Научная статья на тему 'YEVROPA KENGASHI DORASIDA YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI'

YEVROPA KENGASHI DORASIDA YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
4
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mintaqaviy tizimlar / Yevropa tizimi / Yevropa Kengashi / Parlament Assambleyasi / Vazirlar Kengashi / institutsional asoslar. / Regional systems / European system / Council of Europe / Parliamentary Assembly / Council of Ministers / institutional framework.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Turdibekov Ahror Otay O‘g‘li

Ushbu maqolada Yevropa Kengashi doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qilishning institutsional asoslari muhokama qilinadi. Yevropa Kengashida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qiladigan hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar va ularning vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Yevropa Kengashi doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni himoya qiluvchi tashkilotlat tizimlashtiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INSTITUTIONAL FRAMEWORK FOR THE PROTECTION OF THE RIGHTS OF ORPHANS AND CHILDREN DEPRIVED OF PARENTAL CARE IN THE EUROPEAN COUNCIL

This article discusses the institutional framework for the protection of the rights of orphans and children deprived of parental care within the framework of the Council of Europe. The Council of Europe analyzes intergovernmental and non-governmental organizations and their tasks that protect therights of orphans and children deprived of parental care. As a result of the study, within the framework of the Council of Europe, an organization is systematized that protects orphans and children deprived of parental care.

Текст научной работы на тему «YEVROPA KENGASHI DORASIDA YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI»



www.in-academy.uz

INSTITUTIONAL FRAMEWORK FOR THE PROTECTION OF THE RIGHTS OF ORPHANS AND CHILDREN DEPRIVED OF PARENTAL CARE IN THE EUROPEAN COUNCIL Turdibekov Ahror Otay o'g'li

Graduate student of Tashkent State Law University [email protected]

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 26th June 2024 Accepted: 29th June 2024 Online: 30th June 2024 KEY WORDS

Regional systems,

European system, Council of Europe, Parliamentary Assembly, Council of Ministers, institutional framework.

This article discusses the institutional framework for the protection of the rights of orphans and children deprived of parental care within the framework of the Council of Europe. The Council of Europe analyzes intergovernmental and nongovernmental organizations and their tasks that protect the rights of orphans and children deprived of parental care. As a result of the study, within the framework of the Council of Europe, an organization is systematized that protects orphans and children deprived of parental care.

YEVROPA KENGASHI DORASIDA YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG'IDAN MAHRUM BO'LGAN BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI

Turdibekov Ahror Otay o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti [email protected]

ABSTRACT

ARTICLE INFO

Received: 26th June 2024 Accepted: 29th June 2024 Online: 30th June 2024 KEY WORDS

Mintaqaviy tizimlar, Yevropa tizimi, Yevropa Kengashi, Parlament Assambleyasi, Vazirlar Kengashi, institutsional asoslar.

Ushbu maqolada Yevropa Kengashi doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar huquqlarini himoya qilishning institutsional asoslari muhokama qilinadi. Yevropa Kengashida yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar huquqlarini himoya qiladigan hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar va ularning vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Yevropa Kengashi doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni himoya qiluvchi tashkilotlat tizimlashtiriladi.

Kirish

Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham mavjud.

Ushbu tashkilotlar a'zolari odatda ma'lum geografik mintaqa davlatlari bo'lishlari mumkin. Bunday tashkilotlar, xavfsizlik, iqtisod, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalardagi

www.in-academy.uz

mintaqaviy xalqaro hamkorlikka qaratilgan bo'lsada, bola huquqlari masalasiga alohida e'tibor qaratiladi.

Bola huquqlarini himoya qilishda bir nechta mintaqaviy tizimlar mavjud bo'lib, ular ma'lum bir mintaqada bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Yevropa tizimi, boshqa mintaqaviy tizimlarga qaraganda, bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha eng samarali tizimlardan biri hisoblanadi. Bu sababli, birinchi navbatda, ushbu tizimni tushunish va o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Yevropada inson huquqlari, shuningdek, bola huquqlarini himoya etish bilan shug'ullanuvchi eng samarali tashkilot Yevropa Kengashi hisoblanadi. Material va metodlar

Ushbu maqola xorijiy keng tarqalgan usullarni konseptual, nazariy, konstitutsiyaviy-huquqiy va amaliy tushunishga qaratilgan. Mazkur tadqiqotda ilmiy bilishning tahlil, umumlashtirish, qiyosiy-huquqiy, tizimli-tuzilmaviy, formal-yuridik o'rganish usullaridan foydalanildi.

Tadqiqot natijalari

Bugungi kunda bolalar huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq ko'plab xalqaro nohukumat tashkilotlari faoliyati natijasida bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro nohukumat tizimi yaratilgan. Bu tizimni "bola huquqlari bo'yicha xalqaro fuqarolik jamiyati tizimi" deb ham yuritish mumkin.

Hozirda Yevropa Kengash doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan turli tashkilotlar mavjud bo'lib, ular shug'ullanadigan masalaga qarab turlicha nomlanadi. Bu tashkilotlar bolalar huquqlarini turli jabhalarda himoya qiladi. Bular quyidagilar:

• Yevropa Kengashi;

• Parlament Assambleyasi;

• Vazirlar Kengashi;

• Inson huquqlari bo'yicha Yevropa Sudi. Bulardan tashqari

- Inson huquqlari bo'yicha komissar;

- Lo'lilar va sayohatchilar masalalari bo'yicha ekspertlar qo'mitasi (ADI-ROM) INGOlar konferensiyasi;

- Mahalliy va mintaqaviy hokimiyatlar kongressi;

- "Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va jinsiy zo'ravonlikdan himoya qilish bo'yicha" Yevropa Kengashi Konvensiyasi ishtirokchilari qo'mitasi (Lanzarote qo'mitasi);

- Kiberjinoyatlar bo'yicha konvensiya qo'mitasi (T-CY);

- Sport bo'yicha kengaytirilgan qisman kelishuv (EPAS);

- Qiynoqlarning oldini olish bo'yicha Yevropa qo'mitasi (CPT);

- Yevropa ijtimoiy huquqlar qo'mitasi (ECSR);

- Yevropa yoshlar uchun boshqaruv qo'mitasi (CDEJ) / yoshlar bo'yicha maslahat kengashi;

- Gender tengligi komissiyasi (GEC);

- Odam savdosiga qarshi kurash bo'yicha ekspertlar guruhi (GRETA);

- Ayollarga nisbatan zo'ravonlik va oiladagi zo'ravonlikka qarshi kurash bo'yicha ekspertlar guruhi (GREVIO);

- Yevropa Kengashi parlament Assambleyasi (PACE);

www.in-academy.uz

- Bosh kotibning migratsiya va qochqinlar bo'yicha maxsus vakili (SRSG);

- Ta'lim uchun boshqaruv qo'mitasi (CDEDU);

- Bola huquqlari bo'yicha boshqaruv qo'mitasi (CDEF);

- Inson huquqlari bo'yicha mustaqil organlar bo'limi;

- Nafrat Nutqiga Qarshi Harakat;

- Jinsiy orientatsiya va gender identifikatori (SOGI) birligi;

- Milliy ozchiliklarni himoya qilish bo'yicha doiraviy konvensiya bo'yicha maslahat qo'mitasi (FCNM);

- Biotibbiyot va sog'liqni saqlash sohalarida inson huquqlari bo'yicha boshqaruv qo'mitasi (CDBIO);

- Irqchilik va murosasizlikka qarshi Yevropa komissiyasi (ECRI);

- Yoshlar bo'yicha Yevropa boshqaruv qo'mitasi (CDEJ) / Yoshlar bo'yicha maslahat kengashi;

- Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurash bo'yicha ekspertlar guruhi (GREVIO);

- Pompidou guruhi;

- Inson huquqlari bo'yicha boshqaruv qo'mitasi (CDDH);

- Diskriminatsiyaga qarshi kurash, xilma-xillik va inklyuziya bo'yicha boshqaruv qo'mitasi (CDADI);

- Sun'iy intellekt bo'yicha qo'mita (CAI);

- Terrorizmga qarshi kurash qo'mitasi (CDC);

- Ma'lumotlarni himoya qilish qo'mitasi (T-PD);

- Gender tenglik komissiyasi (GEC);

- Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (PACE);

- Ta'lim bo'yicha boshqaruv qo'mitasi (CDEDU);

- OAV va axborot jamiyati bo'yicha boshqaruv qo'mitasi (CDMSI);

- Demokratik Madaniyat uchun vakolatlarning ma'lumot bazasi;

- Yevropa prokurorlari maslahat kengashi (CCPE);

- Penologik hamkorlik kengashi (PC-CP);

- Adliya tizimlarining samaradorligi bo'yicha Yevropa Kengashi komissiyasi (CEPEJ);

- Yevropa ta'lim qo'mitasi (CDEDU);

- Huquqiy hamkorlik bo'yicha Yevropa qo'mitasi (CDCJ);

- Jinoyat muammolari bo'yicha Yevropa qo'mitasi (CDPC);

- Lanzarote qo'mitasi (TES);

- Xalqaro ommaviy huquq bo'yicha yuridik maslahatchilar qo'mitasi (CAHDI);

- Ijtimoiy huquqlar bo'yicha Yevropa qo'mitasi (ECSR);

- Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi;

- Yevropa Asosiy Xatarlar kelishuvi kabi tashkilotlar ham bolalar huquqlari turli jabhalarda himoya qiladi.

Tadqiqot natijalari tahlili

"Yevropa Kengashi 1949-yil 5-mayda 10 mamlakatdan kelgan ishtirokchi davlatlar tomonidan tashkil etildi. Uning a'zolari soni yildan-yilga o'sib bormoqda va 2008-yilda 47 taga yetdi. Uning asosiy maqsadi inson huquqlari himoyasi, plyuralistik demokratiyani rivojlantirish; kamchilik, notolerantlik va ksenofobiya bilan bog'liq muammolar yechimini izlashdir".

www.in-academy.uz

Yevropa Kengashi bugungi kunda jahondagi eng e'tiborli va o'rta o'simlik tashkilotlardan biri hisoblanadi va inson huquqlarini himoya etishda nufuzli bir tuzilma sifatida taniladi. Natijada, inson huquqlariga rioya etish tamoyili Yevropa Kengashi Nizomi (Statuti)da qat'iyat bilan mustahkamlab qilingan.

Mazkur hujjatning 3-moddasida ta'kidlab ko'rsatilishicha, Yevropa Kengashining har bir a'zosi qonun ustunligi tamoyilini hamda har qanday shaxs qaysi tamoyilning yurisdiksiyasi ostida bo'lganda inson huquqlari va asosiy erkinliklaridan foydalanadigan bo'lsa, shu tamoyilni e'tirof etadi1.

"Inson huquqlarini va uning asosiy erkinliklarini jiddiy tarzda buzish Yevropa Kengashiga a'zolikni to'xtatib qo'yish va hatto a'zolikdan chiqarish uchun asos bo'lishi mumkin. Mazkur tashkilot tomonidan bu yo'nalishda olib borilgan ishlarning amaliy samarasi shuki, Yevropa Kengashining faoliyati mobaynida 200 ga yaqin konvensiya, shu jumladan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya etish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi qabul qilingan"2.

Yevropa miqyosida qabul qilingan 10 ta konvensiya va bitim, shu jumladan,, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya etish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi va Ijtimoiy xartiya yopiq hujjatlar hisoblanadi. Boshqa hujjatlar esa batamom yoki qisman ochiq xususiyatga ega.

Hozirgacha Yevropa kengashi doirasida qabul qilingan xalqaro shartnomalar Ro'yxatida "Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi" (1950-1953) va unga qo'shimcha 14 ta Fakultativ protokol;

"Yevropa Ijtimoiy xartiyasi" (1961-1965), unga qo'shimcha Fakultativ protokollar va yangi tahrirdagi "Yevropa Ijtimoiy xartiyasi" (1996-1999); Mehnatkash migrantlarning huquqiy maqomi to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi (1977-1983); Mintaqaviy yoki ozchilikka mansub xalqlar so'zlashadigan tillar to'g'risidagi Yevropa xartiyasi (1992-1998); Milliy ozchilikka mansub shaxslarni himoya qilish bo'yicha namunaviy konvensiya (1995-1998); Inson huquqlari va Biotibbiyot bo'yicha konvensiya (1997-1999); Fuqarolik to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi (1997-2000), kabi inson huquqlari bo'yicha hujjatlar bilan bir qatorda, bola huquqlari bo'yicha maxsus bo'lgan "Bolalarning huquqlarini amalga oshirish bo'yicha Yevropa konvensiyasi (1996-2000)" ham qabul qilingan.

Yevropa Kengashining nazoratni amalga oshirish mexanizmi tarkibiga Yevropa inson huquqlari komissiyasi, Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi va Yevropa Vazirlar qo'mitasi kiradi. Yevropa konvensiyasiga muvofiq tashkil topgan inson huquqlarini himoya etish mexanizmi Yevropa Kengashiga a'zodavlatlarning davlat suverenitetini mutlaqlashtirishda qaror topgan andozalardan voz kechishni taqozo etadi.

Yevropa Inson huquqlari sudi. Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi nafaqat inson huquqlari sohasidagi muhim huquqlarni belgilab berdi, balki ularni himoya qilish uchun maxsus mexanizmni ham yaratdi. Bu sudning joylashuvi Fransiyaning Strasburg shahridagi Inson huquqlari saroyida, Yevropa Kengashi ham shu yerda joylashgan.3.

1 Устав совета европы //Международное сотрудничество в областви прав человека: документы и материалы -М., 1993. Вып. 2. -С. 121

2 Права совета европы и Россия (Сборник документов , материалов ) - Краснодар, 1996

3 Mo'minov A., ТШаЬаеу М. 1^оп huquqlari /ОагеПк. Mas'ul muharrir A.X.Saidov. -2-nashr. -Г.: Adolat, 2013.-В.214-2118

www.in-academy.uz

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti - Yevropa, Markaziy Osiyo va Shimoliy Amerika davlatlarini birlashtiruvchi xalqaro tashkilot.

1975-yilda imzolangan Xelsinki Yakunlovchi Hujjati, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Konferensiyasining ishlarining eng yuqori cho'qqisi bo'lgan. Sharqiy va G'arbiy Yevropadagi barcha suveren davlatlar (o'sha paytda bundan faqatgina Albaniya mustasno edi), shuningdek, AQSh va Kanada ishtirokida qabul qilingan Yakunlovchi Hujjat, hukumatlar uchun yuridik jihatdan majburiy shartnoma bo'lmasa-da, uning siyosiy ahamiyati nihoyatda katta bo'lgan muhim hujjat edi.

"Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi tomonidan qabul qilingan keyingi muhim hujjatlar orasida Vena (1989-yil) va Kopengagen (1990-yil) uchrashuvlarining yakuniy hujjatlarini, shuningdek, Yangi Yevropa uchun mo'ljallangan Parij xartiyasini (1990-yil)"4 alohida ta'kidlash kerak.

1994-yilda Budapesht kengashi qaroriga ko'ra, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi (YeXHK) Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) sifatida qayta tashkil etildi. Ushbu qarorda YXHTning xavfsizlik, iqtisodiy barqarorlik va ekologiya sohalaridagi maqsadlari bilan bir qatorda, inson huquqlari sohasidagi faoliyatni rivojlantirish ham asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilandi.

YXHTga Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada va MDH davlatlari, shu jumladan Osiyoda joylashgan MDH davlatlari a'zo hisoblanadi. YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi bola huquqlari sohasida quyidagilarni amalga oshiradi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarning rivojlanishiga ko'maklashadi va texnik yordam beradi;

- turli mamlakatlarda nodavlat tashkilotlarining tashkil etilishi va fuqarolik jamiyatining shakllanishiga yordam ko'rsatadi;

- a'zo davlatlarga inson huquqlari sohasida seminarlar o'tkazishda texnik yordam beradi va tashkilotning maxsus loyihalarini amalga oshirishda ko'maklashadi.

Hozirgi kunda "Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti" xavfsizlik masalalari bilan shug'ullanuvchi va tarkibiga 56 mamlakatni birlashtirgan umumevropa tashkilotidir.

YXHTning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatida, boshqa barcha a'zo davlatlar qatori, O'zbekiston Respublikasining o'rni va roli ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi 1992-yilda Xelsinki Yakunlovchi Hujjatini, 1993-yilda esa Parij Xartiyasini imzolab, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo'ldi va bu tashkilot bilan faol hamkorlikni davom ettirmoqda.

Bola huquqlariga ixtisoslashgan xalqaro nodavlat tashkilotlari:

Xalqaro nohukumat tashkilotlari - hukumatlararo bitimlar asosida emas, balki bir davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq ro'yxatga olingan ta'sis hujjatlari asosida tashkil etiladigan, foyda olish yoki tijorat maqsadlarini ko'zlamaydigan, kamida ikki yoki undan ortiq davlat hududida faoliyat yuritadigan va BMT Ustavi ruhi, prinsiplariga hamda xalqaro huquq

4 Qarang: Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Insoniylik mezonlari bo'yicha hujjatlari. -Toshkent, 2002.

www.in-academy.uz

normalariga muvofiq keluvchi yagona maqsad yo'lida birlashgan turli mamlakatlardan jamoatchilik vakillarini birlashtiruvchi tashkiliy shakldir"5.

Hozirgi vaqtda bola huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan xalqaro nohukumat tashkilotlari tizimi shakllangan bo'lib, ular orasida quyidagilar bola huquqlarini xalqaro miqyosda himoya qilishda muhim rol o'ynaydi:

Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasi va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi 1864-yildan beri faoliyat yuritmoqda. Ular dastlab qurolli mojarolar davrida jabrlanganlarga yordam ko'rsatish bilan shug'ullanishgan. Hozirgi kunda ularning ishlari asosan gumanitar sohalarga qaratilgan bo'lib, ayniqsa, qurolli mojarolar vaqtida jabrlangan bolalarning huquqlarini himoya qilish va ularga yordam berishga alohida e'tibor berilmoqda.

"Save the Children (Bolalarni qutqaring)" tashkiloti 1919-yilda Buyuk Britaniyada tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadlari ta'lim, sog'liqni saqlash tizimini va iqtisodiy imkoniyatlarni yaxshilash, bolalarni zo'ravonlik va tabiiy ofatlardan himoya qilish, shuningdek, bola huquqlarini muhofaza qilish va himoya qilishdan iborat. Hozirgi kunda ushbu tashkilot 120 mamlakat bilan hamkorlik qilmoqda.

"SOS Kinderdorf International" tashkiloti yetim va ota-onasiz qolgan bolalarni tarbiyalash, ularga qulay sharoitlar yaratish va yordam ko'rsatish bilan shug'ullanadi. Tashkilot nomidagi SOS qisqartmasi ingliz tilidagi "social support" (ijtimoiy qo'llab-quvvatlash) so'zlaridan olingan bo'lib, zaif aholi qatlamlariga, ayniqsa bolalarga yordam va himoyani taqdim etish zaruratini bildiradi va xalqaro SOS favqulodda yordam signaliga o'xshash ma'noda ishlatiladi. SOS - bolalar qishlog'i esa yetim va ota-onasiz qolgan bolalarni oilaviy muhitga eng yaqin sharoitlarda tarbiyalash uchun mo'ljallangan noyob dastur hisoblanadi.

Birinchi SOS bolalar qishlog'i 1949-yilda tashkilot asoschisi Herman Gmayner tomonidan Avstriyaning Imst shahrida ochilgan. Bu model hozirda dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, Yevropada inson huquqlari va bola huquqlarini himoya qilish bilan shug'ullanuvchi eng nufuzli tashkilot Yevropa Kengashidir. Yevropa Kengashining nazorat mexanizmi Yevropa Inson Huquqlari Komissiyasi, Inson Huquqlari bo'yicha Yevropa Sudi va Yevropa Vazirlar Qo'mitasini o'z ichiga oladi. Yevropa konvensiyasiga muvofiq tashkil topgan inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi, Yevropa Kengashiga a'zo davlatlarning suverenitetini mutlaqdan voz kechishni talab etadi.

References:

1. Bola huquqlari. / Yuridik oliy o'quv yurtlari uchun darslik // Prof. G'.Abdumajidov tahriri ostida. -T.: TDYI, 2009.

2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimi. /Mualliflar jamoasi: A.Saidov, 209 F.Bakayeva, K.Arslanova va boshq. Mas'ul muharrir A.X.Saidov. -T.: "O'zbekiston", 2010.

3. Mo'minov A., Tillabayev M. Bola huquqlari. Elektron darslik. -T.: JIDU, 2011

5 Xalqaro nohukumat tashkilotlarining huquqiy maqomi bo'yicha batafsil ma'lumot uchun qarang: Mo'minov A. Xalqaro tashkilotlar huquqi shakllanishining nazariy masalalari. -T.: JIDU, 2013.

www.in-academy.uz

4. Mo'minov A., Tillabayev M. Inson huquqlari. Darslik. Mas'ul muharrir A.X.Saidov. 2-nashr. -T.: Adolat, 2013.

5. O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi: Darslik //H.T.Odilqoriyev tahriri ostida. -T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005.

6. Balog'atga yetmagan bolalar huquqlariga oid xalqaro hujjatlar. /Kirish so'z muallifi va mas'ul muharrir. A.X.Saidov. -T.; 2QQ2. -232 b.

7. Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga sharhlar" /Mas'ul muharrir A.X.Saidov - Toshkent: Inson huquqlari Bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2QQ8.

8. Sbornik mejdunarodnex dokumentov Komiteta OOn po pravam rebenka /Otv. red. A.X.Saidov. -T.: NSPCh, 2014.

9. Bolalarni himoya qilish. Parlament a'zolari uchun qo'llanma. T.: YUNISEF, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2006.

10. Bola huquqlari monitoringi. O'quv-uslubiy qo'llanma /mas'ul muharrir A.X.Saidov. -T.: Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2011.

II Normativ-huquqiy hujjatlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel.

III Xalqaro-huquqiy hujjatlar:

1. BMTning Bola huquqlari to'g'risida konvensiya.

2.Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga bolalarning qurolli mojarolarga jalb qilinishi to'g'risidagi Fakultativ protocol.

3. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga bolalar savdosi, bola fohishabozligi va bola pornografiyasi to'g'risidagi Fakultativ protocol.

4.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog'atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari ("Pekin qoidalari").

5.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog'atga yetmagan bolalar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dasturiy prinsiplari ("Ar-Riyod dasturiy

prinsiplari").

6.Birlashgan Millatlar Tashkilotining qamoqda saqlash bilan bog'liq bo'lmagan choralarga doir minimal standart qoidalari ("Tokio qoidalari").

7.Birlashgan Millatlar Tashkilotining ozodlikdan mahrum etilgan balog'atga yetmagan bolalarni himoya qilishga doir qoidalari.

8.Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to'g'risidagi 138 konvensiya.

9.Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to'g'risidagi 182-konvensiya.

10. Inson huquqlari bo'yicha Yevropa konvensiyasi.

11. Yevropa ijtimoiy xartiyasi.

IV Internet manbalari:

1. http://www.lex.uz.

2. http://www.minjust.uz.

3. https://cyberleninka.ru/.

4. https://elibrary.ru/.

5. https://uncitral.un.org/.

6. https://www.wto.org/.

7. https://www.bmjv.de/.

8. https://www.researchgate.net.

9. https://www.coe.int/en/web/portal/the-council-of-europe-key-facts

www.in-academy.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.