Научная статья на тему 'YOSH AKTYORLARDA RAQS TEXNIKASI MASALASI'

YOSH AKTYORLARDA RAQS TEXNIKASI MASALASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
15
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
aktyor / ta’lim / san’at / madaniyat / jarayon / faoliyat / pedagogik texnologiya / metod

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nasiba Erkinovna Abraykulova

Ushbu maqolada muallif tomonidan yosh aktyorlarga raqs fanini о‘qitish, ularning ijro mahoratini oshirishga qaratilgan usullar haqida sо‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSH AKTYORLARDA RAQS TEXNIKASI MASALASI»

YOSH AKTYORLARDA RAQS TEXNIKASI MASALASI

Nasiba Erkinovna Abraykulova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif tomonidan yosh aktyorlarga raqs fanini o'qitish, ularning ijro mahoratini oshirishga qaratilgan usullar haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: aktyor, ta'lim, san'at, madaniyat, jarayon, faoliyat, pedagogik texnologiya, metod

ISSUES OF DANCE TECHNIQUES FOR YOUNG ACTORS

Nasiba Erkinovna Abraykulova Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the author talks about methods of teaching dance to young actors and improving their performing skills.

Keywords: actor, education, art, culture, process, activity, pedagogical technology, method

O'zining jozibasi va maftunkorligi bilan folklor an'analari ruhini o'ziga singdirgan milliy raqs san'ati teatr va kino san'atining ajralmas qismi bo'lib qoldi.

Raqs san'ati har qanday teatrlashtirilgan tomoshalar yoki ommaviy bayramlarning ajralmas qismi bo'libgina qolmay, tomoshalarning ayrim qismlarini birlashtiruvchi, sahna asarining plastik yechimini ifoda etishda "o'zak" rolini ham o'ynamoqda. Ommaviy bayramlarda eng muhim ramziy sahnalar hisoblangan milliy fahr tuyg'usi, tinch yashash bahti, xalqlar do'stligi, jahon millatlarining birligi aynan xareografiya san'ati aks ettirishi lozim bo'lgan sahna bo'lib qolmoqda.

Raqs san'ati ko'p uslublar va ishlash yo'llari hamda har-bir ta'lim turi bilan xarakterlanadi va ijro texnikasi namoyon bo'ladi. Raqs texnikasi uning shakllari, ish metodlari, taqdimot usullari va o'quv shakllari bilan talablar ko'z o'ngida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga aktyorning ijro texnikasi raqsni tayyorlash usullari, ishlash yo'llari, talabani jismonan shakllanishi bilan belgilanadi.

Pedagog-xoreograf yosh aktyorlar bilan ishlar ekan, ish jarayonida nazariy bilimlar ham berishi zarur. Nazariy bilim orqali raqsdagi iboralar, tushunchalar va amaliy mashg'ulotlarning ahamiyati o'rgatiladi. Raqs san'atining tarixi, xususiyatlari, qonuniyatlari kabilarga batafsil to'xtalib kerakli ma'lumotlar beriladi. Shu bilan birga har-bir millat xarakteri va davr etikasi, madaniyati, raqs liboslari va bezaklariga mos raqs harakatlaridan tanlab raqs sahnalashtira olish imkoniyatini ham beradi. Negaki

ITFVE^^Hl 404 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

bo'lajak aktyorlar raqsni kinomotografiyada, teatrlarda, klassik asarlarda, bayram va tomoshalarda turli janrlar ko'rinishida kiritishlari kerak bo'ladi

O'qitish jarayoni nazariy bilimlarni amaliy jihatdan o'zlashtirish hamda aktyor shaxsini tarbiyalash kabi unsurlarni bir-biri bilan uzviy bog'liklikda olib borishni shakllantiradi. Bilimlarga tayangan holda talabalarni amaliy mashqlar bilan tarbiyalash ko'proq natija beradi. Mashqlarning boshlang'ich bosqichlari albatta trening bilan boshlanadi. Mashqlar maromi tezligini ta'minlash uchun albatta pianino chalish orqali harakatlar boshqariladi. Boshlang'ich treninglar talabalarni egiluvchanligini, dinamikligi masalalarini maromiga keltirish bilan boshlanadi. Masalan, tana uchun kompleks mashqlardan iborat bo'lgan klassik trening, gavdaning yelka qismi uchun mashqlar, qo'llar plastikasi uchun bajariladigan mashqlar, umumiy tana uchun mashqlar, qorin muskullari uchun maxsus mashqlar, sherik bilan bajariladigan mashqlar shular jumlasidandir.

O'quv jarayonining keyingi bosqichlarida sahnada tabiiy holatni yaratish, oddiylikdan asta-sekin murakkablikka o'tish, o'qituvchi yoki rejissyor tomonidan berilgan shart-sharoitda yashash, ertak, tarixiy, fojeaviy, komediya kabi turli janrlarga murojaat qilinish, aktyorni timsol qiyofasida qayta gavdalanishi, ham ichki, ham tashqi holat va xususiyatlarini yarata olishlik, bir yoki ikki pardali diplom spektakli tayyorlash va katta sahnada ko'rsatish, barcha o'zlashtirgan ijro usullarini namoyish etish, badiiy obraz yaratishda tashqi va ichki harakat yaxlitligini ta'minlash kabi bilimlar beriladi.

Pedagog-xoreograflarga "Qaysi bilim va ko'nikmalar aktyorning raqs texnikasini oshirishga xizmat qiladi?"- degan savol hamda raqsni nazariy va amaliy o'qitish masalasi qo'yiladi. Shu bilan birga o'quv mashg'ulotlarida milliy va zamonaviy raqs o'quv amaliyotini tashkil etish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish masalasi qo'yiladi. Bu masalalar soha mutaxassislari va pedagog-xoreograflar hamkorligida ishlab chiqilgan ilmiy tadqiqotlar, ijodiy izlanishlar asosida amaliyotga tadbiq etiladi.

Bizning maqsadimiz raqs o'qituvchilarida amaliyotda qo'llash mumkin bo'lgan nazariy yondashuvlarni tadqiq qilishdir. Yana bir maqsadimiz aktyorlarda milliy va zamonaviy raqs texnikasini ko'proq o'rganish va tana harakatlarining yangi usullarini o'ylab topishdir.

Tadqiqotchi Alan Deniyelson Xamfri-Lemon an'anasi asosida zamonaviy raqslarni o'qitadi va yaratadi. Uning kompaniyasi Nyu-Yorkda faoliyat yuritadi. Alan Deniyelson sahnalashtirgan raqslarini o'zining noyob dasturlari orqali Qo'shma Shtatlarning barcha hududlarida, Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyo davlatlarida namoyish etgan. Deniyelsonning g'oyasiga ko'ra harakat texnikasi nafas, og'irlik, keskinlik, uzluksizlik, dinamika va ritmlilik harakatning boshlang'ich amaliyoti bo'lmog'i kerak. Tananing markazi, ya'ni tos qismi harakatning "tashabbuskori" sifatida e'tirof etiladi. Sahnada harakat turlari ko'lamini kengaytirish, tana

fîcïV^^^BI 405 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

harakatining yuqori darajada ishlatishga erisha olish vazifasini qo'ygan. Tanani nazorat qila olish Denielsonning o'qitish maktabida eng muhim o'rin tutgan. Harakat bu- hayot va harakat imkoniyatlari bilan birgalikda muloqotga kirisha olish va har bir harakat dramatik ta'sir kuchiga ega bo'la olishi lozim. Alan Denielson nazariyasiga ko'ra inson tanasi raqsni badiiy ko'rinishda qo'llovchi "uskuna"dir. Uning maqsadi raqs ijrochilariga tanani harakatlantirish uchun bitmas-tuganmas imkoniyatlarni berishdan iborat. Uning pedagogik metodlaridan biri, darsni maqsadli tashkillashtirishdan iborat bo'lib, ma'lum turkumdagi mashqlar o'rganiladi va darsning yakunida raqqoslarning shu harakatlar asosida raqsga tusha olishiga o'z hissasini qo'shadi.

Alan Denielson o'z fikrini bildirar ekan, shunday deydi: "Eng avvalo raqs san'atida qanday harakatlar borligini, qanday nafas olish kerakligini, harakat uchun qanchalik kuch sarflanishi kerakligini aniqlab olish lozim. Undan keyingina inson tajribasini anglash haqida so'z yuritiladi. Masalan "Nega biz sakraymiz?"- Chunki, biz albatta pastga qaytib tushishimizga aniq ishonamiz! Bu inson mavjudligining ko'rinishi bo'lib, intilish, qandaydir yangilikni his qilish istagi, tadqiq qilish, izlash va yashash demakdir"

Ijro tabiiy va ishonarli bo'lishi uchun aktyor o'z fantaziyasi va qahramonining sahnadagi xatti-harakati mantig'iga suyanishi kerak. Raqs ijro etayotgan aktyor rejissyor va baletmeyster niyatini qanchalik to'g'ri tushunsa, asar qahramonlarining xarakterlarini, spektaklning badiiy g'oyasini anglab yetgan va hayotiy tajribaga boy bo'lsa, shunchalik uning obrazi tabiiy va haqqoniy bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abraykulova N.E. Raqs san'ati asoslari. 2022 y.

406

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.