Научная статья на тему 'INSON TARAQIYOTDA RAQS SAN’ATINING FENOMENI'

INSON TARAQIYOTDA RAQS SAN’ATINING FENOMENI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
215
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
O‘zbek / milliy / raqs / san’at / soha / Lazgi / Klassik / raqqos / professional / asar / bolalar / Tango / Vals

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich, Utaganov Ravshanbek Jurayevich

Ushbu maqolada raqs san’ati sohasi bo‘yicha yoritilgan. Raqs san’ati bu yorqin, aql bovar qilmaydigan, jozibali jarayon bo‘lib, insonni o‘ziga jalb qiluvchi san’at turidir. Bevosita ushbu san’at turi bilan muntazam shug‘illanib borish haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON TARAQIYOTDA RAQS SAN’ATINING FENOMENI»

INSON TARAQIYOTDA RAQS SAN'ATINING FENOMENI

Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Utaganov Ravshanbek Jurayevich O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqs san'ati sohasi bo'yicha yoritilgan. Raqs san'ati bu yorqin, aql bovar qilmaydigan, jozibali jarayon bo'lib, insonni o'ziga jalb qiluvchi san'at turidir. Bevosita ushbu san'at turi bilan muntazam shug'illanib borish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: O'zbek, milliy, raqs, san'at, soha, Lazgi, Klassik, raqqos, professional, asar, bolalar, Tango, Vals.

THE PHENOMENON OF THE ART OF DANCE IN HUMAN

DEVELOPMENT

Toxtasimov Shukhrat Makhmutovich Uzbekistan State Academy of Choreography Utaganov Ravshanbek Jurayevich Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article gives you a brief overview on dance. The art of dance is a bright, incredible, engaging process that attracts people. The idea is to practice this art form directly.

Keywords: Uzbek, national, dance, art, sphere, Lazgi, Classical, dancer, professional, work, children, Tango, Waltz.

Mamlakatimiz mustaqilligining o'tayotgan 30 yili davlatimiz va xalqimiz hayotida keng ko'lamli islohotlar, ulkan yangilanish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan davr sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Xususan, o'zbek raqs san'atida ham ulkan o'zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so'nggi besh yillikda madaniyat va san'at sohasiga oid qator qaror va farmonlar, olib borilayotgan tub islohotlar sabab raqs san'atimiz yangi taraqqiyot sari yuz tutmoqda.

Jumladan, Mamlakatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 4-fevraldagi "Raqs san'ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda "Milliy raqs san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari imzolandi. Bu albatta, raqs san'atiga bo'layotgan e'tibor va o'ziga xos tarixiy sana bo'lib muxirlanib

qoladi. Shuningdek, qarorga muvofiq milliy raqs san'atida professional badiiy jamoalar faoliyatini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ijodiy laboratoriyalarni tashkil etish, shu bilan birga, o'zbek raqs san'atining "oltin fondi"ni yaratish maqsadida Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansamblining qayta tashkil etilishi chin ma'noda o'zbek raqsiga bahorni qaytardi.

Qolaversa, milliy merosimiz hisoblanmish "Lazgi"ning YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy me'ros obyektlari ro'yxatiga kiritilgani o'zbek milliy raqs maktabining jahon miqyosidagi e'tirofidir. Raqs san'atidagi bunday izchil o'zgarishlar, yutuqlar Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga hamohang tarzda kechayotgani biz uchun ham quvonarli, ham faxrlanarli xoldir.

Raqs san'ati haqida so'z yuritadigan bo'lsak, hayoti davomida kamida bir marotaba bo'lsa ham raqsga tushishni orzu qilmagan inson bo'lmasa kerak nazarimizda. Kimdir bu ishni sinab ko'rgan, kimdir esa bugungi kunda raqs maktablari va to'garklari orqali shug'ullanib raqs san'atini o'rganishga harakat qilib kelmoqda.

Agar har bir inson raqs tushushni xohlasa, raqs maktablari va to'garklarga borib o'rganishi mumkin. Raqs sirlarini o'rganishda ma'lum bir chegaralngan yosh yo'q, faqat xohish bo'lsa bas, chunki bu san'at insondan ishtiyoq va katta mehnat talab etadi.

Raqs - bu yorqin, aql bovar qilmaydigan, jozibali jarayon. Albatta, boshqalarning raqsga tushishini tomosha qilish juda maroqli va yoqimli. Agar o'zingiz raqsga tushgudek bo'lsangiz be ihtiyor butun tanagangiz yayraydi. Hamda bu san'at turi orqali ehtirosni, sevgini, g'azabni, sog'inichni va quvonchni ifodalashi mumkin. Raqsga tushish orqali biz o'z his-tuyg'ularimizni idrok etibgina qolmay balki o'zimizni baxtli his qilamiz. Bu vaqtda miyyamizdan xar-xil o'y-fikrlar chiqib ketib, xayol va orzu qilishga o'tamiz. Bularning barchasi birgina raqsda aks etadi. Bu san'at turi nafaqat iste'dod, mahorat hamda katta mehnat talab etadi. Yana bir jihati shundaki, tomoshabinlarni hayratda qoldiradigan va inson hayotining noma'lum dunyosini o'ziga xos taassurot bilan to'ldiradigan, sahnada reenkarnatsiya haqidagi fikrlar va tuyg'ularni harakatda yetkazish qobiliyatidir. Raqs san'ati xalq amaliy san'atining eng qadimiy ko'rinishlaridan biri bo'lib, kuchli his-tuyg'ularning ifodasi sifatida vujudga kelgan, bu san'atining shakllanish tarixi juda qadimiy davrlarga borib taqaladi.

"Raqs - insoniyat paydo bo'lgan ilk davrlardayoq tug'ilgan va san'atning eng qadimgi, keng tarqalgan va ommabop turlariga kiradi. Qadimdan inson hayotining muhim jabhalarida raqs alohida o'rin tutgan. Ibtidoiy davrda insonlar tomonidan tabiat hodisalari (quyosh, suv, olov bilan bog'liq) turli afsonaviy ko'rinishlarda tushunilgan. Tabiat mo'jizalari insonlarga yaxshilik yoki yomonlik keltiruvchi kuch sifatida tasawur qilingan. «Avesto», afsona hamda bitiklarda tabiat mo'jizalari jonli

timsollarda tasvirlangani va ular pantomimaraqs shaklida ijro etilgani haqida aytib o'tilgan. Insonlarning mehnat jarayonlari, hayvonlarning harakatlari, afsonaviy xarakterdagi harbiy vatanparvarlik ruhidagi raqslarni ijro etishgan. Bunda tabiat kuchiga tayanganlar. Ular o'z fikrlarini bayon eta olmay omadli ov bo'lishini so'rab yalinishgan, yomg'ir yog'ishini, farzand ato etishini iltijo etganlar. Hozirgi davrgacha dunyoning ba'zi bir joylarida, masalan, Afrikada shunday raqslar saqlanib qolgan. Folklorshunoslar, sayohatchilar yozib qoldirganlari o'sha davrdagi xalqning yashash tarzi, urf-odatlari, aqidalari haqida so'zlaydi."1 Yana bir manbada shunday keltirilgan "Markaziy Osiyo, jumladan, O'zbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari, arxeologik topilmalar bu yerda raqs juda qadimiy san'at ekanligidan guvohlik beradi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» davridayoq raqs san'ati shakllanib, xalq va professional raqs - ikki yo'nalishda rivojlanishga kirishgani haqida tarixiy ma'lumotlar bor. Shuningdek, turli taraqqiyot bosqichlarida yurtimizda raqs va o'yinlar bir-biriga ta'sir ko'rsatishi natijasida «Beshqarsak», «Katta o'yin», «Lazgi», «Kema o'yin», «Ashshadaroz» kabi qadimiy o'yinlar vujudga kelgan"2.Raqs orqali biz musiqani ko'rishimiz va his qilishimiz mumkin.

"O'zbek milliy raqs san'ati ko'p asrli tarix va boy an'analarga ega. Asrlar davomida o'zbek xalqi yaratgan raqslar bebaho nomoddiy madaniy meros bo'lib qoldi. O'zbek raqs san'ati namoyondalari yaratgan ajoyib raqslar asrlar davomida xalqimizni vatanga muhabbat, jasorat, fidokorlik, go'zallik ruhida tarbiyalab kelmoqda. Barcha xalqlarda bo'lgani kabi, o'zbek raqslarini qadim zamonlarda vujudga kelishi haqida arxeologik qazilmalar jarayonida topilgan raqqos va raqqosalarning haykalchalari, qadimiy g'orlar va qoyatoshlarga chizilgan tasvirlar, kitob miniatyuralari dalolat beradi.

Jahon sivilizatsiyasi rivojlanishi bilan raqs san'ati ham rivojlanib boraverdi. O'zbek raqs san'atinig o'zida turli maktablar, yo'nalishlar vujudga keldi va mahalliy raqslar taraqqiyot tufayli milliy raqs maqomigacha o'sib bordi. Raqs san'ati ayniqsa Sharq Renessansi, ya'ni Amir Temur va temuriylar davrida ravnaq topdi. Unda ayniqsa xotin - qizlarning o'rni katta bo'ldi. Raqslarda rang-baranglik tarixiy qatlamlar yaqqol ko'zga tashlanib turdi. Keyinchalik ham raqs fidoyilari tufayli o'zbek milliy raqsi rivojlanishda davom etadi va hozirgacha saqlanib qolgan holda ajoyib raqslar vujudga keldi. Raqslar turmushdagi va mehnatdagi biror harakat va holatlarga taqlid ma'nosida vujudga keladi va raqs harakatiga aylanib qoladi. Keyinchalik ularga yanada ishlov berilib nazokatlilik baxsh etilaverdi. XX asr boshlaridan o'zbek sahna raqsi alohida mustaqil san'at sifatida rivojlandi. Muhiddin Qoriyoqubov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim,

1 Е.8аукоуа, КАЪгауки1оуа Xoreografiya уа raqs Бап'ай а50$1ап. Т.-2015. И-Ъй

2 Avdeyeva L. Танцевальное искусство Узбекистана Т: Государственное издательство художественной литературы, 1960

Isohor Oqilov, Mukarrama Turg'unboyeva, Gavxar Raximova kabi ko'plab raqs san'ati fidoyilari uning muvaffaqiyatli rivojlanishini ta'minladilar. Fidoyi baletmeyster, xoreograf va pedagoglarning har biri o'ziga xos uslubga ega bo'lganligi tufayli ular tarbiyalagan san'atkorlar raqslari ham rang - baranglik kasb etadi. XX asrning 60-yillariga kelib nafaqat raqs amaliyotchilari, balki nazariyotchilari ham uning taraqqiyotiga o'z hissalarini qo'shdilar. Ularning mehnati tufayli raqsga bag'ishlangan qo'llanmalar, darsliklar, monografiyalar, vujudga keldiki, bu o'z navbatida raqs ta'limi va tarbiyasini rivojlantirshga o'z hissasini qo'shmay qolmadi. Ayniqsa, san'atshunos olima Lyubov Avdeyevaning o'zbek raqs san'ati tarixiga bag'ishlagan ilmiy tadqiqotlari, raqs amaliyotchisi va nazariyotchisi Roziya Karimovalarning o'quv qo'llanmalari raqs sohasidagi muhim qo'llanmalar bo'lib qoldi."3

Raqsga tushish professional raqqoslar uchun juda maroqli bo'lib, chunki bu san'at turi doimo o'z ustida ishlashni va tinmay mashq qilib raqs harakatlarini takomillashtirish kerakligini bildiradi. Agar siz ushbu san'atning yuqori cho'qqilariga chiqishni istasangiz, kuniga kamida 4 soat hamda bolalar uchun haftada 3 marotaba 2 soatdan kam bo'lmagan mashg'ulot o'tkazish talab etiladi. Haqiqiy raqqosaning xislatlari esa iste'dod bilan birga sabr-toqat, istak, mehnat qobiliyati va qilayotgan ishingni sevish kabi ko'rsatkichlardir.

Raqslarning juda ko'p turlari borki, odamning yoshi va didiga qarab tanlash mumkin. Shunday raqslar borki, umr bo'yi yashaydi. Biroq 1-2 yil davomida paydo bo'lib keyin yo'qolib ketadigan raqs uslublari ham bor. Ammo raqsning tango, vals va klassik balet turlari o'lishi mumkinmi? Yo'q alabatta. San'atning qiyin, mukammal darajada yaratilgan asarlari abadiy yashaydi.

"Raqs san'ati sohasida "ustoz-shogird" an'analariga asoslangan raqs maktablarini yaratish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar va kadrlarni tayyorlash, ilmiy salohiyatdan samarali foydalangan holda ilm-fanni jadal rivojlantirish maqsadida"4 biz dunyo xalqlarining turli xil usuldagi raqslarini o'rgatamiz.

Mutaxassislar tomonidan tasdiqlanganidek: qanchalik ko'p bilsangiz, haqiqatni yaxshiroq tushunasiz. Shuning uchun, har xil raqs turlarini o'rganib, siz ufqlaringizni kengaytirasiz va dunyo xalqlarining madaniyati, an'analari hamda qadryatlarini o'rganasiz. Shuning uchun biz dunyo xalqlarining raqslarini o'rgatamiz; lo'li, ispan, yunon, arab, hind va albatta milliy raqslar shular jumlasidandir.

Klassik-zamonaviy raqs san'atining o'ziga xos turi bo'lib, unda biz o'z xoreografiyamizni yaratishimiz mumkin, zamonaviy texnika va klassikani bir

3 ShJalilova O'zbek raqsini o'qitish uslubiyoti. O'quv qo'llanma.-T.2020 83-84 betlar

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4585-son qarori

butunga birlashtiramiz. Ushbu shaklda siz cheksiz yangi asarlarni yaratishingiz va fantaziya qilishingiz mumkin.

Biz, o'z navbatida, xoreografiyaning ma'nosini raqs chiqishlarimiz bilan ifodalashga harakat qilamiz va tomoshabin buni ko'rishi va raqsda nimani o'ylayotganimizni va his qilayotganimizni tushunishi uchun harakat qilamiz. Shuning uchun, raqqosalarimiz yanada ko'proq o'rganishlari va raqs san'atini yaxshilashlari uchun yangi asar yaratishga intilamiz.

Ajablanarlisi shundaki, raqs darslari bolalarning aqlli va xushmuomala bo'lishiga yordam beradi, chunki harakat musiqa bilan bog'liq va bu aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Shuning uchun ota-onalar, agar farzandlari raqsga tushsa, ular maktabda yaxshi o'qimaydilar, deb tashvishlanmasliklari kerak.

Tashqi o'zgarishlarga kelsak, hatto olomon ichida ham siz Raqqosani har doim ko'rishingiz mumkin: mukammal tekis turish, yengil, nafis qadam, go'zal harakatlar, go'yo u yurmaydi, balki suzib yuradi. Raqs san'ati, sizga nisbatan boshqalarni hayratda qoldirishga, o'zingizga e'tiborni jalb qilishga yordam beradi. Hatto to'yda ham raqsga tushish qobiliyati sizga yordam beradi, chunki hamma sizga, mahoratingizga hasad qiladigan original va jozibali to'y raqsini ijro qilishingiz mumkin. Albatta sizning do'stlaringiz va qarindoshlaringiz uni ko'p yillar davomida eslashadi: axir, u nikohning cho'qqisi bo'lib xizmat qiladi.

Yaxshi raqqosalar ko'p, lekin virtuozlar kam. Shubhasiz, Tamaraxonim va Mukarrama Turg'unboyeva kabi raqqosalar nafaqat iste'dodli, balki katta sabr-toqatga ega edilar va shu qadar uzoq vaqt to'xtamasdan raqsga tushdilarki, tomoshabinlar ushbu san'atkorlar bilan birga nafas oldilar.

Bu xatto, chunki raqs qizlarga ham, o'g'illarga ham ko'p jihatdan yordam beradi. O'g'il bolalar erkin muloqot qilishadi va hayotda yanada erkin bo'lishadi. O'z navbatida, qizlar raqsda sheriklarga muhtoj, chunki o'g'il bolalarsiz to'liq raqs bo'lmaydi - bu faqat yarmi. Darhaqiqat, raqsda, hayotda bo'lgani kabi: sheriksiz hech qanday foyda yo'q.

Raqs barcha san'atlarning eng ulug'vori, eng go'zalidir, chunki u shunchaki hayotning aksi yoki undan chalg'itish emas, raqs hayotning o'zi. Raqs insonning ruhini "oshkor qiladi", uni tashvish va stressdan xalos qiladi va raqsga tushayotganda o'zingizni kuzatib, o'zingiz haqingizda juda ko'p qiziqarli narsalarni bilib olishingiz mumkin. Raqs va tananing alohida qismlarining harakatlarini ozod qilish yordamida siz o'zingizni o'zgartirishingiz va o'zingiz xohlagan hamma narsani rivojlantirishingiz mumkin! Jonli - raqsga tushing!

Hali qilinishi lozim bo'lgan ishlarimiz ko'p. Erishilgan yutuqlar o'zimizniki. Mustaqillik xadya etgan ne'matlardan bahramand bo'lish, ular bilan faxrlanish

yaxshi, albatta. Siz bilan bizning bosh vazifamiz, burchimiz, ana shu ne'matlami ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, ularni yanada ko'paytirishdir.

Yaxshi kayfiyat va salomatlik uchun - raqsga tushing va muammolarni unuting.

Foydalanilgan adabiyotlari

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4585-son qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4584-son qarori

3. Sh.Jalilova O'zbek raqsini o'qitish uslubiyoti. O'quv qo'llanma.-T.2020 8384 betlar

4. E.Sayitova, N.Abraykulova Xoreografiya va raqs san'ati asoslari. T.-2015. 11-

bet

5. Avdeyeva L. Танцевальное искусство Узбекистана Т: Государственное издательство художественной литературы, 1960

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.