Научная статья на тему 'MA’NAVIYAT VA KITOBXONLIK INSON QALBINI EGALLASH VOSITASI'

MA’NAVIYAT VA KITOBXONLIK INSON QALBINI EGALLASH VOSITASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
143
266
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviyat / globallashuv / mafkura maydonlari / mezonsizlik / ma’naviy tahdid / mafkuraviy immunitet

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Asal Farhod Qizi Xayriddinova, Moʻminmirzo Zokir Oʻg‘Li Xolmoʻminov

Mazkur maqolada ma’naviyatning inson hayotidagi o‘rni, jamiyat rivojidagi salmoqli hissasi, yosh avlod tarbiyasidagi muhim roli haqida so‘z boradi. Bundan tashqari ma’naviyatni oshirishning samarali vositasi bo‘lgan kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha jamiyatimizdagi qator islohotlar, tadbirlar, Prezident qaror va farmonlari haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIYAT VA KITOBXONLIK INSON QALBINI EGALLASH VOSITASI»

MA'NAVIYAT VA KITOBXONLIK INSON QALBINI EGALLASH

VOSITASI

Asal Farhod qizi Xayriddinova Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada ma'naviyatning inson hayotidagi o'rni, jamiyat rivojidagi salmoqli hissasi, yosh avlod tarbiyasidagi muhim roli haqida s o'z boradi. Bundan tashqari ma'naviyatni oshirishning samarali vositasi bo'lgan kitobxonlikni rivojlantirish bo'yicha jamiyatimizdagi qator islohotlar, tadbirlar, Prezident qaror va farmonlari haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, globallashuv, mafkura maydonlari, mezonsizlik, ma'naviy tahdid, mafkuraviy immunitet.

THE PATH TO THE HUMAN HEART: PROBLEMS AND SOLUTIONS

Asal Farhod kizi Khayriddinova Kholmuminov Zokir oglu Mominmirzo mominmirzoxolmominov@gmail.com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article talks about the place of spirituality in human life, its significant contribution to the development of society, and its immportant role in the education of the young generation. In addition, a number of reforms, measures, in our society for the development of reading, which is an important aspect of increasing spirituality, and the President's decision and information about decrees.

Keywords: Spirituality, globalization, ideological fields, non-creteria, moral threat, ideological immunity.

Ma'naviyat - qudratli kuch. Ammo ba'zi hollarda mana shunday qudratli kuch, agar Abdulla Qahhor ta'biri bilan aytadigan bo'lsak, o'tin yorish uchun sarflanyotgani g'oyatda achinarli.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir" [1:469]. Shunday ekan, Prezidentimiz kuyib-pishib ta'kidlaganidek, insonning qalbi tomon yo'l bo'lgan ma'naviyat doimo e'tiborimizda bo'lmog'i shart.

Bugun G'arb mamlakatlarida iste'molchilik iqtisodiy jarayonlami jadallashtirmoqda. "Barcha narsa sotish va sotib olish mumkin bo'lgan tovarga aylantiriladi", degan tushuncha insonlar ruhiyatiga singdirila boshlandi. Globallashuvning xususiyati madaniyatlarning "duragaylashuvi"ga olib keldi. Fikr va buyumlarning, inson tanasi va ruhiyatining, tabiat va madaniyatning tovarga aylantirilishi bugungi kunning asosiy xususiyati bo'lib qolmoqda. Jamiyat hayotining barcha sohalarida savdo-sotiq munosabatlari ustuvor bo'lmoqda. "Yemak va tomoshalar" shiori ostida insonlarda iste'molchilik kayfiyati avj oldirildi. "Insonning hamyoni qayerda bo'lsa, uning qalbi ham o'sha yerda", degan halokatli g'oya ustuvor. Molparastlik va xudbinlikning shu tariqa hammabop qadiriyat sifatida tiqishtirilishi inson ma'naviy olamiga jiddiy tahdid solmoqda[2:82].

Masalaning yana bir muhim jihati shundaki, ma'naviyat sohasida masalaning yoki muammoning katta-kichigi bo'lmaydi: ularning hammasi muhim, dolzarb. Zero, ma'naviyat inson qalbiga, ong-tafakkuriga bevosita bog'langan soha.

Hammamizga yaxshi ma'lum, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2000-yili "FIDOKOR" gazetasi muhbiri savollariga javob berayotib, jahon miqiyosida insonlarning ongi va qalbini egallash uchun uzluksiz mafkuraviy kurash davom etayotganini alohida ta'kidlab o'tgandi, "Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo'layotgan kurashlar ko'p narsalarni hal qiladi" Zamonlar o'zgardi, kurash qurollari shakllandi, mukammallashdi. Inson qalbi uchun kurash esa hamon shiddat bilan davom etmoqda. Zero, tabiatda bo'shliqning o'zi bo'lmaydi, u albatta egallab olinadi.

Inson qalbi va ongi uchun kurash ayniqsa birinchi navbatda yoshlarga qaratilgan bo'lishini ta'kidlab o'tirishga ham hojat bo'lmasa kerak. Chunki, hali dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan, mafkuraviy "immuniteti" zaif yoshlar har qanday usti yaltiroq g'oyaga o'ch bo'ladilar, ular bunday nuqtai nazarlarini o'zlarining "men"larini ifoda etish vosita, deb biladilar-u, qattiq yanglishganlarini keyinroq tushunib yetadilar.

E'tiborli tomoni shundaki, ba'zan bir qarashda beozor ko'ringan badiiy asar yoki multfilm mohiyatida ham mafkuraviy tahdid yashiringan bo'lishi mumkin. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov shunday deydi, "Ma'naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e'tiqodidan qati nazar, har qaysi odamning tom ma'nodagi erkin inson bo'lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko'zda tutadigan mafkuraviy, g'oyaviy infarmatsion hurujlarni nazarda tutish lozim"

Yuksak ma'naviyat asosida Vatanga, yurtga, millatga muhabbat, uning porloq ertangi kuni va buyuk kelajagiga ishonish, o'zi mansub bo'lgan xalqni chin yurakdan sevish hamda "shu Vatan uchun men nima qila oldim?", degan qalbni doimiy bezovta qilib turadigan tuyg'u bilan yashash ham yotadi. "Ma'naviyat - bu el-yurtga, Vatanga

sadoqatni avvalo amaliy ish bilan isbotlash, fidoiy bo'lish, vijdon va diyonat deganidir", - deb ta'kidlaydi Shavkat Mirziyoyev[3:1].

O'tgan asrning 60-yillarida AQSH peshtaxtalarini Yaponiyadan kelgan arzon mahsulotlar bosib ketadi. Mahalliy ishlab chiqarish sanoati mushkul vaziyatga tushib qoladi. Ana shunda Prezident Kennedi matbuot orqali o'z xalqiga tarixiy murojaat bilan chiqadi: "Be American buy American". Ya'ni, Amerikalikmisan, Amerika mahsulotlarini sotib ol. Buni qarangki, murajaat xalqqa ta'sir ko'rsatdi. Aytishlaricha, murajaatdan ruhlanib ketgan Bill Geyts ismli bir yigit tez "Made in USA" tamg'asi bosilgan kompyuterlarni bozorga chiqarishni rejalashtirishga kirishgan. Insonga ta'sir o'tkazishning bir yo'lidir.

Jamiyatimizda ko'pchilikka ta'sir ko'rsatish qudratiga ega bo'lgan sohalarda keyingi yillarda katta o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Masalan, barchamizga ma'lum bo'lgan kino sohasini olaylik.

Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, keyingi uch-to'rt yil ichida yurtimizda kinolar soni nihoyatda ko'paydi. Poytaxtimizdagi San'at saroyida har oyda eng kamida 2ta badiiy filmning premyerasi bo'lib o'tmoqda. Bu yaxshi, albatta.

Ammo bu sohada son ketidan quvish sifatning yaxshilanishiga olib kelmadi, aksincha, ma'naviyatimizga putur yetkazadigan ochiq aytish kerak, ma'naviy xavf-xatarni vujudga keltiradigan filmlarning yaratilishiga ham olib keldi.

Kema-ket yaratilayotgan xususiy studiyalarda rejissiyorlarning o'zlari yozgan ssenariylari asosida, estrada yulduzlari ishtirokida(tomoshabinni kinoteatrga jalb qilishning urf bo'lgan usuli bu) bachkana, milliylikdan yiroq, chuchmal filmlar juda qisqa muddatda video apparatlarda suratga olinmoqda va keng ekranlarda namoyish etilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ham bu borada shunday deydi: "Shuni ham xolisona aytish kerakki, yoshlarning tarbiyasiga chuqur ta'sir ko'rsatadigan zamonaviy qahramon obrazi kino ekranlarida hali ham yaratilgani yo'q. Suratga olinyotgan aksariyat filmlarda kinochilarimizning bugungi kunning haqiqiy manzarasi, uning o'tkir muammolarini chuqur his eta olmasligi, oddiy odamlar hayotidan uzoqlashib ketgani sezilib turadi". Darhaqiqat, o'z vaqtida va topib aytilgan gaplar.

Bugungi xususiy nashrlarning aksariyatida mezon-o'lchovning o'zi yo'q. Ular uchun mezonsizlik-mezon, g'oyasizlik - g'oya vazifasini bajarmoqda. G'ayri axloqiy va mutlaqo g'ayri milliy sarguzashtlarning mualliflari o'zbekona muhitda tarbiya topganmikin o'zi, deb o'ylab qolasan kishi. Aslida millionlab tomoshabinlar ko'radigan, mutolaa qiladigan bitta yomon film va kitob shuncha odam ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishini nahotki bilmasak? Bu xususida muhtaram ustozimiz Azamat Haydarov shunday deydi "Kino nomlari haqida, avval "Kelgindi kuyov" filmi yaratilgandi. Keyin kelinning ham kelgindisi paydo bo'ldi. Abdulla

Qahhorning mashhur "O'tmishdan ertaklar" asarini yana bir o'qib chiqish zaruriyati tug'ilyapti. Axir o'zbek tilida "kelgindi" so'zidan ortiqroq haqorat yo'q-ku".

Nega keyingi yillarda suratga olingan va mutaxassislar hamda tomoshabinlar tomonidan yuqori baholangan, davlat mablag'iga tasvirga tushirilgan, eng muhimi-ma'naviyatimizga xizmat qiladigan "Chavandoz", "O'tov", "Zabarjad", "Kichkina odamlar" singari filmlar poytaxtimizdagi San'at saroyining kichkina zallarida atigi 12 haftagina namoyish etiladi-yu, yana Abdulla Qahhor ta'biri bilan aytganda "tanqiddan tuban" bachkana filmlar oylab katta zallardagi ekranlarda aylantiriladi?!

Nahotki, kino san'atimizda o'zgarishlar yasash uchun ham bevosita Prezident aralashishi kerak bo'lsa? Axir davlat byujetidan har yili xalqqa mo'ljallangan yaxshi filmlar olinishi uchun milliardlab so'm ajratyapti-ku. Jamiyatning bu kabi muammolarining asl sababi-ilmsizlikda va milliylikdan yiroqlashishda deb bilaman. Qayerdadir o'qigandim Xitoy ommaviy ravishda o'z aholisini, ularning salohiyatlarini oshirish uchun ishdan keyin kechki o'qishlarga jalb qilgan ekan. Balki, shu ham ularning muvaffaqiyatlarining asoslaridan biri bo'lgan bo'lsa ajabmas. Demak, ilm manbai bo'lgan kitoblarni o'qishimiz jamiyatimiz uchun malhamdir. Shu maqsadni anglagan holda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aholi o'rtasida kitobxonlikni oshirishga qaratilgan ko'plab islohotlarni amalga oshirmoqda. Xususan, kitobxonlik tanlovlari ("Yosh kitobxon", "Yosh kitobxon oila"), kitobxonlikni rivojlantirish bo'yicha qator farmonlar, mahallalar miqiyosidagi tadbirlar ("Mahallada duv-duv gap") shular jumlasidan. Hammamizga ayonki, bundan bir necha o'n yillar avval, qaysi kitobxon kitob mutolaa qilgani uchun "Spark" avtomobili sohibi bo'lgan, yoki, kimning yodida borki, o'z ajdodlarimiz kitoblarini farzandalarimiz bilan birga mutolaa qilib, avtomobil yutib olganimiz. Qisqa qilib aytganda, biz yosh avlod bilim olishi uchun yetarlicha sharoit yaratib berilmoqda. Xususan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan "2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida" gi qarori qabul qilindi. Bularning barchasidan maqsad kitobxonlikni rivojlantirib, ommaga targ'ib qilishdir.

Bundan tashqari Prezidentimiz tomonidan kitob mutolasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar orasida buni targ'ib qilish lozimligi haqida ko'p bora aytildi, aytilmoqda. Davlat rahbari tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning bittasi aynan kitobxonlikka qaratilgan bo'lib, u yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan.

Bugungi kunda xalq ta'limi tizimida 9576 ta axborot kutubxona muassasasi bo'lib, shundan 12 tasi viloyat, 199 tasi tuman va 928 tasi maktab axborot-resurs markazlari hamda 8648 tasi maktab kutubxonalari hisoblanadi. Ularga jami

4 047 738 nafar o'quvchilar a'zo bo'lgan. Umuman olganda bu ko'rsatkich yaratib berilayotgan imkoniyatlarga qaraganda ancha past. "NOP World" xalqaro reyting agentligi ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda odamlar haftasiga 16,6 soat vaqtini televizor ko'rishga sarflasa, 8,9 soat vaqtini kompyuter qarshisida o'tkazadi, 6,5 soat vaqtini esa mutolaaga ajratadi. Albatta, natijalardan ma'lumki, eng kam vaqt kitob mutolaasi uchun ajratilmoqda. Shuning uchun ham imkon qadar mamlakatimizda kitobsevarlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar olib borishga harakat qilinmoqda. Bu borada mening ham o'z takliflarim bor:

Ochiq kitob rastalarini tashkil etish! Nima uchun?

Serqatnov hududlarda joylashgan ochiq kitob rastalari, yopiq binolarda joylashgan hashamatli kitob do'konlaridan ko'ra ancha samaraliroqdir. Chunki, odatda serqatnov bo'lmagan joylarda joylashgan kitob do'konlariga bugungi kunda juda band bo'lgan odamlarning aniq ishi bo'lmasa, vaqt topib borishlari qiyin. Yo'l ustida joylashgan ochiq savdo rastalaridan esa, kishida bir tomosha qilib o'tib ham, 23 kitobni xarid qilish xohishi paydo bo'ladi. Masalaning ikkinchi tomoni ko'proq odamlar ish bilan ta'minlanadi, raqobat muhiti yaratilib, kitoblar narxi tushadi va hashamatli binolarni qurishga ketgan katta mablag'lar tejaladi.

Shahar ochiq elektron kutubxonasini yaratish!

Shahar aholisi uchun erkin kirish imkoni bo'lgan (ochiq wifi) maxsus platformada joylashtirilgan eng sara, foydali kitoblar bepul o'qish imkoni bo'lsa va bu platformada o'yin elementlaridan keng foydalanilsa, ko'proq odamlar kitob o'qishlari mumkin bo'lardi. Platformada eng ko'p kitob o'qigan foydalanuvchilarni yilda bir marotaba rag'batlantirish, uni shaharning eng zo'r kitobxoni deb boshqalarga namuna qilish, ko'plab odamlarni, ayniqsa yoshlarni kitob o'qishga undashi mumkin.

Boshqa ommaviy tadbirlar!

Shahar bo'ylab kitob o'qish kuni ommaviy marafoni. Shu kuni hamma xuddi velomarafonga o'xshab, ko'chaga chiqib kitob o'qiydi.

Ommaviy kitoblar savdosi haftaligi. Bir hafta davomida shaharning ma'lum qismiga ko'chma savdo rastalari turli kitoblarni sotishadi. Shu hafta yangi kitoblar taqdimoti o'tkaziladi, yilning eng yaxshi kitoblari, kitobxonlari e'lon qilinadi. Kitob qahramonlariga bag'ishlangan karnaval parad o'tkaziladi.

Albatta, yuqoridagi takliflarni, ommaviy tadbirlarning tashkilotchilari ham o'zimizdir. Men O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining 2-bosqich talabasiman. Kitobxonlik targ'iboti nafaqat mamlakat doirasida balki, biznizning institutimizda ham bu targ'ibot olib borildi. Xususan, kutubxonamizda kitob fondimiz boyidi. Kitob fondi 14302 nomda, 87361 nusxadagi adabiyotlardan iborat. Kitobxonlarimiz 2032ta, o'rtacha kitob o'qilishi 92%, kitob bilan ta'minlanish 84%, qatnov 96%ni tashkil etadi. Vaqtli matbuot nashrlari uchun salmoqli darajada obuna

tashkil qilindi. Jami 34 nomda 157 nusxada gazeta-jumalga obuna qilingan bo'lsa, shundan 18 nomda 133 ta gazeta, 16 nomda 24ta jurnallardan iborat.

Axborot-resurs markazining moddiy-texnik bazasi qoniqarli ahvolda. Axborot-resurs markazi 17 ta kompyuter, 5 ta skaner, 5 ta printer va 5 ta nusxa ko'chiruvchi texnik jihozlar bilan ta'minlangan. Bundan tashqari institutimizda ko'plab kitobxonlik tanlovlari bo'lib turadi. Talabalar o'z bilimlarini shu tarzda boyitib, dunyoqarashini kuchaytiradi.

Shunigdek, Institut rektori, filologiya fanlar doktori, professor Ibrohim Yo'ldoshev boshchiligida oliy ta'lim muassasasining Axborot-resurs markazida "Kitob bilan kelajak sari" shiori ostida "Kitob o'qishga keling, bir finjom kofe iching" mega aksiyasi start olgan. Bu amaliy tadbir talabalarimizni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirdi hamda kutubxonada kitobxonlik darajasini o'sishiga sabab bo'lmoqda. Ma'naviy va madaniy hordiq nashidalari yorqin taassurotlarga yalandi. Bilimga va ichimlikka tashnalik baravariga o'z barhamini topdi. Qo'shimcha tarzda institutimizda Alisher Navoiy asarlarini mutolaa qilgan talabalar uchun velosepedda sayr qilish imkoni berildi. Bularning barchasi kitob o'qishga bo'lgan qiziqishni orttirishga qaratigan.

Kitob o'qish - inson tafakkurining ozuqasidir. "Kitob o'qigan, o'zini ustida ishlagan odamda qanot bo'ladi. Kitob o'qishlik, ma'rifatparvarlik, ilmlilik sifatlarini o'zida mujassam qilgan odamgagina ma'naviy tahdidlar rahna sololmaydi, yod g'oyalar tahdid qilolmaydi. Shunday insonlar istiqomat qiladigan jamiyatda esa ma'naviyatsizlik bo'lmaydi, savodsizlik bo'lmaydi, hamma osuda va tinch hayot kechiradi. Shunday ekan kitob o'qishni o'zimizga odat qilib olsak, maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuning uchun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bejiz bu fikrlarni aytmagan, "Ishonchim komilki ana shunday noyob insoniy fazilatlarga, yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan xalq hech kimga hech qachon qaram bo'lmaydi, o'zining ezgu maqsadiga albatta yetadi" [4:174]

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

2. Qarang: M.Xolmo'minov, A.Qolqanatov. Yangi O'zbekistonda madaniyat markazlarini rivojlantirish:muammolar va yechimlar. "O'zbekiston davlat san'at va

madaniyat institut xabarlari" ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy jurnali. "NISO POLIGRAF" MCHJ bosmaxonasi. 2022-yil. 105 b

3. Президент Шавкат Мирзиёев раислигида утказилган видеоселектор материалларидан, "Хуррият" газетаси, 2019 йил 21 август, 25-сон

4. Haydarov A.Siyosiy madaniyat mas'uliyati.-Toshkent: "Tafakkur" nashriyoti, 2009. - 176 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.