

Bu nashr respublikada kutubxonachilik ishi tarixi, nazariyasi, amaliyoti va istiqboli masalalarini yoritadigan, ishlab chiqadigan, barcha kutubxona tarmoqlari o'rtasida ilg'or tajribalarni ommalashtiradigan, mamlakatimizda va hududlarda kutubxonachilik ishi qurilishi xususiyatlarini o'rganadigan, kutubxona xodimlari malakasini oshiradigan, kitobxonlarda o'qish madaniyatini tarbiyalaydigan, kutubxonachilik kasbining nufuzini, obro'-e'tiborini ko'taradigan nashrga aylandi.

1974-yilda sobiq Ittifoq hukumatining kutubxonachilik ishiga oid qabul qilgan qarori asosida mamlakatda markazlashtirilgan kutubxonalar tizimi tashkil topdi. Bu tizimning xususiyati shundan iborat ediki, hududlar xususiyatidan kelib chiqqan holda alohida tizimlar shakllandi, ulaming tarkibida markaziy kutubxona va uning atrofida filiallar birlashib, tizimni boshqarish, mablag' bilan ta'minlash, rejalashtirish va hisobot ishlari, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hisob-kitob ishlari, fondni to'ldirish, unga qayta ishlov berish, texnik va ilmiy ishlov berish Markaziy kutubxona zimmasiga, aholiga kutubxona xizmati ko'rsatish filiallarga biriktirildi. Kutubxonalarda ilg'or ish usullarini o'rganish, o'zaro hamkorlik qilish, ichki va tashqi kitob ayirboshlash, kutubxonalararo abonement, sirtqi abonement, Xalqaro abonement ishlari shu davrda rivojlantirildi. Markaziy kutubxona butun bir tizim uchun ilmiy-uslubiy, bibliografik ish markaziga aylandi.

1975-1990-yillarda "Kutubxonashunoslik" fanining rivojlanishida asosiy e'tibor respublikada maktab o'quvchilari va bolalarga kutubxona xizmati ko'rsatish sifatini oshirish masalalariga qaratildi. Kitobxonlar o'qish madaniyatini tarbiyalash, o'qishiga rahbarlik qilish masalalari har tomonlama ishlab chiqila boshlandi. Shu davrda Toshkent davlat madaniyat institutining "Bolalar adabiyoti va kutubxonalarda bolalar o'qishiga rahbarlik qilish" kafedrasi tashkil topib, uning faoliyati ko'lami va sifati jihatidan ko'zga tashlandi. Bu kafedraga avval filologiya fanlari doktori, folklorist olim Malik Murodov, keyinchalik pedagogika fanlari nomzodi, professor E. Yo'ldoshev rahbarlik qildi. 1982-1990-yillarda M.Murodovning bolalar kitobxonligi, ularning o'qishiga rahbarlik qilish, kitobxonlikning ildizlari, oilada kitobxonlik, uning ildizlari, an'analari, shaxsiy kutubxonalar va ularda aholiga xizmat ko'rsatish, bolalar ma'naviy dunyosini shakllantirishda kitobning o'rni, E.Yo'ldoshevning "Bolalar o'qishiga rahbarlik qilish", "O'qish madaniyatini tarbiyalash" kabi risolalari nashr etildi. Maktab va litsey kutubxonalari ishini tashkil etish, kutubxonalarda kataloglarni tashkil etish, kitob fondini tashkil etish va u bilan ishlash, turli sinf o'quvchilari bilan ishlash, ular o'rtasida kutubxonachilik va bibliografik bilimlarni targ'ib etish bo'yicha kitoblar va risolalar, turli ommaviy tadbirlarni tashkil etish metodikasiga oid qo'llanmalar respublika "Kitobxon" jamiyati bilan hamkorlikda nashr etildi. Ulardan "Badiiy

adabiyotlarni targ'ib etishning ommaviy usullari", "Adabiy o'qishlarni tayyorlash va o'tkazish metodikasi", "Adabiy viktorinalar" kabi yangi ish usullarining metodikasini o'rgatuvchi, ommalashtiruvchi metodik risolalar nashr etildi. Chunki, bu davrga kelib, ommaviy ishlarni tayyorlash va o'tkazishda yagona metodikaga ehtiyoj paydo bo'ldi. Turli kutubxonalarda ommaviy ishlarning o'zibo'larchilik bilan, har kim o'zi istagancha o'tkazishi ommaviy tadbirlarning ta'sirini, sifatini, nufuzini tushirib yubordi.

1975-1990-yillarda kutubxonachilik ishi sohasidagi tadqiqotlar kutubxonalarning ijtimoiy rolini oshirishga qaratildi. Bu sohaga adabiyotshunoslarning kirib kelishi ko'zga tashlandi. Ammo, kutubxonachilik ishi masalalarining hal etilishida jamiyatshunoslar, faylasuflar, pedagoglar, psixologlar yetarli darajada ishtirok etishmadi.

Bu davrda asosiy e'tibor sohaga oid ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, bolalar va o'smirlar bilan ishlash, o'qish madaniyatini tarbiyalash, o'qishiga rahbarlik qilish, yetakchi kutubxonashunos-bibliograf olimlarning faoliyatini o'rganish, tadqiq qilish, targ'ib qilish, kutubxonashunoslik fanining boshqa sohalar bilan hamkorligini yo'lga qo'yish, ular yordamida ilg'or tajribalarni ommalashtirish, aholiga kutubxonachilik xizmati ko'rsatishni takomillashtirish, kutubxona tarmoqlarini markazlashtirish, madaniy-ma'rifiy muassasalar tizimida kutubxonalarning o'rni masalasini o'rganish, tadqiq qilish, kutubxonachilik hududiy birlashmalari faoliyatini o'rganish masalalari uchinchi bosqichga xos edi.

1991-yil O'zbekiston mustaqilligi qo'lga kiritilganidan so'ng jamiyatning barcha qatlamlarida o'zgarishlar yuz berdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o'tish davri boshlandi. Hamma sohada iqtisodiyotni, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyma'rifiy sohalarda bo'lgani kabi madaniyat va san'at sohasida ham milliylikka e'tibor oshdi. Milliy urf-odatlarimizni takomillashtirish, milliy qadriyatlarimizni qaytadan o'rganish, tahlil qilish, ayniqsa, o'zbek millati tarixini yangi nuqtayi nazardan o'rganish masalasi, ma'naviyatni shakllantirish, rivojlantirish oldingi o'ringa chiqdi. Diniy qadriyatlar qaytadan tiklandi. Xorijiy mamlakatlar bilan barcha sohada hamkorlik kuchaydi. Xorijiy sarmoyalar mamlakatimiz rivojiga ta'sir eta boshladi. Kutubxonachilik ishi sohasida ham xorijiy grantlar, hamkorlik yordamlari paydo bo'ldi. Ulaming ta'sirida va ko'magida kutubxonachilik ishi sohasida avtomatlashtirish tushunchalari shakllanib, amaliyotga joriy etila boshlandi. Shulardan eng asosiysi elektron kataloglarning tashkil etilishi bo'ldi. Mamlakatimizda dastlab Toshkent viloyati "Turon" ilmiy-universal kutubxonasi, O'zbekiston FA asosiy kutubxonasining faoliyatida yangi texnologiya paydo bo'ldi, Rossiyaning "IRBIS" dasturi asosida elektron kataloglar yaratila boshlandi. "Turon" kutubxonasi tomonidan bir necha xorijiy grantlar yordamida respublika kutubxonalari uchun o'quv seminarlari tashkil etilib, elektron katalog tuzish

qoidalari, nusxa ko'chirish apparatlari yordamida adabiyotlardan nusxa olish, bibliografik yozuvlarni dasturga kiritish, kompyuter savodxonligini oshirish masalalari bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazildi.

XX asrning so'nggi yillariga kelib, mamlakatimiz kutubxonalari faoliyatiga kompyuterlar kirib keldi. Ular yordamida kutubxonachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan kutubxonachilar mehnatini yengillashtirish, ularning ish samarasini va sifatini oshirish masalalari kun tartibiga chiqdi. Shu sababli, 1994-yildan boshlab AK respublikada birinchilardan bo'lib, Rossiyaning "IRBIS" dasturi asosida elektron katalog yaratishga kirishdi.

1998-yili kutubxona ish jarayonlari shu dastur asosida avtomatlashtirishga o'tkazila boshlandi, kitobxonlarda Internet tarmog'ida ishlash imkoniyati yaratildi hamda elektron pochta aloqasi ishga tushdi.

2001-yili FAAK Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo'lib "Avtomatlashtirilgan kutubxona modeli" loyihasi doirasida respublika kutubxona xodimlarini axborot texnologiyalari savodxonligiga o'qitishga mo'ljallangan o'quv markazi ish boshladi va 150 dan ortiq kutubxona xodimi o'qitildi. 1994-yildan boshlab, AK fondiga olingan hujjatlarning elektron katalogi, 9 mingga yaqin dissertatsiyalarning bibliografik yozuvlari kiritildi. Ammo bu ishlar dastlabki davrda bajarilgani va hali kutubxona xodimlarida elektron katalog tuzish madaniyati yetarli bo'lmaganligi sababli bibliografik yozuvlarni kiritishda ko'pgina xatolar mavjud edi.

2000-2004-yillarda Toshkent viloyati "Turon" ilmiy-universal kutubxonasi (2006-yildan axborot-kutubxona markazi) nafaqat Toshkent viloyati kutubxonalari, balki respublika kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida xorijiy grantlardan foydalanib, 5 ta viloyat kutubxonasida "Huquqiy axborot markazi"ni tashkil etdi, ularni kompyuter, printer, skaner bilan ta'minladi va elektron katalog tashkil etish ishlarida yordam berdi, kutubxonalar faoliyatiga fandrayzing usulini olib kirish bo'yicha bir yil davomida o'quv seminarlari tashkil etdi.

1999-yildan boshlab mutaxassislar sa'y-harakati bilan xorijiy tashkilotlar ko'magida "Fan, texnika, ta'lim va biznes sohalarida kutubxona, Internet resurslaridan foydalanish - "Central Asia" nomi bilan ikki yilda bir marta O'zbekistonning yirik shaharlari va kutubxonalari bazasida Xalqaro anjuman o'tkazila boshlandi. Bu anjumanda dunyo mamlakatlarining ilg'or kutubxonashunos va bibliograf olimlari, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha mutaxassislar ishtirok etadilar. Anjumanda kutubxonachilik ishini takomillashtirish, sifatli va samarali axborot xizmati ko'rsatish, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, elektron kataloglar yaratish, mamlakatlarning yig'ma elektron kataloglari, ilg'or ish tajribalari, virtual kutubxonalar, elektron kutubxonalar, ularning ishini tashkil etish, Internet xizmati, Internet resurslarini yaratish, xususiy elektron resurslar va ularni yaratish, masofadan turib xizmat

ko'rsatish, elektron resurslar tashkil etish, o'zaro almashish, hamkorlik ishlari, elektron bibliografik resurslar yaratish va fondini tashkil etish kabi ko'plab masalalar muhokama qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Z.Berdiyeva, H.Mamatraimova, T.Zokirova Bibliografiya T.: -2017

2. U.F.Karimov, M.A.Rahmatullayev, H.E.Ismailova Korparativ electron kutubxona yaratish texnalogiyasi va ma'lumotlar ba'zasini shakllantirish . T.:-2011

3. I.J.Yuldashev, O'.Nosirov Kutubxona - axborot xizmati: nazariyasi va uslubiyoti T.: -2019

4. S.H.Davlatov Kutubxonashunoslik T.: -2019

5. I.Yo'doshev O'zbek kitobat san'ati va teminologiyasi T.: -2018

6. To'xliyev B.Adabiyot o'qitish metodikasi.T., 2006.

7. Yo'doshev Q. Yoniq so'z. T.: "Yangi asr avlodi", 2006.

8. Ohunjonov; Ma'sul muharrir A.O.Umarov; .-Toshkent, A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2006.

9. Yesimov.T.B Ozbekistonda kutubxonachilik ishining shakllanishi va rivojlanishi.-T.:1994

10. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

11. EonTa6oeBa Y. HyTK caHtaraHHHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba eHHMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

12. YCMOHOB m. CA^HA^A TAm^H ^HEOArA AKTEPHHHr MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

13. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.

14. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. - №2. Conference. - C. 4-4.

15. A6gyHasapoB 3. MHT-THH YHHH.TAPHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEP.TAPHH TACABBYPH BA ^H^KATHHH ^APX^Am //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

16. A6gyHasapoB 3. THMCO.T.TAP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

17. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 148-152.

18. Юлдашева С. Китоб-кунгил чироги //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

19. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.

20. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

21. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

22. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

23. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

24. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСИКА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV

25. Омоновна Д. С. ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КДЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

26. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДКИКИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

27. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

28. Мирзаева Н., Аскарова М. ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙЕОНИШ ХАРАКАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

29. Турсунов Б. ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

30. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

31. Еофурова Б. АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

32. Пулатов Р. «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

33. Qurbonova M. СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

34. Маматкулов Б. ТЕАТРДА САХНАЛАШТИРУВЧИ РАССОМНИНГ КАСБ СИРЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

35. Ismoilova M. CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

36. O'Taganov R. J. TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

37. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

38. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

39. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСИКА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

40. Аскарова М. УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

41. Turgunbaev R., Takada H. Co-WEB: A Peer-to-Peer Based, Partially Decentralized Framework for Collaborative Web-Content Publishing //2009 First International Conference on Advances in Future Internet. - IEEE, 2009. - С. 67-72.

42. Парпиев А. ЖАДИДЧИ ОБИДЖОН МАХМУДОВНИНГ ФАОЛИЯТИДАГИ ЯНГИ КИРРАЛАР //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

43. Омоновна X. С. ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КДЯИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

44. Normatova M., Ikromjon X. "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

45. Рузиева Г., Хабибжонов И. САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

46. Nurxon I., Habibjonov I. KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

47. Oglu H. I. T. Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language) //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2020. - Т. 10. - №. 12. - С. 1308-1313.

48. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДКИКИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

49. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

50. Mnp3aeBa H. YPTA ACP mAP^ MA£AHH£TH BA 3AXHPH^AHH MY^AMMA^, EOEYP //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

51. qy^nOH H^O^H^A MH^^HH YHFOHHm XAPAKATH

52. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

53. nynaTOB P. «MHP3O Y.HYFEEK» TPATEAH^CHHHHT ^PATHHHmH TAPHXH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

54. Ismoilova M. CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

55. O'Taganov R. J. TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

56. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

57. AK6apoB T. OO-HEKHOP BA AHEAHABHH MYCH^A MACA.TA.nAPH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

58. Ac^apoBa M. Y3BEK A^AEHH TAH^H^H TAPA^^HETH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

59. Fo^ypoBa E. AKTEPHHHT HYT^HHH TAKOMHTTAffiTHPHm^A HHHOBAqHOH TEXHO^OrH^^APHHHr A^AMH^TH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

60. TypcyHOB E. TO.TFY H^PO^HTHTH TAPHXHrA EHP HA3AP //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

61. TypryH6aeB P. MeTaMatnyMOT: xycycH^raapn, Typnapn Ba CTaHgapraapn //Science and Education. - 2021. - T. 2. - №. 5. - C. 167-175.

62. Yunusov G. et al. A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. -2021. - T. 25. - №. 6. - C. 2225-2232.

63. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

64. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

65. Haydarov A., Akbarov T., Abdunazarov Z. High purpose and leading action //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2020. - T. 10. - №. 12. - C. 609-615.

66. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 125-128.

67. Tursunova G. BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 6.

68. Tursunova G., Karimov B. Factors that should be considered in musical theater actors education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 11. - C. 57-61.

69. Gaffarov S. S., Tursunova G. B. The resettlement policy of imperial russia during the colonial period //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 839-845.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.