Научная статья на тему 'OT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH USULLARI'

OT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
10174
614
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so‘z turkumlari / ot so‘z turkumi / morfologiya / topshiriq / ona tili / o‘quvchi / maktab. / phrases / nouns / morphology / homework / native language / student / school.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jonibek Tohirjon O‘g‘li Jalilov, Intizor Kamilovna Abdirimova

Maqolada ona tilining izchil kursida beriladigan bilim, malaka, ko‘nikmalar, ona tili darslarining maqsadi, shu jumladan, ot so‘z turkumining umumta’lim maktablarida o‘qitish usullari haqida fikr yuritilgan bo‘lib, ot so‘z turkumining o‘qitish jarayoni ketma-ketlikda amaliy topshiriq va misollar orqali yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF LEARNING NOUNS

The article examines the knowledge, skills, and abilities provided by a sequential course of the native language, the purpose of the native language lessons, including the methodology of teaching the noun in general education schools, the process of learning the noun is illustrated with practical tasks and examples.

Текст научной работы на тему «OT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH USULLARI»

OT SO'Z TURKUMINI O'QITISH USULLARI

Jonibek Tohirjon o'g'li Jalilov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Intizor Kamilovna Abdirimova

ANNOTATSIYA

Maqolada ona tilining izchil kursida beriladigan bilim, malaka, ko'nikmalar, ona tili darslarining maqsadi, shu jumladan, ot so'z turkumining umumta'lim maktablarida o'qitish usullari haqida fikr yuritilgan bo'lib, ot so'z turkumining o'qitish jarayoni ketma-ketlikda amaliy topshiriq va misollar orqali yoritilgan.

Kalit so'zlar: so'z turkumlari, ot so'z turkumi, morfologiya, topshiriq, ona tili, o'quvchi, maktab.

The article examines the knowledge, skills, and abilities provided by a sequential course of the native language, the purpose of the native language lessons, including the methodology of teaching the noun in general education schools, the process of learning the noun is illustrated with practical tasks and examples.

Keywords: phrases, nouns, morphology, homework, native language, student, school.

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan bin bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qad riyatdir. Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta'siri va mavqyeini yanada oshirish, «Davlat tili haqida»gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarur.

Ona tili darslarining maqsadi o'quvchilarning savodxonligini oshirish, nutqiy malakasini o'stirish, ijodiy fikrlashga yo'naltirish bilan bir qatorda ona tilimizni sofligini saqlashdir.

ASOSIY QISM

Ma'lumki, ta'lim tizimidagi barcha fanlar, xususan, ozbek tili darslarida ham ta'limning didaktik materiallardan, o'yin-mashq usullaridan, ko'rgazmali vositalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bu haqda qator mutaxassislar, jumladan,

METHODS OF LEARNING NOUNS

ABSTRACT

KIRISH

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

R.Ishmuhamedov, A.Nisanbaeva, B.To'xliev, K.Usmonova kabi tilshunoslar o'zlarining tadqiqot ishlarida, monografiyalar va maqolalarida fikr yuritganlar. Ona tili darslarida so'z turkumlari mavzularini, xususan ot so'z turkumini o'qitishda grammatik topshiriqlar, ko'rsatmali vositalar, tarqatma materiallardan foydalanish orqali o'quvchilarda ko'nikma va malakalar hosil qilish, didaktik vositalarning ta'lim jarayonidagi o'rni, unga xos xususiyatlarni tahlil qilish samarali natijalar beradi.O'quvchilar morfologiyaga oid dastlabki ma'lumotlar bilan boshlang'ich sinflarda tanishadilar. So'zlarni otlar, sifatlar, sonlar, fe'llar, olmoshlar, yordamchi so'zlar kabi guruhlarga ajratish boshlang'ich sinfdan ularga ma'lum. Ona tilining izchil kursidan beriladigan bilim, malaka, ko'nikmalar avvalo boshlang'ich sinflarda egallangan bilimlar, malaka va ko'nikmalarning mantiqiy davomi sanaladi.

Maktabda morfologiyani o'qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor. Uning ilmiy zaruriyati shundaki keyingi bosqichda o'rganiladigan "Sintaksis" bo'limi bevosita morfologiya bilan bog'langan. Chunki kelishik, egalik va shaxs-son qo'shimchalari garchand morfologiya obyekti sanalsa-da, ammo ular gap qurilishida so'z va so'z birikmalari orasidagi sintaktik aloqani ta'minlovchi vosita sanaladi. Qo'shimcha gap sintaksisini o'rganishning bevosita yordamchi so'zlar bajaradigan vazifalar bilan aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. [2.54].

Shunday qilib, maktab morfologiya kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko'zda tutadi:

- o'quvchilarni so'z yasashga, so'zning yangi shakllarini hosil qilishga o'rgatish; so'z zaxirasini oshirish, so'zdan to'g'ri va o'rinli foydalanish malakalarini kengaytirish;

- so'zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini kengaytirish;

- ilmiy savodxonlikni takomillashtirish;

- gap guruh va matn yaratish malakalari ustida ishlash;

- DTSda ko'zda tutilgan talablar asosida har bir mavzuni o'rganish jarayonida uni izchillik bilan amalga oshirish.

O'qituvchi o'quvchilarga so'z turkumlari haqida ma'lumot beradi. Mavzu bo'yicha o'rganilgan bilimlarni tkarorlash uchun lug'at diktanti yozdirishi mumkin.

Lug'at diktanti

Uy, to'y, tosh, chaqmoq, momaqaldiroq, daraxt, majlis, odob, azob, do'stlik, kitob, ishchi, go'zal, kichik, shirin, bilimli, oq, o'qi, yoz, chok, kel, o'yla, ishladi, uxladi, suhbatlashdi, so'zladi.

Diktant yozib bo'lingach, o'quvchilar har bir so'zning lug'aviy ma'nosini sharhlashlari va uning qaysi so'z turkumlariga qarashli ekanligini aytishlari lozim bo'ladi.

1 - topshiriq.

25

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

1. Uy - odamlar yashaydigan, deraza, eshik, tomi bor bino: uy - nima? So'rog'iga javob bo'ladi, ot - so'z turkumiga kiradi.

2. To'y - tantana, beshik to'yi, nikoh to'yi, xatna to'yi, oltin to'y kabi tantanali marosim; to'y - nima? so'rog'iga javob bo'ladi, ot so'z turkumiga kiradi.

3. Ishchi - biror foydali mehnat bilan shulullanuvchi shaxs; kim? so'roiga javob bo'ladi, ot.

4. Go'zal - ma'nodoshlari: chiroyli, ko'rkam, jozibali; qanday? so'roliga javob bo'ladi, sifat.

5. O'qidi, ishladi - tugallangan harakat ma'nosini bildiradi: qiziqib o'qidi, tinmasdan ishladi, fe'l.

2 - topshiriq. Mazkur so'zlar bilan so'z birikmalari hosil qiling, gaplar tuzing. Kim? nima? qanday? nima qildi? nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarning tagiga chizing. Ularning qanday so'z turkumiga qarashli ekanligini aytib bering.

3. Ot, sifat, fe'l turkumlariga oid so'zlarni ajratib guruhlang.

Shu tariqa lug'at diktanti tarkibidagi so'zlar og'zaki sharhlansa, o'quvchilarda:

- tafakkur doirasi kengayadi;

- fikr ifodalash ko'nikmasi rivojlanadi;

- nutqda so'z qo'llash malakasi shakllanadi;

- so'z turkumlari yuzasidan egallangan bilimlar umumlashtiriladi.

Mustaqil so' z turkumlaridan biri ot so'z turkumi hisoblanadi. Otning predmet nomini bildirishi kim? nima? so'roqlariga javob bo'lishi, atoqli otlarning bosh harf bilan yozilishi, otlarga qo'shiladigan kelishik qo'shimchalari boshlang'ich sinflardan o'quvchilarga ma'lum. Mazkur so'z turukumini o'rganishda avvalo ana shu o'rganilganlarni xotirada tiklash maqsadida qayta xotirlash va qisman ijodiylikka asoslangan ta'limiy mashqlar o'tkaziladi. Takrorlash jarayonida "predmet" tushunchasiga kengroq to'xtalish lozim. Predmet deganda nafaqat qo'l bilan ishlash, ko'z bilan ko'rish yoki o'lchash mumkin bo'lgan narsalar, balki umumiylikni ifodalovchi nomlar ( ovqat, imorat), tabiat hodisalari va turli voqealarning nomi (toshqin, zilzila, momaqaldiroq), harakat nomlari (bilim, terim), belgi-holat nomlari (baxillik, saxiylik, ozodlilik, tashvish) ham tushiniladi.

Otning lug'aviy ma'nosi, morfologik belgilari va sintiktik vazifalariga oid zaruriy bilim, malaka va ko'nikmalar, asosan, amaliy ishlar orqali o'quvchilar ongiga singdiriladi. Dastur talabiga ko'ra mazkur so'z turkumi yuzasidan o'quvchilarni otning lug'aviy shakllari (son shakli, kichraytirish shakllari) atoqli va turdosh otlar, atoqli otlar, ularning turlari va imlosi, kishi nomlari, o'rin-joy nomlari (toponimlar) va ularning imlosi, mahsulot nomlari va imlosi; turdosh otlar va ularning guruhlari (aniq va mavhum otlar, aniq otlarning ma'noviy guruhlari, shaxs otlari, qavm-qarindoshlik otlari, kasb-koriga ko'ra shaxs otlari, shaxsni boshqa jihatlariga ko'ra atovchi otlar, shaxs otli

birikmalar, hayvonot nomlari (zoonimlar), daraxt va o'simlik nomlari, narsa-buyum otalari, modda-ma'dan, xomashyo anglatuvchi otlar, o'rin-joy (makon) otlari, payt (zamon) anglatuvchi otlar, mavhum otlar yuzasidan zaruriy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish ko'zda tutilgan.

"Ot" so'z turkumini o'rganish bu turkum haqida umumiy malumot berish bilan boshlanadi. O'quvchilar Toshkent, Buxoro, "G'uncha", "O'zbekiston ovozi", Ro'zimurodova, gul, qo'shiq, non, tuz, go'zallik, sog'lik, sanat, nafosat singari otlarning har biriga so'roq berish va guruhlarni mustaqil davom ettirish, har bir guruhdagi otlar uchun umumiy bo'lgan ma'noni aniqlash va sharhlash orqali boshlang'ich sinflarda egallangan bilimlarni xotirada tiklash va uni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu mustaqil ishlarni bajarish natijasida ular quyidagi xulosaga keladilar:

Kim? Nima? so'roqlariga javob bo'lib, yakka shaxs, narsa nomlarini, bir turdagi jonli va jonsiz narsa-buyum, voqea-hodisa, harakat-holatlarni atab keladigan so'zlar ot turkumiga kiradi. [3.101].

Shundan so'ng "Otlarning lug'aviy shakllari" mavzusi o'rganiladi. O'quvchilar otlarning son shakllari bilan tanishar ekanlar, daraxt-daraxtlar, uy-uylar singari so'zlarning shakli ustida ishlaydilar, ko'plik ma'nosini ifodalovchi boshqa vositalarni aniqlaydilar; bu so'zlar ishtirokida gaplar tuzib, ko'plikni ifodalovchi qo'shimchalar ma'nosini sharhlaydilar.

Atoqli otlar o'rganilar ekan, avvalo atoqli otlar jumlasiga kiradigan so'zlar ustida ish olib boriladi. Chunonchi berilgan so'zlarni: 1) kishilarning ismi, familyasi, taxallusini ifodalovchi otlar; 2) jug'rofiy nomlar; 3) turli tashkilot, korxona, muassasa nomlari; 4) planeta va yulduzlarning nomi; 5) tarixiy hodisalar, ro'znoma, oynoma va ilmiy muassasalarning nomlari; 6) hayvonlarga maxsus qo'yilgan nomlar kabi guruhlarga ajratish, hosil bo'lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish "belgi nomi-turdosh ot" qolipli qo'shma toponimlar, "belgi nomi atoqli ot" qolipli jug'roviy nomlar ro'yxatini tuzish singari ijodiy-amaliy ishlar o'quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va so'z zaxirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.

O'qituvchilarning so'z zaxirasini shaxs otlari bilan boyitish uchun matndan shaxs otlarini ajratish, tub va yasamalariga ko'ra guruhlash, ajratilgan so'zlarga ma'nodosh va uyadosh so'zlar tanlab guruhlarni kengaytirish, -chi, -vchi, -uvchi, -dosh, -kor, -zor, -shunos kabi qo'shimchalar yordamida shaxs otlari hosil qilish, juft shaxs otlari lug'atini tuzish ularning imlosi ustida ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi. O'quvchilar egallagan bilimlarga asoslanib,istagan matndan otlarga so'roq berish orqali ularni aniqlashga erishgach, bu otlar predmetning aniqligi, yani ishlash, ko'rish o'lchash mumkinligi va mumkin emasligiga qarab aniq va mavhumlarga ajratadilar hamda hosil bo'lgan guruhlarni mustaqil davom ettiradilar. Masalan:

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

Ishlash, ko'rish, Qo'shimchasi Ishlash, ko'rish, Qo'shimchasi

o'lchash mumkin o'lchash mumkin

bo'lgan bo'lmagan

predmetlarning predmetlarning

nomi nomi

avtobus - - xushmuomallik - lik

ishchi - chi isrofgarchilik - lik

zavod - - oqim - -

mahsulot - - tuyg'u - -

O'quvchilaming so'z boyligini oshirishida otli birikmalar ustida ishlash muhim o'rin egallaydi. Matndan otli biгikmalaгni ajratish, beгilgan so'zlaг ishtiгokida shunday birikmalar hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ishlar o'quvchilar lug'atini shunday biгikmalaг bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, berilgan bosh yoki tobe so'zga muvofiq keladigan tobe yoki bosh so'zlaT tanlash ancha samaгali ish usullaridan biridir. Masalan, maktabimiz o'quvchilari so'z dovгug'i, g'alabasi, to'yi, yigitlari, qizlaгi kabi so'zlami topib qo'shib, maktabimiz kutubxonasi, maktabimiz qizlari kabi so'z birikmalari hosil qiladilar.

O'quvchilar uchun ancha qiyinchilik tug'diгadigan muammolardan biгi qo'shma otlaг va ulaming imlosidiг. Bu mavzuni o'гganishda berilgan so'z birikmalaridan joy nomlari hosil qilish (qora ko'l-qoгako'l, yangi er-yangier, etti o'g'il-ettio'g'il, ko'hna machit-Ko'hnamachit, katta qo'rg'on-Kattaqo'rg'on v.h.) qo'shma so'zlami so'z birikmalariga aylantirish (paxtagul-paxta guli, boshog'riq-bosh og'гig'i, badantarbiya-badan tarbiyasi, muzqaymoq-muz qaymog'i, gulbozoг-gul bozori, otbozor-ot bozori v.h.) berilgan qo'shma so'zlar lug'atini tuzish, ularning imlosini sharhlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish bu mavzuning puxta o'zlashtirishini taminlaydi.

Ot so'z turkumi haqida o'гganilgan bilimlami mustahkamlash, ularni uslubiyat bilan bog'lab rivojlantirish uchun turli mavzulardagi matnlaTdan ma'rifiy foydalansa bo'ladi. Matnni tahlil qilishda ta'limning oldingi bosqinchlaгida o'гganilgan ot so'z turkumi haqidagi ma'lumotlaгiga tayaniladi. Bunda quyidagi amaliy topshiriqlar bajariladi.

1 - topshiriq. Matnda uchragan otlarning lug'aviy ma'nosini sharhlang. qanday so'roqqa javob bo'lishini ayting.

2 - toshiriq. Ajratilgan so'zlarga, ma'nodosh va uyadosh so'zlar tanlang.

3 - topshiriq. Kim? nima? qaer? So'roqlariga javob bo'lgan so'zlar qaysi so'z turkumiga qarashli ekanligini ayting. Ular bilan ot+ot, sifat+ot, son+ot qolipli so'z birikmalarini tuzing.

28

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

4. Hosil qilingan so'z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing.

5. Muayyan mavzuga xos gaplar ishtirokida matn yarating.

Ona tili mashg'ulotlarini ana shunday rivojlantiruvchi o'quv topshiriqlari, mashqlar va matn taqlillar vositasida olib borish tizimli va izchil bilim olishga zamin hozirlaydi, ta'lim mazmunini takommillashtiradi, o'quv biluv faoliyatini jadallashtiradi. Nazariyani amaliyot zaminida o'rganish mustaqil fikrlash hamda ijodiy qobiliyatni o'stirishga yordam beradi.

O'quvchilar so'z yasovchi, so'z o'zgartiruvchi, va shakl yasovchi qo'shimchalar xususida zaruriy bilim, malaka va ko'nikmalarni egallashgach, so'z tarkibi bilan tanishadilar hamda so'zning asosi xususida umumlashma hosil qiladilar. Bu so'z turkumlarini puxta o'rganish uchun poydevordir.

Ona tili mashg'ulotlari o'quvchida og'zaki va yozma nutqni mukammal egallash, til imkoniyatlaridan to'g'ri va unumli foydalanish madaniyatini tarbiyalaydi. Nutq madaniyati oddiy salom-alikdan tortib, kimga, nimaga, qachon, qaerda, qanday so'zlashgacha bo'lgan sharqona odob sirlarini o'rgatadi. [4.63].

Morfologiyani o'rganish o'quvchi mustaqil va ijodiy tafakkur doirasini kengaytiradi, so'zning turli shakllarini gap tarkibida hamda bog'lanishli nutqda o'rinli ishlatish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

O'zbek tilida so'z turkumlarini o'rganish boshlang'ich sinflarda o'rganilgan bilimlarga asoslangan holda olib borilishi, o'tilganlarni takrorlash, mustahkamlash va umumlashtirish uchun quyidagi savollardan foydalanish mumkin.

1. O'zbek tilida so'z turkumlari qanday guruhlarga ajratiladi?

2. Mustaqil so'z turkumlari qaysilar?

3. Ot so'z turkumini tasnif qiling.

4. Mustaqil so'z turkumlariga ta'rif bering.

5. Yordamchi so'z turkumlari mustaqil so'z turkumlaridan qanday farqlanadi?

6. So'zlarning turkumlarga ajratishda qaysi xususiyatlar e'tiborga olinadi?

O'quvchi matndagi so'zlarning turkumlariga to'g'ri ajrata olsa, gap bo'laklarini

aniqlashda ham qiynalmaydi. Demak, bu tahlil o'z-o'zidan sintaktik tahlil bilan bog'lanadi. So'z turkumlarining mohiyatiga to'la tushunmasdan turib, sintaktik tahlil vaqitida gapning bosh bo'laklari bilan grammatik munosabatga kirishmaydigan so'zlar ("bo'laklar)ni aniqlash mumkin emas.

So'z turkumlari bo'yicha tahlil, so'z tarkibi bo'yicha o'tkaziladigan tahlil kabi, morfologik tahlilning bir ko'rinishi bo'lib, u maktab dasturidagi "So'z turkumlari" mavzusining masalalarini qamrab oladi.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz, -T.: O'zbekiston, 2016.

2. Abdurahmonov G'. Xo'jayeva D. Hozirgi o'zbek adabiy tili. (akademik litseylar uchun darslik). -T.: O'qituvchi, 2003.

3. Jamolxonov. N. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -T.: O'qituvchi, 2005.

4. Nurmonov A. O'zbek tilshunosligi tarixi. -T.: O'zbekiston, 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.