Научная статья на тему 'O‘ZBEK MEROSIY RAQSLARIDA AKTYORLIK MAHORATINING QO‘LLANILISHI VA O‘ZIGA XOSLIGI'

O‘ZBEK MEROSIY RAQSLARIDA AKTYORLIK MAHORATINING QO‘LLANILISHI VA O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
146
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
san’at / shaxs / mahorat / baletmeyster / aktyor / raqs / harakat / musiqa / sahna / obraz / ijod / asar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulishod Abdiyeva

Mazkur maqolada о‘zbek merosiy raqslarining о‘ziga xosligi va bunda aktyorlik mahoratining о‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada aktyorlik mahoratiga oid muhim omillar raqs san’atida qanday kasb etishi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MEROSIY RAQSLARIDA AKTYORLIK MAHORATINING QO‘LLANILISHI VA O‘ZIGA XOSLIGI»

O'ZBEK MEROSIY RAQSLARIDA AKTYORLIK MAHORATINING QO'LLANILISHI VA O'ZIGA XOSLIGI

Gulishod Abdiyeva [email protected] O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Annotatsiya: mazku maqolada о'zbek merosiy raqslarining о'ziga xosligi va bunda aktyorlik mahoratining o'rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada aktyorlik mahoratiga oid muhim omillar raqs san'atida qanday kasb etishi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: san'at, shaxs, mahorat, baletmeyster, aktyor, raqs, harakat, musiqa, sahna, obraz, ijod, asar.

APPLICATION AND SPECIFICITY OF ACTING SKILLS IN UZBEK

HERITAGE DANCES

Gulishod Abdieva [email protected] State Academy of Choreography of Uzbekistan

Abstract: the article covers the peculiarities of Uzbek heritage dances and the role of acting skills in this. The article also describes how important factors related to acting skills are earned in the art of dance.

Keywords: art, person, skill, ballet dancer, actor, dance, action, music, stage, image, creativity, masterpiece.

San'atning o'zi nima? Haqiqiy san'at, eng avvalo insonning-insoniylik qiyofasini shakllantiradi. Insonni tuban fikrlardan yiroqlashtirib, yuksaklikka ko'taradi, hamdard bo'lishga da'vat etadi. San'at inson ruhiyatini poklaydi. Uning tarbiyaviy ahamiyatini hech narsaga tenglashtirib bo'lmaydi. Madaniyat va san'at insonni hayvondan ajratib turuvchi chegara. San'at - ma'naviy ijodiyotdir.

San'at - insondagi eng yuksak badiiy ehtiyojni hamda uning tug'ma - xissiy, ma'naviy, estetik, mafkuraviy ehtiyojlarni qondiradi. Badiiy timsollar orqali omma ongiga ta'sir o'tkazadi, inson dunyoqarashini shakllantiradi, ma'naviy qiyofasiga ta'sir etuvchi vosita bo'lib hizmat qiladi. Ommaning ongiga badiiy timsollar orqali ta'sir o'tkazish, shaxsni yuksak kamolot darajasida tarbiyalab uni shakllantirishga hizmat qiladi.

Ammo shunday fiklar ham mavjud, unga ko'ra san'at to'g'ridan-to'g'ri shaxs ruhiyatiga ta'sir ko'rsatmaydi, ma'naviy dunyoqarashini shakllantirmaydi. Bizning

I icclT^^^^H 113 http://oac.dsmi-qf.uz

fikrimizcha haqiqiy san'at, agar inson unga talpinib yashasa, sekin-asta kishining dunyoqarashini o'zgartiradi. Uning ongiga ta'sir ko'rsatish orqali fikrlash darajasini, hissiyotini, turish-turmushini, xatto tashqi ko'rinishini ham o'zgartirishi mumkin. Bu fikr san'atning barcha sohalariga - musiqa, teatr, tasviriy san'at, xaykaltaroshlik, arxitektura va so'zsiz adabiyotga ham taalluqlidir. San'atning insonni hayratga solib lol qoldiradigan kuchini, ta'sirini o'z hayotimda bir necha bor o'zimda sezganman. Fikrlar quruq so'z bo'lib qolmasligi uchun hayotiy misollar keltiraman.

Bir o'zbek ayolining go'zal, tasviriy, badiiy uslublar yuksak aktyorlik maxorati bilan ko'rsatib bera olgan "Pilla" raqsini olsak, ushbu raqs garchi bir necha daqiqalik raqs bo'lsa-da, mazmun-mohiyatan yirik sahna asari deyish mumkin.

Bu raqs, san'atning boshqa turlari: musiqa, tasviriy san'at, kino san'ati qatorida mening dunyoqarashimga ta'sir etibgina qolmay, ma'naviy estetik jihatdan shakllanishimda, raqqosa sifatida maxoratga ega bo'lishimda katta o'rin egalladi. "Pilla" raqsida nafaqat raqs harakatalari aktyorlik ijrosi, rejissyorlik yechimi va topilmalari orqali tomoshabin qalbiga kuchli hissiy ta'sir o'tkazishini ushbu raqsni ijro etish jarayonida tomoshabinlar nigohida kuzatganman. Yaratilganiga mana oradan qariyib to'qson yil o'tgan bo'lishiga qaramay "Pilla" raqsi doimo olqishlar ostida, so'nmasdan yashab kelmoqda. Mazkur buyuk asarning ta'sir kuchi nimada? Avvalo raqsdagi barcha unsurlarning badiiy yaxlitligidan, deb tushinaman. Va eng muhimi raqqosaning aktyorlik maxorati va raqs harakatalaridagi ifodaviylik bilan kishi zavqini junbushga keltiradigan darajadagi ijrosidir. Balkim buni "ijro" deb ham bo'lmas, aksincha raqqosaning sahnada timsol ruhiyati bilan yashashi, nafas olishi, harakat qilishidadir. Pilla qurt boquvchi qiz obrazi, O'zbekiston halq artisti Mukarrama Turg'unboyeva ijodiy biografiyasining gultoji desam mubolag'a bo'lmas. Shu raqs orqali Tamarxonim O'zbek milliy raqs tarixida o'chmas iz qoldirdi. Raqqosaning his-hayajon bilan to'lib toshgan ijrosi keyinchalik ushbu raqsni ijro etgan raqqosalar ijrosidan farq qiladi.

O'zbek raqqosalar hayajonga beriluvchan, hissiyotlar bilan to'yingan bo'lib, ehtiroslarning jo'shqinligi, ijro etayotgan raqsini yurakdan-yurakka o'tqazadigan ta'sir kuchiga ega. O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan M.Ergashevaning "Munojot" raqsi mumtoz ijrosi bunga yorqin misoldir. Biroq baletmeystersiz, uning aniq ko'rsatmalari va iste'dodisiz shakl va mazmunan yetuk obrazlar yaratish mumkin emas. M.Turg'unboyeva tomonidan raqs san'atining barcha ta'sirchan vositalari hamda unsurlarining uyg'unlashuvi natijasida yuksak badiiylikka erishilgan ushbu "Munojot" raqsida unutilmas poetik obraz yaratilgan. Raqs chuqur falsafiy mazmun, go'zal va aniq shaklga bo'ysundirilgan. Bu mashhur raqs asari sababidan men, raqs san'ati naqadar kuchli ta'sir kuchiga ega ekanligi, kishini larzaga keltiradigan tuyg'ularni uyg'otishi mumkinligi, inson ongi va shuuriga hech bir o'lchamga sig'maydigan ta'sir kuchga ega ekanligiga amin bo'lganman. O'rni kelganda shuni ham aytish joizkim,

I îhSi^^Bl ^^ http://oac.dsmi-qf.uz

M.Turg'unboyeva raqs sahnalashtirayotganda doimiy tarzda ustozlari Usta Olim Komilov, Tamarxonim bilan hamfikr bo'lgan va ularning raqslardagi badiiy yaxlitlikka erishish uslubiyatlari hamohang edi.

Baletmeysterning savodxonligi, yuksak mahorati xatti-harakat tahlilini bilish, unga ko'nikma hosil qilish, tajriba ortirish va raqqos(a)lar bilan birga raqs harakati uslubiyati orqali sahnada bor iste'dodini ro'yobga chiqarishga bog'liq.

Bu borada har bir baletmeytster-rejissyor quyidagi bilimlarga ega bo'lishi va ularni amalda qo'llashi lozim: raqs harakatlarining tahlili to'g'risidagi bilim va uning rivojlanish jarayonini; raqsni insonga g'oyaviy, ma'naviy, tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish vositalarini; asar yaxlitligining qonuniyatlarini; asar mavzusini aniqlay olishni; raqsning xissiy va g'oyaviy ta'sir ko'rsatuvchi unsurlari hamda oliy maqsadini; raqs harakatlari, imo-ishoralari orqali uzluksiz xatti-harakatni aniqlashtira olish; raqs harakati, xolati, imo-ishora va plastikada yaxlit voqelikni ko'ra olishi; asrning maromi va sur'atini belgilay olishi, ijrochilarning o'ziga xos bo'lgan tabiati, raqs chizmasini belgilash.

Baletmeyster quyidagi ko'nikmalarga ega bo'lishi zarur: raqs harakatlari tahlilini o'tkaza olishi; raqsni kompozitsiya jihatdan to'g'ri rejalashtirishi; asar mag'zini sahnada ochib bera olishi; raqqos(a) bilan g'oya, maqsad va obraz, turli janr va uslubga hos asarlar ustida ishlay olishi; sahnaviy bezak, musiqa, turli shovqinlar orqali sahna asarining janriga mos bo'lgan muhitni yaratishi; mizansahnalashtirish; yaxlit sahna asarini yarata olishi; barcha ishlab chiqarish bo'limlari, hamda ijodiy jamoa ishini tashkillashtira bilishi shart.

Iste'dod - sirli jozibadir. Ijodkor badiiy obrazlar orqali ijod qiladi, ular vositasida omma ongiga ta'sir ko'rsatadi. Insoniyat esa mudom badiiy obrazlar sir-asrorini anglashga intilib keladi.

Badiiy obraz - estetikaning asosiy tushunchalaridan biri. U faqat badiiy san'atga hos yo'llar bilan borliqni aks ettiradi va qayta shakllatira oladi. Shuningdek, baletmeyster yaratayotgan raqsida ijodiy yondoshib qayta gavdlanantirgan biron bir hodisa - obrazdir. Badiiy obraz na faqat borliqni aks ettiradi, shu bilan birga eng avvalo borliqni umumlashtiradi, alohidalikda ham umumiylikni aks ettiradi. Badiiy obrazning o'ziga hos tomonlari - faqat borliqni tafakkur qilibgina qolmay, o'ylab chiqarilgan yangi dunyoni kashf qidadi. O'z tasavvuri, uydirmasi mutaxayyalasi (fantaziya) orqali aniq voqelik va borliqni qaytadan barpo qiladi. Aniq harakatlar, imo-ishora, plastika va albatta aktyorlik maxorati yordamida ijodkor bus-butun raqs asarini yaratadi. To'qima - umumlashtirma obrazning qiymatini oshiradi. Aristotelning "Poetika" asarida obraz - asl, tabiiy narsani aksi sifatida emas, o'zgartirilgan - noaniq, bo'rtirilgan, kichraytirilgan narsani ifodalash orqali namoyon bo'ladi. Har qanday obraz - ong e'tiboriga tushgan ichki dunyodir. Mana shu obrazsiz na tabiiylikning aksi, na tasavvur, na anglashlik va na ijod bo'lishi mumkin emas. Obraz hissiy yoki aql -

I icclT^^^^H 115 http://oac.dsmi-qf.uz

idrokka asoslangan shaklga ega bo'lishi mumkin. Badiiy obraz yaxlit yoki uning qismlari shaklida taqdim etilishi mumkin. U inson ongi va hissiyotlariga kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Badiiy obraz ijodkorni qiziqtirgan masalalariga javob bo'lsa, ikkinchi tomondan, yangi-yangi savollarni o'rtaga tashlaydi. Lo'nda javob yo'qligi, uning mubhamligi obrazning tabiatiga ko'ra botiniy - subektiv sifatidir. U keng ko'lamli mazmunni ifoda qilishi mumkin, so'ngi javob orqali so'ngsizlikni ifoda etishi mumkin. U garchand bir nechta unsurlardangina barpo qilingan bo'lishiga qaramay, yaxlit bir buyum, fikr ko'rinishiga ega bo'ladi. Obraz ishoralar (eskiz) orqali, yoki yakunlangan holda ifodalanishi mumkin.

Raqsda badiiy obraz o'ta murakkab favqulotiy tafakkur bo'lib, o'zigagina xos hususiyatni hamda umumiylikni aks ettirishi mumkin.

Badiiy obrazlarni bir-biriga taqqoslash orqali quyidagicha xulosa yasash mumkin:

1. Badiiy timsolning birinchi tarkibiy qismi. Badiiy asarning mohiyati oliy maqsaddir - badiiy asar yaratilishiga turtki bo'lgan ijodkorning dardi, hissiy sezgisi. "Jim turaolmayman!" degan ichki kuch asarning tub ma'nosini anglatishga hizmat qiladi. Ijodkor his qilish orqali ta'sir o'tkazadi, ya'ni fikrni, raqsning ma'nosini o'z hissiyotlari orqali ifoda etadi. Ijodkor jamiyatdagi og'riq nuqtalarni sezishi, ularga befarq bo'lmaganligi sababli boshqalardan ajralib turadi. Ijodkorga ta'sir etmaydigan hodisotlar to'g'risida gapirishning hojati yo'q. "Ehtirosli to'lqinida olg'a surilgan timsoliy g'oya xotirada uzoq saqlanib qoladi",- degan edi P.Simonov.1

2. To'qima - badiiy timsol yaratishning ikkinchi qonunidir. Ya'ni xaqiqiy hayot va unga bo'lgan munosabat orqali shu hayotni to'qimalar bilan boyitishlik, asliga nisbatan boshqacha shakl berishlik, xotiraga o'rnashib qolgan voqea, hodisaning davomini o'ylab topishlik, hamda uni raqs harakatlari orqali sahnaviy-badiiy asarga aylantirishdan iborat. Xatto sevgi ham tasavvur orqali to'qilib boyitiladi. Ijodkor - eng avvalo to'qib chiqaruvchidir, qisman "yolg'onchi, uydirmachi, avrovchi" hamdir. Ijodda tasavvur - buyuk kuchdir!

3. To'qib chiqarilgan xaqiqat mantiqiy bo'lishi kerak. U turli tuman: ijtimoiy, xayotiy, falsafiy, teatrlashgan va h.k. bo'lishi mumkin. Lekin u badiiy haqiqat qonuniyatiga so'zsiz bo'ysinishi shart.

To'qima, fikrni, g'oyani tiniqlashtiradi.

Demak: raqs yaratishda badiiy timsol hissiyotlar bilan yo'g'irilgan uchta tarkibiy qismga bog'liq. Ma'no - to'qima - haqiqat + hissiyot = timsol mohiyatini tashkil etadi. Raqsning ta'sirchanlik esa mazkur tarkibiy qismlarning uyg'unlashuvi natijasidir.

Har bir raqqos(a)ni tarbiyalashda asosiy e'tiborni oliy maqsadga va mahoratini oshirishiga qaratish kerak. San'atlarning o'ziga xos hususiyatlari foydalanadigan vositalar orqali belgilanadi: so'z, nafis harakatlar, shakl, ranglar.

1 Симонов П. Метод К.С.Станиславского и физиология эмоций. М., 1962, 236-бб.

116

Raqs san'atining eng muhim tarkibiy qismi - raqqos(a)dir. Ammo raqs san'atida sarkor, ya'ni baletmeyster bo'lmasa raqs ham bo'lmaydi. Baletmeyster g'oyaviy yetakchi, ijodiy jarayonning ilhomlantiruvchisi, sahna asarini yaratish uchun ijrochilardagi barcha kuchlarni birlashtiruvchidir. Raqs san'atida baletmeyster uchun raqqos(a) xom ashyo vazifasini bajaradi, u orqali, baletmeyster tomoshabin qiziqish bilan kuzatadigan raqs asaridagi g'oyaviy izchillikni ochib beradi. Ta'sirchan, jonli raqs sahnalashtirish uchun baletmeyster raqqos(a) psixologiyasini bilishi, ijrochi bilan ishlash mahoratini egallashi zarur. Raqqos(a) qalbida kechayotgan jarayonlarni sezishi, sahna va hayotda o'zini qanday his qilishi, ijodiy holatini tushinishi kerak. Uning izlanishlariga yo'l ko'rsatishi, tahlil qila olishi muhimdir. Ijodiy izlanishlar jarayonlari qatlamaga o'xshaydi: Baletmeyster tomonidan berilgan taklifni qabul qilib olar ekan, raqqos(a) uni har tomonlama boyitadi, shu bilan birga baletmeyster fantaziyasi uchun yo'l ochib beradi. Ayni mana shu ijodiy hamkorlikda raqs harakati, imo-ishora, plastika va albatta akyorlik maxorati yordamida raqs tug'iladi. Mustahkam sinchlarga tayanib barpo etilmagan raqs asarida raqqos(a)ning barcha harakatlari havoga sovrilishi mumkin. Ijodiy jarayonda baletmeysterga bus-butun itoat etadigan raqqos(a) (aks holda bosh-boshdoklik bo'ladi) baletmeysterning hamfikr safdoshiga aylanadi.

Raqs san'atining murakkabligi va boshqa san'atlardan farq qiladigan jihati -raqqos(a) asarning mazmun-mohiyatini tana harakati, yuz ifodasi orqali so'zsiz tarzda ifoda etadi.

Raqs ijro etmoqlik bu:

1) tasvirlab bermoq, ko'rsatib bermoq, taqlid qilmoq

2) o'sha odam bo'lmoq, timsol qiyofasida yashamoq demakdir.

Bu bizga tanish aktyorlik mahoratining "Taqlidiy" va "Kechinma" san'atlaridir. Aktyorning an'anaga aylanib qolgan sahnadagi faoliyatini "kechinma" va "taqlidiy" san'atga bo'lib atashlik bugungi kunda eskirib, o'z mohiyatini yo'qotgandir. Huddi aktyor kabi raqqos(a) kechinma orqali ko'rsatib beradi, ko'rsatib berish orqali boshdan kechiradi, yashaydi. Raqqos(a) ijrosining psixologiyasi mana shu dialektik qonuniyatiga asoslangan. Raqsning sahnadagi yashash tarzi: yurish-turishi, ijroning o'ziga hosliklari, usul va shakli asar janriga bog'liqdir.

Ijodiy hissiyot huzur baxsh etmog'i darkor. Hayotda sezgi va hissiyotlar haqiqiy bo'ladi (ko'z yoshlar, og'riq sezish, iztirob chekish va h.k.). Sahnadagi hissiyotlar tasavvurdagi hissiyotlar bo'lishi kerak. "San'atning his tuyg'usi aqlli tuyg'ular hosilidir. Ular bosh miya qobig'ida fantastik tarzda vujudga keladi. Har qanday fantastik va haqiqatdan uzoq tuyg'u va hissiyotlar real tuyg'ular oqibatida tug'iladi."2 Bu hissiyotlar bir-biriga o'xshaydi. Ammo sahnaviy hissiyotlar badiiylashgan holda bo'lib, ijodkorga quvonch bag'ishlaydi. Shuning uchun raqqos(a)ning ijodida quvonch

; BbiroTCKHH ..C. "ncHxo^oraa TBop^eeraa". M., 1965.

hislari, ko'tarinki ruh, zo'r istak va ishtiyoq bilan yonishi har bir raqs, xatto boshlang'ich mashg'ulotlar davrida yo'qolmasligi kerak. Xatto ijod mashaqqatlari ham quvonchlidir. Avvaldan, xaqiqatda bunday bo'lishi mumkin emasligini anglagan holda, o'zi bajarayotgan ish va holatga ishonmoqlik o'ta muhim qobiliyat. Esda tutib -unutish, qayg'urib turib - qayg'urmaslik, bu jumboqli qarama - qarshilik raqs ijodi psixologiyasida yaqqol ko'zga tashlanadi. O'z imkoniyatlariga ishonmoq ijodiy ilhom baxsh etadi, ilhom esa o'z navbatida ong osti hissiyotiga ta'sir etib, har qanday ijod turi uchun turtki beradi. Raqqos(a) qobiliyatini aniqlovchi ilk sinov uni berilgan obrazga bo'lgan ishonch darajasidir. Bolalardek ishonuvchanlik tabiat ehsoni bo'lib u faqat iste'dodli raqqo(a)largagina nasib etadi. Buning uchun ko'pincha sabr-toqat va mashaqqatli mehnat orqaligina erishish mumkin. Hatto eng qobiliyatli raqqos(a)lar ham, ayniqsa, ijodiy jarayonning boshlang'ich qismida o'ziga ko'pam ishonmaydilar. Ilhom so'qmoqlari ruhiy va jismoniy mehnat orqali bo'y ko'rsatishi mumkin. Tahlil, chuqur mulohaza qilish, anglash, tasavvurning ishlashi, fantaziyaning ixtiro qilish qobiliyati - obraz yaratish mumkin bo'lgan qurol. Ongli mehnat asta-sekinlik bilan sahnada aktyorlik maxorati tushunchasi bilan aytganda "jismoniy harakatlar uslubi" orqali sinovdan o'tkaziladi. Eng muhimi bunday mashaqqatli mehnat ijodkorga huzur bag'ishlashi kerak.

San'at qalb hissiyotlarni ixtiro qiladi va qalb bilan qabul qilinadi. Raqqos(a)dan xuddi aktyor kabi haqiqiy hissiyotlar bilan yashashni, qiyofaga kirish, tuslanishni talab qilinadi.

Qolaversa, Sahna asarini kompozitsion jihatdan loyihalashtirish jarayonida sahnalashtiruvchining ma'naviy dunyosi, estetik didi va madaniyati muhim ahamiyatga ega. Sahnalashtirilayotgan raqs orqali nima demoqchiman? Qaysi homashyo bilan nimani yarataman? - degan savol baletmeyster qarshisida hamisha ko'ndalang turishi shart. Bu jarayonda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

Dramatik manba bilan ishlash. San'atning qaysi turi bo'lishidan qat'iy nazar maqsad bitta: hissiyotlarni, tuyg'ularni izhor etish, tomosha qiluvchilarga hissiy ta'sir o'tkazish. Qolgan narsalar - xolat, harakat, marom, tasvir, musiqa bir vosita xolos. Avvalo manbani tushinish, anglash, o'ziniki qilib olish, mavzuni "o'zining mavzusi, dardiga" aylantira bilish lozim. Badiiy asarning nazariy tahlili bunda ko'p ham natija bermaydi. San'atda o'rganish, anglab yetish jarayoni, ilmiy-nazariy emas, ijodiy jarayondir. Dramatik asar shart-sharoitlar, vaziyatlar, harakat va voqealar tizimini aniqlashtirish orqali o'rganilinadi, xususan raqs ham.

Oliy maqsad. San'atda Nima emas, Kim? Qanday shahs ijod qilyapti? - degan tushuncha o'stivor. Shu sababdan ijodkor hayotga befarq bo'lmasdan hissiy tuyg'ular, ehtiroslar, ma'no bilan boyitib borishi kerak. Eng avvalo ma'no bilan. Oliy maqsad bilan g'oya o'z vujudingda paydo bo'lishi kerak. Har qanday ijodiy mahsulot zohiriy (subektiv) bo'lishiga qaramay, botiniy (obektiv) qadriyatlarni aks ettirishga intiladi.

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

Muallif ko'pincha o'z qarashlarini zohiran aks ettirishi mumkin. Ammo obektiv, zohiriy borliqning shart-sharoitlari ijodkorning ongi va miyaning ong osti qatlamiga ta'sir o'tkazmasdan qo'ymaydi. Obektiv xaqiqatni asarning o'zidan izlab so'ngra uni zohiriy fikrlar bilan solishtirib ko'rish kerak. Eng bebaho manba bu asarning o'zidir. Uning sir-asrorlarini anglab olishga intilmoq darkor. Asarni yaxlit holicha qabul qilib, uning bir bo'lagidagi jumboqni topish, so'ngra u bo'lakni yaxlit narsa bilan yana va yana solishtirib ko'rish kerak. Asarning xatto eng kichkina qismi oliy maqsadni belgilanishiga ta'sir etishi mumkin.

G'oya - pinhoniydir. Asar mohiyatini, mavzusini, muallif dardini topish murakkab jarayon. Shuning uchun qidirish, uzluksiz izlanish zarur. Bir qolipda yuzaki fikrlash hamisha pand beradi. Asarni o'rganish, talqin qilishda estetik did va chuqur fikrlash qobiliyatiga ega bo'lish lozim. Sahna asari mazmunan yangilikni, shaklan rang-baranglikni ixtiro etishni talab qiladi. Hamisha ana shu yangilikni qidirib topishlik va unga kutilmagan qiziqarli shakl berishga intilib ijod qilmoq maroqlidir. Buning uchun baletmeyster o'z oldiga yuksak vazifalarni qo'yishi, burchiga mas'uliyat bilan yondoshishi lozim. Na faqat davr bilan hamnafas, davrdan ilgarilab ijod qilish kerak. Raqs san'atining vazifasi faqatgina ko'ngil ochar asarlar yaratishda emas, aksincha umumbashariy qadr-qimmatlarni e'zozlaydigan, ma'naviy kurashga chorlovchi, falsafiy mushohada yuritishga undovchi umrboqiy asarlarni yaratishdadir. Bunday asarlarni keng dunyoqarashi, aql, zakovati, yuksak didi bilan bilan o'zgalardan ajralib turgan shahsgina yarataoladi. Iste'dodli shahsning ichki dunyosi boshqacha. Unda, majoziy manoda, 2x2=4 emas 5 bo'lishi mumkin.

Misol uchun bosh g'oyani aniqlash uchun, baletmeysterda estetik did bilan tafakkur qilish salohiyati o'zaro birlashishi kerak. Voqelikni obektiv qabul qila bilish zarur. Oliy maqsad - obektiv g'oyaning o'zi bo'lib, bugungi kunga qaratilishi shart. Hayot albatta bir joyda turmaydi. Shunga qarab g'oya ham shu kungi talablardan kelib chiqmog'i lozim. Ayni shuning uchun ham buyuk baletmeysterlarning asarlari asriy davrlarda ham dolzarbliligini yo'qotmay kelmoqda. Har safar bunday asarlarda bugungi kunning dolzarb muamollariga javob topish mumkin. Xususan, mazkur tadqiqot ishimizga asos qilib olingan merosiy raqslarimizdan "Pilla", "Munojot", "Tanovor" raqslari yuqoridagi so'zlarimiz isbotidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Avdeyeva L.A. Ozbek Milliy raqsi tarixidan. -Тошкент: Mukarrama Turgunboeva nomidagi "O'zbekraqs" milliy raqs birlashmasi, 2001 y.

2. Авдеева Л.А. Мукарамма Тургунбоеванинг ракси. -Тошкент: Гофур Гулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1989 й.

3. Авдеева Л.А. Танцевальное искусство Узбекистана. -Ташкент: Государственное издательство художественной литературы Узбекской ССР, 1966 г.

4. Каримова Р. Ферганский танец (методическое пособие). -Ташкент: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1973 г.

5. Каримова Р. Харезмский танец. -Ташкент: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1975 г.

6. Каримова Р. Бухарский танец (методическое пособие). -Ташкент: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1977 й.

7. Симонов П. Метод К.С.Станиславского и физиология эмоций. М., 1962

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.