Научная статья на тему 'BADIIY ASAR TILIGA TALABADA HURMAT XISSINI TARBIYALASH MASALALARI'

BADIIY ASAR TILIGA TALABADA HURMAT XISSINI TARBIYALASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
18
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
aktyor / xatti-harakat / tabiiylik / dramaturg / pyesa / mashg‘ulot

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Z.Ahmedov

Ushbu maqolada yosh aktyorda dramaturg, pyesa tiliga alohida hurmat xissini tarbiyalash, aktyorda tabiiy qobiliyat va undan qanday foydalanish yo‘llari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY ASAR TILIGA TALABADA HURMAT XISSINI TARBIYALASH MASALALARI»

BADIIY ASAR TILIGA TALABADA HURMAT XISSINI TARBIYALASH

MASALALARI

Z.Ahmedov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada yosh aktyorda dramaturg, pyesa tiliga alohida hurmat xissini tarbiyalash, aktyorda tabiiy qobiliyat va undan qanday foydalanish yo'llari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: aktyor, xatti-harakat, tabiiylik, dramaturg, pyesa, mashg'ulot

ISSUES OF EDUCATIONAL RESPECT FOR THE LANGUAGE OF A

ARTISTIC WORK IN STUDENTS

Z.Ahmedov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article tells about the development of a special respect for the playwright, the language of the play in the young actor, the actor's natural ability and how to use it.

Keywords: actor, behavior, naturalness, playwright, play, training

Har bir kasb egasining qo'lida ish quroli bor. Rassomni mo'yqalami, musiqachining - musiqa asbobi, mato to'quvchining dastgoxi, arxitektorning qalam, chizg'ichi va xakazo. Aktyor quroli nimadan iborat degan savol tug'iladi? Teatr maktabining asoschisi, otaxoni K.S.Stanislavskiy - aktyor quroli bu - o'zi deb aytadi. Darxaqiqat aktyorning quroli bu - uning barcha tana a'zolaridir, ya'ni qo'li, oyog'i, butun vujudi, badani. Eng asosiysi ongi va qalbidir. Bularning maxsuloti esa - xatti-harakat. Navbatdagi har bir mashg'ulotlarda ana shu qurol bilan bajariladigan xatti-harakatlarni, unsur va atamalarni birgalikda ko'rib chiqamiz.

Avvalo kurslarga ta'lim berish jarayonida aktyorlik mahorati dasturi talabiga binoan e'tiborni ko'proq quyidagi mavzularga qaratmog'imiz lozim:

Mixail Chexov garchand umrining o'ttiz yetti yilini chet ellarda o'tkazgan bo'lsada, teatr san'ati sohasidagi amaliy va nazariy bilimlarini Konstantin Sergeyevich Stanislavskiyni kashf etgan "sistema"si (uslubi) asosida o'zlashtirgan bo'lib, ustoziga bo'lgan hurmat va e'tiqodini umrining oxiriga qadar qalbida saqlab qolgan. K.S.Stanislavskiy kashf qilgan "sistema" bilan M.Chexov amaliyotda qo'llagan "Aktyor texnikasi" o'rtasida qanday tafovut bo'lishi mumkin?

ITFVE^^HI 82 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Qo'yilgan savolga qoniqarli javob topish uchun yana bir qonuniyatga aniqlik kiritish kerak. Ma'lumki tabiiy haqiqat bilan badiiy haqiqat orasida ma'lum tafovut mavjud. Badiiy haqiqat tabiiylikning o'zgartirilgan ko'rinishi. Ijodkor - u rassom, kompozitor, xaykaltarosh, yozuvchi, rejissyor, aktyor bo'ladimi tabiiy borliqni qabul qiladi va o'z istak xohishi va oldiga qo'ygan maqsadi, ilgari surgan g'oyasidan kelib chiqib, uni o'zgartirgan holda aks ettiradi.

K.S.Stanislavskiy "sistemasida" tabiiylikka intilish kuchliroq bo'lgani holda, Mixail Chexov "maktabi"da badiiylikka intilish kuchliroq bo'lib, ular o'rtasidagi tafovut mana shu qarashlar bilan bevosita bog'liq.

"Aktyorning o'z ustida ishlashi" kitobida aktyorda tabiiy qobiliyat va undan qanday foydalanish yo'llari nazariy jihatdan isbotlangan. Ma'lumki, "Aktyorning o'z ustida ishlashi" kitobida tabiiy-organik xissiyotlar, psixotexnika ahvoli, ruhiyat, tuyg'u hamda "agarda men shunday shart-sharoitga tushib qolsam nima qilgan bo'lar edim?" kabi savolni qo'yish orqali ko'zlangan maqsadga erishish mumkin, degan tavsiya beriladi.

Bu kitobda shuningdek maqsad, oliy maqsad va yetakchi hatti -harakat, bir - biri bilan uzviy bog'liqligi ilmiy - nazariy jihatdan isbotlab berilgan. Mazkur "sistema" bo'yicha aktyor berilgan rol ustidagi ishni o'zining ichki hissiyot va tuyg'ularini, rol talab qiladigan holatga keltira olishi, ichki tuyg'ularni harakatga keltira bilishi, buning uchun ishni o'zidan boshlashi, ichki imkoniyatlarini ishga sola bilishi lozim bo'ladi.

Chexov texnikasini aktyorlik maktabiga olib kirishdan maqsad konsentratsiya orqali odamlarning kundalik ma'nodagi real quvvatini aktyorlik quvvatiga aylantirish emas, balki universal ifoda vositalarini tomoshabinga yetkaza olish orqali uni o'zgartirishdan iboratdir.

Endi biz yosh aktyorda dramaturg, pyesa tiliga ham alohida hurmat xissini tarbiyalash haqida gapiradigan bo'lsak, avvalo aktyorning etik madaniyati talablardan biri xisoblanadi. Aktyor birorta asar qahramonini ijro etar ekan pyesada keltirilgan so'zdan ortiqcha so'zni qo'llamasligi, o'zidan so'z qo'shmasligi kerak. Vaholanki, bugungi kunda teatrlarimizda bu masalaga mutlaqo e'tibor berilmaydi. Aktyor har bir so'z qadrini bilishi, xis etishi, muallif maqsadi, uslubiyatiga chuqur hurmat bilan qarashi kerak.

Aktyor sahnadagi partnyori oldida ham ma'suliyatlidir. Zero, sahnada badiiy hayot akiyorlarning o'zaro hamkorlikdagi hatti-harakatlari orqali vujudga keladi. Aktyorning partnyori oldidagi ma'suliyati unga nisbatan e'tiborli bo'lishga, o'ziga nisbatan bildirilayotgan munosabatni ilib olib, unga qarshi munosabat bildirishga zamin yaratadi.

83

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Aktyorning zimmasidagi ma'suliyatlar qatorida uning o'zi oldidagi ma'suliyat ham mavjudki, aktyor buni qalban xis etishi, o'zida ma'naviy, ruxiy, ijodiy kayfiyatni tarbiyalashi, rivojlantirishi, asrab-avaylashi lozim bo'ladi.

Teatr maktabi o'quvchilari bilan badiiy havaskorlik ishtirokchilariga aktyorlik mahoratini egallayotgan paytida aniq tavsiya berib bo'lmaydi, chunki, aktyorlik kasbini o'rgatib bo'lmaydi. Ammo aktyorlik maxoratini o'zi astoydil hohlab o'rganishi mumkin. Darhaqiqat, sahnada rol ijro etishning bir qolipga tushirilgan qonun-qoidasi yo'q. Xususan, Gamlet obrazini qanday yaratish mumkinligiga aniq bir ko'rsatma berib bo'lmaydi. Teatr san'ati paydo bo'lganidan boshlab aktyorning o'zi nima uchun aynan shu rolni o'ynayotganligi bilan bog'liq eng muhim masalalarni o'zi hal qilgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.

Endi biz o'ylash, xis qilish, tayyorgarlik haqida suhbatlashamiz. Keling, masalan bugun oqshom koptok o'ynaymiz. Har birimizda bittadan koptok bo'ladi. Albatta har biringizni partnyoringiz bo'ladi va bir biringizga koptokni yerga urib, so'ng ilib olasiz. enda shu mashqni uch kishi bir biriga koptokni yerga urish orqali uzatadi. Bu uch tomonlama bajariladi, ya'ni bir biriga avvalgi tarzda uzatadi. Mashq to'g'ri bajarilishiga har biri ma'sul. Yana bir mashqning talabi, koptok aynan yurakni nishon etib otilishi zarur. Guruxni xis qildingizmi? Ayni mashqni ko'p bor takrorlanishi guruhni xis qilish va bir birini so'zsiz ham anglashni o'rgatadi. Bu biln siz o'zingiz, partnyoringiz va ayniqsa yaratayotgan personajingizni xis qilishingizga o'rgatadi.

Masalan men sakkiz oyoqning biriga aylana olaman. Shundan keyin dunyoni aylanib chiqishga qaror qilaman. (Tasavvur mashqlari) Xayolparastmi? Bu ham yaxshi. Chunki, tasavvur qilish juda foydali. Bu mashq oddiy bajariladi. Ammo siz xis-tuyg'udan narisiz degani emas muhimi siz qanday harakterga ega ekaningizni bilishingizdadir. Aynan personajni gavdalantirishda siz o'zingizda borini unutib yangi tipni shakllantirishingizga to'g'ri keladi, bunda o'zlashtirilgan texnikani ishga solasiz. Gap sizning xayotingiz xaqida boryapti, qaysi, kim, ishingiz, kasbiy meningizdan tashqari. Keling shu nuqtai nazardan o'zingiz uchun ham mutloq yangi sifatingizni kashf etishga urinib ko'ramiz. Qandaydir sizga ma'lum biron xabar, axborotni xuddi bilmaganday tuting, - deylik, masalan sizning boshingiz o'rnida biror bir buyum joylashgan. Ayni patda u ham yumaloq va tanangizning boshqa a'zolari bilan chambarchas bog'liq. Boshingiz vertikal joylashgan a'zo, shu tariqa harakat pastga tomon, ya'ni bo'yinlarimizni xis etib ko'ring. Uni ham biron shaklda tasavvur etib ko'ring. His qiling. Xozir biri ustidagi boshqasini harakatga keltirib ko'rng, sekin-asta bu harakatlarga oyoq qo'llarimiz ham qo'shiladi. Yaxshimi? Mana shu xolatingizda biror bir narsani gapirib ko'ring, bu harakatda bo'la turib gapirish mavzu va masalalar o'zgargan xolda takror, takror bajaring. Xozir bu mashqni harakatlaringizni tezlashtirgan holda bajaring.

fîcïV^^^BI 84 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Sen biroz avval bildirilgan fikrni takrorlayapsan? Aslida bulaming ba'rini chuqur xis qilgan xolda bajarish lozim bo'ladi. Bu mashqni bajarayotganingizda borgan sari tobora murakab bo'layotganini xis qilib borasiz. Mashqlar bir necha bor takrorlanganda siz natijaga erishasiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K.S.Stanislavskiy «Aktyorni o'z ustida ishlash». Toshkent 1965 y.

2. S. Inomxo'jaev Badiiy o'qish. Toshkent. «O'qituvchi».1973 y.

3. A.Zununov, S.Inomxo'jaev. Ifodali o'qish asoslari. Toshkent. «O'qituvchi»1978 y.

4. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2019.

5. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2021.

85

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.