Научная статья на тему 'O’ZBEK TILIDA SO’Z TUKUMLARI'

O’ZBEK TILIDA SO’Z TUKUMLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4742
265
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so’z turkumlari / mustaqil so’z turkumlari / yordamchi so’zlar / modal so’zlar / taqlid so’zlar / umdov so’zlar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xudayberganova Guliyor Saidnazarovna, Bekmetova Dilfuza Botirxon Qizi

mazkur maqolada tilshunoslikning morfologiya bo’limining asosiy o’rganish obyekti hisoblangan so’z turkumlari va ularning turlari haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILIDA SO’Z TUKUMLARI»

JffiTALQINVA *<il]

\-#TADOIQOTLAR No, 2022

moi

ilmiy-uslubiy jumaU

O'ZRFI^ TTT TFIA TTTI^TTlVfT ART

O'ZBEK TILIDA SO'Z TUKUMLARI

#

>

Xudayberganova Guliyor Saidnazarovna Bekmetova Dilfuza Botirxon qizi

Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning o'zbek tili o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7240889

ä#5a > j m+i

Annotatsiya: mazkur maqolada tilshunoslikning morfologiya bo'limining asosiy o'rganish obyekti hisoblangan so'z turkumlari va ularning turlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: so'z turkumlari, mustaqil so'z turkumlari, yordamchi so'zlar, modal so'zlar, taqlid so'zlar, umdov so'zlar.

il'i»:

+11 1 o ^a'-v +1 i rl/ 11 m 1 o n nlnrnmrr Inflnfi linm/in rrv'T imri+ifinnon rvl riiti oa't

O'zbek tilida so'z turkumlari, ularning turlari haqida so'z yuritishdan oldin so'z

>

turkumi nimaligini bilib olish zarur. So'zlar lug'aviy ma'nolari, morfologik belgilari va gapda bajaradigan sintaktik vazifalariga ko'ra o'zaro farqlanuvchi turli guruhlarga bo'linadi. So'zlarning lug'aviy va grammatik jihatdan farqlanishiga ko'ra bunday

m?

guruhlarga bo'linishi so'z turkumlari deyiladi. Shunga ko'ra. so'zlarni turkumlarga ajratishda quyidagi uch muhim belgi asos bo'ladi:

1. So'zlar ifodalaydigan lug'aviy ma'no turkumlarga ajratishdagi muhim belgidir. Masalan, uy, yer , daraxt, kitob, tosh so'zlari borliqdagi predmetlarni anglatadi. Ularning nomi ekanligi bilan xarakterlanadi. Bir qator so'zlar shu predmetlarning biror belgisrni: rangini, shakl-ko'rinishini, mazasini, hajm-o'lchamini ifodalaydi:

A/H I/aUt lrn^n iriimnlAA l/Ar» A lirruvt 1/oVm C Ii 1 1 m lirrrlal/ Kit* AO+Af pa'^tI n-r

oq,ko'k, katta. yumaloq, keng, uzun kabi. Shuningdek, bir qator so'zlar predmetning ish- harakatini anglatsa (bordi, yozdi, o'qidi), ayrim so'zlar ish-harakat yoki belgining belgisini bildiradi: darrov, sekin, oz, ko'p va boshqalar.

So'z ma'nolaridagi mavjud bu xususiyatlar ulami turkumlarga ajratishdagi asosiy belgidir. Turkumlarga ajratishdagi ikkinchi va uchinchi xususiyat so'zning shu ma'no tomoniga bog'liq ravishda yuzaga keladi.So'z turkumlarini ajratishda morfologik belgi ham muhimdir. Bu xususiyat muayyan so'z turkumlarida maxsus qo'shimchalar J-jt tizimi mavjudligini, ularni, asosan, shu turkumga xoslanganini ko'rsatadi. Masalan, ot turkumi ko'plik, kelishik. egalik, shakllariga ega bo'lganidek, boshqa turkumlardan farqli ravishda ularda kichraytish-erkalash shakllari ham bor. Shunga ko'ra otlar ko'plikda keladi predmetning kimga, nimaga qarashliligini bildiradi, turlanadi. Shuningdek, maxsus ot yasovchi qo'shimchalarning mavjudligi, ot turkumi morfologik jihatdan to'la shakllangan turkum ekanligini ko'rsatadi.

Fe'l turkumida morfologik ko'rsatkichlar, ya'ni zamon, mayl, nisbat, shaxs-son

__________„i______________:

kabi shakllar fe'lning o'ziga xosligini ta'minlaydi. Fe'llar tuslanadi, shaxs va sonni

]*H> 3 i>£>

J---f— 169

JffiTALQINVA *<il]

\-#TADOIQOTLAR No, 2022

№3 2022

ilmlyuslublyjumali l"-,J

........................JUI MO"

ifodalaydi. Maxsus fe'l yasovchi qo'shimchalarning mavjudligi bu turkumdagi so'zlarning ham turkumlanishi uchun to'la shakllanganligini ko'rsatsa, fe'lning xoslangan shakllarini hosil qiluvchi qo'shimchalar mavjudligi fe'lning sintaktik vazifasini yana ham kengaytiradi.

So'z turkumlariga ajratishdagi belgilardan biri so'zning gapdagi sintaktik vazifasi bilan bog'liq. Masalan, bosh kelishikdagi ot ega vazifasini bajarsa, qaratqich kelishigidagi ot - aniqlovchi, boshqa kelishikdagi otlar to'ldiruvchi va hol vazifalarida keladi. Sintaktik jihatdan biror gap bo'lagi vazifasida kelish muayyan so'z turkumi m. uchun qotib qolgan holat emas. Chunonchi, sifat gapda aniqlovchi vazifasida keladi. l>'- V Bu sifaming boshqa sintaktik vazifa bajarmasligini ko'rsatmaydi. Binobarin, sifatlar ham gapda to'ldiruvchi: kattani katta deydilar (maqol), otlashganda ega: yaxshi yeydi oshini, yomon yeydi boshini (maqol) vazifalarida qo'llaniladi. Ko'rinadiki, so'z turkumlarining sintaktik vazifalari shu turkumdagi so'zlarning lug'aviy ma'nosiga mos holda bo'ladi. Xullas, so'z turkumlarini ajratishda shu uch belgigatayaniladi. Biroq bu belgilar barcha so'zlarda bir xil emas. Masalan, ot, fe'l turkumlari uchun har uchala belgi yetakchi bo'lsa, olmosh va son uchun bu belgilar o'ta past darajada yoki sifat ravishda sintaktik belgi kuchli bo'lganidek, morfologik belgi u darajada emas. O'zbek tilida so'z turkumlari 12 ta bo'lib ular quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1. Mustaqil so'zlar.

2. Yordamchi so'zlar.

3. Modal so'zlar.

4. Undov so'zlar.

5. Taqlidiy so'zlar.

So'z turkumlarining barchasi grammatik shaklga ega. Biroq, lug'aviy, grammatik P j> ma'nosi va vazifasiga ko'ra turlichadir.

1.So'z turkumlari ma'no ifodalashiga ko'ra quyidagicha:

a) nomlovchi so'zlar: ot, sifat. son, fe'l, ravish.

/

b) ifodalovchi so'zlar: undov, modal so'z, yuklama, taqlidiyso'z. d)ko'rsatuvchi so'zlar: olmosh, bog'lovchi, ko'makchi.

2.Morfologik jihatidan o'zgarishiga ko'ra quyidagicha:

a)morfologik jihatdan o'zgaradigan so'zlar : ot, sifat,son,olmosh,fe'l. J-jt

b)morfologik jihatdan o'zgarmaydigan so'zlar: ravish,bog'lovchi, ko'makchi, yuklama.

3. Gapda sintaktik vazifa bajarishiga ko'ra quyidagicha:

a) sintaktik vazifa bajaradigan so'zlar: ot, sifat, son,olmosh,fe'l, ravish, taqlidiy

so'z.

j - w

b) sintaktik vazifa bajarmaydigan so'zlar: ko'makchi,bog'Iovchi, yuklama, undov

so'z.

-i 15 A

* If

m ^ »i>

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No3 2022

ilmiy-uslubiy jumali "

»

ипиу-iwuuiT juiiian

Modal so'zlar garchand gap bo'lagi bo'lmasada, gapda kirish, so'z vazifasini bajaradi.

Lug'aviy va grammatik ma'noga ega bo'lib, gapda biror gap bo'lagi vazifasini bajaradigan so'zlar mustaqil so'zlar deyiladi. Mustaqil so' zlarda yuqorida sanab

m j

o'tilgan bar uch xususiyat u yoki bu darajada mavjud. Masalan, ot va fe'llarda barcha turdagi (so'z yasovchi, shakl yasovchi, so'z o'zgartiruvchi) qo'shimchalarni olgan holda qo'llanish xususiyati mavjud bo'lganidek, olmosh va sonda bu xususiyatlar

!

deyarli yo'q yoki mustaqil so'zlardan olmosh lug'aviy jihatdan atama bo'la olmasligi bilan ham ajralib turadi. Ular gapda ot, sifat, son o'rnida qo'llanib, narsa-hodisaning nomi, miqdori belgisi bo'lmaydi. O'zbek tilida mustaqil so'zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish.

Lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan, so'z va gaplarni o'zaro bog'lash, ularga qo'shimcha ma'no berish uchun ishlatilib, gapda biror gap bo'lagi vazifasida qo'llanilmaydigan so'zlar yordamchi so'zlar deyiladi. Yordamchi so'zlarga ko'makchi, bog'Iovchi, yuklama kiradi. Yordamchi so'zlar lug'aviy ma'no anglatmaydi. Masalan, uchun, ammo, sayin, bilan, va deganda hech narsani tushunmaymiz. Biroq, til tizimida bu so'zlarning ham o'ziga xos o'rni bor. Binobarin. ular so'z va gaplarni o'zaro munosabatlarini uyushtiradi (ko'makchi), so'zva gaplarni o'zaro bog'laydi (bog'lovchi), so'zlarga, ba'zan gapga qo'shimcha ma'no beradi (yuklama). Shunga ko'ra yordamchi so'zlar ham til tizimidagi o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lgan so'zlardir.

M

Modal so'zlar. So'zlarning fikrga yoki fikrning borliqqa bo'lgan munosabatini ifodalaydi. Garchand, modal so'zlar lug'aviy ma'no bildirmasa-da, turli modal ma'nolarni: tasdiq, inkor, taxmin, gumon ma'nolarini ifodalaydi.Gapda esa kirish so'z, yoki kirish gap vazifasida keladi. Modal so'zlar ma'no ifodalashi (modal ma'no bo'lsa ham ), gapda vazifa bajarish (kirish so'z bo'lsa ham) jihatidan yordamchi so'zlardan alohida ajratib tursa-da, gap bo'lagi bo'la olmasligi jihatidan yordamchi so'zlarga yaqindir.

Undov so'zlar so'zlovchining his-tuyg'ularini ifoda etadi. Ular buyruq-xitob, haydash-chaqirishning atamasi bo'lmasa ham ularning ifodasi bo'la oladi. Masalan, oh, uf, e, eh undovlari zavqlanish, charchaganlik, ajablanish, hayratlanish, kabilarni

J-jt

anglatsa, kisht, pisht esa haydashning ifodasidir.

Taqlidiy so'zlar tovushga, holatga bo'lgan shartli taqlidni anglatadi. Taqlid asosida kishida tushuncha hosil bo'ladi. Masalan, taqir-tuqur, gup-gup, g'uj-

-

g'uj so'zlari kishi ongida qandaydir tushunchalarni olib keladi. Ular gapda biror gap bo'lagi vazifasida keladi. Umuman, undov va taqlidiy so'zlar ayrim xususiyatlariga ko'ra mustaqil so'zlarga yaqin. Shuning uchun bu so'zlar gap bo'lagi vazifasida ham, o'zi mustaqil so'z-gap shaklida ham keladi. Biroq, bu so'zlarda mustaqil

i 1Й*'

>* ** » ij>

* i >

Щ*

ы> >>

#<ь>

Ы j> >>>

>3»

Ы >

î M

>j*

Ы>

i >s#

>3

Ы*

Ы>

! >5>

Ы )>

• >4>

+И >

Ш>

! >1

ЭЙ* *ф>

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ы p

] Я> Ы >

+H >

л w> -

TALQIN VA TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubiy jurnali

№3 2022

so'zlardagidek xususiyatlar to'la shakllanmagani holda yordamchilarga xos belgilar ham mavjud.

Xulosa o'mida shuni aytish joizki, o'zbek tili grammatikasida so'z turkumlari alohida o'ringa ega. O'zbek tilini chuqur bilishni istgan har bir odam, avvalo, so'z turkumlari haqida yetarlicha tushunchaga ega bo'lishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. H.Jamolxonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili. T., 2005

2. M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O'zbek tili. T.,1978

3. O'zbek tili leksikologiyasi. T., 1981.

4. B.Mengliyev, O'. Xoliyorov. O'zbek tilidan universal qo'llanma. T.,

2007

5. Qilichev E. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Buxoro, 2001

6. Sayfullahyeva R.R. Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H. va boshqa. Hozirgi o'zbek adabiy tili, T., fan va texnologiya, 2010.

>> Ы*

jW^ y

q ж**

!>3*:

.....! >3»:

-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—

172

Ы >

q > >

wi >

Ы:> и*-

q

Ш >

Ш >

q

Рч >

Ш >

m >

i> * q

i>

q > >

q щъ q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.