Научная статья на тему 'YORDAMCHI SO'Z TURKUMLARINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI: BOG’LOVCHILAR'

YORDAMCHI SO'Z TURKUMLARINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI: BOG’LOVCHILAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
63
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yordamchi so'z turkumlari / bog'lovchi / ko'makchi / yuklama / sof / vazifadosh. / auxiliary groups of words / connecting / auxiliary / load / pure / target.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mashrabjonov O.

Ushbu maqolada yordamchi so'z turkumlari deb yuritiladigan ko'makchi, bog'lovchi va yuklamaning grammatik xususiyatlari, ular o’rtasidagi farqlar, bir-biriga o'xshash jihatlari, kelib chiqishi va foydalanishi haqida batafsil bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GRAMMATICAL CHARACTERISTICS OF AUXILIARY WORD GROUPS: CONJUNCTIONS

In this article, the grammatical features of the auxiliary verbs, conjunctions, and their differences, similarities, origin, and usage will be discussed.

Текст научной работы на тему «YORDAMCHI SO'Z TURKUMLARINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI: BOG’LOVCHILAR»

Mashrabjonov O. Yetakchi o'qituvchi Andijon davlat chet tillar instituti magistranti

YORDAMCHI SO'Z TURKUMLARINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI: BOG'LOVCHILAR

Annotatsiya. Ushbu maqoladayordamchi so'z turkumlari debyuritiladigan ko'makchi, bog'lovchi va yuklamaning grammatikxususiyatlari, ular o'rtasidagi farqlar, bir-biriga o'xshash jihatlari, kelib chiqishi va foydalanishi haqida batafsil bayon etiladi.

Kalit so'zlar: yordamchi so'z turkumlari, bog'lovchi, ko'makchi, yuklama, sof, vazifadosh.

Mashrabjanov O.

leading teacher graduate student Andijan state foreign languages institute

GRAMMATICAL CHARACTERISTICS OF AUXILIARY WORD

GROUPS: CONJUNCTIONS

Annotation. In this article, the grammatical features of the auxiliary verbs, conjunctions, and their differences, similarities, origin, and usage will be discussed.

Key words: auxiliary groups of words, connecting, auxiliary, load, pure,

target.

Ilmiy adabiyotlardan ma'lumki, grammatika to'g'ri gapirish va yozishni o'rgatadigan yirik bo'lim hisoblanib, morfologiya va sintaksis singari qismlami o'z ichiga qamrab oladi. Morfologiya so'z turkumlarini o'rganadigan bo'limdir. So'z turkumlari o'z ichiga mustaqil so'z turkumlari, yordamchi so'z turkumlari va alohida olingan guruh so'zlarini oladi. Hozir biz shulardan biri bo'lgan yordamchi so'z turkumlarini o'rganib chiqamiz. Yordamchi so'z turkumlari deb, yakka holda ma'no anglatmaydigan, gap bo'lagi vazifasida qo'llanmaydigan, grammatik ma'nolarni ifodalashga ishlatiladigan so'zlarga aytiladi. Ular mustaqil so'zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so'zga va gapning mazmuniga turli qo'shimcha ma'nolar qo'shish maqsadida foydalaniladi.

Yordamchi so'zlar turkumiga ko'makchi, bog'lovchi va yuklama kiradi. Dastlab ko'makchi va uning turlari bilan yaxshilab tanishib olamiz. Ko'makchi bu- ot va otlashgan so'zlardan so'ng kelib, ularni boshqa so'zlarga tobelanish orqali bog'laydigan yordamchi so'zlardir. Masalan: Qo'li bilan yozdi. Bu yerda

ko'makchi "bilan" so'zi bo'lib, u o'zidan oldin kelgan "qo'li" so'ziga bog'lanib kelgan, ikki so'z ya'ni "qo'li bilan" birikmasi bir xil so'roqqa javob bo'ladi va bitta gap bo'lagi vazifasini keladi. Ko'makchilar sof va vazifadosh singari turlarga ajraladi:

1. Sof ko'makchilar- lug'aviy ma'nolarini butunlay yo'qotib, vazifa jihatidan kelishik qo'shimchalariga yaqin turadi. Ular oz bo'lganligi tufayli yodlab olish qiyin emas. Bilan, uchun, kabi, sari, singari, tufayli, sayin, uzra, qadar, yanglig', orqali, haqida ko'makchilari sof ko'makchilar hisoblanadi. Sof ko'makchilarning yana bir o'ziga xos jihati shundan iboratki, ular urg'u olmaydi, urg'u ko'makchidan oldingi so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi.

2. Vazifadosh ko'makchilar- atash ma'nosini butunlay yo'qotib, ma'lum so'roqqa javob bo'lmaydigan, asli ot, sifat, fe'l, ravish kabi mustaqil so'zlarga tegishli bo'lgan so'zlar hisoblanadi. Hozir ularni ham ko'makchi, ham mustaqil so'z sifatida foydalanib ma'nolarini anglashga harakat qilamiz. Ot turkumiga oid bo'lgan ko'makchilar: old, o'rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o'rin, qosh, yoqa, ro'para, tomon, tashqari, bo'yi, chamasi, holda, yo'sinda. Avval ko'makchi sifatida misol keltiramiz: Kechagi o'tilgan ko'makchi mavzusi ustida gap ketyapdi. Bu yerda rostdan ham ko'makchining ustki qismida gap ketayotgani yo'q, ustida so'zi lug'aviy ma'nosini yo'qotgan holda qo'llangan. Endi mustaqil so'z ko'rinishida qo'llaymiz: Stolning ustida qalam turibdi. Nimaning ustida qalam turibdi? Stolning ustida. Ko'rinib turganidek, ikkinchi gapimizda ustida so'zi so'roqqa javob bo'lyapdi ya'ni lug'avi ma'no anglatayapdi. Ravish turkumiga oid ko'makchilarga oldin, avval, so'ng, keyin, burun, ilgari, beri, buyon, asosan, bionan kabi so'zlar kiradi. Gapirmasingdan avval yaxshilab o'yla. Avval o'yla, keyin so'yla. Birinchi gapda ko'makchi kelishik qo'shimchasini olgan so'zdan keyin qo'llanib, bitga so'roqqa javob bo'lmoqda. Keyingi gapda esa alohida ma'no anglatmoqda.

Fe'l turkumiga oid ko'makchilar: deya, deb, atab, qaramay, qarata, qaraganda, degan. Guruhimizga Muxlisa degan qiz keldi. Oyim menga:"Sayoq yurgan tayoq yeydi"-, degan edi. Sifat turkumiga oid ko'makchilar: sababli, qarshi, chog'li, doir, muvofiq, o'zga. Ustozimizning so'zlariga mjvofiq dars o'tildi. Bu kitob bilan, Diyora aytgan kitob birbiriga muvofiq kelmayapdi. Ko'makchilarning turlari shu bilan yakunlanadi. Endi esa ko'makchilar va qo'shimchalar ma'nodoshligiga to'xtalamiz.

Ko'makchilar vazifa jihatidan ayrim kelishik qo'shimchalari bilan o'xshash jihatlari mavjud. Ayrim hollarda ko'makchilar tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigi o'rnida almashib qo'llanadi. Jumladan: Ko'rganini gapirdi -Ko'rgani haqida gapirdi. Onasiga oldi - Onasi uchun oldi. Qalamda yozdi - Qalam bilan yozdi. Televizordan ko'rdi - Televizor orqali ko'rdi. Kabi, sari, yanglig' ko'makchilari esa -dek, -day qo'shimchalari bilan ma'nodoshlik hodisasi kuzatiladi. Shamol kabi yeldi - Shamolday yeldi. Lekin hamma joyda ham kelishik qo'shimchalarini ko'makchilar bilan almashtirish mumkin emas: Do'stiga yordamlashdi gapida jo'nalish kelishigi qo'llangan bo'lib, uning o'rniga

ko'makchini qo'ya olmaysiz, chunki bu uslubiy xatolik hisoblanadi. Shu bilan ko'makchi haqidagi ma'lumotlarimiz o'z nihoyasiga yetdi. So'zlarni va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog'lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so'zlar bog'lovchi deb ataladi. Maysa va daraxtlarga jon kiryapti, chunki bahorning iliq nafasi sezila boshlagan edi.

An'anaviy ravishda so'z turkumlari deb ataladigan leksik-grammatik sinflar jahon tillari tipologiyasining universalligining bir qismidir. Tilshunoslar so'zlarni turkumlashtirishning turli tamoyillarini ishlab chiqdilar. Klassik ingliz grammatikasida bunday mezonlar birinchi navbatda so'zning vazifasi, keyin uning rasmiy xarakteri va nihoyat so'zning ma'nosi inobatga olinadi. L.V. Shcherba ushbu mezonlarda leksik ma'no, morfologik xususiyat va sintaktik funktsiyani o'z ichiga oladi, V.V. Vinogradov ushbu belgilar miqdorini ko'paytiradi va sintaktik vazifasini, morfologik tuzilishi va shaklini, leksik ma'nosini, u yoki bu so'z turkumiga nisbatan shaxsning ifodalash usulini va grammatik kategoriyaning mavjudligi mezonlari deb hisobga oladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, T. Bushuy ingliz tilidagi so'zlarni tasniflashda umumiy qabul qilingan uchta belgi (ma'no, shakl, vazifa) bilan bir qatorda so'zning uyushiq xususiyatini ham hisobga olishni taklifini kiritadi. So'z turkumlari soni bo'yicha tilshunoslar o'rtasida bir fikr yo'qligini ta'kidlab, u ingliz tilida otlar odatda ot, sifat, olmosh, son, fe'l, yuklama, bog'lovchi va ergash gaplarga bo'linadi deya qayd etgan. P. Long zamonaviy ingliz tilida oltita toifani ajratadi: fe'l, ot, sifat, qo'shimcha, olmosh, mutlaq yoki kesim. T.Bushuy so'z turkumlarining tasnifini umumlashtirib, so'zlarni 11 turkumga bo'lish kerak degan xulosaga keladi va ularning ichki bo'linishlarini quyidagicha tavsiflaydi: 1. Leksik ma'no ifodalovchi mustaqil so'zlar to'plami: ot, sifat, olmosh, son, fe'l, ergash gap.

Bog'lovchilar gapda qo'llanilishiga ko'ra ikki xil: yakka holda qo'llaniladigan bog'lovchilar va takrorlangan holda qo'llaniladigan bog'lovchilar. Yakka holda qollaniluvchi bog'lovchilarga va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq, balki bog'lovchilari kiradi. Takrorlangan holda qo'llaniluvchi bog'lovchilarga bir bir, goh goh, ba'zan ba'zan, yo yo, yoki yoki kabilar kiradi. Bog'lovchilar vazifasiga ko'ra teng bog'lovchilar va ergashtiruvchi bog'lovchilarga bo'linadi. Teng bog'lovchilar so'zlarni va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni teng munosabatda bog'laydi va ular o'rtasidagi mazmuniy munosabatlarni qay tarzda ifodalashiga ko'ra biriktiruv bog'lovchilari(va, ham, hamda), zidlov bog'lovchilari(ammo, lekin, biroq, balki), ayiruv bog'lovchilari(yo, yoki, yo...yo, yoki...yoki, goh...goh, ba'zan...ba'zan, bir...bir) inkor bog'lovchisi(na...na) kabi turlarga bo'linadi. Teng bog'lovchilardan eng e'tibor talab qiladigani bu inkor bog'lovchisi, chunki u inkor yuklamasi bo'lib ham keladi. Bog'lovchi vazifasini bajarganda, gapning kesimi bo'lishli shaklda keladi. Yuklama vazifasini bajarganda esa, gapning kesimi inkor shaklda bo'ladi. Bog'lovchilarning ikkinchi turi ergashtiruvchi bog'lovchilar bo'lib, ularning turlari quyidagicha: aniqlov bog'lovchilari(-ya'ni, -ki), sabab bog'lovchilari(chunki, negaki), shart

bog'lovchilari(agar, garchi, garchand, mabodo, basharti), chog'ishtiruv bog'lovchilari(go'yo, go'yoki, xuddi), maqsad bog'lovchisi(toki). Bog'lovchilar kelib chiqishiga ko'ra, sof va vazifadosh bog'lovchilar singari turlarga ajraladi. Sof bog'lovchilar faqat bog'lovchi vazifasini bajaradigan so'zlardir: va, lekin, chunki, agar. Vazifadosh bog'lovchilar esa, boshqa turkumlarga mansub bo'lib, o'rni bilan bog'lovchi vazifasini bajaradigan so'zlardir.Mustaqil so'z va gaplarga qo'shimcha ma'no beradigan yordamchilar yuklama deb yuritiladi. Yuklamalarning tuzilishi, ma'no jihatdan turlari, yozilishi, sof hamda vazifadoshligi o'rganiladi. Sof yuklamalar faqat yuklama guruhiga kiradigan so'zlar hisoblanadi. Ular: faqat, hatto, -mi, -ku kabilardir. Vazifadosh yuklamalar boshqa vazifalarda ham qo'llaniladigan yuklamalardir. Aytmoqchi bo'lgan narsam shuki, ko'makchilarda sof yoki vazifadosh kabi turlarga bo'linadi. Unda sof ko'makchilar qotib qolgan va sanoqlidir. Bog'lovchilarda sof bog'lovchilar faqat bog'lovchi bo'libgina keladigan so'zlar. Yuklamalarda ham xuddi shunday. Ko'makchilarda bilan so'zi sof hisoblanadi, bog'lovchida esa vazifadosh. Bundan kelib chiqadiki, yordamchi so'z turkumlari deya umumlashtiriladigan bir tipdagi turlar birbiriga umuman mos emas. Bir qarashda, o'zlashtirish, tushunish va eslab qolish ham nihoyatda qiyin.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki, bizning grammatikamiz ham oson, ham murakkab jihatlarga ega. Ba'zi ma'lumotlar oson tushuntirilgan, ba'zi ma'lumotlar juda-juda qiyin. Hozirgina ko'rib o'tgan yordamchi so'z turkumlarimizning ichidagi o'zgachaliklar ham bizni hayratda qoldiradi. Mening fikrimcha, bir tipga kiruvchi so'z turkumlarining tuzilishi, turlarini bir xil nomlab ozgina bo'lsa ham osonlashtirish kerak. Misol o'rnida ko'makchilarning sof yoki vazifadoshligi uning turlari hisoblanadi. Bog'lovchining sof yoki vazifadoshligi esa kelib chiqishiga ko'ra turi deya belgilanadi. Yuklamalarda berilmagan ham, oddiygina qilib "Yuklamalar ham sof yoki vazifadosh bo'lishi mumkin" deb qayd etilgan xolos. Yoshlar chet tillarni o'rganganlari yaxshi, albatta. Lekin o'z ona tilimizni birinchi o'ringa qo'yishib chuqur va puxta o'rganishimiz kerak. Uning rivojlanishi uchun o'z hissamizni qo'shishimiz juda muhim masala hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. N.Mahmudov Ona tili (Umumta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik); T. Fan; 2009- yil, 87- bet;

2. A.Nurmonov, A.Sobirov, N.Qosimova Hozirgi o'zbek adabiy tili; Toshkent; 2013-yil, 103-bet;

3. Rustamov M.A., Asriyans M.I. Ingliz tili grammatikasi; O'quv qo'llanma" O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi; 2006- yil, 44- bet;

4. Аксененко Б.Н. Exercises in English Prepositions; - Cn6.: СПбГУ, 2012. -148 с.;

5. Бархударов Л.С. Очерки по морфологии английского языка; - М., 1975. -156 c.

6. Бархударов Л.С. Язык и перевод; Москва, 1975. - С. 18; Воронцова Г. Н. "Очерки по грамматике английского языка; Москва, 1976, - 69 c.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.