Научная статья на тему 'BESH MUHIM TASHABBUS – KELAJAKKA MUSTAHKAM POYDEVOR'

BESH MUHIM TASHABBUS – KELAJAKKA MUSTAHKAM POYDEVOR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4493
441
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tashabbus / yuksalish / kuch / san’at / kitobxonlik / initiative / growth / power / art / reading

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Isoqova Zarnigor Ixtiyorovna

Har bir yurtning asosiy kuchi bu ma’naviy va aqliy jihatdan yuksalgan va yuksalayotgan, kelajakka ishonch bilan qaray oladigan, ulkan cho’qqilarni egallashga harakat qilayatgan, rivojlanish uchun, vatan ravnaqi uchun hissa qo’shishga urinayatgan yoshlar hisoblanadi. Bu shunchalik ulkan kuchki, yurt bu kuchni qanday va qay yo’lga yo’naltirsa kelajak xuddi shu yo’l orqali ravnaq topadi. Bir daraxt misolida qaraydigan bo’lsak, biz bugun ekkan daraxt ertaga o’z mevasini beradi. Uni qanday niholdan ekishimiz, qanday parvarish qilishimiz va ertaga qanday meva olishimiz o’zimizga bog’liqdir. Kerakli natijalarga erishish uchun to’g’ri tanlov, yaxshi parvarish va, e’tibor lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FIVE IMPORTANT INITIATIVES A STRONG FOUNDATION FOR THE FUTURE

The main strength of any country is the young people who are rising and rising spiritually and mentally, who can look to the future with confidence, who are trying to reach great heights, who are trying to contribute to development and prosperity of the country. It is such a huge force that the future will develop in the same way as the country directs this power. If we look at the example of a tree, the tree we planted today will bear fruit tomorrow. How we plant it, how we take care of it, and how we get the fruit tomorrow depends on us. The right choice, good care and attention are needed to achieve the desired results.

Текст научной работы на тему «BESH MUHIM TASHABBUS – KELAJAKKA MUSTAHKAM POYDEVOR»

BESH MUHIM TASHABBUS - KELAJAKKA MUSTAHKAM POYDEVOR

Isoqova Zarnigor Ixtiyorovna O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Har bir yurtning asosiy kuchi bu ma'naviy va aqliy jihatdan yuksalgan va yuksalayotgan, kelajakka ishonch bilan qaray oladigan, ulkan cho'qqilarni egallashga harakat qilayatgan, rivojlanish uchun, vatan ravnaqi uchun hissa qo'shishga urinayatgan yoshlar hisoblanadi. Bu shunchalik ulkan kuchki, yurt bu kuchni qanday va qay yo'lga yo'naltirsa kelajak xuddi shu yo'l orqali ravnaq topadi. Bir daraxt misolida qaraydigan bo'lsak, biz bugun ekkan daraxt ertaga o'z mevasini beradi. Uni qanday niholdan ekishimiz, qanday parvarish qilishimiz va ertaga qanday meva olishimiz o'zimizga bog'liqdir. Kerakli natijalarga erishish uchun to'g'ri tanlov, yaxshi parvarish va, e'tibor lozim.

Kalit so'zlar: tashabbus, yuksalish, kuch, san'at, kitobxonlik

FIVE IMPORTANT INITIATIVES - A STRONG FOUNDATION FOR THE

FUTURE

Isoqova Zarnigor Ikhtiyorovna Fergana regional branch of the Uzbek State Institute of Arts and Culture

Abstract: The main strength of any country is the young people who are rising and rising spiritually and mentally, who can look to the future with confidence, who are trying to reach great heights, who are trying to contribute to development and prosperity of the country. It is such a huge force that the future will develop in the same way as the country directs this power. If we look at the example of a tree, the tree we planted today will bear fruit tomorrow. How we plant it, how we take care of it, and how we get the fruit tomorrow depends on us. The right choice, good care and attention are needed to achieve the desired results.

Keywords: initiative, growth, power, art, reading

Yosh avlodga berayotgan bilimimiz vatanimiz kelajagi uchun bir poydevor hisoblanadi. Biz poydevorni qanchalik mustahkam qilsak, u shunchalik chidamli, har qanday vaziyatda qulamaydigan, yillar o'tsada o'z haybati bilan lol qoldiradigan bir ko'rinish kasb etadi. Bugungi kunda Prezidentimiz tomonida o'tkazilayitgan islohatlar, farmon va farmoyishlar shu poydevorni imkon qadar mustahkamlash uchun qilinayotgan harakatlardir. Bugungi kunda glabal maydonda kechayotgan

tahlikali jarayonlarga nisbatan faqat mustaqil va qat'iy yondashuvga ega bo'lgan, ma'naviy va jismoniy barkamol yoshlargina qarshi tura oladi.

Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Fitrat,,Bu dunyo kurash maydonidir. Sog'lom tan, o'tkir aql va yaxshi ahloq bu maydon qurolidir'' deb aytganlarida ming karra haq edilar. Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo'ladi.

Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o'zi ko'rsatib turibdi. Prezidentimiz o'z so'zlarida shunday deydi "O'z uyingizni, o'z bolangizni o'zingiz asrang" Bu shior, bu da'vat hech qachon kun tartibidan tushmasligi kerak1.

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo'lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo'lga qo'yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo'lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko'lamli bo'lib, o'z dolzarbligini saqlab qolaveradi.

Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 19-mart kuni 5 ta muhim tashabbusini ilgari surgan edi.

Birinchi tashabbus - yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan.

Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o'rtasida kompiyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To'rtinchi tashabbus - yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan.

Beshinchi tashabbus - xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi.

1 SH. Mirziyaev Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari."Harbiy - vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish-dolzarb vazifamizdir". O'zbekiston.NMIU, 2020yil. 141 b.

Onalar teta-poya qila boshlagan go'daklarini suyub-erkalash barobarida badantarbiya (sport) bilan shug'ullanishga, rasm chizishga, san'atga oshno etishga, uydagi mayda-chuyda ishlarga qo'l solishga o'rgatadi. Hozirgi davr go'daklari mobil telefoni, ya'ni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ko'z uzmasdan ulg'ayayotganlari ham bor gap. Bularning barchasi kichkintoylar dunyoqarashini shunga yarasha shakllantirmoqda, fikrlashga o'rgatmoqda. Shu tariqa kamolga yetayotgan o'g'il-qizlar hayotda munosib o'rnini topishidan umidvormiz.

Prezidentimiz aytganlaridek: Biz Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun - yo hayot yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir " degan so'zlarini ko'p bora esga olamiz. Biroq unga e'tibor qilish u yoqda tursin, ko'p hollarda bu da'vatning mohiyati va ahamiyatini tushuntirib ham berolmaymiz. Boshqacha aytganda, ushbu tizimning sifati bugungi va ertangi hayotimiz darajasini belgilashi kerak. Bu borada milliy ta'lim-tarbiya tizimini shakllantirishda bir omil borki, uni ro'yobga chiqarish uchun faqat istak, mablag', vaqtning o'zi kifoya emas2.

Oiladagi bu tarbiya maktabda izchil davom ettirish uchun nima qilmoq kerak? Bu savolga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus g'oyasidan aniq javob topamiz. Bu tashabbuslar zamirida qanchalik ezgu maqsadlar mujassam ekanini uning mohiyatini to'g'ri tushunganlar teran his etadi.

Xo'sh bu borada bugungi kunga qadar qanday ishlar qilindi va ular biz uchun qanday imkonyatlarni vujudga keltirdi?

Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma'naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o'rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir".

Besh tashabbus asosida qilingan ishlar butun O'zbekiston bo'yicha yaxshi ko'rsatkichlarga va yutuqlarga erishdi. Bunga ko'plab jarayonlarni misol qilib ko'rsatshimiz mumkin. Mazkur 5 tashabbusning 1 yilligi munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligi tomonidan har bir yo'nalish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar xususida to'xtalib o'tamiz.

Bugungi kunda Respublikamizda 9942 ta umumta'lim maktablari faoliyat yuritayotgan bo'lsa, ularda 6 milliondan ortiq o'quvchilar ta'lim olmoqda. Shuni ta'kidlashimiz joizki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus respublikadagi barcha ta'lim muassasalarigacha kirib bordi. Xususan, ta'lim muassasalarining 2,9 million nafar o'quvchilari to'garaklarga jalb qilindi.

2 SH. Mirziyaev Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari."Maktab ta'limni rivojlantirish biz uchun umummilliy maqsadga, umumxal harakatiga aylanishi zarur". O'zbekiston.NMIU, 2020yil. 148 b.

Jumladan, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan birinchi tashabbus doirasida 779 563 nafar o'quvchilar to'garaklarda ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari, maktablarda 2108 ta havaskor yoshlar teatr studiyalari tashkil etilib, 198 698 nafar o'quvchilar jalb etildi.

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan ikkinchi tashabbus doirasida esa, umumta'lim maktablarining 1,1 milliondan ortiq o'quvchilari sport to'garaklariga qatnashmoqda. Shuningdek, mazkur yo'nalish doirasida tashkil etilgan turli sport musobaqalariga o'quvchilar faol ishtirok etmoqda va barcha ta'lim muassasalari qamrab olindi va bu davom etmoqda.

Shuningdek, AQSHning "One-on-one basketball" kompaniyasining "Harlem globetrotters" jamoasining T.E.A.M.up dasturi asosida 3 ming nafar o'quvchilar uchun mahorat saboqlari tashkil etildi.

Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan bo'lib, ushbu tashabbus doirasida shu kunga qadar 444 607 nafar o'quvchilarimiz to'garaklarga jalb qilindi.

Shu bilan bir qatorda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida "Intech Robotics" MCHJ va "Innovative Service" MCHJ kompaniyalari bilan "Barkamol avlod" respublika o'lkashunoslik va ekologiya markazida RoboCraft robototexnika kurslari hamda "Barkamol avlod" respublika texnik ijodiyot markazida Robotrek injener-konstruktor, robototexnika to'garaklari faoliyati yo'lga qo'yilib, 520 nafar o'quvchi-yoshlar jalb etildi.

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan to'rtinchi tashabbus doirasida tashkil etilgan kitobxonlik klubiga 264 ming o'quvchilar a'zo bo'ldi. Qolaversa, respublikamizda tashkil etilgan "Book challenge" doirasida 600 mingdan ortiq kitoblar umumta'lim maktablariga sovg'a qilindi.

Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutilgan beshinchi tashabbus doirasida o'quvchi-qizlarning jamiyatdagi faolligi oshirish, ma'naviyatini yana-da yuksaltirish, iqtidorli qizlar safini kengaytirish, ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida jamoatchilik asosida ta'lim muassasalarida "Qizlarjon" klublari tashkil etildi va unda 377 762 nafar o'quvchi-qizlar a'zo bo'ldi. Klub yetakchilari tomonidan "Tengdosh-tengdoshga" shiori ostida olib borilayotgan targ'ibot va tushuntirish ishlariga alohida e'tibor qaratilib, har bir qiz ilg'or o'quvchilar safida yurishga, o'qishda, jamoat ishlarida faol bo'lishga intilmoqda.

Bundan tashqari, Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2019-yil oktyabr-dekabr oylarida "5 tashabbus maktabda" festivali tashkil etilib, festivalga 2,6 mln. nafar

o'quvchilar jalb etildi. Mazkur festivalda g'oliblikni qo'lga kiritgan ta'lim muassasalarga sport anjomlari, musiqa asbob-uskunalari topshirildi.

Shu o'rinda alohida e'tirof etish joizki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ta'lim muassasalari va o'quvchi-yoshlar orasida keng targ'ib qilishda mahalliy hokimliklar tomonidan ham 45,1 mlrd. so'm homiylik mablag'lari ajratildi.

Hozirda beshta muhim tashabbus doirasida yurtimiz umumta'lim maktablarida tashkil etilgan turli to'garaklar namunali faoliyat olib borish bilan bir qatorda, o'zining natijasini bermoqda.

Jumladan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ham to'rtinchi tashabbus - aholi, ayniqsa, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish masalalari bo'yicha mas'ul tashkilot sifatida jarayonda faol ishtirokchiga aylanadi. Markazda quyidagi yo'nalishlarda amaliy ishlar olib borish yo'lga qo'yildi:

1) tegishli tashkilotlar mas'ulligi va hamkorligida 1 oy muddatda mazmun va mohiyat nuqtayi nazaridan milliy ruhimiz, shonli tariximiz va vatanparvar ajdodlarimizga munosib bo'lgan harbiy qasamyodning yangi matni bo'yicha taklif tayyorlash;

2) Xalq ta'limi vazirligi mas'ulligida Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda an'anaviy tarzda bir yilda ikki marotaba, 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va 2-sentabr-Bilimlar kunida mamlakatimiz bo'ylab o'tkaziladigan "Qadrdon maktabimga kitob sovg'a qilaman" shiori ostida aksiya tashkil qilish;

3) Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi mas'ul tashkilot sifatida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi va Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda, bir yilda bir martta 9 fevral - buyuk ajdodimiz Alisher Navoiyning tavallud kunida e'lon qilinadigan "Bu yilda o'qilishi zarur bo'lgan 100 ta kitob" ro'yxatini tuzib chiqish, ushbu kitoblarning yil davomida tele va radioefirlarda o'qib borilishi, el tanigan ziyolilar orqali barcha turdagi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng tashviqotini tashkil qilish;

4) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas'ulligida Yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda jahon va o'zbek adabiyoti, tariximiz va qadriyatlarimiz bilan bog'liq sara asarlar, shuningdek, islom dini tarixi, islom dinining asl mazmun-mohiyati va yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar haqida hikoya qiluvchi ixchamlashtirilgan matnlarni chop etish va audiokitoblar tayyorlashni ta'minlash;

5) Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi mas'ul tashkilot sifatida Yoshlar ittifoqi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda yoshlarni ma'naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni yot g'oyalar ta'siridan himoya qilish hamda kitobxonlikka keng jalb etishga qaratilgan ta'sirchan, tizimli, maqsadli va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bugungi kunda ham mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yilib, zarur chora-tadbirlar belgilanib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Olis va chekka qishloqlarda engil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va suniy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun er ajratish zarurligi takidlandi. Bunday tadbirkorlarga Ozmilliybank tomonidan "Yoshlar - kelajagimiz" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni tarbiyalash ishlariga bunday aniq va maqsadli yondashuv, tizimli va tartibli qat'iy munosabat barcha soha vakillarini, shuningdek, keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlarni yanada sergaklantirib, daxldorlik hissi va mas'ulligini oshirmoqda. Oliy hamda ezgu maqsadlar sari bir yoqadan bosh chiqarib, birgalikda harakat qilish, o'zaro qo'llab-quvvatlash orqali yuqori natijalarga erishish, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga undamoqda.

Hulosa o'rnida shuni takidlab o'tmoqchiman... Bu ko'rsatkichlar shunchaki raqamlardan iborat ma'lumotlar emas, bu ko'rsatkichlar rivojlanish uchun, ulkan davlat uchun harakatning raqamlar orqali ko'rinishidir. Bu islohatlar bizga har bir oila o'z farzandini tarbiyalash vaqtida o'sayotgan, fikr yuritayotgan, harakatchang, intiluvchan farzandi uchun ham ruham ham jismonan yordam bersa, yurtizim shu farzandning kelajagi uchun barcha ishni qilishga tayyorlini ko'rsatadi

Oila tarbiyasining mantiqiy davomi hisoblangan ana shu 5 tashabbusni to'laqonli amalga oshirish uchun nima qilmoq kerak? Televizor, radio yoki gazeta orqali faqat targ'ib-tashviq qilish bilan amalda kutilgan natijaga erishib bo'lmaydi. Yurtboshimizning "Farzandlarimizni o'zimiz asramasak, o'zimiz avaylamasak, o 'zimiz tarbiyalamasak, birov chetdan kelib bu ishni biz uchun bajarib bermaydi. Shu sababli har bir ofitser ta'sirchan shakl va usullardan foydalanib, adashganyoshlarni to'g'ri yo'lga qaytarishni harbiy xizmat kabi o'zining muhum burchi deb bilishi kerak3 " degan so'zlari biz uchun bir shior bo'lmog'i lozim.

Shu vatanda yashovchi har qanday shaxs o'z farzandiga, yaqinlariga, mahalla va hatto begona bola tarbiyasiga ham befarq bo'lmasligi darkor . Bir insondan butun bir jamiyat paydo bo'ladi. Agar biz birgina o'sayotgan yosh avlodning kelajagi uchun, hayoti uchun qo'limizdan kelgan yordamni ayamasak, biz butun bir jamiyatga yordam bergan bo'lamiz. Tashabbus faqat keng quloch yoyaversin, degan purma'no

3SH. Mirziyaev Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari."Harbiy - vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish-dolzarb vazifamizdir". O'zbekiston.NMIU, 2020yil. 141 b

hikmat bejiz aytilmagan. Yurtboshimizning yoshlar kelajagiga qaratilgan 5 tashabbusi to abad farzandlarimizga qanot baxsh etaveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. -№. 3.

2. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

3. EomaSoeBa Y. HyTK caHtaruHHHr y3ura xoc xycycu^raapu: MyaMMO Ba enuMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

4. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

5. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - C. 125.

6. YCMOHOB m. CAXHA^A TAmKH KHEOATA AKTEPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

7. Ycmohob m. Hhm gaproxura Sup Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

8. YMapoBa X,., Ycmohob m. CaHtarra SarurnnaHraH yMp //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

9. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.

10. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. -№. Conference. - C. 4-4.

11. A6gyHa3apoB 3. MHT-THH YHHH.TAPHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEP.TAPHH TACABBYPH BA ^HKKATHHH ^APX^Am //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

12. A6gyHa3apoB 3. THMCO.T.TAP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

13. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 148152.

14. ro^garneBa C. KHTo6-KyHrun nuporu //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

15. Юлдашева С. Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

16. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.

17. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

18. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

19. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

20. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

21. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

22. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

23. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСИКА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV

24. Омоновна X. С. ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КДЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

25. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДКИКИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

26. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

27. Мирзаева Н., Аскарова М. ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙЕОНИШ ХАРАКАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

28. Турсунов Б. ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

29. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

30. Еофурова Б. АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АХДМИЯТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

31. nynaTOB P. «MHP30 Y.HYFEEK» TPATE^H£CHHHHT ^PATHHHmH TAPHXH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

32. Qurbonova M. CHET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

33. MaMarKynoB E. TEATP^A CAXHA-TAmTHPYB^H PACCOMHHHr KACE CHP^APH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

34. Ismoilova M. CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

35. O'Taganov R. J. TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

36. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

37. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

38. AK6apoB T. OO-HEKHOP BA AHEAHABHH MYCHKA MACA.TA.nAPH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

39. AcKapoBa M. Y3EEK A^AEHH TAHKH^H TAPAKKHETH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

40. Turgunbaev R., Takada H. Co-WEB: A Peer-to-Peer Based, Partially Decentralized Framework for Collaborative Web-Content Publishing //2009 First International Conference on Advances in Future Internet. - IEEE, 2009. - C. 67-72

References

1. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. -№. 3.

2. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.

3. Eoma6oeBa Y. HyTK caHtaraHHHr y3ura xoc xycycH^raapu: MyaMMO Ba enHMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

4. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

5. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - C. 125.

6. YCMOHOB m. CA^HA^A TAffl^H KHEOATA AKTEPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Ycmohob m. Hhm gaproxura 6up Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

8. YMapoBa X., Ycmohob m. CaHtarra 6arumnaHraH yMp //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

9. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.

10. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. -№. Conference. - C. 4-4.

11. A6gyHa3apoB 3. MH^^HH YHHH^APHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEP.APHH TACABBYPH BA ^HKKATHHH ^APX^Am //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

12. A6gyHa3apoB 3. THMCO..AP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

13. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 148152.

14. ro^garneBa C. KuTo6-KyHrun nuporu //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

15. ro^garneBa C. KHTO6 MyTonaacuHH maKunnaHTupumga KyTy6xoHaHunuK ^aonuaTH //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

16. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 121-124.

17. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

18. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

19. AxMegoB P. Munnun MycuKun H^ponunuK caHtarura 6up Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

20. ro^garneB K., 3raM6epgueB X. Pe^uccypa: Kena Ba 6yryH //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

21. Tana6oeB A. Ma^OM caHtaruga cy3HuHr ypHu //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

22. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture.

- 2020. - №. IV.

23. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV

24. Омоновна Д. С. ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КДЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

25. Угли X. И. Т. ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДКИКИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

26. Угли X. И. Т. УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

27. Мирзаева Н., Аскарова М. ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ХАРАКАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

28. Турсунов Б. ЧОЛГУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

29. Shermatova X. MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

30. Гофурова Б. АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

31. Пулатов Р. «МИРЗО УЛУГБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

32. Qurbonova M. СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

33. Маматкулов Б. ТЕАТРДА САДНАЛАШТИРУВЧИ РАССОМНИНГ КАСБ СИРЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

34. Ismoilova M. CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

35. O'Taganov R. J. TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

36. Mamatov J. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

37. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture.

- 2020. - №. IV.

38. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

39. Ac^apoBa M. Y3EEK A^AEHH TAH^H^H TAPA^K^ÊTH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V.

40. Turgunbaev R., Takada H. Co-WEB: A Peer-to-Peer Based, Partially Decentralized Framework for Collaborative Web-Content Publishing //2009 First International Conference on Advances in Future Internet. - IEEE, 2009. - C. 67-72

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.