DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-177-183
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
YETIM VA OTA-ONA QAROMOG'ISIZ QOLGAN BOLALARNI IJTIMOIY HIMOYALASHDA XALQARO RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI
Kamola Sharipova
Farg'ona davlat universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi o'qtuvchisi ksharipova582@gmail .com
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada yetim va ota-ona qaromog'isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalashda xalqaro rivojlangan davlatlar tajribasiga, foster oila, joylashtirish shakllari, bolalar uyi, mehribonlik uylari faoliyatlari to'g'risida, bolalar yetimligining oldini olishda ijtimoiy xizmatlarning o'rni haqida alohida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: institutsional muassasa, mehribonlik uyi, foster oila, ijtimoiy xizmat.
ABSTRACT:
In this article, the experience of international developed countries in the social protection of orphans and children left without parental care, the foster family, forms of placement, the activities of orphanages, and the role of social services in the prevention of children's orphanhood information are given.
Keywords: institutional institution, orphanage, foster family, social service.
Dunyodagi zamonaviy ijtimoiy ahvol mamlakatlarning turli hayot tarzi bilan integratsiyalashuvi, yagona iqtisodiy, madaniy, axborot, ta'lim makonini shakllantirish jarayonlarining keng rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Global integratsiya jarayonlari jamiyat hayotining barcha yo'nalishlariga ta'sir qiladi, yetim va ota-ona qaromog'isiz qolgan bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash institutlarini shakllantirishga va umuman bolalar siyosatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Butun dunyoda millionlab bolalar institusional muassasalarda istiqomat qiladi, bu esa BMT tomonidan tan olingan bolalarning oila muhitida tarbiyalanish huquqiga ham, bolalarning jismoniy, neyrobiologik, psixologik va ruhiy salomatlik xarajatlarini tizimli tahlil qilishimiz natijalariga zid keladi. Dunyo bo'ylab 5 milliondan 6 milliongacha bolalar (0-18 yosh) oilaga asoslangan parvarishlash muassasalarida emas, balki institutsional
2023
177
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-177-183
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
muassasalarda yashaydilar, ammo bu taxmin kam ma'lumotlarga asoslangan va kam baholangan bo'lishi mumkin[1,370-377]. Bolalarni institutsional muassasalarda tarbiyalanishi oilaviy g'amxo'rlikdagi ko'p bolali, katta oila yoki homiylikdagi oila, kafalah (islomda yetim bolalarni vasiylik qilish amaliyoti) yoki asrab oluvchi oila yashashi har tamonlanma zararlidir.
Yevropa davlatlaridagi yetim va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni himoyalash tajribasiga e'tibor qaratish kerak.
Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, AQSh, Buyuk Britaniya XX asrning ikkinchi yarmidan, Rossiya XXI asr boshlaridan bolalar institutsional muassasalarni tugatishga bo'lgan harakatlarni amalga oshirib kelmoqda.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, o'tgan asrning o'rtalariga qadar, Amerika Qo'shma shtatlarida yashovchi yetimlarning aksariyati davlat qaramog'ida bo'lib, bolalar uylarida yashagan. Ammo keyinchalik bunday ta'lim muassasalari tizimi samarasiz deb topildi. Shu sababli, bugungi kunda Amerika Qo'shma Shtatlarida uzoq muddatli yashash uchun mo'ljallangan bolalar uylari mavjud emas. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni vaqtincha saqlash uchun maxsus muassasalar mavjud bo'lib, ularning maqsadi har bir bola uchun imkon qadar tezroq yangi oilani topishdir.
O'zbekistonda bolalar uylari asosan xalq ta'limi tizimining bir qismi bo'lsa, AQShda yetim bolalarga g'amxo'rlik asosan hukumat shartnomalari asosida ishlaydigan va doimiy ravishda huquq bo'yicha davlat akkreditatsiyasidan o'tgan nodavlat tashkilotlariga yuklatilgan bo'lib, davlat ushbu yo'nalishni moliyalashtiradi va o'ziga xos nazorat qilish tizimini yarata olgan. Amerika Qo'shma Shtatlarining bu boradagi asosiy farqli jihatlaridan biri hozirgi kunda ushbu mamlakatda «Bolalar uyi» va «Mehribonlik uy»larining yo'qligidir. AQShda noinstitutsionallashtirish jarayoni 1941-1980 yillar oralig'ida boshlangan. Ushbu jarayon mamlakatda 1935 yilda qabul qilingan «Ijtimoiy ta'minot to'g'risida»gi Qonundan so'ng boshlandi. Amerika Qo'shma Shtatlarida oila masalalariga alohida e'tibor qaratiladi. Shu sabab u yerda mehribonlik uylarini uchratish qiyin. Mamlakatda ota-onalari qarovisiz, yetim qolgan bolalarni tarbiyalash masalasi bilan shug'ullanadigan maxsus idora - Bolalarga yordam va oila xizmatlari Departamenti[2] (Department of children and family services - DCFS). Ushbu tizimda oilaviy ijtmoiy ish xodimlari faoliyat yuritishadi.Ularning asosiy faoliyati o'qituvchi, maslahatchi, qo'shni yoki biron bir kuzatuvchi bolalarni himoya qilish xizmatlariga qo'ng'iroq qilgandan so'ng, ijtimoiy xodimlar
2023
178
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-177-183
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
tergovni boshlaydilar. Ijtimoiy ishchilar bolalar va oilalarning yaxshi ahvolda ekanligini isbotlash uchun mijozlarning uylariga tashrif buyurishlari shart. Ijtimoiy ishchilar bolalarning rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan akademik, xulq-atvor yoki ijtimoiy muammolar yo'qligini baholash va tekshirish uchun javobgardir[3]. Ijtimoiy ishchi bolalar va oila barqaror bo'lgunga qadar va suiiste'mollik yoki beparvolik alomatlari ko'rinmaguncha tashrifni davom ettiradi. Agar vaziyat yaxshilanmasa, ijtimoiy xodim aralashib, bolani oiladan olib qo'yishi va bolani qaytarib olish imkoniyatiga ega bo'lish uchun ota-onalar yoki vasiylar testdan o'tgunga qadar homiylik tizimiga joylashtirilishi mumkin. Shu bilan birgalikda oilasidan ajralgan bolalarga qisqa muddatda tarbiyalovchi - "foster oila" topib beradi. (Ma'lumot uchun: bugungi kunda qariyb 428 ming nafar amerikalik bolalar "foster" oilalarda istiqomat qilmoqda. Ularning orasida bir necha oylik go'dakdan tortib 18 yoshgacha bo'lgan bolalar bor). Foster oilalarda o'rtacha tarbiyalanish vaqti 1 yildan oshiqroqni tashkil etib, bu vaqtga qadar bolalarni asrab olganlar ota-onalik huquqini sud qaroriga qadar qo'lga kiritishmaydi. Oilada qolish qarorini bolalar qabul qiladi, shuningdek asrab olgan ota-ona ham bolaning oilada qolishi bo'yicha o'z fikrini bildirish huquqiga ega. Aksariyat hollarda bolalar foster oilalaridagi tarbiyalovchilarini keyinchalik ota-onalari sifatida qabul qilishadi. Hukumat "foster" oilalar uchun barcha sharoitni (uy-joy va moddiy mablag'ni) yaratib beradi. Ma'lumot uchun: Har yili amerikaliklar 135 mingga yaqin bolani asrab olishadi. Ulardan 26% boshqa davlatlardan, 59% "foster oilalar" hamda 15% tug'ilganidayoq onasi voz kechgan bolalardan (bolalarga yordam va oila xizmatlari Departamenti homiladorlik davridayoq bolasidan voz kechuvchi ayollar ro'yxatini yuritadi)[4].
Bolalar yetimligining oldini olishda ijtimoiy xizmatlar muhim rol o'ynaydi. Bolali oilalar uchun ijtimoiy xizmatlarda ikkita jihat mavjud: bolalarga g'amxo'rlik qilish va oilaga tarbiya berishda yordam berish. Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam uzoq vaqt davomida (bir necha yil) ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va ota-onalar va bolalar bilan suhbatlar shaklida intensiv (haftasiga 20 soatgacha) amalga oshiriladi. Ijtimoiy ishning o'ziga xos xususiyati shundaki, u nafaqat oila a'zolari, balki yaqin atrof - muhit-qo'shnilar, maktablar, ota-onalarning ish beruvchilari va boshqalar bilan amalga oshiriladi. Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam berishning maqsadi bolalarning davlat muassasasiga yo'naltirilishiga yo'l qo'ymaslikdir. Oiladagi bolalarning qolishlari oiladan tashqarida qolishdan ko'ra arzonroq, xususan,
2023
179
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-177-183
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
intematda, shuning uchun so'nggi yillaráa uning samaradoriigi tufayli bu ish shakli afzal ko'riladi[5, 298] .
Germaniyada 1991-yilda qabul qilingan "Bolala^a va yoshtoga yoгdam to'g'risida"gi Qonunda "Haг Ыг bola va o'smiг o'z hayoti uchun mas'uliyatga va jamiyatga moslashishi uchun ko'makka ega bo'lish hamda shaxsiyatini tartiyalash huquqiga ega" ekanligi qayd etilgan[6]. Germaniyada yetim qolgan bolalarga nafaqat davlat tashkiloti balki nodavlat tashkilotto ham e'tiboг qaratadi. Geгmaniyadagi yetim qolgan bolalarni tarbiyalovchi nodavlat tashkilotlarning faoliyat yuritishi bu borada yangi mexanizm hisoblanadi. Misol uchun, "Yosh^ bunyodkoгlik tashkiloti" federal ishchi uyushmasi ana shunday tashkilotlar sirasiga kiradi. Bu kabi NNTlar hukumatning doimiy nazoratida tuгadi. NNTlami ochishga qo'yiladigan asosiy talablardan biri - uning asoschisi bo'lgan shaxs pedagogik stajga ega bo'lishi lozim. Bolalarni tarbiya maskanlariga joylashtirish faqatgina oilada qolishning hech qanday imkoniyatlari bo'lmasagina amalga oshadi. Yetim qolgan bolalarni tartiyalashning nemischa usullaridan yana biri bolalar shaharchalari tizimidir[7]. O'zbekistonda shu kabi tizim SOS bola^ mahallasi shaklida yo'lga qo'yilgan.
Shunday qilib, Germaniyada bolalarni ijtimoiy himoya qilish biologik oilani saqlab qolish tamoyiliga asoslanadi. Ushbu yo'nalishda mahalliy ijtimoiy xizmatlami ko'reatadigan va ulaming yaqin atrof-muhit bilan ishlashni o'z ichiga olgan bola^ oilalari uchun ko'plab ijtimoiy xizmat^ mavjud.
Buyuk Britaniyada ham «Fosteг care» tizimi shakllangan bo'lib, ushbu tizimning quyidagi «eme^ency fosteo», «long teim^pemanent care» turlari mavjud. «Yeme^ency fosteг»da bolalar ixtisoslashgan oilalarga bir necha soatdan bir necha kungacha joylashtiгiladi. Bolaning oila a'zosi kutilmaganda kasalxonaga tushishi natijasida bola qarovsiz qolsa shu turdan foydalaniladi. «long teim»da bolalar ixtisoslashgan oilala^a 2 yilgacha bo'lgan muddatga joylashtiriladi. «Remanent caгe» - uzoq muddatli joylashtimv bo'lib, bunda bola vasiy^ oilasida voyaga yetgunga qadar tarbiyalanish uchun qoldiriladi. Buyuk Britaniyada yetim qolgan bolalar uyiga vaqtinchalik (respite care) hamda doimiy (residential care) asosda joylashtiriladi[8]. Bu oilada bolaning sog'lom trnmush kechirishi uchun imkomyat^ qolmaganda yoki oiladagi nizo^ bartaraf etilgunga qadar qo'llaniladi. Bu qachonki ota-onalar bolalar tarbiyasi bilan shug'ullanishga ojiz ekanliklari yoki bolaning hayoti uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda mahalliy boshqaruv organlari masalaga aralashadi. Bolani tarbiyalash istagidagi boshqa qarindoshlari topilmasa muqobil, ko'ngilli
2023
180
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023
Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-177-183
oilalar qidirish boshlanadi. Sud bolaga uni asrab oluvchi oila zarurligi haqida qaror qabul qilsa, yangi oila izlashga kirishiladi. Ungacha bolalar maxsus bolalar uylarida qolishadi. Ba'zan ko'ngilli oilalar tezda topiladi, ba'zan bolalar bu kabi muassasalarda ikki yilgacha qolib ketishadi. Agar ijtimoiy xizmatlar bolaning o'z uyidagi ahvol ijobiy tomonga o'zgarganini qayd etishsa, ular o'z oilalariga qaytariladi.
Vengriyada esa Parlament tomonidan 2007-2032 yillarga mo'ljallangan Kompleks milliy strategiya belgilangan bo'lib, ushbu mamlakatda bolalarning muassasalarga joylashtirish jarayoni to'xtatilgan hamda barcha qiyin hayotiy vaziyatga tushgan oilalar va bolalarni himoya qilish va qo'llab-quvvatlash ijtimoiy xizmatlar zimmasiga yuklatilgan. Ruminiyada bolalar himoyasi borasida yangi jarayon boshlangan bo'lib, ushbu mamlakatda bolalarni mehribonlik uylariga j oylashtirish j arayoni to 'xtatilgan.
Yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish masalasida Fransiyaning tajribasi, shuningdek, institutsional jihatdan oilaviy ta'lim foydasiga ham dalolat beradi. Davlatning ijtimoiy siyosati, qiyin hayot sharoitida bolaning yashash joyini o'zgartirmasdan professional xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta'minlash uchun mahalliy darajada oila yordamini amalga oshirishga qaratilgan. Inqiroz sharoitida bo'lgan oilalarga alohida e'tibor qaratilgan. Frantsuz aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining o'ziga xos xususiyati-ijtimoiy ish kasbi doirasiga kiritilgan [9, 16].
Fransiyadagi barcha ijtimoiy xodimlarning qariyb yarmi davlat xizmatchilaridir. Boshqalar esa davlat byudjeti yoki jamoat tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan xususiy muassasalarda ishlaydi. Farzandlikka olingan oilalar, odatda, 2 boladan ortiq emas, agar bolalar qon bilan bog'liq bo'lsa (aka-uka/opa — singillar) - 3 ta boladan oshmasligi kerak va 1 yilgacha oilada qolish vaqti. Agar bola uzoq muddatli reabilitatsiya va psixokorstruktsiyaga muhtoj bo'lsa, muddat uzaytirilishi va bolaning tiklanishiga qadar davom etishi mumkin (davolash kursi 15 yilga etadi) [10, 22]. Shunday qilib, Frantsiyada keng qamrovli ijtimoiy xizmatlar tarmog'i va bolali oilalarga ijtimoiy xizmat ko'rsatadigan va voyaga etmaganlarni olib qo'yilishiga to'sqinlik qiluvchi ijtimoiy xizmatchilarni xilma-xilligi e'tiborga olinadi.
Ozarbayjonda noinstitutsionallashtirish (deinstitutsionalizatsiya) va bolalarning ijtimoiy himoyalash deportamenti tashki etilganligini ko'rish
mumkin. Ozarbayjon Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuniga asosan «Ozarbayjon 2020: kelajakka qarash»
2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-177-183
Volume 4 | NUU Collection | 2023
Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
rivojlanish konsepsiyasi va Ozarbayjon Respublikasida ta'limni rivojlantirishning davlat strategiyasi, shuningdek Ozarbayjon Respublikasida bolalarni davlat bolalar muassasalaridan oilalarga o'tkazish (noinstitutsionallashtiri) va muqobil parvarish bo'yicha davlat dasturi, Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida bolalarni huquqlarini ta'minlash bilan bog'liq muammolar hal etilmoqda. Xorijiy davlatlar tajribasi tahlili shuni ko'rsatadiki, ko'p mamlakatlarda yetim va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar muammosi mavjud va ushbu muammolar yechimini topish maqsadida turli usullardan foydalanilmoqda. Xorijda va ota-ona qaromog'isiz qolgan bolalarni muassasaga joylashtirish eng oxirgi chora hisoblanadi. Bolani oila qaromog'ida tarbiya topishiga alohida e'tibor qaratiladi.
Shu o'rinda O'zbekistonda ushbu jarayon qanday kechmoqda, degan savol tug'ilishi mumkin. Islohotlar davomi sifatida yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiyalashni tubdan yangilangan tizimini joriy etish hamda ularni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi PQ - 5215-son "Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda PQ 5216-son "Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari qabul qilindi.
Shuni ta'kidlaymizki, rivojlangan davlatlar tajribasida ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi bir vaqtning o'zida bolaga yordam berishga va biologik oilani muvaffaqiyatli reabilitatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan. Oilalarda inqiroz holatlarining oldini olish va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lishining oldini olishda ijtimoiy xizmatlar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalarining kompleks infratuzilmasi muhim o'rin tutadi. Birinchi o'ringa ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishda yashash joyida parvarish qilishni tashkil etishga urg'u berib, institutsional modeldan ajralib chiqish hisoblanadi. Oilaviy qaramog'idagi murakkab hayotiy vaziyatlarda bolalar uchun biologik oiladan tashqari xorijiy tajriba va psixoterapevtik tuzatishga muhtoj bolalar uchun xizmat alohida e'tiborga loyiqdir.
REFERENCES:
1. Desmond, C., Vatt, K., Saha, A., Huang, J. va Lu, C. (2020). Institutda yashovchi bolalarning tarqalishi va soni: global,
2023
182
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023
Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-177-183
mintaqaviy va mamlakat hisoblari. Lancet bolalar va o'smirlar salomatligi , 4 (5),
2. http://www.dss.state.la.us/page/108
3. Staff Writers (2018-11 -06). "Child and Family Social Worker | Comprehensive Career Guide". SocialWork.org. Retrieved 2020-05-01.
4. KIDS COUNT data center: A project of the Annie E. Casey Foundation. https://datacenter.kidscount.org/
5. Kubitskyy S.O. The history of social work in foreign countries: a tutorial. — K. DAKKKiM, 2009. 298 p.
6. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0190740920307416
7. Vernachlässigung in Deutschland Kinderdorfmutter / -vater werden SOSLängsschnittstudie https://www.sos-kinderdorf.de/portal/
8. Child Welfare Information Gateway https://www.childwelfare.gov/topics/preventing/prevention-programs/respite/
9. Social workers in France / Prepared by T. Salzman. [E-resource] // [Website] [2009]. URL: http://www.rus-demografia.ru/world-experience/16 (date accessed 10.09.2021).
10. Ogarysheva E. Organization of assistance to socially troubled families and children in France. - M., 2003. 22 p. [E-resource] // [URL: http://pravorebenka. narod.ru/docs/BrochureFrance.doc (date accessed 10.09.2021)
11. Sharipova, K., & Abduraxmonova, M. (2021). O'zbekiston maktablarida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchisi bo'lgan o'quvchilar bilan ijtimoiy ish amaliyoti istiqbollari. Студенческий вестник, (8-3), 82-83.
12. Абдурaхмoнoвa, М., & Шaрипoвa, К. (2020). Сoциaльнaя pa6oTa с выпускники детских домов. НАУКА СЕГОДНЯ: ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ (pp. 41-42).
13. Abdurakhmonova, M., & Sharipova, K. (2022). SOCIAL WORK CARRIED OUT IN SECONDARY SCHOOLS WITH STUDENTS LEFT ORPHANS AND WITHOUT PARENTAL CARE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 52-63.
14. A'zamova, Z., & Sharipova, K. (2022). YETIM VA OTA-ONA QARAMOG'IDAN MAHRUM BO'LGAN BOLALARNI MAKTABLARDA SIFATLI TA'LIM VA TARBIYA OLISHDAGI MUAMMOLARI. Research Focus, 1(2), 301-306.
370-377
2023