Научная статья на тему 'SANʼAT TAʼLIMIDA MAKTAB MASALASI'

SANʼAT TAʼLIMIDA MAKTAB MASALASI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
101
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sanʼat / aktyor / berilgan shart-sharoit / sirli agarda / eksperiment / innovatsiya / psixofizik / xatti-harakat / kechinma / qayta gavdalanish / sistema / sanʼat maktabi / rol / ijro / teatr / pyesa / rejissyor / obraz / talqin

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Usmonov Shamsiddin Yoʻlchiboyevich

Maʼlumki sanʼat va madaniyat oliygohlari yurtimizning sanʼat va madaniyat muassasalariga har tomonlama yetuk, qobiliyatli, raqobatbardosh kadrlarni yetkazib berishda oʻziga xos uslubga ega sanʼat maktablaridan foydalanadilar. Uzoq yillik izlanishlar orqali oʻz isbotini topa olgan sanʼat maktabi negizida, yosh sanʼatkorlarni tarbiyalash, kelgusida yetuk mutaxassislar yetishib chiqishida asos boʻladi. Shu maqsadda sanʼat oliygohlarining professor va pedagoglari oʻz oʻquv uslubiy qoʻllanmalarini ishlab chiqqan boʻlib, ushbu uslub va qoʻllanmalar maʼlum bir sanʼat maktabiga boʻysunadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SANʼAT TAʼLIMIDA MAKTAB MASALASI»

SAN'AT TA'LIMIDA MAKTAB MASALASI

Usmonov Shamsiddin Yo'lchiboyevich

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ma'lumki san'at va madaniyat oliygohlari yurtimizning san'at va madaniyat muassasalariga har tomonlama yetuk, qobiliyatli, raqobatbardosh kadrlarni yetkazib berishda o'ziga xos uslubga ega san'at maktablaridan foydalanadilar. Uzoq yillik izlanishlar orqali o'z isbotini topa olgan san'at maktabi negizida, yosh san'atkorlarni tarbiyalash, kelgusida yetuk mutaxassislar yetishib chiqishida asos bo'ladi. Shu maqsadda san'at oliygohlarining professor va pedagoglari o'z o'quv uslubiy qo'llanmalarini ishlab chiqqan bo'lib, ushbu uslub va qo'llanmalar ma'lum bir san'at maktabiga bo'ysunadi.

Kalit so'zlar: san'at, aktyor, berilgan shart-sharoit, sirli agarda, eksperiment, innovatsiya, psixofizik, xatti-harakat, kechinma, qayta gavdalanish, sistema, san'at maktabi, rol, ijro, teatr, pyesa, rejissyor, obraz, talqin.

SCHOOL ISSUES IN ART EDUCATION

Usmanov Shamsiddin Yulchiboyevich Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: It is known that the universities of arts and culture use art schools with their own style in order to provide the country's arts and culture institutions with fully mature, talented and competitive personnel. On the basis of a school of art that has proven itself through many years of research, the training of young artists will be the basis for the development of future professionals. To this end, professors and educators of art colleges have developed their own textbooks, which are subject to a particular art school.

Keywords: art, actor, given conditions, mysterious agar, experiment, innovation, psychophysics, behavior, experience, reincarnation, system, art school, role, performance, theater, play, director, image, interpretation.

"Iqtidorli yoshlarimizni har tomonlama qo 'llab - quvvatlash, ularning ijodiy kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratib berish ustuvor vazifalarimizdan biri bo 'lishi kerak." Sh.M.Mirziyoyev

San'at maktablarida azaldan har bir pedagogning o'ziga xos uslubi, o'ziga xos yo'nalishlari bo'lgan. Bu uslublarning har biri turli ko'rinishda namoyon bo'lishidan qat'iy nazar barchasi o'tgan asirning boshlarida K.S.Stanislavskiy tomonidan bir

tizimga solingan aktyorlik maktabi, umuman, san'at maktabi mahoratiga bag'ishlangan tizimdan oziqlanadi.1

K.S.Stanislavskiy o'z sistemasi bilan aktyorlik va rejissyorlik san'atida buyuk o'zgarish yasadi. Dunyodagi ko'pgina millat san'atkorlari uning hayotbaxsh nazariyalaridan bahramand bo'lishga intilardi. Stanislavskiy o'z sistemasi bilan teatrdan bachkana teatrni, aktyorlik o'yinidan soxtalikni, yuzakilikni, taqlidchilikni, bachkana qiliq qilishni quvib chiqardi hamda mazmundorlik va hayotiylikni o'rnatishga urindi.

K.S.Stanislavskiy o'zining "Aktyorning o'z ustida ishlashi" kitobida aktyorda tabiiy qobiliyat va undan qanday foydalanish yo'llarini nazariy jihatdan isbotlab berishga harakat qiladi. Kitobda tabiiy - organik hissiyotlar, psixotexnika ahvoli, ruhiyat, tuyg'u hamda "agarda men shart-sharoitga tushib qolsam nima qilgan bo 'lar edim? " tarzidagi savolni qo'yish orqali ko'zlangan maqsadga erishish mumkin degan tavsiya beriladi. Shuningdek maqsad, oliy maqsad va yetakchi xatti-harakat, bir-biri bilan uzviy bog'liqligi nazariy jihatdan isbotlab berilgan. Mazkur "sistema" bo'yicha aktyor berilgan rol ustidagi ishni o'zining ichki hissiyot va tuyg'ularini, rol talab qiladigan holatga keltira bilishi, ichki tuyg'ularini harakatga keltira bilishi, buning uchun ishni o'zidan boshlashi, ichki imkoniyatlarini ishga sola bilishi lozim bo'ladi.2

Aktyorlik san'atini o'qitilish jarayonlarida qo'llaniladigan aniq tizimga yo'naltirilgan, har biri alohida o'rganilib mustahkamlangach, birlashtirilganda beqiyos kuch-qudratga ega his-hayajonlarni junbishga sola oladigan energiya, qudrat, kuch, hosil qila oladigan o'qitish "sistema"si mavjuddir. Bu "sistema" aktyorda "kechinma", "qayta gavdalantirish" qobiliyatini shakllantirish tamoyilidir.

Talaba-aktyorlarda "kechinma" va "qayta gavdalantirish" qobiliyatlarini tarbiyalar ekan, bu tamoyilni aniq biluvchi ustoz nazari, nigohi bilan kuzatuv jarayonida kechadi. Avvalambor erkinlik tug'dirish uchun tana gimnastikalari, musiqa ostida uning ritmiga mos oddiy yurish mashqlaridan boshlanadi. So'ng ularning tasavvurini uyg'otish, qo'zg'otish mashqlar majmuasi, jamoa shaklida va alohida har bir talaba imkoniyati va undagi mavjud kamchiliklar bartaraf etish nazarda tutilgan holda "sistema" bosqichlaridan olib o'tiladi.

Talabalar aktyorlik texnikasi elementlarini o'rganishni davom ettirgan holda sahnada ishlash metodlarini o'rganishga kirishadilar. Agar talabalar birinchi kursda shaxsiy hayotiy mantiq va ularga yaqin bo'lgan shart-sharoitlar doirasida harakat qilishga o'rgangan bo'lsalar, ikkinchi kursda muallif matni bo'yicha, ya'ni dramaturg

1 M. Abdullayeva - "Rejissura" Toshkent - "Adabiyot uchqunlari" - 2016 (6-bet)

2 M. Chexov «Aktyor texnikasi" "Jahon adabiyoti" jurnali (J. Mahmud tarjimasi)

tomonidan tuzilgan sharoitda harakatlanuvchi obrazlarning mantiqiy xulq-atvorini o'rganadilar.3

Aktyorlik mahoratini o'qitishda aynan birinchi hamda ikkinchi kursni to'g'ri o'qitish juda ham muhim hisoblanadi. Aktyorlik san'atining poydevori hisoblangan ushbu birinchi va ikkinchi kursni yaxshi o'zlashtirgan talaba uchun, keyingi kurslarda adabiy parchalar hamda spektakl sahnalashtirishda bevosita ko'makchi bo'ladi.

Birinchi kursda o'rganilgan xatti-harakatning organik jarayoni murakkab sharoitda o'tadi, bu esa o'quvchidan yuqori texnikani talab etadi. Shuning uchun aktyorlik ustaxonasidagi mashq jarayoni bir tomondan avval olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, ikkinchi tomondan esa aktyorlik texnikasining yangi elementlarini o'zlashtirishga yo'naltirilishi lozim bo'ladi.

Asarda muallif tomonidan taklif etilgan shart-sharoitni va undagi xatti-harakatni o'rganish - ikkinchi o'quv yilining asosiy vazifasi hisoblanadi. Mualliflik matniga o'tish bu yangi bosqich bo'lib, u so'z harakati texnikasini egallash bilan bog'liqdir.

Ammo shuni ta'kidlab o'tish joizki, hozirgi kunda ba'zi pedagoglar boshlang'ich maktabni o'qitishda qo'pol xatolarga yo'l qo'ymoqdalar. Buni semestr yakunida topshirilishi ko'zda tutilgan ijodiy ishlarning natijasida guvoh bo'lishimiz mumkin. Imtihon topshirayotgan talaba yoshlarda aktyorlik mahorati shakllanishida kamchiliklarga duch kelmoqdamiz. Talaba yoshlarning o'qishga, o'z kasbini ishtiyoq bilan o'rganishga bo'lgan intilish, eng muhimi xohish va iroda ularda mavjudligini ko'ramiz. Ammo negadir natija salbiy bo'lib chiqmoqda. Buni asosan pedagoglarning imtihonni umumiy sifatiga e'tibor qaratib, oliygoh ichida obro' orttirishga intilishi natijasi deb taxmin qilishimiz mumkin. Chunki umumiy imtihon tomoshabinda juda yaxshi ta'sirot uyg'otadi va ba'zi kamchiliklar ko'zga tashlanmaydi. Ammo bu kamchiliklar asosiy e'tiborni qaratish kerak bo'lgan omil bo'lib, bular asosan talabaning aktyorlik mahoratini ochib berishga, shakllantirishga xizmat qiladi.

Jumladan ikkinchi kurs birinchi yarim yillik uchun namoyish etilgan imtihonda go'zal dekoratsiyalardan foydalanilganiga guvoh bo'lamiz. Yoki talabalarning grim qilib olganliklarini, teatr kostyumlaridan foydalanganligini ko'rishimiz mumkin. Endigina shakllanayotgan talabani bunday go'zal va salobatli kostyum, grim, dekoratsiyalar bilan ko'rsatish mutlaqo xato hisoblanib, biz sahnada talabani umuman ko'ra olmaymiz. Talaba aktyorlarga yetarlicha baho qo'yish u yog'da tursin biz hatto shakllanayotgan aktyorni sahnada topa olmaymiz. Chunki pedagog tomonidan talaba aktyorni kostyum, grim, dekoratsiya bilan berkitib qo'yilganiga guvoh bo'lamiz xolos.

"Ba'zi hollarda talabalarni juda erta, ya'ni birinchi, ikkinchi kursdanoq sahna dekoratsiyalari, grim, butofor buyumlariga moslashishlarini nazarda tutib, ulardan foydalanishga ruxsat etiladi. Biroq bu kabi tajribalar har doim ham o'zini

3 M. Abdullayeva "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" Toshkent - 2011 (3-4 bet)

I ícclT^^^^H 317 http://oac.dsmi-qf.uz

oqlayvermaydi. Aktyorga butunlay o'zga qiyofa beruvchi og'ir bo'yoqlar, soxta grim, libos va dekoratsiyalar bo'lajak yosh aktyor ijodini bo'g'ib qo'yishi, uni soxta «teatrlilik»ka o'rgatishi mumkin. Albatta, grim va libos yordamida talaba-aktyorning ma'lum kamchiliklari berkitilishi sir emas. Biroq teatr san'atining asl maqsadi aktyor kamchiliklarini niqob ortiga berkitish emas, balki ayni kamchiliklarni bartaraf etib, sahnada haqiqatni ifoda etish va shu orqali insonlarni ma'naviy poklashdan iborat. To'g'ri, ba'zi hollarda omadli qo'llanilgan libos, grim yaratilajak obraz qiyofasining takomillashishiga ko'mak berishi mumkin. Biroq shunga qaramay, sun'iy bo'yoqlar aktyor ijodining organikligi, his-tuyg'u, ilhomiga salbiy ta'sir etadi. Bundan tashqari, ijodiy mahoratini namoyish etish jarayonidagi bu kabi qo'shimcha dastaklarni shoshma-shosharlik bilan qo'llash yosh aktyorda grim, libos, sahna bezagiga nisbatan noto'g'ri munosabat uyg'onishiga sabab bo'ladi."4

Demak bu bosqichda dekoratsiya, grim va teatr liboslaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Talaba aktyorlar uchun dekoratsiya sifatida foydalanishi uchun, ijod ustaxonasida mavjud bo'lgan kub va taburetkalardan foydalanish tavsiya etiladi. Libosdan esa mukammal foydalanish shart emas, aksincha ba'zi ifoda vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Grim uchun ayni ushbu bosqichda ehtiyoj sezmasligi lozim. Bularning barchasi yuqorida ta'kidlangani kabi, talabani mahoratini berkitib qo'yishga xizmat qiladi va bo'lajak aktyorlar ongida salbiy ta'sirot uyg'otmoqda. Bu asosan inson tanasi bilan bog'liq omil bo'lib, badanni ishlatish psixologiyasi mavjud, to'n kiydimi "men cholman" deydi, lekin badani ishlamaydi. Talaba buni ongsiz ravishda o'zi bilmagan holda amalga oshiradi. Chunki uning badani allaqachon libos va grimga moslashib bo'lgan bo'ladi. Shuning uchun hozir talaba aktyorlarni yolg'on aralashtirmasdan, konkret, qanday bo'lsa shunday ko'rishimiz va ishonch hosil qilishimiz kerak. Hassani ushlab, soqolni qo'yib chol bo'lmoqchi bo'lgan talabani emas balki o'zidan kelib chiqib, yoshiga mos, talantiga mos xarakter yaratganini ko'rishimiz lozim.

Yana bir muhim jihatlardan biriga e'tibor qaratadigan bo'lsak, endigina ikkinchi kursni birinchi yarim yilligini tamomlayotgan bo'lajak aktyorlarning ijodiy ishlarida, adabiy parchalarning dialoglaridan, so'zlaridan to'laqonli foydalanayotganini ko'ryapmiz. Bunday etyudlarda ko'proq so'zga urg'u beriladi, xatti-harakatning ahamiyati esa yo'qola boradi. Talabalar bunday etyudlar uchun besamar vaqt ketkazishdan saqlash kerak. E'tibor bering endigina shakllanayotgan aktyor, ushbu avtor tomonidan berilgan dialoglarni to'g'ri ijro eta olyaptimi? Sahna nutqi fanidan endigina to'g'ri nafas olishni o'zlashtirayotgan talabaning nutqi ravon talaffuz etilmoqdami? Yoki talaba o'zi ijro etayotgan rolining so'zlarini mantiqiy to'g'ri ifodasini tushuna olyaptimi? Bu savollarning barchasiga "mahorat" fanini

4 M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" Toshkent - 2014 (173-174)

318

o'qitayotgan pedagog javob berishga majbur. Ammo imtihonni "zo'r" topshirgan pedagog sifatida olqishlanyapti xolos!

"So'z harakati yoki aniqrog'i so'zlarning o'zaro bog'liqligini ta'minlash murakkab san'at. Bu jarayon uzoq yillik o'qish va mashqlar asosida amalga oshiriladi. Uning asoslari teatr maktabida sinchkovlik bilan o'rganiladi. Nutq texnikasi bo'yicha o'qituvchining mashg'ulotlari natijasida so'z bilan harakat uyg'unlashtiriladi."5 Shunday ekan bu bosqichda dialoglardan keng foydalanish emas aksincha psixofizik xatti-harakat jarayonidan so'zga o'tish jarayonini ko'rishimiz kerak.

Ayni ushbu bosqichda imtihon uchun saralanishi kerak bo'lgan asarlarda ham xatoliklarga duch kelmoqdamiz. Endigina tetapoya bo'layotgan talaba aktyorlar chet-el dramaturglarning klassik asarlariga qo'l urganligini ijodiy ishlarda guvoh bo'ldik. Masalan: V. Shekspirning "Romeo va Julietta" tragediyasiga murojaat qilishgan. Yana qaysi sahnasiga deng? Hatto mana-man degan aktyorlar ham ijro masalasiga kelganda o'ylanib qoladigan, o'z-o'zini o'ldirish sahnasiga murojaat etganlar. Inson butun ruhiyatidan chiqib ketib, o'zini o'ldirish qaroriga kelish uchun qancha vaqt kerak bo'ladi. Qanday omillar insonni butun ruhiyatidan chiqib ketishiga sabab bo'ladi. Aktyorlik mahoratini boshlang'ich ta'limini olayotgan bo'lajak aktyor butun ruhiyatidan chiqib keta oladimi? Agar shunday bo'lsa biz talabaning qo'liga diplom berib, teatrga ishga olaylik.

Zamonaviy aktyorlik mahoratini o'qitish tizimi bosqichma-bosqich tarzda, soddadan murakkablikka tomon rivojlanib boradi. Shuning uchun ikkinchi kursning birinchi yarmi, chet-el adabiyotiga murojaat etishga biroz ertalik qiladi. Avval milliy adabiyotga murojaat etish orqali milliy o'zbekona obrazlar yaratishga harakat qilish muhimdir. Agar talaba aktyorlarning emotsional kuchlariga yaqin obrazlar tanlansa maqsadga yanada yaqinroq kelish mumkin.

Yana bir eng achinarli jihatlardan biri bu bo'lajak aktyorlarning plastikasi bo'lib, talaba yoshlarning badanida taranglik kuzatilmoqda. O'zi ijro etayotgan rolining plastikasini o'zlashtirishda kamchiliklar mavjud bo'lib, talabaning xatti-harakatlari ishonarsiz va mantiqsiz kechmoqda. Pedagog tomonidan oldindan chizib berilgan mizanssenadan nariga o'ta olmayaptilar. Talaba aktyorlarda kuzatuvchanlik qobiliyati sezilmayotganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. O'ziga topshirilgan obraz qiyofasini yaratishda fikr birinchi navbatda turishini hisobga olsak, biz aynan hozirgi talabalarning fikrlash qobiliyatida kamchiliklar ko'rmoqdamiz. Masalan: chol obrazini gavdalantirayotgan aktyor chopon kiyib, soqol qo'ysa chol bo'lib qolmaydi-ku. Uning xatti-harakatida, so'zlarida, qarashlarida o'zgarish bo'lishi kerak albatta. Yuqorida to'xtalganimiz "Romeo va Julietta" asaridan olingan o'lim sahnasini olsak, aktyor o'z-o'ziga pichoq urishi mutlaqo noto'g'ri va dag'al ko'rinish olgan. Bu ham

5 M. Abdullayeva "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" Toshkent - 2011(4-bet)

I fcclT^^^^HI 319 http://oac.dsmi-qf.uz

fikrlash, kuzatuvchanlik va obraz plastikasini o'zlashtirish bilan bog'liq muammolar borligini yaqqol namoyon qilmoqda.

Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun san'at maktabi professor o'qituvchilari tomonidan turli o'quv uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqilgan bo'lib, unda aktyorlarni tarbiyalashda bevosita foydalanish mumkin bo'lgan ko'rsatmalar mavjuddir. Jumladan talaba aktyorlarning plastikasi bilan bog'liq muammolarni ya'ni rol ijrosidagi siqiqlikni bartaraf etish uchun ko'rsatmalar ham mavjud.

Bulardan biri mushaklar mashqi bo'lib, eng avvalo, aktyorning ichki texnik qonuniyatlari qatoriga kirib, aktyor ilhomi va ongi bilan bog'liq. Biroq pedagog aktyorga mushaklarni nazorat qilish mashqini topshirar ekan, bevosita uning tashqi texnik imkoniyatini ham hisobga olishi zarur. Mushaklar nazorati mashqi birinchi darslardayoq aktyor layoqati, imkoniyatiga qarab boshlanishi kerak. Bu har bir dars, keyinchalik har bir repetitsiyada to aktyorda mushaklar tarangligini yo'qotish va mushaklarni nazorat qilish bo'yicha mashqlarni bajarish odat tusiga aylanguniga qadar davom etishi kerak. Dars jarayonida pedagogdan talabalardagi jismoniy zo'riqish, tana mushaklarining aynan qaysi nuqtasida taranglik, siqiqlik yuz berayotganini aniq bilish va uni nazoratga olish, siqiqlikni bartaraf etishga ko'maklashish talab etiladi. Chunki mushaklar siqiqligidan xalos bo'lish sahna san'atida, aktyorlik ijodida zarurat deb baholanadi.

Talaba aktyorlarning fikrlash masalasiga kelganda yana bir bor ustozlar maslahatiga yuzlanamiz. "Aktyorning fikr va fantaziyasini to'g'ri, kerakli nuqtaga yo'naltirish uchun asarni o'rganib, uning matnidan kelib chiqib, yaratayotgan qahramoni tavsifi (xarakteristikasi)ni to'liq ravishda tashkil etish kerak bo'ladi. Bunday yondashuv aktyorga intuitiv ravishda topilmagan yoki topilsa-da, oxirigacha tushunib yetilmagan rol xarakterini aniqlashga yordam beradi. Obraz tavsifi har qanday holatda ham aktyorning xatti-harakat mantig'ini shakllantirib, tashqi xarakter xususiyatlarini topishga zamin yaratadi."6

"Agarda men berilgan shart-sharoitda bo'lib qolsam nima qilgan bo'lar edim?" K. S. Stanislavskiyning ushbu sehrli "agarda"si aktyorni tabiiy, organik, psixofizik xatti-harakat qilishiga undashini yaxshi bilamiz. Ammo shunday talabalarga duch kelmoqdamizki, ular Stanislavskiy ta'limotini chetlab o'tib, "agarda shu yerda musiqa bo'lsa men yaxshi o'ynab beraman", degan fikrda ekanligiga guvohi bo'ldik. Bu ham katta muammolardan biri bo'lib, hozirgi bosqichda etyudlarda musiqalardan keng foydalanish hozircha mumkin emasligini anglatadi. Musiqa qo'yib bersak haqiqatdan ham yaxshi ijro eta olsa ekan, bu boshqa masala bo'lgan bo'lar edi.

Talabaning musiqiy bilimini shakllantirish uchun bir qator mutaxassislik fanlar mavjud bo'lib aynan shu fanlar, shu vaqtgacha o'qitilib kelinmoqda. Ammo ba'zi bir mahorat o'qituvchilarining o'z fanlarini o'qitish o'rniga sahna harakati yoki plastika

6 M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" Toshkent - 2014 (167) I icclT^^^^H 320 http://oac.dsmi-qf.uz

fanlarining elementlarini o'rgatishini odat qilib olganligini kuzatishimiz mumkin. Har bir fanning o'ziga xos uslubi, o'qitish bosqichlari, yo'nalishlari mavjudligini inobatga olsak, buni ham noto'g'ri yo'nalish ekanligini anglaymiz. Agar sahna harakati fanining biror elementi yoki mashqida xatoliklarga yo'l qo'yilsa oqibati salbiy ko'rinishda bo'lishi mumkin. Shuning uchun har-bir pedagog o'z mutaxassisliklari bo'yicha metod qo'llashi maqsadga muvofiqdir. Aks holda havaskorlik to'garagidan mutlaqo farq qilmay qoladi.

Yuqorida tahlil etganimiz muammo va kamchiliklarni kelib chiqishining asl sababini o'rganganimizda, talabalar, ustozlari tomonidan "eksperiment" qilib ko'rishganligini ta'kidladilar. Shunda pedagoglar talabalar ustida tajriba amalga oshirishgan bo'lib chiqadimi? Amalda o'z isbotini topgan va shu kungacha o'z mevasini berib kelayotgan san'at maktabining o'qitish "sistemasini" chetlab o'tib, tajriba qilib ko'rmoqchi bo'lganmi? "Eksperiment" lotinchadan tarjima qilinganda tajriba, sinab ko'rish ma'nolarini anglatishini hisobga olsak, demak taxminlarimiz to'g'ri bo'lib chiqmoqda. Ammo talabalar bilan bunday tajribalarni, o'tilishi kerak bo'lgan darslar vaqtida amalga oshirish mutlaqo mumkin emas. Chunki o'tkazilgan tajriba o'zini oqlamasa, behuda o'tkazilgan tajriba natijasida talabaning o'tib ketgan vaqtini ortga qaytarib bo'lmaydi va bu mutlaqo mumkin emas.

Ta'lim jarayonida turli eksperimentlarni va innovatsiyalarni qo'llash juda muhim va samarali bo'lishi mumkin. Ammo mohiyatan noto'g'ri yondashish salbiy oqibatlar keltirib chiqarishiga sabab bo'lishi ham hech gap emas. Eksperiment qilib ko'rish kerak bo'lsa bu yaxshi albatta, ammo talabalarning bo'sh vaqtida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Agar eksperiment amalga oshmasa yoki o'zini oqlamasa e'tiroz bildirishga hojat qolmaydi. Chunki bu eksperiment talabaning bo'sh vaqtini unumli o'tkazish uchun amalga oshirilgan hisoblanadi. Bordi -yu eksperiment o'zini oqlasa demak bu jarayonni ta'limga tatbiq etish mumkin bo'ladi. Ana shunda eksperiment o'rinli va o'z vaqtida amalga oshirilgan tajriba bo'lib qoladi. Ba'zilar eksperimentlarni innovatsiya deyishi ham mumkin. Xo'sh san'at ta'limida innovatsiya deganda nimani tushunish kerak? San'atda innovatsiya bu - madaniy ijod bo'lib, shu kunga qadar o'z mohiyatini yo'qotmay yetib kelgan, klassik san'at maktabiga yangicha yondashish hamda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish nazarda tutiladi. Shunday ekan o'zbek aktyorlik san'atini o'qitishda keng qo'llanilayotgan san'at maktabining o'zagini buzib qo'ymasdan, turli tajribalar o'tishda ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim. Demakki har qanday tajribaga ham, yangiliklarga ham mohiyatan to'g'ri yondashish yoshlarni to'g'ri tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aktyorning o'z ustida hamda asar, rol ustida ishlashi kabi bosqichlarni birma-bir yoritish va barcha bosqich, vazifalardan ko'zlangan oliy maqsad aktyorning sahnada erkin ijod qilishiga, yosh talaba-aktyor uchun ham, mahorat o'qituvchisi uchun ham

hal qiluvchi imtihon - sahnaga o'tish jarayoniga qaratiladi. Talabalar ma'lum vaqt davomida egallagan bilim va ko'nikmalarining namunasi sahnada namoyon bo'ladi. Mahorat o'qituvchisi imtihon topshirar ekan, obro' e'tibor uchun yoki olqish olish uchun emas, balki talabalari bilan qanday dars o'tgan bo'lsa shuni namoyish etishi lozim. Agar maktabni to'g'ri o'rgata olgan bo'lsa shuning o'zi uning uchun katta obro' va olqish bo'ladi. Oliy dargohda olqishlarga sazovor bo'lishni istagan pedagog turli ilmiy unvonlarni himoya qilish orqali olsin, shundagina olqishlar haqqoniy va samimiy bo'ladi. O'zi tarbiyalayotgan talabalari kelgusida yetuk mutaxassis bo'lib yetishib chiqsa shuning o'zi pedagog uchun olqishdir.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish joizki, aktyorlik san'atini o'qitishda uzoq yillar davomida o'z mohiyatini saqlab kelgan "Sistema"dan foydalanish va o'z uslubini topish foydadan holi bo'lmaydi. Stanislavskiy sistemasining o'z oldiga qo'ygan eng asosiy vazifalaridan biri - aktyorning organik tabiatda beixtiyor ijod qo'zg'atishdir. Talaba aktyorlarda beixtiyor ijodni qo'zg'atish oson ish emas albatta, bunga faqat sistemani bosqichma-bosqich o'rgatish va mashaqqatli mashqlar orqali erishiladi. Shuning uchun ham pedagog bu jarayonda shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymasligi lozimdir.

Shu o'rinda tajribali ustozlarimizdan biri professor Arsen Ismoilovning tavsiyalarini eslashga harakat qilamiz. Ustoz mashg'ulot o'tar ekan, eng avval yengil qurollardan foydalanishni tavsiya etardi. Chunki yengil quroldan foydalanib sahna jangi sirlarini mukammal egallab olinsa kelgusida murakkab mashqlarni bajarishda qiyinchilik tug'dirmaydi. Yoki O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi professor Munavvara Abdullayevaning tavsiyasiga e'tibor bering, "Ikkinchi kursda chet-el dramaturgiyasiga murojaat qilmang, aksincha milliy adabiyotimizni tanlang va siz eng avval o'zingizga yaqin xarakter yaratishga harakat qiling. Bizni kasbda shoshma-shosharlikka yo'l qo'yish yaramaydi." Ushbu tavsiyalarga amal qilib, bu maktabni bosqichma-bosqich o'rganib borgan talabalar, bugungi kunda qanday darajalarda ekanligi san'at olamiga ma'lum bo'lib ulgurgan.

Demakki har bir pedagog o'zi tarbiyalayotgan talabaning shakllanishida bevosita javobgarlikni his etishi hamda yetuk mutaxassis bo'lib shakllanishi uchun mas'uldir. Shunday ekan talabalarni tarbiyalashda san'at maktabini mohiyatan to'g'ri anglagan holda ta'lim berishi maqsadga muvofiq hisoblanib, tajribali ustozlarni o'quv uslubiy qo'llanmalari va tavsiyalarini amalda to'g'ri qo'llashi, muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh. M. Mirziyoyev "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" "O'zbekiston" Toshkent - 2016

2. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017

3. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014

4. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent - 2011

5. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -

2016

6. M. Chexov "Aktyor texnikasi" "Jahon adabiyoti" jurnali (J. Mahmud tarjimasi)

7. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent - 1997

8. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" o'quv qo'llanma Toshkent - 2005

9. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.

10. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.

11. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.

12. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.

13. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.

14. Хдтамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нутд техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.

15. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

16. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

17. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

18. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОДИДА. Oriental Art and Culture, (6).

19. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).

20. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

21. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.

22. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.

23. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

24. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

25. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.

26. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

27. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

28. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

29. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

30. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

31. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

32. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.

33. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

34. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

35. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

36. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

37. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

38. Дехдонов, Р. (2020). СОГЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).

39. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.

40. Мадалиев, А. (2021). НОДАВЛАТ КУТИРЧОК ТЕАТРЛАРИДА АКТЁРЛИК САНЪАТИ МАСАЛАЛАРИ. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.

41. Мадалиев, А. (2021). Кугирчод театри актёрининг пластик имкониятлари. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.

42. Мадалиев, А. (2021). Кугирчод театри тарихига назар. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.

43. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).

44. Умарова, Х., & Курбонов, М. (2021). КС СТAНИСЛAВСКИЙ ТAЪЛИМОТИДA A^^m^ СAХНAВИЙ ТAРБИЯСИ. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

45. Йулдашев, К. (2021). РЕЖИССУРА ВА АКТЁРЛИК МАДОРАТИ ФАНЛАРИНИ ИНАВАЦИОН УКИТИШ. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.

46. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.

47. Гофурова, Б. (2020). АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, (V).

48. Пулатов, Р. (2020). «МИРЗО УЛУГБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ. Oriental Art and Culture, (V).

49. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.