Научная статья на тему 'BO’LAJAK AKTYORLARDA SAHNAGA, SANʼATGA, O’Z BURCHIGA NISBATAN HURMAT XISSINI TARBIYALASH OMILLARI'

BO’LAJAK AKTYORLARDA SAHNAGA, SANʼATGA, O’Z BURCHIGA NISBATAN HURMAT XISSINI TARBIYALASH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
66
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
sahna / san’at / etika / estetika / aktyorlik / rejissorlik / intizom / dramaturg / pyesa

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — R.Zununov

Ushbu maqolada bo’lajak aktyor o’zida sahnaga, sanʼatga, o’z burchiga nisbatan alohida bir munosabat tuyg’usini tarbiyalashi, u sanʼat nima ekanligini, o’z hayotini nimaga bag’ishlaganligini to’liq anglab yetishi, sanʼatga, teatrga, sahnaga va uning xizmatchilariga alohida hurmat va munosabatda bo’lishi omillari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK AKTYORLARDA SAHNAGA, SANʼATGA, O’Z BURCHIGA NISBATAN HURMAT XISSINI TARBIYALASH OMILLARI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

BO'LAJAK AKTYORLARDA SAHNAGA, SAN'ATGA, O'Z BURCHIGA NISBATAN HURMAT XISSINI TARBIYALASH OMILLARI

R.Zununov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo'lajak aktyor o'zida sahnaga, san'atga, o'z burchiga nisbatan alohida bir munosabat tuyg'usini tarbiyalashi, u san'at nima ekanligini, o'z hayotini nimaga bag'ishlaganligini to'liq anglab yetishi, san'atga, teatrga, sahnaga va uning xizmatchilariga alohida hurmat va munosabatda bo'lishi omillari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: sahna, san'at, etika, estetika, aktyorlik, rejissorlik, intizom, dramaturg, pyesa

FACTORS FOR EDUCATING A SENSE OF RESPECT IN FUTURE ACTORS FOR THE STAGE, ART, AND THEIR ROLE

R.Zununov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, the future actor should develop a special attitude towards the stage, art, his duty, fully understand what art is, what he has dedicated his life to, art, theater , it is told about the factors of special respect and attitude to the stage and its servants.

Keywords: stage, art, ethics, aesthetics, acting, directing, discipline, playwright,

play

San'at sohasining har bir vakili oddiy insonlarga qaraganda madaniyat vakili sifatida o'zini tutishi estetik va etika doirasida qolganlarga namuna bo'lishi lozim, ayniqsa aktyorlik kasbini egallamoqchi bo'lgan har bir talaba avvalo sahna madaniyatini o'zida shakllantirishi joiz. Shu jihatdan olib qaralganda aktyorning axloq va odob sohasidagi tarbiyasi bir tomondan teatr san'atining o'ziga xos tomonlariga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan aktyorning o'zi tanlagan soha taqozosiga ko'ra ekanligi bilan bog'liqdir. Ularning ta'biricha, aktyorning estetik tarbiyasi qo'shimcha unsur emas, zaruriy sifat hisoblanadi. K.S.Stanislavskiy o'zining ko'plab ilmiy va nazariy ishlarida aktyor va teatr xodimlarining etik va estetik tarbiyasiga alohida urg'u berib o'tgan. Buyuk aktyorlar hayotiga nazar tashlasangiz, ular o'z yurish-turishi, muomala madaniyati, jamoa o'rtasida o'zini tuta bilishi, samimiy va kamtarinligi, xushfe'lligi bilan boshqalardan ajralib turishgan.

I icclT^^^^H ^ http://oac.dsmi-qf.uz

San'atda go'zallik kategoriyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Estetika fani - go'zallik san'atning zarur sharti ekanligini, go'zalliksiz san'atning yo'qligi va bo'lishi muhim emasligini uqtiradi. Mukammallik talab qiladigan sahna san'atiga bo'lgan muqaddas hurmat tuyg'usi talabalikning ilk bosqichidan guruhda shakllanishi kerak. Shuning uchun birinchi bosqich darslaridagi guruhli mashqlar temir intizom asosiga quriladi. Chunki, intizom bor joyda aktyor uchun eng zarur bo'lgan sahnaviy diqqatni shakllantirish mumkin.

San'atning o'ziga xos xususiyati uning voqelikni ilg'or g'oyaviy nuqtai nazardan turib badiiy obrazlarda aks ettirishdir . San'atning badiiy shakli til, uslub, obraz kabilar bo'lib, ular mazmunini ifodalash uchun xizmat qiladi . Bo'lg'usi aktyorlarda badiiy did va saviyani o'stirish uchun o'qituvchilar ixtiyorida rag'batlantirish va tanbeh berish kabi vositalar mavjud. Har ikkala vosita ham nozik, ammo o'tkir qurol bo'lib, ulardan unumli foydalanishda o'qituvchidan ehtiyotkorlik, sezgirlik, aniqlik va eng muhimi tushuntira olishlik talab qilinadi. Bu ikki vositadan ehtiyotkorona va sezgirlik bilan foydalanmaslik talabalarda ijodiy zaiflikni keltirib chiqarishi mumkin.

K.S.Stanislavskiyning nomi butun jahonda teatr san'atining reformatori sifatida mashhurdir. XX asrning boshlaridayoq uning g'oyalari barcha chegaralarni hatlab o'tib, san'at ziyolilarining madaniyat durdonasiga aylanib, xalqqa yaqin bo'lgan san'atni vujudga keltiradi. U yaratgan «sistema» realistik san'at bo'lib, barcha «aktyorlik» va «rejissorlik» maktablari san'atining asosiga aylandi. Stanislavskiy g'oyalarida bir qancha artistik avlodlarning tajribasi umumlashtirilib, zamonaviy teatr estetikasining asosiy qirralari shakllangan. Shu tufayli uning ijodiy g'oyalari, estetik dasturi butun jahonda tan olindi.

Uning estetik qarashlari va novatorligi faqatgina teatr bilangina chegaralanmay, balki ijodiy jarayon haqidagi g'oyalari badiiy ijodiyotning barcha yo'nalishlarida qo'llanib kelinmoqda. Estetikaning umumiy masalalarini yechishda, badiiy ijodiyotning psixologiyasini ochib berib, ijodiy jarayonni qanday egallash, inson ma'naviy hayotiga qanday kirib borish yo'llarini ko'rsatib beradi.

San'atkor degan ulug' nomga dog' tushirmaslikning yagona yo'li halol, mashaqqatli mehnatdir. Z.Muhammadjonov qat'iy talab qilgan edi: "Aktyor hech qachon qora mehnatdan qochmasligi kerak". Katta aktyor ham, boshlovchi artist ham san'at mashaqqatlarini yengib o'tgandagina o'z maqsadiga erishadi" Aktyorning o'z bilganidan qolmasligi, sahnada o'zini o'ta erkin his qilishi, avvalo tomoshabinlarga hurmatsizlik sanalsa, ikkinchi tomonda rejissorning aktyorlar etikasiga e'tibor qaratmaganligidan dalolat beradi.

Aktyor o'zida sahnaga, san'atga, o'z burchiga nisbatan alohida bir munosabat tuyg'usini tarbiyalashi va tobora mustahkamlab borishi lozim. U san'at nima ekanligini, o'z hayotini nimaga bag'ishlaganligini to'liq anglab yetishi darkor.

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

San'atga, teatrga, sahnaga va uning xizmatchilariga alohida hurmat va munosabatda bo'lish ham maqsadga muvofiqdir. Aktyor uchun sahna san'atini mukammal egallash bilan birgalikda jamoaga va sahnaga hurmat, mehr-muhabbat talab etiladi.

Agar bo'lajak aktyor, jamoa manfaati nimaligini, hamkasblarini qo'llab-quvvatlashning ahamiyatini, jamoa manfaatini o'z manfaatidan ustun qo'yish, to'g'ri so'zli, halollik kabi xislatlarni o'quv dargohidagi ta'lim olish jarayonida anglab yetmasa, o'zlashtirmasa, professional teatr sahnasida bu fazilatlarni o'rganish uchun vaqt ham, imkoniyat ham bo'lmaydi.

Etik madaniyat talablari har bir davr, zamon, muhit ta'sirida o'zgarib boradi. Ammo, uning zaminida yotgan asosiy g'oya, oliy, ezgu maqsad - guman xislat, badiiy did, etik madaniyat o'zgarmaydi. Balki, yanada sayqallanib, rivojlanib boraveradi.

Teatr shunday murakkab zaminki, unda bir vaqtning o'zida ham chiroyli, nafis gul, ham tikanak o'sishi, ozuqa olishi mumkin. Bu zamin har ikkisini - yuksak ezgu niyatli, teatrga sodiq, uning uchun har qanday qurbonlikka tayyor ijodkorni ham, o'ziga xaddan tashqari bino qo'ygan, xudbin, san'atdan faqat shuxratparastlik, o'z manfaati yo'lida foydalanuvchilarni ham o'z o'g'itlari, boy ma'danlari bilan birdek ta'minlaydi. Shunga qaramay, xaqiqiy aktyorlargina yillar silsilasida, tarix zarvaraqlarida abadiy yashashi mumkin.

Yosh aktyorda dramaturg, pyesa tiliga ham alohida hurmat xissini tarbiyalash avvalo aktyorning etik madaniyati talablaridan biri xisoblanadi. Aktyor biror-bir asar qahramonini ijro etar ekan, pyesada keltirilgan so'zdan ortiqcha so'zni qo'llamasligi, o'zidan so'z qo'shmasligi kerak. Vaholanki, bugungi kunda teatrlarimizda bu masalaga mutlaqo e'tibor berilmaydi. Aktyor har bir so'z qadrini bilishi, xis etishi, muallif maqsadi, uslubiyatiga chuqur hurmat bilan qarashi lozim. Teatr shunday murakkab zaminki, unda bir vaqtning o'zida ham chiroyli, nafis gul, ham tikanak o'sishi, ozuqa olishi mumkin. Bu zamin har ikkisini - yuksak ezgu niyatli, teatrga sodiq, uning uchun har qanday qurbonlikka tayyor ijodkorni ham, o'ziga xaddan tashqari bino qo'ygan, xudbin, san'atdan faqat shuxratparastlik, o'z manfaati yo'lida foydalanuvchilarni ham o'z o'g'itlari, boy ma'danlari bilan birdek ta'minlaydi. Shunga qaramay, xaqiqiy aktyorlargina yillar silsilasida, tarix zarvaraqlarida abadiy yashashi mumkin.

Aktyor sahnada partnyori oldida ham ma'suliyatlidir. Zero, sahnada badiiy hayot aktyorlarning o'zaro hamkorlikdagi hatti-xarakatlari orqali yuzaga keladi. Aktyorning partnyori oldidagi ma'suliyati unga nisbatan e'tiborli bo'lishga, o'ziga nisbatan bildirlayotgan munosabatni ilib olib unga qarshi munosabat bildirishga zamin yaratadi.

Aktyorning zimmasidagi ma'suliyatlar qatorida uning o'zi oldidagi ma'suliyat ham mavjudki, aktyor buni qalban xis etishi, o'zida ma'naviy, ruhiy, ijodiy kayfiyatni tarbiyalashi, rivojlantirishi, asarb-avaylashi kerak bo'ladi.

Teatr maktabi o'quvchilari bilan badiiy havaskorlik ishtirokchilariga aktyorlik mahoratini egallayotgan paytida aniq tavsiya berib bo'lmaydi. Aktyorlik kasbini o'rgatib ham bo'lmaydi. Ammo aktyorlik maxoratini o'rganish mumkin. Darhaqiqat, sahnada rol ijro etishning bir qolipga tushirilgan qonun-qoidasi yo'q . Xususan, Gamlet obrazini qanday yaratish mumkinligiga aniq ko'rsatma berib bo'lmaydi. Teatr san'ati paydo bo'lganidan boshlab aktyorning o'zi nima uchun aynan shu rolni o'ynayotganligi bilan bog'liq eng muhim masalani o'zi hal qilgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.

Bugungi kun zamonaviy aktyori tezkor shiddat-shaxdga ega, Yangilikka intiluvchi bo'lishi bilan birga, sokin, beg'ubor ijod ilhomiga ham ega bo'lishi kerak. Zero, tobora rivojlanib borayotgan asrimiz ijodkor, aktyordan, balki, ishchanlik, tezkorlikni talab etadi. Aktyor esa xalq ko'zgusi. Oddiy insonlardan bir pog'ona yuqoriroqda, oldinroqda, xalqqa o'rnak. Teatr sahnasining tomosha zalidan bir-ikki pog'ona yuqorida ekanligining ma'no-mohiyati ham shundadir balki. Bu falsafa aktyorning zimmasiga san'at va o'zi oldida juda katta ma'suliyat yuklaydi. U teatr san'atining asosiy quroli sifatida o'zini ham jismoniy, ham ruxiy tomonlama turli zararli ta'sirlardan himoya qilishi, noziklik bilan tarbiyalashi lozim. Aktyor ijodi jarayonining dastlabki bosqichida osonlik bilan topilgan shuhrat aktyor shaxsiyati va etik madaniyatiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

O'z-o'zini sevish va xudbinlik aktyorlik kasbida eng birinchi dushman sanaladi. Ijodiy o'z-o'zidan qoniqish aktyor mahoratini o'tmaslashtiradi. Aktyor doim o'z kamchiliklarini bilishi, nazaorat qilishi, ularni bartaraf etishga intilishi lozim. Ba'zi xollarda aktyorni maqtash, qo'llab -quvvatlash albatta extiyojga, zaruriyatga aylanishi mumkin. Biroq, bu borada talaba kelajak faoliyatida shuni inobatga olishi, o'ta ehtiyotkorlik va ziyraklik bilan ish ko'rishi talab etiladi.

Aktyorda sahnadagi to'qima hayotga bo'lgan ishonchini tarbiyalash uchun sahnada ro'y berishi ehtimoli bo'lgan voqea va hodisalarga nisbatan ishonchni tug'dirish uning tasavvurini o'stirish borasida tinimsiz olib boriladigan mashq va mashg'ulotlarga bog'liqdir. Biror-bir narsani, buyumni, hodisani oqlash,(opravdat) aktyor tasavvurini mashq qildirish hamda sahnaviy ishonchini o'stirish demakdir. Sahnada nimaiki ro'y beradigan bo'lsa unga ishonish aktyorning tabiiy ongiga singib ketishi kerak. Agar talaba sahnada nimanidir oqlashim kerak deb, uzluksiz o'ylaydigan bo'lsa hali maqsadga erishilmagan bo'ladi. Sahnada ro'y beradigan barcha voqea va hodisalarga hamisha ishonishga odatlanish uning tabiatiga singib ketishi kerak. Lekin bu hali hamma narsaga erishildi degan gap emas.

Demak, bunga erishishlik uchun qator mashqlar,mashg'ulotlar o'tkazish kerak. Mashqlar esa oddiylikdan murakablikka, yengildan qiyin mashqlar tomon, asta -sekinlik bilan talabaning o'ziga sezdirmagan holda olib borish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mahmudov J. "Aktyorlik mahorati" - Bilim nashriyoti, T.: 2005.

2. Mahmudova J. Mahmudov H. "Rejissura asoslari"- "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" nashriyoti; T:,2008.

3. Maxmudova X.. "Saxnaviy asarning xatti xarakatli taxlili" .T.: Fan va texnologiy. T.: 2012.

4. Stanislavskiy K.S. "Aktyorning o'z ustida ishlashi". T.Xo'jayev tarjimasi.-T.: (qayta nashr) Badiiy adabiyot, 2010.

5. Boltaboeva U. M. Sahna nutqi - o'quv qo'llanma Toshkent, "Innovatsion ziyo"-2019.

6. Boltaboeva U. M. Sahna nutqi - o'quv qo'llanma Toshkent, "Innovatsion ziyo"-2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.