Научная статья на тему 'PEDAGOG-XOREOGRAFNING RAQS IJROCHILIGINI O‘RGATISH MAHORATI'

PEDAGOG-XOREOGRAFNING RAQS IJROCHILIGINI O‘RGATISH MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
167
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
baletmeyster / ijrochilik mahorati / pedagog / inklyuziv ta’lim / ilmiy ijod / badiiy ijod / ta’lim berish / tarbiyalash / rivojlantirish / metod / interfaol usullar.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — N.E.Abraykulova

Ushbu maqolada muallif xoreograf-pedagoglar va ularning ta’lim berish mahorati hamda dars jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan usullari xaqida fikr yuritilgan. Bu boradagi muammolar va ularning echimlari xususida akliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOG-XOREOGRAFNING RAQS IJROCHILIGINI O‘RGATISH MAHORATI»

PEDAGOG-XOREOGRAFNING RAQS IJROCHILIGINI O'RGATISH

MAHORATI

N.E.Abraykulova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif xoreograf-pedagoglar va ularning ta'lim berish mahorati hamda dars jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan usullari xaqida fikr yuritilgan. Bu boradagi muammolar va ularning echimlari xususida akliflar berilgan.

Kalit so'zlar: baletmeyster, ijrochilik mahorati, pedagog, inklyuziv ta'lim, ilmiy ijod, badiiy ijod, ta'lim berish, tarbiyalash, rivojlantirish, metod, interfaol usullar.

EXPERIENCES OF TEACHING DANCE PERFORMANCE OF A TEACHER-CHOREOGRAPHER

N.Abraikulova

Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, the author discusses teacher choreographers, their pedagogical skills and methods that can be used in the educational process. There are proposals on problems in this area and their solutions.

Keywords: choreographer, performing arts, teacher, inclusive education, scientific creativity, artistic creativity, training, education, development, method, interactive methods.

"Haqiqiy dono o'qituvchi sizga o'zining donoligiga ishontirishga urinmaydi, aksincha sizni aql-zakovat eshigiga olib boradi" Arab yozuvchisi, XX asr faylasufi Xalil Gibran

Raqs san'ati olamida yaxshi baletmeysterlar, raqqosalar ko'p. Biroq, raqs sahnalashtirish va ijrochilik mahoratidan dars beruvchi pedagoglar barmoq bilan sanoqli. Hamma ham raqs sahnalashtirish va ijrochilik mahoratidan dars bera olmaydi. Chunki, bu raqs san'ati sohasida faoliyat olib borishda mashaqqat talab qiluvchi kasbdir. Ular orasida yosh bolalar bilan ishlovchi, ayniqsa imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta'lim beruvchi pedagoglar noyobligi bilan ajralib turishadi. Ular raqs ta'limini berish barobarida pedagog, psixolog, sahnalashtiruvchi rejissyor, turli shakldagi badiiy tadbirlarning tashkilotchisi, hamda boshqa ko'plab qobiliyatlarni o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi lozim. Bu qobiliyatlar bilan bir qatorda ular

boshqalarni o'z ortidan ergashtira oladigan rahbar va albatta kuchli kreativ iqtidorga ega bo'lgan pedagog bo'lishlari lozim.

"Menimcha, pedagogika kasbi jamiyat kelajagi uchun boshqa barcha kasblarga qaraganda ko'proq hissa qo'shadi"- deydi amerikalik basketbolchi- trener Jon Robert Vuden. Darhaqiqat, pedagoglik insoniyatning, jamiyatning bugungi va ertangi hayotini yorituvchi, imkoniyatlarini ochib uni yuqori cho'qqilar sari yetaklovchi sharafli kasbdir.

Respublikamiz o'z mustaqilligiga erishguncha raqs san'ati pedagoglarini mamlakatimizda tayyorlanmas edi. To'g'ri, Moskva, Sankt Peterburgda maxsus kurslarda malaka oshirar edilar. Hozirgi kunda esa raqs san'ati yo'nalishiga pedagoglarni O'zbekiston davlat xoreografiya Akademiyasi tayyorlaydi. Akademiyada tajribali amaliyotchi va ilmiy salohiyati yuqori pedagoglar ta'lim berib kelmoqdalar. Bundan tashqari raqs san'ati pedagogi ba'zan professional raqs ansambllari baletmeysterlari ichidan ham yetishib chiqadi. Bu shaxslarda orttirgan o'z tajribalarini birov bilan bo'lishish, birovga o'rgatish ishtiyoqi tug'iladi, ular ana shu ishtiyoq bilan pedagogika kasbiga kirib keladi va agar unda shu kasbga nisbatan moyilligi kuchli bo'lsa bir umr pedagogika atalmish sehirli olamda qolib ketishadi.

Raqs san'ati pedagogikasi haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalam bor adabiyotlar hamda malakali pedagoglar orttirgan boy tajribalari va uslublari orqali chuqur o'zlashtira boshlaymiz. Faqat uslub ilm bera olmaydi, shu uslubni o'ziga singdirgan shaxsgina bilim bera oladi. Uslub va shaxs - bu ikki tushuncha doimiy ijodiy izlanish, takomillashishni talab qiladi. Har bir raqs pedagogi erkin ijodiy shaxs hisoblanadi, hamda o'zining pedagogik texnika va usullarini izlash huquqiga ega. Bundan tashqari ular asosiy tushunchalarga asoslangan holda, o'z yo'lini, o'zining texnikasi va so'z boyligini topish huquqiga ega. Raqs pedagogining qadr-qiymati birinchi navbatda uning betakrorligi, uning o'ziga xosligi bilan belgilanadi. Shu sababli, pedagog-xoreograflarga ijodiy tafakkur egasi deb ta'rif beriladi. Ular o'z ijodiy izlanishlari asosida ham dunyoni o'zgartiradi, ham o'zini ijodkor, kashfiyotchi sifatida namoyon etadi.

Ijodni shartli ravishda ikkiga bo'lish mumkin:

- Ilmiy ijod - soha olimlari faoliyati;

- Badiiy ijod - san'at ahli faoliyati (rejissyor, aktyor, bastakor, xonanda, sozanda, baletmeyster, rassom, haykaltarosh, shoir, yozuvchi va h.k.)

Ilmiy ijodga raqs san'ati soha olimlaridan Lyubov Avdeyeva, Roziya Karimovalarni faoliyatini kiritishimiz mumkin. Ular shu sohada bir qancha ilmiy izlanishlar olib borib, katta tadqiqot natijalariga erishganlar. Bugungi kunda ushbu olimalarimiz qoldirib ketgan ilmiy meros juda ko'plab magistr va tadqiqotchilar uchun dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda.

Badiiy ijod boshqa san'at turlari kabi raqs san'ati ahlining faoliyati hamdir. Raqs san'ati pedagogi ham ruhiy - jismoniy mehnat qilish, "ilhom"ni (chaqirish) yuzaga keltirish, raqs ustida va o'zi ustida tinimsiz ishlash orqaligina yuqori ijodiy natijalarga erishadi.

Inson oldiga qo'ygan maqsadi va orzulariga erishishi uchun doimo harakatda bo'lishi, oldiga qo'yilgan to'siqlarni chetlab emas, yengib o'tishi lozim. Ko'p raqs pedagoglari yetarlicha malakaga ega bo'lishiga qaramay, o'ziga ishongan, ilm olishdan charchamaydigan va doimo o'zini rivojlantirishga harakat qiladigan ustozlardir. Ular nafaqat o'zi balki, o'zining atrofidagi safdoshlari ham kreativ fikrlovchi insonlar qatorida bo'lishini istaydi. Ko'p yillik tajriba va o'zlarini rivojlantirishdagi tinimsiz harakatlari ularni shu darajaga olib keladi.

Respublikamizda raqs ijrochiligini yanada yuqori pog'onalarga ko'tarishda o'rgatish uslubining sifatli darajada bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimizning o'quv muassasalari oldiga qo'yilgan vazifalardan kelib chiqib, raqs ijro etishni o'rgatish ishini 3 ga bo'lish mumkin:

1. Ta'lim berish;

2. Tarbiyalash;

3. Rivojlantirish.

Ta'lim berish vazifasi asosiy va hal qiluvchi masalalardan biri bo'lib, talabalar raqs ijro etish uchun zarur bo'lgan barcha bilimlarni egallaydilar va shu bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmalarini hosil qiladilar.

Tarbiyalash vazifasi ta'lim berish, rivojlantirish vazifalari bilan o'rgatish uslubining umumiy jarayoniga har tomonlama yondashishning ajralmas qismidir.

Tarbiyalashning asosiy maqsadi dars mazmuni va har xil uslublari orqali yosh avlodni o'z jamiyatini to'g'ri idrok etishini ta'minlashdir.

Rivojlantirishning asosiy maqsadi shundan iboratki, talabalarning bilimini anglab yetish imkoniyatlarini rivojlantirib, turli ilmiy-ijodiy axborotlardan to'g'ri xulosa chiqarib olishga o'rgatishdir. Bu jarayonda talabalarni asta-sekin ijodiy fikrlashga o'rgatish ishi ham amalga oshirib boriladi.

O'rgatish uslubidagi bu uchchala vazifaning asosiy maqsadi-raqs ijrochilarining ilmiy dunyoqarashi, siyosiy va madaniy ongini shakllantirish uchun xizmat qiladi.

Bu uslub raqsni puxta egallab, ijro etish uchun ko'nikmalar hosil qilish, ularni amalda qo'llay olish, estetik didini oshirishga qaratilgan.

Ijro etishni o'rgatishning vazifalarini qisqacha shunday tushuntirish mumkin."Raqsni nima uchun va uni qanday o'rgatish kerak?"

Raqsni o'rgatishdan maqsad, talabalarning aqliy va ijodiy qobiliyati, ularning irodasi hamda kamoloti uchun zarur bo'lgan sifatlar rivojlanib boradi. Raqsni o'rgatish esa raqs ijrochiligining ilmiy va amaliy tajribalariga tayangan holda amalga oshiriladi. Raqs o'rgatishning kerakli uslublarini qo'llash orqaligina o'z oldiga qo'ygan vazifani

ijobiy hal etish mumkin. Bu vazifalarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda hal etib bo'lmaydi. Ularning barchasi o'rgatish jarayonida bir-biriga bog'liq holda, kompleks tarzda amalga oshiriladi. Mashqlarning boshlang'ich bosqichlari albatta trening bilan boshlanadi. Mashqlar maromi tezligini ta'minlash uchun albatta pianino chalish orqali harakatlar boshqariladi. Boshlang'ich treninglar talabalarni egiluvchanligini, dinamikligi, yumshoqligi masalalarini maromiga keltirish bilan boshlanadi. Ijro etish bilimlari va ko'nikmalariga asoslangan holda talabalarning dunyoqarashi shakllanadi, musiqiy tarbiya vazifalari hal etiladi.

O'rgatish ishining tarbiyaviy va professional vazifalarini quyidagi yo'nalishlarida ko'rish mumkin:

- O'rgatishda emotsional ruhning ahamiyati (musiqa doimo to'lqinlashtirishi, hayajonlantirishi, quvonch baxsh etishi, qiziqish uyg'otishi kerak);

- Ijro etish uchun kerakli bo'lgan harakatlarni taqqoslay olishi, ularga baho berishi;

- O'z ijrosini nazorat qila olishi (raqs musiqasining xarakterini to'g'ri ochib berishi, o'z hatolarini tuzatishi);

- Talabalarning ijro etishdagi mustaqilligini rivojlantirish (raqsni mustaqil tahlil qilib ijro etish, notanish kuyga improvizatsiya qilib ijro eta olish va boshqalar), ijodiy izlanish sifatlarini rivojlantirish.

Agar o'qitish uslubi aniq ko'rsatmalar asosida shakllantirilsa, keyingi bosqichlarda talabalarning oldiga mustaqil ishlash va ijodiy ko'nikmalarni shakllantirish talabalari qo'yib boriladi.

Yosh bolalarga raqsni o'rgatishda ularni ko'proq harakat qildirishni lozim deb hisoblaymiz. Chunki, kichik yoshdagi bolalarda energiya ko'p bo'ladi. Ularning energiyasini do'q-po'pisa bilan bosib turishdan ko'ra, undan foydalanishning pozitiv yo'llarini topish ko'proq samara beradi. Guruhni boshqarish yosh bolalar bilan ishlaydigan baletmeyster-pedagoglar uchun asosiy muammolardan biri sanaladi. Bunaday hollarda izchil bo'lish kerak. Muammolarni hal qilish uchun darsni bo'lishga odatlanmaslik lozim. Salbiy xulq-atvorlarni bartaraf etishning eng yaxshi usullaridan biri imo-ishora qilish orqali ogohlantirishdir. Ammo, bolalarga dars avvalida har bir imo-ishora nimani anglatishini bildirib qo'yish shart.

Raqsni o'rgatishda qiziqarli va interfaol usullardan foydalanib ularni ko'proq jismoniy va aqliy qobiliyatini oshirish kerak. Bundan tashqari guruhlarga bo'lib ishlash ham yaxshi natija beradi. Guruhlarga bo'lishning afzalligi shundaki, bunda o'zlashtirishi sust bolalar tez o'zlashtiradigan bolalardan ko'proq bilim olishga intilishadi. Tortinchoqlikka barham beriladi. Hamjihatlik kuchayadi va har bir bola ortda qolmaslikka intiladi.

Bugungi kun raqs san'ati ta'limida ham uslubiy, ham ijodiy jarayonlarda bir qancha muammolarni uchratishimiz mumkin.

"Raqs texnikasiga ega" degan fikrlar so'nggi yillarda o'zgartirilishi kerak bo'lgan masaladir. Raqs ta'limida ko'p uslublar har-bir ta'lim turlari hamda ular ustida ishlashning kreativ yo'llaridan foydalanish bilan xarakterlanadi va bu orqali ijro texnikasi namoyon bo'ladi. Raqs texnikasi ish metodlari, taqdimot usullari va o'quv shakllari bilan o'qituvchilar ko'z o'ngida namoyon bo'lishi kerak. Shu bilan birga raqsni tayyorlash usullari, ishlash yo'llari talabani jismonan shakllanishi va raqs mohiyatini teran his qila olgan holda mahorat ila ijro etish bilan ahamiyatga ega. Qanday qilib bu omillarni bir-biri bilan bog'lash mumkin? Bir necha yillar davomida bu borada pedagog-xoreograflar tomonidan ishlangan tadqiqotlar raqsdagi iboralar, tushunchalar va amaliyotni o'rgandi. Bizning maqsadimiz raqs pedagogikasida amaliyotda qo'llash mumkin bo'lgan nazariy yondashuvlarni tadqiq qilishdir. Yana bir maqsadimiz, raqs texnikasi tarixi va bugungi kundagi farqini ko'proq o'rganish va tana harakatlarining yangi usullarini o'ylab topishdir. Raqsni asosan amaliy bilimlar asosida yangi tuzilmalar ishlab chiqish yaxshi natija beradi. Amaliy tajribalar raqs san'ati ta'limidagi og'riqli nuqtalarini tasdiqlaydi. Tadqiqotlarga ko'ra nazariy bilimlarga tayangan holda talabalarni ko'proq amaliy bilimlar va mustaqil ta'lim bilan tarbiyalash ko'proq natija beradi.

Tadqiqotchi Alan Deniyelsonning g'oyasiga ko'ra harakat texnikasi nafas, og'irlik, keskinlik, uzluksizlik, dinamika va ritmlilik harakatning boshlang'ich amaliyoti bo'lmog'i kerak. Tananing markazi, ya'ni tos qismi harakatning "tashabbuskori" sifatida e'tirof etiladi. Sahnada harakat turlari ko'lamini kengaytirish, tana harakatining yuqori darajada ishlatishga erisha olish vazifasini qo'ygan.

Tanani nazorat qila olish Denielsonning o'qitish maktabida eng muhim o'rin tutgan harakat bu- hayot va harakat imkoniyatlari bilan birgalikda muloqotga kirisha olish va har bir harakat dramatik ta'sir kuchiga ega bo'la olishi lozim.

Alan Denielson nazariyasiga ko'ra inson tanasi raqsni badiiy ko'rinishda qo'llovchi "uskuna"dir. Uning maqsadi raqs ijrochilariga tanani harakatlantirish uchun bitmas tuganmas imkoniyatlarni berishdan iborat. Uning pedagogik metodlaridan biri, darsni maqsadli tashkillashtirishdan iborat bo'lib, ma'lum turkumdagi mashqlar o'rganiladi va darsning yakunida raqqoslarning shu harakatlar asosida raqsga tusha olishiga o'z hissasini qo'shadi.

Alan Deniyelson Xamfri/Lemon an'anasi asosida zamonaviy raqslarni o'qitadi va yaratadi. Uning fikricha eng avvalo raqs san'atida qanday harakatlar borligini, qanday nafas olish kerakligini, harakat uchun qanchalik kuch sarflanishi kerakligini aniqlab olish lozim. Undan keyingina inson tajribasini anglash haqida so'z yuritiladi. Masalan "Nega biz sakraymiz?"- Chunki, biz albatta pastga qaytib tushishimizga aniq ishonamiz!Bu inson mavjudligining ko'rinishi bo'lib, intilish, qandaydir yangilikni his qilish istagi,tadqiq qilish, izlash va yashash...". Uning kompaniyasi Nyu- Yorkda faoliyat yuritadi. Alan Deniyelson sahnalashtirgan raqslarini o'zining noyob dasturlari

orqali Qo'shma Shtatlarning barcha hududlarida, Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyo davlatlarida namoyish etgan.

Xulosa qilib aytganda, raqs ta'limi pedagogikasining muammolari va ularni bartaraf etish maqsadida olib borilayotgan tadqiqotlar butun dunyodagi xoreograf-pedagoglarning umumiy ishidir. Shu sababdan, zamonaviy ta'limda horij tajribalarini o'rganish, tadqiq qilish, ulardan keng foydalanishni yo'lga qo'yish bugungi ta'lim sifatini oshirishning dolzarb masalasi bo'lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abraykulova N. Raqs jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. Toshkent. 2004 y.

2. Ingo Diexl, Friederiki Lampert."Dance Techniques".Tanzplan Germany. 2010.

3. Фазлиева, З. К. (2020). УЗБЕК СА^НА РА^СИ ВА УНИНГ РИВОЖЛАНИШ ЙУЛЛАРИ. Oriental Art and Culture, (III).

4. Kamarbekovna, F. Z. (2021). THE PLACE OF THE MAQOM GENRE IN THE ART OF UZBEK NATIONAL DANCE. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ICDSIIL), 3-3.

5. Kamarbekovna, F. Z. (2021). THE ROLE OF THE COMPOSER IN THE ART OF CHOREOGRAPHY. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ICDSIIL), 2-2.

6. Tavakulovna, M. D., & Kamarbekovna, F. Z. (2021). THE ROLE OF PHYSICAL CULTURE IN PROFESSIONAL APPLIED TRAINING IN THE UNIVERSITIES OF ARTS AND CULTURE. International Engineering Journal For Research & Development, 6(1), 6-6.

7. Маннонов, С. Ш., & Фазлиева, З. К. (2021). ИБТИДОИЙ ПАНТОМИМАЛАР: УЙИНЛАР ВА СЮЖЕТЛАР. Oriental Art and Culture, 2(3), 99-105.

8. qizi Yangiboyeva, S. F., & Fazliyeva, Z. K. (2021). O'ZBEK MILLIY RAQS SAN'ATIDA MAQOM JANRINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(1), 32-35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.