Научная статья на тему 'YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASHNING NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI'

YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASHNING NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
7
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
yetim bolalar / ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar / himoyaga muhtoj bola / huquqiy asos / xalqaro majburiyat / nazariy masalalar / ijtimoiy himoya.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Turdibekov Ahror Otay O‘g‘li

Ushbu maqolada yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlashning nazariy-huquqiy masalalari muhokama qilinadi. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro-huquqiy asos qandayligini o‘rganadi. Maqoalada yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni huquqlarining ta’minlashning huquqiy asosi muayyan ketm-ketlikda batafsil yoritilib, bir qator olimlar fikrlari bilan boyitilgan. Ilmiy ish aynan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASHNING NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG'IDAN MAHRUM BO'LGAN BOLALAR HUQUQLARINI TA'MINLASHNING NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI Turdibekov Ahror Otay o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti turdibekovahror99@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11408150

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 25- May 2024 yil Nashr qilindi: 31- May 2024 yil

KEY WORDS

yetim bolalar, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar, himoyaga muhtoj bola, huquqiy asos, xalqaro majburiyat, nazariy masalalar, ijtimoiy himoya.

Ushbu maqolada yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar huquqlarini ta'minlashning nazariy-huquqiy masalalari muhokama qilinadi. Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni himoya qilish bo'yicha xalqaro-huquqiy asos qandayligini o'rganadi. Maqoalada yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni huquqlarining ta'minlashning huquqiy asosi muayyan ketm-ketlikda batafsil yoritilib, bir qator olimlar fikrlari bilan boyitilgan. Ilmiy ish aynan, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning huquqlarini ta'minlashga qaratilgan Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga, shu qatori bolalarga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va psixiologik jihatdan e'tibor yangi bir pag'onaga ko'tarilgan. Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi oila, bolalar va yoshlarga bag'ishlangani ularga bo'lgan e'tibor nechog'lik ekaligining ifodasidir. Inson huquqlari oliy qadriyat hisobanganligi kabi, bolalar huquqlari, xususan, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar ham eng muhim qadriyat hisoblanadi. Bolalar jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami hisoblanib, ular to balog'atga yetgunga qadar maxsus himoya choralarini talab qiladi. Ushbu o'rinda, avvalo, bola tushunchasiga ta'rif berish lozim. Bolalarni himoya qilish ijtimoiy va huquqiy munosabatlarning barcha jabhalarida kuzatilib, xususan, oila, mehnat, savdo, ta'limga oid munosabatlarda namoyon bo'ladi. Yoshlar mamlakati hisoblangan O'zbekistonning ertangi kelajagi bugungi yoshlarga bog'liqligini hisobga olgan holda, yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularga yetarlicha ko'mak berish har doim o'z dolzarbligini yo'qotmaydi. Yoshlarga, xususan, bolalarga bo'lgan e'tiborning yaqqol dalili sifatida, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi so'zlarini keltiramiz: "Sizlarni O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman"1. O'zbekiston Respublikasi yosh mustaqil davlat bo'lib, aholisining 40%ni 18 yoshgacha bo'lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa - 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar. Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma'naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish,

L Yoshlar forumi, 2020-yil 18-21-dekabr, Toshkent

shuningdek ko'p bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo'lgan bolalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hisoblanadi2.

Material va metodlar

Mazkur ilmiy maqolani tayyorlashda tarixiy, tizimli-tuzilmaviy, mantiqiy, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy, ilmiy manbalarni kompleks tadqiq etish va statistic ma'lumotlar tahlili kabi usullardan foydalanilgan.

Tadqiqot obyekti Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar huquqlarini ta'minlashning nazariy-huquqiy masalalari tizimi hiosblanadi. Ushbu tadqiqot natijasida Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar huquqlarini ta'minlashning nazariy-huquqiy masalalari tizimlashtirilgan, manbalar tahlil qilingan.

Tadqiqot natijalari.

1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning 1-moddasiga ko'ra, 18 yoshga to'lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo'llaniladigan qonun bo'yicha u ertaroq balog'atga yetmagan bo'lsa, bola hisoblanadi 3. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyadan tashqari, boshqa xalqaro va mintaqaviy hujjatlarda, xususan, Yevropa Ittifoqining odam-savdosiga qarshi ko'rsatmasi (2011/36/EU) ning 2(6) moddasi, ta'rif berilgan bo'lib, 18 yoshga to'lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi4. Bolalar jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami hisoblanadi, shuningdek, bolalar orasida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan bolalar toifasi mavjud.

ham ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan bolalar toifasi mavjud.

Himoyaga muhtoj bola: vaqtinchalik yoki doimiy oila muhitidan mahrum bo'lgan bola yoki o'z manfaatlari yo'lida o'sha muhitda qolishiga yo'l qo'yib bo'lmaydigan bola yoki davlat tomonidan maxsus himoya va yordam olish huquqiga ega bo'lgan bola tushuniladi 5. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga muvofiq, himoyaga muhtoj bolalar toifasiga kirish uchun quyidagi uchta belgiga ega bo'lish kerak bo'ladi:

• vaqtinchalik yoki doimiy oila muhitidan mahrum bo'lgan bola;

• o'z manfaatlari yo'lida oila muhitda qolishiga yo'l qo'yib bo'lmaydigan bola;

• davlat tomonidan maxsus himoya va yordam olish huquqiga ega bo'lgan bola. Vaqtinchalik yoki doimiy oila muhitidan mahrum bo'lish, ota-ona qaramog'ida mahrum bo'ishni anglatadi. Xalqaro hujjatlarda, BMTning bolalarni muqobil parvarish qilish bo'yicha ko'rsatmalari, 29-paragrafida ota-oan qaramog'idan mahrum bo'lgan bola quyidagicha ta'riflanadi.

Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bola: har qanday sababga ko'ra, har qanday sharoitda, hech bo'lmaganda ota-onasining birortasiining tungi qarmogi'ida, parvarishida bo'lmagan bola tushuniladi6. Ushbu tushuncha bola ota-onasining birortasining otasi yoki onasining tungi qaramog'idan, parvarishidan ajralgan yoki ega bo'lmagan bolani anglatadi. Ushbu toifadagi bolalar, oila muhitida ega bo'lgan bolalarga nisbatan doimiy himoyaga muhtoj hisoblanadi. Ushbu toifadagi bolalarning huquqlari xalqaro hujjatlar bilan

2 Bola huquqlari monitoringi. O'quv-uslubiy qo'llanma /Mas'ul muharrir A.X.Saidov. -T.: Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2011. -B.5

3 BMTning Bola huquqlari bo'yicha konvensiyasi 1-moddasi

4 Yevropa Ittifoqining odam-savdosiga qarshi ko'rsatmasi (2011/36/EU) ning 2(6) moddasi

5 BMT Bola huquqlari bo'yicha konvensiyasi 20(1)-moddasi

6 BMTning bolalarni muqobil parvarish qilish bo'yicha ko'rsatmalari, 29-paragraph

birgalikda, a'zo davlatarning qonunlarida, xususan, Konstitutsiyasida aks etishi, konstitutsiyaviy maqomga ega bo'lishlari lozim.

J. A. Bixetova ta'kidlaganidek, "yetim bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarning konstitutsiyaviy maqomining o'ziga xos xususiyati shundaki, bu bolalar aholining eng murakkab va zaif toifasini ifodalaydi, chunki dastlab boshqalar bilan teng huquqlarga ega bo'lib, aslida ularni amalga oshirish imkoniyatlari ancha past"7. Bu shuni anglatadiki, "konstitutsiyaviy maqomning majburiy elementlaridan tashqari, uning yadrosi huquqlar, erkinliklar va majburiyatlar tizimi, etim bolalar va ota- ona qaramog'isiz qolgan bolalarning konstitutsiyaviy maqomi majburiy elementlar sifatida uni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va huquqiy kafolatlarini o'z ichiga olishi kerak"8.

J.A.Bixetovaning ta'kidi shuni anglatadiki, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar dastlab boshqa bolalar kabi teng huquqqa ega bo'lishadi, ota-onasidan ajralganlaridan so'ng esa, ushbu huquqdan foydalanish imkoniyati zaiflashadi. Shu sababli, yetim hamda ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga boshqa bolalarga qaraganda maxsus himoya choralari, imtiyozlar berilishi zarurdir. Lekin, ushbu o'rinda oila muhitiga ega bo'lgan bolalarga nisbatan, ota-ona qaramog'idan mahrum bolgan bolalarga imtiyozlar berish, ularga nisbatan maxsus himoya choralarini kuchaytirish diskriminatsiya, kamsitmaslik tamoyiliga zid emasmi degan fikr vujudga keladi. Ushubu tushunchga oydinlik kiritishdan avval, kamsitmaslik tamoyiliga e'tibor qaratamiz. O.V.Vashanova kamsitmaslik tamoyilini "xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normasi, ya'ni odamlarning huquqiy holatidagi tafovutni - ularning inson huquqlari va erkinliklarining teng bo'lmagan hajmiga ega bo'lishini taqiqlashdan iborat" deb ta'riflaydi va quyidagi yechimlarni taklif qiladi: ) ma'lum bir huquqdan foydalanishga ta'sir qilmaydigan odamlarning tabiiy yoki ijtimoiy xususiyatlariga - jinsi, irqi, dini va boshqalarga asoslangan;

b) huquqiy tenglikni buzishga qaratilgan, ya'ni. inson huquqlari va erkinliklarining bir xil hajmini amalga oshirish uchun davlat tomonidan kafolatlangan teng imkoniyat9". Birlashgan Millatlar Tashkiloti darajasida "kamsitmaslik printsipi tenglik va erkinlik tamoyillari bilan o'zaro bog'liq bo'lib, jinsi, irqi, rangi yoki boshqa har qanday asosda kamsitmasdan, har bir inson uchun amal qiladi va barcha inson huquq va erkinliklariga taalluqlidir10.

Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni huquqiy himoya qiluvchi xalqaro-huquqiy hujjatlarni tahlil qilar ekanmiz, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga atalgan yagona hujjat mavjud bo'lmasdan ushbu hujjatlar, umumiy bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni huquqlari ushbu xalqaro-huquqiy hujjatlarda aks etgan:

1) BMTning 1945 yildagi Nizomi;

7 Бикситова Ж. А. Конституционный статус детей-сирот и детей, оставшихся без попечения родителей, в Российской Федерации: дис. канд. юрид. наук. Волгоград. 2006. 27 с.

8 Бикситова Ж. А. Конституционный статус детей-сирот и детей, оставшихся без попечения родителей, в Российской Федерации: дис. ... канд. юрид. наук. Волгоград. 2006. 27 с

9 Вашанова О. В. Принцип недискриминации личности в международном праве: дис. Кан. юрид. наук. М., 2004. 232 с. С. 7.

10 Электронный ресурс. URL: https://www.ohchr.org/RU/Issues/Pages/ WhatareHumanRights.aspx (дата обращения: 21.01.2021).

2) 1948 yildagi inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi;

3) 1966 yildagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt;

4) 1966 yildagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt;

5) 1924 yil 26 noyabrda Millatlar Ligasining beshinchi Assambleyasi doirasida qabul qilingan Jeneva bola huquqlari deklaratsiyasi;

6) 1989 yildagi bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya;

7) Bolalarning omon qolishi, himoyasi va rivojlanishini ta'minlash bo'yicha Butunjahon Deklaratsiyasi;

8) 1990 yil 30 sentyabrda Nyu-Yorkdagi bolalar uchun Butunjahon sammiti tomonidan qabul qilingan 90-yillarga mo'ljallangan harakatlar rejasi;

9) BMT Bosh Assambleyasining 1986 yil 3 dekabrdagi 41/85-sonli qarori bilan qabul qilingan bolalarni milliy va xalqaro miqyosda tarbiyalash va asrab olish bilan bog'liq ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to'g'risidagi deklaratsiya;

10) 1965-yil 15-noyabrda qabul qilingan Gaagada yurisdiktsiya, amaldagi qonun va farzand asrab olish to'g'risidagi farmonlarni tan olish to'g'risidagi konventsiya;

11) 1993-yil 29-mayda qabul qilingan Bolalarni himoya qilish va davlatlararo farzand asrab olish sohasida hamkorlik to'g'risidagi konvensiya;

12) 1985 yil 29 noyabrda qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Voyaga etmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish bo'yicha minimal standart qoidalarini (Pekin qoidalari);

13) 1990-yil 14-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 68-yalpi majlisida 45/112-rezolyutsiya bilan qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Voyaga etmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha yo'riqnomasi (Riyod yo'riqnomasi);

14) BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha Bosh konferentsiyasi tomonidan 1960 yil 14 dekabrda o'n birinchi sessiyasida qabul qilingan Birlashgan Millatlar tashkilotining fan, madaniyat va ta'lim masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO) doirasida qabul qilingan hujjatlar orasida ta'lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to'g'risidagi Konventsiya;

15) YUNESKO Bosh konferentsiyasining 1995 yil 16 noyabrdagi 5.61-sonli qarori bilan tasdiqlangan) bag'rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi;

16) 1996 yilgi Gaagada qabul qilingan Ota-onalarning javobgarligi va bolalarni himoya qilish choralari bo'yicha yurisdiktsiya, amaldagi qonun, tan olish, ijro etish va hamkorlik to'g'risidagi Konvensiyasi;

17) 1963-yilda qabul qilingan Konsullik munosabatlari to'g'risidagi Vena Konventsiyasi;

18) BMT Bosh Assambleyasining 55/25-sonli qarori, 2000 yilda qabul qilingan BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilik to'g'risidagi Konventsiyasiga Palermo protokoli, Odam, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish, bostirish va jazolash protokoli;

19) Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasi, "bolalarni muqobil parvarish qilish bo'yicha ko'rsatmalar", 18 yil 2009 dekabrda qabul qilingan

Tadqiqot natijalari tahlili

Inson huquqlarini himoya qilishning umuminsoniy xalqaro-huquqiy tamoyillari va normalariga Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va uning ixtisoslashgan idoralari tomonidan universal xalqaro shartnomalar va urf-odatlarda mustahkamlangan tamoyillar

kiradi. Umumjahon tamoyillari va me'yorlari umume'tirof etilgan, majburiy va barcha davlatlar uchun amal qiladi, chunki ular muhim va universal ijtimoiy munosabatlarni, shu jumladan bola huquqlarini tartibga soladi.

1945-yilda qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi birinchi marta inson huquqlarini davlatlarning xalqaro majburiyati sifatida belgilagan tizimni shakllantirish rolini o'ynaydi11.

Inson huquqlari BMT Ustavining 2, 10, 13, 24, 34, 39, 55, 56, 60, 62, 68, 71, 75, 76, 87, 94 va 98, shuningdek, BMT xalqaro sudining Nizomi 34-moddasida mustahkamlangan12.

Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrdagi 217A(III) qarori bilan qabul qilingan inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi "inson huquqlari mexanizmini yanada rivojlantirishda muhim rol o'ynadi va inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish uchun xalqaro tizim qurilshga asos bo'ldi". Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 1-moddasida "barcha odamlar o'z qadr-qimmati va huquqlarida erkin va teng tug'iladi. Ular aql va vijdonga ega bo'lib, bir-birlariga birodarlik ruhida harakat qilishlari kerak".

Deklaratsiyaning 2-moddasiga muvofiq, "Har bir inson irqi, rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulki, sinfi yoki boshqa xususiyatlaridan qat'iy nazar, ushbu Deklaratsiyada bayon etilgan barcha huquq va erkinliklarga ega hisoblanadi.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt 1966 yil 16 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 2200a(XXI) rezolyutsiyasi bilan imzolangan, ratifikatsiya qilingan va qo'shilgan, 1976 yil 23 martda kuchga kirgan. Ushbu pakt ishtirokchi davlatlar uchun majburiy bo'lgan xalqaro shartnoma hisoblanadi. Paktning 2-moddasida belgilanishicha, ushbu Paktda ishtirok etadigan har bir davlat o'z hududida va uning yurisdiktsiyasida bo'lgan barcha shaxslarga irqi, rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulki, tug'ilishi yoki boshqa holatidan qat'i nazar ushbu Paktda tan olingan huquqlarni hurmat qilish va ta'minlash majburiyatini oladi. Paktning 24-moddasi bolaning huquqlarini "irqi, rangi, jinsi, tili, dini, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati yoki tug'ilishiga qarab kamsitilmasdan" himoya qilishni kafolatlaydi. Paktning 26-moddasiga ko'ra, "barcha shaxslar qonun oldida tengdirlar va hech qanday kamsitilmasdan, qonun tomonidan teng himoyalanish huquqiga egadirlar. Shu nuqtai nazardan, har qanday kamsitish qonun bilan taqiqlanishi kerak va qonun barcha shaxslarga, ularning irqi, rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, tug'ilishi yoki boshqa holatlari" dan qat'iy nazar, har qanday asosda kamsitishga qarshi teng va samarali himoya qilishni kafolatlashi kerak. Ishtirokchi davlatlar tomonidan ijro etilishini nazorat qilish va fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Paktning IV qismini (28-45-moddalar) bajarish uchun BMTning inson huquqlari qo'mitasi tashkil etildi. Qo'mita vakolatlari qatoriga huquqbuzarliklar to'g'risidagi hisobot va shikoyatlarni ko'rib chiqish, shuningdek, tavsiya xarakteridagi umumiy izohlarni ishlab chiqish kiradi13.

11 Международная защита прав человека: учебник / отв. ред. А. Х. Абашидзе. М.: РУДН, 2017. 466 с. Указ. соч. С. 93.

12 Указ. соч. С. 117.

13 Более подробно на эту тему см.: De Zayas A., Möller J. Th. The United Nations Human Rights Committee Case Law 1977-2008: A Handbook. N. P. Engel Publishers, Kehl am Rhein, 2009.

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt Bosh Assambleyaning 1966 yil 16 dekabrdagi 2200 a (XXI) rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan. 1976 yil 3 yanvarda kuchga kirdi. Ishtirokchi davlatlar ushbu Paktda tan olingan huquqlarning barcha tegishli usullar bilan, shu jumladan, xususan, Qonunchilik choralarini bosqichma-bosqich to'liq amalga oshirilishini ta'minlash choralarini ko'rish majburiyatini oldilar. Xususan, davlatlar "ushbu Paktda e'lon qilingan huquqlar irq, rang, jins, til, din, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlar, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, tug'ilishi yoki boshqa holatlarga nisbatan hech qanday kamsitishlarsiz amalga oshiriladi"deb va'da berishdi. Paktning 13-moddasida har bir shaxsning ta'lim olish huquqi mustahkamlangan bo'lib, u "inson shaxsi va uning qadr-qimmatini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishga yordam beradi" va "barchaga samarali ishtirok etish imkonini beradi" erkin jamiyatda barcha millatlar va barcha irqiy, etnik va diniy guruhlar o'rtasida o'zaro tushunish, bag'rikenglik va do'stlikni mustahkamlashga hissa qo'shish hamda tinchlikni saqlashda Birlashgan Millatlar Tashkilotining faoliyatini targ'ib qilish".nazarda tutilgan. Paktning 3-bandiga muvofiq. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi 13 davlatlar "ota-onalarning va zarur hollarda qonuniy vakillarning o'z farzandlari uchun nafaqat davlat organlari tomonidan tashkil etilgan maktablarni, balki ta'lim uchun minimal talablarga javob beradigan boshqa maktablarni ham tanlash erkinligini hurmat qilish majburiyatini oladilar.

Barcha davlatlar ushbu paktda belgilangan barcha huquqlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lishi mumkin bo'lgan qonuchilik, ma'muriy va boshqa choralarini ko'rishlari shart.14. 1959 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qilindi. Ushbu deklaratsiyaning asosiy maqsadi shundan iboratki, insoniyat bolaga eng yaxshisini berishga majburdir. Ushbu deklaratsiyada milliy va xalqaro miqyosda bolalarni himoya qilish va farovonlikka oid o'nta tamoyil e'lon qilindi. Deklaratsiya ota-onalarni, shaxslarni, nodavlat tashkilotlarni, mahalliy hokimiyat va hukumatlarni unda ko'rsatilgan huquq va erkinliklarni tan olishga va ularga rioya qilishga intilishga chaqirdi.

Deklaratsiyada ko'rsatilgan o'nta tamoyil bolalarning huquqlarini e'lon qildi: ism, fuqarolik, sevgi, tushunish, moddiy ta'minot, ijtimoiy himoya va ta'lim olish, erkinlik va qadr-qimmat sharoitida jismoniy, aqliy, axloqiy va ma'naviy rivojlanish imkoniyatini berish kabi huquqlarni tashkil qiladi.

1959-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Bola huquqlari deklaratsiyasi davlatlar uchun majburiy xususiyat kasb etmaydi.

Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiya Bosh Assambleyaning 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-sonli qarori bilan qabul qilingan va 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan. Ushbu konvensiya barcha ishtirokchi davlatlar uchun majburiy hisoblanadi. 1989-yildagi Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya yashash huquqi, ismga va fuqarolikni qabul qilishga, individuallikni saqlash huquqi; ikkala ota-ona bilan aloqada bo'lish huquqi; boshqa huquq va erkinliklarga bo'lgan huquqlarni belgilab beradi. Konventsiya birinchi marta uni amalga oshirish uchun davlatlarning javobgarligini belgilab, uning bajarilishini nazorat qilishni ta'minladi. Konventsiyaga a'zo davlatlar bolaning barcha huquqlarini kamsitmasdan hurmat qilish va

14

Более подробно на эту тему см.: De Zayas A., Möller J. Th. The United Nations Human Rights Committee Case Law 1977-2008: A Handbook. N. P. Engel Publishers, Kehl am Rhein, 2009.

ta'minlashga va'da berishdi. Konvensiyaning 20-moddasiga binoan, davlat tomonidan "vaqtincha yoki doimiy ravishda o'z oilaviy muhitidan mahrum bo'lgan yoki o'z manfaati uchun bunday muhitda qola olmaydigan"bola uchun alohida himoya va yordam olish huquqi berish ko'zda tutilgan. Xususan, ishtirokchi davlatlar o'zlarining milliy qonunlariga muvofiq bunday bolaga g'amxo'rlik qilishni ta'minlaydilar.

Bola huquqlari bo'yicha qo'mita o'zining 14-sonli umumiy sharhida eng yaxshi manfaatlar to'g'risida (97-band) bolaga tegishli har qanday qaror asoslanishi, asoslanishi va tushuntirilishi kerakligini tavsiya qiladi. Shunday qilib, bardoshli echim to'g'risidagi qaror rasmiy, yozma qaror bo'lishi kerak, uning nusxalarini bola, vaqtinchalik vasiy, ota-ona javobgarligi egalari (agar kerak bo'lsa) va Markaziy hokimiyat (agar ular ishda ishtirok etgan bo'lsa) oladi. Rasmiy qaror takroriy ekspluatatsiya yoki qayta odam savdosi xavfini kamaytiradi va bolaning ahvolini yaxshiroq nazorat qilishni ta'minlaydi. Qarorda huquqiy asoslar va ko'rib chiqish mexanizmlari bo'lishi kerak (98-band). Bola va vasiy, shuningdek boshqa manfaatdor tomonlar, masalan, ota-ona javobgarligi egalari, ko'rib chiqishni talab qilish yoki qaror ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo'lishi kerak. Agar oqilona muddat ichida bardoshli echimni amalga oshirishning iloji bo'lmasa, qarorni qayta ochish va bola uchun yangi bardoshli yechimni aniqlash kerak15.

Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiyaning 19(1) moddasi Davlat tomonlarini bolalarni Qonunchilik, ma'muriy, ijtimoiy va ta'lim choralari orqali zo'ravonlik, zo'ravonlik yoki ekspluatatsiyaning barcha shakllaridan, shu jumladan jinsiy zo'ravonlikdan himoya qilishga majbur qiladi16. Konventsiya, shuningdek, 19(2) moddasida bunday himoya choralari bolalarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek profilaktikaning boshqa shakllari, identifikatsiya qilish, hisobot berish, yo'naltirish, tergov, davolash va sud ishtiroki uchun ijtimoiy dasturlarni o'z ichiga olishi kerakligini belgilaydi17. Bola huquqlari bo'yicha qo'mitaga ko'ra, 13-sonli Umumiy Sharh, Bolalarni himoya qilishning yaxlit tizimi 19(2) - moddada belgilangan barcha choralar bo'yicha kompleks va kompleks chora-tadbirlarni taqdim etishni talab qiladi18.

Xulosa

Xulosa qiladigan bo'lsak, bolalar huquqlari, shu jumladan yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni huquqiy, ijtimoiy va boshqa jihatdan himoya qilishga qaratilgan bir qator xalqar-huquqiy hujjatlar mavjud bo'lib, ular bola huquqlariga aloqador bo'lgan konvensiya, deklaratsiya va shartnomalarga a'zo bo'lgan, ularni ratifikatsiya qilgan davlatlarga ushbu xalqaro-huquqiy hujjatlardagi normalarni bajarilishi yuzasidan majburiyatlar yuklaydi.

Inson huquqlari, shu jumladan, bolalar huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro-huquqiy hujjat mavjud bo'lib, ular inson va bolalar va boshqa qatlamlarning huquqlarini himoya qilish qaratilgan. Lekin shuni ta'kidlshimiz kerakki, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo'yicha aniq va majburiy huquq va majburiyatlar aks etgan xalqaro-huquqiy asos mavjud emas. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya bolalarning barcha qatlamlarining huquqlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan, bu hali yetarli

15 Bola huquqlari bo'yicha qo'mita o'zining 14-sonli umumiy sharhi

16 Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiyaning 19(1) moddasi

17 Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya 19(2)-moddasi

18 Bola huquqlari bo'yicha qo'mitaning13-sonli Umumiy Sharhi

darajada emas, chunki yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar alohida himoyaga muhtoj qatlab hisoblanadi. Ularni ijtimoiy himoya qilish uchun alohida konvensiya va boshqa xalqaro miqyosda ta'sir qila oladigan xalqaro hujjat qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Bola huquqlari. / Yuridik oliy o'quv yurtlari uchun darslik // Prof. G'.Abdumajidov tahriri ostida. -T.: TDYul, 2009.

2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimi. /Mualliflar jamoasi: A.Saidov, 209 F.Bakayeva, K.Arslanova va boshq. Mas'ul muharrir A.X.Saidov. -T.: "O'zbekiston", 2010.

3. Mo'minov A., Tillabayev M. Bola huquqlari. Elektron darslik. -T.: JIDU, 2011

4. Mo'minov A., Tillabayev M. Inson huquqlari. Darslik. Mas'ul muharrir A.X.Saidov. 2-nashr. -T.: Adolat, 2013.

5. O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi: Darslik //H.T.Odilqoriyev tahriri ostida. -T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005.

6. Balog'atga yetmagan bolalar huquqlariga oid xalqaro hujjatlar. /Kirish so'z muallifi va mas'ul muharrir. A.X.Saidov. -T.; 2002. -232 b.

7. Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga sharhlar" /Mas'ul muharrir A.X.Saidov - Toshkent: Inson huquqlari Bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2008.

8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr.

9. Bola huquqlari to'g'risida konvensiya;

10. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga bolalarning qurolli mojarolarga jalb qilinishi to'g'risidagi Fakultativ protocol;

11. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga bolalar savdosi, bola fohishabozligi va bola pornografiyasi to'g'risidagi Fakultativ protocol;

12. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog'atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari ("Pekin qoidalari");

13. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog'atga yetmagan bolalar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dasturiy prinsiplari ("Ar-Riyod dasturiy prinsiplari");

14. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qamoqda saqlash bilan bog'liq bo'lmagan choralarga doir minimal standart qoidalari ("Tokio qoidalari");

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

15. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ozodlikdan mahrum etilgan balog'atga yetmagan bolalarni himoya qilishga doir qoidalari;

16. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to'g'risidagi 138 konvensiya;

17. Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to'g'risidagi 182-konvensiya;

18. http://www.lex.uz

19. http://www.minjust.uz

20. https://cyberleninka.ru/

21. https://elibrary.ru/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.