Научная статья на тему 'SO’ZLARNING TURKUMLARGA AJRATILISHI'

SO’ZLARNING TURKUMLARGA AJRATILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5678
343
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
So’z turkumlari / morfologiya / sintaksis / tilshunoslik / grammatika / word categories / morphology / syntax / linguistics / grammar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M. Mamatova

Mazkur maqolada so’z turkumlarining shakillanishi, taraqqiyot bosqichlari va uning rivojlanish bosqichlari, shuningdek o’zbek tilshunosligida morfologiya va sintaksis bo’limlarining shakllanishiga oid tadqiqotlar tahlil qilingan. O‘zbek tilida so‘z turkumlarining taraqqiyoti masalalariga oid mavjud materiallar o’rganilib, tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEPARATION OF WORDS INTO CATEGORIES

This article analyzes the formation of word categories, stages of development and stages of its development, as well as studies on the formation of sections of morphology and syntax in Uzbek linguistics. Available materials on the issues of development of word categories in Uzbek language were studied and relevant conclusions and recommendations were given.

Текст научной работы на тему «SO’ZLARNING TURKUMLARGA AJRATILISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SO'ZLARNING TURKUMLARGA AJRATILISHI Sharipov F

Ilmiy rahbar. Gul.DU, tilshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi, professor Mamatova Marg'uba Ummatqul qizi

Guliston Davlat Universiteti Lingvistika: O'zbek tili yo'nalishi 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7315767

Annotatsiya. Mazkur maqolada so'z turkumlarining shakillanishi, taraqqiyot bosqichlari va uning rivojlanish bosqichlari, shuningdek o'zbek tilshunosligida morfologiya va sintaksis bo'limlarining shakllanishiga oid tadqiqotlar tahlil qilingan. O'zbek tilida so'z turkumlarining taraqqiyoti masalalariga oid mavjud materiallar o'rganilib, tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan.

Kalitso'zlar: So'z turkumlari, morfologiya, sintaksis, tilshunoslik, grammatika

РАЗДЕЛЕНИЕ СЛОВ НА КАТЕГОРИИ

Аннотация. В данной статье проанализированы исследования по формированию категорий слов, этапам их развития и этапам их развития, а также по формированию разделов морфологии и синтаксиса в узбекском языкознании. Изучены имеющиеся материалы по вопросам развития категорий слов в узбекском языке, сделаны соответствующие выводы и рекомендации.

Ключевые слова: категории слов, морфология, синтаксис, Лингвистика, грамматика

SEPARATION OF WORDS INTO CATEGORIES

Abstract. This article analyzes the formation of word categories, stages of development and stages of its development, as well as studies on the formation of sections of morphology and syntax in Uzbek linguistics. Available materials on the issues of development of word categories in Uzbek language were studied and relevant conclusions and recommendations were given.

Keywords: word categories, morphology, syntax, linguistics, grammar

KIRISH

Insoniyat ko'rgan, eshitgan va his qilgan narsalarini turlarga ajratadi. Turlarga ajratish doimo taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Chunki qiyoslash inson tabiatiga hos narsa. Masalan, gulni hidi, rangi, katta-kichikligi va hakozolarga qarab turlarga, navlarga ajratamiz. Biroq guruhlarga, turlarga ajratish uchun ko'rilayotgan narsa yoki hodisa kamida ikkita bo'lishi lozim. Bilamizki, tilda rang-barang, son-sanoqsiz so'zlar mavjud. Tilshunoslik fanining rivojlanib,mukammallashib borishi bilan so'zlarni turkumlarga ajratish ham takomillashib borgan.

METOD VA MEDOLOGIYASI

So'zlarni turkumlarga ajratish, ya'ni so'z turkumlari tizimini o'rganish masalasi qadim davrlarga borib taqaladi. Har qanday tilshunos yoki tadqiqotchi fanning ichiga kirib borar ekan, dastavval so'zlarning taraqqiyoti, rivojlanish tarixi bilan tanishib chiqadi.

Men ham yosh tilshunos sifatida "So'zlarning turkumlarga ajratilishi" mavzusidagi ilmiy maqolamda davr tilshunosligi, so'zlarni turkumlariga ajratish borasidagi olib borilgan bir qator ilmiy ishlarni o'rganib, ularni jamlashga harakat qildim. Zero, har bir so'zning o'z tarixi va tasnifi bor.

1535

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TADQIQOT NATIJASI

So'zlarni turkumlarga ajratuvchi me'zonlar, belgilar to'g'risida ko'p bosh qotirilgan. Bu muammoning yechilish tarixi hozirgi kunda uch asosiy bosqich: strukturalizmgacha bo'lgan davr, strukturalizm davri, strukturalizmdan keyingi, ya'ni hozirgi davrga ajratiladi. Tilshunoslik tarixida strukturalizm oqimi paydo bo'lguncha, ya'ni o'tgan asrning 30-yillarigacha bo'lgan davrda so'zlarni turkumlarga ajratishda asosan uch o 'lchov: so'zlarning leksik-grammatik ma'nosidan, so'zlarning morfologik belgilari, ya'ni so'zning grammatik shaklidan, so 'zlarning gapdagi sintaktik vazifasidan foydalanilgan. Strukturalistlar esa faqat birgina belgi, ya'ni so'zlarning disributsiyasi (bir so'zning chap va o'ng tomonidan sintaktik aloqaga kirishishi mumkin bo'lgan hamma imkoniyatlari) dan foydalanishadi. Hozirgi kun grammatikalarida so'zlarni turkumlarga ajratishdaasosan besh belgi: so 'zning leksik-grammatik m a'nosi;- so 'zning grammatik shakli;- so 'zning sintaktik vazifalari; - so 'z yasovchi morflar; - so 'zning distributsiyasidan foydalaniladi

So'zlar gapda bajaradigan sintaktik vazifasi, lug'aviy ma'nolari hamda morfologik belgilariga ko'ra o'zaro farqlanuvchi turli guruhlarni tashkil etadi. So'zlarning lug'aviy va grammatik jihatdan farqlanishiga ko'ra bunday guruhlarga bo'linishi so'z turkumlari deyiladi. Aniqroq aytadigan bo'lsam, o'z turkumlari — tildagi so'zlarning ularda umumiy kategorial ma'noning (masalan: otlarda predmetlik, fe'llarda harakat-holat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining, o'ziga xos so'z o'zgarish, shakl va so'z yasalish tiplarining, sintaktik kategoriyalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari hisoblanadi.

MUHOKAMA

Miloddan avvalgi IV asrda qadimgi yunon faylasufi, Aristotel (Arastu) so'z turkumlarini 7 ga, miloddan avvalgi V asrda hind tilshunoslaridan Panini (III-II asrda Panining grammatika va grammatik kategoriyalar haqida fikr yuritganligi ma'lum) va Yaska 4 (ot, fe'l, ko'makchi va yuklama. Bunda fe'l harakatni ifodalovchi, ot esa substansiya-ifodalovchi, yuklama va ko'makchi so'z o'rtasidagi munosabatni, shuningdek, insonning o'z fikriga munosabatini ifodalovchi hodisa sifatida berilgan) ga bo'lganlar. Hindlar to'rtta so'z turkumini farqlaganlar: ot, fe'l, old ko'makchi va yuklama. Hindlarda ot predmet ifodalovchi, fe'l esa harakat, holat ifodalovchi so'z sifatida beriladi. Old ko'makchilar esa otlarning, asosan, fe'llarning ma'nosini belgilaydi. Yuklamalar esa ma'nolariga ko'ra 1) bog'lovchi va 2) qiyoslovchi kabi turlarga ajratiladi. Olmosh va ravishlar esa ot va fe'l turkumlariga qo'shib yuborilgan, alohida ajratilmagan. Yunonlardan farqli holda hindlar so'z turkumlarini gap bo'laklaridan farqlaganlar, ya'ni ular bilan qorishtirmaganlar, adashtirmaganlar. Shunga ko'ra hindlar, yuqorida aytilganidek, otlarni predmet, fe'llarni harakat ifodalovchi so'z sifatida «baholaganlar». Keyinroq, miloddan avvalgi II-I asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 (ot, ism, fe'l, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, ko'makchi, bog'lovchi) ga bo'lganlar. Bunda ismlar o'z navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. So'z turkumlarining bu tizimi ma'lum darajada arab grammatik an'analariga ham ta'sir ko'rsatgan. Jumladan: arablar ham fe'ldan boshqa mustaqil so'zlarni "ism" termini bilan ataydilar.

Turkiy tilshunoslikda morfologiyaga oid qarashlar arab tilshunosligi ta'sirida IX-XI asrlarda shakllana boshlagan. M.Qoshg'ariy «Devonu lug'otit turk» 6 asarining katta qismini «So'z yasalishi» va «Morfologiya»ga bag'ishlangan. Asarning 2-jildi asosan olimning morfologiyaga oid qarashlarini o'zida aks ettirgan. Avvalo, olim so'zlarni uchta turkumga

1536

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ajratadi va bular ichida fe'l va fe'l shakllari bo'yicha o'z qarashlarini bildirib o'tadi. Professor A.Nurmonov ta'kidlaganidek, «M.Qoshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asari X-XI asr turkiy tillar morfologiyasi haqida to'la tasavvur beruvchi qomusiy asardir» 7 . Olim asarda fe'l zamon shakllari, masdar (harakat nomi), fe'l mayllari, son shaklining ifodalanishi, hurmat shakli, bo'lishlibo'lishsizlik, nisbat shakllari haqidagi o'z qarashlarini bayon qiladi. Turkiy tilshunoslikda muallifi noma'lum bo'lgan va yozilgan o'rni munozarali holda turgan «At-tuxfatuz zakiyatu fillug'otit turkiya» 8 asarining lug'atdan keyin berilgan grammatika qismi ikki jihatdan ahamiyatli I) asarni turkiy tillarning ilk grammatikasi deyish mumkin; 2) solishtirma (chog'ishtirma) grammatikaning ilk namunasi deyish mumkin (A.Nurmonov). Kitobning 29-89-betlari leksik-grammatik ocherk tarzida berilgan bo'lib, asosiy grammatikaga oid ma'lumotlar shu qismdadir. Ilmiy morfologiyaning shakllanish tarixi borasida maxsus ishlarda anchagina keng ma'lumot berilganligini nazarda tutgan holda, biz, bu o'rinda holatni keng sharhlashni o'zimizga maqsad qilib oldik.

O'zbek tilshunosligi tarixiga morfologiya atamalarini O. Usmonov va B. Azizovlar olib kirdilar. O'zbek tili grammatik qurilishini ilmiy tadqiq qilish XX asrning 40-yillaridan boshlandi. Tilshunos olim A. G'ulomov bu davrda o'zbek ilmiy morfologiyasiga oid bir qator asarlar yozdi. Shu bilan bir qatorda, U. Tursunning "Ko'makchilar", H. Komilovaning "Kelishiklar", Ma'rupovning ot va sifat so'z turkumlari yuzasidan olib borgan tadqiqotlari o'zbek ilmiy grammatikasining yaratilishidagi ilk qadam bo'ldi. 50-yillarga kelib, «Hozirgi zamon o'zbek tili kursidan materiallar" rukni ostida o'zbek tilining barcha satxlari bo'yicha bir nechta risolalar e'lon qilindi. Ular orasida A. G'ulomning «O'zbek tilining morfologiyasiga kirish" (1953), «Fe'l" (1954), S. Usmonovning «O'zbek tilida undovlar" (1953), H. Komilovaning «O'zbek tilida son va olmosh" (1953), M. Asqarova, R. J umaniyozovlarning «O'zbek tilida ravishdosh va sifatdosh" (1953), S. Fuzailovning «O'zbek tilida ravishlar" (1953), Sh. Shoabdurahmonovning «O'zbek tilida yordamchi so'zlar" (1953) singari asarlari dunyoga keldi. Mana shunday qimmatli asarlarning paydo bo'lishi o'zbek tilshunosligi tarixida katta voqea edi. Undan so'ng o'zbek tili morfologiyasiniig ayrim sohalari maxsus monografik tadqiqot ob'ekti bo'ldi. Jumladan, so'zning morfologik tuzilishiga bag'ishlangan S. Usmonovning doktorlik va O. Qosimxo'jayevalarniig nomzodlik dissertatsiyalari va risolalari maydonga keldi. A.Hojiyevning «Fe'l", «Qo'shma, juft, takroriy so'zlar" (1963),»O'zbek tilida ko'makchi fe'llar" (1966), «To'liqsiz fe'llar" (1970) singari yirik monografiyalari yaratildi. Shuningdek, o'zbek tilshunoslari erishgan barcha natijalarni jamuljam etib yozilgan akademik A. N. Kononovning «Hozirgi o'zbek adabiy tili grammatikasi" (1960) kitobining yaratilishi ham muhim ahamiyatga ega bo'ldi. «Hozirgi zamon o'zbek tili. Fonetika, Grafika, Orfografiya, Orfoepiya, Leksikologiya, Morfologiya" kitobi yaratilgandan so'ng o'zbek tili morfologiyasiga doir yangi tadqiqotlarni e'tiborga olgan xolda ikki jildli «Hozirgi o'zbek adabiy tili" (T., «Fan", 1966), «O'zbek tili grammatikasi", I tom, Morfologiya (T., «Fan" 1975), II tom, Sintaksis (T., 1976) asarlarining maydonga kelishi esa, o'zbek tili grammatikasining takomil etishida muhim rol o'ynadi. Bu jihatdan keyingi asar ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo'ldi. U o'zbek tilshunosligining so'nggi yutuqlarini e'tiborga olgan holda yaratildi. Bu asarda birinchi marotaba so'z yasalishi morfologiya tarkibidan chiqarilgan holda alohida bo'lim sifatida o'rganildi. Qolaversa, o'zak morfemalar bilan affiks morfemalar oralig'ida ro'y beradigan va bugungi kunda morfonologiya atamasi ostidagi maxsus bo'limning o'rganish ob'ekti sifatida

1537

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qaralayotgan turli xil fonetik o'zgarishlar ham «Affiksatsiyadagi fonetik o'zgarishlar" sarlavhasi ostida alohida tadqiqot ob'ekti bo'ldi.

Morfologiyaning shakllanishida S.Usmonovning xizmatlari ham beqiyos. Olimning «O'zbek tilida so'zning morfologik tuzilishi» kitobi bu boradagi jiddiy tadqiqotlar sirasiga kiradi. 1976 yilda nashr etilgan "O'zbek tili grammatikasi" kitobida tilshunoslik fanining bir qismi sifatida o'rganilib, u tilning grammatik qurilishini tekshirishi aytib o'tilgan. Chunki u so'z va gapning har bir tildagi formal-grammatik tomonlarini so'zning shakl o'zgarishlarini, so'z qo'shishning, so'z birikmalarining turli ko'rinishlarini, vositalarini va gapning tuzilishini, tiplarini o'rganadi. Keyingi davrlarda, ya'ni o'rta asrlar va XIX-XX asrlarda yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bo'lsada, ular ko'pincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan.

Tillardagi so'z turkumlarining soni haqida olimlar o'rtasida turli fikrlar mavjud. Masalan, hozirgi zamon rus tilida 10-12ta, hatto, 15ta so'z turkumi bor, degan fikrlar o'rtaga tashlangan. Ingliz tilidagi so'z turkumlarining soni turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Ayrim olimlar hozirda amalda bo'lgan 10ta so'z turkumiga (ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, predlog, bog'lovchi, artikl va yuklamalar), yana 4 ta qo'shib (modal o'zlar, holat kategoriyasi so'zlari, undovlar, javob so'zlar) so'z turkumlari sonini 14 taga yetkazadilar. Bu-olimlarning so'z turkumlarini farqlashda qanday va nechta me'zonlardan foydalanishlariga bog'liqdir. O'zbek tilida bugungi kundagi so'z turkumlarining soni esa 10-12 ta deb ko'rsatiladi. Bular :

6 ta mustaqil (ot, sifat, son, olmosh, ravish va fe'l); 3 ta yordamchi (ko'makchi, bog'lovchi, yuklama); 3 ta alohida (undovlar, taqlid so'zlar, modal so'zlar) so'z turkumlaridir.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, so'z turkumlari soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo'lganidek, o'zbek tilshunosligida ham, so'zlarning semantik, sintaktik va morfologik jihatlarini inobatga olish keng tarqalgan. Jahon tilshunosligi, umuman o'zbek tilida so'zlarning turkumlarga ajratilishi taraqqiyotida til gramatikasi va morfologik jihatlarini o'rganish masalasi muommoli bo'lib turibdi. O'zbek tilining morfologik sathi va strukturasi, tuzilishini o'rganish masalasida ham ko'plab tadqiqotlar va izlanishlar hamon davom etib kelmoqda. Albatta asosiy qolib hamda tahliliy natijalar sohaning ilmli olimlari tomonida yaratilgan. Ammo so'z turkumlari sonining bugungi kungacha barqaroshmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanish va tadqiqotlar olib borish kerakligini kursatadi. So'z turkumlarining bir-biriga o'tishi, leksik va leksik-grammatik omonimiya masalasi esa bunda har xil ziddiyatlar paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

REFERENCES

1. "Hozirgi o'zbek adabiy tili" R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova,

Z.Yunusova, M.Abuzalova. Toshkent-"Fan va texnologiya"-2009.

2. "O'zbek tilshunosligi tarixi" A.Nurmonov. Toshkent-"0'zbekiston"-2002.

3. "O'zbek tili" (ma'ruzalar matni) N.Turniyozov, A.Rahimov. Samarqand-2006.

1538

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.