Научная статья на тему 'OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNI ANIQLASH (2020-2021-YILLAR BO‘YICHA STATISTIK TAHLILI)'

OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNI ANIQLASH (2020-2021-YILLAR BO‘YICHA STATISTIK TAHLILI) Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
383
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / bola huquqlari / ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola / farzandlikka olish / vasiylik / homiylik. voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish. / family / child rights / child deprived of parental care / adoption / guardianship / sponsorship. protection of the rights of minors.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Ro‘zimuhammad Yigitali O‘g‘li Xo‘jamberdiyev

Ushbu maqolada ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash zarurati va shakllari qo‘llanilishining huquqiy tartibi haqida so‘z yuritiladi.Shuningdek Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qonun tufayli ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga bo‘lgan e’tibor.Mehribonlik uylariga Milliy gvardiyaning biriktirishi va ularni ta’lim –tarbiya olishlariga ko‘maklashishi. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni 2020-2021-yillar bo‘yicha statistik tahlil va avvalgi holat bilan bugungi kungi holat tahlili.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINATION OF CHILDREN LOST PARENTAL CARE (STATISTICAL ANALYSIS FOR 2020-2021)

In this article we will talk about the legal procedure for the application of forms and the need to identify children deprived of parental care.Also, attention to children deprived of parental care due to the law adopted by the president of our country.Attachment of National Guard to orphanages and support them in their education. Statistical analysis of children deprived of parental care by 2020-2021-th year and analysis of the current situation with the previous one.

Текст научной работы на тему «OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNI ANIQLASH (2020-2021-YILLAR BO‘YICHA STATISTIK TAHLILI)»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

OTA-ONA QARAMOG'IDAN MAHRUM BO'LGAN BOLALARNI ANIQLASH (2020-2021-YILLAR BO'YICHA STATISTIK TAHLILI)

Ushbu maqolada ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalami aniqlash zarurati va shakllari qo'llanilishining huquqiy tartibi haqida so'z yuritiladi.Shuningdek Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qonun tufayli ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga bo'lgan e'tibor.Mehribonlik uylariga Milliy gvardiyaning biriktirishi va ularni ta'lim -tarbiya olishlariga ko'maklashishi. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni 2020-2021-yillar bo'yicha statistik tahlil va avvalgi holat bilan bugungi kungi holat tahlili.

Kalit so'zlar: oila,bola huquqlari,ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bola, farzandlikka olish,vasiylik,homiylik. voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish.

DETERMINATION OF CHILDREN LOST PARENTAL CARE (STATISTICAL

ANALYSIS FOR 2020-2021)

In this article we will talk about the legal procedure for the application of forms and the need to identify children deprived of parental care.Also, attention to children deprived of parental care due to the law adopted by the president of our country.Attachment of National Guard to orphanages and support them in their education. Statistical analysis of children deprived of parental care by 2020-2021-th year and analysis of the current situation with the previous one.

Keywords: family, child rights, child deprived of parental care, adoption, guardianship, sponsorship. protection of the rights of minors.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida oila muhim o'rinni egallaydi. YUNISEF ma'lumotlariga ko'ra, «jahon mamlakatlarda turli sabablarga ko'ra ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan 140 milliondan ortiq yetim bolalar mavjud»Hisobotda keltirilgan ko'rsatkichlarga ko'ra, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish, farzandlikka olish, oilaga

Ro'zimuhammad Yigitali o'g'li Xo'jamberdiyev

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

tarbiyaga olish (patronat), vasiy va homiy tayinlashni oilaviy-huquqiy tartibga solishga qaratilgan normalarni yanada takomillashtirish zarurati mavjud.

ASOSIY QISM

Jahonda ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari qo'llanilishining huquqiy tartibi, bolalar huquqlarini himoya qilish, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllarining oilaviy-huquqiy tartibga solinishini takomillashtirish istiqbollarini o'rganish, sud va huquqni qo'llash amaliyoti bilan bog'liq muammolarni ilmiy tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Respublikamizda oilalar barqarorligi, voyaga yetmagan bolalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, jismonan va ma'naviy sog'lom bolalarni tarbiyalash va voyaga yetkazishga alohida ahamiyat berildi, xususan, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni farzandlikka olishning sud tartibi joriy qilindi. Hozirda «oilalar mustahkamligini ta'minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas'uliyatini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda» Biroq «oila institutini mustahkamlashning qonunchilik asoslari mukammal emas, huquqni qo'llash amaliyotini va ilg'or xorij amaliyotini o'rganish asosida oilani himoya qilish va qo'llab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asos mavjud emasligi» [1]

Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllarining oilaviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishni taqazo etmoqda.

Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishning oilaviy-huquqiy tartibga solish asoslari vatartibining rivojlanish genezisi. Mamlakatimizda voyaga yetmagan bolalarning huquq va qonuniymanfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama barkamol bo'lib voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Zero, kelajak haqida qayg'urish davlat va jamiyatning ertangi kunini belgilaydi. Shu boisdan, Prezidentimiz "farzandlarimizning qobiliyatini ro'yobga chiqarishga bolalikdan e'tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko'plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman" deb ta'kidlab o'tdi. [2]

Bu borada O'zbekiston Respublikasining «Bola huquqlari to'g'risida»gi konvensiya qoidalarini ijro etilishi borasidagi uchinchi va to'rtincha ma'ruzada alohida e'tibor qaratilgan. Unda ko'rsatilishicha, o'zbek oilalarida milliy an'ana va qadriyatlar tufayli o'z bolalarini qarovsiz (odatda, yetim bolalarni qarindoshlari farzandlikka olishadi) qoldirib ketish xos emas, shu boisdan respublikada ota-ona-qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar soni 2021-yilda (taxminan 6,5 ming) va barqaror bo'lib hisoblanadi. Bu borada O'zbekistondagi yetim bolalar, ota-ona qaramog'idan mahrum

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bo'lgan bolalarning holati boshqa o'xshash sharoitda bo'lgan davlatlarnikidan tubdanfarq qiladi. Shunday bo'lsa-da, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning huquqlarini amalga oshirish va himoya qilinishini ta'minlash borasida xalqaro-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar hamda milliy qonunchiligimizdagi normalarning uyg'unligini ta'minlash, bola huquqlarini har tomonlama ro'yobga chiqarish alohida dolzarblik kasb etadi.

X.B.Abduraxmonovaning fikricha, ota-ona va bolalar o'rtasidagi huquqiy munosabatlarning kelib chiqishiga asos - bolaning ota-onadan tug'ilganlik yuridik fakti qonun bilan belgilanganligi, ushbu munosabatlar jamiyatda fundamental ahamiyatda ekanini tahlil qilgan holda, izlanuvchi ota-ona va farzandlar o'rtasidagi huquqiy munosabat tushunchasiga quyidagi mualliflik ta'rifini taklif qiladi va ushbu qo idaning oila huquqi nazariyasi uchun zaruriyatini asoslaydi: «ota-ona va farzandlar o'rtasidagi huquqiy munosabatlar bu - ota-onaning bolalarini voyaga yetgunga qadar tarbiyalashi, g'amxo'rlik qilishi, shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini himoyalashda boshqa shaxslarga nisbatan ustun mavqega ega bo'lishi, o'z navbatida, voyaga yetgan farzandlarning ham ota-onasi oldidagi majburiyatlarini bajarishiga oid huquqiy aloqadorlikka aytiladi» [3]

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida2021-yil 28-iyul kuni nogironligi bo'lgan, ota-ona qaramog'idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kengaytirish hamda ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash va qo'llab-quvvatlashning bir necha tuzilmalari yo'lga qo'yilgan. 13 ta Bolalar uyida 560 nafar, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasida 1 ming 823 nafar, 86 ta maxsus maktab-internatda 21 ming nafar o'g'il-qizlar tarbiyalanmoqda. Bundan tashqari, 79 ming nafar bolalar homiylik, vasiylik va oila patronati qaramog'iga olingan.

Yig'ilishda mazkur muassasalardagi yoshlarning ta'lim-tarbiyasi, uy va ish bilan ta'minlanish darajasi tahlil qilindi.

So'nggi o'n yilda Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilarining 51 foiziga uy-joy ajratilgan. Mehribonlik uylaridan chiqqan yigit-qizlarning 64 foizi ish bilan ta'minlangan. Ta'lim-tarbiya sifati ham yuqori emas.

Davlatimiz rahbari Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va ma'naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazish zarurligini ta'kidladi.

Shu maqsadda bu borada yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Unga ko'ra, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchalaridagi yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi mas'ul bo'ladi. Buning uchun qo'mondon o'rinbosari lavozimi joriy etilib, alohida boshqarma tashkil etiladi.

Mehribonlik uylaridagi bolalarga saboq berish, ularni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish, sport bilan shug'ullanishlarini tashkil etish bo'yicha yangi metodikalar ishlab chiqiladi. 14 yoshdan yuqori o'g'il-qizlarni eng talab yuqori kasblarga o'rgatish yo'lga qo'yiladi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Turizm va sport vazirligiga har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasiga oliy o'quv yurti hamda sport maktablarini biriktirish vazifasi qo'yildi. Ular tomonidan fan va sport to'garaklari tashkil etiladi, bunga jalb etilgan ustozlarga ustama to'lanadi.

Bundan tashqari, sharoiti og'ir bo'lgan Mehribonlik uylari Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimliklari tomonidan otaliqqa olinadi.

Bugungi kunda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining 17 foizi chin yetimlar, qolgan 83 foizi esa ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari voz kechgan bolalar hisoblanadi. Bunday oilalarga moddiy yordam berish orqali aksariyat bolalarni o'z oilasi bag'riga qaytarish mumkinligi aytildi.

Vasiylik va homiylik organlarida 79 ming bola ro'yxatda turadi, shundan 35 ming nafari farzandlikka olingan. Lekin, ular bilan shug'ullanish uchun tuman va shahar xalq ta'limi bo'limlarida bitta xodim biriktirilgan.

Bu yetarli emasligi ta'kidlanib, har bir tuman va shahar hokimligida Vasiylik, homiylik va patronat ishlari bo'limi tashkil etilishi hamda ularga 4 nafardan shtat ajratilishi belgilandi.

Shuningdek, Milliy gvardiya, maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi, mahalla va sektor vakillaridan iborat ishchi guruh tuziladi. Ularga vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalarning ahvoli, oilaviy sharoitidan har hafta xabar olish yuklatiladi.

Vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar 18 yoshga to'lguniga qadar ular uchun mahalliy byudjetdan 1 million 200 ming so'm, nogironligi bo'lganlarga esa respublika byudjetidan 2 million 500 ming so'm to'lanadi. Nogironligi bo'lgan bolalarni o'z qaramog'iga olgan oilalarga ularning parvarishi davrini mehnat stajiga qo'shib hisoblash tartibi joriy etiladi.

Shu yil 1 sentyabrdan boshlab nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha, to'lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi.

Vasiylik, homiylik va patronatga olinganlar ham oliy o'quv yurtlariga kirishda Mehribonlik uylari bitiruvchilari uchun ajratilgan qo'shimcha kvotadan foydalanadilar.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Prezidentimiz Mehribonlik uylari bitiruvchilarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni yanada kengaytirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

Jumladan, 18 yoshga to'lgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratiladi. Buning uchun joriy yilda byudjetdan 120 milliard so'm yo'naltiriladi.

Yana bir yangilik - yetim yoki ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oshiriladi. Shuningdek, bunday talabalarga pensiya to'lash muddati amaldagi 18 yoshdan 23 yoshgacha uzaytiriladi. Ularga zarur adabiyotlar sotib olishi uchun har yili bir marta 1 million 200 ming so'm subsidiya beriladi.

Yig'ilishda nogironligi bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash va davolash masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari bunday bolalarni zarur tibbiy vosita va aravachalar bilan ta'minlash, jarrohlik operatsiyalari o'tkazish, implantant va protez o'rnatish uchun qo'shimcha mablag' ajratishga ko'rsatma berdi.

Shuningdek, ixtisoslashgan maktablarga yirik korxonalar va klasterlarni biriktirib, sharoitlarni yaxshilash mumkinligi qayd etildi.

Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari o'rniga Bolalar masalalari bo'yicha milliy komissiya tashkil etilishi, hududiy komissiyalarga esa viloyat hokimlari rahbarlik qilishi belgilandi.

- Ota-ona mehridan mahrum va nogironligi bor bolalarni qo'llab-quvvatlash, ularni jamiyatning faol a'zolari sifatida tarbiyalash barchamizdan jiddiy e'tibor va amaliy harakatlarni talab qiladi. Birorta bola "men yetim yoki nogironman" deb o'ksinmasligi, davlatimiz va jamiyatimizning mehridan chetda qolmasligi kerak. Ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o'qitish, barcha sharoitlarni yaratib berish nafaqat vazifa, balki muqaddas burchdir. Masalaga shu jihatdan yondashsak, ishimizda albatta natija bo'ladi. Farzandlarimizga qilgan har bir yaxshiligimiz o'n yaxshilik bo'lib qaytadi, - deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoev. Xalqimizning bolajon xalq ekanligining isboti ham shundaki, so'nggi yillarda qonunchilik hujjatlari bilan bola asrab olish tizimida tubdan islohotlar o'tkazilib, imkoniyatlar yaratib berilganligi bois, qisqa muddat ichida oilalar tomonidan mehribonlik uylaridan bolalarni oilalariga tarbiyalash uchun olish ishlari jadallashdi.

Bolalarning qisqa muddat ichida oilalarga taqsimlanish sabablarining biri sifatida shu'ni ta'kidlash joizki, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bilan bog'liq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, 2021 yil avgust oyiga qadar, o'z oilasiga bola olish istagida bo'lgan ko'plab fuqarolarimiz uchun, ayrim Mehribonlik

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

uylari rahbariyati tomonidan eshiklar ochilmaganligi tufayli bu kabi halqimizga xos ezgu ishlarning amalga oshmay kelganligi kabi muammolar o'z yechimini topdi.

Vaholanki, turli byurokratik to'siqlar sababli, ota-ona bo'lish istagida bo'lgan minglab oilalarga bu imkoniyatlar berilmaganligi achinarli holdir.

Joriy qilingan yangi tizim doirasida Milliy gvardiya Markaziy devonida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan bog'liq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va o'z vaqtida yordam ko'rsatish maqsadida (71) 236-5208 va 236-52-09 telefon raqamlari orqali maslahat berish xizmati "Call-center" faoliyati yo'lga qo'yilib, shu kunga qadar 2717 nafar fuqaroning murojaati ko'rib chiqildi.

Shuningdek, "Mehribonlik.uz" sayti ishga tushirilib, sohada amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar muntazam ravishda to'liq yoritib borilmoqda.

Natijada, mehribonlik bolalar muassasalaridan bolalarni farzandlikka olish istagida bo'lgan oilalar soni kundan-kunga oshib bormoqda.

Bundan tashqari, mehribonlik uylaridan bolalarni oila tarbiyasiga olayotgan shaxslarning hujjatlari qonunchilikka muvofiq tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho''balari tomonidan rasmiylashtirilmoqda.

Ular tomonidan ota-onaning oilaviy muhiti, sog'lomligi holati va ijtimoiy ahvoli har tomonlama o'rganilib, hujjatlari o'rnatilgan tartibda tekshirilganidan so'ng, bolalar oila tarbiyasiga berilmoqda.

Bolalarning kelgusi hayoti tegishli davlat organlari tomonidan nazorat qilib boriladi, ya'ni bolalarning oilada tarbiyalanishi, ularga o'z vaqtida har tomonlama g'amxo'rlik ko'rsatilishi hududdagi tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho''balari tomonidan kuzatib boriladi.

Sog'lomligi holati esa, hududiy oilaviy poliklinikalarning biriktirilgan shifokorlari tomonidan bolalarni himoya qilish sho''balari bilan birgalikda nazorat qilib boriladi.

Yangi hayotga qadam qo'yib, o'z yaqinlari va oila sharoyitidagi muhitda tarbiyalanayotgan o'g'il-qizlarning kelajagi, shuningdek turli sabablarga ko'ra ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning nazorati to'g'risida

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining muassasa hisobidan chiqarilishi, tegishli mutasaddi tashkilotlar nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2021 yilning 9 avgust kunidan 2022 yilning 20 yanvar kuniga qadar 1301 nafar bola Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Bolalar uylari va "SOS - bolalar mahallalari" hisobidan chiqarilgan bo'lib, shundan:

124 nafari - bolalarning o'z ota-onalari qaramog'iga qaytarilgan;

139 nafari - bolalarning o'z yaqin qarindoshlariga (amma, xola, tog'a, amaki, buvi, buva) oila tarbiyasiga berilgan;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

139 nafari - vasiylikka, homiylikka va oila tarbiyasiga (patronatga) berilgan;

640 nafari - tashkil etilgan 106 ta Oilaviy bolalar uylariga ota-ona qaramog'iga berilgan;

188 nafari bo'lsa,Oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilinganligi va 49 nafari voyaga yetganligi uchun (18 yoshga to'lganliklari) uy-joy bilan ta'minlanib mehribonlik uylarini tark etishgan;

22 nafari "Muruvvat uylari"ga ko'chirilgan.

Keltirib o'tilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, tarbiyalanuvchilarning barchasi ham oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga berilmagan.

Shuningdek, hozirda faoliyat yuritayotgan 106 ta Oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan fuqarolarimiz turli kasb egalari bo'lib, ular:

42 nafari mehribonlik uylarining tarbiyachilari;

20 nafari maktab o'qituvchilari va direktorlari;

21 nafari ziyolilar, yirik tadbirkor va namunali uy bekalari;

23 nafari turmush o'rtoqlari pedagog (psixolog) bo'lgan hokimiyat va huquq-tartibot idoralari xizmatchilaridir. [4]

Alohida ta'kidlash joizki, yuqorida sanab o'tilgan Oilaviy bolalar uylari ota-onalarini o'z mahallasida inoq va ibratli oila sifatida ijobiy tavsiflanganligi, o'z farzandlarini yaxshi tarbiyalab jamiyatda o'z o'rnini topishiga muvaffaq bo'lganligi, shuningdek bugungi kunda xonadonlarida keksa nuroniylari bo'lgan oilarning bolajonlar tarbiyasida muhim o'rin tutishi hisobga olingan.

Respublikamiz bo'ylab bag'ri keng halqimiz tomonidan tashkil qilinayotgan Oilaviy bolalar uylari va eshiklari yopilgan Mehribonlik uylari to'g'risida

Hozirda, mehribonlik muassasalarini qisqa muddatlarda tugatilishi qonunchilik hujjatlarining birortasida nazarda tutilmagan bo'lib, bu jarayonlar yangi tizim asosida mas'ul davlat tashkilotlarining hamjihatligi bilan amalga oshirilmoqda.

Muassasalardagi tarbiyalanuvchilarning xohish va manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ularning oilada ota-ona mehri og'ushida va e'tiborida tarbiyalanish orzusini ruyobga chiqarish maqsadida oila tarbiyasiga berilmoqda.

Eslatib o'tamizki, tashkil etilayotgan Oilaviy bolalar uylari ham to'liq davlat ta'minotidagi tarbiya muassasasi hisoblanadi.

Sohani o'rganish davomida "ijtimoiy zaif, yordamga muhtoj va tushkunlikda bo'lgan" oila farzand(lar)ini ularning yaqin qarindoshlarini topish va oila tarbiyasiga berish o'rniga, internatlar tarbiyasiga topshirilganligi ma'lum bo'ldi.

Shu sababdan, birinchi navbatda ota-onasi va yaqin qarindoshlari bo'lgan "ijtimoiy yetim" bolalarning yig'ma jildlari o'rganib chiqilib, ular yashil, sariq, qizil toifalarga ajratildi hamda bolani asrab olish imkoniyatiga ega bo'lgan qarindoshlarining

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

aniq manzillari orqali, ularning ijtimoiy ahvoli, ahloqiy-ruhiy holati va yashash sharoitlari mukammal o'rganildi. Buning natijasida ko'pchilik bolalarni o'z oilalariga, yaqin qarindoshlariga oila tarbiyasiga qaytarish ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, farzandlikka olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil etish jarayoni soddalashtirildi.

Ya'ni, sohada keng ko'lamli islohatlar o'tkazilib, ilgari farzandlikka olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil etishga doir hujjatlarni rasmiylashtirish xalq ta'limi tizimidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshirib kelingan b o'lsa, hozirda bu jarayonlarni hokimliklardagi Bolalarni himoya qilish shu'balari bajarmoqda.

Alohida ta'kidlash joizki, mehribonlik bolalar muassasalaridagi tarbiyalanuvchilarning 18 foizini "chin yetim"lar tashkil etgan. Qolgan "ijtimoiy yetim" bolalarning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bo'lganligi bois, ularni o'z ota-onalari hamda yaqin qarindoshlariga qaytarish, vasiylikka, homiylikka va oila tarbiyasiga (patronatga) berilishi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar sonining keskin kamayishga olib keldi.

Oilaviy bolalar uyini tashkil qilayotgan fuqarolarimizga nisbatan bildirilayotgan

fikrlar

Ijtimoiy tarmoqlarning birida Murod Nazarovning Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo'lga qo'yganligi borasida turli fikrlar bildirilgan. Ushbu fuqaroning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bergan ma'lumotlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, u turmush o'rtog'i bilan 10 yildan buyon bolalarni asrab olish istagi bo'lganligini ma'lum qilingan.

Shundan so'ng, uning o'z xohishi bilan mutasaddi tashkilotlarga qilgan murojaati ijobiy hal etilib, yetti nafar qiz va ikki nafar bolalarni vasiylikka olishi, uning azaliy orzusi amalga oshganligidan behad xursand ekanligini aytib o'tgan.

Eslatib o'tamiz, agar Sizni, haqiqatdan bu yo'nalishda olib borilayotgan islohotlar haqidagi ma'lumotlar qiziqtirsa, yuqorida ko'rsatilgan "Call-center" raqamlariga yoki 71-236-50-74 telefon raqamiga murojaat qilib, Milliy gvardiya Axborot xizmati boshlig'idan kerakli ma'lumotlarni olishimiz mumkin.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bo'lgan o'g'il-qizlarni o'z oilasiga qabul qilish istagini bildirib murojaat qilayotgan Oilalar (mamlakatimiz fuqarolari) o'rnatilgan tartibda o'rganib chiqiladi.

Respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan mehribonlik bolalar muassasalaridan farzand asrab olish istagida bo'lgan oilalarning soni 5 mingdan ziyod bo'lib, ayni vaqtda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish va bolalarni oila tarbiyasiga olish istagida bo'lganlar soni 2.700 dan ortiqni tashkil etmoqda.

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Shundan, 1 nafar bolaga 10 nafar oila ya'ni farzand asrab olish istagida bo'lgan ota-ona to'g'ri kelmoqda. [5]

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

XULOSA

Xulosa qilib shuni takidlasak Prezidentimizning tashabbusi bilan o'tkazilgan islohot tufayli ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar soni keskin kamaydi buni jadvalda ko'rishimiz mumkin.

yillar Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar soni Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar soni % da kamayishi

2020 6500 Buni 100% desak

2021 1000 2021-yilda esa 84 % ga kamaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-son Farmoni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.

2. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi // Xalq so'zi. 2018 yil 8dekabr.

3. Babajanova, D. (2021). Family-Legal Methods Of Protecting The Rights Of Children When Their Parents Involve Them In Begging In The Republic Of Uzbekistan. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(07), 14-18.

4. Topildiev, B. (2021). Issues Of Protection And Enforcement Of The Rights And Interests Of The Beneficiary. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(06), 13-19.

5. Abduraxmonova X.B. Xalqaro xususiy huquqda ota-ona va farzandlar o'rtasidagi munosabatlarning tartibga solinishi: Yurid. fan. dokt. diss ... avtoref. - Toshkent: TDYU, 2016. 16-b.

6. Sharaxmetova, U. (2017). Issues of improving the regulation of circumstances preventing marriage in family law. Review of law sciences, 1(2), 10.

7. Imomniyozov, D. B. O. G. L., & Atalikova, G. S. (2022). INGLIZ VA MILLIY HUQUQIMIZDA SHARTNOMAVIY JAVOBGARLIKNING ASOSLARI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(2), 84-95.

8. www.stat.uz

9. www.mahalla.uz

143

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.