Научная статья на тему 'BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR VA FUQAROLIK JAMIYATI BOSHQA INSTITUTLARINING ROLI'

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR VA FUQAROLIK JAMIYATI BOSHQA INSTITUTLARINING ROLI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
594
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson manfaati / fuqarolik jamiyati / nodavlat notijorat tashkilotlar / barqaror rivojlanish / xalq farovonligi / milliy strategiya. / Human interests / civil society / non-governmental organizations / sustainable development / human well-being / national strategy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nazir Sabirov

Maqolada barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli tahlil qilingan. Barqaror rivojlanishning falsafiy mohiyati ochib berilgan. 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar ko‘rsatib berilgan. Muallif fuqarolik institutlarining ushbu maqsadga erishishdagi roli xususida to‘xtalib, hozirgi zamonning dolzarb masalalaridan biri, shuningdek Harakatlar strategiyasining eng muhim yo‘nalishlari ifodasi ekanligini ta’kidlaydi. Hozirgi kunda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish borasida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF NON-GOVERNMENTAL ORGANIZATIONS AND OTHER INSTITUTIONS OF CIVIL SOCIETY IN ACHIEVING SUSTAINABLE DEVELOPMENT GOALS

The article analyzes the role of non-governmental organizations and other institutions of civil society in achieving sustainable development goals. The philosophical essence of sustainable development is revealed. Special attention is paid to national goals and targets in the field of sustainable development until 2030. Focusing on the role of civil institutions in achieving this goal, the author emphasizes that this is one of the most pressing problems of our time, as well as an expression of the most important directions of the Strategy of Action. Outlines the measures taken by our state and government to implement the National Goals and Objectives in the field of sustainable development.

Текст научной работы на тему «BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR VA FUQAROLIK JAMIYATI BOSHQA INSTITUTLARINING ROLI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati

boshqa institutlarining roli

Nazir Sabirov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati

Annotatsiya. Maqolada barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli tahlil qilingan. Barqaror rivojlanishning falsafiy mohiyati ochib berilgan. 2030 yilgacha bo 'lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar ko 'rsatib berilgan. Muallif fuqarolik institutlarining ushbu maqsadga erishishdagi roli xususida to 'xtalib, hozirgi zamonning dolzarb masalalaridan biri, shuningdek Harakatlar strategiyasining eng muhim yo'nalishlari ifodasi ekanligini ta 'kidlaydi. Hozirgi kunda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish borasida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar yoritib berilgan.

Kalitso'zlar. Inson manfaati, fuqarolik jamiyati, nodavlat notijorat tashkilotlar, barqaror rivojlanish, xalq farovonligi, milliy strategiya.

роль общественных организаций и других учреждений гражданского общества в достижении целей устойчивого развития

Назир Сабиров Депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса Республика Узбекистан

Аннотация. В статье анализируется роль неправительственных организаций и других институтов гражданского общества в достижении целей устойчивого развития. Раскрывается философская сущность устойчивого развития. Уделяется особое внимание на национальные цели и задачи в области устойчивого развития до 2030 года. Акцентируя внимание на роли гражданских институтов в достижении этой цели, автор подчеркивает, что это одна из самых актуальных проблем современности, а также выражение важнейших направлений Стратегии действий. Изложены меры, принимаемые нашим государством и правительством по внедрению Национальных целей и задач в области устойчивого развития.

Scientific Journal Impact Factor

Ключевые слова. Человеческие интересы, гражданское общество, неправительственные организации, устойчивое развитие, благосостояние людей, национальная стратегия.

role of public organizations and other civil society institutions in achieving the goals of sustainable

development

Abstract. The article analyzes the role of non-governmental organizations and other institutions of civil society in achieving sustainable development goals. The philosophical essence of sustainable development is revealed. Special attention is paid to national goals and targets in the field of sustainable development until 2030. Focusing on the role of civil institutions in achieving this goal, the author emphasizes that this is one of the most pressing problems of our time, as well as an expression of the most important directions of the Strategy of Action. Outlines the measures taken by our state and government to implement the National Goals and Objectives in the field of sustainable development.

Keywords. Human interests, civil society, non-governmental organizations, sustainable development, human well-being, national strategy.

O'zbekiston inson manfaati, erkinligi va qadr-qimmatiga xizmat qiluvchi buyuk mamlakatdir. So'nggi besh yil ichida O'zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish va bozor iqtisodiyotiga o'tishda qator chora-tadbirlar majmuining maqsadli amalga oshirilib borishi natijasida ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Buning isbotini O'zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi hayotida sodir bo'layotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalardagi ijobiy o'zgarishlarda ko'rish mumkin. 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning qabul qilinishi barqaror rivojlanishning milliy standartlarini ishlab chiqish hamda uning iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ekologik jihatlarini uyg'unlashtirish orqali farovonlik darajasini oshirish maqsadida yangi global hamkorlik uchun zamin yaratmoqda.

O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalari B. Aliev, H. Boboyev, D. Bobojonova, L. Boyko, K. Djavakova, Sh. Jalilov, R. Jumaev, S. Jo'raev, Z. Islomov, G. Ko'chqorova,

Nazir Sabirov Deputy of the Legislative Chamber of the Oliy Majlis The Republic of Uzbekistan

kirish

adabiyotlar tahlili va metodologiya

Scientific Journal Impact Factor

Sh. Mamadaliev, M. Mirxamidov, F. Musaev, X. Odilqoriev, A. Saidov, B. To'ychiev, A. To'laganov, S. To'ychiyev, A. Shaymanova, M. SharifXo'jaev, E. Xalilov, I. Ergashev, M. Qirg'izboyev, A. Qodirov, Z. Qodirova, O. Husanov, A.Huseynova kabi tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan [7-32]. Ular qo'llagan ilmiy-metodologik yondashuvlar va muammoga oid chiqargan ayrim xulosalar tadqiqot uchun nazariy-metodologik manba, ko'rsatma bo'lib xizmat qiladi.

Tadqiqotda ilmiy bilishning dialektik, tarixiylik, mantiqiylik, analiz va sintez, kompleks yondashuv, retrospektiv tahlil, anketa so'rovi, intervyu, suhbat, kuzatish, qiyosiy tahlil, kontent-analiz kabi usullariga tayanildi.

Mamlakatimizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo'yicha o'tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyusiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030 yilgacha bo'lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadlarida Vazirlar Mahkamasining tegishli 841-sonli qarori [6] ishlab chiqildi va bugungi kunga qadar mas'ul vazirlik hamda idoralar tomonidan mazkur qarorning ijrosi samarali amalga oshirilib kelinmoqda.

Qarorga ko'ra, 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar tasdiqlandi. Bunda 17 ta milliy maqsadlar belgilanib, ularning ijrosini ta'minlash uchun 169 ta tegishli vazifalar ko'rsatib o'tildi hamda tegishli mas'ul ijrochilar belgilanib, ularda barqaror rivojlanishning uchta ya'ni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlarini qamrab olinganligini ta'kidlash joizdir.

Shuningdek, 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilib, «Yo'l xaritasi» ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Mazkur xarita uch bo'limdan ya'ni «I. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish» bo'limida 3 ta band; II. BRMga erishish mezon ko'rsatkichlari tizimini shakllantirish bo'limida 5 ta band; III. Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish monitoringi va hisobdorlik bo'limida 7 ta bandni o'z ichiga olgan tadbirlar belgilanib, ularni amalga oshirish mexanizmlari, ijro muddatlari va ijrochi mas'ullari ko'rsatib berildi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, «Yo'l xaritasi»ning Milliy rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish monitoringgi va hisobdorlik yuzasidan 10-bandiga muvofiq, jarayonga jalb qilingan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Muvofiqlashtiruvchi kengashning Milliy BRMga erishish yuzasidan yillik majlislarini o'tkazish tadbirlari belgilanib, bu borada quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:

natijalar

Scientific Journal Impact Factor

- 2018 yil 24 dekabr kuni Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2030 yilgacha bo'lgan Milliy BRMlarni amalga oshirish bo'yicha tashkiliy chora tadbirlar mavzusidagi yig'ilish bo'lib o'tgan;

- 2019 yil 20 mart kuni Bosh vazir o'rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari - J.A.Qo'chqorov tomonidan 2030 yilgacha bo'lgan Milliy BRMlarni amalga oshirish bo'yicha vazifa va indikatorlar ro'yxati tasdiqlangan hamda shundan kelib chiqib 2019 yil 23 iyul kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri o'rinbosari boshchiligida Milliy indikatorlarni ishlab chiqish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, BMTning mavjud bo'lmagan indikatorlari bo'yicha tavsiyalariga bag'ishlangan muhokamasi bo'lib o'tgan;

- 2020 yil 19-21 may kunlari Ixtiyoriy Milliy hisobotni tayyorlash jarayonini yoritish hamda aholining ushbu masala yuzasidan xabardorligini muntazam oshirib borish maqsadida "Yuksalish" umummilliy harakati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, OAV va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida alohida BRMga erishish natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha bo'lgan Milliy BRMlarni amalga oshirilishi natijalari va mamlakatning Ixtiyoriy Milliy hisoboti loyihasi Parlamentda ko'rib chiqilgan va keng miqyosda muhokama hamda brifinglar o'tkazilgan;

- 2020 yil 27 avgust kuni Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi "2030 yilgacha bo'lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirilgan ishlar va Global indikatorlar tizimidan kelib chiqib, milliy indikatorlar ro'yxati yangilanishi maqsadida Davlat statistika qo'mitasi raisi B.Begalovning axboroti eshitilgan.

Shuningdek, 2021 yil 5 aprel kuni Inson kapitalini riojlantirish Loyihasi bo'yicha "Barqaror ekologik va inklyuziv tiklanish uchun inson kapitaliga investisiya qilish" mavzusida Virtual tarzda Vazirlar yig'ilishi hamda 2021 yil 12-15 aprel kunlari BMT Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (EKOSOS) Byurosining onlayn formatda navbatdagi "Tariqqiyotni moliyalashtirish" mavzusidagi Forumi o'tkazildi. Ushbu jarayonlarda xususan, milliy rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari ham keng jalb qilinganligi e'tiborga sazovordir.

E'tiborlisi, BMTning 2030 yilgacha bo'lgan Global kun tartibi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq ravishda O'zbekistonda milliy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarini ilgari surishda borasida ko'mak berish bo'yicha o'zaro birgalikdagi sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, ushbu dastur va boshqa tashabbuslar mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi islohotlari izchil amalga oshirilayotgan 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi [1]ning eng muhim yo'nalishlari ifodasi bo'lib, BMTning Barqaror

Scientific Journal Impact Factor

rivojlanish maqsadlariga to'liq mos va hamohang ekanligini alohida ta'kidlab o'tish joiz.

Ma'lumki, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda, albatta, fuqarolik jamiyati institutlaring roli benihoya katta. Tarixiy taraqqiyotdan ma'lumki, fuqarolik jamiyatining erkinligi, gullab-yashnashi uchun davlat va qonunlar kuchli, adolatli bo'lishi zarurdir. Ta'kidlash joizki, erkinlikni oddiy fuqarolar, umumiy olganda, jamiyat qo'lga kiritadi. Shundan kelib chiqqan holda, aytish mumkinki, kuchli fuqarolik jamiyati davlatni nazorat qilishi lozimdir, ayni paytda davlat jamiyatning erkinligini himoyalashi va rag'batlantirishi kerak.

E'tirof etish joizki, bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi [5]da aynan islohotlarimiz xalqimizning kundalik hayotida o'z ifodasini topayotgani, kutgan natijalarimizga erishish ko'p jihatdan davlat boshqaruvidagi samaradorlikka bevosita bog'liqligi va ushbu maqsadda 2021 yilda amalga oshirish lozim bo'lgan vazifalarni belgilab berdilar.

Davlatimiz rahbari o'z so'zida erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlashni davom ettirish lozimligini, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini joylardagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratish zarurligini bildirib o'tdi.

Ayniqsa, mavjud muammolarni aniqlash, ularni chuqur tahlil qilish, yechimlari bo'yicha taklif ishlab chiqish, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlashga ijtimoiy buyurtma asosida nodavlat notijorat tashkilotlari keng jalb etilishi, bu turdagi hamkorliklarni, eng avvalo, ta'lim, madaniyat, tibbiyot, ekologiya, qurilish, kadastr, transport, kommunal xo'jaligi, bandlik, ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish kabi muammoli sohalarda keng joriy etish maqsadga muvofiqligini va bu ishlarni tashkil etish uchun joriy yilda byudjetdan 60 milliard so'm yo'naltirilishi bildirildi.

Shuningdek, Qonunchilik palatasida nodavlat notijorat tashkilotlarining doimiy vakili institutini joriy etish va ushbu vakil quyi palata yig'ilishlarida ishtirok etishi, qabul qilinayotgan qonunlarga ta'sirchan jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklik masalalarini kiritish bo'yicha takliflar berish vakolatiga ega bo'lishi zarurligini bildirilgan. Haqaqatdan ham ushbu vakili instituti quyi pag'onadagi o'z vakillari bilan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi ayni muddaodir, qonun loyihalarini muhokama qilishda o'z takliflarini oldinga surishi, muhokamalarda qatnashib xalqchin qonunlar qabul qilishda juda katta hissasini qo'shadi.

Murojaatnomadan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi [4] mamlakatimiz uchun muhim Farmoni qabul qilindi.

E'tirof etish joizki, so'nggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlashda, davlat organlari va ular

Scientific Journal Impact Factor

o'rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirishda, ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida yurtimizda izchil ishlar olib borilmoqda [33,36].

Ayniqsa, oxirgi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 1 270 dan ortiq loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan 117 milliard so'm miqdordagi mablag'lar ajratildi, ularning huquqiy kafolatlarini ta'minlaydigan, zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirilmoqda, xususan 20 ga yaqin qonunlar va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda Hukumatning tegishli qarorlari qabul qilingan.

Nodavlat notijorat tashkilotlari manfaatlarini ifoda etish, davlat bilan ular o'rtasidagi ko'prik vazifasini bajarishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi tashkil qilindi, shuningdek, aholi bilan ochiq muloqot olib borishning yangi samarali vositalarini joriy etish maqsadida davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyati yo'lga qo'yilib faol ish olib borilmoqda.

Ko'rilayotgan choralar natijasida so'nggi to'rt yilda fuqarolik jamiyatining eng asosiy instituti hisoblangan nodavlat notijorat tashkilotlari soni 20,7 foizga oshdi, shu jumladan, 187 ta yirik respublika nodavlat notijorat tashkilotlari o'z faoliyatini boshladi.

Konsepsiyaning ustuvor yo'nalishlari etib, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlariga ko'mak berish hamda ularni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta'minlanishi belgilandi.

Shuningdek, 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2021 yilda amalga oshirish "Yo'l xaritasi" va 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlandi.

Ushbu maqsadli ko'rsatkichlarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qo'llab-quvvatlash hajmini 2021 yilda kamida 1,2 baravarga, 2025 yilda 1,8 baravarga oshirilishini, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondlariga 2021 yilda 16 milliard so'm, 2025 yilda 70 milliard so'm mablag'lar ajratilishini, O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari

Scientific Journal Impact Factor

milliy assotsiatsiyasi a'zolari sonini jami faoliyat ko'rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari soniga nisbatan 2021 yilda 10 foizga, 2025 yilda 30 foizga yetkazilishini, har bir davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatida fuqarolar tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining sonini 2021 yilda 5 foizga, 2025 yilda 25 foizga yetkazilishini, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kiritilgan takliflarning umumiy sonini 2021 yilda 1000 taga, 2025 yilda 5000 taga yetkazilishini ta'minlanishini, mamlakatimizda e'lon qilinadigan yilga oid davlat dasturida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini 2021 yilda 30 taga, 2025 yildagi davlat dasturida - 50 taga yetkazilishini belgilandi.

Shu bilan birga, ushbu ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish hamda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yaqin va o'rta muddatli istiqbollari belgilanib, 2021 yil 1 apreldan boshlab nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinishi va unga ko'ra har yil yakunlari bo'yicha nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat ko'rsatkichlariga asosan ularning reytingi tuzilishi nazarga tutildi.

Ushbu yo'nalishda yana bir muhim hujjat, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2018 yil 4 iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3837-sonli [2] qarori bo'lib, unda davlat organlari jamoatchilik kengashlarining tarkiblarini tasdiqlashi va ularning faoliyatini tashkil etishga doir masalalar hal etilishini ta'minlash bilan birgalikda davlat organiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, jamoatchilik kengashi to'g'risidagi namunaviy nizom asosida jamoatchilik kengashlari haqidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Jamoatchilik Kengashlarining faoliyatini yo'lga qo'yish belgilangan.

E'tiborli jihati Qarorda vazirliklar xuzuridagi jamoatchilik kengashlari tarkibiga nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, davlat organlarida namunali xizmat ko'rsatgan mexnat faxriylari, jamoatchilik faoliyati soxalarida katta amaliy tajribaga ega obro'-e'tiborli fuqrolar hamda OAV vakillari qabul qilinishi nazarda tutilgan.

Umuman olganda, mazkur qarorning ijrosini ta'minlashda ya'ni davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish, yo'lga qo'yish va yanada takomillashtirishda oldimizda turgan quyidagi ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Jumladan:

Scientific Journal Impact Factor

- davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta'minlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bog'lab turadigan "ko'prik" rolini bajarish;

- davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash;

- fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan davlat organining faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik so'rovlar o'tkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'tkazish;

- davlat organi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil o'tkazish, shuningdek, ularning natijalari bo'yicha takliflar tayyorlash;

- davlat organi faoliyatining ochiqligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to'g'risida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

- davlat organi faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganish va ularni yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

- davlat organi faoliyati bo'yicha fuqarolar o'rtasida o'tkaziladigan tushuntirish ishlari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- davlat organlari xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko'rsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan bo'shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish bo'yicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari bo'yicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish;

- davlat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish masalalarida davlat va xalq o'rtasida «muloqot maydoni»ni shakllantirishga xizmat qilish;

- davlat organlarining fuqarolar bilan ochiq va manzilli muloqot olib borishning yangi samarali vositalari va mexanizmlarini joriy etilishiga hamda davlat organlarining faoliyatini shaffofligini ta'minlanishga to'sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini yuzasidan tavisiyalar ishlab chiqish va tadbiq etish;

Scientific Journal Impact Factor

- davlat organlari faoliyatidagi muammolarni aniqlash hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish jarayonlariga ko'rsatilayotgan salbiy ta'sirlarning omillarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko'rish;

- davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasida ta'sirchan hamda samarali muloqotni yo'lga qo'yish borasidagi muammolarni aniqlash va tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish;

- jamoatchilik Kengashini tashkil etish to'g'risidagi hujjat va uning tarkibini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davlat organining rasmiy veb-saytida e'lon qilish;

- fuqarolarga davlat organlari faoliyati to'g'risida batafsil axborot olish uchun imkoniyatlar yaratish choralanrini ko'rish;

- davlat organlari faoliyatida sog'lom ishchanlik muhitini va qonuniylikni joriy etish, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish choralarini ko'rish vazifalarni amalga oshirishimiz maqsadga muvofiqdir.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun zarur institusional baza yaratildi.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 3-bandi [3] ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan "Buxoro shahrida «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik» mavzusidagi xalqaro forumni o'tkazish to'g'risida" qo'shma qarorini imzoladi. Ushbu qaror bilan Global forumini o'tkazish bo'yicha tashkiliy dasturlar va keng ko'lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, unga tayyorgarlik ko'rish va uni tashkiliy jihatdan yuqori saviyada o'tkazish tartiblari belgilandi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'mitalari 2021 yil 10 - 20 iyun kunlari davomida Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish uchun Barqaror rivojlanish haftaligini o'tkazildi, unda har bir maqsad bo'yicha turkum davra suhbatlari tashkil etilib yakunlari bo'yicha bildirilgan takliflarni Tashkiliy qo'mitaga kiritildi.

Global forumning asosiy maqsadi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xalqaro tajriba almashish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko'rish, milliy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishda yangi usullar hamda vositalarni qo'llash, O'zbekistonning bu boradagi ijobiy imijini xalqaro maydonda yanada yaxshilashdan iboratdir.

xulosa

Scientific Journal Impact Factor

Ta'kidlash joizki, ayniqsa, global pandemiya tufayli dunyo mamlakatlarida nafaqat sog'liqni saqlash tizimlari, balki iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda inqirozli vaziyat yuzaga kelib, pandemiyadan keyingi tiklanish va barqaror rivojlanishda BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari bilan faol xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng muhimi, istiqlol tufayli insonlarning tafakkuri va hayotga munosabati o'zgarib bormoqda, ularning davlatimiz buyuk kelajagiga bo'lgan qat'iy ishonchi kuchaymoqda.

I.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyul PQ-3837-sonli «Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori.

3.2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2021 yil PF-6155-sonli Farmoni.

4.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.03.2021 yildagi PF-6181-sonli «2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmoni.

5.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 29 dekabr 2020 yil https://president.uz/uz/lists/view/4057

6.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi 20.10.2018 yil 841-son Qarori

7.Aliev B. Bozor munosabatlarining qaror topishi sharoitida mehnat jamoasi ijtimoiy funksiyalarining o'zgarishi. - T.: Fan, 1992.

8.Boboyev H., Hasanov S. O'zbekiston demokratik jamiyat qurish sari. -Toshkent: Adolat, 2001.

9.Bobojonova D. O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. - Toshkent: Sharq, 1999.

10.Бойко Л.М. Конститусионние основи народовластия в Республике Узбекистан. - Тошкент: Адолат, 2001.

II.Жалилов Ш. Давлат хокимияти махаллий органлари ислохоти: тажриба ва муаммолари. - Тошкент: Узбекистон, 1996.

references

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

12.Жумаев Р. Давлат ва жамият: демократлаштириш йулида. - Тошкент: Шарк, 1998.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13.Жураев С. Фукаролик жамияти: назария ва амалиёт. - Тошкент: Академия, 2003.

14.Исломов З.М. Фукаролик жамияти: кеча, бугун, эртага. - Тошкент: ТДЮИ, 2002.

15.Кочкорова Г.Д. Роль негосударственных коммерческих организаций в формировании нравственных устоев гражданского общества: Автореф. дисс ... канд. филос. наук. - Ташкент: 2008.

16.Мамадалиев Ш.О. Халк хокимияти: назария ва амалиёт. - Тошкент: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2003.

17.Мирхамидов М. Демократизация органов государственного управления Республики Узбекистан: проблемы и перспективы. - Ташкент: Университет, 1992.

18.Мусаев Ф. Демократик давлат куришнинг фалсафий-хукукий масалалари. - Тошкент: Узбекистон, 2007.

19.Одилкориев Х.Т. Конституция ва фукаролик жамияти. - Тошкент: Шарк, 2001.

20.Саидов А., Жузжоний А. Шарк цивилизацияси: инсон ва хукук (утмиш ва хозирги замон). - Тошкент: Адолат, 2005.

21.Туйчиев Б. Проблемы формирования политической культуры и демократизация современного общества. - Тошкент: Фан, 1991.

22.Тулаганов А. Давлат хокимиятининг вакиллик ва узини узи бошкариш органлари фаолиятини ташкил этиш. - Тошкент: ТДЮИ, 2002.

23.Туйчиева С.С. Узбекистон Республикасида бозор муносабатларига утиш шароитида шахс ижтимоий фаоллигини оширишда маънавий маданиятнинг роли. Фалсафа фан. д-ри ... дисс. автореф. - Тошкент, 2004.

24.Шайманова А.Э. Узбекистонда фукаролик жамияти курилишида урта мулкдорлар синфининг урни ва роли: Фалсафа фан. номзоди ... дисс. автореф. -Тошкент: 2005.

25.Шарифхужаев М. Узбекистонда очик фукаролик жамиятининг шаклланиши. - Тошкент: Шарк, 2003.

26.Халилов Э.Х. Узбекистон Республикасининг конун чикарувчи олий органи: сохта вакилликдан хакикий парламентаризмга. - Тошкент: Узбекистон, 2001.

27.Эргашев И. Тараккиёт фалсафаси. - Тошкент: Академия, 2000.

Scientific Journal Impact Factor

28.Киргизбоев М. Фукаролик жамияти: партиялар, мафкуралар, маданиятлар. - Тошкент: Шарк, 1998.

29.Кодиров А. Сиёсат фалсафаси. - Тошкент: ТДЮИ, 2008.

30.Кадырова З. Проблемы повышения социальной активности молодежи Узбекистана в условиях всестороннего реформирования общества. - Ташкент: Узбекистан миллий энциклопедияси, 1999.

31.Хусанов О. Мустакиллик ва махдллий хркимият. - Тошкент: Шарк, 1998.

32.Хусейнова А.А. Фукаролик жамиятини шакллантириш жараёнида аёллар фаоллигини ошириш муаммолари: Фалсафа фан. докт. ... дис. автореф. -Тошкент, 2010.

33.Khajieva, I., Khujaniyazova, G., Kenjaeva, K., & Jumaniyozov, F. (2020). Foreign language competenceformation of the future teacher of vocational education in the information and educational environment. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 360-365.

34. Zhabborova, O. I., & Kenjaeva, H. P. (2018). Bases of gender equality of rights in Uzbekistan. Международный журнал гуманитарных и естественных наук,

35. Кенжаева, Х. П., Тожиев, Ф. И., & Жураев, Б. Н. (2014). РОЛЬ ЖЕНЩИН В СОЗДАНИИ И РАЗВИТИИ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. In Инновации в технологиях и образовании (pp. 119-123).

36. Кенжаева, Х. П. (2021). ФУКАРОЛИК МАДАНИЯТИ МЕЗОНЛАРИ ШАРК ФАЛСАФАСИ ТАЛКИНИДА. Academic research in educational sciences, 2(3).

(5-2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.