CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
MAMLAKATIMIZDA BOLA HUQUQLARINI TA'MINLASH BO'YICHA
MILLIY MONITORING TIZIMI
Mahliyo Usmonali qizi Yusubova Rasulbek Boynazar o'g'li Hojiyev
CHDPU Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari CHDPU Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi talabasi va huquq ta'limi kafedrasi o' qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mamlakatimizda qabul qilinayotgan bola huqulari va erkinliklariga oid normativ-huquqiy hujjatlar xalqaro huquqiy hujjatlarning qoidalariga asoslanadi. Shuningdek bola huquqlarini ta'minlash va ularni har tomonlama himoya qilish uchun maxsus huquqiy baza shakllantirish.
Kalit so'zlar: Bola huquqlari, BMT, normativ-huquqiy hujjatlar, qonunlar, inson huquqlari, erkinliklar.
"Agar biz bolalarning orzu-umidlarini tarbiyalasak, dunyo baxtga to'ladi. Agar biz ularniyo'q qilsak, dunyo halokatga mahkumdir!"
Uess Stafford "Mehr-shafqat" xalqaro tashkiloti faxriy prezidenti
Bola huquqlarini ta'minlashga oid O'zbekiston Respublikasining siyosatini amalga oshirish BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi va inson huquqlari va erkinliklari to'g'risidagi boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarning qoidalariga asoslanadi, ular 100 dan ortiq qonunlarda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda amalga oshiriladi, ular orasida Respublika Konstitutsiyasi ustuvor o'rin tutadi. O'zbekiston, "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi va "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonunlar va boshqalar bolalar huquqlariga rioya etilishi va himoya qilinishini ta'minlashning mustahkam huquqiy bazasini va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratgan. O'zbekistonda bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan, mensimaslik, shafqatsizlik, qo'pollik, insoniy qadr-qimmatni kamsituvchi muomala, bolalarni haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan himoya qilish, milliy me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, aholi o'rtasida huquqiy savodxonligini oshirish orqali muhim islohotlar boshlandi. Majburiy bolalar mehnatidan foydalanish tugadi. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni, shuningdek, nogiron bolalarni internatlarga joylashtirishni kamaytirish va oldini olish maqsadida bolalarni deinstitutsionalizatsiya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda dunyoning ko'plab mamlakatlarida bolalar bo'yicha Ombudsman instituti faoliyat ko'rsatmoqda.Bolalar uchun ombudsman instituti va uning yaratilishi
191
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
mamlakatimizning BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishini nazorat qilishning ajralmas qismidir.
BMTning Bola huquqlari qo'mitasi va boshqa inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi shartnomaviy organlari tomonidan olib borilgan bolalar huquqlarining xalqaro monitoringi O'zbekistonda bolalar huquqlarini himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlari mavjud emasligi bilan bog'liq qator muammolar mavjudligini ko'rsatadi.
O'zbekiston aholisining uchdan bir qismidan ko'prog'i 18 yoshgacha bo'lgan yoshlar bo'lgani sababli bolalar masalalari bo'yicha sohalarga sarmoyalar kiritish ustuvor strategiyalardan biri ekanligi, bu mamlakatni yangi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasiga ko'tarishga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi yosh mustaqil davlat bo'lib, aholisining 40%ni 18 yoshgacha bo'lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa -30 yoshgacha bo'lgan yoshlar. Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, int ellektual va ma'naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko'p bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo'lgan bolalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hisoblanadi.
"Tarix bizni bolalarning kundalik hayotidagi o'zgarishlarga qarab baholaydi". - Nelson Mandela, siyosiy yetakchi
Mamlakatda bola huquqlarini ta'minlash va ularni har tomonlama himoya qilish uchun maxsus huquqiy baza shakllangan desak, adashmagan bo'lamiz. Jumladan, bolalarning huquqlari mamlakatimiz Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida o'z aksini topgan. O'zbekiston o'z mustaqilligining dastlabki davridanoq, aniqrog'i 1992-yili BMTning "Bola huquqlari to'g'risida"gi konvensiyasini ratifikatsiya qilishi bilan jamiyatimiz bola huquqlari naqadar, dolzarb masala ekanligini xalqaro miqyosda e'tirof etdi.
SHuningdek Bola huquqlarinig kafolatlari to'g'risida qonun qabul qilingan.Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda ma'qullangan. Ushbu Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonunning 4-moddasida bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat siyosati aks ettirilgan. Bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash; bolaning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish; bolaning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik;
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
bolaning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish; bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta'minlash; bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish; bola huquqlarining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash; bolalarning jismoniy, intellektual, ma'naviy va ahloqiy kamol topishiga ko'maklashish; bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag'rikenglik va tinchliksevarlik tuyg'ularini tarbiyalash;
bolani O'zbekiston xalqining tarixiy va milliy an'analari, ma'naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;
bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish; bolalar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash;
bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;
bola huquqlarini ta'minlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o'rtasida hamkorlik qilish;
bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
bolalarning ijtimoiy ko'nikmasiga, voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko'maklashish.
Bola huquqlariga oid mazkur xalqaro va milliy normalar mamlakatimizda bola huquqlariga oid davlat siyosatining shakllanishi uchun huquqiy zamin yaratdi. Mazkur siyosat bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish bilan bog'liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat va mahalliy hokimiyat organlarining izchil olib borayotgan faoliyatida namoyon bo'lmoqda. Shu bois, bola huquqlarini ta'minlash va himoya qilish uchun zarur bo'lgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlarni yaratish mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi
1. Bola huquqlari monitoringi. O'quv-uslubiy qo'llanma /Mas'ul muharrir A.X.Saidov. -T.: Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2011. -B.5 2 Inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar (to'plam). -T.: "Adolat", 2004. - B. 220
2. O'zbekiston Respublikasining Qonuni 07.01.2008 y. üO'RQ-139
3. Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining 2003-yildagi faoliyati to'g'risida hisobot. -T., 2004
4. Bola huquqlarining kafolatlari //Demokratlashtirish va inson huquqlari. ü1, 2013
REFERENCES
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
5. Voyaga yetmaganlar va yoshlaming huquqlarini himoya qilish tizimi: muammolar va yechimlar. Ilmiy-amaliy konfeUensiya materiallari. -T.: O'zbekiston.
6. Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining 2003-yildagi faoliyati to'g'risida hisobot. -T., 2004
7. Bola huquqlarining kafolatlari //Demokratlashtirish va inson huquqlari. u1, 2013
8. Voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish tizimi: muammolar va yechimlar. Ilmiy-amaliy konfeUensiya materiallari. -T.:
9. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, "Konsauditinform-nashr", 2008
10. Bolalar g'ayriijtimoiy harakatlarining oldini olish borasidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yo'nalishlar: (ilmiy-amaliy konfeUensiya materiallari) O'zbekiston 5espublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo'yichcha komissiya, BMT Bolalar fondining (UNICEF) O'zbekistondagi vakolatxonasi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining oliy o'quv kurslari; mas'ul muharrir T.A.Umarov. -T.: YURIST-MEDIA markazi, 2010
11. Икрамов Р.А., Хожиев Р.Б. (2020). Воспитание гармонично развитого поколения является приоритетом государственной молодежной политики. Вестник науки и образования. № 14 (92). Част 3. С. 88-90
12. Ходжиев Р.Б., Норбоева Д.О. (2021) Креативное мышление - важный фактор социального развития. Вестник науки и образования. № 10 (113). Част 3. С. 76-79.
13. Х,ожиев Р.Б., Норбоева Д.О. (2021) Ёшлар ижтимоий хдётнинг когнитив асослари. "Academic Research in Educational Sciences " № 2(2), 544-555-6.
14. R.B.Hojiyev, G.B.Xolmo'minov, M.L.Sharipov (2020) Raising a harmoniously developed generation is a priority of democratic reforms in Uzbekistan. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8. Number 5. pp-
1-3.