R
О
XITOY OLIMLARINING ASARLARIDA OLD KO'MAKCHILAR MASALASI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7352541
YAKUBOV Timur
Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Nasirova S.A.
Г
The theme of our research is «The study of prepositions in the works of Chinese
Л
linguists». In Modern Chinese the word used in front of nouns, pronouns or noun phrase and together indicates direction, object, etc. is called preposition. The function is more complex, involving a broader factor is a significant feature of modern Chinese preposition. Prepositions in the works of Chinese linguists and related research works have been described in this article. There also pointed out the preposition classification used in modern Chinese.
The purpose of this paper is to research the origin, classification of Chinese v.repositions and their grammatical features. I hope this can help the study ofprepositions.
O'zbek tilida ko'makchi - yordamchi so'zlarning bir turi. Gapda ot yoki otlashgan so'zlardan keyin kelib, vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon sintaktik munosabatlarini ifodalash uchun qo'llaniladi. Ko'makchi aslida mustaqil so'zlardan hosil bo'lgan. Shunga ko'ra, 2 guruhga bo'linadi: 1) sof (asl) ko'makchilar, 2) funksional ko'makchilar (ko'makchi vazifasida qo'llanuvchi so'zlar). Sof ko'makchilar mustaqil lug'aviy ma'nolarini batamom yo'qotgan yordamchi so'z bo'lib, boshqa so'zlar bilan birikkan holda turli munosabatlarni anglatadi: sayin, orqali, tufayli, yanglig', bilan va boshqalar. Funksional ko'makchilar mustaqil ma'noli so'zlar bo'lib, ma'lum o'rinlardagina ko'makchi sifatida qo'llanadi. Funksional ko'makchining morfologik shakl va ma'no xususiyatiga ko'ra turlari: 1) ot ko'makchilar: tomon, yon, o'rta va boshqalar; 2) sifat ko'makchilar: boshqa, qarshi, tashqari va boshqalar; 3) fe'l ko'makchilar: ko'ra, qarab, bo'ylab va boshqalar; 4) ravish ko'makchilar: burun, avval, ilgari va boshqalar1.
Xitoyda old ko'makchilar masalasini ilmiy jihatdan tadqiq etish Ma Zyandjun asarlaridan boshlandi. Muallif Xitoyda avval yashab o'tgan olimlarning fikrlarini umumlashtirib va boyitib, xitoy tilshunosligiga klassik xitoy filologiyasida analogiyasi uchramagan, alohida so'z turkumi sifatida ko'rib chiqiladigan, yangi " tushunchasini olib kirdi. Ma Zyandjunning fikricha,
mustaqil so'zlar orasidagi munosabatlarni ifodalash uchun qo'llaniluvchi har qanday so'z old ko'makchi deb yuritiladi2.
Biroq Ma Zyandjun birinchi old ko'makchi (sifatida ni ko'rsatib o'tadi. Ma Zyandjun o'z tadqiqotlarini qadimgi xitoy tili borasida olib bordi. Zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan aytish mumkinki, Ma Zyandjun tomonidan taklif qilingan old ko'makchining ta'riflari cheklangan xarakterga ega. Biroq shuni ham yoddan chiqarmasligimiz lozimki, aynan u old ko'makchilarning keyingi tadqiqoti uchun tamal toshini qo'ydi.
Li Zinsi old ko'makchilarning birinchi zamonaviy tasnifini taklif etdi. Uning fikricha, old ko'makchilar "munosabatlarni ifodalovchi so'zlar", ^^ii ga mansubdir. Old ko'makchilar ot yoki olmoshning fe'l yoki sifat bilan munosabatlarini bildirish uchun ishlatilib, vaqt, o'rin, harakat tarzi va sabab munosabatlarini ifodalaydi3.
Lyuy Shusyan , M
va boshqa so'zlarni bir guruhga kiritib, ularni "munosabatni ifodalovchi so'zlar", deb
1 O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 5-]Ш. Konimex-Mirzoqush. Tahrir hay'ati: M.Aminov, T.Daminov, T.Dolimov va Ь. Т.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2003, 180-bet.
2 Ма Цзяньчжун. Ма ши вэнь тун (Правила письменного языка господина Ма). - Шанхай, 1956, а6.
3 Ли Цзиньси. Синьчжу гоюй вэньфа (Новая грамматика китайского национального языка). - Шанъу иньшугуань, 1924, а11.
J
ataydi4. Ta'kidlash joizki, ushbu guruhga muallif nafaqat bog'lovchilarni (masalan, H^tiSi
va old ko'makchilarni (masalan, balki
singari yordamchi so'zlarni ham kiritadi. O'z asarida olim yuqoridagi so'zlarni turli sintaktik konstruksiyalarda batafsil tasvirlab beradi.
Keyinroq, 1953-yilda, ( Ш fe ^ ^ ) asarining ЙЩ qismida Lyuy Shusyan ШЙ^ (xizmatchi yoki yordamchi fe'llar) deb nomlangan bir bob ajratib, unga S.fi singari yordamchi so'zlarni kiritadi5.
Boshqa olimlar xitoy tilida old ko'makchilarni ko'rib chiqib, ularni qay yo'sinda ajratishni hech tushuntirib bera olmadilar.
Vang Li old ko'makchilarni alohida so'z turkumlariga ajratmaydi va ularni fe'l deb hisoblaydi. O'z asarlarida old ko'makchilar uchun "yordamchi fe'llar" terminini qo'llaydi.
"Grammatika va stilistika bo'yicha ocherklar" asarida Lyuy Shusyan va Dju Desi old ko'makchilarni - ШЙЩ, yordamchi fe'llar termini bilan atab, ularni fe'llarning bir toifasi sifatida ko'rib chiqadilar. Mualliflarning fikrlariga ko'ra, fe'llar va ularning ushbu toifasiga mansub bo'lgan so'zlarning asosiy farqi ikkinchisi kesim asosi bo'la olmasligida ko'rinadi6.
Djan Djigun old ko'makchilarning fe'l yoki sifatga faqat otlarni bog'lab kelishini ko'rsatib o'tadi. Biroq u hech qanaqasiga, ba'zi so'zlar, masalan, Щ va Ш ham old ko'makchilar, ham bog'lovchilar ro'yxatida turishini tushuntirib bera olmaydi.
Jamoaviy grammatika kitobining mualliflari old ko'makchilarni alohida so'z turkumi sifatida ko'rib chiqishmaydi, balki ЖЙЩ (ikkinchi darajali fe'llar) deb nomlangan fe'llar toifasini ajratib ko'rsatishadi. Mualliflar fe'llar va "ikkinchi darajali fe'llar" orasidagi quyidagi farqlarni belgilashadi: birinchidan, "ikkinchi darajali fe'l" kesim asosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, "ikkinchi darajali fe'l"dan keyin albatta to'ldiruvchi bo'lishi kerak7.
XX asr 40-60-yillarida yashab ijod etgan olimlarning asosiy xizmati shundan iboratki, ular Lyuy Shusyanda bo'lgan singari yordamchi so'zlarni old ko'makchilar qatoridan
chiqarib tashladilar. Bundan tashqari, olimlar old ko'makchilar va fe'llar orasidagi mustahkam aloqaga e'tibor qaratdilar.
XX asrning oxirgi o'n yilligida olimlar old ko'makchilar mavzusini o'rganishda katta qadam tashladilar. 80-yillarning oxiriga kelib, xitoy tilshunosligida old ko'makchilar alohida so'z turkumi sifatida ajratildi. Grammatika tadqiqotchilari nafaqat har bir old ko'makchining batafsil ta'rifini keltirdilar, balki ularni semantik va grammatik funksiya nuqtai nazaridan sistemalashtirdilar.
Xitoyda ilg'or grammatistlarning old ko'makchilar sohasidagi tadqiqotlari U Kedjun muharrirligi ostidagi "Zamonaviy xitoy tilida ko'p ishlatiladigan xizmat qiluvchi so'z turkumlari lug'ati" (1992), Xou Syuedjao muharrirligi ostidagi "Zamonaviy xitoy tilidagi xizmat qiluvchi so'z turkumlari lug'ati" (1998), Tao Jan muharrirligi ostidagi "Zamonaviy xitoy tilidagi xizmat qiluvchi so'z turkumlari lug'ati" (1995) va h.k. singari xizmat qiluvchi so'z turkumlari lug'atlarini tuzishga asos bo'ldi. Ushbu lug'atlarda har bir xizmat qiluvchi so'zning qaysi turkumga oidligi, uning ishlatilishida ko'p uchraydigan holatlar ko'rsatilib, konstruksiyalarning mumkin bo'lgan variantlari tavsiflanadi.
4 Люй Шусян. Очерк грамматики китайского языка: В 2-х т. - Т. 1.Слово и предложение. М.: Изд-во Вост. лит., 1961, с.50.
5 Люй Шусян. Юйвэнь сюэси (Изучение грамматики). - Пекин, 1954, с.35.
6 Люй Шусян, Чжу Дэси. Юйфа сюцы цзянхуа (Очерк по грамматике и стилистике). - Пекин: Каймин шудянь, 1951, с.11.
7 Сяньдай ханьюй юйфа цзянхуа (Очерки по грамматике современного китайского языка) / гл. ред. Дин Шэншу. - Пекин: Шанъу иньшугуань, 1963, с.95.
Xitoy tilshunoslarining zamonaviy xitoy tilidagi old ko'makchilarga bag'ishlangan asarlarini tahlil qilish xitoy tilshunosligida so'zlarning ushbu turkumini o'rganish bo'yicha bir necha yo'nalishlar shakllanganidan dalolat beradi.
Birinchi nazariyaga asosan, old ko'makchilarni ajratishning asosiy tamoyili sifatida formal mezon ko'rsatiladi: bunda yordamchi so'z aynan nimani boshqarayotgani va gapda o'zi bog'langan elementlarga nisbatan qaysi pozitsiyani egallayotganini hisobga olish lozim. Xitoy tilshunosligida bu nazariyani birinchi bo'lib Ma Zyandjun taklif etdi, biroq uning asarlarida old ko'makchilar ro'yxatiga turli yuklamalar ham kiritildi. Ma Zyandjundan keyingi olimlar uning bu fikrlariga qo'shilmadilar. Shunday qilib, boshqa nazariyalar ham shakllandi.
Ikkinchi nazariyaga asosan, old ko'makchilar munosabatlarni ifodalovchi so'zlar guruhi, Щ ga kiritiladi. Ushbu nazariyaning asoschisi Li Zinsi hisoblanadi.
Uchinchi nazariyani Lyuy Shusyan taklif etgan bo'lib, u old ko'makchilar, bog'lovchilar va so'zlar orasidagi turli munosabatlarni ifodalovchi boshqa yordamchi so'z turkumlarini ham bir guruhga mansub qilib ko'rsatdi. Keyinroq, Dju Desi bilan hamkorlikda yozgan asarida olim o'z fikrini o'zgartirdi.
To'rtinchi nazariyaga asosan, barcha old ko'makchilar fe'l hisoblanadi (Vang Li).
Va nihoyat, oxirgi nazariyada old ko'makchilar fe'llarning toifasi sifatida ko'rib chiqiladi (Lyuy Shusyan va Dju Desining hamkorlikdagi ishi, "Zamonaviy xitoy tilining ommabop grammatika kursi").
Old ko'makchilarni ajratishda turlicha nazariyalarning shakllanishi xitoy tilining yevropa tillariga xos bo'lmagan xususiyatlarga egaligi bilan izohlanadi.
Old ko'makchilar insoniyatning rivojlanish tarixida nisbatan erta paydo bo'lgan so'zlar hisoblanib, dastlabki old ko'makchilar Shan-In davrida paydo bo'lib, Zinvenda 20 ta old ko'makchi mavjud edi. Qadimda old ko'makchilarni Щ, va h.k. atamalar bilan atab kelingan.
Qadimda xitoy tili grammatikasi bo'yicha sistematik tadqiqotlar amalga oshirilmagan, old ko'makchilar ham sistematik tarzda o'rganilmagan. XX asrda dunyo yuzini ko'rgan Щ^ХШ)) kitobidan keyingina old ko'makchilar masalasini tadqiq etish boshlangan. Bu grammatik tadqiqotlar tarixida birinchi marta old ko'makchilarni o'rganish edi. Щ^ХШ)) da old ko'makchilarning tilda mavjudligi qayd etilib, ularga quyidagicha ta'rif berilgan: "Mustaqil so'zlarni bog'lash uchun xizmat qiluvchi barcha yordamchi so'zlar old ko'makchilar deyiladi". Shuningdek, u old ko'makchilarni otlarga nisbatan qaysi pozitsiyada turishiga qarab, ЙЙ^Щ va ^й^Щ ga ajratadi. Li Zinsi va Lyu Shiju old ko'makchilarga quyidagicha ta'rif beradilar: "Barcha yordamchi so'zlardan gapda tobe konstruksiyada tanishtiruvchi rol o'ynaydigan so'zlar old ko'makchi deyiladi".
Old ko'makchilarning soni boshqa so'z turkumlari bilan solishtirganda nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, tipik, hayotimizda ko'p ishlatiladigan old ko'makchilarning soni yuztaga yetmaydi. Ushbu miqdor ot, fe'l singari so'z turkumlarining miqdori bilan taqqoslaganda nisbatan kamdir.
Old ko'makchilarni tasniflash old ko'makchilarni o'rganishning juda muhim aspektidir. Biroq old ko'makchilarning xususiyatlari o'ta murakkab bo'lganligi sababidan tadqiqotchilarning old ko'makchilarga bergan tasniflari orasida yer bilan osmonchalik farq bor. Quyida biz tartib bilan ilmiy doiralarning old ko'makchilarga bergan tasniflarini qisqacha ko'rib chiqamiz.
Old ko'makchilarni sistematik o'rganish bo'yicha birinchi kitob bo'lgan Щ^ХШ)) da faqat venyanda mavjud bo'lgan bir necha old ko'makchilar ko'rsatib o'tilib, hali ularga tasnif berish boshlanmagan. ( S f I ® Х fe ) kitobida old ko'makchilar makon-zamon munosabatini bildiruvchi, sabab munosabatini bildiruvchi va usul-vosita munosabatini bildiruvchi 3 guruhga ajratiladi. Gao Minkayning { Х Ж ii fe ii )) kitobida old ko'makchili so'z birikmasining
ma'nolariga qarab, old ko'makchilar 11 guruhga bo'linadi. Ular: makon munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar, aloqa-munosabatni bildiruvchi old ko'makchilar, vaqt munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar, sabab-natija munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar, fikr yoki qarashlar munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar, istisno munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar, asos munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar, almashlash munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar, vosita munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar, majhul nisbat munosabatini bildiruvchi old ko'makchilardir. Fan Syao 90-yillarning boshlarida old ko'makchili so'z birikmalaridan bir nechtasini ma'no jihatdan tahlil qilib, old ko'makchilarni 10 guruhga bo'ladi. Ular: o'rin, vaqt, harakat obyekti, harakat subyekti, aloqa, hamkorlik, asos, tegishlilik, shart-sharoit singari munosabatlarni bildiruvchi old ko'makchilardir. Shi Yuydji (1995) old ko'makchilarni 9 guruhga bo'ladi: harakat subyektiga ishora qiluvchi old ko'makchilar, harakat obyektiga ishora qiluvchi old ko'makchilar, aloqa-munosabatga ishora qiluvchi old ko'makchilar, vositaga ishora qiluvchi old ko'makchilar, o'ringa ishora qiluvchi old ko'makchilar, vaqtga ishora qiluvchi old ko'makchilar, sohaga ishora qiluvchi old ko'makchilar, sabab yoki maqsadga ishora qiluvchi old ko'makchilar, usulga ishora qiluvchi old ko'makchilar. Djao Shuxua (1996) old ko'makchilar tasnifiga oid masalalarni tahlil qilib, ularni 13 guruhga ajratadi: vaqt, sabab va maqsad, o'rin va yo'nalish, tegishlilik, sharoit va asos, usul, obyekt, istisno, qiyos, hamkorlik, masofa, mavzu, vosita kabilar. Djan Yishen (2000) ham Fan Syaoning usuli bo'yicha old ko'makchili so'z birikmalarini ma'no jihatdan tahlil qilib, old ko'makchili so'z birikmalarini 15 guruhga bo'ladi: vaqt, o'rin, yo'nalish, soha, vosita, asos, munosabat, sabab, maqsad, aloqa, tartib, passiv, o'zlashtirish, hamkorlik, qiyos. Jao Chanjon (1991) old ko'makchili so'z birikmalarining sintaktik funksiyalari nuqtai nazaridan ularni tasniflashga urinib ko'radi: 1) faqat hol vazifasida kela oladigan lar guruhi; 2) hol
vazifasida kela oladigan, egadan oldin joylashadigan Ш lar guruhi; 3) hol vazifasida kela oladigan, egadan oldin joylashadigan, kesimdan keyin to'liqlovchi vazifasida kela oladigan lar guruhi; 4) hol vazifasida kela oladigan, egadan oldin joylashadigan, aniqlovchi bo'lib kela oladigan ffi,^ lar guruhi. Zin Chanzi (1996) 3 xil nuqtai nazardan old ko'makchilarni tasniflab, old ko'makchilarning funksional farqlari asosida ularni markaziy (tipik) old ko'makchilar, oddiy (sodda) old ko'makchilar va funksional old ko'makchilar (ot-old ko'makchilar, fe'l-old ko'makchilar, bog'lovchi-old ko'makchilar); old ko'makchilarning sintaktik funksiyalari nuqtai nazaridan esa Jao Chanjon (1991) kabi 4 guruhga, bo'g'inga asosan bir bo'g'inli va ikki bo'g'inli old ko'makchilarga ajratadi. Bo Yuysyan, Djou Syaobin, Li Vey kabilar muharrirligi ostida chop etilgan kitobida bir necha jihatlarni hisobga olgan holda old ko'makchilar
tasnif qilinadi. Ma'nosi jihatdan harakat obyekti old ko'makchilari, harakat subyekti old ko'makchilari, vosita old ko'makchilari, obyekt mazmuni old ko'makchilari, makon va zamon old ko'makchilari, usul va asos old ko'makchilari, istisno old ko'makchilari, sabab va maqsad old ko'makchilariga ajratiladi. Shakl jihatdan faqat kesimdan oldin hol vazifasida keladigan; ham kesimdan oldin hol vazifasida keladigan, ham egadan oldin butun gapni aniqlab beradigan; yuqoridagi xususiyatlarni namoyon qilib, unga qo'shimcha ravishda kesimdan keyin to'liqlovchi vazifasida keladigan; asosiy to'ldiruvchidan oldin aniqlovchi vazifasida keladigan old ko'makchilarga bo'linadi. Xullas, ilmiy doiralarda old ko'makchilar turli-tuman tasnif qilingan.
^ДШ^ШиЖЙ (i^iT—) kitobida old ko'makchilarga quyidagicha ta'rif beriladi: old ko'makchilar yordamchi so'z turkumlariga mansub bo'lib, ulardan ko'pchiligi fe'llarning grammatikalizatsiyasi , ya'ni mustaqil so'z turkumining yordamchi so'z turkumiga o'tishi
natijasida kelib chiqqan, shuning uchun old ko'makchilarning grammatik xususiyatlarida fe'lga xos tomonlar ham ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Old ko'makchilar ot (otli birikma), olmoshdan oldin joylashib, ot (otli birikma) va olmosh bilan old ko'makchili so'z birikmasini hosil qiladi. Old ko'makchidan keyingi pozitsiyada turgan ot yoki olmosh o'sha old ko'makchining to'ldiruvchisi
hisoblanadi. Old ko'makchili so'z birikmasi gapda hol vazifasida kelib, uning gapdagi ahamiyati harakat va holat, belgi va xususiyat bilan aloqador bo'lgan vaqt, o'rin, usul, soha, obyekt kabilarni ifodalashdan iborat8. Masalan: iïifto (o'rin)
йТ« (qiyoslash obyekti) t^^fÜf^IÜIft. (obyekt)
Xitoy tilida old ko'makchilarning miqdori u qadar ko'pni tashkil etmaydi, biroq ularning ishlatilish chastotasi juda yuqori, bundan tashqari har bir old ko'makchi odatda bir necha xil qo' llanilishga ega.
Ko'p ishlatiladigan old ko'makchilar quyidagilardan iborat:
Makon munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar:
Vaqt munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar:
Obyekt munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar:
Asos munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar:
Sabab munosabatini bildiruvchi old ko'makchilar:
Boshqa munosabatlarni bildiruvchi old ko'makchilar: ШТ>Ш..
Yuqorida xitoy olimlarining old ko'makchilarni tasnif qilish yuzasidan fikrlarini ko'rib chiqdik. Shu bilan birga, amaliy grammatika darsligida berilgan tasniflar, old ko'makchilarning grammatik ma'nolari va sintaktik funksiyalari bilan atroflicha tanishdik. Old ko'makchilarni xitoy olimlari turlicha tasnif qilishadi, biroq ularning hammasi ham to'g'ri nuqtai nazardan yondashgan deb bo'lmaydi. Biz nisbatan to'g'ri deb hisoblagan va hozirgi darsliklar uchun namuna qilib olinadigan tasnifni keltirib o' tdik. REFERENCES
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T., Ma'naviyat, 2008.
2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 5-jild. Konimex-Mirzoqush. Tahrir hay'ati: M.Aminov, T.Dolimov va b. T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2003.
3. Karimov A.A. Xitoycha nomlarni o'zbek tilida transkripsiya qilish qoidalari. // "Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari" ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. T., "O'zbekiston", 2007.
4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik (Tilshunoslik tarixi). Oliy o'quv yurtlari o'zbek filologiyasi fakulteti talabalari bakalavr va magistrlari uchun o'quv qo'llanma. Toshkent - 2005.
5. Люй Шусян. Очерк грамматики китайского языка: В 2-х т. - Т.1. Слово и предложение. М.: Изд-во Вост. лит., 1961.
6. 2004^8^^
Ш4ШШ1
7. www.dissercat.com
8. www.docin.com
9. www.philology.ru
10. www.twirpx.com
8 о
857
R
О
11. С Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.
12. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).
13. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов XI-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).
14. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.
15. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.
16. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.
17. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.
18. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.
19. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 7(1), 85-91.
20. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).
21. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1504-1511.
22. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.
23. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.
24. NS
ШЩ^—^Ь- 87, 0
25. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.
26. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019