Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-164-168
XORIJIY MAMLAKATLARDA OILA VA BOLALAR IJTIMOIY XIZMATI:
TAJRIBA VA AMALIYOT (G'ARBIY YEVROPA VA AQSH MISOLIDA)
F. O.Kamilov
sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) O'zMU, "Ijtimoiy ish" kafedrasi
katta o'qituvchisi
Maqolada xorijiy mamlakatlar tajribasida oila va bolalarga ko'rsatiladigan ijtim oiy xizmatlar ilmiyamaliy tahlil etilgan. Aqsh, Germaniya, Finlandiya va davlatlarida oila va bolalarga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmat turlari, tashkiliy-huquqiy shakllari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: ijtimoiy ish, ijtimoiy xizmat, oila, bolalar, zo'ravonlik, ekspulata tsiya, profilaktika, oilaviy bolalar muassasalari.
The article presents a scientific and practical analysis of social services provided to families and children in the experience of foreign countries. Types of social services provided to families and children in the USA, Germany, Finland and Sweden, organizational and legal forms are revealed.
Keywords: social work, social service, family, children, violence, exploitation, prevention, family children's institutions.
G'arbiy Yevropa va AQSH davlatlarida oila va bolalarga ijtimoiy xizmat ko'rsatish shakllari yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lib, jahon tajribasi va amaliyotida o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Dunyodagi har qaysi millat borki, ertangi kunining davomchisi bo'lgan farzandini sog'lom va barkamol voyaga yetishlari uchun g'amho'rlik ko'rsatadilar. Butun dunyoda aholiga ijtimoiy xizmat ko'rsatish sohasi jadallik bilan rivojlanib, farovon turmush sharoitini yaratish imkonini bermoqda. Shunday ekan bolalarga ko'rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar tizimi va shakllari bo'yicha eng ilg'or xorijiy tajribani o'rganish muhim vazifalardan biridir. Bolalar ijtimoiy xizmati ko'pgina davlatlarda tashkil etilgan bo'lib, u
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
asosan quyidagi maqsadlarni ko'zda tutadi:
2023
National University of Uzbekistan
Modern Trends of Social Sphere Development
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-164-168
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
- oilalaming farovonligi va turmush darajasi o'sib borishini davlat tomonidan ta'minlash;
- bolalarga nisbatan zo'ravonlik va ekspluatatsiya bo'yicha profilaktika ishlarini olib borish;
- turli xil institutsional va noinstitusional shakldagi vasiylik organlarini tashkil etish va ular faoliyatini qo'llab-quvvatlash. [1]
Hozirgi kunda G'arb davlatlari va AQSH da kunduzgi vaqtda bolalarni parvarish qilishga juda katta ahamiyat berilib, qator muvaffaqiyatlarga erishib kelinmoqda. Kunduzgi vaqtda bolalarni parvarish qilish bo'yicha xizmatlar bir nechta bolalarni o'z qaramog'iga olgan holda, uyda, shuningdek, turli xil markazlarda, davlatga qarashli yoki xususiy tashkilotlar nazoratida, oilada amalga oshiriladi. So'nggi vaqtlarda mazkur xizmat AQShda oilaviy bolalar muassasalari deb nomlanmoqda. Hozirgi vaqtda bu kabi oilaviy tipdagi bolalar muassasalari G'arbiy Yevropa va AQSH mamlakatlarida ommalashib bormoqda. Bu muassasalarda asosan tashkilotchilik vazifasida qo'shnilar tashabbus ko'rsatmoqda. Oilaviy tipdagi bolalar muassasalari ko'p bolali oilalardagi ishsiz ayollar uchun kunduzgi vaqtda o'z farzandlari bilan birga qo'shnisining bolalariga ham qarab turishni tashkillashtiradi. Davlatga qarashli bolalar muassasalarida parvarish qilinayotgan guruhdagi bolalar soni 3-4 tadan kam bo'lmasligi rasman belgilab qo'yilgan. Darhaqiqat, bugungi kunda qo'shnilarning o'zaro bir-birlarini qo'llab-quvvatlashlari shaklidagi bunday xizmatni bir necha millonlab amerikalik oilalar juda ham hayotiy to'g'ri yo'l deb hisoblamoqda. G'arb mamlakatlarida ham bolani parvarish qilish shaklidagi shunga o'xshash xizmatlar mavjud. Masalan, Germaniyada ushbu shakl "kunduzgi ona" deb nomlanadi. Germaniyaning 1990 yildagi bolalar va yoshlarga yordam ko'rsatish to'g'risidagi yangi Qonuniga ko'ra, kunduzgi ona o'zining xarajatlari uchun kompensatsiya va bolalarni parvarish qilish bo'yicha barcha masalalar yuzasidan konsultativ yordam olish huquqiga ega.
O'tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra, bolalarni parvarish qilish xizmatlarini tashkil etish orqali onalarning bandlik darajasi ortishi va oilalarning turmush sharoitlari yaxshilanganligi kuzatilmoqda.
Germaniyada bolalar maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish mahalliy boshqaruv organlari va federal yerlari vakolatiga kiradi. Germaniyada bolalar uchun kunduzgi davolash-profilaktik muassasalari keng ommalashgan bo'lib, bugungi kunda ham faoliyat yuritib keladi. Bolalar bunday tashkilotlarga har kuni 800-1700 gacha qatnaydilar.
2023
165
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-164-168
Bu turdagi muassasalar yuqorida qayd etilgan bolalar muassasalaridan maxsus davolash-prafilaktik va terapevtik xizmat^ ko^satilishi bilan fa^lanadi. Bu ye^a maktabgacha va maktab yoshidagi o'zining hulq-atvorida og'ishlar, ruhiyatida buzilishlar va intensiv davolash-pedagogik va terapevtik yordamga muhtoj bolalar qabul qilinadi. Mazkur muassasalarning bir-biridan farqi va afzalligi shundaki, masalan internat ko'rinishidagi muassasalaráa ota-onalar bilan bevosita maslahatlashgan holda ish olib boriladi, teгapiya o'tkaziladi va zaïw holatlaгda inqirozli vaziyatga duch kelgan oilalar muammolarini bartaraf qilishga aralashiladi.
Mazkur muassasalarda bolalar soni kichik guruhlarda 6-8 tagacha bo'lib, 2 ta pedagog va ularga qo'shimcha ravishda bola^ va ulaming ota-onalari hamda maktablaг bilan hamkoriikda ish olib boгuvchi oliy ma'lumotga ega psixolog, terapevt, ijtimoiy pedagog, logopedlar faoliyat olib boradilar.
Finlandiyada munitsipalitetla^ ya'ni mahalliy o'zini o'zi boshqarish o^anlan bolalaming kunduzgi paгvaгishini ta'minlash mas'uliyatini o'z zimmasiga oladi. Finlandiyaning mahalliy xokimiyatiga qarashli maktabgacha ta'lim muassasalaгida joy yetishmaganligi sababli, 3 yoshgacha farzandlari bor oilalarga davlat tomonidan bolaga munitsipalitetlarda tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanish yoki bolani oilada taTbiyalash uchun ijtimoiy yoráam pullaгi bilan ta'minlash taklif etiladi. Maktabgacha ta'lim muassasalariga esa biгinchi navbatda rivojlanishida jiddiy muammolarga ega bolalar joylashtiriladi. Shuningdek, Finlandiyada kam sonli aholi punktlariga ega tumanlardagi munitsipalitetlarda tez-tez o'zgarib tuгadigan jadval asosida ishlaydigan ko'chma maktabgacha ta'lim muassasalaгi bolala^a qarab turadi.
AQShda tijorat kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan bolalar muassasalarining soni ortib boгmoqda. Bu kabi tarmoqlarning eng yiгigi "Kindeг kef' deb nomlanib, AQSH va Kanadada 950 dan ziyod shu nomdagi markazlar mavjud. Keyingi o'rinda 24 ta shtatda "Pti akademi" nomi ostidagi jami 400 ta ma^az mavjud.
Shvetsiyada 1982 yilda "Oilalar bilan ishlashning aloqa modeli" deb
nomlanuvchi Milliy xayriya dasturi ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etib kelinmoqda.
Mazkur dasturning mohiyati shundaki, mahalliy ijtimoiy ta'minot qo'mitalari qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalami qo'llab-quvvatlash uchun turmush shaгoiti yaxshi, o'ziga to'q oilalami yoki alohida shaxsla^ ya'ni
[3]
homiylarni jalb qiladi. Homiy bu-hech qanday professional
2023
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-164-168
malakaga ega bo'lmagan oddiy inson, lekin u ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish, qo'llab-quvvatlashga qodir shaxs.
Aloqa modelida turli xil toifadagi, ya'ni ajrashgan, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar qabul qiluvchi, imkoniyati cheklangan farzandi bor hamda yosh oilalar bilan ish olib boriladi.
Aloqa modeli bo'yicha oilalar bilan ish olib borishda muloqot o'rnatuvchi kotiblik vazifasini bajarish ijtimoiy ishchining lavozim majburiyati doirasiga kiradi. Shved mutaxassislarining ta'kidlashicha, ijtimoiy ishchilar o'z ishiga sidqidildan yondashib, oila yoki mijoz bilan ijobiy qayta aloqa o'rnatmaguncha, shu ishda uzoq vaqtgacha ishlashlari mumkin.
Oilalar va mijozlar bilan aloqa xizmatini olib boruvchi ijtimoiy ishchi maxsus tayyorgarlikdan o'tadi. Ijtimoiy ishchi oila va mijozlarga yakka tartibda maslahatlar beradi shuningdek, guruhda treninglar olib boradi. Bu esa o'z navbatida ijtimoiy ishchidan turli xil nizoli vaziyatga duch kelgan oila a'zolarining oiladagi rolini chuqur o'rganishni talab etadi. Shuningdek, turli xil hududlardagi ijtimoiy ishchilar orasida tajriba va malaka almashish kurslari ham tashkil etiladi. Masalan, 6 ta agentlikdagi aloqa xizmati bo'yicha ish olib boruvchi ijtimoiy xodimlar uchun bir oyda bir marta oilalar bilan ish olib borish bo'yicha turli xil masalalarni muhokama etish maqsadida Stokgolm shahrida uchrashuv tashkil etiladi. [1]
Xulosa sifatida bolalar ijtimoiy xizmatlarini amalga oshirish mexanizmi, amaliyoti yuzasidan quyidagicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqdik. Jumladan,
- Internat tipidagi muassasalar negizida yetim va ota-ona qaromog'isiz qolgan bolalar va ularning oilalari uchun ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
- Bolalar va oilalar uchun mahalla guzarlarida turli xil shakldagi bolalar ijtimoiy xizmatini yo'lga qo'yish;
- fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga majmuaviy professional yordam berishni ta'minlash maqsadida ijtimoiy ish amaliyotini rivojlantirish;
REFERENCES:
1. Беляева Л.А. Социальная работа с различными категориями людей / Учебное пособие. -Томск,2003.
2. "Bola huquqlari to'g'risida"gi Konvensiya - Nyu-York, 1989.
3. Корнюшина Р.В. Зарубежной опыт социальной работе. -
Владивосток, 2004.
2023
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023
Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-164-168
4. Козлов А.А. Социальная работа за рубежом: состояние, тенденции, перспективы. - М.: Флинта, 1998.
5. Социальная защита семьи и детей: зарубежный опыт. - М.: Институт социальной работы,1992.
6. Tadjieva S.X. "Family-as a social partner of the state social work with children and families" "Bolalar va yoshlarni ijtimoiy qо'llab-quvvatlash - farovon va taraqqiy etib boruvchi jamiyat asosi" mavzusidagi halqaro forum materiallari - T., 2013.
7. Холостовой Е.И. Словарь справочник по социальной работе/Под ред. д-ра инс. наук проф.- М.:Юрист, 2000.
2023