YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI
1Umurzakova Nargisa Muxtarovna, 2Xurramov Ulug'bek Shamsiddinovich, 3Abdullayev Ruzibek Yusuf o'g'li, 4Nurullayev Bekjon Bahriddin o'g'li
1Ilmiy rahbar, Toshkent Davlat Agrar Universiteti "Gumanitar fanlar va huquq" kafedrasi katta
o'qituvchisi
2Toshkent Davlat Agrar Universiteti "Huquq va Turizm" fakulteti "Yurisprudensiya" yo'nalishi
2- bosqich talabasi
3Toshkent Davlat Agrar Universiteti "Huquq va Turizm" fakulteti "Yurisprudensiya" yo'nalishi
2- bosqich talabasi
4Toshkent Davlat Agrar Universiteti "Huquq va Turizm" fakulteti "Yurisprudensiya" yo'nalishi
2- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10881085
Annotatsiya. Mazkur maqolada yoshlarning huquqlari va siyosiy madaniyatini shakllantirish va himoya qilish ifodalangan. Ozbekiston yoshlarining qanday huquqlarga egaligi, ulardan foydalanish asoslari yoritilgan.
Kalit so^zlar: yoshlar siyosiy madaniyati, yoshlar huquqlari, yoshlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, yoshlar imkoniyatlari.
Аннотация. В данной статье описывается формирование и защита прав молодежи и политической культуры. Разъясняются права молодежи Узбекистана и основы их использования.
Ключевые слова: молодежная политическая культура, права молодежи, механизмы защиты прав молодежи, возможности молодежи.
Abstract. This article describes the formation and protection of youth rights and political culture. What are the rights of the youth of Uzbekistan, the basis of their use are explained.
Keywords: youth political culture, youth rights, mechanisms for protecting youth rights, youth opportunities.
Hozirgi kunda O' zbekiston jamiyatida yoshlar huquqlari boyicha chuqur tub ozgarishlar olib borilmoqda. Bu ozgarishlar barcha yoshlarni qamrab olib, ularni imkoniyatlari kolamini kengaytirishga yordam beradi. Mamlakatimiz o'z siyosatini yoshlarning istiqboli bilan bog'liq holda ko'radi. Va mazkur tamoyilga asoslanib unga muhim strategik maqsad sifatida ustuvor ahamiyat qaratadi. Jamiyatni yangilash va demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiyalashda muhim ijtimoiy qatlam - yoshlarning siyosiy madaniyatini o'rganish dolzarb masaladir. Chunki yoshlarning siyosiy madaniyati orqali O'zbekiston mamlakati va millatining qiyofasi namoyon bo'lsa, shu xalqqa xos xususiyatlar hamda uning maqsad va orzu-umidlarini amalda ta'minlaydigan kuchlardan biri yoshlar hisoblanadi. Bu O'zbekiston aholisi tarkibida yoshlarning salmoqli ulushga ega ekanligi bilan ham bog'liq va tanlangan mavzuning dolzarbligini aniq namoyon etadi. Yoshlar siyosiy
madaniyatining shakllanishi asosan jamiyatda inson huquq va manfaatlarini anglash, idrok etish hamda undan foydalana olish darajasi bilan belgilanadi. Shu nuqtayi nazardan yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirishda Konstitutsiya muhim o'rin tutadi. Konstitutsiyamiz o'zida belgilangan normalarga ko'ra fuqarolarning, xususan, yoshlarning siyosiy va huquqiy madaniyatini shakllantirishni maqsad qilib qo'yadi. Konstitutsiyani chuqur bilish orqaligina Vatanga sadoqat, jamiyatga hurmat paydo bo'lib, belgilangan burchlarni ixtiyoriy bajarishga
intilish vujudga keladi. Darhaqiqat, yoshlar har qanday davlatning olib borayotgan siyosatining obyektini tashkil etuvchi eng muhim ijtimoiy qatlami bo'lib sanaladi. Ya'ni, davlat rivojining natijasi undagi munosib vorislarning yetishib chiqishi bilan chambarchas bog'liq. Negaki, demokratik davlat dastlab ta'lim taraqqiyoti, yoshlarning tegishli kasb doirasida yetarli malaka va tajribalarga ega bo'lib yetishishini yoqlaydi, ayni vaqtda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi faol ishtirokidan manfaatdor bo'ladi.
Binobarin, Konstitutsiya hech qaysi hujjatda uchramaydigan jamiyatda mavjud barcha sohalar bo'yicha yoshlarni yo'naltirish xususiyatiga ega. Unda nafaqat siyosiy huquqiy normalar, balki milliy-ma'naviy qadriyatlar ham o'z ifodasini topgan. Yoshlar Konstitutsiya orqali faqat o'z huquqlarini emas, balki burch va majburiyatlarini ham anglaydilar. O'z huquqlari bilan birga o'zgalarning huquqlariga rioya etilishi va ularning ta'minlanishini tushunib yetadilar. Bu huquqlar asosiy qomusimizda ham oz aksini topgan. Jumladan, davlat:
- Yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taminlaydi;
-Yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi;
-Yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
-Yoshlarning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
-Davlat va jamiyat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.
O'zbekistonda yoshlarga har tomonlama va yuksak g'amxo'rlik ko'rsatish masalasi davlat siyosatining ustuvor sohalaridan biri hisoblanadi. Aholining teng yarmidan ko'pini tashkil etuvchi yoshlar jo'shqin va serg'ayrat ekani, mamlakatimizning zamonaviy asoslarda yanada taraqqiy etishining tayanch kuch-qudrati sanalgani uchun davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e'tiborida bo'lib kelmoqda. Ayniqsa, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama qamrab olish hamda keng kafolatlashga alohida bob ajratildi. Asosiy qonunimizga yoshlarning ta'lim olish, sog'liqni saqlash, uy-joyga ega bo'lish, ishga joylashish, hordiq chiqarishga oid huquqlarini himoya qilish hamda shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoyasini ta'minlash, shuningdek, ularning jamiyat hayoti va davlat ishlarida faol ishtirok etishiga zarur sharoitlar yaratish yuzasidan davlat zimmasiga muayyan majburiyatlar yuklaydigan yangi normalar kiritilgani juda muhim. Yangi O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida navqiron avlod vakillarining huquqlarini ta'minlash va qonuniy manfaatlarini kafolatlashga qaratilgan izchil va ko'lamdor chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayni yo'nalishdagi davlat siyosatining asosi hisoblanuvchi «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi 2016-yil 14-sentabrdagi O'RQ-406-sonli qonunida davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo'nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi huquqiy negizda mustahkamlangan. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, uni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" qabul qilindi. Konsepsiyada hal etishga qaratilgan asosiy vazifalar qatoridan jismonan sog'lom, ma'nan rivojlangan yigit-qizlarni tarbiyalash, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatlarini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish, huquq va
erkinliklari, manfaatlarini himoya qilish, yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlarga faol jalb etish masalalari o'rin olgan. Milliy qonunchiligimizga ko'ra, 30-iyun - O'zbekiston Respublikasida Yoshlar kuni etib belgilangan. Shuningdek, 2020-yil 30-iyunda Prezidentimizning PF-6017-sonli Qaroriga asosan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi - O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Agentlikning qabul qilgan qarorlari davlat organlari, boshqa tashkilot va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi. Agentlik yuridik shaxs hisoblanib, o'z nomi yozilgan va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga ega.
Xulosa shuki, mazkur loyihalarni o'tkazishdan maqsad - bosh qomusimizning tarixiy ahamiyati va zaruriyatini tushuntirish, Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari oliy qadriyat ekanini targ'ib qilish orqali yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Konstitutsiyani bilish, chuqur o'rganish va o'sib kelayotgan avlodlarni ham mana shu ruhda kamol toptirish, eng avvalo, yurtimiz erishgan marralarni yanada yuksaltirish, tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jamiyat va davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirishning muhim asosidir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi "Adolat"-2023
2. "Milliy qadriyat yo'limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga kutaramiz" Sh.M.Mirziyoyev "O'zbekiston" NMIU 2017y
3. "Yoshlar siyosiy madaniyatining shakllanishi" E. Qodirov Monografiya-t TDYU nashriyoti-2010
4. «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi Qonun https://lex.uz/docs/-3026246
5. https://parliament.gov.uz/news/yoshlar-huquqlari-imkoniyatlar-va-himoya-qilish-mexanizmlari internet sayti
6. "O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi Vazirlar Mahkamasining qarori http://lex.uz//docs/-5234746
7. "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni http://lex.uz//docs/-4880189