O'ZBEK MILLIY RAQSLARNI O'RGANISHDA NAZARIY VA AMALIY
BILIMLAR UYG'UNLIGI
Zebo Kamarbekovna Fazliyeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Mamlakatimizning barcha hududlaridagi raqs yo'nalishlarini asrash, avaylash, nazariyani va amaliyotni ish tajribada umumlashtirish asosida rivojlanishi. Nazariya, amaliyot bilan qanchalik chambarchas bog'liq bo'lsa, nazariya ham, amaliyot ham shunchalik taraqqiy etishi haqida bayon etilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim, raqs, raqs harakatlar, nazariy bilim, o'quv mashg'ulot, ma'naviyat, tarbiya
HARMONY OF THEORETICAL AND PRACTICAL KNOWLEDGE IN LEARNING UZBEK NATIONAL DANCES
Zebo Kamarbekovna Fazliyeva Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: Preservation, preservation of dance styles in all regions of our country, the development of theory and practice in general practice. The closer a theory is to practice, the more theory and the more practical it is to develop it.
Keywords: education, dance, dance movements, theoretical knowledge, teaching, spirituality and education
Mamlakatimiz istiqlolga erishgan ilk kunlaridan boshlab o'zbek xalqining boy madaniy-ma'naviy merosi, urf-odat va an'analarini qayta tiklash, rivojlantirish va ularni kelajak avlodga asl mazmun-mohiyati, butun go'zalligini yetkazish borasida ulkan ishlar qilindi va qilinmokda. Ayniqsa madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar kelajagi buyuk davlatni qo'rishga, vatan ravnaqini ta'minlashga bo'lgan ishonchni yanada mustahkamlashga ko'mak bermoqda. Ayniqsa Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "Madaniyat va san'at, fan, ta'lim rivojini ta'minlashda ajdodlarimiz ma'naviy me'rosi, xalqimiz ruhida yashab kelayotgan an'analarga tayanish kerak. Madaniyat, san'at, fan va ta'lim sohalarini rivojlantirish, uni yangi davr, yangicha dunyoqarash nuqtai nazaridan taraqqiy topishi bu sohalarda xam chuqur islohotlarni amalga oshirishi davlatimiz va jamiyatimiz istiqbolining ustivor yo'nalishlaridandir.
Albatta bu zamonaviy tushunchalar, yangi uslublar, kashfiyotlar nechog'li ahamiyatli bo'lsa, ajdodlarimizning bu sohalardagi ma'naviy ijodiy me'rosi xam
ffciTii^^Bl 486 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
undan kam ahamiyatli emas" 1 -degan gaplari bu yo'lda dasturulamal bo'lib qolmoqda. Ko'rinadiki, butun ajdodlarimiz yaratgan madaniy voqelikni tag-tomiri bilan yo'qotib, bo'shliqda xech narsa yaratib bo'lmas ekan. Yangilik, tabiiyki, o'tmish madaniy - ma'naviy me'rosi zamirida paydo bo'lib, yangi sharoitda rivojlanadi.
Mustaqillik yillarida barcha san'atlar qatori o'zbek milliy raqs san'atini rivojlantirish va raqs ta'limi sohasini yanada mustahkamlash yuzasidan ulkan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, bunga Birinchi Prezidentimizning «O'zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san'atini rivojlantirish to'g'risida»gi farmoni dasturulamal vazifasini o'tamoqda.
Mazkur farmonda "O'zbek milliy raqs va xoreografiya san'atini yanada rivojlantirish yuzasidan bir qator yo'nalishlar belgilab berildi. Milliy raqs va xoreografiya san'atini yanada rivojlantirish, o'zbek raqs san'atining tarixiy an'analarini va usullarini tiklash, asrab-avaylash hamda boyitish, millatimizning o'ziga xos sharqona fazilatlari, boy ma'naviyatiga monand raqslarni targ'ib etish uchun qulay shart - sharoitlar yaratish, milliy raqs yo'nalishlari bo'yicha uzoq muddatli, maqsadli dasturlar tayyorlash, raqs san'atini xalqimizning yuksak ma'naviyati va nozik didiga zid bo'lgan, yuzaki, noo'rin taqlidga asoslangan hatti -harakat va liboslar xurujidan saqlash, mavjud ta'lim tizimini takomillashtirish, o'zbek xalqining asrlar davomida shakllangan va avloddan - avlodga noyob meros sifatida o'tib kelayotgan jozibali raqs namunalarini to'plash, boyitish, xalqimiz ayniqsa, yosh avlod ongiga bu bebaho boyliklarga chuqur hurmat va havas tuyg'ularini singdirish, ularning qalbida milliy ma'naviyatimiz, qadriyatlarimizga nisbatan hurmat-ehtirom hislarini shakllantirish va yuksaltirish, mamlakatimizning barcha hududlaridagi raqs yo'nalishlarini asrash, avaylash, shu asosda yangi badiiy jamoalar tuzish, mustaqillik ma'naviyatini va istiqlol g'oyalarini tarannum etuvchi, xalqimizga estetik zavq bag'ishlovchi zamonaviy o'zbek milliy raqs maktabini yaratish singari tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan vazifalar ko'rsatib o'tildi"2
Tarixiy taraqiyot davomida Farg'ona, Xorazm, Buxoro singari uchta o'zbek raqs maktabi vujudga keldi va rivojlanmoqda. Sharoit taqozosi bilan ayniqsa, Farg'ona raqs maktabi qolgan maktablar orasida yetakchilik qildi va raqsni keng rivojlanishi yo'liga chiqib olishga imkon yaratdi. Umuman olganda, xar uchchala maktab raqslari o'zbek raqsi sirasiga kirsada bir biridan anchayin farq qiladi va ana shu farqi bilan e'tiborni tortadi.
Vaqtlar o'tishi bilan O'zbekistondagi yana boshqa xalq vakillarining alohida maktablari vujudga keldi va rivojlandi. Bularga Qoraqalpoq, Uyg'ur xalq raqslarini
1 Каримов И.А. Узбекистан XXI асрга интилмокда. - Т.: Узбекистан, 2000. 238-б.
2 Узбекистонда миллий ракс ва хореография санъатини ривожлантириш тугрисида. Узбекистан Республикаси Фармони. Узбекстон Республикаси Олий мажлиси Ахборотномаси. 1997 йил, 8 январ, 1 сон, 26-28-бетлар.
ПЙта^^Н 487 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
misol qilib keltirish mumkin. Bu millatlar raqslari xam umumo'zbek raqslari muhitida rivojlanishida davom etmokda.
O'zbek raqsining rivoji albatta professional kadrlar bilan bog'liq bo'ladi. Bunday yuksak malakali kadrlarni tayyorlash uchun esa raqs ta'limini yanada rivojlantirish zarur bo'ladi. Ta'limni esa maxsus ilm dargoxlari bo'lgandagina takomillashtirish mumkin. Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tashkil etilganidan boshlab xozirgacha raqs ustalarini tayyorlashdek ezgu maqsadga xizmat qilib kelmoqda. Shu sababdan, bugun raqs san'ati ta'limining nazariy va amaliy bilimlar uyg'unligi to'g'risida fikrlashishni lozim topdik.
Ma'lumki, har-bir sohani chuqur o'zlashtirish uchun u xaqidagi nazariy bilimlarni ham mustahkam egallash lozim. Nazariy bilim hayot hodisalari, inson tajribasi, amaliy faoliyat xaqidagi bilimlarning yig'ilishi, umumlashtirilishi, mantiqiy izchil bir tizimga solinishi natijasida yaratiladi. Nazariya, amaliy ish tajribani umumlashtirish asosida rivojlanadi. Nazariya, amaliyot bilan qanchalik chambarchas bog'liq bo'lsa, nazariya ham, amaliyot ham shunchalik taraqqiy etadi.l Ushbu bilimlarni beruvchi dars jarayoni, raqs tarbiyasi tizimida yetakchi omil xisoblanadi. Chunki, talabalar darsga yalpi tarzda qamrab olinadi. "O'zbek raqsini o'rganish uslubiyoti" fanini bir vaqtda ham nazariy, ham amaliy tarzda o'qitish talabalarni aqliy hamda ahlokiy rivojlanishida katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Raqs asarlarini tushunib qabul qilish uchun ma'lum bir raqs savodxonligi bo'lishi va uni ijro etishga odatlanishi kerak. Ahir hamma talabalar ham raqsni chin dildan o'zi hohlab, berilib ijro etavermaydi. Shuning uchun ham darsda talabalarga raqs savodhonligini singdirish, raqs va musiqiy tassavurlarini rivojlantirish, musiqiy tovushlar va harakatlar olamiga olib kirish asosiy vazifamizdir.
"O'zbek raqsini o'rganish uslubiyoti" fanining ilk mashg'uloti jarayonida ayrim talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ijrolari teng rivojlanmaslik holatini kuzatishimiz mumkin. Bunga sabab, bir guruhda shu sohaning o'rta maxsus ta'lim tizimini bitirib kelgan yoki umuman boshqa sohada o'qigan talabalarning yig'ilib qolganligi deb o'ylaymiz. Ularning orasida amaliy ijroni bajara olsalar ham, nazariy jihatdan tushuntirib bera olmaydigan yoki umuman raqs san'ati bilan birinchi bor to'qnash kelayotgan talabalar ham bor. Bu esa guruhning umumiy o'zlashtirish jarayonida turli muammolarni keltirib chiqaradi. Bu muammoni bartaraf etish vazifasi shu sohadagi pedagoglarimizning amaliy va nazariy bilimi, ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mashg'ulot olib borishlari orqali amalga oshirilmokda.
"O'zbek raqsini o'rganish uslubiyoti" fani asosan amaliy mashg'ulot turi sifatida o'qitiladi. Ammo, dars jarayonida o'qituvchi tomonidan bajarib o'rgatilayotgan har-bir harakatning nomi, uning ma'nosi, musiqa o'lchovi tushuntiriladi. Harakat o'rgatilayotganda harakatni o'z ijro etish uslubiga tayanib bajarilishi, bajarayotgan
ncTTÜ^^Bl 488 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
harakatini og'zaki gapirib berishi, ayniqsa o'zbek raqsida eng avvalo doira usulini yoddan ovoz chiqarib ayttirish, "Doira dars" mashg'ulotida ijro etiladigan asosiy qo'l xarakatlari, oyoq xarakatlarini uslubiy tahlili yoki raqs sahnalashtirilayotganda raqs kuyini yoddan kuylab berishi talab etiladi. Har bir raqs harakatlari ma'lum ma'noni anglatadi, ba'zi harakatlar esa ma'lum bir ma'noni anglatmasa ham, boshqa harakatlar bilan birga ijro etilib bog'lovchi harakat vazifasini bajaradi.
Masalan, "Yirik to'lqin" xarakati 6-5 xolatlarda bajariladi. "Yirik to'lqin" harakatining rasmiy holati 5-holat. Qo'llar o'ng tomon 5-xolatdan 6-xolat orqali to'lqinsimon xarakat bilan 5-xolatga chap tomonga o'tadi. O'tish vaqtida 6-xolatda barmoq uchlari pastga qaragan xolatda ijro etiladi. 5-xolatga o'tganda esa barmoq uchlari mayin yuqoriga qaraydi. Gavda oldinga egilgan xolatda ijro etiladi. Bosh, qo'lni kuzatadi.
"Hayol" harakatini olsak. Qo'llar rasmiy xolatda. O'ng qo'l 1-xolat orqali boshni orqasiga kaft bilan qo'yiladi. Chap qo'l rasmiy xolatda. Tirsak yonga qaragan. Bu xarakat Mukaramma Turg'unboeva tomonidan sahnalashtirilgan "tanovar" raqsida ijro etilgan. Raqs harakatlarni nazariy jihatdan anglab, amalda har bir raqs harakatini uslubiy to'g'ri ijro etilsa, raqs ijrosi mukammal chiqadi. Pedagoglar tomonidan talabalar bilan dars mashg'ulotlarida faqat amaliy-ijodiy ishlash bilan chegaralanib qolmasdan, raqs san'atiga oid o'quv adabiyotlarni, ilmiy maqolalarni mustaqil o'qishga, respublikamiz hamda jahon miqyosida bu sohada olib borilayotgan ishlarni o'rganishga qiziqish uyg'otishga e'tibor qaratilmoqda.
Raqs san'atining ko'rik-tanlovlari va festivallari xaqidagi ma'lumotlardan habardor bo'lishga, raqs san'atida bugungi kunda erishayotgan yutuqlari va yo'l qo'yilayotgan kamchiliklari bilan tanishib borishlariga, tahlil qila olishlariga yo'naltirib kelinmoqda.
Bilim olishning to'rtta mezoni - tushunmasdan bilish, tasavvur, tushunish, anglashdan iborat ekan, anglagan odamgina shaxs bo'la oladi va buyuk maqsad sari intiladi.
Hulosa qilib aytganda, oliy ta'limni tugatganidan so'ng biz ta'lim bergan talabalar pedagog, tashkilotchi va rahbar xodim bo'lar ekanlar, kelajak avlodga ma'naviy, axloqiy, jismoniy, estetik tarbiya beradigan raqs san'ati orqali ularni avvalo "shaxs" bo'la olishlari masalasiga jiddiy e'tibor bermog'imiz lozim. Raqs san'ati ta'limi nazariy va amaliy jihatdan chuqur o'zlashtirib olinsa, nomoddiy madaniy merosimiz bo'lgan raqs san'atini avaylab-asrashga, targ'ib qilishga, kelajak avlodga asl holicha yetkazishga o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz.
489
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. "O'zbekiston milliy raqs va xareografiya san'atini rivojlantirish" gi farmon. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1197 y il, 1-son, 26-28 - betlar.
2. L.Abdeeva. O'zbek milliy raqs san'ati tarixidan.-T.: 2001.
3. Abraykulova N."Raqs jamoalari bilan ishlash uslubiyoti" Toshkent: 2003 y.
4. Каримова Р. Узбек ракслари (укув кулланма) - Т.: Чулпон. 2003
5. Каримова Р. Ферганский танец (методическое пособие). -Т.: «Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма» 1973
490
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)