Научная статья на тему 'YOSHLAR MA’NAVIYATI VA IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING O`RNI'

YOSHLAR MA’NAVIYATI VA IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ma’naviyat / ijtimoiy faollik / fuqarolik jamiyati / fuqarolik pozitsiyasi / nodavlat notijorat tashkilotlar / mahalla / konsepsiya / yoshlarga oid davlat siyosati.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ravshanova Gulxayo Abdikaxarovna

Ushbu maqolada ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarda faol fuqarolik pozitiyasini shakllantirishning dolzarbligi o`z ifodasini topgan. Shu bilan birga yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni va vazifalari muhokama qilingan. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonida nodaavlat notijorat tashkilotlar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR MA’NAVIYATI VA IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING O`RNI»

YOSHLAR MA'NAVIYATI VA IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING ORNI

Ravshanova Gulxayo Abdikaxarovna

"TIQXMMI" MTU "Gumanitar fanlar" kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11219358

Annotatsiya. Ushbu maqolada ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarda faol fuqarolik pozitiyasini shakllantirishning dolzarbligi osz ifodasini topgan. Shu bilan birga yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning o 'rni va vazifalari muhokama qilingan. Ma'naviy-ma'rifiy tarbiya jarayonida nodaavlat notijorat tashkilotlar ishtirokini kengaytirish bo 'yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so^zlar: ma'naviyat, ijtimoiy faollik, fuqarolik jamiyati, fuqarolik pozitsiyasi, nodavlat notijorat tashkilotlar, mahalla, konsepsiya, yoshlarga oid davlat siyosati.

Abstract. In this article, the importance of raising spiritual young people and increasing their social activity, forming an active citizenship position among young people is expressed. At the same time, the role and tasks of non-governmental non-profit organizations in raising the morale of young people were discussed. In the process of spiritual and educational education, practical proposals and recommendations have been developed to expand the participation of non-governmental non-commercial organizations.

Keywords: spirituality, social activity, civil society, civil position, non-governmental noncommercial organizations, neighborhood, concept, state policy on youth.

Аннотация. В данной статье выражается важность духовного воспитания молодежи и повышения ее социальной активности, формирования активной гражданской позиции у молодежи. При этом обсуждались роль и задачи неправительственных некоммерческих организаций в поднятии морального духа молодежи. В процессе духовно-просветительского воспитания разработаны практические предложения и рекомендации по расширению участия неправительственных некоммерческих организаций.

Ключевые слова: духовность, социальная активность, гражданское общество, гражданская позиция, неправительственные некоммерческие организации, соседство, концепция, государственная политика в отношении молодежи.

Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismonan sog'lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Yoshlarning bandligini ta'minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo'yicha ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish va amalga oshirish maqsadida "Yoshlar — kelajagimiz" Davlat dasturi qabul qilindi. Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Mazkur soha davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, mustaqillikning ilk yillaridan mustahkam huquqiy baza yaratildi. O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 1991 yilda qabul qilingan bo'lib, ushbu qonunning yangi tahrirda, 2016 yil 14 sentyabr kuni "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi

qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning 19,20,21, moddlarida yoshlarga oid davlat siyosatining ro'yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, hamda yoshlar tashkilotlarining ishtiroki alohida belgilab qo'yilgan. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatni amalga oshirishning yangi bosqichini boshlangani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 14 apreldagi PF-1425-sonli "O'zbekiston Respublikasi yoshlarning "Kamolot jamg'armasi to'g'risida"gi farmoni qabul qilinishi bilan izohlash mumkin [1].

Keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 31 maydagi 207-sonli "O'zbekiston Respublikasi yoshlarning Kamolot jamg'armasi qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi, hamda "O'zbekiston Respublikasi yoshlarning Kamolot jamg'armasining mukofotini ta'sis etish to'g'risida"[2] gi qarorini qabul qilinishi jamg'arma mavqeyini moddiy va ma'naviy mavqeyini oshirdi. 2001 yil yanvari oyida Respublikamiz birinchi Prezidenti bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda O'zbekistonda yoshlarni ijtimoiy jihatdan muhofaza etish, ularning bilim olish, mehnat qilish, siyosiy va bosh konstitutsiyaviy huquqlarini to'la amalga oshira olishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish oshlarda umuminsoniy qadriyatlar, milliy axloq, odob, demokratik yo'nalishlarni takomillashtirish asosida barkamol ma'naviy xislatlar, yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat, millatlararo do'stlik rishtalarini mustahkamlash uchun zarur muhit va shart-sharoitning yaratilishiga ko'maklashish,yoshlar muomolarini hal etish ularni jamiyatdagi faolligini oshirish va boshqa masalarga doir masalarni ilgari surdi. Bu uchrashuv yoshlar siyosatidagi yangi davrni boshlanishiga turtki bo'ldi. 2001 yil 25 aprelda O'zbekiston "Komolot" yoshlar ijtimoiy harakati ta'sis quriltoyida O'zbekiston "Komolot" ijtimoiy harakati tashkil etildi. Xalqimizning asriy orzu-umidlari ro'yobga chiqayotgan bugungi kunda o'gil-qizlarimizni o'z saflarida birlashtiradigan, eski zamon asoratlaridan butunlay voz kechgan, o'z taqdirini el-yurt taqdiri bilan uzviy bog'lagan, vatanning sha'ni,or-nomusi uchun kurashga otlangan yosh avlodni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan yoshlar tashkiloti tuzishni hayotni o'zi taqozo qilmoqda. O'ylaymanki, sizlarning tashabbusingiz bilan tashkil etilayotgan "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati ana shunday safarbar kuchga aylana oladi [3]. Davlat tomonidan O'zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini rivojlantirish va harakatni har jihatdan qo'llab-quvvatlash borasida bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Harakat 2001-2008 yillar davomida Respublika miqyosidagi yirik yoshlar tashkiloti sifatida shakllanib, o'zining atrofida millionlab sog'lom fikrli yoshlarni birlashtirdi va ularning hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog'liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berdi. "Kamolot" YolH faoliyatiga tanqidiy baho bergan holda, O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarga shart-sharoitlar yaratish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida O'zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bo'lib o'tgan IV qurultoyidago qaroriga muvofiq, O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenting Farmoniga ittifoqning ustuvor yo'nalishlari belgilab qo'yildi. Xususan, uyushmagan yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g'urur va o'zlikni anglash, ro'y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini shakllantirishni o'z oldiga madsad qilib qo'ygan yoshlar tashkiloti O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun 30-iyun sanasi mamlakatimizda "Yoshlar kuni", deb e'lon qilindi [4]. Ushbu sana mamlakatimiz yoshlarini birlashishga

undaydigan kun bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuningdek, yoshlar nodavlat notijorat tashkilolardan tashqari bir qator yurik nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda bir qator choratadbirlar rejasini amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda. Xususan, "Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish instituti", "Respublika ma'navyat va ma'rifat markazi", "O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashi", "O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyati", "O'zbekiston Badiiy akademiyasi", "Mahalla jamoat fondi" hamda Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari" kabi nodavlat tashkilotlarning o'rni ahamiyatlidir. Yoshlarni yurt koriga yaraydigan, qalbida vatan ravnaqi xissi bilan u, iqtidorli, ijodkor yoshlarni birlashtirish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash maqsadida O'zbekiston Yoshlar ittiqifoqi negizida "Yoshlarga ijtimoiy- psixologik xizmat ko'rsatish markazi", "O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi", "Ijtimoiy-huquqiy media", "Respublika yosh olimlar Kengashi" , "Loyihalar boshqaruvi markazi", "Yosh huquqshunoslar Kengashi", "Yoshlar ijod saroyi", "Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi", "Respublika yosh ijodkorlar kengashi", "O'zbekiston yosh fermerlari Kengashi" , "Respublika yoshlar markazi" , "Yosh kinoijodkorlar kengashi", "O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi", Yosh dizaynerlar Kengashi", "Yangi Avlod Forumi" bolalar ijodiyoti markazi , "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbus loyiha ofisi", "O'zbekiston tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalarining assotsiatsiyasi", "O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi" O'zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi kabi bir qancha nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritadi. Hududlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar tashkilotlaridan tashqari "Yoshlar muommolarni o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti", "Yoshlar media markazi", "Yoshlar ijodiy soroyi", "Yoshlar telelradiokomponiyasi", "Yoshlar ovozi" , "Молодёжь Узбекисна" gazetasi, "Yosh kuch" jurnali, " Yoshlar nashiriyot uyi" kabi tashkilotlarni o'z ichiga oladi Bugungi kunda oshar ittifoqi tizimi Markaziy kengash, 14 ta hududiy, 193 ta shahar va tuman kengashlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, Ittifoq o'zaro hamkorlik asosida vazirlik, idora va tashkilotlar, xo'jalik birlashmalari hamda siyosiy partyalarining republika boshqaruv organlari hamda umumiy o'rta ta'lim maktablari, o'rta-maxsus kasb-hunar ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalari va harbiy qismlarda boshlang'ich tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yilgan.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi davlat organlari tuzilmasi nodavlat tashkilotlar tarmog'i hamda ularning o'zaro hamkorligi masalalari O'zbekiston Respublikasining qonun va qonun osti hujjatlari, shuningdek tegishli tashkilot, idoralar va muassasalarning ichki me'yoriy-hujjatlarida o'z aksini topadi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasida faoliyat yurutuvchi siyosiy partiyalarning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi ishtirokini "Yoshlar qanoti" faoliyati misolida ko'rish mumkin. Ta'kidlash joizki, Respublikamizda barkamol avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalashda, shuningdek, ularni sog'lom muhitda kamol toptirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining o'rni katta ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Nodavlat notijorat tashkilotlarning asosiy maqsadi ham yoshlar ongida milliy ma'naviyatimiz, madaniy meros, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashdan iboratdir. Shuningdek, yosh avlodni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni bilim olishi, siyosiy, huquqiy, axloqiy, ekologik madaniyatini oshirishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

REFERENCES

1. Tursunova N. Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari. "Ijtimoiy fikr". 2004. 3-son. 149-150 betlar.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 31 maydagi 207-sonli 3. "O'zbekiston Respublikasi yoshlarning Kamolot jamg'armasi qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi Qarori. www.lex.uz

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublakasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 31 maydagi 207-sonli "O'zbekiston Respublikasi yoshlarning Kamolot jamg'armasi qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi Qarori

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi PF-5106-sonli

6. "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash tog'risida"gi Farmoni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.