Научная статья на тему 'USTOZ SAN’ATKOR, O’ZBEKISTONDA XIZMAT KO’RSATGAN ARTIST HURSANOY UMAROVANING IJRO MAHORATI'

USTOZ SAN’ATKOR, O’ZBEKISTONDA XIZMAT KO’RSATGAN ARTIST HURSANOY UMAROVANING IJRO MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
205
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
obraz / psixofizik / musiqali drama / talqin / mahorat / rol / ichkipsixik / ijro / teatr / sahna / xatti-harakat / kechinma sanʼat / qayta gavdalantirish / pyesa / rejissyor / aktyor / pafos / mizansahna / ovoz / nutq / plastika / yechim / holat

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mushtariybegim G’ofurjon Qizi Komilova, Sh.Usmonov

Har bir jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy hayotida san’at va madaniyatning tutgan o’rni beqiyosdir. Shuningdek bizning Yangi O’zbekiston deya atalmish jannatmakon yurtimizda ham. San’at tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo’lib, inson va jamiyatning rivojlanish va taraqqiyotida o’ta muhim o’rin egallaydi. Bastakor, rassom, xaykaltarosh, sozanda, aktyor, rejissor, raqqos, qo’shiqchilar bir so’z bilan aytganda biz ularni ziyolilar deb ataymiz. Ziyoli so’zining lug’aviy ma’nosi Ziyonur, yorug’lik tarqatuvchi demakdir. Aktyor ham nafaqat o’z san’ati bilan, shaklushamoyili, muomulasi, xulqu-odobi bilan keng omma o’rtasida ziyo tarqatuvchi inson xisoblanadi. "San’at donishmandlik sari qo’yilgan ilk qadam" degan edi Aristotel. San’at inson tafakkurining maxsuli xisoblanar ekan, uning asosiy vazifasi inson ma’naviy ruxoyatiga ta’sir etishdan iboratdir. Bu esa san’atkorlardan yuksak ma’naviyatni talab qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «USTOZ SAN’ATKOR, O’ZBEKISTONDA XIZMAT KO’RSATGAN ARTIST HURSANOY UMAROVANING IJRO MAHORATI»

USTOZ SAN'ATKOR, O'ZBEKISTONDA XIZMAT KO'RSATGAN ARTIST HURSANOY UMAROVANING IJRO MAHORATI

Mushtariybegim G'ofurjon qizi Komilova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti mushtariybegimkomilova@gmail .com

Sh.Usmonov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Har bir jamiyatning ijtimoiy va ma'naviy hayotida san'at va madaniyatning tutgan o'rni beqiyosdir. Shuningdek bizning Yangi O'zbekiston deya atalmish jannatmakon yurtimizda ham. San'at tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo'lib, inson va jamiyatning rivojlanish va taraqqiyotida o'ta muhim o'rin egallaydi. Bastakor, rassom, xaykaltarosh, sozanda, aktyor, rejissor, raqqos, qo'shiqchilar bir so'z bilan aytganda biz ularni ziyolilar deb ataymiz. Ziyoli so'zining lug'aviy ma'nosi Ziyo-nur, yorug'lik tarqatuvchi demakdir. Aktyor ham nafaqat o'z san'ati bilan, shaklu-shamoyili, muomulasi, xulqu-odobi bilan keng omma o'rtasida ziyo tarqatuvchi inson xisoblanadi. "San'at donishmandlik sari qo'yilgan ilk qadam" degan edi Aristotel. San'at inson tafakkurining maxsuli xisoblanar ekan, uning asosiy vazifasi inson ma'naviy ruxoyatiga ta'sir etishdan iboratdir. Bu esa san'atkorlardan yuksak ma'naviyatni talab qiladi.

Kalit so'zlar: obraz, psixofizik, musiqali drama, talqin, mahorat, rol, ichki-psixik, ijro, teatr, sahna, xatti-harakat, kechinma san'at, qayta gavdalantirish, pyesa, rejissyor, aktyor, pafos, mizansahna, ovoz, nutq, plastika, yechim, holat.

PERFORMANCE SKILLS BY TEACHER ARTIST, HONORED ARTIST OF

UZBEKISTAN HURSANOY UMAROVA

Mushtariybegim Gofurjon qizi Komilova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture mushtariybegimkomilova@gmail.com

Sh.Usmonov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The role of art and culture in the social and spiritual life of any society is invaluable. Also in our heavenly country called New Uzbekistan. The concept of art is a broad concept and plays a vital role in the development and progress of man and society. Composers, painters, sculptors, musicians, actors, directors, dancers, singers, in a word, we call them intellectuals. The word "enlightenment" literally means

I icclT^^^^H 341 http://oac.dsmi-qf.uz

"enlightener". An actor is not only a person who spreads enlightenment among the general public with his art, appearance, manners and manners. "Art is the first step to wisdom," said Aristotle. While art is a product of human thought, its main function is to influence the human spirit. Which, of course, made the video an overnight sensation.

Keywords: image, psychophysics, musical drama, interpretation, skill, role, inner-psyche, performance, theater, stage, action, experiential art, re-enactment, play, director, actor, pathos, balance, voice, speech, plastic, solution, condition.

Demak insonlarning ma'naviy qiyofasini boyitish, xalqning ma'daniy darajasini har tomonlama yuksaltirish, azaldan bizga qadar me'ros bo'lib kelayotgan umumbashariy qadriyatlarni tarannum etish, ijtimoiy muxitga insonparvarlik g'oyalarini singdirish va shu bilan birga barkamol yosh avlodni tarbiyalashdek muhim vazifalarda adabiyotning, san'atning qolaversa teatrning o'rni bo'lakdir. Respublikamizda ko'plab teatrlar faoliyat yuritadi. Ularning nomlari, yo'nalishlari, ijod turlari turli xil bo'lgani bilan maqsadlari bir. Ya'ni kishilarni tarbiyalab, ma'naviyatli hamda madaniyatli shaxs qilib tarbiyalashdir. Qo'qon shahar Musiqali drama teatri ham mana shunday tarbiya maskanlaridan biridir. Bu teatr ham o'z o'rniga, qadriyatlariga va o'z yo'nalishiga ega teatrlardan biri xisoblanadi. Agar o'zbek san'ati dastlab qachon va qayerda barpo etilgani xaqida so'z yuritadigan bo'lsak, shuni faxr va g'urur bilan ayta olamizki O'zbek milliy teatrchilik san'ati dastlab Qo'qon shahrida tug'ilgan va rivoj topgan. Bugungi kunda ham u bir-biridan qiziqarli, zamonaviy, tarixiy hamda klassik asarlarni yaratib, tomoshabinlar e'tiboriga xavola qilib kelinmoqda. Bu esa o'z navbatida Yangi O'zbekistonimizning rivojlanishiga o'zining hissasini qo'shayotganidan dalolatdir. Bugungi kunda Qo'qon shahar Musiqali drama teatrida ko'plab ijodiy va texnik xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ular o'z kasblarini sevib, unga o'z mehrlarini berib, birgalikda bahamjihat ishlab, tinmay izlanishlar olib bormoqdalar. Bu esa teatr rivojida katta turki bo'lmoqda desam mubolag'a bo'lmaydi. Bu yerdagi ijodkorlar hoh yosh bo'lsin hoh yoshi katta hoh o'rta yosh bo'lsin barchalari o'z kasblariga vijdonan yondoshib, ma'suliyat bilan mehnat qilib kelmoqdalar. Bu teatrda ko'p yillardan buyon faoliyat yurituvchi tajribali ustozlar va ko'plab mahoratli aktyor aktrisalar ham ishlab kelmoqda. Aktyorlik kasbini egallash tashqaridan yengil tuyulsa ham, bu kasbga jiddiy yondoshmasa yetuk aktyor, yetuk shaxs bo'lib yetishish mushkuldir. Bu kasb murakkabligi bilan boshqa kasblardandan ajralib turadi. Teatr san'ati, xususan aktyorlik san'atining ko'lami hozirgi kunda kengayib bormoqda. Turli usullar, yo'nalish, janrlarning turli-tumanligi aktyordan berilgan shart-sharoitga tezda moslashishni, yaratilgan muhitga darxol ko'nikma xosil qila olishlikni taqazo etadi. Misol qilib olsak, maydon tomoshalari 700- 1000 yoki 100150 o'rinli tomosha zallari aktyordan bir-birini inkor etuvchi ijro va texnikani talab qilishi mumkin. Ovoz, nutq, plastik yechim, xolatlar, ko'rinishlar, ta'sir etuvchilar

I icclT^^^^H 342 http://oac.dsmi-qf.uz

an'anaviy teatr, sof drama, musiqali dramada turlicha. Teatr sahnasida, kinoda, telekamera qarshisidagi ijod aktyordan turlicha ijroni talab qiladi1. Bu murakkab jarayon bo'lsa ham aktyorlar hamisha har qanday holatga tayyor turishlari lozimdir. Bu ularning yuksak mahorat hamda uyg'oq qalbli ekanlikalaridan dalolatdir.

Har bir ijodkor aktyor, aktrisa hoh yosh bo'lsin hoh katta yosh berilgan ro'lni o'rganishi, uning oliy maqsadini vazifasini aniqlashi va unga mos xatti-harakatni sahnada gavdalantira olishi va shu bilan birga asarni tahlil qilib, berilgan rolni qanchalik muhim va kerakli ekanini anglay olishi analiz qila olishi darkordir. Bir so'z bilan aytganda u mana shu ro'l bilan uning dardi bilan yashashi lozim. Buning uchun u asarni, pyessani qayta va qayta o'qib o'rganishi, keyingi navbatda esa o'z qahramoniga harakter berishi kerak. Misol uchun-asar qaysi davrda yozilgan, o'sha davr urf odatlari qanday bo'lgan, qanday so'zlashilgan, o'sha davr xatti harakatlari qanday bo'lgan, qanday libos kiyilgan va ho kazolarni aniqlab olgandan so'ng aktyor hech ikkilanmay bemalol hech qanday qiyinchiliksiz berilgan rolni ijro eta oladi. Bu aktyorlarning yuksak mahorat egasi ekanidan dalolatdir. Bunday mahoratli aktyor, aktrisalar nafaqat poytaxt teatrlari balki Qo'qon shahar musiqali drama teatrida ham mehnat qilishmoqda. Mana shunday insonlardan biri bu O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan artist ustoz san'atkor Xursanoy Umarovadir. U butun hayotini teatrda o'tkazdi va unga bag'ishladi. U teatrga, sahnaga qadam qo'yar ekan butunlay boshqa insonga aylanadi. U tashqi olam muammolarini tashqarida qoldirib, sahnaga chiqadi. U uchun teatr va sahna ijro qilayotgan ro'li birinchi o'ringa o'tadi. Sahnada butunlay boshqa Xursanoy paydo bo'ladi. Aktrisa o'z kasbiga juda qattiq mehr qo'ygani bois unga sadoqat bilan sidqi dildan xizmat qiladi va ma'suliyat bilan qaraydi. Har bir kasbning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'ladi albatta biroq bu qiyinchiliklar X.Umarovani aslo cho'chitmaydi aksincha unga ilhom bag'ishlaydi yangidan yangi qirralrni harakterlarni yaratishga turtki bo'ladi. X.Umarova bu qiyinchiliklarni har doyim sabr-bardosh va tinimsiz mehnatlari evaziga yengib o'tadi. U har bir ijodkorning shaxsiy etiketi bo'lishi kerakligini, uning o'ziga yarasha qonun qoidalari bo'lishi kerakligini hamda temir intizomga rioya qilish kerakligini takidlaydilar va mana shular o'sib kelayotgan yosh avlodni yaxshi ijodkor bo'lib yetishishida muhim omillar deya hisoblaydilar. Xursanoy Umarovaning spektakldagi ijro etgan ro'llarining o'ziga xos jihatlari shundaki, u o'ziga va partnyorlariga qolaversa rejissorga ham o'ta talabchan ijodkordir. U hamma vaqt soxtalikni yomon ko'radi va uni qoralaydi. Nafaqat sahnada balki hayotda ham har bir zamon hamma vaqt inson tabiiyligini saqlab qolishi kerak deb hisoblaydilar. U jamoat ishlarida, repititsiyalarda, davlat tadbirlarida jonkuyarlik bilan faol ishtirok etadigan va mana shu serg'ayratligi bilan yoshlarga o'rnak bo'ladidigan yaxshi aktrisadir. U o'zining mehri va odamiyligi shirin so'lari bilan

1 Jo'ra Maxmudov, Hamida Mahmudova "Aktyorlik mahorati" Toshkent - "Lesson Press" 2016, 4-bet nTTTtx^^m 343

http://oac.dsmi-qf.uz

oilasi, talabalari hamda ijodiy jamoasi qalbidan chuqur o'rin egallagan ayoldir. X.Umarova o'zining teatr sahnasida ijro qilgan ilk ro'lini eslab shunday deydi....

"Institutni tamomlab qaytgan kezlarim menga Komil Yashinning "Ravshan va Zulxumor" spektaklidan "Oq qiz" ro'lini ishonib berishgan. Bu qiz Zulxumorning singlisi ro'li edi. Bu ro'l harakterli ro'l bo'lgani uchun uni ijro qilishda ko'p qiyinchilkilarga duch kelganman. Chunki men bungacha faqat lirik asarlarda lirik rollarni ijro qilganim uchun, faqat mana shunday rollarga o'rganib qolganman. Ya'ni bir qolipga tushib qolganman. Bu esa aktrisa uchun o'lim degani deydi. Biroq u taslim bo'lmaydi aksincha mana shu qolipdan chiqib ketish yo'llarini izlay boshlaydi. Astoyidil mehnat qilib o'z ustida tinimsiz izlanadi.

U ustozlar tabiri bilan aytganda akytor plastilin bo'lishi kerak degan so'zlarni eslab o'z ustida tinimsiz mehnat qiladi. U pyesani bir zum bo'lsin qo'lidan qo'ymaydi uni qayta qayta o'qiydi, tahlil qilib ro'llarga harakter beradi. Hullas u bir so'z bilan aytganda yangiliklar topishga harakat qiladi. Kerakli ma'lumot va man'balarni o'rganib, berilgan ro'lni qanday gavdalantiriah kerak va buning uchun nima qilish kerakligini o'rganib rejissor hamda partnyorlari bilan birga soatlab suhbatlar va tortishuvlar olib boradi. U rejissorning barcha topshiriqlariga amal qiladi. Qolaversa u boshqa aktyorlar uchun berilgan topshiriqlarni ham eslab qoladi va ularni ham o'zi uchun berilgan topshiriq deb hisoblab ularni ham bajarishga harakat qiladi. Bu ham aktyorning o'ziga xosligining yana bir isbotidir. Bu uning ijro uslubining boshqa ijro uslublaridan farqi borligini anglatadi. Aktyorlik mahoratining yana bir muhim belgilaridan biri bu xulq-atvoridir. Ya'ni insonlarning hayot tarzi, tabiati, o'zaro munosabatlari, turish turmusi, axloq va odob sohasidagi tarbiyasi bir tomondan teatr san'atining o'ziga xos tomonlariga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan aktyorning o'zi tanlagan soxasini qanchalik muhim ekanini yaxshi anglashga yana bir turtki bo'ladi. Bu o'rinda ustoz san'atkorlar: M.Uyg'ur, Y.Bobojonov, M.Muxamedov, T.Xo'jayev, N.Aliyeva, A.Bakirov, O.Xo'jayev, Sh.Burxonov kabi ustozlar aktyor va rejissorlarning ma'naviy qiyofasi, xulqiy odobi masalalariga katta e'tibor qaratganlari bejiz emas. Ularning ta'biricha, aktyorning estetik tarbiyasi, xloq-odobi qo'shimcha unsur emas, balki zaruriy sifat deb xisoblanadi. K.S.Stanislavskiy ham o'zining ko'plab ilmiy nazariy ishlarida aktyor va teatr xodimlarining etik va estetik tarbiyasiga a'loxida urg'u berib, aktyor mashxur bo'lishdan tashqari, insoniylikning yetuk timsoli darajasiga ko'tarilishi xam kerak deydi. Bilamizki spektakl yaratish jarayonida san'atning ko'plab soha mutaxassislari ham qatnashadi. Rejissor va aktyorlar jamoasi libos ustalari, grimyorlar, rassom, chiroq ustalari va boshqalar. Ular spektaklning dayerli barcha repititsiyalarida qatnashib o'z fikr mulohazalarini bildirishadi. Bu fikrlar rejissor uchun ham aktyorlar uchun ham ko'makchi vazifasini o'taydi va mana shu fikrlar spektaklni bir butun holatga keltirishga yordam beradi va spektakldagi yaratilgan siymolar orqali g'oyaviy badiiy yaxlitlik vujudga keladi.

I jbÔÛ^^Bl ^44 http://oac.dsmi-qf.uz

Biroq har bir yaratuvchi, ijodkor aktyor yuksak axloqiy, g'oyaviyva badiiy me'zonlarga rioya etmas ekan oliy maqsad atalmish badiiylikka erisha olmaydi. Buning uchun har bir aktyor o'zini - o'zi tarbiya qilmog'i, qatiy intizomli bo'lmog'i hamda ko'pchilik qaroriga bo'ysunishi va uni hurmat qila olishi kabi ichki qonunlarga rioya qilmog'i zarur. Shuningdek, u o'zini san'atda emas, san'atni o'zida sevishi kerakdir.

Faqat ulkan g'oyalar bilan yo'grilgan oliyjanoblik, ma'rifiy va ma'naviy axloq, yuksak maqsad sari sobit qadamlilik bilan borish ruhida tarbiyalangan insonlargina, ijodiy muxitni ich ichidan yemiruvchi illatlar-birovning yutug'ini ko'ra olmaslik, g'ayrlik, g'iybat va mishmishlardan tor doiradagi dunyoqarashlardan baland bo'la oladilar. "Yaramas axloq egasi yaxshi aktyor bo'la olmaydi" degan edi Y.B.Vaxtangov. K.S.Stanislavskiy esa "Axloqi buzuq, ma'naviy qashshoq odam saxnada turib tomoshabinni poklik va oliyjanoblikka da'vat eta olmaydi" degan edi. Darhaqiqat ma'nan qashshoq va axloqsiz insondan hech bir zamon yaxshilik kutib bo'lmaydi. Aktyorning yana bir ish quroli shuki, bu uning emotsional xotirasi, ya'ni xis-tuyg'u xotirasidir. Aktyor o'zi yaratmoqchi bo'lgan siymosining ichki dunyosini to'laqonli ochib berishi uchun uning hayotiy tajribalari va intelektual ong osti xotirasining kuchli bo'lishi unga saxnada ro'l ijro qilishda qo'l keladi2. O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan artist Xursanoy Umarova ham yuqoridagi fikrga qo'shilgan holda ro'l ijro qilish jarayonida o'zining ong osti ya'ni xissiy xotiralaridan oqilona foydalanib turli-tuman bir biridan qiziqarli ro'llarni ijro qilgan va hamon ijro qilib kelmoqda. U xotiralar qanday bo'lishidan qatiy nazar hamisha aktyor uchun kerakli unsur deb hisoblaydilar. Ular bunga qadar ko'plab spektakllarda ko'plab ro'llarni ijro qilib kelgan bo'lsada, ularning orasida o'zi sevib ijro qiladigan obrazi bu Komil Yashinning "Nurxon" spektaklidagi "Nurxon"obrazi ekanligini aytadi. Bu spektakl har safar saxnada tomoshabinlar e'tiboriga havola qilinar ekan, aktrisa har safar ushbu obrazni yangidan kashf qiladi va har gal u obrazga yangi topilmalar kiritadi. Bundan u hech tolmaydi charchamaydi aksincha bu uninng ijro mahoratini yanada o'sib rivojlanishiga sabab bo'ladi. Bu obrazning aktrisaga yoqqan jihati shu ediki, Nurxon oddiy qishloqning oddiy qizi bo'lib, samimiy, sodda beg'ubor qalb egasi ekanligi uchun bu ro'lni juda yaxshi ko'rib qoladi. Huddi bu obraz faqat u uchun yaratilgandek u bilan bir butunlikda yashaydi.

San'at sohasida biror aktrisa yoki aktyor uchun maxsus yozilgan pyessalar rollar bo'ladi degan ibora mavjud bo'lib, aynan bir obraz aktyorning tashqi qiyofasi, ichki dunyosiga mos tushishi tushiniladi va aktyorlar bu ro'lni mazza qilib cho'milib ijro qiladi. Aktrisa Nurxon ro'lini mana shunday cho'milib ijro qilardi va mana shu mehnatlar yillar o'tib o'z samarasini ko'rsatdi. Biz bilamizki ushbu spektakl ko'p teatrlarda sahnaga qo'yilgan va Nurxon ro'lini ko'p aktrisalar ijro qilgan. Biroq bular

2 Jo'ra Maxmudov, Hamida Mahmudova "Aktyorlik mahorati" Toshkent - "Lesson Press" 2016, 17-bet I ícclT^^^^H 345 http://oac.dsmi-qf.uz

ichida X.Umarova ijro qilgan Nurxon tomoshabinlar qalbidan joy olgan va tan olingan obrazdir. Mana shu obraz va boshqa rollari sabab aktrisa O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan artist sharfli unvoniga sazovor bo'ldi. Bu qilingan mehnatlarning mevasi edi. X.Umarova serqirra ijodkor bo'lib, uning har bir ro'li tomoshabinlar qalbidan joy olib ulgurgan. Ammo shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, besh qo'l barobar emas. Ayrim aktyorlar mas'uliyatni his etish o'rniga, o'zlariga topshirilgan roliga hafsalasiz, "qo'l uchida" munosabatda bo'ladilar. Ustoz aktyorlar ana shunday mas'uliyatsiz "artist"larga dakki berib, ularni to'g'ri yo'lga solib turishga harakat qiladilar. Darhaqiqat teatr san'atida bunday "artist"larga nisbatan aktyorlik san'ati maktabi darg'asi, K.S.Stanislavskiy shunday deydi: "Ijodga qiziqtirish juda qiyin, lekin bu ishtiyoqni o'ldirish juda ham oson. Butun bir guruhning ishini to'xtatishga hech kimning haqqi yo'q. Jamoat ishida harbiychasiga po'lat intizom bo'lishi kerak. Aktyorlik ham harbiylar kabi temir intizomlikni talab etadi."3

Bilamizki ba'zi aktrisalar turmush qurgandan so'ng aktyorlik faoliyatiga yakun yasab teatrdan ketadilar. Bunga sabab turli xil g'iybatlar va oilaviy nizolar, o'rinsiz rashklar sabablidir. Bizning ijodkorimiz hayotida ham shunday holatlar yuzaga kelgan vaqtlar bo'lgan biroq aktrisa teatrni ham o'zi sevgan kasbini ham tashlamadi. Aksincha u bularga qarshi kurasha oldi va uning ijodi gullab yashnadi. U salbiy rollardan ko'ra ijobiy ro'llarni ijro qilishni yaxshi ko'rardi. Shuning uchun ham u Nurxon obrazini ijrosida uncha qiynalmadi. Chunki u bu rolni ijro qilishni chin dildan hohladi va spektakl bir haftaga qolmay sahna yuzzini ko'rdi. Aytishadiku inson bir narsani chin dildan niyyat qilsa butun borliq uni mana shu maqsadi sari yetkazishga xizmat qiladi deb. Biroq biz ba'zan shunday aktyorlarga duch kelamizki ular bu sohaga adashib kelib qolgandek go'yo.Biror bir rolni maromiga yetkazib ijro qilmagan. Teatrga shunchaki odam soni uchun kelib ketishadi holos. O'z ustida ishlamaydi. Bunday aktyorlikka davo qilib yurgan kimsalarni ijodkor deyishga uyaladi kishi.Inson o'z kasbini sevmas ekan o'z ustida ishlamas ekan u hech qachon o'smaydi rivojlanmaydi. Aktyorlik san'atida "Kechinma" san'ati degan termen mavjud dir. Unga ko'ra har bir aktyor ujro qilayotgan ro'lini tushunib, uni o'ziniki qilib, u bilan birga yashashi kerak. Sehrli agarda men iborasidan foydalangan holda ro'l ijro qilishi kerak. Rejissorlar sahnada aktyorlar bilan ishlash jarayonida ularning mahorat darajasini qanday ekanligini bilib olishadi. Analiz qilishadi va shuning uchun ham yaxshi ijro uslubiga ega bo'lgan aktyorlar bilan ish olib borishni ma'qul topishadi. Chunki bunday aktyorlar rejissorga hamfikr va ko'makchilik qilishadi. Bu esa o'z navbatida spektaklni sifatli va yaxshi chiqishiga turtki bo'ladi. Rejissor biror bir asarni tanlab uni muhokamaga taqdim qiladi. Tasdiqlangandan keyin tanishishlari uchun aktyorlarga beriladi. Rollar taqsimoti bo'lib o'tadi va bir muddat stol atrofida o'qish jarayoni bo'ladi. Bu jarayon eng muhim jarayonlardan hisoblanadi. Ushbu jarayonda spektaklning 70 foizi tayyor

3 K.S.Stanislavskiy "Aktyorning o'z ustida ishlashi" Toshkent - "Yangi asr avlodi" - 2017 (14-bet) I icclT^^^^H 346 http://oac.dsmi-qf.uz

bo'ladi. Unda holatlar intonatsiyalar harakterlar yaratilib mustahkamlanib boradi. Qolgani sahnada mezansaxna qurish orqali yakunlanadi. Istedodli rejissor hamda aktyorlar spektaklga mana shunday yondashadilar. X.Umarova ham shu yo'lni ma'qul ko'radi. U rejissorlar bilan ishlashda hech qanday muammoga duch kelmaydi. U har bir soektakldagi ijro qilgan rollarini yaratar ekan o'zining boshidan kechirgan hayotiy tajribalaridan kelib chiqib rollarini ijro qiladi va ularni reallik darajasiga olib chiqa oldi. U har bir ijodi namunasiga avvalo o'zi ishonadi va mana shu ishonchi tomoshabinni ham ortidan ergashtirishga sabab bo'ladi. U sahnada tabiiylikni topa olsagina spektakl yashaydi. Aksincha bo'lsachi bu spektakl unda yashashdan to'xtaydi. U o'ladi. Xursanoy Umarova bir umr mana shu tabiiylikni hamisha o'ziga yo'ldosh qilib, u bilan birga birgalikda ijod qiladi va shu bilan birga u o'ynagan obrazlar xalq qalbidan chuqur o'rin egallab kelmoqda. O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan artist X.Umarovaning ijro talqini u o'ynagan ko'plab ro'llarning talqini hamda tahlili kelajakda o'sib kelayotgan yosh avlod uchun katta maktab vazifasini o'taydi degan umitdamiz.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, har bir aktyorlik kasbini egallash maqsadida yurgan yosh avlod avvalo tanlagan kasbi naqadar mashaqqatli ekanini, teatr qanday dargoh ekani va nima uchun bu kasbni tanlaganini anglab yetmog'i lozimdir va shu bilan birga yaxshi bilim va ko'nikmalarni egallashi hamda ustoz san'atkorlarning tajriba va maktablaridan foydalanib, ularning yo'llarini davom ettirshlari va ularga munosib izdosh bo'lishlari lozim. Bu o'rinda ular sabr-toqatli bo'lishlari, kasbini sevishlari, chuqur axloq-odobga hamda yaxshi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari talab qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017

2. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014

3. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent — 2011

4. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -

2016

5. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent — 1997

6. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" o'quv qo'llanma Toshkent - 2005

7. A.Umarov, Z.Mirzaxamdamov Xo'qandi Latif. San'atayvoni. "Farg'ona" nashriyoti 2011-yil.

8. J.Maxmudov,X.Maxmudova.Rejissura asoslari. Darslik.Toshkent 2008.

347

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.