BALETMEYSTERLIK SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Gulishod Abdiyeva [email protected] O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Annotatsiya: ushbu maqolada xoreografiya san'atida baletmeysterlik san'atining o'mi, baletmeyster o'zi kim, uning faoliyati turlari haqida so'z boradi. Shuningdek, mazkur maqolada baletmeyster raqs asarini yaratishda qanday jihatlarga ahamiyat qaratishi zarurligi, sohadagi muammolar va ularning yechimi borasida takliflar yoritilgan.
Kalit so'zlar: madaniyat, san'at, raqs, obraz, asar, baletmeyster, sahna, harakat.
FEATURES OF THE ART OF BALLET
Gulishod Abdieva [email protected] State Academy of Choreography of Uzbekistan
Abstract: this article is about the role of choreographic art in choreographic art, who is a choreographer and the types of his activities. The article also discusses aspects of choreography that a choreographer should pay attention to when creating a dance work, problems in this area and suggestions for their solution.
Keywords: culture, art, dance, image, work, choreographer, stage, action.
XX asr fan-texnika, madaniyat va san'at sohalarining jadal rivojlanish davri sifatida ijtimoiy ehtiyojlarning yangilanib hamda ortib borishi o'z navbatida ularning qisqa muddatda va sifatli qondirilishini ta'min etuvchi faoliyatning yo'lga qo'yilishini taqozo etdi.
Ijtimoiy zaruriyat mahsuli bo'lgan raqs san'ati va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oralig'ida, yuksak did bilan sahnalashtirilgan badiiy asarlar dunyoga kelishiga imkon yaratdi. Badiiy jarayon, tarixda mavjud sahna asarlarini teatr, musiqa, tasviriy san'at, kino va xoreografiya orqali qayta sahnalashtirish jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuv an'anasi yuzaga keldi.
Ijodiy yondashuv badiiy jarayonning umumiy tavsifini yoritishga xizmat qiladi. Muayyan sahna raqs asarini sahnalashtirish maqsadida obrazni tanlashning eng dastlabki bosqichidan sahna asarini tomoshabinga yetkazib berishgacha bo'lgan so'nggi bosqichgacha davrni o'z ichiga olgan jarayon badiiy jarayon sifatida e'tirof etiladi.
I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz/
Raqslarni qaytadan ishlab, sayqal berib, yanada ko'rkamlashtirib, san'at darajasigacha yetkazuvchi, uni rivojlantiruvchi, yanada boyituvchi, xalqqa, dunyoga tanituvchi raqs san'ati ustalari bo'lib, ular - baletmeysterlar (balet ustasi) deb ataladi.
O'z faoliyatida baletmeyster - yaratuvchi, sahnalashtiruvchi, repetitor(mashq qildiruvchi) va pedagog hisoblanadi. Yaratuvchi sifatida u xoreografik obraz yaratadi. Yaratilayotgan xoreografik obrazning xarakter hususiyati, mazmun-mohiyati imo-ishora, libos va harakatlarda o'z ifodasini topadi. Tabiatda bor mavjudlik baletmeyster - yaratuvchining ijodkorligi, tasavvuriga qarab xoreografik obraz bo'la oladi. U raqs asarini yaratish avvalida raqsning matnini shakllantiradi va sahnalashtirishga mas'ul bo'ladi. Zero, u o'sha raqsning muallifi hisoblanadi.
Baletmeyster - sahnalashtiruvchi esa baletmeyster - yaratuvchi yaratgan raqsni ijrochilarga sahnalashtiradi, o'rgatadi. Ijrochilar to raqs harakatlarini o'zlashtirib olgunga qadar ular bilan qayta-qayta shug'ullanadi, tushuntirishlar beradi. Raqsni sahnaga olib chiqish jarayonlarida u muhim omillar: sahnaning tuzilishi va shartli belgilarini o'zlashtirgan bo'lishi va albatta buni ijrochilarga ham o'rgatishi zarur. Baletmeyster - sahnalashtiruvchining iste'dodi raqs chizmalarini qanchalik murakkab va qiziqarli tarzda yaratishi bilan ham ko'rinadi.
Baletmeyster - repetitorning vazifasi baletmeyster - yaratuvchi yaratgan va baletmeyster - sahnalashtiruvchi sahnalashtirgan raqsni ijrochilar bilan mashq qilishdan iborat bo'lib, ularning raqsdagi ijro mahoratini oshirishga qaratilgan bo'ladi. Yakka, ommaviy raqslar, ulardagi solist ijro etadigan qismlarini meyoriga yetkazib, barcha ijrochilar yuqori saviyada ijro etishlarini ta'minlab beradi. Mashg'ulot jarayonida yaratuvchi va sahnalashtiruvchi raqsni qanday o'rgatgan bo'lsa, hech bir qismiga o'zi bilgancha o'zgartirish kiritmaydi. Asar muallifi va sahnalashtiruvchi bilan maslahatlashgan holda, ularning roziligi bilan buni amalga oshirishi mumkin.
Baletmeyster - pedagog o'z sohasi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va sohaning nazariy va amaliy jihatlariga e'tibor qaratib ilg'or pedagogik texnalogiyalarni ishlab chiqadi. Uni amaliyotga tadbiq etish, yetuk mutaxassislarni yetishtirish kabi muhim vazifalarni bajaruvchi hisoblanadi. U ustozlarning tajribasi, bilim va ko'nikmasini o'zlashtirgan va shu o'rinda o'z uslubiga ega bo'lmog'i lozim. Raqs san'ati tarixi, o'qitish va o'rgatish uslublari, ijro mahoratini o'stirish, raqs texnikasini mustahkamlash kabi masalalarga alohida e'tibor bilan yondoshib ta'lim berishi zarur. Bundan ko'rinib turibdiki, baletmeyster-pedagog baletmeysterlik kasbining barcha to'rtta sohasini ham mukammal egallagan bo'lishi kerak.
Mohir baletmeysterlar syujetli raqslar sahnalashtirganda yoki ommaviy raqslardagi yakkaxon ijrochini tanlayotganda raqqosaning istedodiga, ijrochilik qobiliyatiga, aktyorlik mahoratiga, o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashishiga qarab
tanlashi zarur. Shuningdek, sahnada ijro etilajak raqsda sodir bo'ladigan voqelikni chuqur o'rganish, taxlil qilishi lozim.
Bastakor bastalagan kuyida nima demoqchi va baletmeyster kuyning talqini orqali tomoshabinga nimalarni yetkazmoqchi ekanligini raqqosa tafakkuriga singdirishi, buning uchun albatta raqqosada musiqa san'ati, raqs harakatlarining musiqa bilan uyg'unlashuvi haqida yetarli bilim va ko'nikma bo'lishi kerak.
Qolaversa, dramaturgiya qoidalariga asoslanib sahnalashtirilgan raqsni o'z tasavvurida jonlantira olishi va obrazni o'ziniki qilib olishga erishishi kerak. Raqs ijrochisi raqsning dramaturgiya qonunlarini bilishi va ijro vaqtida amal qilishi kerak. Chunki kuyning tizimiga terilgan harakatlarni ijro etishda raqqosa o'zining bor vujudini, ya'ni ongini, sezgi organlarini, qo'l-oyog'i, yelkasi, nafas olish organlari, yuzini harakatlantiradi. Buning natijasida ijro texnikasini, mimikasini, qalbini ishga soladi va ularning barchasi bir butun bo'lib raqqosaga obrazni "o'ziniki" qilib olishiga ko'maklashadi.
Dramaturgiya qoidalari, raqs musiqasi, harakatlar va harakatlarni mahorat bilan ijro etilishi - bularning barchasi raqs asarining asosiy tarkibiga kiradi. Baletmeyster raqs ijrochisi bilan obraz ustida ishlar ekan, mashaqqatlb mehnat, ijodiy izlanish jarayonlarini o'taydi. Buning natijasida sahnada baletmeyster sahnalashtirgan, raqqosa ijro etayotgan bir siymo yaraladi. Bu ikki ijodkor ijodiy izlanishi, tinimsiz mehnati o'laroq siymoning ichki va tashqi qiyofasi tomoshabin ko'z o'ngida namoyon bo'ladi.
Jahon xalq raqslari, raqs san'atining ko'rinishi, qiyofalanishi, ifoda qilinishining g'oyaviy mazmuniga qarab uning insoniyat turmushiga bog'liqligini ko'rishimiz mumkin. Raqs san'ati orqali kishilarning ishlab chiqarish mehnati bilan shug'ullanishini, tabiat bilan kurashishini, ma'naviy tafakkurini anglaymiz. Raqs san'atining manbaasi insoniyatning turmush tarzi bo'lishidan qat'iy nazar turmush harakatlarining xammasi xam raqs harakatlari emas. Ammo xoh xalq raqslari bo'lsin, hoh klassik tarixiy raqslari bo'lsin u bir millatning uzoq tarixiy jarayonidagi dini, turmush urf-odatlarini ko'rsatib beradi. Raqs san'atida, hattoki, bir millatning "Salom berish", "Ta'zim qilish" harakati boshqa millatnikiga o'xshamaydi. Turli xil xalqlarning turli janrdagi raqslari turfa kishilarning xarakterlarini yaratishni asos qilib oladi. Hind xalq raqsidagi "Yomg'ir tilash", "Ma'budlarga iltijo qilish", "Oyga tavallo qilish", so'ragan niyatlariga erishganlarida xursand bo'lish va boshqa xatti-harakatlari buddizmning raqsdagi ifodasi bo'lganidek, uyg'ur xalq raqslarini olib qaraydigan bo'lsak, "Suv", "Muz", "Tovus", "Munojat", "Samo", "Pir" va boshqa syujetli raqslar turmush urf-odatlaridagi voqea-hodisalarning, rivoyatlarning shundayligicha diniy e'tiqod bilan bog'liq bo'lganligini ko'rish mumkin. O'zbek xalq raqslari ham iltijo qilish, panoh tilash, xudoga nola qilishdek tuyg'ulardan holi
bo'lmagan. Bunday e'tiqodlar ozayib, keyinchalik ijtimoiy turmush tarzining rivojlanishi jarayonida raqs san'atiga aylangan.
XXI asrga kelib ilm-fan yutuqlari va texnologiyalar insoniyat ma'naviy olamini o'zgartirib, ularning badiiy his etish estetikasi masalasida jiddiy o'zgarishlarga sabab bo'lmoqda. Bir vaqtlar inson ongi qabul qila olmaydigan voqea hodisalar, badiiy yechim va asarlar bugungi kun hayotida oddiy holga aylanib bormoqda. Bu kabi murakkab jarayonlar barcha san'at turlari singari o'zbek milliy raqs san'ati masalasida ham jiddiy amaliy choralarni olib borishga turtki bo'lmoqda. Raqs san'ati bilan bog'liq bu kabi jarayonlarda ko'pgina xususiy raqs ansambllari baletmeysterlari rivojlangan davlatlarning badiiy jamoalaridan o'rnak olishga, ko'r-ko'rona jahon tajribasi yutuqlarini milliy raqs namunalariga olib kirishga urinayotganliklarini ham ko'rishimiz mumkin. Bu kabi holatlar milliy san'atlar va qadriyatlar kushandasi, ya'ni anti madaniyat har jihatdan o'zbek milliy raqs san'ati taraqqiyoti jarayonlariga ham o'zining salbiy ta'sirini o'tkazmoqda. Bu o'z o'rnida o'zbek milliy raqs san'ati taraqqiyoti muammo va kamchiliklarni o'rtaga chiqarmoqda. Bugungi kunda mazkur soha taraqqiyotiga g'ov bo'luvchi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish dolzarb masala hisoblanadi.
Bu borada ham ta'lim sifatini oshirish, ham yetuk baletmeyster mutaxassislarni tarbiyalash, milliy san'atimizni asil holicha asrash, uni faqatgina aslini asragan holda boyitish, milliy-badiiy obrazlar, zamon qaxramonlarini yaratish bugunning zaruratidir.
Chunonchi, milliy raqs san'atimiz o'ziga xos hususiyatga ega bo'lib, hayotdagi turli voqealarni harakatlar orqali aks ettirib, ifodalovchi san'at turlaridan biri bo'lib qoldi. Bundan tashqari, raqs insonlarning ichki dunyosini aks ettiruvchi badiiy ifoda vositasidir. O'zbek milliy raqs san'ati san'atning eng qadimiy turlaridan biri bo'lib, uni tasviriy san'at, teatr san'atini vujudga keltirgan ildiz deyish ham mumkin, musiqa esa raqs bilan birga, egiz yashaydi. Raqs ijrochilarining surati va siyrati o'zi go'yo uch san'atni badiiy ifoda qiladi: musiqa sadolari ostida go'yo tasviriy san'at namunasi jonlanadi.
Raqs san'ati chinakam nafis san'at ekani o'zbek milliy raqslarida yaqqol aks etadi. Nozik harakatlar lirika va dramatizm bilan mazmundorlik kasb etadi. Ammo bugungi kunda turlicha bema'no, biror badiiy xususiyatga ega bo'lmagan raqslar ham ommalashib bormoqda. Bu ayniqsa zamonaviy qo'shiq kliplarida juda ko'plab targ'ib qilinmoqda. Bu esa xalq orasida raqs san'atiga bo'lgan hurmatni yanada pasayishiga muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Bunday muammolarni bartaraf etishda uztoz san'atkorlar, malakali pedogoglar, baletmeyster-mutaxassislardan jam bo'lgan badiiy kengashning tashkil etilishi va xalq e'tiboriga har bir havola etilayotgan raqslar ularning ruhsati bilan namoyish etilishi maqsadga muvofiq bo'lar bo'lar edi.
I icclT^^^^H 107 http://oac.dsmi-qf.uz/
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Avdeyeva L.A. Ozbek Milliy raqsi tarixidan. -TomKeHT: Mukarrama Turgunboeva nomidagi "O'zbekraqs" milliy raqs birlashmasi, 2001 y.
2. Sayfullaeva D., Kazakbaeva Z. O'zbek raqs san'ati tarixi va raqs sahnalashtirish sirlari. -Toshkent: "Voris nashriyoti", 2006y.
3. R. Dosmetova N.Abraykulova Raqs darslik- T.: «Barkamol fayz media», 2017,160 bet.
4. A6paÖKynoBa H. PaKC ^aMoacn önnaH nmnam ycnyöueTH. -T.: Aögynna KognpHH HOMHgara xan^ Mepocn HampneTH, 2003 h.