Научная статья на тему 'MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA STRATEGIK QARORLARI QABUL QILISHDA AXBOROT TIZIMLARINI QO‘LLASH.'

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA STRATEGIK QARORLARI QABUL QILISHDA AXBOROT TIZIMLARINI QO‘LLASH. Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
862
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mahalliy davlat hokimiyati organlari / boshqaruv tizimlarini avtomatlashtirish / strategik qarorlar qabul qilish tizimi / jamoatchilik nazorati. / local government / automation of management systems / strategic decision-making system / public control.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nurmurodov Zafarjon Nurmurod O‘g‘li

Maqolada mahalliy davlat hokimiyat faoliyatini raqamlashtirish orqali hududlarni rivojlantirish bo‘yicha ular tomonidan chiqariladigan strategik qarorlarni axborot tizimi orqali ishlab chiqish, bu bilan ishlab chiqilgan strategik qarorlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishi nazoratini olib borish, sarflanadigan mablag‘larni tejash hamda strategik qarorlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash masalasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF INFORMATION SYSTEMS IN MAKING STRATEGIC DECISIONS IN LOCAL GOVERNMENT BODIES.

The article deals with the development of strategic decisions on the development of regions through the digitalization of local government through the information system, thereby monitoring the timely and quality implementation of strategic decisions, saving costs and strategic decisions. The issue of timely implementation is covered.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA STRATEGIK QARORLARI QABUL QILISHDA AXBOROT TIZIMLARINI QO‘LLASH.»

Scientific Journal Impact Factor

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA STRATEGIK QARORLARI QABUL QILISHDA AXBOROT TIZIMLARINI QO'LLASH.

Nurmurodov Zafarjon Nurmurod o'g'li O'zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo 'yicha davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy

inspeksiyasi boshlig'i

zafargis@umail.uz

Annotatsiya: Maqolada mahalliy davlat hokimiyat faoliyatini raqamlashtirish orqali hududlarni rivojlantirish bo'yicha ular tomonidan chiqariladigan strategik qarorlarni axborot tizimi orqali ishlab chiqish, bu bilan ishlab chiqilgan strategik qarorlarni o'z vaqtida sifatli bajarilishi nazoratini olib borish, sarflanadigan mablag'larni tejash hamda strategik qarorlarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlash masalasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqaruv tizimlarini avtomatlashtirish, strategik qarorlar qabul qilish tizimi, jamoatchilik nazorati.

Аннотация: В статье рассматривается разработка стратегических решений по развитию регионов путем цифровизации местного самоуправления через информационную систему, что позволяет контролировать качество своевременной реализации стратегических решений, экономию денежных средств и совершенствование стратегических решений. покрыт.

Ключевые слова: местное самоуправление, автоматизация систем управления, система принятия стратегических решений, общественный контроль.

Abstract: The article deals with the development of strategic decisions on the development of regions through the digitalization of local government through the information system, thereby monitoring the timely and quality implementation of strategic decisions, saving costs and strategic decisions. The issue of timely implementation is covered.

Keywords: local government, automation of management systems, strategic decision-making system, public control.

Bugun hududlarni rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki boshqacha aytganda, barcha bo'g'indagi hokimliklarning mas'uliyati tobora ortib

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

borayapti. O'tgan davrda davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunchiligida ham tashkiliy-amaliy jihatlarida ham tub o'zgarishlar, yangilanishlar yuz berdi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta'minlash, ijtimoiy sheriklik, markazda hamda joylarda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda jamoatchilik ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslari shakllantirildi. Ijro hokimiyatining vakillik organlari oldida hisobdorligi tamoyili Konstitutsiya hamda qonunlarda mustahkamlab qo'yildi. Bu esa o'z-o'zidan barcha bo'g'indagi hokimliklar zimmasiga yangidan-yangi vazifalarni yuklamoqda.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarida samarali boshqaruv faoliyatini tashkil etish ochiqlikka asoslangan, samarali qarorlar qabul qilish tizimini tatbiq etilganligiga bevosita bog'liq. Shuningdek, boshqaruvning barcha bo'g'inida samarali qarorlar qabul qilish tizimini tatbiq etilganligi 2017— 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarga erishish kafolati hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomalarida «So 'nggi 4 yilda barcha sohalarda keng ko 'lamli o 'zgarishlarni amalga oshirish bo 'yicha 150 ta qonun, 2 mingga yaqin farmon va qarorlar qabul qilindi.... Amaldagi nazorat tizimi esa ko'proq formal tusga ega bo 'lib, ijroni tashkil etishdagi muammolarni aniqlash va hal qilishga yo 'naltirilmayapti. Shuning uchun kelgusi yilda bu borada yangi ish tizimi joriy etiladi» deb ta'kidlangan. Shuningdek,«#ar bir tuman va shahar hokimi bir oy muddatda o 'z hududida kambag 'allikni qisqartirish bo 'yicha manzilli dastur ishlab chiqib, uning ijrosi bo 'yicha har chorakda mahalliy Kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib borishi zarur. Bu masala barcha rahbarlarning birinchi darajali vazifasi va ish samarasini baholaydigan asosiy mezonga aylanishi kerak» deb ta'kidlangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 martdagi PQ-5025-son «Tartibga solish ta'sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» qarori bilan tartibga solish ta'sirini baholashdan o'tkazish uchun quyidagilar axborot manbalari hisoblanishi belgilangan:

• rasmiy statistik ma'lumotlar;

• davlat organlari va tashkilotlarining ma'lumotlari;

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Scientific Journal Impact Factor

• oqibatlarni prognozlashtirish masalalari bo'yicha ilmiy-tahliliy materiallar va nashrlar, ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar hamda yig'ilishlar materiallari;

• vakolatli tashkilotlar va ishlab chiquvchi tomonidan o'tkazilgan ijtimoiy so'rovlarning natijalari;

• ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog'idagi rasmiy veb-saytlarda e'lon qilingan nashrlar;

• tartibga solish ta'sirini baholashdan o'tkazish doirasida davlat organi va tashkiloti tomonidan, shu jumladan bevosita joyiga chiqqan holda o'tkazilgan o'rganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) ma'lumotlar;

• qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Shuningdek, Ishlab chiqilayotgan qaror Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning

huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga ta'sir ko'rsatishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat majburiy tarzda tartibga solish ta'sirini baholashdan o'tkazilishi belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 noyabr, PQ-4505-son «Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» qarori 1-ILOVAsi bilan tasdiqlangan «Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini o'tkazish tartibi to'g'risida NIZOM» bilan Davlat boshqaruvi organlari tomonidan huquqiy monitoring quyidagi bosqichlarda o'tkazilishi belgilangan:

• huquqiy monitoring ob'ektiga oid ma'lumotlarni to'plash, umumlashtirish va tahlil qilish;

• tahliliy ma'lumotnoma tayyorlash;

• normativ-huquqiy hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularga o'zgartirish kiritish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

• huquqiy monitoring yakunlari bo'yicha tayyorlangan tahliliy ma'lumotnoma va takliflarni Adliya vazirligiga taqdim qilish.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan parlament, davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari amaliyotiga nazorat-tahlil faoliyatining xalq bilan samarali muloqotga asoslangan yangi shakli joriy qilindi. Parlament a'zolari muayyan tuman misolida joylardagi haqiqiy ahvol, qonunlar, dasturlar ijrosini o'rganmoqda. Uning natijalari esa mahalliy Kengashlar sessiyalarida keng jamoatchilik ishtirokida tahlil

Scientific Journal Impact Factor

etilayapti, mavjud muammolar yechimi yuzasidan aniq qarorlar qabul qilinmoqda va ulaming ijrosi nazoratga olinmoqda.

Bugungi kunda jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimidagi yangiliklar, ushbu sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, Prezidentimiz tomonidan mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining islohotlar natijadorligi va samaradorligi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo'yicha belgilab berilgan vazifalar aks etishi ayni muddaodir.

Bugun hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish siyosatini ishlab chiqishda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda ijtimoiy sheriklik mexanizmidan unumli foydalanish muhim o'rin tutadi. Qonunlar loyihasini ishlab chiqishda ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda xususiy sektor vakillarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi, byudjetni rejalashtirish, bosh reja singari dolzarb masalalarni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishga jalb etishning majburiy mexanizmini aniq belgilab olish zarur.

Buguni kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi islohotlarni samaradorligi bevosita ijro hokimiyati organlarida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilinishi bilan bog'liq. Buni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi quyidagi fikrlar bilan izohlash mumkin:

Birinchidan, ijro hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish, kadrlar, moddiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha aniq mezon va tartiblarni joriy etish;

Ikkinchidan, ijro hokimiyati organlari zimmasidagi vazifalarni amalga oshirish tartibini, ularning mas'uliyat doirasini aniq belgilash;

Uchinchidan, hokimiyatning vakillik organlari va ijro hokimiyati idoralari o'rtasida yaqin hamkorlikni ta'minlaydigan usul va uslublarni takomillashtirish;

To'rtinchidan, mamlakatimizda qabul qilinayotgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishda ijro hokimiyati organlarining uyg'un faoliyat olib borishini ta'minlash;

Beshinchidan, davlat boshqaruvida ochiqlikka asoslangan, samarali qarorlar qabul qilish tizimini tatbiq etish;

Oltinchidan, Davlat boshqaruvini haddan tashqari markazlashtirishdan voz kechish;

Scientific Journal Impact Factor

Yettinchidan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga mas'ul bo'lgan rahbarlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish bo'yicha vakolatlarni tuman va shahar hokimlariga to'liq o'tkazish;

Sakkizinchidan, davlat boshqaruvi idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish talab qilinadi;

To'qqizinchidan, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan xodimlar sonini va ish jarayonlarini optimallashtirish choralarini ko'rish;

O'ninchidan, hokimlarning ijro va vakillik hokimiyati rahbari sifatidagi vakolatlarini alohida-alohida ajratib qo'yishdan iborat. R.X.Alimov, S.A.G'anixo'jaevlar tomonidan tayyorlangan "Mahalliy iqtisodiyot va menejment" darsligida mahalliy tuzilmalarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga baho berish masalasi tadqiq etilgan. Hokimiyatlar faoliyatini strategik rejalashtirish va tezkor boshqarishga doir taklif va tavsiyalar berishgan. I.U.Murakaev va I.S.Saifnazarovlar boshqaruv qarorlariga quyiladigan talablar, unumdorlik me'yorlari bo'yicha boshqarish, qaror qabul qilishda kommunikatsiya va inson omilini tahlil qilishgan.

Tadqiqotchi G. M.Shamarova munisipal boshqaruvda qarorlar qabul qilish jarayonining samaradorligini quyidagi omillarga bog'liqligini ta'kidlaydi: 1) qaror loyihasini tayyorlovchi yoki alohida qaror qabul qiluvchi shaxsning qanday ma'lumotdan foydalanishi; 2) qaror qabul qiluvchi shaxs uchun qanday siyosiy manfaatlar va ijtimoiy qadriyatlar muhim hisoblanishi; 3) qaror qabul qiluvchi shaxsning o'zgarishlarga munosabati va o'zining shaxsiy javobgarligini anglash.

Yangi zamonaviy axborot texnologiyalari korxonalarning xarajatlarini kamaytirishning yangi yondoshuvlarini ochib bormoqda. «Integratsiya axborot jarayonining barcha jihatlarini qamrab olishi lozim. Birlamchi axborotlar bir necha faoliyat yo'nalishlarida axborotga bo'lgan ehtiyojni qondirmoqda, ma'lumotlar axborot kanallari orqali bir marta bir yo'nalishda - hisoblash markaziga yetkaziladi, shundan so'ng har qanday boshqaruv organi ushbu axborotlarni talab qilishi va undan foydalanishi mumkin», - deydi A.Shmigel.

Biznes jarayonlarini yangilash xarakatining asoschisi Mayk Xammer bu jarayonni «Biznes jarayonlari samaradorligining asosiy ko'rsatkichlari, ya'ni sifat, narx, xizmat ko'rsatish, tezlikni sezilarli yaxshilash uchun biznes jarayonlarini tubdan qayta ko'rib chiqish va loyihalash» deb ta'riflaydi.

Tadqiqotning metodologik asosini menejment fanining fundamental qonunlari, samarali qarorlar qabul qilish tizimini tatbiq etish konsepsiyalari, shuningdek,

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Scientific Journal Impact Factor

boshqaruv qarorlari qabul qilishga doir tadqiqot olib borgan xorij va O'zbekistonlik olimlar, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning ma'ruza, nutqlari va qarorlari tashkil qiladi.

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati mahalliy davlat hokimiyati organlarida samarali qarorlar qabul qilish tizimini takomillashtirish, strategik qarorlar qabul qilish hamda ularni ijro holatini nazoratini olib borish uchun ijro hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish jarayonida qo'llaniladi.

Bugun hududlarning mustaqilligini mustahkamlash ustuvor yo'nalishlardan sanaladi. Hududlarni rivojlantirish strategiyasini va tegishli kompleks dasturlarni ishlab chiqishga yagona yondashuv yo'q. Bunday strategiya qonuniy maqomga ega bo'lmaydi hamda mahalliy byudjetga bog'lanmagan bo'ladi. Oqibatda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishli strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish muayyan qiyinchiliklar tug'diradi.

Mahalliy davlat hokimiyatlarida viloyat yoki shahar/tuman hokimliklari tomonidan qabul qilinadigan strategik qarorlar jarayonini raqamlashtirish zarur. Bu esa, uzoq muddatli qarorlar chiqarishda o'z samarasini beradi.

Bunda taktik rejalar tuziladi, ularni amalga oshirish nazorat qilinadi, resurslar kuzatib boriladi va xakozo. Shuningdek, boshqaruv rejasi ya'ni, hajm-taqvim(kalendar) rejalari bajariladi, tezkor nazorat va qayd etish amalga oshiriladi.

Qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq vaqt o'tgach ko'rinar ekan, ushbu darajada strategik rejalashtirish kabi boshqaruv vazifalari muhim ahamiyatga ega. Boshqaruvning boshqa funksiyalari bu darajada yetarlicha to'liq ishlab chiqilmagan. Ko'pincha boshqaruvning strategik darajasi strategik yoki uzoq muddatli rejalashtirish deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan qarorning haqqoniyligi uzoq vaqt o'tgachgina o'z tasdig'ini topishi mumkin.

Qaror qabul qilish jarayonini ta'minlash, ya'ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish - raqamlashtirish tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo'lishi tashkilotning axborot tizimi faoliyatiga, u yerda qo'llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta'sir qiladi va hatto axborot tizimining butun boshli sinfi -qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Boshqarishning yuqorida ko'rib chiqilgan tizimi albatta, unga kibernetik nuqtai nazardan yondashuviga ko'ra belgilangan. Agar boshqaruv tizimi haqida ayrim mavhumliklarsiz gapiradigan bo'lsak, yuqorida qayd etilganlardan tashqari

TAHLIL VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

tashkilotning boshqaruv tizimiga uning tashkiliy tarkibi, xodimlar, vazifani bajarish choralarini ko'rish, ichki madaniyati va xokazo omillar ta'sir ko'rsatadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, rahbar intellektual ish uchun o'z ish vaqtining 29%ni sarflar ekan, qolgan qismidan esa (71%) samarasiz foydalanadi. Boshqaruv qarorini qabul qilish uchun katta hajmdagi ma'lumotlarni (faktografik, statistik, iqtisodiy, ilmiy, siyosiy va hokazo) qayta ishlash natijasi bo'lgan axborot zarur. O'sib kelayotgan axborot oqimi tufayli va murakkab boshqaruv mexanizmining elementi sifatida muassasa xodimining strategik qarorlarni tayyorlash va qabul qilishga vaqti qolmaydi.

Bunda ish yuritishda innovatsiyalarni joriy etishning asosiy besh qoidasini taklif etilishi mumkin. Topshiriqni kim, qachon, qaerda bajarishi, axborotlarni qanday qilib to'plash va umumlashtirish masalalariga aniqlik kiritadi:

1.Topshiriqlarning ijrosi emas, natijasini ta'minlash lozim. Buning uchun jarayon alohida ixtisoslashgan topshiriqlarga ajaratilmasdan, alohida shaxs yoki guruh tomonidan amalga oshirilishini ta'minlash kerak.

2.Jarayonni takomillashtirish uning ijrochilari tomonidan amalga oshirilishi lozim. Natijada topshiriq jarayonga va uning maqsadiga bevosita aloqador bo'lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

3. Axborotni qayta ishlash natijalarini axborot to'plangan jarayonga joriy etish kerak, ya'ni axborot to'plagan xodimlar uni o'zi kayta ishlashi kerak.

4.Geografik jihatdan tarqoq resurslarga markazlashgan resurslar sifatida qarash. Zamonaviy axborot texnologiyalari nomarkazlashgan jarayonlarni markaziy boshqaruv orqali bir vaqtning o'zida nazorat qilish imkonini beradi.

5. Parallel faoliyat turlarini birlashtirish, ularning natijalarini emas. Bu yondashuv jarayonlarni amalga oshirishda parallel faoliyat turlarini o'zaro bog'lashni va uzluksiz ravishda muvofiqlashtirib turishni nazarda tutadi.

Yuqoridagi tamoyillarning axborot texnologiyalarini qo'llagan holda amalga oshirilganida o'z samarasini ko'rsatishi mumkin.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan ularning qonunga rioya qilishlarini, o'z majburiyatlarini lozim darajada bajarishlarini kuzatish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirishga doir tartib tamoyillarni belgilashda quyidagi omillarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq:

XULOSA VA TAKLIFLAR

Scientific Journal Impact Factor

Birinchidan, ijro hokimiyati tomonidan qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarini maqsadga muvofiqligini nazorat qilishi kerak;

Ikkinchidan, mahalliy darajadagi qarorlar qabul qilish jarayoniga fuqarolar, mahalla faollari, jamoatchilik vakillarini jalb qilish zarur.

Bu nafaqat, qarorlarning samarali bo'lishini, balki ularning keng jamoatchilikka yetib borishiga ham xizmat qiladi. Shu bilan birga, strategik qarorlar qabul qilish jarayoniga fuqarolarning jalb etilishi davlat idoralari va mansabdorlar ustidan jamoatchilik nazorati o'rnatishga ham olib keladi.

Uchinchidan, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish usullari va shakllari, shuningdek, mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligini baholashning aniq mezonlari ishlab chiqilishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Bugungi kunda jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni samarali yechish, keng ko'lamli islohotlarni izchil davom ettirish zarurati davlat boshqaruvi sohasida mutlaqo yangi tizim yaratishni taqozo etmoqda" degan fikrlari asosida ijro hokimiyati organlarida samarali qarorlar qabul qilish tizimini tatbiq etish borasida quyidagicha xulosaga kelish mumkin:

1) Mahalliy davlat hokimiyati organlarida «Elektron hukumat» tizimini joriy etish orqali boshqaruv qarorlarini qabul qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish;

2) Mahalliy davlat hokimiyati organlarida qaror qabul qilish jarayonini tizimlashtirish;

3) Mahalliy davlat hokimiyati organlarida boshqaruv qarorlari samaradorligini baholashda jamoatchilik nazorati tizimini joriy etishdan iborat.

Barcha vazirliklar, qumitalar, aksionerlik jamiyatlari va boshqa tashkilotlar ayniqsa xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar tomonidan hududlarni rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilidagan davlat dasturlarini, strategik qarorlarini mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qarorlari bilan zamanoviy axborot texnologiyalarini qo'llagan holda birlashtirish kerak. Bu ishlab chiqilgan strategik qarorlarni o'z vaqtida sifatli bajarilishi nazoratini olib borish, sarflanadigan mablag'larni tejash hamda strategik qarorlarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlash bo'yicha o'z samarasini beradi.

Xulosa qilib aytganda, ijro hokimiyati organlarida boshqaruv qarorlarning samaradorligi yuqorida keltirilgan omillarga bog'liq bo'ladi. Boshqaruv qarorlari qabul qilishda erishilgan natijani uni qabul qilishdan oldin tahmin qilingan natija bilan taqqoslash juda zarurdir. Bu yuzaga kelgan kamchiliklar keyingi qabul qilinadigan qarorlarda takrorlanmasligini oldini olishda yordam beradi. Boshqaruv

Scientific Journal Impact Factor

tizimida qabul qilingan qaror albatta asoslangan, real, kechikmagan va tejamkor bo'lishi shart.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/4057

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 martdagi PQ-5025-son «Tartibga solish ta'sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» qarori. https://lex.uz/docs/5331912;

3. Очилова, Н. Р. Структура образа жизни молодежи Узбекистана на современном этапе развития / Н. Р. Очилова, М. М. Мамасалиев. Текст: электронный // Молодой ученый. 2016. № 5 (109). С. 587-588. URL: https: //moluch.ru/archive/109/26479.

4. Mamasaliyev M.M. (2020). Main directions of the influence of modern civilization on the spiritual image of the individual. Vestnik nauki. 3(11). 5-8.

5. Mirzoulug'Mirsaidovich, M., & Buriniyozovna, E. S. (2021). OLIY TA'LIM SIFATINI OShIRIShDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISh MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 100-404.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 noyabr, PQ-4505-son «Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» qarori. https://lex.uz/docs/4577546;

7. Xolov Aktam Xatamovich, Mahalliy davlat hokimiyati organlarida samarali qarorlar qabul qilish tizimini tatbiq etish masalalari. "Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2018 yil. http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/6 Xolov.pdf;

8. 2.2.Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborot tizimlarini qo'llash. O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI. O'quv qo'llanma Toshkent-2008;

9. Dots. Turdibekov H.I. (SamDAQI) Qurbonov X. 302-Men guruhi talabasi Karimova G, 201 KMEvaUB guruhi talabasi. IShLAB ChIQARISh JARAYoNLARIGA INNOVATSIYALARNI QO'LLASh MUAMMOLARI. O'zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti "Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida investision-qurilish va innovasion jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishning dolzarb muammolari" mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Scientific Journal Impact Factor

MATERIALLARI . 2019 yil 17-18 may II-qism 58-60 varoq;

10. Dotsent Muxammadiev O'.A. (SamDAQI). KORXONA XARAJATLARINI SAMARALI BOShQARIShDA INTEGRALLAShGAN YoNDAShUVNING AHAMIYaTI. O'zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti "Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida investision-qurilish va innovasion jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishning dolzarb muammolari" mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani MATERIALLARI . 2019 yil 17-18 may II-qism 56 varoq;

11. O'tkir BO'TAEV, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yangicha yondashuv. 24 may 2017 yil. "Xalq so'zi" https://old.xs.uz/index.php/homepage/i-tisodiiot/item/10233-ududlarni-izhtimoii-i-tisodii-rivozhlantirishda-yangicha-iondashuv;

12. Alimov R.X., G'anixo'jaev S.A. va boshqalar. Mahalliy iqtisodiyot va menejment / Akademik G'ulomov S.S., prof. Xolmo'minov Sh.R., dots. Kalonova M.Z. tahriri ostida nashr etilgan. - T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, -T.: 2004. 116-164 betlar;

13. Murakaev I.U. va Saifnazarov I.S. Menejment asoslari /darrlik. -T.: O'zbekiston, 2001;

14. Шамарова, Г. М. Эффективность принятия управленческих решений в системе муниципального управления // Управление персоналом. 2008. № 1 .http://www.hr-portal.ru/article/effektivnost-prinyatiya-upravlencheskikh-reshenii-v-sisteme-munitsipalnogo-upravleniya

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.