Научная статья на тему 'BADIIY OBRAZ YARATISHDA O‘ZIGA HOS YONDASHUV (MAHORATLI AKTYOR BAXROMJON RAHIMOV MISOLIDA)'

BADIIY OBRAZ YARATISHDA O‘ZIGA HOS YONDASHUV (MAHORATLI AKTYOR BAXROMJON RAHIMOV MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
180
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
aktyor / obraz / ichki-psixik / psixofizik / xatti-harakat / musiqali drama / talqin / mahorat / rol / ijro / teatr / sahna / kechinma sanʼat / qayta gavdalantirish / pyesa / rejissyor / pafos

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Otabek Rustambek O’g’li Anvarov, Shamsiddin Yoʻlchiboyevich Usmonov

Maqolada Qoʻqon musiqali drama teatrining ustoz sanʼatkori Bahromjon Rahimovning oʻziga xos ijod yo‘li, spektakllarda yaratgan obrazlari tahlil qilingan, shuningdek obraz yaratishda jahon rejessurasi haqidagi qiyosiy mulohazalar o‘rtaga tashlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY OBRAZ YARATISHDA O‘ZIGA HOS YONDASHUV (MAHORATLI AKTYOR BAXROMJON RAHIMOV MISOLIDA)»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

BADIIY OBRAZ YARATISHDA O'ZIGA HOS YONDASHUV (MAHORATLI AKTYOR BAXROMJON RAHIMOV MISOLIDA)

Otabek Rustambek o'g'li Anvarov Ilmiy rahbar: Shamsiddin Yo'lchiboyevich Usmonov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Maqolada Qo'qon musiqali drama teatrining ustoz san'atkori Bahromjon Rahimovning o'ziga xos ijod yo'li, spektakllarda yaratgan obrazlari tahlil qilingan, shuningdek obraz yaratishda jahon rejessurasi haqidagi qiyosiy mulohazalar o'rtaga tashlangan.

Kalit so'zlar: aktyor, obraz, ichki-psixik, psixofizik, xatti-harakat, musiqali drama, talqin, mahorat, rol, ijro, teatr, sahna, kechinma san'at, qayta gavdalantirish, pyesa, rejissyor, pafos

UNIQUE APPROACH TO CREATING AN ARTISTIC IMAGE (EXAMPLE OF SKILLED ACTOR BAKHROMJON RAHIMOV)

Otabek Rustambek oglu Anvarov Research advisor: Shamsiddin Yolchiboyevich Usmanov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The article analyzes the unique creative path of Bahromjon Rahimov, the master artist of the Koqan Musical Drama Theater, the images he created in the plays, as well as comparative comments about the world direction in image creation.

Keywords: actor, image, inner-psychic, psychophysical, behavior, musical drama, interpretation, skill, role, performance, theater, stage, experiential art, re-embodiment, play, director, pathos

San'atning tili bu badiy teatr obraz bo'lib u insonlarning xissiyotiga bevosita tegishli va aynan xissiyot bilan yaratiladi. Aktyor o'z xissiyoti bilan saxnadan turib bevosita tomoshabinning xissiyotiga ta'sir qiladi. Asar qaysi janrda b o'lishidan qat'iy nazar dramami, komediyami, fojiami janrning ahamiyati yo'q. Teatr san'ati badiiy obrazlardan iborat bo'lib, u inson haqida, inson vositasida, va inson uchun xizmat qiladi, va ijod qiladi.

Aktyor - sahna ijodkori. U, o'zini o'rab turgan butun borliqni chuqur, zavq-shavq bilan qabul qilib, o'zi talqin qilayotgan timsollar hayotini xuddi o'zinikiday his qila oladi, ularning dardi va baxtini o'z zimmasiga olib, hayotlarini kechiradi.

Aktyorlik san'ati o'z tabiatiga ko'ra - ijrochilik san'ati va uning oliy maqsadi -aktyorni rol bilan mukammal uyg'unligi natijasida tabiiy holatda o'zga qiyofaga singib ketishdir.

Aktyor, barcha ijodkorlar kabi, o'z ijodi bilan hayotning har qanday muammosini yoki kamchiligini, uni qiynayotgan dardni jamiyat va zamondoshlariga yetkazishga harakat qiladi.

Ijodkor o'z davrining murakkab ijtimoiy moammolari sabablarini aniqlashga, ularni keltirib chiqaradigan omillarning "ildiziga yetib borishga" va uni badiiy obrazlar orqali ifodalashga intiladi. Bunday dunyoqarashning mahsuli - falasafiy umumlashgan, badiiy shakl va mazmunga ega bo'lgan ideal obrazlardir.

Badiiy obrazlar, o'z navbatida, tinglovchi yoki tomoshabinning ongiga, fikriga, qalbiga, his - tuyg'usiga ta'sir o'tkazib, uning estetik dunyoqarashini shakillantirishga, ijtimoiy siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.1

Mahoratli aktyor Rahimov Bahromjon ham ana shunday yetuk ijodkor sifatida Qo'qon shahar musiqali drama teatrida ijodiy faoliyat olib borgan. U 1973 - yili Toshkentda "Mannon Uyg'ur nomidagi teatr va rassomchilik" oliygohida tahsil olayotgan kezlarida, Qo'qon shahar musiqali drama teatrida ilk ijodiy faoliyatini boshlaydi. Aktyorning dastlabki oylardagi faoliyati juda ham faol boshlandi. O'sha vaqtda bolalar uchun namoyish etilayotgan Erkin Murodov sahnalashtirgan "Ali masxaraboz" spektaklda ishtirok etadi. Bu vaqtda aktyor sinov muddatida ishlab kelgan bo'lsada, oz muddat ichida o'zining mahorati bilan jamoada ijobiy tas'urot qoldiradi. Shundan so'ng 1974 - yilda rasman teatrga ishga qa'bul qilinadi.

Rahimov Bahromjon faoliyatining dastlabki yillaridayoq faol ijod qila boshladi va bir necha badiiy obrazlar yarata oldi. Teatr sahnasida sahnalashtirilgan har - bir spektaklda ishtirok etishga harakat qildi. Aktyor dastlabki ishga kelganida teatr sahnasida tomoshabinlarga taqdim etilayotgan Madamin Jo'rayev sahnalashtirgan "Kuyovning omonati" (H. Rasul.) spektaklda Rashidxon Shukurov ijro etgan "Abror" obrazi yoqib qoladi va shu obrazni ijro etish maqsadida rejiossyordan shu rolni berishini iltimos qilib, bir - necha marotaba rejissyorga murojaat qiladi. Uzoq yalinishdan so'ng aktyor, o'z maqsadiga erishadi. Ijodkorning eng asosiy hislatlaridan biri shu edi. Ya'ni aktyor hech qachon bo'sh qolishni istamas, aksincha bo'sh qolsa rejissyordan iltimos qilib bo'lsa ham teatrda sahnalashtirilayotgan spektaklda rol ijro etar edi.

"Ba'zi bir aktyorlarni ko'ramiz rol taqsimotida chetroqqa o'tib yashirinib oladilar. Rejissyor meni ko'rib qolmasin, menga rol bermasin, mana shu asarda band bo'lib qolmay deydi. Yo'q aktyor dangasa bo'lmasligi kerak, aksincha doimo izlanishda, ijodda bo'lishi lozim. Agar sizga rejissyor rol bermadimi demak siz borib talab qiling,

1 M. Umarov "Milliy teatr va Mannon Uyg'ur estetikasi" "Musiqa" nashriyoti Toshkent - 2006, 152 b [8-b.] V7ZYwz^^m 421

menga ham biror obrazni bering "dublyor" bo'lsam ham harakat qilib ko'ray, deb rol olish kerak" - deb ta'kidlaydi B. Rahimov. Ijodkorning ayni mana shu hislati tufayli teatr sahnasida ko'plab obrazlar yarata olgan.

Aktyorning vazifasi asar qahramonining berilgan shart-sharoit va vaziyatdagi kechinmlarini ko'rsatib berishdan iborat. Aktyor, dramaturg taklif etgan qiyofaga taqlid qiladi va tomoshabinni ishontirishga harakat qiladi. Demak hamma masala "tomoshabinni ishontirishga" borib taqalar ekan, bu yog'i aktyorning mahoratiga bog'liq bo'lib qoladi. Xo'sh bunga qanday erishish mukin? Bu borada ko'plab teatr san'ati darg'alarining o'ziga hos uslublari mavjud bo'lib, bu qarashlar ham albatta o'zining tasdig'ini topgan.

B. Rahimovning ham bu borada o'ziga hos qarashlari mavjud bo'lib, ijodkorning fikriga ko'ra aktyor bosqichma - bosqich o'z mahoratini o'stirib borishi lozim. Ya'ni avval kichik rollar ijro etishi, keyinchalik esa o'rtacha rollarni ijro etib rejissyorlarning e'tiborini qozonishi lozim. Shunda, ham tajribaga, ham rejissyorlarning e'tiboriga tusha oladi. Ana shu bosqichlarni bosib o'ta olgan aktyor kelgusida mukammal obrazlarni yarata oladi.

Rahimov Bahromjon rol ustida ishlashda asosiy e'tiborini "Stol atrofidagi o'qish" jarayoniga qaratadi. Aktyorning fikriga ko'ra "Stol atrofidagi o'qish jarayoni"dan sahnalashtirish jarayoniga aktyor tayyor hollatda yetib kelishi kerak. Shu boisdan ham aktyor "Stol atrofidagi o'qish jarayoni"da o'z obrazina aniqlay bilishi kerak. Sahnaga qo'lidagi daftari bilan chiqishi mutlaqo noto'g'ri jarayon ekanligini aktyor tushinib y etishi lozim. "Stol atrofidagi o'qish jarayoni"da B. Rahimov butun boshli piyesani yodlab olar va hatto repititsiyada o'z partnyorlariga so'z berib turar edi. Bu ham aktyorning o'zgacha hislatlaridan biri bo'lib hizmat qiladi.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimiz ijodkorning butun boshli piyesani yoddan biliib olishi, ijodkorning hayot tajribasida bir necha marotaba foyda keltirgan. Aktyorning hikoya qilishicha, kunlarning birida tomoshabinlarga Erkin Murodov sahnalashtirgan "Muqimiy" spektakli namoyish etilishi kerak edi. Ammo spektaklda asosiy obraz "Xoji Muhiy" obrazini ijro etgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Xayotxon Mahmudov kasal bo'lib qoladi. Rejissyor esa nima qilishni bilmay boshi qotib turganida ushbu spektaklda boshqa obraz "Ashurboy"ni ijro etgan B. Rahimov rejissyorga "Xoji Muhiy" obrazini ijro etishga tayyor ekanligini aytadi. Ammo bu jasoratga hech - kim ishonmaydi. B. Rahimov esa o'sha kuni bor mahoratini ishga solib hammaning hayratiga sazovor bo'ladi. Ammo aktyor bu ijrosidan o'zi qoniqmagan. Chunki uning fikriga ko'ra "Stol atrofidagi o'qish jarayoni"dan to spektaklning tayyor bo'lgunigacha bosib o'tilgan yo'lda tug'ilgan obraz eng qadrli hisoblanadi. Ammo ba'zi bir rejissyorlarimiz hozirgi kunda bir yoki ikki martta o'tkazilgan "Stol atrofidagi o'qish jarayoni"dan so'ng sahnaga chiqib ketadi. Bu albatta mutlaqo noto'g'ri ekanligini mahoratli ijodkor anglab yetishi lozim. Aktyor sahnada emas "Stol

I [ccñ^^BI 422 http://oac.dsmi-qf.uz

atrofidagi o'qish jarayoni"da pishib yetishadi. Bu jarayonda aktyor shunday holatga keladiki stoldan chiqib ketadi. Shunda sahnaga repititsiyaga chiqish kerakligini rejissyor tushinib yetishi kerak. Ana shunda sahnada mezansenalar o'z - o'zidan tug'ila boshlaydi va bu albatta tabiiy ko'rinish oladi.

Ayonki, spektakl yaratish jarayonida ko'plab soha mutaxassislari qatnashadi. Spektakldagi siymolar orqali g'oyaviybadiiy yaxlitlik vujudga keladi. Biroq har bir yaratuvchi, yuksak axloqiy, g'oyaviy-badiiy mezonlarga rioya etmas ekan, oliy maqsad hisoblangan badiiylikka erishib bo'lmaydi. Buning uchun har bir ijodkor qat'iy intizomli bo'lmog'i, o'zini-o'zi tarbiyalamog'i, ko'pchilik qaroriga bo'ysunish kabi ichki qonunlarga so'zsiz itoat etmog'i lozim.2

Aktyorning ahloq va odob sohasidagi tarbiyasi, bir tomondan teatr san'atining o'ziga hos tomonlariga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan aktyorning o'zi tanlagan soha taqazosiga ko'ra, g'oyaviy kurash jabhasining jangchisi sifatida, uzluksiz davom etayotgan g'oyaviy kurashning oldingi safida ekanligiga bog'liqdir. Aktyor-g'oyaviy jabha kurashchisi sifatida, mustaqil Respublikamiz manfaatlarini himoya qilishi, millat va davlat oldidagi o'z mas'uliyatini chuqur anglagan bo'lishi kerak.

Teatr san'ati yo'lida xizmat qilishga bel bog'lagan har bir inson, shu yurtning farzandi sifatida, tomoshabin, teatr jamoasi, pyesa muallifi, sahnadagi hamrohi (partnyor) va nihoyat o'z vijdoni oldidagi mas'uliyatini chuqur anglagan holda zimmasidagi sharafli vazifani his etishi shart.

B.Rahimov ijodkor sifatida ana shunday teatr qonunlariga, jumladan teatrning harbiycha intizomiga qat'iy amal qiladi. Uning naznida aktyor o'zi uchun topshirilgan obrazga jiddiy munosabatta bo'lishi, yengil - yelpi ijrodan saqlanishi kerak. Har bir aktyor mas'uliyatli bo'lishini, ishga jiddiy yondoshish maqsadga muvofiq ekanligini bot - bot eslatib turadi. Sahnaga chiqib u yoqdan - bu yoqqa yugirib o'tib ketish bilan obraz paydo bo'lib qolmaydi. Spektakl namoyishi vaqtida o'zining shaxsiy ishi bilan mashg'ul bo'lgan aktyorlardan voz kechish kerak. Halol va mas'uliyatli aktyorgina teatr sahnasiga munosib. B. Rahimov ana shunday "Artistlar" bilan doimo olishib keldi va bunday aktyorlarni tanqid qilib kelgan.

Yosh aktyorda dramaturg, pyesa tiliga ham alohida hurmat xissini tarbiyalash avvalo aktyorning etik madaniyati talablaridan biri xisoblanadi. Aktyor biror-bir asar qahramonini ijro etar ekan pyesada keltirilgan so'zdan ortiqcha so'zni qo'llamasligi, o'zidan so'z qo'shmasligi kerak.3

Vaholanki, bugungi kunda teatrlarimizda bu masalaga mutlaqo e'tibor berilmaydi. Aktyor har bir so'z qadrini bilishi, xis etishi, muallif maqsadi, uslubiyatiga chuqur hurmat bilan qarashi lozim.

2 J. Mahmud - Aktyorlik mahorati. O'quv qo'llanma. T.: «Bilim» nashriyoti, 2005, 192 b. [7]

3 G. Muxamedova, R. Usnatov "Aktyorlik mahorati" «Navro'z» nashriyoti-Toshkent - 2020, 187 b[19-b]

"Ba'zan shunday aktyorlarga duch kelamizki ular sahnada rol ijro etadi lekin so'zi yod emas. Yoki ko'zlariga qarasangiz ko'zida hech narsa yo'q, yuragi bo'm - bo'sh. Agar shu aktyorlar sahnadan chiqqandan so'ng yuragini ushlab ko'rsangiz ko'chib ketgan xovliga o'xshaydi, bo'm - bo'sh. Agar o'sha vaqtda aktyor yashasa uning yuragi chiqib ketaman deb uradi. Shuning uchun ham obrazga jiddiy yondoshish kerak va albatta nonini halollab yeyishi lozim. Shunda yegan luqmang shirinroq tuyiladi." - deb kuyinadi B.Rahimov.

B.Rahimov garchi oliygoxda drama aktyorligi yo'nalishini tamomlagan bo'lsada, ijodkor, musiqali drama spektakllarda ham bir qator rollar ijro eta olgan. Jumladan S. Abdulla piyesasi asosida sahnalshtirilgan "Tohir va Zuhra" musiqali dramasida "Xon Boboxon" obrazida musiqali aktyor sifatida ko'rishimiz mumkin. Qolaversa "improvizatsiya"ga juda ham usta bo'lgan aktyor, ayni "Tohir va Zuhra" musiqali dramasida "Xon Boboxon" obrazida partnyori bilan ariya kuylayotganda duetdoshi ariyani nomalum notada tugatadi. Bu xolatni kuzatib turgan san'at vakillari B.Rahimovni qanday yo'l tutishini kutib turganida ijodkor, o'z mahoratini ishga soladi va kerakli notadan ariyani davom etdiradi. Bu xolatda o'zini yo'qotib qo'ymagan va "improvizatsiya"ga usta aktyor, olqishlarga sazovor bo'ladi.

Aktyor sahnada partnyori oldida ham ma'suliyatlidir. Zero, sahnada badiiy hayot aktyorlarning o'zaro hamkorlikdagi hatti-xarakatlari orqali yuzaga keladi. Aktyorning partnyori oldidagi ma'suliyati unga nisbatan e'tiborli bo'lishga, o'ziga nisbatan bildirilayotgan munosabatni ilib olib unga qarshi munosabat bildirishga zamin yaratadi.

Aktyorning zimmasidagi ma'suliyatlar qatorida uning o'zi oldidagi ma'suliyat ham mavjudki, aktyor buni qalban xis etishi, o'zida ma'naviy, ruxiy, ijodiy kayfiyatni tarbiyalashi, rivojlantirishi, asrab-avaylashi kerak bo'ladi. Shu boiasdan ham B.Rahimov, ustoz shogird an'anasiga alohida e'tibor qaratgan holda yosh ijodkorlar bilan yelkama - yelka ijod qiladi va ularga o'z kasbiga mas'uliyat bilan yondashishi krak ekanligini doimiy eslatib turadi. A.Azizov sahnalashtirgan A.Obitjonning "Qo'ng'iroqli aldoqchi" ertak spektaklida "Eshak" obrazida yoshlar qatorida tengma -teng ijod qilgani bunga yaqqol misol bo'la oladi. Aktyorning kamtarligini shu orqali ham bilish mumkin. Aksariyat katta aktyorlar bunday kichik rollarni rad etadi. Ammo B.Rahimov har qanday rol bo'lmasin rad javobini bemaydi va doimo sidqi dildan mehnat qiladi. Sahnada yoshlar bilan bir qatorda mehnat qilar ekan doimo yosh ijodkorlarga o'z ko'rsatmalarini berib boradi.

Kuzatuvchanlik aktyor uchun eng kerakli qurol ekanligini juda yaxshi bilamiz. "Artist na faqat sahnada, xattoki xayotda ham diqqatli, kuzatuvchan bo'lish kerak. Atrof-xayotda aktyor e'tiborini nimaiki tortsa, u barcha diqqatini shunga qarata bilish kerak. Kuzatayotgan obyektini faqat sirtdan emas ichidan ham kuzatish kerak. Aktyor

birinchi o'rinda to'g'ri ko'rish, eshitishni o'rganishi maqsadga muvofiqdir."4 B.Rahimov ham biror obraz ustida ishlar ekan, obraz harakterlarini atrofdan izlaydi. Ko'cha - kuyda yurar ekan odamlarni doimo kuzatib boradi va o'zi uchun topshirilgan obraziga yaqin xarakatlar yoki fe'l - atvorlarni o'z obrazi uchun tadbiq etadi.

"Mixail Chexov uchun rol ustida ishlashning dastlabki onlaridanoq aktyor o'ziga topshirilgan rolning tashqi qiyofasi, hulq-atvorini qidirishdan boshlamog'i kerak degan g'oyani ilgari suradi. Chexovning fikricha, biz sahnada o'zimizni emas aksincha tasavvurimizda hosil qilgan qahramonimiz timsolini yaratamiz. Agar M.Chexov uchun "ijodiy ilhom" muhim hisoblansa, Stanislavskiy uchun "ijodiy ilhom" "sistema"ni o'zlashtirgan aktyorda o'z-o'zidan paydo bo'ladigan ilohiy hissiyotdir."5

Biroq chinakam aktyor hissiyotning tashqi ifodasini masxara qilmasligi, obrazni yuzaki ko'chirib olmasligi, aktyorlikka rasm bo'lib qolgan odatlarga binoan mexanik ravishda o'ynamasligi lozim. Balki chinakam hayotiy, insoniy xatti-harakat qilmog'i kerak. Obraz va ehtiroslarni o'ynab bo'lmaydi, balki obrazga kirib, ehtiroslarning ta'siri ostida xatti-harakat qilmoq kerak.

"Sahnada bekordan - bekorga yugurish va azob chekish mumkin emas. Sahnada xatti-harakat qilaman deb, "umuman" harakat qilishning keragi yo'q. Balki asosli, maqsadga muvofiq va unumli xatti-harakat qilmoq kerak. Asosli va maqsadga muvofiq harakat chinakam xatti-harakat demakdir."6 Shunday ekan aktyor sahnada har qanday holatda ham maqsadga muvofiq xatti-harakat qilmog'i lozim.

Agar aktyor o'z rolini ishonarli hayotiy haqiqat mezonlaridan kelib chiqib ijro etsa tomoshabin o'z-o'zidan unga ergashadi, u bilan birga his-xayajonga beriladi va aktyorning sahnadagi iztiroblariga hamdard bo'ladi.

B.Rahimov sahnada hatti - xarakat qilar ekan har bir obrazini cho'milib, maza qilib ijro etar edi. Madamin Jo'rayev sahnalashtirgan "Kuyovning omonati" (H.Rasul.) spektaklda "Abror" obrazida, Ozarbayjon yozuvchilar uyishmasi raisi (sobiq) Imron Qosimovning "Inson mehri", Tojikiston madaniyat vaziri (sobiq) Mehribon Nazarovning "Do'st nidosi" kabi bir qator asarlarda yaratgan obrazlarida o'zgacha zavq bilan ijro etgan. Ushbu asarlardagi ijrolari aktyor uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki aktyorning eng gullagan davrida ushbu asarlar sahna yuzini ko'radi va shu asarlar bilan birga ijodkorning yorqin qirralari ochilib borgan.

"Shunday rollar bo'ladiki sahnada ijro vaqtida maza qilasan va o'zingdan nima qo'shsang ham tomoshabin sen bilan birga ergashadi. Ba'zi rollar bo'ladiki, maza qilib ijro etasan ammo o'zingdan hech narsa qo'sha olmaysan. Chunki bu mumkin emas natijasi jiddiy oqibatlar keltirishi mumkin. O'z qolipidan chiqdimi yoki bachkana yoki "na igrash" bo'lib qoladi. Shuning uchun har qanday rolning mazasini o'zgacha qa'bul

4 G. Muxamedova, R. Usnatov "Aktyorlik mahorati" «Navro'z» nashriyoti-Toshkent - 2020, 187 b[21-b]

5 G. Muxamedova, R. Usnatov "Aktyorlik mahorati" «Navro'z» nashriyoti-Toshkent - 2020, 187 b[10-11-bb]

6 K. S. Stanislavskiy "Aktyorning o'z ustida ishlashi" "Yangi asr avlodi" - Toshkent - 2017 [544] 66-bet

I fctlT^^^^H 425 http://oac.dsmi-qf.uz

qilish lozim. Rol ham shirinlikka o'xshaydi yegan sari yeging kelaveradi. Afsuski ba'zi "artistlar" buni his eta olmaydi." - deydi, B. Rahimov.

Shunday ekan teatr san'ati yo'lida xizmat qilishga bel bog'lagan har bir inson, shu yurtning farzandi sifatida, tomoshabin, teatr jamoasi, pyesa muallifi, sahnadagi hamrohi (partnyor) va nihoyat o'z vijdoni oldidagi mas'uliyatini chuqur anglagan holda zimmasidagi sharafli vazifani his etishi shart.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki teatr san'atida uchraydigan illatlarni murg'aklik holatidayoq, bartaraf etishga qodir aktyor, san'atning murakkab bu sohasiga o'z umrini baxshida qilsa arziydi. Madomiki, inson teatr deb atalmish bu sehrli va sirli olamga bo'sag'asiga qadam ko'yar ekan, o'zida mavjud barcha illatlarni tashqarida qoldirib, ichkariga kirishi kerak. Aktyorning ichki va tashqi holatidan, teatrga aloqasi bo'lmagan sifatlarni topib bo'lmaslik kerak. Chunki aktyordagi barcha insoniy hislatlarga o'rgatishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qo'qon teatri. https:uz.m. Wikipediya.org. / wiki.

2. Abdullayeva M. Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati. "Tafakkur qanoti" nashriyoti. Toshkent. 2014. 174 b.

3. Abdullayeva M. Sahna - mahorat maktabi. "Chashma print" nashriyoti Toshkent. 2011. 156 b.

4. Abdullayeva M. Rejissura. "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti. Toshkent. 2016. 178 b.

5. Stanislavskiy K.S. Aktyorning o'z ustida ishlashi. (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent. - "Yangi avlod", 2017. 256 b.

6. Usmanov R. Rejissura. "Fan". Toshkent. 1997. 148 b.

7. Mahmudov J. Aktyorlik mahorati. O'quv qo'llanma. Toshkent. 2005. 224 b.

8. G. Muxamedova, R. Usnatov "Aktyorlik mahorati" «Navro'z» nashriyoti-Toshkent - 2020

9. M. Umarov "Milliy teatr va Mannon Uyg'ur estetikasi" "Musiqa" nashriyoti Toshkent - 2006

10. Sh.Usmonov "Sahna harakati va jangi" "Navro'z Nashriyoti" Toshkent - 2014

11. Sh.Usmonov "Ritmika - Plastika" - o'quv qo'llanma Toshkent — 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.